The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by b_e_2012, 2024-05-23 06:55:07

Vatanparvar 21-son

Vatanparvar 21-son

MILLIY ARMIYAMIZ YANGI O‘ZBEKISTONNING MUSTAHKAM QALQONIDIR! Gazeta 1992-yilning 24-iyunidan chiqa boshlagan 2024-yil 24-may, №21 (3083) t.me/mv_vatanparvar_uz t.me/mudofaavazirligi IJTIMOIY-SIYOSIY, MA’NAVIY-MA’RIFIY, HARBIY-VATANPARVARLIK GAZETASI BIZ HAQIMIZDA youtube.com/c/uzarmiya instagram.com/mudofaavazirligi facebook.com/mudofaavazirligi [email protected] www.mv–vatanparvar.uz VATANPARVAR YOSHLAR – KELAJAK BUNYODKORLARI MILLIY ARMIYAMIZ YANGI O‘ZBEKISTONNING MUSTAHKAM QALQONIDIR! Gazeta 1992-yilning 24-iyunidan chiqa boshlagan 2024-yil 24-may, №21 (3083) VATANPARVAR UMARXON HUKMRONLIGI DAVRIDAGI HARBIY QO‘SHIN FAOLIYATI 11 MIRSHAROPOV 4-5 VA UNING 17 NAFAR OFITSERI “SHUNQORLAR” 13 TERMIZDA BELLASHDI YOSHLARIMIZ 19 AKALARI IZIDAN KURSDOSHLAR 6 GENERALI


2 № 21 24-may VATANPARVAR 2024-yil Kelajagimiz egalari Ayni kunlarda tavsiyanomalarni topshirish tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Mudofaa vazirligi markaziy apparatida bo‘lib o‘tgan tadbirda 25 nafar yoshga mana shunday tavsiyanomalar topshirildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar bugungi kunda yurtimizda harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolariga yaratilayotgan sharoitlar, mustahkam ijtimoiy himoyaning amalga oshirilayotgani haqida so‘z yuritdi. – Bugun barchaning, ayniqsa o‘g‘il-qizlarimizning ko‘zlarida quvonch, – deydi Mudofaa vazirligi xotin-qizlar va harbiy xizmatchilar oila a’zolari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi Zulfiya Mansurova. – Boisi ular oliygohlarning talabalari bo‘lish uchun qo‘shimcha imkoniyatni qo‘lga kiritdi. Ota-onalarning esa yuragida hayajon. Chunki ular Vatan uchun qilgan xizmatlari mahsuli bugun farzandlarining kelajagiga ijobiy ta’sir qilayotganining guvohi bo‘lmoqda. Bugungi tadbirda yoshlar harbiy xizmatchining farzandi ekanidan yana bir bor g‘urur tuyg‘usini his etdi. Yanada ko‘proq bilim olishga, ota-onasiga munosib farzand bo‘lish uchun doimo harakatdan to‘xtamaslikka va’da berdilar. Bu esa bizni ham xursand qiladi. Ertamiz egalari bunday imtiyozdan ruhlanib, yuksak marralarni zabt etishlariga ishonamiz. Mana shunday tavsiyanoma Qurolli Kuchlar tizimida bir necha yildan buyon xizmat qilib kelayotgan kichik serjant Shamil Ummatovning farzandi Sevinch Dangalovaga ham nasib etdi. Biz Sevinchning so‘zlariga quloq tutdik. – Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda qo‘shimcha 5 foizli kvotaga ega bo‘lish ham odamni quvontiradi, ham mas’uliyat yuklaydi, – deydi u. – Chunki bu imtiyoz berilgan rag‘bat o‘laroq ishonch demakdir. Avvalo, Yurtboshimiz tomonidan biz, yoshlarga bildirilgan ishonch, otamning Vatan tinchligi yo‘lida qilayotgan xizmatlariga berilgan ishonchdir. Bu ishonchni oqlashimiz, munosib bo‘lishimiz zarur. Tavsiyanomagagina tayanib qolmay, bilim va ko‘nikmamni oshirib, davlat test imtihonlariga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqdaman. Kelajakda o‘zim tanlagan yo‘nalish bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib, yurtimiz ravnaqiga hissamni qo‘shish orqali bildirilgan ishonchni oqlayman deb va’da beraman. Bu imtiyoz harbiylik kasbini tanlab, yurt uchun xizmat qilayotganlar va ularning oila a’zolari uchun berilayotgan