TO QUYOSH SOCHGAYKI NUR... Erkin Vohidоv nоmidagi ijоd maktabi 2023-yil 20-yanvar № 1 BIR KUN Aylanadi charxi kajraftor, Aylanadi misli charxpalak. Shu tuproqqa ko‘milib ming bor, Million bora Ko‘karar yurak. Ayon qismat... Billur tomchidek Qumliklarga ketarman singib. Yuz yil... Ming yil qahridan balki Ozod so‘zdek chiqarman unib. Men o‘lmayman... Ruhim nur kabi Samolarga qo‘shilgay abad. Bir mo‘hjiza ro‘y berar toki, Buloq bo‘lib ko‘z ochgay, albat! Aylanadi charxi kajraftor... Enaxon SIDDIQOVA, O‘zbekiston xalq shoiri
2 2022-yil 20-noyabr №8 Ko‘ngil bilan, hech kimga aytmay, Otlanamiz yorug‘ safarga...
3 2022-yil 20-noyabr №8 ODAMLAR QAYNAGAN ULKAN SHAHARDA… Odamlar qaynagan katta shaharda Hamma narsa to’kin, Hamma narsa taxt. Chang yutmay topasan boylik, Agarda Sayr etsang xiyobon, Yuvilgan asfalt. Odamlar qaynagan ulkan shaharda Shuhrat topish oson, Amal, martaba. Betama dardlashmoq uchun Kadarda, Zor bo‘lasan faqat Bitta odamga. Odamlar daryoday oqqan shaharda Hamma narsa topib, Topmaysan taskin. Beton uylar aro Tosh yo’laklarda, Ko’nglingni yo’qotib qo’yishing mumkin. Odamlar qaynagan katta shaharda Ko’tarilar mansab... Kelmas o’ylaging. Marmar zinalardan chiqolmas vijdon, Pastda qolib ketar majrux yuraging. Odamlar qaynagan ulkan shahardan Sokin qishloq tomon keladi chopging. Kibrlar, yolg’onlar aziz dunyoga Ko’ngling eshigini tars etib yopging. Odamlar qaynagan ulkan shaharda…
4 SUHBAT 2022-yil 20-noyabr №8 KETAR QUSH Barchamiz kelgan-u bir kun ketar qush. Xalima Xudoyberdieva Barchamiz bir kuni uchib ketar qush, G‘irrom dunyosidan kechib ketar qush. Shamollarga yoyib yiqqanlarimiz, Yog‘och otga minib, ko‘chib ketar qush. Omonatmiz zotan, gulga, gulboqqa, Sog‘inib, ichikkan... g‘arib... tuproqqa, G‘animatman men ham... zanjirlar uziq, Kishanlarin bir-bir yechib ketar qush. Ortimizdan balki osmon uv tortar, Duv-duv to‘kilgaymiz... Biz turnaqator – Balki haq yodidan o‘chmasmiz, balki Muhabbat yodidan o‘chib ketar qush. Barchamiz bir kuni uchib ketar qush...
5 SUHBAT 2022-yil 20-noyabr №8 ESHIK CHERTILADI… Eshik chertiladi... Hapqirar yurak, Hayallab bo‘lsa ham keldimikan Baxt?! Balki olib tushgan ko‘kdan farishta Ko‘nglimga bir yorliq, Haqdan inoyat. Eshik chertiladi... Vaqtdir bu balki, Bevaqt yuragimni taqillatyotgan. Besamar yillarning armoni kabi Ko‘ngilni zanglatib, zil bosib yotgan. Eshik chertiladi... Turaman behol. Balki olma otayotir dov-daraxt. Balki udir… ishqimni qilgan uvol, Ayro yo‘lda tashlab ketgan Muhabbat! Eshik chertiladi... Uzoq kuttirmay, Balki do‘st kelgandir o‘zi choparga. Ko‘ngil bilan, hech kimga aytmay, Otlanamiz yorug‘ safarga. Eshik chertiladi... Anglatgil, yo rab, Meni uyg‘otguchi sirli lahzadir. Kimni rozi qildim dunyoda yashab, Shu savol oldida yurak lag‘chadir. Balki eshik qoqar, qiladi isyon, Bo‘g‘zimga qadalib yig‘layotgan so‘z. Besamar ketdimi umr safarim, Axir, manglayimning yozig‘ida kuz. Eshik chertiladi... Ochaman asta. Qarog‘imda sizib, qotib qolar yosh. Ostonamda turar horg‘in, xijolat – Men kutmagan do‘stday kulib Oltmish yosh. Eshik chertiladi... AYOL Hur, ahli zeboligin unutib borar ayol, Bir guli rahnoligin unutib borar ayol. Bu ketishi araz-u ginalarga o‘xshamas, Shirin-u Zuhroligin unutib borar ayol. Unutmagan ko‘ksidan sug‘urgan mixlarini, Yolg‘on-u malomatning xanjar-u tig‘larini, So‘ngagin yorib chiqqan xiyonat tug‘larini, Bir ishqqa atoligin unutib borar ayol. Borar chechaklardanmas, bosib-yanchib xorlarni, Qizg‘aldoqli qirnimas, g‘arch-g‘urch bosib qorlarni, Inlaridan chiqarib ming bir boshli morlarni, Sevgidan barpoligin unutib borar ayol. Kiprigin dorlarida malomatning dodlari, Muhabbatdan yuz burib, qaytmas yo‘lga otlandi, Yo toza bir ishq istab, asotiru mardlarni, Oh, Momo Havoligini unutib borar ayol. Qirq arava ko‘ch bilan qayga borsin, yorsinmi Ko‘ksini, Haqqa ochib, ko‘rsatsin, yolborsinmi? Ishqining ko‘chlarini Tangrimga oborsinmi? Iffat-u hayoligin unutib borar ayol. Sochib borar ishqini shamollarga, yellarga, Sochib borar ko‘nglini dovullarga, sellarga, Yanchib borar dunyoni qoldirib bedillarga, Oh, ishqsiz adoligin unutib borar ayol. Yo Rab, borar dunyomas, etak silkib sevgiga, Kiygani bahornimas, xazonlarni egniga, Do‘zaxlarga o‘t qo‘yar olgan cho‘g‘i yengiga, Bir mehrigiyoligin unutib borar ayol. Axir u Mohlaroyim, To‘marisning zotidan, Tomirida kezinar Jaloliddin otida, Mardlarga doyaligin chiqardimi yodidan, Ketmog‘i xatoligin unutib borar ayol. Bir mehri giyoligin unutib borar ayol...
6 DUEL 2022-yil 20-noyabr №8 SOG‘INCH O‘yga g‘arqsiz, hasratga mahkum, Bukchayibsiz, qariyapsizmi? Men ham oltmish bahorni ko‘rdim, Bukri tollar, taniyapsizmi? Kichrayibdi katta ariqlar, Ulkan edi qirlar ham bir vaqt. Yo‘qotganday koptogin yig‘lar, Bolaligim ko‘chasida baxt. Yugurardim shamolday yalang, Osmonlarga tegardi boshim. Singlim kabi yuzimdan o‘pgan Chinnigullar edi sirdoshim. Dovuchchasin yashirar qantak, Menga buncha saqlaydi keklar? Tovonimdan kelmaydi bir payt Menga tutqich bermas kengliklar. Kamzulchamni eslarsiz zora, Ilinardi butog‘ingizga. Atirgullar, eslang bir bora, Lab bosardim yanog‘ingizga. Gul ko‘nglimning ayvonida juft Bola ochar edi qaldirg‘och. Huvillaydi bo‘m-bo‘sh uyadek, Qayga ko‘chib ketgan ul quvonch?! Singil bo‘lolmadim, teraklar, Sizdek mag‘rur, tikka bo‘lmadim. Kesildingiz umidlarimdek, Bu dunyolar tilka bo‘lmadi. Yor-yor olib ketdi olisga, Olib ketdi o‘zga sohillar. Bolalikka mangu qaytolmas, Chopar bolako‘nglim uvillab. Uzun-uzun o‘ylarga mahkum, Bukchayibsiz, qariyapsizmi? Payg‘ambarning yoshiga kirdim, Bukri tollar, taniyapsizmi?
