The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by Алишер Разыков, 2024-01-26 03:23:52

O‘ZBEGIM jurnali 2024 yil yanvar

O‘ZBEGIM jurnali 2024 yil yanvar

2024-yil 25-yanvar №1 TO QUYOSH SOCHGAYKI NUR... Erkin Vohidоv nоmidagi ijоd maktabi YANA BIR GURUH O‘QUVCHILARI XORIJIY TIL BILISH DARAJASINI QO‘LGA KIRITDI: C1 В2 В1 8-“B” sinf o’quvchilari: Mohichehra Eraliyeva, Mohinur Rahimberdiyeva, Mubinabegim Baxtiyorova, Mubinaxon Akramxonova. 10-sinf o’quvchilari: Dilshoda Matkarimova, Feruzbek Salohiddinov, Fazliddin G‘ulomjonov, Nodirabegim Ikromova, Dilfuza Mahmudova, Hojiakbar Ahmadov, Isfandiyor Mashrabov, Mirjalol Safarov. 10-sinf o’quvchilsi 10-sinf o’quvchilsi Nurzoda Bahodirova. Oyatilloh Normuhammedov


Erkin Vohidov ijod maktabida «Ijod bo‘stoni» nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Yangi kitobda ijod maktabi o‘quvchilarining she’r va hikoyalari o‘rin olgan. Kitob Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyati bo‘limi homiyligida «Farg‘ona» nashriyotida chop etildi. 2 MAKTAB HAYOTI Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida shoir tavalludining 87 yilligi munosabati bilan Fargʻona viloyati hamda Margʻilon shahar hokimliklari hamkorligida tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda viloyat va tuman hokimligi mutasaddilari, oʻqituvchi va oʻquvchilar, yozuvchi va shoirlar, adabiyot ixlosmandlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. O’zbekiston Resbublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “O‘zbegim” ko‘rsatuvining yanvar soni harbiylar va san’at egalari ishtirokida tasvirga olindi.


3 SUHBAT — Bilamizki, siz ilmiy-fantastik bolalar adabiyotida asarlar yozgansiz. Shu asar g‘oyalarini qayerdan olasiz? — Kitoblarimning asosiy mazmun-mohiyati fantastika janridan iborat. Asardagi voqealar rivoji, asosan, koinotda kechadi. Ilm-fan yutuqlarini, kashfiyotlarni asarlarimga singdirib borishga harakat qilaman. Ayniqsa, fizik masalalar, muammolar, g‘oyalar, gipotezalarning o‘rni beqiyosdir. Kitob o‘qiyotgan bola xuddi astronomiya fanini o‘qiyotganday bo‘ladi. Endi bu g‘oyalar aslida ijod, ilhomning mevalaridir. Tabiatan yoshligimdan xayolparast bola bo‘lganligim bois, g‘oyalar xayol surib o‘tirgan paytlarimda keladi. O‘y surib o‘tirar ekanman, turli xil syujetlar xayolimda aylanadi. Bu odat bolalikdan bor menda. Har bir asar yozishdan avval internet orqali yoki turli ensiklopediyalardan qiziq-qiziq ma’lumotlar yig‘aman. Koinot haqida o‘rganganlarimni asar syujeti bilan bog‘layman va qiziq voqealar shakllanadi. Bu bir ajoyib hodisa buni tushuntirish, so‘z bilan aytish qiyin. Xuddi bir tush jarayoniga o‘xshaydi. Tush ko‘rayotganingizda bu voqealar qanday kelganini ham ba’zan bilmay qolasiz. (Davomi 4-5 betlarda) Har bir yozganimdan xayr izlayman...


4 SUHBAT Badiiy asarlarda xuddi shunday joylari bor, ya’ni siz bu narsani qanday o‘ylab topdingiz, qanday sizga ilhom keldi ba’zan anglamay qolasiz. Chunki favqulodda ajoyib va benazir g‘oyalar kelib qoladi. Men buning nomini ilohiy in’om , ya’ni ilhom deb atayman. Albatta, har bir ijodkor uchun uning asarlari xuddi farzandi singari aziz bo‘ladi. Aytingchi, birinchi kitobingiz bosilib chiqqanida qanday his tuyg‘ularni boshdan kechirgansiz? Ha, to‘g‘ri aytasiz, yozuvchi uchun o‘zi yozgan kitobi judayam aziz bo‘ladi.Bu kitobim chiqishi juda qiziq bo‘lgan. Nashr etish jarayonida men o‘sha bosmaxonaga borganman. Ko‘z oldimda asarning ilk nusxasini maxsus uskunalar orqali tikib, ustiga muqovalarni joylab, kesib, qo‘limga berishgan. Mana shu lahzalar hech ham esimdan chiqmaydi. Ana shu birinchi kitobni saqlab qo‘yganman, hozirgacha hech kimga bermayman. “Galaktikada bir kun” kitobi orqali bolalar adabiyotiga kirib keldim. O‘sha kitob orqali tanildim. Ya’ni bolalar meni o‘qiyapti, albatta, bu tasavvurga sig‘maydigan bir quvonch. Bolalar adabiyotidan tashqari kattalar adabiyotida ham qalam tebratish istagingiz bormi? Kattalar uchun ham yozish niyatim bor, aniqrogʻi, ayni damda yozayotgan Vaqt nomli romanim o‘smirlar va kattalarga mo‘ljallangan. Ya’ni bu bolalar uchun emas. U asarim biroz murakkabroq. Kitobda geosiyosiy, ekologik hamda insonga xos bo‘lgan masalalar ham ko‘tariladi. Qaysidir maʼnoda falsafiy, ilmiy-fantastik asar desa bo‘ladi. Oʻylaymanki, mana shu asarim kattalar adabiyotiga ilk qadamim bo‘lsa kerak deb hisoblayman. Buning sababi bor, chunki men yozgan “Galaktikada bir kun” asarini o‘qigan bolalar hozir, deylik, asar yozilganiga besh yil boʻlgan bo‘lsa, hozirda balog‘at yoshiga yetishdi va mendan qandaydir yangi ijod namunalarini kutishyapti. Sizning ijod sohasidagi birinchi ustozingiz kim bo‘lgan va kimlarni o‘z ustozingiz deb bilasiz, ularning hayotingizdagi o‘rni qanday? Ilm sohasida aytadigan bo‘lsam, ustozlarim juda-juda ko‘p. Ularning hayotimdagi o‘rnilari juda beqiyos. Endi ijod sohasida, to‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, ustozim yo‘q. Ya’ni biror-bir ustoz bilan alohida shug‘ullanmaganman. Birinchi navbatda, mening ustozlarim kitoblar, kinofilmlar desa bo‘ladi. Kitob mutolaa qilish, fantastik filmlar tomosha qilish tasavvur dunyoyimning kengayishiga sababchi bo‘lgan. Qanday qilib adabiyot bo‘yicha asarlar yozasiz?- deb so‘rasangiz. Men o‘zi asli adabiyotshunosman. Shu boisdan badiiy asarning tabiati, u qanday yoziladi, uning kompozitsiyasi, syujeti haqida nazariy bilimlarning mavjudligi, qaysidir ma’noda, menga qo‘l kelgan. Yozuvchi ijod qilar ekan o‘z asarini ma’lum bir maqsad-muddao bilan yaratadi. Sizning ilmiy-fantastik janrda yozilgan “Galaktikada bir kun”, “Koinot javohiri” kabi asarlardan ko‘zlangan eng oliy maqsad nima bo‘lgan edi? To‘g‘ri, mana shu ikki asarim bilan “Galaktikada bir kun”, “Koinot javohiri” asarlari bilan qaysidir ma’noda bolalar adabiyotiga kirib keldim. Bu asarlarni yozishdan birinchi maqsadim, bolalar adabiyotidagi bo‘shliqni toʻldirish bo‘lgan, ya’ni bolalar uchun fantastik asarlarning deyarli yo‘qligi, ilmiyfantastika janri boʻyicha, koinot bo‘yicha asarlarning yo‘qligi menga turtki bo‘lgan. Chunki biz hozirda Texnologiyalar, ilm-fan borgan sari cho‘qqiga qarab chiqayotgan bir davrda yashayapmiz. Bunday paytda bolalar uchun ilmiy-fantastik asarlar juda-juda ham zarur. Ular koinotga qarab yuzlanishi, koinot sir-u asrorlaridan boxabar bo‘lib, ilm ummonida suzishlari lozim. Yana bir eng muhim shu asarlardan koʻzlagan maqsadlarimdan biri, insonning naqadar aziz, naqadar mukarram, ulug‘ ekanligini koʻrsatish edi. Har birimiz mo‘jizamiz. Har birimizda koinotning xaritasi bor. Har insonda koinotning mo‘jizalari mujassam. Qoʻlimizda, kaftimizda, ko‘zlarimizda butun olam jo bo‘lganligini aytmoqchi bo‘lganman. Oliy tafakkur egasi bo‘lgan insonning katta bir koinotda o‘rni borligini anglashini chin ko‘ngildan istaganman. Yozuvchi uchun chin ma’nodagi baxt nima? Har bir yozuvchi bir asar yozar ekan, muayyan bir g‘oyani ustiga quradi. Jumladan, o‘z asarlarimda ezgulikning yovuzlik ustidan g‘olib bo‘lishi yoki insonning ulugʻvorligi, odamning qadr-qimmati, insonning bu dunyoda butun bir borliqning gultoji ekanligini aytishga harakat qilganman. Mana shu g‘oyalarim odamlarga singsa, bir o‘zim misolimda aytadigan bo‘lsam, o‘sha bolalar meni asarimni o‘qib, yuksak, katta natijalarga erishsa, meni asarlarimni o‘qigan bolalar ertaga katta ixtirochi, kashfiyotchi bo‘lib, kosmoslarga parvoz qilsa, balki kelajakda Nobel mukofotini olsa va ana shunday yutuqlarga erishgan paytda, yoshligimda o‘sha Sa’dulla Qur’onovning “Galaktikada bir kun” asarini o‘qiganman deb aytsa, menimcha, bu men uchun eng katta baxt shu bo‘lsa kerak deb o‘ylayman. Albatta, har bir yozganimdan xayr izlayman. Agar sir bo‘lmasa kelajak uchun qanday rejalaringiz bor? Kelajak uchun ko‘p rejalarim bor. Avvalambor, ijod sohasida bolalar uchun o‘nlab o‘ylab qo‘ygan g‘oyalarim bor. Ana shularni qog‘ozga tushirishim kerak. Ayni damda Vaqt nomli roman yozyapman. Bu ham, nasib qilsa, o‘zbek adabiyotida oʻziga xos bir asar bo‘ladi degan orzum bor. Undan tashqari kichik yoshdagi bolalar uchun (Davomi 4-5 betlarda).