imkoniyatlarning bir qismi. Ishonamizki, ular ishonchni oqlab, eng nufuzli oliygohlarning talabalari bo‘ladi. Vatanparvarlik ruhidagi kuyqo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha fayz kiritdi. * * * Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug Termiz garnizonidagi harbiy qism ma’naviyat va ma’rifat markazida ham Termiz, Kakaydi, Xayrobod garnizonlaridagi harbiy qismlarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning 49 nafar o‘g‘ilqiziga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish imtiyozini beruvchi tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i polkovnik Po‘lat Sativaldiyev so‘zga chiqib, joriy yilda umumta’lim maktablarini muvaffaqiyatli tugatib, mustaqil hayotga yo‘llanma olayotgan yoshlarga omad tiladi. Shuningdek, marosimda harbiy xizmatchilarning farzandlari ham so‘zga chiqdi. Ular yoshlarga ko‘rsatilayotgan bunday g‘amxo‘rlik uchun chuqur minnatdorlik bildirdi va kelajakda bu ishonchni yorug‘ yuz bilan oqlashga va’da berdilar. – Bugun men ham imtiyozli tavsiyanomaga ega bo‘ldim. Bundan quvonchim cheksiz, – deydi podpolkovnik Bobur Bo‘ranovning qizi Aziza Bahodirova. – Bu yil Jarqo‘rg‘on tumanidagi 1-umumta’lim maktabini bitiryapman. Orzum – xorijiy til bo‘yicha mutaxassis bo‘lish. Shu bois Buxoro davlat universitetining Jahon tillari fakultetiga hujjat topshirmoqchiman. Kelgusida o‘z tanlagan sohamning yetuk mutaxassisi bo‘lib, Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti uchun sidqidildan xizmat qilsam deyman. Ro‘ziqul OCHILOV, “Vatanparvar” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan, jangovar-xizmat faoliyatida ijobiy natijalarga erishgan, harbiy mahoratni mukammal egallagan, malakali va intizomli harbiy xizmatchilarning farzandlariga imtiyoz asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishlari uchun tavsiyanomalar berib kelinmoqda. Mazkur imtiyoz ularga oliy ta’lim muassasalarida qo‘shimcha kvota bilan davlat granti asosida o‘qish imkonini beradi. ISHONCH RAMZI


24-may VATANPARVAR 2024-yil № 21 3 O‘quv-uslubiy yig‘in Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘mondonligi tashabbusi bilan “Nukus” umumqo‘shin poligonida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 435 ta mahallaning yoshlar yetakchilari uchun ikki kunlik o‘quv-uslubiy yig‘in tashkil etildi. 2024-yilda O‘zbekistonda Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili munosabati bilan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi harbiy-ma’muriy sektori hamda Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi boshqarmalari bilan hamkorlikda “Nukus” umumqo‘shin poligonida tashkil qilingan o‘quv-uslubiy yig‘inga mahallalar yoshlar yetakchilari jalb etilib, yoshlar bilan ishlashning yangi tizimi bo‘yicha ko‘nikmalar mustahkamlandi. Yig‘inning tantanali ochilishida so‘zga chiqqan Shimolig‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni generalmayor Farhodjon Shermatov, Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i Po‘lat Maxsetbayev, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi boshlig‘i Murat Kamalov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita boshlig‘i Tajiboy Romanov va boshqalar yosh avlodning qalbi va ongi uchun kurash kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaning o‘rni va ahamiyati ortib borayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Ertalabki