The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.

2 ЖУРНАЛ УЗБЕГИМ ОКТЯБРЬ 2023 2

Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by Алишер Разыков, 2023-11-02 07:50:27

2 ЖУРНАЛ УЗБЕГИМ ОКТЯБРЬ 2023 2

2 ЖУРНАЛ УЗБЕГИМ ОКТЯБРЬ 2023 2

2023-yil 1-oktabr №1 TO QUYOSH SOCHGAYKI NUR... Erkin Vohidоv nоmidagi ijоd maktabi


2 2023-yil 20-may №4 SUHBAT HOZIRGI ADABIY JARAYONDA YOSH IJODKORLARNING OʻRNI QANDAY? Yaxshigina yosh ijodkorlar yetishib chiqyapti. Nazmdayam, nasrdayam. Ulardagi erkka intilish, qoliplarni buzishga harakat qilish, oʼz uslubini yaratishga boʼlgan kuchli istak, oʼz menini axtarish, novatorlikka boʼlgan ishtiyoq adabiy jarayonda oʼrinlarini topishga yordam beryapti, chamamda. Yangi ovozlarni koʼp oʼqiyman, kuzataman, suhbatlashaman. Qancha havaskorlar sheʼrma sheʼr, hikoyama hikoya oʼsib borayotganini koʼryapman. Muhimi, ular ijoddan hech nima taʼma qilishmaydi, manfaat kutishmaydi. Yoshlar orasida maddohlar, mashhur boʼlish uchungina yozadiganlari kam ekani xursand qiladi. Koʼp yosh yozarlarda isyonni sezish mumkin: oʼziga, jamiyatga nisbatan. Ular toʼgʼirlashni istashadi, yaratishni istashadi. Аgar hayot ularni sindirmasa yaxshi bir mustaqil shoir va adiblar avlodi yetishib chiqadi. Tanilib ulgurgan, adabiy jarayonda oʼrniga ega, koʼpchilik sevib oʼqiyotgan yoshlar — Najmiddin Ermatov, Tillaniso, Jontemir, Mehrnoz, Javlon Jovliev kabilar bugun oʼzining katta auditoriyasiga ega, nafaqat matn, balki audio, videochiqishlar orqali adabiyotni keng yoyilishiga hissa qoʼshishmoqda. Yoshlarning kitoblari toʼsiqlarsiz chop etilyapti, tahlilu tanqidlar boʼlyapti, ularga ergashayotgan, taqlid qilayotgan qalamkashlar paydo boʼlmoqda, demakki yosh ijodkorlarning adabiy maydonimizdagi oʼrni salmoqli. Oʻ ZBEK ADABIYOTIDA QADIMDAN NAZMIY TUR USTUVOR HISOBLANGANI UCHUN NASRIY ADABIYOTIMIZ TARIXI JAHON ADABIYOTIGA BORIB TAQALADI. HOZIRGI KUN OʻZBEK NASRINING OʻZIGA XOS JIHATLARI NIMASI BILAN DUNYO ADABIYOTIDAN FARQLANADI? Bizda yaxshi nasriy asarlar bor, deb hisoblayman. Аynan hozirgi zamonaviy adabiyotda. Oddiy ommadan soʼrasangiz «Oʼtgan kunlar» yo «Ikki eshik orasida»dan boshqa romanni bilmaydi, oʼqimagan, bugungi yangi asarlar bilan tanish emas. Аmmo bu degani yaxshi asarlar yozilmayapti degani emas. Masalan, bugungi dunyo adiblarining nasriy asarlari bilan taqqoslaganda oʼzbek nasrini ulardan past deb boʼlmaydi. Yutqazayotganimiz – ularni chet tillarida chop etilmasligi, faqat tor doirada qolib ketayotgani. Targʼib qilish kerak, oʼz yurtimizda ham, chet ellarda ham. Rus yoki ingliz tiliga oʼgirilgan asarlar keyin boshqa tillarga ham tarjima qilinadi, yoyiladi, jahon adabiy maydonida oʼzbek nasri deganda maʼlum tushuncha hosil boʼlishiga yordam beradi. Umid yoʼq emas, ayrim yosh yozuvchilarimizning hikoyalari turli tillarda, dunyo nashrlarida bosilib turibdi, kitoblari chiqyapti xorijda. Shuni kengaytirish kerak, davlat bunga eʼtibor qaratib mablagʼ ajratsa, ish yanayam olgʼa siljirdi. Hozirgi faol adiblarimiz – Nazar Eshonqul, Isajon Sulton, Аbduqayum Yoʼldosh, Zulfiya Qurolboy qizi, Ulugʼbek Hamdam, Qoʼchqor Norqobil kabi ustozlarning romanlari bemalol jahon adabiyotiga chiqishga haqli, ularni tarjima qildirish kerak. Bu oʼrinda esa bizga badiiy tarjimonlar judayam zarurligini qayd etish lozim. Pul ham ajratildi, deylik ammo tarjima sifatsiz boʼlsa, bu oʼzbek adabiyotini qaytanga sharmanda qiladi. Bir guruh badiiy tarjimonlar guruhini ham shakllantirib olish, ularni oʼqitish, yaxshi haq toʼlash kerak. 3 2023-yil 20-may №4 Birinchi navbatda, yaxshi asarlarni saralab oʼqishni, yoshlariga mos, didlariga, dunyoqarashlariga toʼgʼri keladigan kitoblarni mutolaa qilishsin. Sabr toqat ham kerak. Kitob chiqarishga shoshilmaslik zarur, keyinchalik ulardan uyalib qolmaslik uchun. Yangi soʼzingiz boʼlsa, yozing, eski gaplarni takrorlash kerak emas. Kimlargadir yoqish uchun ijod qilmang. Oʼquvchi ijodingizni oʼqib, ichida qiynab kelgan savollariga javob olsin, ruhan qoniqish topsin, maʼnaviy ozuqaga ega boʼlsin. Tanqidlardan sinib qolishmasin. Oʼrinli boʼlsa qabul qilishsin, ustilarida ishlashsin. Аdabiyot katta maydon, har bir ijodkorning oʼz muxlisi boʼladi. Kimgadir yoqmagan sheʼr birov uchun suyukli. Didlar turfa. Yuqori did egalarining sevimli adibi, sevimli shoiri boʼlishga intilsinlar. SUHBAT IJOD JARAYONIDA QANDAY JIHATLARGA EʼTIBOR BERASIZ? Аvvalo, aldamaslikka. Oʼzim his qilgan holatlarni yozishga harakat qilaman. His qilinmagan, koʼngildan oʼtmagan narsa baribir soxtadek tuyuladi. Ijodkor oʼzini ham, jamiyatni ham fosh qiladi, koʼzgu tutadi. Hamma ijodkor kabi yolgʼizlikda, xoli ijod qilishni yoqtiraman, tunda ayniqsa. Ijod qilishimda tarjimonlikning oʼrni katta boʼlgan. Shu sabab hoziram turli yozuvchilarning asarlarini tarjima qilishni kanda qilmayman, bu yozuvchiga koʼp narsa beradi. Va yana bir asosiy narsa – tahrir. Yozib bitirgach, darhol eʼlon qilmaslik kerak, picha tashlab qoʼyib, soʼng oʼqib tuzatishlar kiritish lozim. Maʼlum muddat oʼqisangiz, kamchiliklar yarq etib koʼrinadi. Shoshmaslik kerak, koʼngil toʼlgachgina muxlislarga taqdim etgan maʼqul. Lekin baribir ijodkor yuz foiz koʼngli toʼlmaydi oʼz asarlaridan. YOSH IJODKORLARGA IJODIY TAVSIYALARINGIZNI BERSANGIZ. Sharofat ISMOILOVA suhbatlashdi. Nodirabegim IBROHIMOVA