7 DUEL 2022-yil 20-noyabr №8 ANOR Nechuk iching to‘la dod, Nechuk bo‘g‘zingda faryod?! Sen ham mendek g‘amlarda Qovrildingmi, anorim?! Uzilma, to‘lmas g‘ori, Dunyosining qanori, Oh aldovi, tig‘iga Qayrildingmi, anorim?! Turarsan parishonhol, Otashda yonib behol, Yo ishqni deb hushingdan Ayrildingmi, anorim?! Bunchalar yupqa po‘sting, O‘zingda bormi qasding?! Ko‘ksingdan qon tirqirab, Yorildingmi, anorim?! BIR KUNI... Bir kuni... So’nggi kun zarra g’amim yo’q, Garchi ming dard bilan sinadi taqdir. Mung’ayib qolmaydi ortda, ko’nglim to’q, Ne bersa but berdi Ollohim, shukr. Ortimda farishta to’rt qizim, o’g’lim, Jonimdan to’kilgan gavharlar qolar. Iymon qo’rg’onlarim yiqolmas o’lim, Ortimdan bog’larim gul sochib borar. Bilaman, to’rt qizim yig’lar onamlab, Tuproqqa qo’yadi o’g’lim jonda, oh... O’tinchim, ularni sochma to’rt taraf, Hifzi himoyangda asragin, Olloh. Garchand umrim kechdi pok iymon bilan, Shu elning oldida yuzim yorug’, tik. Faqat farzandlarim rozimi mendan, O’ylasam, jonimga kelar o’kirik... Mendan so’ng ifori to’kilmasmikan, Bir satrim qolarmi xalqim yodida? Men buyuk qarzdorman, onajon Vatan, Shu el ko’ngli daryo, tanti-yu sodda... *** Yomg‘ir yog‘ar ezib yurakni, Buncha munglig‘, mahzun shiviri. Makkor dunyo, g‘urbatlaringdan Bu omonat jonim ividi. Yomgir tinar, tinmaydi g‘ussa, Qolar dilda xalqob va xalqob. Ayamasdan yog‘aver, yomg‘ir, Bu umr ham qoldi oyoqlab. Yomg‘ir yog‘ar... Soqovdir borliq, Yo tiliga tushovlar solgan. G‘irrom dunyo zil yukin tashlab, Yuragimga osilib olgan. Yomg‘ir yog‘ar chelaklab, og‘ir, Bu daraxtlar shalabbo va zil. Qayga borsin shuncha dard bilan, Bu dunyodan sovigan ko‘ngil... Yomg‘ir yog‘ar...
8 NASR 2022-yil 20-noyabr №8 Enaxon Siddiqovaning tabarruk xotirasiga Darhaqiqat, bu ayriliqning og‘ir zarbini his etgan soniyalarimizda Farg‘onaning bir azim chinori qulab bo‘lgan – elimiz, xalqimiz, jonajon millatimiz suygan O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova bizlarni tark etgan edi. Bandalik deya atalmish ojizlikka ko‘nmoq, yo‘qlikni ruhan qabul qilish oson kechmadi. FARG‘ONANING “ONAGULI” QAYTDI GULZORGA... O‘sha kuni bir mashʼum xabar yurt bo‘ylab juda tez qanot qoqdi. Shaharga, qishloqqa, har bir xonadonga yeldayin uchib kirishga shoshildi. Ko‘ngillarga asta qo‘nar ekan, nogoh og‘riqdan qalblar qalqiy boshladi va birdan yuraklarga judolikning o‘tkir tikani sanchildi.
9 NASR 2022-yil 20-noyabr №8 Ozodbek ZAMZAMOV, Erkin Vohidov ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi. Zero, Enaxon opa jismiga atalgan ism taqdirida bitilganidek, vodiy ayollarining haqiqiy onasi, farg‘onalik xotin-qizlarning “onaboshisi”, maʼnaviy volidasi edi. Bu ayolning ulkan qalbiga xalqning dardi dunyosi jo bo‘lgan, ijod yo‘liga qadam bosgan minglab yoshlarga hayot maktabini o‘tagan, qalami ham elning sururi bilan tebranar edi: “Mendan so‘ng ifori to‘kilmasmikin, Bir satrim qolarmi xalqim yodida? Men buyuk qarzdorman, onajon Vatan, Shu el ko‘ngli daryo, tantiyu sodda”. Satrlar darak berganiday, yurtning jasoratli ayoli so‘ngi damlarda ham el rizoligi, Vatan oldidagi burchi haqida ko‘p o‘ylagan, vidolashuv chog‘lari yaqin bo‘lsa-da zimmasidagi ishonch yuki, xalqchil vakil sifatidagi chuqur masʼuliyat zalvori bilan iztirob chekkan. Shu bois, bu mehrijahonning el ichra “Onagul” deya qadr topishi, ardoqlanishi bejiz emasdi. Shoira ijodining butun mohiyati ona yurt, jonajon xalq, millat ayollari uchun baxshida bo‘ldi. U o‘z asarlarida inson xilqatining maʼnaviy-axloqiy fazilatlarini tarannum etdi, fidoiylarni ulug‘ladi, yoshlarni marrani baland olishga, katta-katta maqsadlar sari dadil harakat qilishga chorladi. O‘zbekona samimiyat Enaxon Siddiqova sheʼriyatining gultoji edi. Ustoz sheʼr o‘qiganlarida so‘zlar ohangidan muhabbat sabosi, Vatanga sadoqat ovozasi, baxtu-saodat shukronasi taralardi, faxr va g‘urur ko‘klarga bo‘y cho‘zar edi: “Dunyo ko‘zin olgan laʼl, javohirsan, Kuragi yer ko‘rmas alp bahodirsan. Basharga kiydirgan ipak, beqasam, Jahon taʼzim qilar o‘zbekman desam. Yer yuzida o‘zga O‘zbekiston yo‘q, O‘zga sharaf yo‘qdir,jannat bo‘ston yo‘q!” Anglaganingizday, bu qutlug‘ sarzamindan, xalqidan, millatidan o‘zgacha iftixor etgan so‘z zargari, buyuk isteʼdod sohibasi shunday go‘zal sharaflar edi Vatanni. Hozirgiday yodimda, doimo shoshardilar, ishga, ijodga, yig‘ilishga, kengashishga, yarashtirishu-kelishtirishga... Hayratki, har bir ishga ulgurardilar, chunki bu zahmatkash ayol hammaga suv va havoday kerak edi. Vaqt Enaxon opani emas, opa vaqtni o‘z izmiga solganday edi go‘yo. U qishning ayozli kunlarini armonlar olovida tashladiyu, sog‘inchli ko‘klam chehrasiga chechaklar taqish uchun tuproq bag‘riga qaytdi. Buyuk tarixda o‘zining jasoratga to‘la o‘tmishi bilan abadiy muhrlangan To‘maris, Bibixonim, Nodirbegim, Uvaysiy, Dilshodi Barno singari davlat va jamiyat boshqaruviga katta hissa qo‘shgan bu ulug‘ ayol mehribon ustoz, samimiy va chin odamiy inson edi. Enaxon opa bilan zamondosh va zamindosh ekanligimizdan faxrlansak arziydi, chunki bu ayol yuragida yuksak g‘urur, o‘zbekona nomus, baland ruh cho‘g‘ yanglig‘ porlab, yonib yashadi. Haqiqatki, Enaxon opaning ortidan unib-o‘sib, kurtaklab, gullashga qodir bog‘lar qolgani, bu navnihollardan Farg‘onaning otashin sheʼriyat gulshani, go‘zal adabiyoti yaralgani, o‘zbekning maʼrifatli xotin-qizlari bugun ustoz yaratgan fidoiy ayollar maktabini bosib o‘tayotganini jonli guvohi bo‘lmoqdamiz. Mehnatning ilk ostonasini o‘qituvchilikday zalvorli va sharafli vazifadan boshlagan Enaxon opa maʼrifat yo‘lidagi barcha dovonlarni mardonavor bosib o‘tdi va uyg‘oq vijdon, sergak yurak, kuchli masʼuliyatliligi bilan xalqimiz ko‘nglidan joy oldi. Ustozni xotirlar ekanman, ko‘zlaridagi viqor, nigohlaridagi jasorat, sheʼrlariga singib kirgan o‘zbek ayolining tog‘day bardoshi, haqiqatga tik boqishi, xalq xizmatiga hamisha labbay deya hozir turishi xayolimda qayta gavdalanadi. Haqki, ayol nafasi ufurgan sheʼriyat, onaning otash tafti taralgan mehrli satrlar, adabiyotimiz og‘ir judolikka yuz tutdi. Farg‘ona o‘z faxri, aziz dilbandidan, jon tomiridan ungan jigarbandidan ayrildi. Biroq, uning allaqachon avlodlar qalbiga jo bo‘lgan, dil torlaridan bunyod etilgan sheʼrlari, mehnatdagi shiddati, vatanparvar siymosi abadiy hayotdir. Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor.
10 TARJIMA 2022-yil 20-noyabr №8 ALVIDO, MEHRIQUYOSH ENAXON OPAM!.. I shonish qiyin... Bandamiz, bir kuni barchamiz Yaratgan huzuriga qaytamiz. Siz beg‘ubor, katta qalb egasi edingiz. Oktabr oyida telegramdagi sog‘inch yozuvlarimga «Ancha yaxshiman, Farg‘onadaman, men ham sizni juda sog‘indim. Farg‘onaga qachon kelasiz? Yaxshi kunlarda kӯrishaylik, aziz singiljonim!»- deb javob yozgan edingiz. Enaxon opajon, diydor qiyomatga qoldimi? Farg‘onada ӯtgan maʼnaviyat festivalida, Qӯqondagi mehmonxonada bir hafta bitta xonada ikki shoira, ikki maftuna birga nafas oldik. U kunlar va sheʼr tӯla kechalarni qanday unutaman?! Yuragim og‘ir musibatda, ilojsizman, ilojsizman. Joyingiz firdavs jannatida bӯlsin, kamtarinim. Xotirangizni Farg‘ona timsolida yuragida tumor etib asrovchi Zulfiya singlingiz... Zulfiya MO‘MINOVA.