5 SUHBAT “Super Ibrohimning sarguzashtlari” kitobini ham yaqin orada bolalarning e’tiboriga havola etamiz. Bu asarda 7 yoshli bolaning sarguzashtlari qiziq holatda bayon etiladi. Va yana rejalarimdan biri shaklan va mohiyatan yetuk asar bo‘lmish “Boburnoma” asarini bolalar uchun moslab, tabdil qilib, kitob holida chiqarish maqsadim bor. Chunki bu asar yosh bolalar uchun biroz og‘irlik qiladi. Kitobda bayon etilgan siyosiy masalalar, axloqiy masalalarni qisqartirib asar shakliga keltirmoqchiman. Mening shunday niyatlarim bor, nasib etsa, barchasiga erishamiz! Sa’dullo aka, bu suhbatimizni bevosita Erkin Vohidov ijod maktabining o‘quvchilari mutolaa qilishadi. Shu jihatdan yangi yetishib chiqayotgan yosh ijodkorlarga qanday tavsiya va takliflaringiz bor? Ijodkorlarga muhim tavsiyam shuki, qachon, qaysi asaringiz bilan kitobxonning koʻnglini topishingizni bilmaysiz. Bilmaysiz, u asar 16 yoshingizda yoki 25 yoshingizda tug‘ilishi balki 40-50 yoshingizda dunyo yuzini ko‘rishi mumkin. Lekin menimcha, eng muhimi, oʻzingizga yoqadigan narsa haqida yozishingiz. Avvalambor, oʻzingizni qoniqtiradigan, oʻzingizga manzur bo‘ladigan, zavqlanadigan mavzu haqida yozishingiz. Ayni shu jarayonda esa mehnatdan, ijodiy izlanishdan, yangilik qilishdan aslo qo‘rqmaslik kerak. Ijodkorning oʻziga xosligi ham shunda. Ijodiy maqsadi ham shu bo‘lishi lozim, odamlarga yangilik bera olish. Hamma foydalangan, barcha uchun tanish bo‘lgan qoliplardan, o‘z qobig‘idan chiqishga harakat qilish kerak. Ana shunda zo‘r asarlar dunyoga keladi deb oʻylayman va ijodkor doim yaxshilik tarafida turish lozim. Yaxshilik tarafida. Yaxshisi so‘z. Yaxshi niyat. Yaxshi orzular. Yaxshi amallar tarafida tursagina, juda ajoyib, yetuk ijodkor bo’lib yetishadi. Jahongir O’RMONOV, Erkin Vohidov ijod maktabi murabbiy.


6 BOLALAR ADABIYOTI “Sendagi bor vitamin, Kaminada bisyordir. Og’ir, vazmin, bosiqman, Senda bor bizda border”. Tortishuvga qoʻshildi, Jamalak soch joʻxori. Doimo baland emish Uning mansab, viqori. Bu gaplarni eshitib, Gap boshladi yosh sabzi, “Teng kelmaysan kech biring, Palovjonning men ramzi!” Kartoshkaxon bir chetda, Nogoh oʻrtanib turar, Sabzavotlar ustidan, Miriqib rosa kular. Ammo kartoshkaning ham, Foydasi ko’pdir juda, Barcha sigir, qo’ylarni, Semirtirgan ham u-da! Ikki yuzi qizarib, Pomidorxon gap oldi. Uning bunday soʻziga Sabzavotlar lol qoldi. Sizga aytsam doʻstlarim Sira hayron bo’lmang siz. Piyoz aytgan taomlar, Bo’ladi men yoʻq rangsiz. Sabzavotlar tortishib, Inoqlikni bilmadi. Barchasi bir-birini, Hech nazarga ilmadi. Tortishuvga bizlar ham, Chek qo’yaylik azizlar, Doim ahil bo’laylik, Hech bo’lmasin arazlar! Ozodaxon KOMILOVA, Erkin Vohidov ijod maktabi 7-“B” sinf oʻquvchisi. AQLBEKNING MASLAHATLARI Bilasanmi sen ishlar, Qaysi yaxshi yo yomon. Bu soʻzimga yaxshilab Quloq osgin, bolajon. Agar yursak odobli, Kattalar ham bo’lar shod. Koʻkka sapchir - shoʻx boʻlsak, Jahli chiqib derlar «dod». Erta tongda «shukur» deb Kerak yuzni yuvishing Tozalashing kutadi Oʻttiz ikki dur tishing. Ishlarida qarashish Yoqar ota-onaga. Qog’oz tashlash yomondir, Ko’cha-ko’yga, xonaga. Yodlash uchun bu she’rni Daftar ruchka olinglar. Maslahatim iltimos, Yodda saqlab qolinglar! Lazizaxon NURMAHAMMEDOVA, Erkin Vohidov ijod maktabi 7-»A»sinf o’quvchisi. KEKKAYGAN SABZOVOTLAR Bir kun barcha sabzavot, Yig’ildi bir tovoqqa. Qornin silab baqlajon Shunday debdi qovoqqa: “Senga aytsam birodar Vitaminlar koniman. Yozda qoqi qilsang gar, Kasallika doriman”. Uning bunday gapiga Qovoq uydi qovoqjon. Maqtay ketdi oʻzini Hayron bo’ldi baqlajon.