4 2023-yil 20-may №4 NASR OSTIGA CHIZILGAN SATRLAR… VAQT Vaqtni toʻxtatishning aslo iloji yoʻq. Ammo baʼzi narsalarni vaqtida toʻxtatib qolsa boʻladi. Behroʻz SOLIYEV, 9-“A” sinf oʻquvchisi. DO’ST Baʼzi doʻstlar asalariga oʻxshaydi – gullaganingda keladi. Gulsanam ZIKIROVA, 8-“A” sinf oʻquvchisi. OZOD Dunyoni oʻrab turgan gʻumbakni yorib chiquvchi kapalak boʻl. Behruz MOʻMINOV, 10-“A” sinf oʻquvchisi. DIYDOR Toʻqqiz yil oldin qarsillab yopilgan eshik bugun asta ochildi. Bola yigʻlab yubordi: –Dadajon!!! Muhsina ABDULLAYEVA, 8-“A” sinf oʻquvchisi. ONA Qattiq shamolda tebranayotgan daraxt uchidagi uya polaponlari bilan yerga quladi. Ona qushning tumshugʻida esa bittagina polapon bor edi... Mohirabegim SULTONBEKOVA, 8-“V” sinf oʻquvchisi. MEHR PARCHASI Oʻqiyotgan kitobingning har bir jumlasini ilinadigan doʻstlarning borligi – baxt! Shahribonu GʻAFFOROVA, 10-“A” sinf oʻquvchisi. 5 2023-yil 20-may №4 NASR IZ Hamma narsani yaxshilikka yoʻying – odamlar sizni yuzlariga yugurgan tabassum bilan esga olsin! Dilzodaxon HAMDAMOVA, 8-“B” sinf oʻquvchisi. OJIZA Bu hovliga qoʻshni tarafdan oʻtuvchi ariqdan bot-bot atirgullar oqib oʻtadi. Qizga esa suvning shildirashini tinglashdan boshqasi ato etilmagan... Durdona BAXTIYOROVA, 9-“B” sinf oʻquvchisi. MUVOZANAT Ulkan choʻqqilarga chiqish uchun oylar, yillar kerak, lekin u yerdan tushishga soniyalar kifoya qiladi. Shahlo SAFAROVA, 8-“A” sinf oʻquvchisi. ILINJ Kech kuz yomgʻiri yogʻayotgan pallada daraxtning eng baland shoxida ilinibgina turgan uch-toʻrtta yaproqning orzusi quyosh nurlari bilan umrbod qolish edi. Hojiakbar AHMADOV, 10-“A” sinf oʻquvchisi. TARAQQIYOT Elektron kitob ixtiro etilganidan soʻng maʼlum vaqt oʻtib menga “Qariya kitoblar uyi”dan taklifnoma keldi... Farangizbonu QAHHOROVA, 10-“B” sinf oʻquvchisi. MUHIMI Goʻzalliging muhim emas, muhimliging goʻzal. Isfandiyor MASHRABOV, 10-“A” sinf oʻquvchisi. XULOSA Faqatgina vaqt muhabbatning qadriga yeta oladi! Nurjaxon NAZRIDDINOVA, ILK 8-“A” sinf oʻquvchisi. Bolakay ilk qadamlarini tashladi. U asta borib, oʻzini ota-onasining quchogʻiga otdi. Ilk bekat! Xumora SAYDALIYEVA, 8-“A” sinf oʻquvchisi. TANLOV Yaxshilik qilish uchun mansab shart emas. Yomonlik qilish uchun esa sabab. Nodiraxon XOLDARALIYEVA, 7-“A” sinf oʻquvchisi.


6 2023-yil 20-may №4 NAZM Muqaddas MUHAMMADALIYEVA BU SAHAR Bu sahar gullar ham yuz burar mendan, Ketaman. Аzizim, Umid uz mendan. Bu magʼrur boshingni egmay zavolga, Bir oniy lahzada bergin samoga… Shoʼrlagan devorga manglaying taqab, Yigʼlama, Yigʼlama… Yigʼlama faqat! Koʼnglimki menga jon qadar yaqinsan – Osmondan qaytaman agar chaqirsang… Tangridan tilanib olgin soʼng meni, Gulga koʼm meni.. QAYTISH QO’SHIG’I Kun sanayman kiprigimni koʻkka tirkab, Osmon turar koʻzimdagi yoshni tergab. Ishqdan hurkib, sogʻinchimni shamollarga Pullayapman... Hislarimni sovuradi hissiz kashtan... Endi biror farqi bormi ishqni gʻashdan? Hech bir soʻzdan maʼno topmay, Yerga Arshdan Qulayapman. Kimdir ketdi. Xotirimni yondirdi lek, Sogʻinch butun, koʻngildagi his yarimdek. Ishq gullatgan qutlari quv sochlarimdek Gulllayapman... Kiprigimdek bu kunlarning tuni qisqa, Ingrayotgan yakunlarning uni qisqa. Ishq gullatgan qutlari quv sochlarimdek Gullayapman... Ufq betida ishq chaypatar qora qonni, Kurashaman garoviga tikib jonni. Tuningizdan halovatni ham oromni Tullayapman... Bugun bizning oʻrtamizda armon baham, Sizni vijdon, meni hamon oʻrtaydi gʻam. Endi... aro yoʻllarimda sizningsiz ham Kulayapman! Kulayapman? KIMMAN? Qoshingda qarolik qoldi tang, Koʻnglingdan yorishib kelar tong. O, yorugʻ kunlardan izlama, Zimman, zim! Shams oʻtar nuqralar tutqazib – Sen abad ishongan bu hazil Va asriy yolgʻonlar ichida Chinman, chin! Bardoshman, koʻksingga qadalgan, Va yoki oʻzgaga atalgan Isyonman! Lek meni sen topsang, Jimman, jim! Tunlarga yuz burmay daqiqa Men anglab ulgurgan haqiqat — Sen emas... Sen emas... Sen emas... Kimman, kim? SO‘NG ...So‘ng bir nafas tin oladi tun Oy yuzini yopar etaklar. Bir ayolki, Oromdan kechib, Aytib chiqar unga ertaklar. Bir ayolki, Zulmatlarida Yashab bo‘lar ming demay mingni. Ne sababdan har gal tongotar Quchib uxlar kipriklaringni... Tarnovlardan silqiydi ohang – Oromiga berolmas barham. Bir ayolki, Qo‘llaring tutib Qarog‘ingga ato etar g‘am. Sen ko‘zingga olma, azizim… Bu beshavqat, besarhad g‘amni. Ko‘zlaringga qarab shundog‘am Yig‘lagisi kelar odamning... 7 2023-yil 20-may №4 VATAN HAQIDA Neni sevdim, kimni sevdim Keng joy berib yuragimdan. Ay, Jannatga oʼxshaganim, Saning isming – tilagimda. Maddohlaring qoʻysin bilib - Aytilmasdir buyuk sevgi. Oʻzing tolib, oʻzing gʻolib Sensan manim nurli tonggim. Elim demas yot kimsalar Oʻzlaricha xursand edi. Yoqtirganing ne desalar Vatan dedim, Vatan dedim! Yashab ketdi xayollarim, Yashnab ketdi bir oʻylasam. Shuncha yilki, anglaganim: Borligʻimga san mujassam. Yaxshiyamki Xudo bergan - Muhabbatim chuqur botdi. Bilasan-ku Xudo - mergan Chap koʻksima sani otdi! Chap koʻksima sani otdi! Soʻng tuygʻuga sayqal berdim: Eng buyuk Ishq oʻzingdirsan. Zabonlarim qolarmi jim - Yuragimni ochib aytsam... Mehri daryo boʻlib oqqan Koʻngli daryo azim yurtim, Taʼrifingni soʻzlamoqqa Tuproqlaring gullayotir, Tuproqlaring gullayotir! OPAMGA Hislarim sochilar toʻrt yoqqa, Koʻksimga sigʻmaydi tuygʻular. Ishqimiz burkansin boʻyoqqa Togʻlarda sakrasim ohular. Men sizga dil berdim, ketmadim, Yoʻlingiz soʻqmoqdan iborat. Bizning sevgi mangu va qadim Koʻngilning sohibi - muhabbat! Atrofda ignabarg daraxtlar Sanchilar yurakka ogʻudek. Boshimizdan uchar kalxatlar Opa, biz yashaymiz ohudek... TUYUM Dalli borligʻimga gunoh botirib Yashayman... yashayman bedil, bezabon. Zohirim Oʻzingsan, Oʻzing Botinim Bilginki, oʻylagan oʻyimdan Bilginki, “oʻynagan” “oʻynim”dan Yuragim bir muncha tozaroq. Nur desam, yoʻllarim “Unga yur!”– dedi, Koʻzlarim qamashdi Vaslingni istab. Mudom bahor boʻlib kun kechirardim, Nahotki, roʻy berdi oʻzgarish, Nahotki, oʻy berdi oʻzgarish – Men kuzga aylandim ertalab! Farishtalar intiq boqdi izimga, Bari kechalarni osmonga ildim. Shu onda negadir oʻzim-oʻzimga Cheksizlik tubiga tushganday Erksizlik tubiga tushganday Nega hech kim boʻlib tuyuldim? ERTALAB... Hayotni anglashdan voz kechdim, Koʻnglimdan saraton, yoz kechdi. Men endi koʻnmoqqa kechikdim Ne sabab? Umrimni yoʻllarga bogʻlamay, Qanchadir yashadim harqalay. Bahordan va mendan aprel,may Ishqtalab... Ruhimda soʻz mayli, kuz mayli Umidlar hech qachon oʻlmaydi! Bemaqsad yashab boʻlmaydi Uddalab. Koʻzlarim taftidan isingan Dunyoni solaman izmimga. Shundan soʻng yetaman oʻzimga Ertalab... NAZM Umida ABDULHAMIDOVA