11 TARJIMA 2022-yil 20-noyabr №8 Mana hozir ham beayov kurashdan yig‘i bilan yengillayapman. Bugun ustozlar bayramida o‘zimcha ko‘ngil yozmoqchidek edim, uddalolmadim. Na ichim na tashimda kuldim. Chunki unda Sizni ko‘rmadim. Yaratgan tug‘ilganimdan kindigimizni bir qilgan, noziiik rishtalar bilan bog‘langan qadarimda Siz asl Ustozimsiz! Dehqonchilik, bog‘bonlik, tikuvchilik, oshpazlik, notiqlik, hilm, halollik, o‘zgalar dardiga hamdardlik, o‘zni fido qilish ilmini amalda ko‘rsatib, namuna bo‘lgan hayot Muallimimsiz! Yana kechirish, sabr, matonat, shijoat, jasorat, ko‘ngil olish ilmini ko‘ngillarga joylagan qalb Murabbiyim! Turmushda esa suv kelsa simirib, o‘t kelsa o‘chirib, musht kelsa kechirib, og‘udan bol ichira olgan jonfido ayol Qahramonimsiz! Musofirlikda besh bolani yetti muchasi sog‘lom, aqli, imoni butun bo‘lishi, halollikda o‘stirish uchun o‘zini chor hunarga, o‘tga, suvga urgan, tinim bilmagan Mehnatkashimsiz! Jon tomiri, yetti pushtidagi toza qonni halollagan, pokiza fitratni tiynatimizga o‘tkaza olgan munosib Merosboshimsiz! Taloto‘plar, fitnalar ichida ham ajdodlardagi Mening borim, borlig‘imsiz... Hamma uxlayapti, men esa bedorman... O‘zim bilan olishib yotibman. Har kun nafsim g‘olib, tunda esa vijdon jangga kiradi. Ikkisi o‘rtasida yurak behuzur, vujud beomonlikdan tongga taslim bo‘ladi. Doim shunday, mazza qilib yayrolmayman... Yig‘i bilan ovunaman. Esimni taniganimdan beri shu ahvol. Yolg‘izlik xalovat, yig‘i yupanchim. Umrimni uzuuun yig‘iga o‘xshataman... oliynasablikni ayol qalbi, yuragi bilan elga himmat, ko‘mak berib, mardonavor saqlab qola olgan El Onasisiz! Dard, iztiroblarni qalam bilan yenggan, ko‘ngillarga so‘zdan malham tizgan so‘z Zargarimsiz! Shuncha kuch, matonat, jasoratni qayerdan olasiz? Bu quvvat manbai nimadan deya so‘rayverardim. Bildimki, botiningizdagi Ezgulik zanjir reaksiyasidek, yangi kuch baxsh etaverarkan. Bugun siz Ulkan Bardoshsiz! Uzun darddan, og‘ir imtihondan hikmat topgan, HAQni topgan Haqiqatimsiz! Mana, yuragim titrashi sokinlashdi, siz mening Halovatimsiz! Uzun yig‘ilar ichra topgan Tabassumim! Hali manzil olis, yo‘l uzooq! O‘zi sinovlar bilan poklab, Muqaddas Bayti, muborak ravzalariga yo‘l ochadi! Onajonim, Siz mening asl muallimamsiz! Sizning no‘noq shogirdingiz va yig‘loqi farzandingiz bo‘lish naqadar Baxt! Sizni yaxshi ko‘raman, bayramingiz muborak! Nigora MANNOPOVA. 2022 yil, 1 oktabr.
12 ILDIZ 2022-yil 20-noyabr №8 Biz ustoz Enaxon Siddiqova bilan bundan ancha yillar ilgari viloyat uyushmasining qo‘pqavatli uydagi ijara xonasida, nasrdagi ilk mashqlarimni ko‘rsatish uchun izlab borganimda uchrashgan edik. Undan beri qancha o‘zgarishlar bo‘ldi, qancha suvlar oqib o‘tdi! Ularning rahbarligida viloyat uyushmasi binodan binoga ko‘chib yurib, oxiri vatanli bo‘ldi – “Ijodkorlar bog‘i”dagi muhtasham majmuaning qoq o‘rtasida o‘zlari orzu qilgan, mashaqqat bilan intilgani viloyat yozuvchishoirlarining binosi qad rostladi. Bir yonida muzey, bir yonida ijod maktabi – bu maskanning har qarichida ustozning katta mehnatlari, yuedor tunlari, iztirob-u umidlarining izi bor. Enaxon Siddiqova kim uchun katta shoir, kim uchun senator bo‘ldi, lekin biz – shogird va qadrdonlari uchun ulkan shijoat timsoli edi! Uzoq yillar birga ishladik, ko‘rib-bilganimiz shuki, ustoz biron-bir ishni o‘lda-jo‘lda qoldirmaganlar, qoldirishmizga yo‘l ham qo‘ymasdilar. Arzimasgina ishlarni ham daqiqlik bilan bajarib, boshqalardan ham shuni talab qilardilar. Ish ko‘lami mislsiz edi go‘yo: hujjat ustiga hujjat, reja ustiga reja, yo‘l ustiga yo‘l va shuncha ish ustiga kelib-ketuvchilarning oxiri ko‘rinmaydi. Taniqli-taniqsiz, haq-nohaq, sog‘-nosog‘ning hammasi shu ostonada edi go‘yo, lekin biron marta «men yo‘qman» deb o‘zlarini panaga olmaganlar. Bu dargohdan biron kishi noumid bo‘lib ketmagan. FARG‘ONANING CHINORI EDI Shuncha yumush orasida biri biridan baland, rangbarang asarlar chop etilib turdi va biz hayratlanishdan hech to‘xtamadik – qachon ulgurdilar ekan, qanday qilib?! Sheʼr, hikoyalar, epik doston... bularning barida yurakning bir bo‘lagi, matonat va nafosat jam bo‘lgan katta yurakning parchalari yaraqlab turadi: “Uzun-uzun o‘ylarga mahkum, Bukchayibsiz, qariyapsizmi? Payg‘ambarning yoshiga kirdim, Bukri tollar, taniyapsizmi?” Gul qalbi, nafis ijodi manaman deb turgani holda, Enaxon ustozning zabardast shaxsiga chinor deya taʼrif bergim keldi. Ha, u tom maʼnoda Farg‘onaning purviqor chinori edi. “Axir men – shamolga qad kergan daraxt” deb yozganidek, bir umr Farg‘onaga qalqon bo‘lgan bu azamat, donishmand chinor! Chinorning bo‘yi qulaganda bilinadi, deydi xalqimiz. Mana, bilinyapti... “Odamlar qaynagan ulkan shahardan Sokin qishloq tomon keladi chopging. Kibrlar, yolg‘onlar aziz dunyoga Ko‘ngling eshigini tars etib yopging”. Dunyoga eshik yopdilar, sokin olamga ketdilar. Biroq ustoz hamisha biz bilan, qalbimizda yashab qoladilar... Gulchehra ASRONOVA.