7 BOLALAR ADABIYOTI BIZNESMEN QUYON Biznes boshlashga Ahd qildi quyon Mashvarat uchun Borsaykin qayon? Boshini suqdi Borki teshikka. Maslahat solib Bordi mushukka. Baroq mushukvoy Dedi kovlab tish: «Bemaslahat ish Keltirar tashvish» Qargʻaga aytdim: – Sotgin muzqaymoq Haridoring koʻp, Tulki, sheʼr, maymoq! Hamma sovuqdan Tursa dildirab. Qargʻa pul ishlar Har yon pildirab. Tunov kun keldi Oldimga maymun. Maslahat berdim Hozir ja mamnun! Dedimki unga Hammani kuldir! Zavq ulashish ham Biznesdir, puldir. Uyga qaytarkan Shod edi quyon Endi boy boʼlish Hammaga ayon! Telefon degan Matoh ko’rgandi. Mushukka “xoʻp” deb Bozor oʻrgandi. Bizning quyonvoy Sotar telefon. Hammasidan bor: «Samsung», «Mi», «Ayfon». Kuchukdan tortib Qari itgacha. Hayvonlar tugul Kana, bitgacha! Barchani qildi Oʻshanga qaram. ...Puliga oldi Sabzi-yu karam! Manzuraxon GʻULOMOVA, Erkin Vohidov ijod maktabi 7 “D” - sinf oʻquvchisi. HAYAJONIM SABABI Kelib birdan hayajon, Xayolim boʻldi vayron. Bilmasdan ne qilishim, Oʻyga toldim shu zamon. U yaratgan titroqdan, Yurak boʻlar chalajon. Nega bizdan soʻramay, Kelasan, ey hayajon? Sababin hech soʻramang, Javobin aytmoq gumon. Chunki buning sababi, Bizda boʻldi imtixon. Asliddin AHMADJONOV, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 7-“A” sinf oʻquvchisi. TOSHBAQA Meni derlar toshbaqa, Choʻntagimda yoʻq chaqa. Yeyar ovqatim tekin, Judaa yuraman sekin. Doim ortda qolaman, Tezda charchab tolaman. Lek oʻrnakman sabrda, Yashayman qir-adirda. Kosam o‘xshar naq toshga, Soyabondir u boshga. Nish urolmas hech chayon, Qolgani sizga ayon. Shilliqurtdan o‘zaman, Suvda yaxshi suzaman. Mendan o‘rnak olamanglar, “Kulgi” bo‘lib qolmanglar. Uxlamayman bahor, yoz, Bor xislatim shu xolos! Gulsevar ZOKIRJONOVA, Erkin Vohidov ijod maktabi 7- “B” sinf o‘quvchisi. MENING QUYONIM Mening chopqir quyonim, Termuladi muloyim. Oppoq yungi paxtadek, Haqiqiymas soxtadek. Baʼzida kech turadi, Erinib-la yuradi. Koʻkatxoʻr va sabzixoʻr Ishtahasi biram zoʻr! Muhammadyusufxon UBAYDULLAYEV, Erkin Vohidov ijod maktabi 7- “B” sinf o‘quvchisi.


8 NASR MENING DADAM Har bir insonning hayotida kutilmagan sarguzashtlar-u voqealar talayginadir. Taqdir shunday bir dengizki,uning to‘lqinlari seni har yonga uloqtiradi. Mana esimni tanibmanki,hali hech qayerda muqim yashaganimizcha yo‘q. Butun O‘zbekistonni kezib chiqdim desam ham mubolag‘a bo‘lmaydi, albatta. To‘g‘risini aytsam,oilamiz bilan asli Buxorolik bo‘lishimizga qaramay, men Namanganda tug‘ilganman. Shu sababdan ham vohadagi qarindoshlarimiz meni “Tog‘lik qiz” deb chaqirishadi. Aslida bizning shunday hayot kechirishimizga dadamning kasbi sababchi.


9 NASR Hali yurishni ham o‘rganmasimdan Farg‘onaga ko‘chib kelganmiz. Bu yerning chinorlariga qarayman deb bo‘yim ham o‘sib qoldi. Biroq ko‘p o‘tmay, boshqacha qilib aytadigan bo‘lsam, bizni “Qo‘qon shamoli” Andijon tomonga uchirdi. U yerdan Samarqanga ko‘chdik, 2 yil o‘tar-o‘tmas yana Farg‘onaga qaytib keldik. (Kichkinaligimda chinorlari meni yoqtirib qolgan shekilli, chaqirib oldi). Ayni paytda ham Farg‘onada yashab turibmiz (hozircha). Yuqorida o‘qiganlaringiz mening sayohatnomam edi. Bu albatta qisqachasi xolos. Men-ku bu gaplarni sizga sayohat deb aytyapman, ammo buning mashaqqatini harbiylar va ularning oila a’zolari juda yaxshi bilishadi. Har bir yangi joyga ko‘chganingizda begona muhit, begona odamlar, barcha-barchasi sizni yutib yuborgudek dag‘-dag‘a qiladi. Odamlar bilan aloqani yo‘lga qo‘yguningizcha kamida oradan bir hafta o‘tib ketadi. Ular bilan endi til topishganingizda esa yana boshqa joyga ko‘chib ketasiz. Ayniqsa maktab yoshida bo‘lsangiz, kulgiliroq qilib aytsam, sizda bitiruv oqshomini nishonlash uchun maktab tanlash imkoniyati kengroq bo‘ladi. Shaxsan meni hozirgi kunda saksondan ortiq sinfdoshlarim bor. Hozirgi o‘qiyotgan maktabim esa beshinchi maktabim. Darvoqe, har narsaning yaxshi tomoni bor deganlaridek, agar otam harbiy bo‘lmaganlarida men Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida o‘qimas edim. Hozir shu maktabdaligim esa bu chinakam baxtdir. Buning uchun dadamga qancha rahmat desam ham kam. So‘zimning shu yerigacha men sizlarga harbiylarning oilasi va albatta, o‘zim boshimdan kechirgan voqealarni aytib berdim, endi esa harbiylarning mashaqqatli hayotlari haqida so‘z yuritmoqchiman. Dada... Sizlarni ishontirib ayta olamanki, bu so‘zning ahamiyati butun umrim davomida bir lahazaga ham yo‘qolmaydi. Nafaqat men uchun, balki ona Vatan uchun ham. Dadam menga otalik qilgan bo‘lsalar, o‘z Vatanlariga chinakam o‘g‘lon bo‘ldilar. Ishoning, shunday kunlar bo‘ladi, dadam biz hali uyg‘onmasimizdanoq ishga chiqib ketib, bizlar uyquga ketganimizda ishdan horib qaytadilar. Ba’zida esa bir necha kunlab harbiy navbatchilikda qolib ketadilar. O‘tgan yil hatto yangi yil bayramini ham ishxonada nishonlagandilar.(O‘shanda biz ham dadamning ishxonalariga borib, yangi yilni o‘z uyimizda bo‘lmasa-da, har holda birgalikda kutib olgandik) To‘g‘ri, harbiylar hayoti qiziq bo‘lishi mumkin, ammo oilaning issiq bag‘ridan uzoqda bo‘lish har lahzada inson ko‘ksini qurigan tikanakdek tirnab turadi. Men ham kichkinaligimda harbiy bo‘lishni xohlardim, akalarimni-ku aytmasa ham bo‘ladi. Lekin dadam hech birimizning harbiy bo‘lishimizga yo‘l qo‘ymadi. (Chunki bu kasbning mashaqqatini dadam juda yaxshi bilardilar). Shunga qaramay kichkina akam dadamning izlaridan ketdi. Endi u ham dadam his qilgan kechinmalarni his qilayotganligini bot-bot aytib turadi, uning ham og‘zidan “Sizlarni sog‘indim” degan so‘z tushmaydi gohida. Dadam shunchalik band bo‘lishlariga qaramasdan, oilamizdagi eng kichik narsalarga ham alohida e’tibor beradilar. Har birimizning o‘qishimiz haqida so‘rab, natijalarimiz bilan qiziqishni kanda qilmaydilar. Hatto yangi she’r yozganimni eshitib qolsalar ham darrov uni menga o‘qitadilar. Yuqorida aytganimdek, dadam men uchun mehr, energiya manbayi bo‘lsalar, Vatan uchun sodiq o‘g‘lonlar. Harbiy xos kiyimning mas’uliyatini bizga ham yoshlikdan uqtirib kelganlar. Men otam haqida gapirar ekanman ko‘ksim g‘urur hissiga to‘lib ketadi. Shunday insonning farzandi ekanligimdan faxrlanib ketaman. Otamning va otam sadoqat bilan xizmat qilayotgan Vatanning ishonchini oqlash mening burchimdir! Yuqorida yozganlarim adabiyotning qaysi janriga to‘g‘ri kelishini bilmayman-u, ammo bularning bari ona Vatan uchun sidqidildan xizmat qilib, yonib-kuygan insonlardan biri – otamning hayotidan bir parcha deb ayta olaman. Endi esa so‘zlarimni otam menga har doim aytadigan gaplari bilan tugatmoqchiman: “Qizim, hech qachon olg‘a qadam tashlashdan qo‘rqma! Seni qo‘llash uchun ortingda Vataning va oilang bor!” Shahlo SAFAROVA, Erkin Vohidov ijod maktabi 9-“A” sinf o’quvchisi.