8 2023-yil 20-may №4 ZOMIN KUNDALIGI hunday davralar bo‘ladiki, unda ro‘y bergan bari hodisalar ancha davr xotirangizdagi eng porloq lahzalar bo‘lib qoladi. Zomin tog‘larida shunday onlar qurshovida bo‘ldik! Bir-biridan isteʼdodli ijodkor do‘stlar, mahorat darslarini olib borgan mahoratli ustoz ijodkorlar, tom maʼnoda yanada ko‘proq, xo‘broq yozishga undadi. Oydin tungacha davom etgan qizg‘in mushoiralar, diltortar kuylar, aytimlar – barchasi qalblarga hayajon, yuzlarga tabassum, ko‘zlarga surur ulashgani rost! Respublika yosh ijodkorlari va ustozlar bilan birgalikda Zomin sharsharasiga tashkillangan sayohatda bizlarni Zomin tabiati bilan yaqin qildi! Dillashtirdi! Tillashtirdi! Tog‘lar qadar o‘sdik, tog‘lar qadar ulkanlashdik, ilhomlandik. Bizda tog‘ bo‘ldik. Mana shunday “tog‘lik” mavqeyini, yashamli daqiqalarni, bitmas ilhom, ajoyib do‘stlarni hadya etganing uchun rahmat, Zomin! *** Aya, bugun kulgichim Samoviy nurga chaydim. Yelkama tegdi osmon, Mandan o‘zgasi qayda? (Tegmay o‘tsam bo‘lmaymi?) Qay qo‘shiq kuylanardi Aza chiqqanda to‘ydan? Ters dunyoga ters boqib, Yurak oldirib qo‘ydim... Oldinda ne kutadir– Chekinib bo‘lmas ortga. Zomindagi seminar menga qanday she’r yozishni o‘rgatgani yo’q. Mashqlarimdagi kamchilikni ham bilolganim yo’q. Tahlil vaqti juda oz bo’ldi. Yangi tanish, yangi do’stlaar... deb gap boshlash niyatim ham yo’q. Chunki shoirtepada o’qilgan go’zal she’r mualliflarining ko’pi bilan deyarli tanishman. Seminar meni she’rga qaytardi. She’rli, adabiyotli kunlarim qanchalar rangin o’tganini eslatib qo’ydi. Birgina satrni kun bo’yi qaytarib, har qaytarishda yayrab ketish baxtini yana tuyishimga yordam berdi. Adabiyotdan uzoqlashib ketgandim. Bir turtki kerak edi manga. Yozishga, yonishga… Nimadir bo’ladi-yu, yana yozib keta olaman, degan umid bor edi. O’sha nimadir Zomin seminari bo’lganidan xursandman. Mendan kim yasar zamon – Bitta sipo yo daydi? Qolipkashlar ichida O‘zimga o‘xshasaydim. O‘zimga o‘xshasaydim... Aya, bugun kulgichim Samoviy nurga chaydim... Shahrizoda BOTIROVA, Zomin seminari ishtirokchisi. Hayron-hayron termulib Ko‘zlarimda yosh qotgan. Baxtdan bir so‘z kutganda Dardlar chiqdi so‘zamol. Aya, axir o‘zimdan Qanday qilib o‘zaman?! Shamoldan mumkin o‘zish, Hatto nurdan ham... Mayli! O‘z-o‘zidan o‘tishni Hech uddalab bo‘lmaydi. Porloq LAHZALAR S YOZISHGA, YONISHGA SHAYMAN! Avvalgiday miyamda she’r aylanyapti. Yangi-yangi she’rlar tug’ilmoqchi bo’lyapti. Zomin seminari haqida so’z ketsa endi Rustam Musurmonning “Hay gala gala hay galaaaaa” si, qoraqalpoq do’stimizning “Jov-jov”i, andijonlik Hasanboy shoirning “Oysanam”i, Xolida Musurmonovaning hammaga kayfiyat bervorgan raqslari, Ma’mura Zohid qizining kech qoluvchilarga aytilgan chiroyli gaplari, Muhammad Siddiq akaning simyog’och tagidayam, sharshara tepasidayam she’r yozavergani va yana hamma qachon tugaydiii deb eshitgan “Zomiin , omiin “ she’ri xotirimda qayta jonlanaversa kerak. Uch kunlik seminar yaqinda meva bera boshlaydi. Kutinglar! 9 2023-yil 20-may №4 ZOMIN KUNDALIGI *** O’n to’qqiz yoshimning ostonasida G’ururni quchoqlab yig’ladi toqat. O’n to’qqiz yoshimning ostonasida Ko’nglimga suyanib kutdim sizdan xat – Kelar deb albat... Muhabbat haqida qo’shiqlar aytdim, (Muhabbat haqqiga qo’shiqlar aytdim) Hayo pardasining chekkasida jim. Qachondir nomangiz kelib qolsa deb Ko’p-ko’p xijolatlar hozirlagandim... Sizga, afandim! Yer chizgum yodingiz yonimga kelsa, Balki Xudo shunday yaratgan qizni. Ishqni inkor etib, ishqni rad etib O’zingizga aytmay, men sizni… sizni... Sezmadingizmi?! ...O’zimni o’zimga begona qilgan O’zimni ming tergab o’zim kechirdim. Sog’inchlar uni ham kuydirsin deya Siz tomon olovrang kiprik uchirdim. Bormagan balkim... Meni bir umrlab tanimang hamki Armonlarga sira bitmam qasida. Garchi ming yil o’tsin... Garchi ming yil o’tsin, sizdan xat kutgum O’n to’qqiz yoshimning ostonasida! Baxt – shu aslida... Muattar MAMATKARIMOVA, Zomin seminari ishtirokchisi. Bolalik. Bir shoʻxlik qilgandim, Yo katta ayibmi? Bilmadim. Ishqilib, haddimda turmadim! Gʻazabnok koʻzlarni koʻrdim-u Chirillab yoningga shoshildim. Oʻxshatib yigʻladim, poyingga Meni urmasinlab bosh urdim. Sen meni quchganing hurmati Dadam bir tarsaki urmadi! Bolalik. Beboshlik qilgandim – Qahraton yalangbosh yurgandim. Ishqilib, haddimda turmadim! Anjirni qish qahri urdi-yu Toklar ham hech uzum qilmadi. Sen meni bagʻringda saqlading – Erkangga hech narsa boʻlmadi. Sen meni quchganing hurmati Qahraton qahri ham urmadi! Bolalik. Qitmirlik qilgandim. Bir mahal jiqqamusht boʻlgandim. Ishqilib, haddimda turmadim! Qalbim qon, Kiyimim loy edi. Ayamga yoʻliqsam, tamomman! Raqibning onasi qargʻadi, Demak men yomonman, yomonman... Ne qilay?! Yoningga chopaman, Yigʻlayman keltirib rahmingni. Nabirang holiga achinib Sen yana ochasan bagʻringni. Sen meni quchganing hurmati Hech kimning qargʻishi urmadi! Muhammad QODIR, Zomin seminari ishtirokchisi. BUVIMGA