badantarbiya mashqlari bilan boshlangan yig‘in barcha ishtirokchilar uchun harbiycha kun tartibiga qat’iy amal qilish, kun davomida vaqtni to‘g‘ri va unumli taqsimlashni o‘rgatib, bir kundan samarali foydalanish mumkinligini ko‘rsatib berdi. Ishtirokchilar yig‘in davomida harbiy okrug qo‘mondonligi tomonidan harbiycha kiyim hamda uch mahal kaloriyaga boy taomlar bilan ta’minlandi. Yig‘in doirasida turli mavzularda ma’ruzalar tinglanib, yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini bevosita mahallalarda hal etishning yangi tizimi haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi. Yangi O‘zbekiston yoshlarini ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy muhofazasi hamda harbiy-vatanparvarlik tarbiyasiga mas’ul davlat idoralari va tashkilotlari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash borasida tavsiyalar berildi. O‘quv-uslubiy yig‘inning amaliy qismida o‘q otish tayyorgarligi, yashovchanlik asoslari, harbiy-tibbiy tayyorgarlik, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Yakunda Qurolli Kuchlarimiz kuch tuzilmalarida foydalaniladigan texnika va qurol-aslahalar namoyishi tashkil etilib, ishtirokchilarga cho‘l sharoitida bo‘linmalarning yashovchanligini oshirish, harbiy xizmatchilarning kasbiy malaka va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashda foydalaniladigan o‘quv obyektlar tanishtirildi. Podpolkovnik Timur NARZIYEV, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati boshlig‘i Yoshlar yetakchilari dala maydonida


4 № 21 24-may VATANPARVAR 2024-yil Harbiy jadidlar – milliy qo‘shin asoschilari MILLIY QO‘SHIN. MATBUOTDAGI CHIQISHLAR XX asr boshlarida istiqlolga ega bo‘lib, zamonaviy davlat barpo etishni maqsad qilgan va bu yo‘lda moli-yu jonini ayamagan ma’rifatparvar jadidlar g‘oyalaridan biri milliy qo‘shinni yaratish edi. Zotan, barcha zamonlarda milliy qo‘shin mavjud davlatning eng muhim ramzlaridan biri – tayanchi o‘laroq e’tirof etiladi. Abdurauf Fitrat 1917-yilning 5-dekabr sanasida “Hurriyat” gazetasida chop etilgan maqolasida “...iqror etamanki: siyosiy, ilmiy, maishiy va askariy yo‘llarda zamon bizdin ko‘b ishlar talab etadur. Ammo bizda ishlayturg‘an odam nihoyatda oz va bori ham ishlamaydi va yo egri ketadi. Bu fursatlar o‘tganlaridek o‘tub ketar. So‘ngra pushaymonlikdin boshqa qo‘lda bir narsa qolmas, masalan, hozirda askariy va ilmiy ishlardan qochamizkim, bu bir bolaning maktabdin qochg‘anining o‘zginasidir”, deb yozgan edi. Shu yillar matbuotida Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Hoji Muin, Munavvarqori Abdurashidxonov, Ubaydulla Xo‘jayev kabi jadidlarning ham milliy qo‘shin masalalariga bog‘liq maqolalarini o‘qish mumkin. O‘sha davr matbuotini varaqlaganda harbiy ish bo‘yicha ko‘plab materiallar ko‘zga tashlanadi. Ularning ayrimlarini keltiramiz: “43 yoshli erkaklarni askarlikka olish”, “Musulmon askarlari syezdi tarqatilgani”, “Musulmon polklarini ajratish masalasi”, “Musulmon soldati kuni”, “Musulmon askarlari qurultoylari”, “Musulmon batalyonining tarqatilishi”, “Polyak askarlari soyuzining Turkiston muxtoriyatiga munosabati”, “Navbatdagi askar yig‘ish ishlari” (“Ulug‘ Turkiston”, 1917-yilgi sonlar); “Turkistondagi musulmon askarlari ne holda?” (Z. Rahmat. “Ishtirokiyun”, 1919-yil 9-fevral); “Toshkentda musulmonlar uchun harbiy