10 NAZM Bir kun yomg‘ir ham mag‘lub bo‘ladi Bir yurak jon berib ergashar kuyga. Chunki ezgulikning qaynoq nafasi Limmo-lim to‘lgaydir olam uyiga. Yana o‘z kuyiga raqs tushar dunyo Do... Re... Mi... O‘YLAR Bulutsiz osmonni kuzataman jim, Yolg‘izlik dardiga bo‘lib mubtalo. Sensiz o‘ylarimning poyoni cheksiz, Shikasta so‘zingga qilding-ku oshno. Hayot ham o‘tmoqda, o‘tar tinmayin, Yurmay o‘tayotgan vaqtlar singari. O‘sha keng olamning tor ko‘chasida, O‘tib borayotir xayollar bari. Yodimda hali ham nursiz ko‘chalar, Yakkash ketib bordim manzilim sari. Sen esa, bir so‘zsiz, yolg‘iz qolarsan Tuproqni yoqtirmas bir go‘rkov kabi. Marhabo IBROHIMOVA, Erkin Vohidov ijod maktabi, 11-sinf o’quvchisi. HADAF Sargardon yo‘llarning oxiri bormi?! So‘qmoqqa aylanib ketyapti, axir. Lek yurakka umid berguvchi doim Yaratgan Robbimning borligi haqdir. Dunyo dunyosiga qo‘ymay muhabbat Bir Haqni sevganday ilohiy, zimdan. Fanoda ming bora ayrilib, kuyib Senga yetishsam bas so‘nggi manzilda. KUY Ezgulik kuyiga raqs tushar dunyo Yomg‘irlar ovozi bo‘lolmas to‘sqin. U go‘yo zaminga ergashgan chaqmoq Chalgan kuylaridek yuragi jo‘shqin.


11 NAZM QISHLOQ Qishog‘imni sog‘indim bugun Chang ko‘cha-yu keng dalalarni. Bolaligim qolib ketgan, eh, Quyosh botgan o‘sha qirlarni. Vaqt o‘tadi shoshgancha hayron, Xayollarim yo‘li –muhabbat. Qo‘ypodadek sochilib ketgan, Terib olish buncha murakkab? Zilol suvlar, sevgi daraxti… Sog‘inch-azob, o‘rtaydi jonim. Shu shovqinli, katta shaharda Sog‘inyapman seni, qishlog‘im!.. TONG SHU’LASI Quyosh mo‘ralaydi mitti go‘dakday, Maysalar ko‘zini oladi asta. Yuragi bahorga intiqqan daraxt Bugun boshqachadir, yuragi xasta. Nurlari eritar muzyuraklarni, Ezgulik urug‘in sochar har yerga. Erta tong shamoli quchadi bag‘rim, So‘ng olib ketadi xayol shahriga. Tuyg‘ular o‘zgacha, dunyo o‘zgacha, Zamin ko‘ksim bilan yashnaydi birga. Subhidam dilga tong shu’lasi tushib Tark etmas yurakni butun umrga… OSHIQ Choʻkib kettim toʻsatdan, Xayollarim qariga. Langar tashlab oʻtaman, Labing sohillariga. Nigohlar gar tutashsa, Boʻlib qoldim devona. Koʻzlaring qorachigʻi Kiprigingga begona. Tor koʻnglingga sigʻmasdan, Boʻlsamda ishqda ojiz. Lek baribir sevaman, Qirq kokilli suluv qiz. Oshiq qalbibng endi hech, Ishon, boʻlmas vayrona. Xiyonat nari tursa, Alvidolar begona. Hayotimga qoʻqqisdan, Kelmading axir bejiz. Ber menga ro‘mochangni, Bogʻlab qoʻyay baxtimiz. Samandar SIROJIDDINOV, Erkin Vohidov ijod maktabi, 11-sinf o’quvchisi.


12 TADQIQOT Ma’lumki, har bir xalqning, millatning urf-odatlari, qadriyatlari, ijtimoiy holati, madaniyati, diniy qarashlari uning til birligida о‘z ifodasini topadi. Ushbu birliklаr mаdаniyаtdа simvоlik, еtаlоnlik, rаmziymеtаfоrik аhаmiyаtgа еgа hisоblаnib, insоn аqliy tаfаkkuri fаоliyаti nаtijаsidа yuzаgа kеlgаn. Bundаn tаshqаri ulаr аrxеtipik vа prоtоtipik mаzmungа hаm еgа. Аnа shu birliklаr mif, аfsоnа, rаsm-rusum, fоlklоr vа diniy mаtnlаr, yаnа she’riy vа nаsriy bаdiiy mаtnlаrdа, ibоrаlаr, mеtаfоrаlаr, rаmzlаr vа pаrеmiyаlаrdа uchrаydi. Rаsm-rusum stеrеоTURKIYLARDA tiplаrining mаtаlgа о‘tib, kеyinchаlik ibоrаgа аylаnishi kuzаtilаdi. Bа’zаn birginа birlik mif, mаtаl vа ibоrаlаr tаrkibigа singib kеtgаn bо‘lаdi: bо‘ri qаdimgi xаlqlаr tаsаvvuridа vаhshiy qаrоqchi, qоnxо‘r qоtil, kаllаkеsаr sifаtidа gаvdаlаnаdi. Ammo bо‘ri о‘zbek xalq og‘zaki ijodida totem obraz. Qadimgi manbalarda yetib kelgan rivoyatlarda bо‘ri turk urug‘i avlodining davomchisi hisoblanadi. “Ona bо‘ri” nomli afsonada dushman tomonidan qirib yuborilgan turk xalqidan omon qolgan 10 yoshli bolani ona bо‘ri panohiga oladi va turkiy xalqlar davomchisiga aylanadi. Shundan sо‘ng u ertak va rivoyatlarda insonning xaloskori va uning himoyachisi sifatida tasvirlangan. Uning mаrdlik, bо‘ysunmаslik, еrkinlikkа ishtiyоqi mаsаlаsi аsоsiy о‘ringа kо‘tаrilgаn. Mаsаlаn, Mаhmud Kоshg‘аriyning “Dеvоnu lug‘оtit turk” аsаridа Аfrоsiyоbning о‘limidаn qаyg‘urib yig‘lаyоtgаn bеklаr “bо‘ri bо‘lib uldilаr” dеyilsа, “Kul tigin” bitiktоshidа “qо‘shinim bо‘ri kаbi еdi” , – dеyilаdi. Yusuf Xоs Hоjibning “Qutаdg‘u bilig” аsаri 31-bоbidа bеkning mаrdligi bо‘rigа о‘xshаtilаdi. Xаlq tilidа еsа “yigitlаrning bо‘risi” kаbi mеtаfоrаlаr ishlаtilаdi. “Bо‘rining yеsа hаm, yеmаsа hаm оg‘zi qоn” kаbi tаrzdаgi qаrаmа-qаrshi fikrli mаqоllаr hаm uchrаydi. Shukur Xоlmirzаyеvning hikоyаlаridа еsа bо‘ri sо‘zining turli mа’nоlаr kаsb еtishini kо‘rish mumkin: Kаkliklаrni dаhlizdаgi tаshlаndiq shkаf ustigа оtdim-dа, shаrt yеchinib kо‘rpаgа kirdim. Kun bо‘yi yurib bо‘lgаnimchа bо‘lgаn еkаnmаn. Tоshdеk qоtib qоpmаn. Еrtаlаb hеch kimgа gаp qо‘shmаdim. Nоnushtа qilаyоtgаn еdik. – Qаlаy, bо‘rimi, tulkimi? – dеdi оtаm. [Sh. Xоlmirzаyеv. 4-b] Demak, xаlqimizdа ishning bаrоridаn kеlishi yоki chаppа kеtishi hаqidа mа’lumоtni ifоdаlаsh uchun ikki hаyvоn еtоlоnidаn fоydаlаnilаdi: bо‘ri vа tulki. Bо‘ri ijоbiy, tulki еsа sаlbiy nаtijаni ifоdаlаydi. Shuningdеk, yаngi chаqаlоq tug‘ilgаndа hаm “bо‘rimi, tulkimi” dеb sо‘rаsh оdаti mаvjud. Bо‘ri о‘g‘il fаrzаndni, tulki qiz fаrzаndni bildirаdi. Bеjizgа bundаy mеtаfоrа mаvjud еmаs, chunki bо‘ri mаrd, jаsur yigit timsоli, tulki mulоyim, аyyоr qiz timsоli hisоblаnаdi. Shuningdеk, оtа-оnаlar о‘z fаrzаndigа “Bо‘ribоy” yоki “Bо‘rixоn” dеyа ism hаm qо‘yishgаn. Buning hаm о‘zigа xоs sаbаblаri mаvjud. Bu ism bо‘ri singаri qо‘rqmаs bо‘lsin dеgаn umid bilаn