10 2023-yil 20-may №4 Yamoq tuflida oʼtgan yoshlik Rajap Toyyip Erdoʼgʼan 1954 yil 26 fevralda Istanbulning Qosimposho tumanida Аhmet Bey va Tenzila xonimning besh farzandidan biri oʼlaroq dunyo yuzini koʼrdi. Otasi Аhmet Bey farzandiga bollalik davrlaridanoq katta taʼsir koʼrsatdi. Huddi otasidek intizomli va qattiqqoʼl boʼlib shakillana boshlagan Rajap Tayyip Erdogʼan maktab hayotini Qosimposho tumanidan boshladi. Maktab ularning uyidan ancha olisda boʼlib, bugungi prezident xar tong maktabga yamoqli tuflida yarim soat yoʼl bosardi. Erdogʼanlar oilasining ahvoli unchalik yaxshi emas, natijada Rajabbey otasiga yordam berish uchun oʼqishdan soʼng mahalladagi futbol maydonida tarvuz va limonand sotar edi. Otasining istagi bilan Fotihdagi Imom Xotip oʼrta maktabini aʼlo baholarga yakunlagan Erdogʼan keyinchalik Istanbul Iqtisodiyot va Tijorat Fanlar Аkademiyasiga oʼqishga kirdi. 1982 yilda esa Marmara universiteti Iqtisodiy va maʼmuriy fanlar fakulteti diplomini oldi. Rajab Toyyib Erdoʼgʼanning siyosiy hayoti Rejep Tayyip Erdogʼan oʼzining siyosiy faoliyatini Milliy Turk talabalar ittifoqiga aʼzo boʼlishdan boshladi. Universitet yillarida Milliy Najot partiyasi yoshlar tashkiloti raisi, keyinroq Istanbul viloyat yoshlar tashkiloti raisi etib tayinlandi va faoliyatini 1980 yil 12 sentabrdagi davlat toʼntarishigacha davom etdirdi. 1980 yilda davlat toʼntarishi orqali iqtidorga kelgan Kenan Evren boshliq xarbiylar Sulaymon Demirel jamoasiga qoʼshib xar qanday siyosiy partiyalarga cheklov qoʼydi. Parlament tarqatib yuborildi, konstitutsiya amalda toʼxtatildi, siyosiy liderlar esa hibs etildi. Shundan soʼng Erdogʼan hayotida xarbiy xizmat davri boshlandi. 1982 yili xizmatini yakunlagan Erdogʼan oradan bir yil oʼtib, yangi tashkil etilgan “Farogʼat – Refax” partiyasi aʼzoligiga qabul qilindi. Turk milliy qahramonlaridan sanalmish Najmiddin Erbakandan ilhomlangan boʼgʼusi prezident, 1984 GEOSIYOSAT “UZUN ODAM” AFSONASI YOHUD ERDOGʼANCHA “YURISH” 11 2023-yil 20-may №4 yilda partiyaning Istanbul filialida, biroz vaqt oʼtib esa partiya markaziy kengashida faoliyat boshladi. 1994 yil mart oyida Erdoʼgʼan Istanbul uchun saylovlarda 25,19 % ovoz bilan gʼalaba qozongach hokim sifatida bir qator iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni, xususan, suv taʼminoti, chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlash kabilarni hal etishga erishdi, uning davrida Istanbulga 4 mlrd dollarlik tashqi investitsiyalar yotqizildi. Erdogʼan hokimlik yillarida Islomiy qadriyatlarni targʼib qilib, spirtli ichimliklar va zararli moddalar isteʼmoliga baʼzi cheklovlar kirita oldi va bularning ortidan u katta shuxrat qozondi. Sheʼr oʼqiganligi uchun qamalgan va oqlangan Erdogʼan 1997 yilga kelib Turkiyada davlat boshqaruviga xarbiylarning navbatdagi aralashuvi sodir boʼldi. Unda davlat boshqaruvida Otaturk prinsiplaridan ogʼishmaslik, hokimyatni dunyoviy boʼlishini kafolatlash singari qatʼiy talablar mavjud edi. Natijada Najmiddin Erbakan boshliq hukumat istefo berishga majbur boʼldi. Uning tarafdorlari taqibga olindi. Taqibga olinganlar ichida bugungi prezident Rajab Toyyib Erdogʼan ham bor edi. Аna shunday tahlikali vaqt 1997 yil 6 dekabrda Erdogʼan Siirt shaxridagi mitingda turk milliyatchisi Ziyo Goʼkalpning “Аskar duosi” sheʼrini oʼqidi. Sheʼr mafkurasi toʼliq islomiy ruhda boʼlib, uning xar bir satri iqtidordagi xarbiylarning qitiq patiga tegar edi. Suriya mojarolari fonida Turkiya – Rossiya munosabatlari Shu davrdan Turkiya Suriydagi voqealarga faol aralasha boshladi. Suriya bilan chegaradosh Diyorbakr aviabazasiga F–16 qiruvchi samolyotlar joylashtirildi. NАTO ham Turkiyani qoʼllashga tayyorligini bildirdi. 2015 yilning 24 noyabrida Suriyada IShIDga qarshi antiterorchilik operatsiyasida ishtirok etayotgan Rossiyaning Su – 24 samolyoti Turkiya osmonida urib tushirildi. Natijada qulagan samolyot lyotchigi Oleg Peshkov halok boʼldi. Turkiya tomoni rus uchuvchilari ogohlantirganini davo qildi, Rossiya tomoni esa buni rad etdi va voqeaga “Orqadan pichoq urish” deb baho berdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 28 noyabrdagi farmoni bilan Turkiyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qoʼllanildi. Oqibatda rus-turk savdosi orqaga ketib, Turkiya iqtisodiyoti katta yoʼqotishga yoʼliqdi. Yarim yildan ortiq davom etgan mojarolar ortidan nihoyat Erdogʼan Putinga maktub yozdi va uzrini aytdi. Gʼarb matbuoti tabiri bilan aytganda “Sulton podshohdan kechirim soʼradi”. 2016 yilning 30 iyun kuni Putin yana bir farmoni bilan turk jamiyatiga nisbatan sanksiyalarni olib tashladi. 2016 yil avgustida Erdoʼgʼan Sankt-Peterburgga uchib ketdi hamda Moskva va Аnqara munosabatlaridagi inqirozdan keyin yetakchilarning birinchi uchrashuvi boʼlib oʼtdi. Putinning aytishicha, Rossiya va Turkiya oʼrtasidagi munosabatlar Su-24 bilan sodir boʼlgan voqeadan keyin yomonlashgan, biroq Rajab Toyyib Erdogʼanning tashrifi ikki davlat xalqlari manfaatlari yoʼlida muloqot va munosabatlarni qayta tiklash istagidan dalolat beradi. 2017 yil 10 mart kuni Rajab Toyyib Erdogʼan Vladimir Putinning taklifiga binoan “Rossiya va Turkiya oʼrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni tiklash jarayonini yakunlash” uchun Moskvaga tashrif buyurdi. Erdogʼan Bashar alАssadning asosiy tanqidchilaridan biri boʼlib qolmoqda. 2016 yilning kuzida Rajab Toyyib turk harbiylari “Suriya tuprogʼiga daʼvo qilmagani, balki zolim Аsad hukmronligini tugatish uchun bu yerga kirganini”, aytgan edi. Bu xabarga GEOSIYOSAT munosabat bildirgan Kreml Turkiya rahbarining soʼzlarini Moskva uchun kutilmagan voqea deb atadi va koʼp oʼtmay Erdogʼan “Firat qalqoni” operatsiyasidan maqsad biron bir davlat yoki shaxs emas, faqat terror tashkilotlari ekanligini tushuntirdi. 2018 yilning yozida Rajab Toyyib Erdogʼan Rossiyadan S-400 yetkazib berilishi haqida gapirgan edi. “S-400 yetkazib berish boshlandi. 8 ta samolyot keldi, qolganlari ham keladi. 2020 yil aprel oyida ushbu tizimlar toʼliq oʼrnatiladi. Biz turklar soʼzimizda turamiz. S-400 eng kuchli mudofaa tizimidir va umid qilamanki, Rossiya Federatsiyasi va men uni birgalikda ishlab chiqaramiz”, - deya Erdogʼanning soʼzlarini keltiradi RIА Novosti. Muvaffaqiyatsiz toʼntarish 2016 yil 15 iyulda, bir guruh turk harbiylari mamlakatda demokratiyani tiklash uchun hokimiyatni egallab olishni eʼlon qildi va davlatning bir qancha strategik inshootlari hamda binolari oʼqqa tutildi. Tungi yotogʼidan amallab qochishga ulgurgan prezident, oʼziga qarashli televidenie va ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqdan yordam soʼradi. Oʼsha tun oʼz raxbarini saqlab qolish uchun koʼchalarga chiqqan xalq va xarbiylar ichida 240 dan ortiq odam halok boʼldi, 2194 nafar shaxs turli darajada jarohat oldi. Toʼntarish bostirilganidan soʼng Erdogʼan keskin munosabat bildirdi, iki yil davom etgan tergovlar ortidan Turkiya hukumati jinoyat ortida АQShda istiqomat qilayotgan Fethulloh Gulen boshchiligidagi FETTO tashkiloti turganligini bildirdi va qariyb 26 ming kishini hibsga oldi. Rajab Toyyib Erdogʼan mamlakatda oʼlim jazosini tiklashni talab qila boshladi. Mohir “Oʼyinchi” Rossiya – Ukraina urush boshlanishi bilan Turkiya dunyoning boshqa davlatlaridan farqli oʼlaroq, murakkab pozitsiyani tanladi, yaʼni bir qoʼli bilan Moskvani ikkinchisi bilan esa Kievni dastaklay boshladi. Yanada ochiq aytganda esa Rajab Toyyib urush bahona oʼz oʼrnini mustahkamlab olish yoʼlidan bormoqda. Masalan, dunyoning lider davlatlari hamda NАTOning barcha aʼzolari Rossiyaga ochiqdan-ochiq qarshilik koʼrsatayotgan bir vaqtda rasmiy Аnqara rus-turk munosabatlarini bir zum boʼlsin ortga qaytarmadi, qaytanga rasmiy Moskva bilan rus bugʼdoyi va rus gazi ortidan kelajak rejalarini rivojlantira boshladi. Shuning bilan bir qatorda esa Erdogʼan 2022 yil 24 fevralda boshlangan urush arafasida Volodimir Zelenskiy bilan eng koʼp muloqotda boʼlgan raxbar hisoblanadi hamda Kievga eng zamonaviy Bayraktar TB –2 uchuvchisiz qurilmalarini yetkazib berdi. Erdogʼanning ayyorlikka qaratilgan rejasidan ranjigan ruslar 2022 yilning 15 aprelidan 1 iyunigacha Turkiya bilan muntazam va charter reyslarni qatʼiy cheklab qoʼydi va bu Turkiyadagi covid – 19 bilan bogʼliq ekanligini iddao qildi. 2022 yil mayiga kelganida uzilib qolgan rus – ukrain muzokaralari ukrain gʼallasi avji yetilgan pallada Erdogʼan ortidan qayta jonlandi va oʼtgan yilning 1 avgustidan Ukraina gʼallasi dunyo eksportiga chiqdi. Yigirma yildan buyon shaxmat taxtasida ehtiyotkorlik bilan dona surayotgan Rajab Toyyib Erdogʼan bu safar qanday moxirona yurish koʼrsatishini VАQT koʼrsatadi. Bahromjon XUDOYBERDIYEV, tarix o‘qituvchisi.