maktab” (Abdurahmon Abdumalik. “Ishtirokiyun”, 1920-yil 29-aprel); “Umumiy askariy ta’limot haqida” (Salimxon Tillaxonov. “Ishtirokiyun”, 1920-yil 17, 18, 23-iyun); “Turkiston jumhuriyatida askariy tashkilot” (El o‘g‘li. “Qizil bayroq”, 1921-yil 8-mart); “O‘zbek maorif qurultoyi ham o‘zbek qizil askari” (H. Musayev. “Qizil bayroq”, 1922-yil 18-yanvar); “O‘rta Osiyodagi milliy harbiy maktablar birlashdi” (A. Bobojonov. “Turkiston”, 1924-yil 20-sentabr); “O‘rta Osiyo milliy harbiy maktabidan qochganlarga sud” (A. Bobojonov. “Turkiston”, 1924-yil 20-sentabr). Matbuotdagi bunday chiqishlardan Turkistonda milliy qo‘shinlarga kuchli ehtiyoj sezilgani va bu masala jadidlar o‘rtasida jiddiy muhokamalarga sabab bo‘lgani anglashiladi. MIRSHAROPOVNING ILK QADAMLARI Mustamlakachilar Turkiston erki va ozodligi uchun ko‘tarilayotgan isyonlarni bostirish niyatida harbiy mutaxassislarni shu yerning o‘zida tayyorlash uchun 1900-yilda Toshkent kadetlar korpusi, 1915-yilda praporshiklar maktabini ochdi. Inqilobdan keyin hukumat bolsheviklar qo‘liga o‘tgach, 1918-yilda Turkiston sovet qo‘mondonligi kurslari tashkil etildi. Mazkur va undan keyin tashkil etilgan harbiy maktablarga mahalliy xalq vakillari – o‘zbek, tojik, turkman, qozoq va qirg‘iz millatiga mansub yigitlar ham jalb etilib, ular ikki daryo oralig‘i va uning tevaragida sodir bo‘lgan harbiy harakatlarda faol qatnashadi. 1920-yil 17-martda Toshkent piyodalar qo‘mondonlik kursi deb qayta nomlangan bilim yurtida 1-apreldan o‘quv dasturiga o‘zbek tili fani ham kiritiladi. Shu yilning 12-noyabrida bo‘lib o‘tgan 5-bitiruvda Mirkomil Mirsharopov, Is’hoq Muqombayev, Ibrohim Murodov, Nurmat Muhamedov, Muhammad Rahimov kabi mahalliy xalq vakillari bor edi. Ular orasida Mirkomil Mirsharopov noyob harbiy iste’dodi bilan alohida ajralib turardi. Turkiston fronti qo‘mondoni M. Frunze 1920-yilning mart oyida 8 oylik harbiy kursni tugatgan Mirkomil Mirsharopov va Turg‘unpo‘lat Qirg‘izovni Xorazmga milliy harbiy qismlarni tashkil etish uchun yuboradi. Mirsharopov va Qirg‘izovning sa’yharakatlari natijasida Xorazmda alohida o‘qchi batalyon va otliq polk tashkil etildi. Uning rahbarligida 500 dan ortiq mahalliy millat vakillarini o‘zida jamlagan eskadron tuzildi. Xorazm Xalq Respublikasi e’lon qilingach, M. Mirsharopov 1921-yil 15-avgustda Respublika harbiy kengashi raisi va harbiy noziri etib tayinlanadi. Shu bilan birga 1920–1923-yillarda 1-Xorazm otliq polkining qo‘mondoni sifatida ham faoliyat olib boradi. QO‘MONDON MIRSHAROPOV Harbiy-nazariy bilimni mukammal egallash maqsadida 1925–1929-yillarda bo‘lajak Sovet Ittifoqi marshali Kliment Voroshilov bilan birga Frunze nomidagi harbiy akademiyada tahsil oladi. 1931-yildan boshlab 6-o‘zbek otliq askarlari polkiga komandir etib tayinlanadi. Keyinchalik bu polk 19-o‘zbek tog‘-otliq diviziyasiga aylantiriladi. Mirkomil Mirsharopov jangovar yo‘lning murakkab va mashaqqatli bekatlaridan o‘tib, 19-o‘zbek tog‘-otliq diviziyasining qo‘mondoni darajasigacha ko‘tarildi, shu diviziyaning qo‘mondoni sifatida xalq va armiya o‘rtasida katta shon-shuhrat qozondi, deb yozadi akademik Naim Karimov. Jadidlar hayoti va faoliyatini ko‘p yillar fi doyilik bilan o‘rgangan zahmatkash olim Naim Karimov so‘zlariga quloq tutamiz. – Abdulla Avloniy muallimlik qilgan maktabni tugatgan yoshlardan biri bo‘lajak mashhur o‘zbek sarkardasi