13 ILDIZ 2022-yil 20-noyabr №8 Yosh ekanman, o‘r ekanman. Qaysi masalada – u xoh ishmi, xoh oilaviy munosabatlarmi, maslahatmi, yordammi – h ammasi uchun ustozning eshigini qoqaverdim. Biror marta bo‘lsa ham, “Bandman, ishim ko‘p”,- demadilar. Aksincha, yana va yana oldiga kelaverishimni taokidlardilar. O‘sha paytda Oliy Majlis Senatori, xalq shoiri, viloyat yozuvchilar uyushmasi rahbari bo‘lsalar-da, men uchun Ona-Onagul edilar. Ayniqsa, talabalik davrimda bir oyoim uyushmada bo‘lardi. Go‘zal shuarolar davrasi, adabiy suhbatlar, mahorat darslari, barchasi ustozning talabchanligi tufayli mening nafaqat ijodimni, balki ilmimni ham oshirgani ayni haqiqat. Respublikada bugun Farona adabiyoti, sheoriyati degan alohida hodisaning paydo bo‘lishi ham ustoz nomi bilan, ularning say-harakatlari bilan boliq ekanligini keng jamoatchilik yaxshi biladi. Ustozning safarlariga ko‘p bor hamrohlik qilish nasib etgani uchun xursand bo‘laman. Bir necha bor poytaxtdagi adabiy anjumanlarga birga borganimiz, suhbatlarimiz, hasratlarimiz shirin xotiraga aylandi bugun. Ustoz har bir narsaga diqqat bilan ahmiyat beradigan, did bilan tanlaydigan eotiborli ayol edilar. Bir gal Qo‘yliq dehqon bozoriga tushgandik. Ular hatto oddiy sotuvchilar bilan ham juda xushmuomala savdolashib, xaridlar qildi. Barhayot UMR Biz ijoddan tashqari, bunday bozor-o‘charlarni ham bahonada o‘rganib oldik. Ustozning oldida yurish hamisha faxr edi. Lekin ustoz aslo bizni xarajat qilishimizga qo‘ymas, doim avvaldan to‘lab bizni xijolatga qo‘yardi. Shu sababdan ustoz saxovatidan ko‘p bor manfaatdor bo‘lganmiz. Ali roziyallohu anhu aytadilar: “Bitta harf o‘rgatgan ustozimning quliman”. Darhaqiqat, ustoz degan zalvorli yukning bor oirini bo‘yniga olib, bizni turmush atalmish qattiq mushtlardan eson-omon ijodga qaytargan, hayotning bori mashaqqatlari aro kurashishni o‘rgatgan, o‘zida nimaki yaxshi sifatlar bo‘lsa bizga yuqtirishga harakat qilgan, bir ona farzandiga qanday maonaviy meros, tarbiya, mehr berishi kerak bo‘lsa hammasini berib ketgan muhtarama ustozim Enaxon Siddiqova haqida o‘tgan zamonda yozayotganimning o‘zi alati. Chunki ustozning umri barhayot. Enaxon Siddiqova qalbidan oq qoozga ko‘chgan go‘zal dostonlar, sheorlar, kitoblar, yaxshi amallar va, albatta, biz shogirdlar bor ekanmiz, bu bo aslo zavol topmaydi, balki ko‘kka bo‘y cho‘zaveradi. Munira QO‘QONOVA, “Shuhrat” medali sohibi, o‘qituvchi. “Qachondir men haqimda xotira yozasizlar”,- degandi ustoz. Ammo o‘sha kun bu qadar tez va yaqin ekanligini bilmay g’aflatda qoldim. Qahratonning qahri qattiqmidi yoki mening diydam?.. Bugun ko‘z yoshlarim o‘zidan o‘zi oqib tushaveradi, tushaveradi. Хотира… bu so‘zning oir yukini ilk bor his etdim. Aslida, u oir emas, balki ustoz bilan o‘tgan baxtiyor kunlarimning erta tugagani oir. Enaxon Siddiqovaning bizga onalarcha amxo‘rliklari-yu shogirdparvar mehri oldidagi qarzimizni uza olmaganimiz alamli.
14 TADQIQOT 2022-yil 20-noyabr №8 2008-yildan boshlab uyushma qoshidagi “Oltin qalam” adabiy to‘garagiga qatnay boshladim. O‘shanda uyushma binosi “Asakabank” yonidagi eski va ko‘rimsiz binolardan birida joylashgandi. Yoz kunlari tashqarida, qish kunlari binoning tor va qoroni yo‘lagida tizilishib olib to‘garak mashuloti o‘tardik. Odam simay ketardi. Biz kabi yangi kelgan ayrim yosh ijodkorlarga sheor o‘qishga navbat yetmasa ham yana intiqib kegusi mashulot kunini kutardik. Keyinchalik Ustoz Enaxon Siddiqovaning saoy-harakatlari bilan Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi muhtasham binolarga, Respublika miqiyosida o‘z nufuziga ega bo‘ldi. Lekin o‘sha davrdagi mahorat darslari, ustozning yo‘lyo‘riqlari tufayli “Oltin qalam”chilarning ko‘pi ijod va ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topdi. 2011-yilda Do‘rmon ijod uyiga bordik. Biz bir guruh ijodkor qizla: Dilshoda Ergasheva, Munira Qo‘qonova, Dilnavoz Qo‘ldosheva, Go‘zal Oxunova va men ustozdan, nafaqat, ijod balki do‘stlik, hayot haqidagi bebeho maslahatlar olganmiz. Ustoz Oliy Majlis senatori bo‘lgan yillar men Qo‘qon pedagogika instituti talabasi edim. Siyosiy tadbirlarning birida ustoz ham ishtirok etdilar. Tadbir tugagach ular tashqarida viloyat va shahar rahbarlari ichida turganlarini ko‘rib, ko‘rishgani borishga iymanib tursam, o‘zlari meni ko‘rishlari bilan quchoq ochib imladilar. Shogirdparvar, USTOZNI ХОТIRLAB… She’r yozib, kitobga qiziqishimni ko‘rgan dadam bir kuni Farona viloyat Yozuvchilar uyushmasiga olib bordilar. O‘shanda Ustoz bilan ilk marta ko‘rishgan edim. Muloyim va yoqimli gapiradigan shoira ayol siymosi bolalik ko‘nglimda adabiyotga, sheoriyatga muhabbatni muhrlagan bo‘lsa kerak. jonkuyar inson edilar. Ammamizning, ayniqsa, qizlarning hayoti, holati haqida yuz-ko‘zlaridan bilib so‘roqqa tutardilar. Shuncha siyosiy, rahbarlik, ijod va ijtimoiy tashvishlar orasida shogirdlarining eng mayda tashvishlariga ham sherik bo‘lin yechim topib berar edilar. Bir kichik ko‘ngilsizlik tufayli 2019-yil tushkunlikka tushib qoldim... Bir kuni ustoz qo‘niroq qilib “Zomin” seminariga hujjatlarimni tayyorlashni aytdilar. Men ustozga anchadan beri sheor yozmayotganimni aytganimda, “adabiy tanqid yo‘nalishida qatnashasan, bir yangilanib kelasan bahonada”, deb qoldilar. Bu kutilmagan taklif, faqat ustozga xos samimiy mehrni tuyib uyalib ketganman. “Zomin” seminari kunlari ustoz bilan kun-u tun birga yashab ko‘p nasihatlar, maslahat, o‘rinli dakkilar eshitganim saboq bo‘ldi. Faronaga qaytishda yo‘lda kelarkanmiz, ustozga shuncha ishdan ortib sheor yozishga, ijod qilishga qanday vaqt topasiz, deb savol berdim. Ustoz bir uh tortib: “Aslida biz qilishimiz kerak bo‘lgan eng asosiy ish ijod, bizdan faqat yozganlarimiz qoladi, qolganlari o‘z yo‘liga”, dedilar. Ustoz bizga bir ijodkor ayol erishishi mumkin bo‘lgan hayotiy ibrat yo‘lini yashab berdilar. Ular hamisha biz shogirdlarning qalbimizda yashaydilar! Sharofat ISMO, o‘qituvchi.
15 TADQIQOT 2022-yil 20-noyabr №8 Boshqalarni bilmadim, mening ismimga «oyim” qo‘shardilar, dilim yayrab ketardi. O‘zimni katta davralardan tortib yurishimni bilib, «kelaver, senam o‘zimning qizimsan”, derdilar. O‘tgan yili tavallud kunlarida yozgan tabrigimda opaning menga va boshqa shogirdlarga chin mahnoda opa ekanliklarini ehtirof etgan ekanman. Barcha xotiralarimni balki bir kun kelib to‘liq yozarman, bu mening shogirdlik qarzim... Ammo hozir bir kichik xotiramnigina bo‘lishmoqchiman. Poytaxtga kitobim nashri bo‘yicha boradigan bo‘ldim, uyushmaning eski binosiga qandaydir hujjatni olishga kirsam, opa ham yo‘l tadorigida ekanlar. -Toshkentgami? Biz bilan ketavergin, - dedilar. - Rahmat, opa, yaxshi boringlar, - dedim hijolat bo‘lib, ham opaning takliflarini shunchaki aytilgan bir gap deb o‘ylabman. - Yo‘q, senam o‘sha biz ketayotgan Toshkentgami? - dedilar kulib. - Ha, lekin...- opa bilan bir mashinada ketishdan ham xursand, ham ming hijolat tortardim. Mashinaning orqa o‘rindig‘ida yo‘lga tushdik. Opa o‘rtamizga chiroyli atirguldek qilib o‘ralgan bir tuguncha qo‘ydilar. Ko‘rinishidan tugundan ko‘ra did bilan o‘ralgan sovg‘a qutisiga o‘xshardi. Yarim yo‘lga borgach opa kimgadir sovg‘a qilib olib borayotgan bo‘lsalar kerak deb o‘ylaganim - tugunga ishora qilib: -Ha, aytmoqchi, qorning ochgandir. Buni ochgin-chi, nima borikin,-dedilar. Ochdim. Kichik savatchada sochiqqa o‘ralgan, guldek O‘ZIMNING QIZIM... Enaxon ustoz... Hech o‘zimga kelolmayapman. Opa haqlarida nimadir yozish tugul, ular haqida yozilganlarni o‘qiyolmay qoldim. Kitob javonimda opaning ixchamgina, kamtarin kitoblari. Birinchi saxifasidagi ismimga «oyim” qo‘shimchasi bilan bezak va mehr berilgan dastxatlari ko‘z yoshlarimdan xira tortdi. qilib tugilgan somsalar ekan. Haliyam iliqqina edi. -Bu tugunchaga maxliyo bo‘layotgandim, ichidagisi bundanam go‘zal. Yeyishga xayfing keladi-ya, kimning ijodidan bu, opa? - dedim. Opa kulib: -Yo‘lda yersiz deb qizim olib chiqibdi. O‘zining ijodi, ol, osh bo‘lsin, - dedilar. -Qaysi biri, - dedim, opaning to‘rtala qizlarini ko‘z oldimdan o‘tkazib. -O‘zimning qizim. Beshta qizim bor-ku. Bu o‘zimning qizim ijodidan, - dedilar. Yagona kelinlarini nazarda tutayotganlarini anglaganim zahoti opaga yanada mehrim oshdi. Keyinchalik yana bir gal ana shu mahnoda, yahni qaynonalik mehri va zulmi haqida gap ketgandi. Opaning: «Birovning bolasiga Ollohdan qo‘rqib chinakam mehr va sabr bilan munosabat qilish, o‘zinikilar qatoriga qo‘sha olish – yetimning boshini silashga to‘g‘ri keladigan savob berarkan. Iloyim, O‘zi bilguvchi yana...» deganlarini, menga dalda berganlarini eshitib yana o‘sha mashinadagi suhbatimiz yodimga tushgandi. Ha, shunday, Enaxon opa ustozlik, odamiylik, onalik va qaynonalikni ham o‘rniga qo‘yolgan inson edilar. Oxiratlari obod, barcha yaxshiliklari Opaning oxiratlariga joriy – o‘lmas , davomiy sadaqasi bo‘lsin! «O‘zlarining yagona qizlari” esa kelajakda tarbiya qilayotgan o‘g‘illarining ayollariga Enaxon opadek Ona bo‘lolsinlar! Nargiza YOQUBJON QIZI, maktabning ota-onalar kengashi raisi.