13 TADQIQOT qо‘yilаdi. Vа yаnа bir irim-sirimgа аsоsаn chаqаlоqqа shu ism bеrilаdi: оdаmlаr оrаsidа bо‘rining tаbiiy hodisa – hаm quyоsh chiqib, hаm yоmg‘ir yоg‘аyоtgаn bir pаllаdа bоlаlаshi hаqidа tushunchаsi sаbаb shundаy оb-hаvоdа tug‘ilgаn bоlаgа yoki ona qornidan tish bilan tug‘ilgan bolaga ham Bо‘rivоy ismi munоsib kо‘rilаdi. Masalan, asarlarda juda shunday ismli obrazlar mavjud(Said Ahmadning “Qorakо‘z majnun” hikoyasini eslang): Bir kеch Inоd mаktаbdаn chоrbоg‘ qоrоvuli bilаn yаyоv qаytib kеlаrkаn, qоrоvul Bо‘ribоy: — Еshitdingizmi, shаxsiy оt sаqlаsh mаn bо‘lipti. Qаrоr chiqipti. Bir milisа kеchа bizning yоnimizdаgi Bo‘RI TOTEMI yurtdаn bir chо‘pоnning оtini hаydаb kеtdi, — dеdi. [Sh.Xоlmirzаyеv. 67-b] Yаnа shuni аytish mumkinki, hаyvоnlаrning о‘z xususiyаtidаn kеlib chiqib, ulаrni nоmi bilаn еmаs, bеlgi-xususiyаti bilаn hаm nоmlаsh kuzаtilаdi. Аyniqsа, vоhа tоmоnlаrgа аhоlining kо‘pi оv bilаn, chоrvаchilik bilаn shug‘ullаnаdi, tog‘li hududda istiqomat qiladi. Shu bоis оdаmlаr оrаsidа bо‘ri – jоndоr, ilоn – аrg‘аmchi, аyiq – pоlvоn nоmlаri bilаn yuritilаdi(Bu hodisa tilshunoslikda tabu deb ataladi):Chunki u yеrdа bо‘rilаr hаm kо‘p bо‘lаr еmish. Bir kuni оtаm: “Zоv оstigа ikki pоlvоn tushib kеtdi”, dеgаnini hаm еshitgаnmаn. Pоlvоn dеgаni аyiq dеgаni. Bittа chо‘pоn: “Аrg‘аmchiyаm bоr еkаn, kо‘p chirillаdi”, dеgаndi. Аrg‘аmchi — ilоn dеgаni. Nimа uchundir tоg‘dа kо‘p hаyvоnlаrni, jоnivоrlаrni о‘z nоmlаri bilаn аtаshmаydi. Mаsаlаn, bо‘rini hаm jоndоr dеyishаdi.[Sh.Xоlmirzаyеv, 80-b] “Bо‘rining yеsа hаm, yеmаsа hаm, оg‘zi qоn” mаqоli bеjiz аytilmаgаn. Chunki аyrim о‘g‘rilik, jinоyаt vа yоmоn ishlаr bо‘rigа tirkаb qо‘yilgаnligi uning оv qilishi vа hаyvоnlаrni аyоvsiz bо‘g‘izlаb kеtishi tа’siridа pаydо bо‘lgаn dеyish mumkin: Dаshtdа bir sigirimizni chо‘pоn о‘ziniki qilib, “bо‘ri yеdi”gа chiqаrgаn еkаn. .[Sh.Xоlmirzаyеv, 104-b] Bо‘ri totemiga bugungi kunda ham kо‘plab ijodkorlar ijod namunasi duch kelishimiz mumkin. Masalan, Pо‘lakn shoirning “Yoldor bо‘ri” dostoni, Muxtor Avezovning “Kо‘k yol” , Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” romanlari, “Qaqnus” kо‘rsatuvida ijro etilgan, ijtimoiy tarmoqlarda juda kо‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan Najmiddin Ermatovning “Kо‘k bо‘ri” she’ri yoki hammaga manzur bо‘lgan qo‘shiqchi Adham Soliyevning “Bо‘ri edim” qо‘shig‘i ham bunda yaqqol dalil bо‘la oladi. Bu totemning ijobiy obraz sifatida namoyon bо‘lishi qatorida salbiy xususiyatlarini ham kо‘rish mumkin, chunki keyinchalik islom dini ta’sirida totemik e’tiqodlarga ishonch yо‘qolgan, natijada ertaklarda (“Bо‘ri bilan tulki”, “Och bо‘ri”, “Bо‘ri bilan qо‘zichoq”) yovuz, qonxо‘r, zulmkor, bosqinchi bо‘ri obrazi paydo bо‘lgan. Agar siz ham bо‘rilar va ularning yashash tarziga qiziqsangiz, yuqorida qayd etilgan asarlarni, shuningdek, Ernest Seton Tompsonning “Lobo” hikoyasini о‘qishni tavsiya qilgan bо‘lardim. Mashhura HUSANOVA, Erkin Vohidov ijod maktabi ona tili va adabiyot fani о‘qituvchisi


G‘AZAL MULKI “BADOE’ UL-VASAT” DEVONI 217-g‘azal. Nozaninlar, benavolarg‘a tarahhum aylangiz, Lutf agar yo‘qtur, g‘azab birla takallum aylangiz. Gah biyik, gah past giryon ko‘rsangiz ushshoqni, Fosh kulmassiz, nihon bore tabassum aylangiz. Hajr zulmidin qotiq holimni, ey jon-u ko‘ngul, Bildingiz, yor ollida borib tazallum aylangiz. Ey balo-vu dard, o‘tlar xud solibsiz jonima, Lek siz ham gah-gah ul o‘ttin tavahhum aylangiz. Qon agar yutsam qarorib axtarim, ey xatt-u xol, Siz mayi la’li bila bore tana’um aylangiz. Biz fano tufrog‘i bo‘lduk dayr aro, ey ahli zuhd, Xonaqah sahnida siz bahsi taqaddum aylangiz. Ey mug‘anniylar, Navoiy mast edi – kech uyg‘onur, Oni uyg‘otmoqqa bir dilkash tarannum aylangiz. Alisher NAVOIY G‘azal mavzusi: majoziy va haqiqiy ishq iztiroblari talqini. G‘azal g‘oyasi: muhabbatga sadoqat, majoziy va haqiqiy ishqni ulug‘lash. G‘azal vazni: ramali musammani mahzuf. Afoili: foilotun foilotun foilotun foilun Chizmasi: – V – – – V – – – V – – – V – 1-bayt. Nozaninlar, benavolarg‘a tarahhum aylangiz, Lutf agar yo‘qtur, g‘azab birla takallum aylangiz. Lug‘at: Benavo – 1. Bechora, yo‘qsul, 2. Baxtsiz, bahrasiz 3. Noumid, Tarahhum – rahm qilmoq. Lutf – muloyimlik, rahmdillik, yaxshi muomala, marhamat. Takallum – so‘zlash, gapirish, so‘zlashish. Nasriy bayon: Nozaninlar (noz qiluvchi go‘zallar), bechora, baxtsiz, noumidlarga rahm qilinglar, agar muloyimlik, rahmdillik qila olmasangiz, mayli g‘azab bilan bo‘lsa ham gapiring. 2-bayt. Gah biyik, gah past giryon ko‘rsangiz ushshoqni, Fosh kulmassiz, nihon bore tabassum aylangiz. Lug‘at: Biyik – buyuk, ulug‘ (bu o‘rinda baland (ovozda) yig‘lash ma’nosida). Giryon – yig‘layotgan. 14