Mirkomil Mirsharopov edi. Oradan ma’lum bir vaqt o‘tgandan keyin Mirkomil Mirsharopov katta harbiy martabalarga erishadi. Va natijada u 1930-yillarning o‘rtalarida Samarqanddagi tog‘-o‘qchi diviziyasiga polk komandiri etib tayinlandi. Men shu masalalar bilan shug‘ullanganim uchun shu narsada hayratga tushganmanki, bu diviziya butun ma’noda milliy qo‘shinlardan iborat edi. Uning milliy cholg‘u asboblaridan iborat o‘z orkestri ham bor edi. Karnay, nog‘oralar va boshqa musiqa asboblarida chalinadigan jangovar milliy musiqalari bo‘lgan. Harbiy safarlarga “Mirkomil Mirsharopov” degan marshni aytib borishgan. Keyin ma’lum bo‘lishicha, shu marsh so‘zini ajoyib shoirimiz Maqsud Shayxzoda yozgan ekan. IKKI DO‘ST Mirkomil Mirsharopovning harbiy bilim va mahorati tobora ortib borardi, bu holat hukumatni tashvishga soladi. Chunki u hukumat rahbarlaridan biri Akmal Ikromov bilan qalin do‘st edi. Naim Karimovning ta’kidicha, Mirkomil Mirsharopov Toshkentga kelganida Akmal Ikromovning uyida, Ikromov Samarqandga borganida Mirsharopovning uyida yashar edi. Ular birgalikda teztez Hamza nomidagi drama teatri premyeralariga borardi. Akmal Ikromov o‘g‘liga Komil deya ism qo‘ygani ham Mirkomil Mirsharopovga bo‘lgan hurmati yuzasidan bo‘lsa, ajab emas. 1960-yilda A. Ikromovning o‘g‘li Komil Ikromov Mirsharopov va uning harbiy faoliyatiga bag‘ishlangan “Karvon o‘tar, iz qolar” nomli tarixiy roman ham yozgan. MIRSHAROPOV MO‘G‘ULISTON VA SHIMOLIY KAVKAZDA Harbiy bilim yurti bitiruvchilaridan iborat, boshida Mirsharopov turgan o‘zbek milliy diviziyasining harbiy mashqlarda erishgan yutuqlari, zamonaviy harbiy bilim va texnikani mukammal egallab borayotgani Moskvani cho‘chitadi. Markaz nazarida, respublika rahbarlari milliy diviziya yordamida O‘zbekistonni Sovet Ittifoqidan ajratib olishi mumkin edi. Xavfsiragan hukumat Mirkomil Mirsharopovni Turkistondan uzoqlashtirish maqsadida 1935-yilda Mo‘g‘ulistonga harbiy attashe etib yuboradi. M. Mirsharopov Mo‘g‘ulistonda qiladigan ish yo‘qligi, egallagan harbiy bilimlari zoye ketayotgani, yurtga qaytishi zarurligi haqida Moskvada birga o‘qigan kursdoshi Voroshilovga maktub Mirkomil MIRSHAROPOV 1900-yilda Avliyoota (hozirgi Toroz) shahrida tug‘ilgan. 1914-yili rus-tuzem maktabini tugatgan. 1921-yildan Xorazm Xalq Sovet Respublikasi harbiy noziri. 1925–1929-yillarda Moskvadagi harbiy akademiyada o‘qigan. 1929–1932-yillarda Samarqanddagi o‘zbek otliq askarlar polkining komandiri va komissari. 1932–1935-yillarda 19-o‘zbek tog‘-otliq diviziyasi qo‘mondoni va komissari. 1935-yili sobiq SSSRning Mo‘g‘uliston Xalq Respublikasidagi harbiy attashesi. 1936–1937-yillarda Shimoliy Kavkaz harbiy okrugi alohida otliq brigadasi qo‘mondoni va komissari. 1937-yil 28-oktabrda sovet rejimi tomonidan Maykopda qamoqqa olinib, Toshkentga jo‘natilgan. O‘zbek diviziyasi yordamida O‘zbekistonni SSSR tarkibidan ajratib olish va mustaqil davlatni barpo etishga urinishda ayblanib, 1938-yil 10-oktabrda otilgan. U bilan birga qo‘l ostidagi 17 nafar turli toifadagi ofi tser yo‘q qilingan. VATANPARVAR 2024-yil VA UNING 17 NAFAR OFItSeRI