16 2022-yil 20-noyabr №8 BUYUKLAR Keyinchalik Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchisiga aylandim. Maktabimizning ko‘p tadbirlarida ustozni ko‘radigan bo‘ldim va ular bilan har bir uchrashuvim menga hayotda yutqizmasligim uchun, pand yemaslik uchun masouliyatli bo‘lishim kerakligini qayta va qayta uqtirib boraverdi. Har ko`rganimda siri bosadigan, viqorli ustozimning vafoti haqidagi xabarga avval ishonmadim, keyin ko`zimga yosh to‘lib-toshdi. 9-sinfda Zomin seminariga ijod maktabim nomidan boradigan bo‘ldim. Enaxon ustoz bilan birga borib, birga qaytdik. Shundagi suhbatlari, nasihat, duolari kechagidek esimda turadi. O‘shanda buvim mendan xavotirlanib, ustozga ko‘p bora telefon qilaverdilar. Shundoq ham telefondan bo‘shamoyatganlari uchun judayam hijolat bo‘ldim. Bir-ikki gapimdan uyalayotganimni sezib: “Xavotir olishsa, hijolat bo‘lmang, xursand bo‘ling! Kerakligingizni his qiling!”— dedilar jilmayib. Shundayin xursand bo‘ldimki, eslasam haligacha yuzimga tabassum yuguradi. Chunki men ana shu lahzagacha ustozni talabchan va jiddiy rahbar sifatida qabul qilardim. Ayni shu safar davomida ularni mehribon ustoz, samimiy ayol sifatida kashf qilganman. Zulfiya mukofotining respublika bosqichiga chiqqan yillarim yonlariga hujjatimni imzolatgani ko`p bora kirardim. Shularning birida: “Esingizdan chiqmasin, mukofot ololmaslik sizni qo`rqitmasligi kerak, yozolmay qolishdan qo`rqing”,— YO‘LIMIZNI YORITUVCHI O’shanda 7-sinfda o‘qirdim. Yozyovonda — tumanimiz markazida Ibrohim ofurovni kutib olish marosimi SABOQLAR tashkillanadigan va shu tadbirda ijodkor o‘quvchi sifatida ishtirok etadigan bo‘ldim. Omadim kelmadimi yoki rostakamiga masouliyasizligim sababmi, tadbirga ozgina kech qolib bordim. Bosh tashkilotchi, ijodiy kecha endi boshlangan bo‘lsa-da, chiqishimni bekor qildi. Aytgan gaplarini hali-hamon eslayman: «Masouliyasizlik sizga hali ko‘p pand beradi!» Tadbir tashkilotchisi Enaxon Siddiqova edi... Ustoz birinchi ko‘rishimdayoq qatoiyatli, talabchan va alohida taokidlab aytish kerak, masouliyatli ayol sifatida xotiramga muhrlanib qolgan... degandilar. Garchi o`sha payt o`z osmonimda uchib yurib bu gapni his qilmagan esam-da, keyinchalik hayotning o`zi Enaxon ustozning haqiqatini tushuntirdi. Zulfiya mukofotini olish baxti nasib etmadi menga. Lekin bu keyinchalik yozolmay qolish azobidek og`riq bermaganini angladim. Yana qachonlardir yozsam, qiynasa, Enaxon Siddiqovani sog`inib-sog`inib yodga olsam kerak. Farg`onaga poytaxtdan qaysi ijodkor tashrif buyurmasin, Enaxon ustoz tashabbusi bilan ijod maktabimizga ham albatta kelishar, ustoz iloji boricha isteododimizni ko`rsatishimizga, namoyon qilishimizga sharoit yaratib berardilar. Biz ijod maktabining birinchi qaldirg`ochlari edik. Farg`onamizning o`ktam ayoli maktabga ilk bor qadam qo`ygan kunimiz— kutib olish marosimida ham, bitiruv kechamizda ham biz bilan birga edilar. Ezgu tilak, umidlarini aytib kuzatgandilar. Erishganlarimizni qo`ltiqlab, ishonchingizni oqladik, deb borish nasib qilmadi. Lekin ustozning ishonchi, xotirasi haqqihurmati, bizdan neni kutgan bo`lsalar, barchasini ro`yobga chiqarishimiz kerak degan ahd bor dilimizda. Enaxon Siddiqovani hali ko`p yodlaymiz, yaxshi davralarda xotirlaymiz. Ijodining, yozmishlarining umri boqiy bo`lsin! Muattar MAMATKARIMOVA, Mirzo Ulubek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi.
17 2022-yil 20-noyabr №8 BUYUKLAR Qishloqlarda kichik qizlarning katta orzulariga bugunning xom xayoli, ertaning sarobidek qaralishi yoqmaydi. Fikrimcha, katta yo‘llarga katta orzu-havaslar olib chiqadi. Endigina sheor yozishni boshlagan choim Farona shahrida, Navoiy haykali poyida o‘tkazilgan so‘z mulkining sultoni xotirasiga baishlangan tadbirda ilk bor taniqli ijodkorlarni uchratganman. Tabiiyki, tadbirda barcha qizlar faronacha milliy kiyimlarda edik. Qish kuni bo‘lgani sabab ustozlar orasidan nurli bir ayol yonimizga ikki-uch bor kelib, nim tabassum bilan bizdan xabar olib ketdi. Yonimdagi yoshi mendan Beqiyos edilar… biroz katta va ushbu davralarga mendan oldin kirib kelgan yosh ijodkor qizlardan eshitishimcha, bu ayol ustoz Enaxon Siddiqova. Наъотки… Avvallari faqat ismlarini eshitganim, kitoblarinigina ko‘rganim uchun yonimizga kelgan damlarida tanimagandim. Tadbirning so‘ngiga qadar ustozning xatti-harakatlarini va sahnada chiqqan paytlari so‘zlashlarini ko‘z uzmay, bolalarcha havas bilan kuzatardim. O‘sha lahzalarda yaxshi ijodkor hamda yaxshi shaxs bo‘lib yetishish mumkin ekanligiga amin bo‘lganman. Tadbir davomida kelajakka, so‘zga bo‘lgan masouliyat hissini uyonishiga sababchi insonni toganim quvontirdi. Keyinchalik ijod maktabida tahsil olishni boshlaganim ustozga, ustozning barchaga birdek beriladigan tuganmas mehrlariga yaqinlashtirdi. Xotiramning eng go‘zal sahifalarida beqiyos shoiraning, munis ayolning o‘rni kattalashib borardi. Faronamizning chinakam jonkuyari ekanliklari amaldagi ishlarida yaqqol ko‘rinib turadi. Yana aytishimiz mumkinki, ustoz faqatgina xalq uchun yashab qolmadilar, xalq uchun yashaydigan yangi avlodni tarbiyat qildilar. Gulzoda O‘RINBOYEVA, O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti talabasi.