15 G‘AZAL MULKI Ushshoq – oshiqlar. Fosh (kulmassiz) – ochiq (tabassum qilmassiz). Nihon – yashirin. Bore – bir marta. Nasriy bayon: Oshiqlarni goh baland, goh past yog‘layotganini ko‘rsangiz, ochiq kulmassiz (tabassum qilmassiz), bir marta yashirin tabassum aylangiz. 3-bayt. Hajr zulmidin qotiq holimni, ey jon-u ko‘ngul, Bildingiz, yor ollida borib tazallum aylangiz. Lug‘at: Hajr zulmi – ayriliq azobi. Qotiq holim – qattiq (og‘ir ahvolim) Tazallum (aylangiz) – zulmidan shikoyat qiling. Nasriy bayon: Ey jonim va ko‘nglim, ayriliq azobidan og‘ir ahvolga tushganimni bildingiz, yorning oldiga borib uning zulmidan shikoyat qiling. 4-bayt. Ey balo-vu dard, o‘tlar xud solibsiz jonima, Lek siz ham gah-gah ul o‘ttin tavahhum aylangiz. Lug‘at: Xud – mazkur so‘z birikmasida “faqat” ma’nosini ifodalagan. Tavahhum – vahimaga tushish, qo‘rqish. Nasriy bayon: Siz mening jonimga faqat balo, dard va o‘tlar solibsiz, Lekin siz ham goh-goh u o‘tdan vahima aylangiz (qo‘rqing). 5-bayt. Qon agar yutsam qarorib axtarim, ey xatt-u xol, Siz mayi la’li bila bore tana’um aylangiz. Lug‘at: Qarorib axtarim – yulduzim qorayib (baxtim qora bo‘lib). Xatt-u xol – qosh va xol. Mayi la’li – labining mayi (yorning shirin so‘zlari) Bore – bir marta. Tana’um – noz-ne’matlar ichra yashash (bu o‘rinda “ne’matlaning, bahramand bo‘ling” ma’nosida qo‘llangan). Nasriy bayon: Agar yulduzim qorayib (baxtim qora bo‘lib), qon yutar bo‘lsam, ey qosh-u xol, siz labining mayi (yorning shirin so‘zlari) bilan bir marta bo‘lsa ham, ne’matlaning. 6-bayt. Biz fano tufrog‘i bo‘lduk dayr aro, ey ahli zuhd, Xonaqah sahnida siz bahsi taqaddum aylangiz. Lug‘at: Fano tufrog‘i – yo‘qlik tuprog‘i, (o‘tkinchi dunyoning tuprog‘i). Dayr – dunyo (mayxona). Ahli zuhd – zohidlar (taqvodorlar). Xonaqah – ibodatxona, masjid. Taqaddum – ilgarilash, oldinda bo‘lish. Nasriy bayon: Ey zuhd ahli (taqvodorlar), biz dayr aro (dunyoda, mayxonada) fano tufrog‘i bo‘lduk, siz xonaqah sahnida (masjidda) kim oldinga ilgarilayotgani haqida bahs aylangiz. 7-bayt. Ey mug‘anniylar, Navoiy mast edi – kech uyg‘onur, Oni uyg‘otmoqqa bir dilkash tarannum aylangiz. Lug‘at: Mug‘anniy – kuychi, sozanda, ashulachi. Dilkash – dilni tortuvchi, dilga huzur baxsh etuvchi. Tarannum – kuylash, ashula aytish. Nasriy bayon: Ey sozanda va qo‘shiq aytuvchilar, Navoiy mast edi, shuning uchun u kech uyg‘onur, uni uyg‘otish uchun bir diltortar kuy chalib, qo‘shiq ijro eting. G’azalni Muhammadamin NURMATOV sharhladi.


16 JADIDLAR Dunyoda Abdulla Qodiriydek baxtiqaro yozuvchi kam bo’ladi. Mustabid sho’ro jallodlari uni qatag’on qildilar, ming bora jabr ko’rsatdilar, oxiri o’ldirib qutuldilar. O‘tkir Hoshimov Kuz. Olamlarni oltinga o’rab, olislardan oshiqib kelgan kuz. Tabiat uchun xotam kuz, millat uchun motam kuz. Har yili faslning o’rta oyi boshlanar ekan butun fikr, butun o’y bir narsaga jo bo’ladi. Qodiriy bobo sotilganiga falon vaqt bo’ldi, millatning asl farzandi qatliga falon yil bo’ldi, haq degan, ammo tuzum tegirmonidan sobit chiqa olmagan zotning shahidlik libosini kiyganiga falon zamon bo’ldi. Har safar shu o’ylar iskanjasida yurar ekanman, ushbu buyuk iroda, keng tafakkur va go’zal qalb sohibining kechmishi haqida nimadir yozgim kelar edi. Shu sabab, 44 yil umr ko’rgan, ammo qisqa vaqt davomida yolg’on, bo’hton, tuhmat hamda cheksiz musibat qurboni bo’lgan, yohud o’zbekning adabiyotini yuksak cho’qqiga olib chiqish va bu “aybi” yo’lida xuni bilan javob berish uchun yorug’ dunyoga kelgan yozuvchining ayanchli qismati haqida qalam yuritgim va shuning bilan go’yo zardob to’lgan yuragimni bo’shatgim keldi. Qalbimning qarida qontalash bo’layotgan dardimni sizgada aytgim keldi aziz zamondosh. Illo mazkur yozuq yo’lida biror nojo’ya ketsam avf etishingizni sizdan so’ranib qolaman! QIZIL QIRG‘IN Abdulla Qodiriy adabiyotga hamda millat ma’rifatiga jonkuyar shaxs sifatida 1923-yilninf fevralida “Mushtum” jurnalining tashkillanishida katta jonbozlik ko’rsatdi. Qodiriy o’zining Julqunboy, Abdudumbul, Bemaza maxzum, Go’zimatchi, Dumbul, Dumbulnisa, Jiyaningiz Mushtum, Ovsar, Shilg’ay nomli birbiridan ajoyib tahalluslari bilan “Mushtum” sahifalarini bezab borar ekan, uning xarakteridagi haqiqatgo’ylik, nohaqlikka befarq emaslik, yohud jamiyatdagi illatlarga ko’z yuma olmaslik kabi fazilatlari o’laroq bir turkum maqolalar bilan omma orasida tobora yuksala boshlaydi. Uning bunday chiqishlari xalq tarafidan katta ko’tarinkilik bilan qarshi olinishi, yozuvchining ayni ijod kamolotiga erishgan, asarlari qo’lma-qo’l bo’lib, kitob do’konlaridan hali hovuri uchmay turib ado bo’layotgan bir davrga to’g’ri kelgan edi. Tabiyki bunday yuksaklik qalbi kir, imoni sust, vijdoni esa mutlaqo chirib ado bo’lgan shaxslarning qitiq patiga tegishi tabiiy edi. Undayin manfur kimsalar paytini poylab turib, qon, qon va yana qon deb turgan mustabid tuzum jallodlarining e’tiborini Qodiriyga qaratishadi. Nihoyat ular orziqib kutgan zamon keldi (ming afsus). Jannatlardan joy olgur Abdulla Qodiriy 1926-yil 25-fevralda “Mushtum” ning 27-sonida “Ovsar” taxallusi bilan “Yig’indi gaplar” nomli maqola e’lon qiladi. Mazkur maqola e’lon qilinishi bilan qattol tuzum vakillari, yo’q laycha kuchuklari hamda bir qancha iymonsiz kishilar birlashib, yozuvchiga ilk bora hujum uyushtirishadi. Ular “ashyoviy dalil” sifatida maqoladagi quyidagi o’rinlarga pashshaday yo’ishishadi. “O’qig’uvchilar bilan dardlashmaganimga qariyb bir yarim oy bo’ldi. Qaysi burchakda uhlab qolding, deb so’rama, jiyan. Bu o’lkada nima ko’p ekan