24-may VATANPARVAR 2024-yil № 21 5 yozadi. Shundan keyin M. Mirsharopov 1936-yilda Shimoliy Kavkaz harbiy okrugi qo‘mondoni vazifasiga tayinlanadi. Qisqa muddatda u boshqarayotgan harbiy okrug Sovet Ittifoqining eng namunaviy jangovar okruglaridan biriga aylanadi. U 5 oy ichida Shimoliy Kavkazdagi Dog‘iston, Kabardin-Bolqor, Shimoliy Osetiya, Chechen-Ingush Avtonom Respublikalari, shuningdek Qorachoy va Cherkesskda yashovchi 11 tilda so‘zlashuvchi 26 millat va elatga mansub askarlarni o‘z tarkibiga olgan yangi brigadani shakllantirishga muvaff aq bo‘ladi. HUKM 1938-yil oktabrda Mirkomil Mirsharopov boshqa jadidlar qatori hukumatning qarori bilan “aksilinqilobiy millatchilik faoliyati” olib borganlikda, 1929-yildan A. Ikromov tomonidan O‘zbekistonda tashkil etilgan Aksilinqilobiy millatchilik tashkilotiga jalb etilganlikda hamda tashkilotning harbiy fi lialiga rahbarlikda, O‘zbekistonni SSSR tarkibidan ajratib olish va mustaqil davlatni barpo etishga urinishda ayblanib, hibsga olindi va otuvga hukm qilindi. U bilan birga ko‘plab ofi tser va askarlari qatl etildi, diviziya butunlay tarqatib yuborildi. Mirkomil Mirsharopovning diviziyasi maxsus bo‘limining sobiq xodimi A. Karpachevskiy 1939-yil 15-oktabrda bo‘lib o‘tgan so‘roq paytida bunday ko‘rgazma bergan: “Men tergov ishiga aloqador shaxslarga kartochka to‘ldirar hamda ayblanuvchilar va guvohlarning so‘roq bayonnomalaridan kimning qanday ko‘rgazma berganini ko‘chirib yozar edim. Ba’zan tunda ayblanuvchilarni jazolash maqsadida tayyorlangan zax, siymon polli kameraga olib borar edim… Agar ayblanuvchi 6 sutkadan 10- 12 sutkagacha bo‘lgan davr mobaynida ko‘rgazma berishdan bosh tortsa yoki talab etilgan narsani yozib bermasa, NKVD maxsus bo‘limi boshlig‘i Mishkovskiy uni o‘zining xonasiga olib ketar yoki bu ishni Vasilyevga topshirar edi. Ba’zan ular uyqusizlikdan madorsizlangan ayblanuvchilarni birgalashib kaltaklar va shunday yo‘l bilan ulardan kerakli ko‘rgazmani olar edilar”. AKADEMIK NAIM KARIMOVNING AYTGANLARI “Askarlar qiynoq orqasida diviziyada aksilinqilobiy millatchilik va hatto qo‘zg‘olonchilik tashkiloti borligini “tan olib”, bu tashkilotga go‘yo a’zo bo‘lgan do‘stlari va komandirlari nomini aytib beradi. Shu tarzda 1937-yil martidan 1938-yil noyabriga qadar bo‘lgan muddatda diviziyaning dastlab 30, keyin 20 nafar, jami 50 nafar ko‘zga ko‘ringan askar va komandiri qamoqqa olinadi. 17 kishi, shu jumladan Mirkomil Mirsharopov va boshqa qo‘mondonlar otuvga hukm qilinadi. Qolganlarga esa turli muddatli qamoq jazosi beriladi. Shu tarzda o‘zbek xalqining iſt ixori bo‘lgan 19-o‘zbek tog‘-otliq askarlar diviziyasi shafqatsizlarcha tugatiladi va tarqatib yuboriladi”, deb yozgan akademik Naim Karimov bir suhbatimizda shunday degan edi: – 1956-yilda Mirkomil Mirsharopovni oqlash masalasi kun tartibiga qo‘yilganda, u bilan birga Samarqandda xizmat qilgan va hayot bo‘lgan bir qancha jangchilar, askar va ofi tserlardan ko‘rgazma olinadi. Ular NKVDning tergovchilari bilan uchrashib, bilganlarini qo‘rqapisa aytadilar. Shunda M. Mirsharopovni yaxshi bilgan pastdarg‘omlik Nurmurod Bekmurodovdan “Sizning Mirsharopov haqidagi fi krlaringiz qanaqa, u chindan ham xalq dushmani bo‘lganmi yoki bo‘lmaganmi?” deb so‘raydilar. Shunda u: “M. Mirsharopov haqida bir gap aytishga juda cho‘chiyman. Men Mirsharopov bilan birga ishlaganman. Shu paytgacha men uni nihoyatda hurmat qilardim. Va boshqa safdosh do‘stlarim ham hurmat qilardi. Bir kuni Mirkomil Mirsharopov meni chaqirtirdi. O‘sha paytda bir qo‘rboshining boshini olib kelgandim. Buning uchun menga albatta “Qizil yulduz” ordeni