12 2023-yil 20-may №4 • Inglizcha «vaqtni boshqarish» yoki «vaqtni to’g’ri tashkil etish» degan ma’nolarni anglatadi. • Taym-menejment –vaqtni to’g’ri taqsimlash orqali maksimal natijaga erishish demakdir. Vaqt yetishmasligi insonni xavotirga soladi, tashvishlantiradi. Ichki xavotir qo’rquv va vahimaga aylanib ketishi mumkin. • Shuning uchun “vaqt o’g’rilarini” aniqlab olish kerak. Ko‘pincha biz o‘zimizga shunday savollar beramiz: Rejalashtirilgan ishlarga qanday ulgurish mumkin? Nega har doim kech qolaman? Kimga qancha vaqt ajratish kerak? Qanday qilib ustuvor vazifalarni belgilash kerak? Rejalashtirilgan ishlarga qanday ulgurish mumkin? PARETO QONUNI «20% sa’y –harakat 80% natija, qolgan 80% sa’y -harakat – 20%gina natija». Taym-menejment dasturida bu quyidagicha aytiladi: 20% ish (va sarflangan vaqt) 80% lik natija beradi; 80% ish (va sarflangan vaqt) 20% lik natija beradi; Taym-menejmentning asosiy qoidalari: 1.Maqsadlarni belgilash 2. O’rniga qarab asosiylarini tanlash. (rejalashtirish) 3. Amaliyotga tadbiq etish. Nega har doim kech qolaman? PARKINSON QONUNI Parkinsonning nazariyasiga ko’ra, biror ish-harakat unga ajratilgan butun vaqtni egallaydi. (Ya’ni ish-harakat ko’lami unga ketgan vaqtga teng) Misol uchun: hisobot yozish uchun ertalabdan tushlikkacha vaqt ajratsangiz, hisobotni yarim soat ichida yozib tugatishga umid qilmasangiz ham bo’laveradi. Agar hisobot yozish uchun yarim soat vaqt ajratsangiz, hisobotni katta ehtimol bilan 40 daqiqada yakunlaysiz. L.Zayvert bo’yicha “vaqt o’g’rilari” • Ish vaqtini taqsimlashni bilmaslik yoki istamaslik; • Vaqtni idrok eta olmaslik; • Bir qancha ishlarga bir vaqtni o’zida kirishish; • Ustuvor vazifalarni belgilashni bilmaslik; PSIXOLOG • Hamma uchun foydali bo’lishga intilish; • «YO”Q!» deyishni bilmaslik; • Ish stolidagi tartibsizlik; • Eslatmalar yozib yurish odatining yo’qligi; • Sekin va ikkilanish bilan harakat qilish. Vaqtni boshqarish (taqsimlash) usullari • Eyzenxauer matritsasi • Xronometraj metodi • Pomidor texnikasi • Salyami metodi • Qurbaqani yeyish metodi • Belgilangan muddatlar bilan bajariladigan ishlar ro’yxatini tuzish texnikasi EYZENXAUER MATRITSASI • Ushbu matritsaning asoschisi – AQShning 34 -prezidenti Eyzenxauer. Eisenxauer matritsasining ma’nosi - barcha ishlaringizni to’g’ri taqsimlashni o’rganish, muhim ishni shoshilinch ishdan, muhim bo’lmagan ishlarni ahamiyatsizlaridan ajratish, shuningdek, vaqtni foyda keltiradigan darajada maksimal kamaytirish orqali samaradorlikni oshirish. Eyzenxauer matritsasi to’rtta kvadrant, ikkita tayanchdan iborat. • KVADRANT A: muhim va shoshilinch ishlar. Ishlarni ideal rejalashtirishda, aslida matritsaning bu kvadrati bo’sh qolishi kerak, chunki muhim va shoshilinch masalalarning paydo bo’lishi - bu palapartishlik va tartibsizlikning natijasidir. 13 2023-yil 20-may №4 • KVADRANT B: muhim, lekin shoshilinch bo’lmagan ishlar. Undagi ishlar eng ustuvor va istiqbolli hisoblanadi va har qanday odamning kundalik vazifalari shulardan iborat bo’lishi kerak. • KVADRANT C: shoshilinch, lekin muhim bo’lmagan ishlar Bunda ish-harakatning ko’p qismi chalg’ituvchi bo’lib, odamni kutilgan natijalarga yaqinlashtirmaydi. • KVADRANT D: shoshilinch bo’lmagan va muhim bo’lmagan ishlar. Bunda bajarilayotgan ish-harakatlarning umuman foydasi yo’q. Ular bilan oxirgi lahzada shug’ullanish kerak. (Ular “vaqt kushandalaridir”) XRONOMETRAJ METODI • “Xronometraj» texnikasi - bu har qanday vazifani, hatto ertalabki mashqlar yoki tushlik kabi oddiy vazifalarni aniq belgilash usulidir. Siz vaqt o’tkazadigan har bir vazifani yozasiz, hamda bir hafta ichida siz quyidagi natijalarni olasiz: • vaqtingiz qayerga sarflayotganingizni aniqlab olasiz; • “vaqt kushandalarini» ni aniqlab olasiz; • «samaradorlik hissi» va «vaqt hissi» ni rivojlantirasiz. 24 soatni nimaga sarflashni yozib borish muhim. PSIXOLOG POMIDOR METODI • Amalga oshirish printsipi: • Taymerni 25 daqiqaga ishga tushiramiz, taymer jiringlamaguncha chalg’imasdan diqqat bilan ishlaymiz, shundan so’ng 5 daqiqa tanaffus qilamiz. • 4 marta takrorlangandan so’ng, biz uzoq tanaffus qilamiz – 20-25 daqiqa. • Shunday qilib, siz doimiy ravishda ish va dam olishni tizimlashtirib olasiz va ortiqcha zo’riqishlarni bartaraf etasiz. • Salyami metodi Salyami mahsulotini qanday iste’mol qilinadi? Albatta, kichik bo’laklar bilan, kesib, oz-ozdan. Xuddi shu narsani ko’p qismli murakkab vazifalarda ham qo’llash mumkin: • ularni kichik bo’laklarga bo’lib, har kuni bajarish orqali. • Shuningdek, bu usul vaqtni optimallashtirish va faoliyatingiz samaradorligini oshirish uchun ko’p vazifalarni bajarish uchun foydalidir. • “Qurbaqani yeyish” metodi • Mark Tvenning aytishicha, agar siz ertalab “qurbaqani yeb olsangiz”, kunning qolgan qismi ajoyib bo’lishi kafolatlangan, chunki bugun eng yomoni ortda qoldi. • “Qurbaqa» - bu sizning ko’pincha keyinga qoldiradigan eng katta va eng muhim ishingizdir. • Biroq, hozir mana shu ishni bajarish Sizning yutuqlaringizga ijobiy ta’sir qiladi, va eng muhimi, sizning hayotingiz ijobiy tomonga o’zgaradi. • Shuning uchun har kuni ertalab birinchi bo’lib bajarish qiyin bo’lgan ishlarni amalga oshiring. XULOSA • Maqsadni belgilash - har qanday jarayonning asosidir. Har doim rejangizni oldin va keyin tahlil qiling, hafta davomida nimalar qildingiz, natijalar qanday. • Vaqt har doim topiladi. Hamma gap Biz uni qanday sarflayotganimizda. • Vaqtni boshqarish usullari o’qish uchun emas, balki qo’llash uchundir. • Shuni yodda tutingki, ko’p vaqtimizni oladigan hamma omillarni ham bartaraf etish shart emas, ularni samaradorlik beruvchi tomonga o’zgartirish mumkin. Mahmudjon AKBAROV, psixolog.