17 JADIDLAR uhlaydurg’an burchak va unda o’mpayib, do’mpayib uhlag’uvchi meng’a o’hshash ovsarlar! Men senga aytsam o’zbekning ishchisi, dehqoni, maorifi, madaniyati, iqtisodi, shaltay-baltayi, hullas, barchasi uhlaydi. Ammo o’choqboshini (hukumat) holi topqan olaqarg’alar ( kelgindi ) bo’lsa, xo’pam bilgan nomaqulchiligini qilyapti!” Yohud maqola tarkibidagi quyidagi o’ringa ham muborak nigohlarini qadaydilar: “Ammo kechagi kun gazetada Ohunboboyevdek bitta sarkotibingdan ham felim aynay yozdi. Hammadan ham bunisi qiziq. Madanglik (madaniy) maorif hodimlari qurultoyida maruza o’qib nima deydi, deng: Jumhuryatimizda har 200 murassa ( kvadrat) chaqirim yerga yohud har 4909 odamga bitta maktab bor. Yoki o’qish yoshida bo’lgan bolalarning har ( emas xo’tuk) 979 tasiga bir maktab to’g’ri keladir. Muallifning mazkur yozug’i “Mushtum” ning mushtdekkina parchasida ko’rinishi bilan payt poylaganlar baralla ayqirishdi –uraaa! Ahir ular kutgan palla kelgan edida. “32 order. 1926-yilning 8-martida hodim Kurmanovga berilgan. Grajdanin Abdulla Qodirov qamoqqa olinsin va tintuv o’tkazilsin. Adres: Toshkent shaxrining Beshyog’och qismidagi Eshonguzar mahallasi”. AYBNOMA Abdulla Qodirov «Mushtum» jurnalining muharrir yordamchisi lavozimida ishlagan. O’z vazifasidan foydalangani holda muharrirning qatiy taqiqiga qaramay jurnalning 27-sonida «Yg’indi gaplar» maqolasini bostirgan. Mohiyati jihatidan mazkur maqola ochiqdan-ochiq O’zbekiston hukumati va Kompartiyasining rahbarlarini obro’sizlantirish hamda shu bilan birga Kommunistik partiyaning muhim tadbirlarini tanqid qilish va masxara qilish ruhi bilan yozilgan. Muallif shubhasiz bu maқolani aksilinqilobiy maqsadlarda foydalanish uchun keng yoyishga uringan. Bu jinoiy hattiharakat O’zbekiston Jinoyat protsessual kodeksining 72 va 105-moddasining 1-bandiga muvofiq ko’rib chiqilsin. Aybnoma protokolini tuzuvchilar Agidullin va Belyayiskiylar. Aybnoma Qodiriyga 24 martda beriladi. Unga Abdulla Qodiriy “O’zimni aybdor deb tan olmayman” deya imzo chekkan. Qodiriy chindanda beayb edi, boisi “Yig’indi gaplar” avvalo “Ovsar” taxallusi bilan ovsarona tilda faqatgina hazil nuqtayi nazaridan yozilgan, qolaversa mazkur maqolani bosilishiga mas’ul muharir Komil Alimov shaxsan ruxsat bergan edi. Bu haqda Qodiriyning o’zi shunday deydi: “Men 1926-yilning 10-yanvaridan 10-fevraligacha otpuskaga ketub dam olib yurganimda bu “Yig’indi gaplar” nom maqolani yozganman. Otpuskadan qaytgandan so’ngra 14-15 chislada navbatdagi chiqaturg’an “Mushtum” jurnalining soni uchun materiallar tayyorlag’animda ularning ichida bu maqolani ham qo’shub mas’ul muharir Komil Alimovga olub borg’anman. Mas’ul muharir Komil Alimov haligi “Yig’indi ga’lar” nom maqolasini manim qo’limdan olub, o’zining kabinetida baland ovoz bilan o’qub berdi. Ul maqolani o’qub bergan vaqtda uning kabinetida o’rtoq G’ozi Yunus, Sanjar, Shermuxammedov va konto’rshik Xaluchev bor edi. Keyin o’qub tamom qilg’anidan so’ng “Xo’’ bostiraylik” dedi, ham “Yaxshi ketdi” deb qo’shimcha qildi va men bostirg’anman”. Ammo tergov vaqtida mas’ul muharir yuqoridagi voqeadan tonadi, Tergov paytida Qodiriyning ko’pgina ҳamkasabalari va do’stlari guvoҳ sifatida chaqirilgan edilar. Bular tergovga o’z ko’rsatmalarini berar ekan, shunda ko’zlari Qodiriyning ko’zlariga duch kelishidan juda cho’chishgan bo’lishlari kerak. Achchiq zaharxanda va nafratga to’la bu ko’zlarga boqish ular uchun qiyin edi. Chunki ular Qodiriy bilan yaqin-yaqingacha do’st, hammaslak edilar. Tergov ishlari tugagach, O’zbekiston Davlat prokurori Nazarovning buyrug’iga binoan mahbus Abdulla Qodirov 8 iyunda soqchi nazorati ostida Samarqandga keltiriladi. Nihoyat, ҳam ruhan, ham jisman horigan adibni tergov qilish tugay boradi. Oxiri, sabr kosasi to’lgan Qodiriy o’ziga qo’yilgan aybnomalarni bo’yniga olar ekan, quyidagilarni so’zlaydi: “Harna yozilg’oni bir “ovsar” tilidan faqat ishchi-dehqon manfaati kuzatilib aytilgan, hukumat kishilariga bo’lgan gaplar o’rtoқlik hazili, shaxsiy mazohirdir. Oliy Sudga mening faqat shaxsiy adovat orqasida bir holga tushganim yaxshi anglashildi, deb bilaman. Guvoh o’rtoq Levchenkoning so’ziga qaraganda, 27- son “Mushtum”ning dunyoga chiqarilishiga ruxsat berilgan, ya’ni meni mazkur sondagi “Yig’indi gaplar” maqolam sudlarga ilmiy va adabiy bo’ldi, sharhlab berganimdek zararsiz, nafsoniyatchilar aytgan mahnoda emasdir, ham shundog’ bo’lishi tabiiy. Ammo bir necha shaxslar bu maqolani o’zlarining, bilmadim, qandog’dir tarozulariga solib zararlik topishlari ersa g’arazgo’ylik, tirnoқ ostidan kir izlashdan boshқa narsa emasdir. Qisqacha tarjimai holimni bayon etib, so’zimning oxirida shuni aytmoqchiman: maqolani zararsiz topib, bosishga ruhsat berguchi jurnal muharririning o’zi edi. Bugun o’z lavfzidan qaytib, vijdoni oldiga qip-qizil ajiva bo’g’uchi, meni qoralag’uchi va ustimga boshqa bo’htonlarni taqiguchi ham uning o’zi bo’ldi. Uch oylardan beri matbuot sahifalarida o’rinsiz va boshqa faqat menga qaratilib bo’lgan ҳaqsiz hujumlar, anglashilmovchiliklar, bemaza isnodlar va jim-jimalik zamzamalar meni ko’ra olmagan o’sha ayrim shaxslarning adovatidandir”. Qodiriyning o’g’li Habibulla Qodiriy ham o’zining “Otam haqida” nomli memuarida shunday yozadi: “Qodiriyning ozod qilinib, hibsdan tez chiqarib yuborilishlariga Ohunboboyevning o’zi ham bosh qo’shgan. “Julqunboy hazil qilgan, tahsil ko’rmaganman, o’qishim kerak, javobgar qilmanglar uni” – degan fikrlarni berib ketgan. Shunday qilib birqancha nomardlarning chaquvlarida va bo’htonlarida juvonmarg ketishi kutilgan buyuk yozuvchi tangrining inoyati hamda yaxshilarning yordamida bu safar qutilib qoladi. Yana tinch, osuda va baxtli hayot davom etdi. Ammo… bu osudalik sahrodagi samumdan oldingi jim-jitlikni eslatar edi. Odatda sahroda samumdan oldin kishi dilini g’ash qiluvchi jim-jitlik hukm suradi. Ma’lum vaqtdan so’ng jimlik o’rnini go’yoki shuttakli nola oladi, bu nola esa birdan samum – qumli bo’ronga aylanadi. Qodiriy birinchi bor qamalganidan so’ng o’n yil davomida osuda hayot kechirdi. Biroq keyingi ikki yil chin ma’noda samum bo’ldi. Abdulla Qodriy uzoq davom etgan azobli tergovdan so’ng ( Tergov haqida yozuvchi bilan bir kamerada yotgan kishilar quyidagicha hikoya etadilar: “ Ular adibni kaltaklab, yarim kechada kameraga chalajon holda tashlab ketishar, tibbiyotdan oz-moz xabardor mahbuslar bir hafta-yarim hafta davomida uni davolab, eski holiga keltirishar, bir-ikki haftadan keyin esa yana o‘sha qiynash va davolash «seans»lari davom etar edi.) 1938-yil aprel oyida (kuni ko‘rsatilmagan) «Ayblov xulosa»si mahbusga o‘qib eshittiriladi. Unga ko’ra, Qodiriy O‘zSSR Jinoyat kodeksining 58-, 64- va 57-moddalari bo‘yicha, ya’ni O‘zbekistonni Sovet Ittifoqidan ajratib olish maqsadida tuzilgan aksilinqilobiy millatchilik tashkilotining a’zosi bo‘lganlik va shu maqomda sovetlarga qarshi aksilinqilobiy faoliyatni olib borganlikda ayblangan va 1938 yilning 4 oktyabrida otib o’ldirish usulida qatl etilgan edi. Shu tariqa millionlar ichidan milltillagan shamdek chiqib, lovullagan masha’ladek yorqinlik taratgan, millatning salkam bir asrlik mog’or bosgan zehniyatiga yog’du yo’llagan adib, buyuk iroda sohibi, ajoyib qalb egasi, ko’plab istedodlar boshchisi Abdulla Qodriy nomardlarning chaquvlarida qotillarning qatag’oniga uchradi. Odatda kimdir kimnidir urib va yoki boshqa yo’llar bilan nobud etsa, uni qotil ataydilar. Ammo kishini o’limiga tili va dili bilan sabab bo’lganlarni nima deydilar? Eskilarimizdan qolgan bir gap bor “Alqasos ul minal haq”. Kimki, nima qilmish etgan bo’lsa, ajrini egam bersin. Millionlar qalbini ziyo bilan zabt etgan, millionlar ko’ksida armon ketgan, o’nlarning dastidan shahid yotgan Qodiriyning joyini janatlardan nasib etsin, omin! Bahromjon XUDOYBERDIYEV, Erkin Vohidov ijod maktabi tarix fani o’qituvchisi.