berilishi kerak edi. Shunda Mirkomil Mirsharopov: “Nechta orden olgansiz?” deb so‘radi. “Ikkita orden olganman”, dedim. Shunda Mirsharopov: “Boshqa orden olmaysiz”, degan. Men uning shu gapiga tushunmaganman”, degan. Ana shu kabi voqealarni bir-biriga qiyoslab, Mirkomil Mirsharopov o‘ziga o‘xshagan qo‘mondonlarning qo‘li bilan yana millat fi doyilarini qirishda davom etayotganini sezgan, degan fi krga keldim. Shuning uchun bu ishlarni o‘zining vijdoniga xilof deb hisoblagan. “Boshqa orden olmaysiz”, deganida u “ozodlik kurashchilarini boshqa o‘ldirmaysiz” ma’nosida gapirgan bo‘lishi kerak. 1956-YIL. OQLOVDA KO‘RGAZMA BERGANLAR Pastdarg‘omlik Nurmurod BEKMURODOV: “Men Mirsharopovni taxminan 1927-yildan beri bilar edim. U 1927–1932-yillarda 41-otliq askarlar polkiga, 1932-yildan 1934-yilgacha 19-o‘zbek diviziyasiga qo‘mondonlik qilgan. U polk va diviziya komandiri bo‘lgan vaqtida komandir va askarlar o‘rtasida katta obro‘ qozongan. Lagerga yaqin joylashgan kolxozlardan biri uning nomi bilan atalgan, u haqdagi o‘zbek tilidagi qo‘shiqda polk, keyin esa diviziya “Mirsharopov diviziyasi” deb ulug‘langan”. Iste’fodagi general Ibragim BEKJONOV: “1929–1930-yillarda Mirsharopov diviziyaga komandir etib tayinlangan, men esa shu vaqtda 41-otliq askarlar polkiga komandir edim. 1933-yilda Olmaota shahriga ketdim. 1935-yili qaytib kelganimda, u diviziyada yo‘q edi. U polkka komandirlik qilgan paytida o‘zini savodli hisoblar, qo‘l ostidagilariga katta talabchanlik bilan qarardi. Ko‘p vaqtini O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy komiteti va Markaziy inqilobiy komitetning turli syezdlari, plenumlari, kengashlari va boshqa joylarda o‘tkazardi. Yaxshi eslayman, Mirsharopov: “O‘zbek diviziyasidagi yevropalik komandirlar muvaqqat komandirlar bo‘lib, ularning vazifalari o‘zbeklardan komandir kadrlarni tayyorlash, shundan keyin barcha komandirlar tarkibi faqat o‘zbeklardan iborat bo‘lishi kerak”, deb doim ta’kidlardi”. Toshkentlik Mirvahob MIRABDULLAYEV: “Men Mirsharopovni muomalali, madaniy va sezgir komandirlardan biri sifatida bilganman. U doim harbiy bo‘limlarda bo‘lib, oddiy qizil askarlar bilan suhbatlashar, ularning arz-dodini diqqat bilan tinglar, qanday yordam berishi mumkin bo‘lsa, shu yordamini berardi. Shu bilan birga Mirsharopov juda talabchan edi. Hech kim uning topshiriqlarini bajarmaslikka jur’at qilolmas edi. Komandir va jangchilar o‘rtasida hurmati katta, hamma hurmat qilar edi”. MIRKOMIL MIRSHAROPOV BILAN BIRGA “AKSILINQILOBCHI”, “MILLATCHI”, QAYSIDIR DAVLATNING JOSUSI SIFATIDA AYBLANIB, 1938-YIL 10-OKTABRDA OTILGAN 19-O‘ZBEK TOG‘-OTLIQ DIVIZIYASINING 17 NAFAR OFITSERI 1. Abdurahimov Muhammad. 1903-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. 19-o‘zbek tog‘-otliq diviziyasi 42-otliq polki harbiy komissari bo‘lib ishlagan. 2. Abdullayev Abdujalil. 1903-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 19-o‘zbek tog‘-otliq diviziyasi 42-otliq polkining katta siyosiy rahbari. 3. Azizov Toshkenboy. 1903-yilda Farg‘ona viloyatining Olmos qishlog‘ida tug‘ilgan. 19-o‘zbek tog‘-otliq diviziyasi 19-otliq artilleriya divizioni otlar bo‘yicha texnik. 4. Aliyev Mamadali. 1907-yilda Andijon shahrida tug‘ilgan. 19-o‘zbek tog‘-otliq diviziyasi 41-otliq polki vzvod komandiri. 5. Otayev Sulaymon. 1904-yilda Qozog‘iston SSR Turkiston tumani Otaboy qishlog‘ida tug‘ilgan. 