14 2023-yil 20-may №4 YOSH KITOBXON Biblioterapiya so‘zma-so‘z «kitob bilan muomala qilish» degan ma’noni anglatadi. Biblioterapiya mijozning psixologik holatini yaxshilash uchun muntazam o‘qishdan foydalanishga asoslangan. Psixoterapevt (psixolog, maxsus o‘qitilgan kutubxonachi) mijoz uchun adabiyotni tanlaydi, uning hayot muammolari doirasiga qaratilgan. Ko‘pincha biblioterapiya psixoterapiyaning asosiy klassik yoki ijodiy yo‘nalishlariga qo‘shimcha usul sifatida ishlatiladi. Garchi Evropa va AQShda biblioterapiyaning butun birlashmalari mavjud. Hozirgi kunda ommaviy aloqa vositalarining rivojlanishi bilan bog‘liq holda, kitoblarga sezilarli darajada e’tibor kamaygan. Biroq, o‘qish nafaqat ongni kengaytiradi, balki xayolot rivojlanishini BIBLIO rohatlanasan, ikkinchisi esa – sen bu bilan faxrlanishing mumkin. Darhaqiqat, kitob o‘qishning foydalari juda ko‘p. Birinchidan, kitoblar odamlarni baxtli qiladi. Bunday xulosani Liverpul universiteti olimlari bildirishdi. 4000 kishi orasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, o‘qiyotgan odamlar muammolarga, ruhiy zarbalarga bardoshli ekanligi va o‘zlarini qadrlash darajasi yuqori ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ikkinchidan, kitoblar xotirani ximoya qiladi. Ushbu fakt Amerika Nevrologiya akademiyasining tadqiqotchilari tomonidan aniqlangan. rag‘batlantiradi. Yaxshi kitob nafaqat o‘zining bevosita mazmunini o‘quvchiga etkazishi, balki zo‘riqishni yengillashtirishi, yangi his-tuyg‘ularni uyg‘otishi va, ehtimol, inson psixikasining harakatlantiruvchi-ixtiyoriy sohasiga ham tegishi mumkin. Adabiyotni o‘qish insonning ichki dunyosini boyitadi. Kitobning ushbu foydali ta’siri biblioterapiya - odamni konsultatsiya va psixoterapevtik jarayonga ta’sir qilishning samarali usullaridan biri - yaratishga olib keldi. Ilmiy uslub sifatida biblioterapiya juda yaqinda shakllanganiga qaramay, qadimgi davrlardan beri odamlar adabiyotning foydali ta’sirini anglab etishgan. Ulug‘ Vatan urushi yillarida vatanparvarlik kitoblari og‘ir yaralangan 15 2023-yil 20-may №4 YOSH KITOBXON askarlarni tiklash va ularni tezda tiklash uchun katta ahamiyatga ega edi. Biblioterapiya amaliyoti mutaxassis uchun yangi terapevtik imkoniyatlarni ochib beradi. Bundan tashqari, psixologik ta’sirning har qanday turi kabi, biblioterapiya ham nazariya darajasida, ham metodologiya darajasida o‘tkazilishi kerak. Biblioterapiyaning terapevtik ta’siri o‘ziga xos shakllarga ega: Hissiy o‘rganish. Asosiy qadriyat - bu odamga shaxsiy his-tuyg’ularini namoyish etishda yordam beradi, ularni psixologning qo‘llab-quvvatlashi va tuzatishi bilan boshqa odamlarning his-tuyg‘ulari bilan taqqoslaydi. Bu mijozga ko‘proq maqbul reaktsiyalar va harakatlarni o‘rganishga imkon beradi, haddan tashqari zo‘ravon, zaif yoki o‘zgargan hissiy reaktsiyalarning oldini olishga yordam beradi. O‘qitish. Muloqot oynalarida, alternativ (ishdagi belgilar bilan taqqoslaganda) xatti-harakatlarida, o‘ziga xos xususiyatlarni (yetarli tajriba, uyatchanlik va h.k.) hisobga olgan holda o‘ynab, mijoz tajribaning alternativ usullari, TERAPIYA xatti-harakatlarning boshqa mumkin bo‘lgan shakllari haqida ma’lumot oladi. Biroq, hech kim uni qoralamaydi, u baholash usulidan qochadi. Nizolarni hal qilish. Bu ma’lum bir hayotiy vaziyatga murojaat qilish natijasida mashq qilish natijasida olingan hissiy rivojlanish va ko‘nikmalarning sintezi. Sxemasi mijozning hayoti rejalariga to‘g‘ri keladigan kitoblarni o‘qish, vaziyatdan chiqish yo‘llarini ko‘rish va ularga emotsional munosabatda bo‘lish imkonini beradi, bu esa ba’zan hissiy mojaroni hal qilishga olib keladi. Amalda, bu quyidagicha ko‘rinadi: psixolog mijozga eng mos keladigan adabiyotlar ro‘yxatini uning muammolari, qiyinchiliklari, maqsadlari va shaxsiy xususiyatlariga muvofiq tuzadi; taklif qilinayotgan ro‘yxatlardan qaysi biri alohida e’tibor talab qiladi, nimani e’tiborsiz qoldirish kerak, nimani o‘qilganlar bilan taqqoslash kerak va amalda nimani darhol tekshirish kerak. Mijoz kitobni o‘qib bo‘lgach, suhbat o‘tkaziladi: «Aynan nimani o‘rganish juda qiziq edi?»; «U bundan qanday foyda oldi?»; «Nega shubha, qo‘rquv paydo bo‘ldi?»; «Nima aniq emas?»; «U individual belgilar bilan qanday bog’liq?» Nazorat. Ruhiy jarayonlar ustidan ularning takrorlanishini takomillashtirish, tafsilotlarni takrorlash yoki tahlil orqali zaiflashtirish, boshqa xotiralarni, hissiyotlarni surish orqali odatiy va kuchli tajribalarda shaxsga ta’sirini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi. Shunday qilib, kelajak avlodimizni sog‘lom ruhiyat va boy ma’anaviyatli bo‘lishlarida kitob muhim o‘rin tutadi. Qanday kitob o‘qish har kimning o‘zining xohishiga, didiga bog‘liq. Eng muhimi mutolaa zavqidir. Xozirgi rivojlangan zamonda kutubxona ishini o‘rganish jarayonida biblioterapiyaga katta e’tibor berish lozim. Shundagina inson kitob tanlashda adashmaydi, uni o‘zi uchun qanday foydasi bor yo‘qligini aniq biladi va boshqalarga ham tavsiya eta oladi, eng muhimi mutolaadan chin ma’noda zavqlana oladi. Gulhayo Bonu YUSUPOVA, ijod maktabi kutobxonachisi. Olimlarning fikricha, kitob o‘qishning yettita muhim tomoni bor. Birinchidan, kitob o‘qish – atrof-muhitni, dunyoni va o‘zlikni anglashga yordamlashadi. Ikkinchidan, yodda saqlash va o‘ylash qobiliyatini rivojlantiradi. Ya’ni, ko‘p kitob o‘qigan odamning yodda tutish darajasi yaxshi, tez o‘ylab, tez xulosa chiqaradigan bo‘ladi. Uchinchidan, mutolaa tahlil va talqin qilish, shaxsiy fikrning shakllanishiga yo‘naltiradi. To‘rtinchidan, kitob o‘qish ko‘pgina yutuq va muvaffaqiyatlarga asos bo‘ladi. Beshinchidan, kitob o‘qish odamlar bilan to‘g‘ri muomala qilishga o‘rgatib, ravon so‘zlashni shakllantiradi. Oltinchidan, kitob o‘qish – so‘z boyligini va savodxonlik darajasini oshiradi. Yettinchidan, kitob o‘qish – odamdagi yashirinib yotgan ijodiy qobiliyatini yuzaga chiqaradi. Kitob o‘qiydigan va o‘qimaydigan kishilar orasida ham farq kattadir. Kitob o‘qiydigan odam mustaqil fikrga ega bo‘ladi. Hayotda o‘zi uchun tutgan aniq yo‘li bo‘ladi. Avval o‘ylab, keyin gapiradi. Mashhur adibimiz O‘tkir Hoshimovning “Datar hoshiyasidagi bitiklar” kitobida shunday yozadi: “Kitob o‘qish uchun ikki asos bor: birinchisi – sen bundan