18 YIG’I 2022-yil 20-noyabr №8 ENAXON OPAM VAFOTIGA Xudo bergan opamizni berib qo‘ydik... Uncha-muncha chalalardan mardroq edi. Bo‘yin bukib turishibdi dirdov qo‘ydek, Atirgulday yuragini shular yedi. Oftobning bir parchasin muz yerga qo‘ydik, Xudo berdi kimlargadir, xudo berdi... Iqbol MIRZO, O‘zbekiston xalq shoiri Aziz singlim, O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqovani eslab Onamni sog‘insam to‘kilar yurak, Mehriga sig‘insam ezilar ko‘ksim, Dard bir zolim ekan – bevafo tilak, Tilagim to‘kilib yo‘llarda qoldi, Enaxon singlim-ey, Onajon singlim! Satrlaring qalbim to‘rida cho‘g‘dir, Ona deb ingrangan baytlaring o‘tdir, Qalam tutgan qo‘ling Vatan deb titrab, Sheʼrlaringdan yurtda har ko‘ngil to‘qdir, Enaxon singlim-ey, Onajon singlim! Xalqni keng bag‘ringga chorlagan eding, Umidlaring baxtga boylagan eding, Farg‘ona ufqidan bor yulduzlarning Nurini har dilga joylagan eding, Enaxon singlim-ey, Onajon singlim! Sen o‘lmading, singlim, har onimizdasan, Sen qalbimizdasan, yonimizdasan, She‘yrda qolgan mehru jonimizdasan, Yog‘dusan, so‘nmaysan, qonimizdasan, Enaxon singlim-ey, Onajon singlim! Guliston MATYOQUBOVA, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri USTOZIM VAFOTIGA Endi dildan dog‘lar unib chiqodir, Yig‘im kelsa, ohlar unib chiqodir, G‘amlar sizsiz tik qomatim yiqodir, Iymonining quli bo‘lgan Ustozim, Yaratganning Guli bo‘lgan Ustozim! Dardlar kelsa, onam kabi mehribon, Saratonda soya tutgan soyabon, Farishtaday qadr topgan qadrdon, Iymonining quli bo‘lgan Ustozim, Yaratganning Guli bo‘lgan Ustozim! Onagulim, dona gulim, munisim, Quyosh dilim, mehribonim anisim, Xudoyimga aziz bo‘lgan azizim, Iymonining quli bo‘lgan Ustozim, Yaratganning Guli bo‘lgan Ustozim! Siz ketgan kun, suvlar toshib yig‘ladi, Qirg‘og‘idan oshib-oshib yig‘ladi, Siz ketgan kun osmonimga sig‘madim, Iymonining quli bo‘lgan Ustozim, Yaratganning Guli bo‘lgan Ustozim! Oh, Farg‘ona, bir shoiring qayda-yo, Fig‘onlaring u qoldirgan nayda-yo, Oqib ketdi, shoshib-shoshib soyda-yo, Iymonining quli bo‘lgan Ustozim, Yaratganning Guli bo‘lgan Ustozim!
YIG’I 2022-yil 20-noyabr №8 Nahot, diydor qiyomatga qolgaydir, Jon Farg‘ona sizni yodga solgaydir, Shogirdingiz dilin o‘rtab yongaydir, Iymonining quli bo‘lgan Ustozim, Yaratganning Guli bo‘lgan Ustozim! Abduhayot ABDUQODIROV, Erkin Vohidov ijod maktabi matbuot kotibi FARG‘ONADAN KETIB BORAR Qahratonning shum qilichi yuragingiz tildimi? Egningizga vaqti yetmay kafanini ildimi? Bu kafanni ishonmayman, oppoq qorlar tikdimi? Farg‘onadan ketib borar, Enaxoni o‘zbekning. Bir qarashda qizlarini ma’rifatga boshlagan, Qay qizing bor, saxovatda qoyalardan oshmagan?! Qay qizing bor, she’rin aytib daryolardek toshmagan?! Farg‘onadan ketib borar, Enaxoni o‘zbekning. Yetmish yoshga yetolmagan armon bo‘ldi bizlarga, Yetim qoldi, taskin beray yetim qolgan qizlarga. Shogirdlari alamini yozar endi izlarga. Farg‘onadan ketib borar, Enaxoni o‘zbekning. Yuragida g‘ubori yuq, inson edi insonday, She’riyatga xizmat qildi jannatdagi g‘ilmonday. Yozganlari elga aziz, onam yopgan shirmonday, Farg‘onadan ketib borar, Enaxoni u’zbekning. Mayli bir kun ro‘mol o‘ra motam tutgil, samoyim, Jannat bilan siylasinlar Enaxoni Xudoyim. Yig‘lab yozdim, qabul ayla tilaklarim iloyim, Yana ketdi she’riyatda bitta joni o‘zbekning, Farg‘onadan ketib borar, Enaxoni o‘zbekning. Eldorbek TATIYEV, Qozog‘iston Respublikasi, Turkiston viloyati, “Qos qanat” fondi raisi 2 2022-yil 20-noyabr №8 Maktab yangiliklari Har bir inson ong-u shuuriga Vatanimiz ramzlariga nisbatan chuqur hurmat tuygʻularini singdirish, umummilliy va ehtirom timsollari boʻlgan bayroq, gerb va madhiyamizni ulugʻlash va ardoqlash barchamizning muqaddas burchimizdir. Ushbu davlat ramzlaridan biri Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi qonuni 1991-yil 18-noyabr kuni qabul qilindi va shu kundan boshlab Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun milliy iftixorimiz sifatida katta tantana bilan nishonlab kelinmoqda. Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi!” mavzusida maʼnaviymaʼrifiy va madaniy tadbirlar, ochiq darslar hamda “Maʼrifat soatlari”ni oʻtkazildi. Ijod maktabi hududi boʻylab bayroqlar hamda uni aks ettiruvchi targʻibot vositalari oʻrnatildi. MUQADDASDIR VATAN BAYROGʻI Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 31 yilligi Fargʻona viloyati boʻylab keng nishonlandi Tantanali oʻtkazilgan bayram tadbiri “Ijodkorlar bogʻi”da tashkillandi va harbiylar, murabbiyoʻqituvchilar, oʻquvchilar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Bir chiziqda saf tortgan, gʻurur ila Vatan bayrogʻini qoʻlida tutgan ijod maktabi isteʼdodli oʻquvchilarining qalbini, ong-u shuurini yana bir bor faxrga, iftixorga toʻldirgan bayramning tarovati, jozibasi butun umrga tark etmaydi degan umiddamiz. Harbiy orkestorlarning harbiy qoʻshiqlari, ijod maktabi oʻquvchilarining ijodiy, bayramona chiqishlari, Margʻilon shahar sport maktabi sportchilarining sport oʻyinlari har bir yurtdoshimizga oʻzgacha shukuh ulashdi. Jonajon yurtimiz osmoni bayroqning butun uzunligi boʻylab oʻtgan toʻq moviy rang kabi musaffo, Vatanimizning taraqqiyot yoʻli va har birimizning hayot yoʻlimiz bayroqdagi oq rang kabi pok hamda toʻq yashil rang kabi farovon boʻlsin. Ushbu muhim sana – qutlugʻ kun barchamizga muborak boʻlsin! 11-noyabr kuni – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Prezident taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida 9-, 10-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Yosh kitobxon” tanlovining maktab bosqichi tashkil etildi. Tanlovning maqsad va vazifalari yozuvchi, adib va mutafakkirlarning adabiy merosini, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur oʻrganish va targʻib etish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yoshlarimizni vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdan iborat. Ushbu tanlovda faxrli 1-oʻrinni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 9-sinf oʻquvchisi Durdona Baxtiyorova egallab, munosib natija koʻrsatdi. “YOSH KITOBXON” SOVRINI SARI ILK QADAM HAYOT SABOQLARI 2022-yil 20-noyabr №8 kattani muqaddam qoʻyishni oʻrgatganlar. Buyuk sahobiy Molik ibn Huvayris roziyallohu anhu shunday dedilar: “Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga bordik. Birga borgan sheriklarim bilan mening yoshim teng edi. U zotning oldilarida yigirma kecha turdik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam rahmli va muloyim zot edilar. U zot bizni oʻz ahlimizni mushtoq qilib kuttirib qoʻydi, deb oʻyladilar va bizdan qoldirib kelgan qavmimiz haqida soʻradilar. Biz kimlarni qoldirib kelganimizni u zotga aytdik. Shunda u zot: «Ahllaringizga qaytinglar va ular bilan birga turinglar. Ularga (mendan oʻrganganlaringizni) oʻrgatinglar va (oʻrgatganlaringizga amal qilishlarini) buyuringlar. Agar namoz vaqti boʻlsa, biringiz azon aytsin, yoshi kattarogʻingiz imomlikka oʻtsin” dedilar». Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan. 18. Mehmondorchilikda taom va boshqa narsalarni ulashish odobi. Ziyofat va ulugʻlashda kattalarni va fazl egalarini muqaddam qoʻyish lozim. Beradigan va ulashadigan narsalarni avval ulardan boshlash kerak. Imom Muslim oʻzlarining “Sahih” laridagi “Taom va sharobga tegishli odob va hukmlar” degan bobida Huzayfa ibn Yamon roziyallohu anhudan quyidagi rivoyatni keltiradilar: “Biz agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga taomga chaqirilsak, to Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ovqatga qoʻl choʻzmagunlaricha biz choʻzmas edik”. Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Sizlarning ichingizda menga eng yaqiningiz yoshi ulugʻ va farosatli, aqlli, zehnu zakovatlilaringiz, keyin ulardan keyingi oʻrinda turadiganlaringiz, keyin ulardan keyingi oʻrinda turadiganlaringiz, keyin ulardan keyingi oʻrinda turadiganlaringiz”. Abu Muso Ashʼariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Soch-soqoli oqargan musulmonni, Qurʼonni yodlab, unga amal qilishda haddidan oshmagan va amal qilmasdan tashlab ham qoʻymagan qorini hamda adolatli sultonni hurmat qilish, ularga ikrom koʻrsatish Allohni ulugʻlash turkumiga kiradi”. Abu Dovud rivoyati. Bu hasan hadis. Baʼzilar ishlarni oʻng tomondan boshlashga targʻib boʻlib kelgan hadislarni notoʻgʻri tushunib: “Taom va hadyalarni kim boʻlishidan qatʼi nazar oʻng tomondan boshlash lozim” deyishadi. Bu hukm oʻtirganlarning hammasi yoshda, ilmda, fazlda teng boʻlsalargina joriy qilinadi. Ammo hamma ilm va fazlda teng boʻlsayu, bir kishining yoshi boshqalardan kattaroq boʻlsa, avval undan boshlanadi. 19. Musulmon kishining oʻz ota-onasi bilan gaplashish, ularning yonida ovozini past-baland qilish hamda ular bilan birga yurishdagi odoblari. Ota-onangiz bilan birgaligingizda odobga qattiq amal qiling. Chunki, ular siz ehtirom qilishingizga eng loyiq va eng haqli kishilardir. “Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: “Ey, Allohning Rasuli, mendan goʻzal muomalani koʻrishga insonlardan eng haqlisi kim” dedi. U zot: “Onang, soʻngra onang, soʻngra onang, keyin otang, undan keyin yaqin qarindoshlaring” dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Hishom ibn Urva otasidan rivoyat qiladi: “Abu Hurayra roziyallohu anhu bir kishining boshqa bir kishining oldida ketayotganini koʻrib: “Bu odam senga kim boʻladi” deb soʻradilar. U: “Otam” dedi. Shunda u zot: “Otangning oldida yurma, u oʻtirmagunicha sen ham oʻtirma va uni ismi bilan chaqirma” dedilar. Buni Buxoriy “Al-adab al-mufrad”da, Abdurrazzoq esa oʻzlarining “Musannaf” nomli kitoblarida rivoyat qilishgan. Ulugʻ tobein Tovus ibn Kayson shunday deydi: “Toʻrt kishini hurmat qilish sunnatdandir: olim, soch-soqoliga oq tushgan musulmon, sulton va ota. Kishi otasini ismi bilan chaqirsa, unga jafo qilgan boʻladi”. Imom Buxoriy nomli Toshkent islom istituti bitiruvchisi Nozimjon Iminjonov tarjimasi asosida Abdurahmon LATIPOV tayyorladi. 2 SUHBAT 2022-yil 26-oktabr №7 — Assalomu alaykum, ustoz! Siz o‘z ijodingiz bilan ona tilimiz ravnaqiga katta hissa qo‘shib kelyapsiz. Ayting-chi, aynan shu yo‘lni tanlashingizga nimalar turtki bo‘ldi? — Va alaykum assalom! Har qanday ijodkor uchun, avvalo, ijod manbai ham, suyanadigan kuchi ham bu, shubhasiz, uning ona tilidir. Tilni yaxshi bilmasdan, unga muhabbat qo‘ymasdan biron yaxshi narsa yozish mumkin emas. Chunki tilning o‘zi ijodkorga katta quvvat beradi. Til uning ijodiy yo‘nalishlari harakatini, mohiyatini belgilab beradi. Men bolaligimdan so‘zlar tarixi va o‘zbek xalq iboralariga juda qiziqqanman. Keyingi yillarda, aniqrog‘i 15 yildan buyon tilimizdagi so‘zlarning tarixi, paydo bo‘lishi,kelib chiqishini o‘rganish bilan shug‘ullanyapman. Bu borada menga marhum ustozimiz Erkin Vohidov juda katta rag‘bat bergan. Erkin aka so‘zlar etimologiyasi haqida matbuotdagi ilk chiqishlarimni ko‘rib, mana shu yo‘nalishda ishimni davom ettirish zarur ekanligini ta’kidlaganlar. U kishining “To‘xtamang!” degan gapi hamon menga da’vat bo‘lib keladi. Dunyo olimlarining fikricha, globallashuv, ommaviy madaniyat ta’sirida XXI asrda 600 ta til yo‘q bo‘lib ketish arafasida turibdi. Bu 600 ta millat taqdiri xavf ostida qolyapti deganidir. Qaysi millatning tili yo‘qolsa, TIL BOR – MILLAT BOR “O‘zbek tili bayrami” munosabati bilan Erkin Vohidov ijod maktabi o‘quvchisi Gulyora Hoshimjonova taniqli shoir, ustoz ijodkor Eshqobil SHUKUR bilan suhbat uyushtirdi. o‘sha millatning o‘zi ham tarix maydonini tark etishga majbur bo‘ladi. Shuning uchun ham har bir millat ijodkorlari o‘z ona tilining taqdiri uchun kurashishi shart va buni Vatan va millat taqdiri deb anglashi kerak. — «Bobo so‘z izidan» asaringizni kitobxonlar kerakli qo‘llanma, «Izohli lug‘at» yoki o‘z zaxiralarini boyitish maqsadida ham foydalanishlari mumkin. Uning yozilish tarixi qanday? — Bu asar mening keyingi yillarda qilgan eng katta ishlarimning biri desam, mubolag‘a bo‘lmas. Dastlab, 2019-yilda bu kitobning birinchi nashri chiqdi. Va nihoyat, bu yil O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi ko‘magida to‘ldirilgan qayta nashri ikki baravar kengaytirilgan holda kitobxonlarga havola etildi. Kitobning sahifalari 300 betdan 600 betgacha yetdi. Yuqorida aytganimdek, so‘zlarning qanday paydo bo‘lganini anglash men uchun juda maroqli. Juda ko‘p allomalarning tom-tom kitoblarini, til haqidagi eng qadimiy toshbitiklargacha bo‘lgan manbalarni o‘rganaman, o‘qiyman. Umid qilamanki, ”Bobo-so‘z izidan“ ona tilimiz ixlosmandlarida qiziqish uyg‘ota oladi. — Sizning ijodingiz Vatan ruhi, so‘z va ma’rifat tarannumi asosiga qurilgan. Aynan shu mavzularni ilgari surishingizda nima ilhom HAYOT DARSI 2022-yil 26-oktabr №7 yechadigan joyga yechib kiring, poyabzalingizni tartibli qilib yeching, o‘z holicha yechib tashlab qo‘ymang, yechib kiyayotganda ham odobga muvofiq: kiyishni o‘ng oyoqdan boshlang, yechishni chap oyoqdan boshlang. Zero, sayyidimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam: «Birortangiz poyabzalini kiysa, o‘ng oyoqdan boshlasin, yechsa, chap tomondan boshlasin. O‘ng taraf kiyayotganda birinchi, yechayotganda ikkinchi bo‘lsin», dedilar. Muslim va boshqalar rivoyat qilishgan. O‘z uyingizga yoki birovning uyiga kirayotganingizda poyabzalingizni ko‘zdan kechiring. Agar unda biror nopok narsa bo‘lsa, uni yerga ishqalab tozalang. Chunki dinimiz islom poklik va ozodalik dinidir. 9. Mehmonga borgan odamning mezbonning uyida o‘tirish va uning ikromini qabul qilish odobi. Mezbon bilan joy masalasida tortishmang, u qayerni ko‘rsatsa, o‘sha yerga o‘tiring. Ehtimol, o‘zingiz istagan joyga o‘tirsangiz uy sohibining biror siz ko‘rishingiz mumkin bo‘lmagan narsasiga ko‘zingiz tushib qolar. Yoki bu o‘tirish bilan uy ahlini noqulay ahvolga solarsiz. Sizga qanday ikrom ko‘rsatsa, ikromini qabul qiling. Buyuk sahoba Adiy ibn Hotam roziyallohu anhuning musulmon bo‘lishlari qissasida shunday deyiladi: «U kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u kishini to‘shak ustiga o‘tirg‘izib, ikrom qildilar. O‘zlari esa, yerga o‘tirdilar». Adiy roziyallohu anhuning o‘zlari voqeani shunday bayon qiladilar: «So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni uylariga olib bordilar va ichi hurmo po‘stlog‘i bilan to‘ldirilgan ko‘rpachani yerga to‘shab: «O‘tir bunga» dedilar. Men: «Bunga o‘zingiz o‘tiring» dedim. U zot: «Bunga sen o‘tir» dedilar va o‘zlari yerga o‘tirdilar». Bu hadisni Ismoil ibn Kasir o‘zlarining «Al-bidoya vannihoya» kitoblarida zikr qildilar. Siz ham mehmonga borganingizda mezbon ko‘rsatgan joygagina o‘tiring. Mezbon buyurmagunicha biron bir so‘ri, divan yoki shu kabi narsalarga o‘tirmang. 