RA’NOSIMAN! Yoshligimda ashaddiy kitob jinnisi edim. Kitoblar sirdoshim, hamrohim, sotilmas doʻstlarim edi. Tengqurlarim nazdida sal anaqaroq qiz edim. Nimagadir ular bilan gaplashib, yoki oʻyin kulgidan koʻra, bir chekkada qahramonlarim bilan yashash zavqli edi. Shundanmi, biroz kattalarcha oʻylar va oʻrtogʻlarim bilan tillasholmasdim. Bir kun kitob oʻqimasam, xumori tutardi. Mutolaa uchun joy, vaqt tanlamasdim. Qiziqib qolsam, bezovta qilishmasin deb, molxona chordogʻiga qochib asarni tugatardim. Vodilning keng osmon, yashil dalalarida mollarni oʻtlatib, Shoximardonsoyning shovillagan ariqlari boʻyida, yalpizlar isida kitob oʻqishni entikib eslayman. Dala shabadasi, mol-qoʻylarning oʻtlarni yeyishidagi chiqadigan kurt-kurt ovozlar garmoniyasida asar qahramonlaring jonlanishi huzurli edi. Yana marvartak, qora tutlar soyasida tutning tilyorar mazzasini shimib, muk tushib oʻqishlarni sogʻinaman. Mollarimizni qoziqqa bogʻlab, katta oʻriklar shoxida qoʻynimizga nordon gʻoʻrani terib olib, tuzga botirib yeb, mutolaa zavqini eslasam, ogʻzimning suvi qochadi. Shoʻrtak gʻoʻradan bol bitib, to tap-tap etib toʻkilib bitguncha oʻrik va kitob bilan ogʻayniydim. Xullas, tabiat va kitob uygʻunligida bolaligim baxtiyor kechgan. MIRZO ANVARNING KITOBDOR 18 Oilaviy kasal edik kitobga, opam huquq sohasiga oʻqishga kiraman deb, kecha-yu kunduz barcha tarixiy va badiiy kitoblarni oʻqir, kechasi uxlab qolmaslik uchun, yumshoq yotoqdan polga tushib oʻqirdi. Ayam kech boʻldi, deya yotogʻimiz chirogʻini oʻchirib chiqsalar, eshikni berkitib, shamni yoqardik. Aytishlaricha, uzoq qarindoshimizning qizlari Sanobar opam koʻp oʻqiganimi, yoki boshqa sabab sal esi kirdi chiqdi boʻlib qolgan ekan. Kitobxoʻrligimiz tutganda, ayamning Sanobar opa hasrati boshlanar, bizdan xavotir olib, ta’qiqlardilar. Hayotimga ma’no olib kirgan ilk hayot doʻstim bu yashil muqovali oʻrtasida naqshli hoshiyalar ichida “MUHAMMAD ALAYHISSALOM QISSASI”, deb yozilgan kitob edi. Asar muallifi yodimda yoʻq lekin Hazrati insonlik sabogʻi yodimda oʻchmas boʻlib qolgan. Eng goʻzal tabiat tasviri, manzarani rangin boʻyoqlarda qahramonlar kechinmasi bilan zanjirdek bogʻlagan Nigora MANNOPOVA, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi direktori. muhtasham asar Choʻlponning “KECHA VA KUNDUZ” ichimdagi nimanidir uygʻotgan, ulgʻaytirgan jondoʻstim boʻldi. Oʻtkir Hoshimovning afgʻon urushi qurboni Rustam taqdiri misolida mustabid tuzumning qotil siyosatini ochib bergan «TUSHDA KECHGAN UMRLAR» asari kutubxonamning eng oldi qatorida turadi. Jahon adabiyotining nodir durdonasi “ASKANIO” asari balogʻat davrimdagi eng sehrlab olgan asar boʻlgan. Aleksand Dyumaning tarixiy asari Askanio va Kolomba muhabbati va asl san’at, chin insoniylik etklik bilan bitilgan nodir roman. Mixail Bulgakovning “USTA VA MARGARITA” sini ilk mutolaada anglamaganman, har gal oʻqiganimda yangi ma’no tashiyvergan. Hozirgi yoshimda yana yangi hayot falsafasini kashf qildirgan bebaho asar. Soʻz va amal, til va dil birligi jannat kaliti ekanligini anglatgan nodir doʻst bu Imom Gʻazzoliyning “MUKOSHAFATUL QULUB” asari


TAHRIRIYAT KENGASHI: Inobatxon NOSIRJONOVA Shahnoza NUMONJONOVA Durdona NABIJONOVA MUASSIS: Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi TAHRIR HAY‘ATI: Muhammadamin NURMATOV Jamoliddin BADALOV Kamoliddin MARASULOV Mahmudxon QO’CHQOROV Abduhayot ABDUQODIROV O‘zbegim Adabiy, ilmiy— ma‘rifiy jurnal Bosh muharrir: Nigora MANNOPOVA Tahririyat manzili: Marg‘ilon shahar, Turkiston ko‘chasi, 138—uy. Bizni @erkinvohidovmaktabi telegram manzili orqali kuzatib boring. KITOBDOR 19 boʻlgan. Vaqti-vaqti bilan dunyo chirkinliklaridan kirlanganimda oʻqishga ehtiyoj sezaman. Va kutubxonamdagi eng aziz doʻstlarim — «Eng hayotiy hikoyalar» tanlovida gʻoliblik uchun tuhfa etilgan Shayx hazratlarining 30 juzlik «HADIS VA HAYOT» toʻplamidir. Har bir xonadonda boʻlishi zarur javohirlardan biridir. Ikkinchi jahon urushini oʻn-yigima uchinchi kuch egalari boshladi, millionlab oddiy insonlar esa hayoti qurbonlika tikildi. Odamiylikning oliy missiyasini ochib bergan Oʻtkir Hoshimovning «IKKI ESHIK ORASI» hali-hanuz eng yaqin doʻstim. Turkiston fojeasini ishq qissasi timsolida ifodalagan Abdulla Qodiriyning «OʻTGAN KUNLAR»i qaytaqayta murojaat qilguvchi milliy roman. Kumushbibi timsolida oʻzbek ayoli hayo va iffati, ma’rifati va ayanchli qismatini koʻrgan tarixchi doʻstim. Sir aytaman, azbaroyi ishqibozlikdan asar olamiga kirar, qahramonlarga aylanardim. Sevimli asarim «MEHROBDAN CHAYON» dagi mirzaboshi yigitga oshiq boʻlib, oʻzimni Ra’noga mengzar, burchaklarda Ra’no boʻlib, Anvarga yuzlanardim: “Agar or etsa Layli haqlidir Qaysning jununidan, Ne baxt Ra’no xaridori talab ahlining Mirzosi» “Jasur qiz”ga havas qila-qila, Ra’noga aylandim. Yillar oʻtib, taqdir Anvar Mirzo – Islombek Mannopov «Mehrobdan chayon» videofilmida bosh qahramon obrazini oʻynagan aktyorni uchratdi. «Hayot sha’mi»miz yondi. Bu kitoblar doʻstlarimning mukofoti edi. Shukurki, juftim Mirzo Anvardek zamonasining peshqadam olimlaridan. Quvonarlisi, uyimizda sanogʻi koʻp, eng qadri baland va qimmatbaho borligʻimiz bu kitoblarimizdir. Kitobni buklagan, yozgan va qadrlamaganlarga biz ham qadr bermaymiz. Kitoblar dunyoning eng birinchi moʻ’jizasi, menga bunga ishonaman. Ne baxtki, bugun Anvar Mirzoning Ra’noga javobini jonli va qayta-qayta eshitaman: “Agar Farhodning Shirin boʻlsa, Majnunlarning Lаylosi, Nasib oʻlmish, menga gulshan aro gullarning – Ra’nosi”. Shunday, bugun men Mirzo Anvarning baxtiyor Ra’nosiman, buning uchun kitoblar – doʻstlarimdan minnatdorman.


«Dekabr» U. Alimov.


Click to View FlipBook Version