16 2023-yil 20-may №4 YOSH TARJIMON MAKTAB Oq qayinga yuragim bog’lab, Tuyg’ularning qo’lidan tutdim. Hayollarim tumor deb bilib, Orzularning ro’yobin kutdim. Ko’nglimni shod etgan bu yo’llar, Qo’llarimdan tutib turardi. Qalbimdan joy olib olganday, Vujudimda kezib yuradi. Qaldirg’ochman peshtoqlaringa Somonlardan uylar qurganman. Ilhomimga ilhomlar qo’shib, Sening bag’ring ichra yurganman. Humo qushman hayoti porloq, Odimlayman men seni maqtab. She’rlar yozib yurakdan yana, Senga sodiq bo’laman maktab. SCHOOL My heart is attached to white birch, I held the hand of emotions. Knowing that my dreams are amulets, I waited accomplish of my dreams. The ways which make me happy, They hold my hands. Taking a place in my heart, It wanders over my body. I am swallow to your shores, I built strow houses. Adding wishes to my wishes, I walked in your bossom. I am free life is bright, I prise you. Writing poems from the heart again, I will be loyal to you school. SIZGA ATALGAN GULLAR Quyoshga yolvorib so‘radim tongda, Guldasta yasab ber menga iltimos. To‘lin oy yuzidan bir chimdim ol,va Gunchalar bo‘lmasin ochilsin qiyg‘os. Baxt yaproqlari bo‘lsin shuningdek. Mehrni taftini sezay uzoqdan , Keyin eltib berish xizmati bo‘lsin. Ozim beray desam manzil uzoqda. Istagim soginchdan siz uchun deb yoz, Gulning mendanligin sezsin har safar. Cheksiz muhabbatim qo‘ysinlar aytib, Farzanddan onaga atalgan Gullar FLOWERS FOR YOU I begged the sun in the morning, Please, make a bouquet for me. Take a pinch of the face of the full moon, and There is no buds , let it open. Let there be leaves of happiness as well. I feel the touch of kindness from afar, Then there will be a delivery service. If I will give it, The address is far away. I want to write for you out of longing, Every time, feel the flower from me . Tell to you my endless love, Flowers to mother from Child. 17 2023-yil 20-may №4 YOSH TARJIMON URUSH VA TINCHLIK Urush bu — minglarcha ayol faryodi, Parchalanib ketgan tanalar jonsiz. Urush bu — askarning yurak bagʻrida, Zor termulib turgan ona siymosi. Urush bu — eng soʻnggi visol onidir, Bunda tillar soqov, nigohlar burro. Shu on jaranglagan mungli va horgʻin, Vatan madhiyasi yangrar balandroq. Erkinlik kuyini baland kuylagan, Biz yangi dunyoning yangi avlodi. Oʻtmishni eslasak oxir bu dildan, Xotiradan oʻchmaydi buyuklar yodi. Ortiq devorlarga osilmaydi non, Tinchlik bu — nonlarni erk beruvchisi. Endi mumkin baxtdan sayramoq bizga, Tinchlik bu — erk isi erkinlik hissi. WAR AND PEACE War is the cry of thousands of women Dismembered bodies are lifeless. War is in the soldier’s heart, A struggling mother figure. War is the last straw. In this case, tongues are dumb, eyes are telling. At that moment it sounded sad and tired, The national anthem is played louder. He sang the song of freedom, We are the new generation of the new world. If we remember the past, it is from the heart, The memory of the great will not fade. No more bread hangs on the walls, Peace is the giver of bread. Now we can sing with happiness, Peace is the feeling of freedom. Erkin Vohidov ijod maktabi Translated by Mubinaxon AKRAMXONOVA