10. Mehmondorchilikda o‘tirish odoblari. Mehmondorchilikda o‘tirirganingizda u yoq, bu yoqqa alanglab, ko‘zingizni jovdiratmang. Aksincha, o‘tirganingizda odob bilan o‘tiring. Berk javonlarni, sandiqlarni, sumkalarni va boshqa o‘ralgan narsalarni ochmang. Chunki bu islom odobiga va omonatdorlikka xilof ishdir. Shunda mezbonning sizga bo‘lgan hurmati va muhabbati yanada ortadi. 11. Mehmondorchilikka borish vaqtini va muddatini tanlash odobi. Mehmonga borishda har ikki taraf uchun ham munosib vaqtni tanlash lozim. Shuningdek, mezbonning uyida ham kerakli miqdorda o‘tirish kerak. Mezbonga malol keladigan, og‘ir keladigan darajada ko‘p o‘tirmaslik lozim. Ziyoratga, mehmondorchilikka noqulay va nomunosib vaqtda bormang. Masalan, taomlanish, uxlash, dam olish va boshqa shu kabi vaqtlarda bormaslik lozim. Imom Navaviy o‘zlarining «Al-azkor» nomli kitoblarida shunday deydilar: «Musulmon kishi solihlarni, aka-ukalarni, qo‘shnilarni, do‘stu birodarlarni va boshqa yaqinlarni ziyorat qilishi hamda ularga ikrom ko‘rsatishi, yaxshilik qilishi, silai rahm qilishi eng zarur mustahab amallardandir. Bu narsalarga esa ziyorat qilinadigan kishining holatidan kelib chiqib amal qilinadi. Ular yoqtirmaydigan, ularni noqulay ahvolga soladigan vaqtlarda ziyorat qilmaslik lozim. Balki, ular rozi bo‘ladigan vaqtda ziyorat amalga oshirilishi zarur. Bu borada vorid bo‘lgan hadislar juda ham ko‘p va mashhurdir». 12. Mehmonga borganda u joydagi katta va kichiklar bilan gaplashish odobi. Mehmonga borganingizda u yerdagilar bilan vaziyatga mos mavzuda va kerakli miqdorda gaplashish lozim. Agar siz o‘tirganlarning ichida eng kichigi bo‘lsangiz, biror kishi savol berib biror narsa so‘ramagunicha, hech narsa gapirmang. Yoki sizning gapiradigan gapingiz vaziyatga mos bo‘lsa, o‘tirganlarni hursand qilsa gapiring. Gapni cho‘zib yubormang, gapingizning mavzusi, ohangi majlis ahliga hamda o‘zingizning maqomingizga mos bo‘lsin. 13. Mehmonga borganda u yerdagilarga salom berish va ulug‘ kishilar bilan ularga mos tarzda muomala qilish odobi. Mehmonga borsangiz, u yerdagilarga salom bering. Qo‘l berib ko‘rishishni u yerdagi ulug‘lardan, yoshi kattalardan boshlang. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Kattani hurmat qil» dedilar. Boshqa bir rivoyatda esa: «Yoshi ulug‘ni e’zozla» dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Abu Ya’lo va Tabaroniylarning rivoyatida esa: «(Hurmatu e’zozni) kattalardan boshlanglar» deganlar. 2 MAKTAB HAYOTI 2022-yil 26-sentabr №6 Biz mamlakat tarixidagi ta’limga ko‘rsatilayotgan e’tibor eng yuksak darajaga ko‘tarilgan davrda yashayapmiz. Bugun sohani rivojlantirish uchun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan ilgari surilayotgan islohotlar haqiqiy ma’noda ta’limning taraqqiyotiga xizmat qiladi. BAYRAM SHUKUHI 5-sentabr kuni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida «Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz» shiori ostida «Birinchi qo’ng’iroq» tadbiri bo’lib o’tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmoni imzolandi MUKOFOT MUBORAK BO’LSIN USTOZ! Tahririyat manzili: Marg‘ilon shahar, Turkiston ko‘chasi, 138-uy. Bizni @erkinvohidovmaktabi telegram manzili orqali kuzatib boring. TAHRIRIYAT KENGASHI: Nilufar ERGASHEVA – 11- sinf Gulzoda TURDALIYEVA – 11 – sinf Murodil SOBIROV – 9 –sinf Nigina ERGASHEVA – 10-sinf Rasmlar muallifi: Abduhayot Abduqodirov MUASSIS: Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi TAHRIR HAY‘ATI: Bahodir ISO Gulchehra ASRONOVA Muhammadamin NURMATOV Jamoliddin BADALOV Mahmudxon QO’CHQOROV O‘zbegim Adabiy, ilmiy-ma‘rifiy jurnal Bosh muharrir: Nigora MANNOPOVA 19 HAYOT DARSI ko‘rsatadi. Agar nima narsadan muloyimlik yo‘qolsa, u narsani qo‘pol va hunuk qilib ko‘rsatadi”. Muslim rivoyati. 2. Uyga kirishda xonadon ahliga salom berish. Agar uyingizga kirsangiz, oila a’zolaringizga “Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh” deb salom bering. Ushbu salom lafzi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga o‘rgatgan, o‘zlari ham aytgan salomdir. Buyuk tobeinlardan Qatoda rahmatullohi alayh shunday dedilar: “Agar uyingga kirsang, oila a’zolaringga salom ber. Zero, ular sening salomingga eng haqli kishilardir”. 3. Hovliga kirayotganini uy ahliga sezdirish. Hovlingizga kirayotganingizda ichkaridagilarga buni sezdiring. Shunda ularning ustlariga to‘satdan kirib qolmaysiz yoki zimdan kuzatib yurgan kishidek bo‘lib qolmaysiz. Abu Ubayda Omir ibn Abdulloh ibn Mas’ud rahimahulloh dedilar: “Otam, ya’ni Abdulloh ibn Mas’ud agar hovliga kirsalar ichkaridagilarga buni sezdirardilar: ovozlarini biroz ko‘tarib gapirardilar, natijada uydagilar buni sezib darhol o‘zlarini o‘nglab olardilar”. Abdulloh ibn Imom Ahmad dedilar: “Otam agar masjiddan uyga qaytsalar hovliga kirishdan oldin oyoq kiyimlarini yerga urib, kirayotganlarini ichkaridagilarga bildirardilar, ba’zan tomoq qirib kirardilar”. 4. Hovlining ichidagi xonalarga kirishda uy ahlidan ruxsat so‘rash odobi. Agar oila a’zolaringizning birortasi o‘z xonasida o‘tirgan bo‘lsa-yu, siz u erga kirmoqchi bo‘lsangiz, ruxsat so‘rab kiring. Shunda ichkaridagi yaqiningizni siz yoqtirmagan yoki u yoqtirmagan holatida ko‘rib qolmaysiz. Tobeinlardan Muso ibn Talha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhumo shunday dedilar: “Otam bilan birga onamning oldilariga kirayotgan edik. Otam kirdilar. Ortlaridan men ham ergashgan edim ko‘kragimdan itardilar. Men erga o‘tirib qoldim. Shunda otam: “Ruxsat so‘ramay kirmoqchimisan?!” dedilar”. Jobir roziyallohu anhu: “Kishi o‘z ota-onasi qari bo‘lishsa ham ulardan izn so‘rab oldilariga kiradi. Bundan tashqari aka-ukasidan, opa-singlisidan va farzandlaridan ham ruxsat so‘rab kirishi kerak” dedilar. 5. Darvozani chertish odobi. Agar siz do‘stingizni yoki ba’zi bir tanishlaringizni yoxud biror begona kishining darvozasini chertmoqchi bo‘lsangiz, ohistalik bilan muloyim tarzda cherting. Qo‘pollik va shoshqaloqlik bilan chertib, ichkaridagilarni qo‘rqitib, odobsizlik qilmang. Albatta, bunday ohistalik bilan eshikni chertish ichkaridagi kishilar eshikka yaqinroq bo‘lishganda amalga oshiriladi. Ammo ichkaridagilar darvozadan uzoqroqda o‘tirgan bo‘lishsa, eshikni ular eshitadigan darajada chertiladi. Biroq shunda ham ushbu chertishga qo‘pollik va dag‘allik mutlaqo aralashmasligi lozim. Yana Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: “Kim muloyimlikdan mahrum bo‘lgan bo‘lsa, barcha yaxshiliklardan mahrum bo‘libdi” deganlar. 2022-yil 26-sentabr №6