18 2023-yil 20-may №4 Y ozuvchi asarlarining ikki muhim jihati shuki, u insoniyat hayotini cho‘chqa darajasida balchig‘lariga botib taxlil qiladi,so‘ng esa kosmos balandligidan turib hulosalar yasaydi. Mana, insoniyat o‘z balchig‘i,o‘z qoniga botib yashapti. Yer yuzida qon to‘kishlar to‘xtamaydi. Molmulk talashib odamlar bir-birini joniga qasd qilyapti. Bir tomonda boylar dunyoning hamma lazzatini totib ko‘rib,yangi lazzat topolmay zerikib yashayapti. Ikkichi tomonda och Afrikaliklar ochlikdan kaltakdek ozib,hatto ikki oyoqlab yurishga madori qolmay it kabi to‘rt oyoqlab sudralib axlatxonalar qoldiq yemish izlayapti. Yer yuzi sabr qilib o‘z yelkasida geylarni,pedofillarni,padarkushla rni,manyaklarni,jallodlarni,qonho‘r diktatorlarni ko‘tarib yuribdi. Sal uzoqroqdan qaralsa hayot ulkan axlatxonaga o‘xshaydi,ana xidi ham kelyapti. Dastoyevskiy savol qo‘yadi:xo‘sh,shunaqa hayotda yashash mumkinmi? Yashashdan maqsad nima? Balki (odamlarning qalbida)xudo o‘lgandir. Adibning qahramonlaridan biri «Bog umer» deb e’lon qiladi. Hatto Dostoyevskiy insoniyat yer yuziga oliy kuchlar tomonidan epsperiment uchun yaratilgan deydi. Ho‘sh,bunaqa mazmunsiz,rasvo hayotdan maqsad ne? Ulkan alatdan farqi yo‘q bu insoniyatga oliy kuchlar a’lo odamni yaratishni vazifa qilgan,deydi adib. A’lo odam (sverxchelovek) g‘arbda o‘zgacharoq taxlil qilinadi. Men uni avliyo degan bo‘lardim. Rahimjon RAHMAT. FYODOR DOSTOYEVSKIY Yer yuzidagi inson hayotining tugal maqsadi a’lo odamni paydo qilishdir,deydi Dostoyevskiy. Avvalo yoshlarimizga Dostoyevskiy asarlarini erinmay o‘qishni tavsiya qilgan bo‘lardim. Asli meni o‘zim ham adibning hamma muhim asarlarini o‘qib ulgirmaganman. ADABIYOT TAHRIRIYAT KENGASHI: Nilufar ERGASHEVA Gulzoda TURDALIYEVA Husnida NE’MATOVA Nuriddin RAHMONOV MUASSIS: Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi TAHRIR HAY‘ATI: Enaxon SIDDIQOVA Bahodir ISO Gulchehra ASRONOVA Kamoliddin MARASULOV Mahmudxon QO’CHQOROV O‘zbegim Adabiy, ilmiy-ma‘rifiy jurnal Bosh muharrir: Nigora MANNOPOVA Tahririyat manzili: Marg‘ilon shahar, Turkiston ko‘chasi, 138-uy. Bizni @erkinvohidovmaktabi telegram manzili orqali kuzatib boring. 19 2023-yil 20-may №4 SHOIR FAXRIYOR TAVSIYA ETADI: Jahon adabiyotining eng sara 10 ta hikoyasi sifatida qaysi asarlarni e’tirof etasiz? 1. Gi de Mopassan «Do‘ndiq». 2. Ivan Bunin «Yengil nafas», «Oq qarg‘a». 3. Frans Kafka «Evrilish», «Jazo koloniyasida». 4. O’Genri «So‘nggi yaproq». 5. Xulio Kortasar «Ishg‘ol qilingan uy». 6. Yasunari Kavabata «Oynadagi oy». 7. Fozil Iskandar «Kozlotur burji». 8. Xorxe Luis Borxes «Funes – xotira moʻjizasi». 9. Chingiz Aytmatov «Erta qaytgan turnalar». 10. Jozef Epshteyn «Ukaginam Ilay». O‘zbek adabiyotidagi eng o‘qishli 10 ta hikoya qaysi? 1. Temir Po‘latov «Mulk». 2. Shukur Xolmirzayev «Bulut to‘sgan oy». 3. Ibrohim Gʻafurov «Qatlgohda o‘ynagan bola». 4. Murod Muhammad Do‘st «Dashtu dalalarda», «Galatepaliklar». 5. Ahmad A’zam «Soyasini yo‘qotgan odam». 6. Erkin A’zam «Qiyofadosh». 7. Nurulloh Muhammad Raufxon «Oq bino oqshomlari». 8. Nabijon Boqiy «Gʻo‘zapoya mingan bola». 9. Alisher Ibodinov «Quyosh ham olov». 10. Nazar Eshonqul «Bahovuddinning iti», «Qultoy». Sizning sevimli o’ntaligingizdan qaysi hikoyalar joy olgan? ADABIYOT


Click to View FlipBook Version