19-o‘zbek tog‘-otliq diviziyasining siyosiy bo‘lim instruktori. 6. Dadaboyev Yo‘ldosh. 1901-yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 19-o‘zbek tog‘-otliq diviziyasi siyosiy bo‘limining katta instruktori. 7. Isomiddinov Hamid. 1902-yilda Qozog‘iston SSRning Turkiston shahrida tug‘ilgan. 19-o‘zbek tog‘-otliq diviziyasi 41-otliq polki shtabining rahbari. 8. Egamberdiyev Dadajon. 1903-yilda Pop tumani Pop qishlog‘ida tug‘ilgan. 9. Muft azodiyev Axat. 1904-yilda Yuqori Chirchiq tumani Qarshi qishlog‘ida tug‘ilgan. 19-o‘zbek tog‘-otliq diviziyasi 41-otliq polki maktabining vzvod komandiri. 10. Tolipov Komiljon. 1900-yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 19-o‘zbek tog‘-otliq diviziyasi 42-otliq polk qo‘mondonining yordamchisi. 11. Umaraliyev Akbar Haydarovich. 1902-yilda Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumani Qashqarmakay qishlog‘ida tug‘ilgan. 19-o‘zbek tog‘-otliq diviziyasi mexdivizionining siyosiy yetakchisi. 12. Hamroqulov Burhon. 1902-yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 19-o‘zbek tog‘-otliq diviziyasi partiya komissiyasining bosh kotibi. Harbiy unvoniga ko‘ra, batalyon komissari. 13. Shokirov Jo‘raboy. 1904-yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 19-o‘zbek tog‘-otliq diviziyasi siyosiy bo‘limining katta instruktori. 14. Shukurov Xolmat. 1900-yilda Qozog‘iston SSRning Chimkent shahrida tug‘ilgan. 19-o‘zbek tog‘-otliq diviziyasi shtabi 1-bo‘limi rahbarining yordamchisi. 15. Yo‘ldoshev Botir. 1909-yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 19-o‘zbek tog‘-otliq diviziyasi siyosiy bo‘limida komsomol ishi bo‘yicha instruktor. 16. Yoqubov Sodiq. 1905-yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. 19-o‘zbek tog‘-otliq diviziyasi 42-otliq polkining otlar bo‘yicha texnik instruktori. 17. Risqulov Mirzaqul. 1904-yilda Kattaqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan. 19-o‘zbek tog‘-otliq diviziyasining nashri bo‘lgan “Qizil yulduz” gazetasida muharrir. Akademik Naim KARIMOV: “Mirkomil Mirsharopov o‘z Vatanining mustamlakachilik kishanlariga tobora o‘ralib borayotgani, xalqining esa qullarcha mehnat qilayotganini ko‘rgan zukko sarkarda edi. Shuning uchun ham u O‘zbekistonda milliy kadrlardan iborat armiyani tuzmoqchi bo‘lgan va bunga qisman erishgan”. Furqat ERGASHEV, “Vatanparvar”


6 № 21 24-may VATANPARVAR 2024-yil Chizgi shakllantira olasiz? Murakkab jumboq. Ammo yechimi yana uning o‘zida. Olimlik ustun keladi. Bebaho hikmat xayolimga keladi: “Allohning shunday bandalari bor. Ular yomg‘irlarga o‘xshaydi. Quruqlikka yog‘sa – xayr-u barakot, dengizga yog‘sa – marvarid hosil qilurlar”. Yomg‘ir avliyolar, olimlarga ishora. Ularning suhbati, aytadigan so‘zi, qiladigan amallari jismimizga yomg‘ir bo‘lib tushganda xayrli ishlarga rag‘batimiz ortadi. Qalbimizga tomganida jonimiz ilm-u ma’rifat bilan, ya’ni bebaho marvarid bilan bezanadi. Men bu kitobdan shuni o‘qidim. Sherzodxonning siymosi haqidagi tasavvurimga chizgi tortdim: olimligi ustun kelgan rahbar, olimligi ustun kelgan do‘st. Ko‘za qanchalik chiroyli bo‘lmasin, uni tomosha qilishdan zerikasiz. Shunday. Maqsad surat emas, siyrat bo‘lgani uchun. Ko‘zadan maqsad – ichidagi suv. Zilol obi hayot – masalaning mohiyati. Suratga mahliyo bo‘lib, ma’noda g‘ofi l qolish kishini adashtiradi. VZVOD KOMANDIRI 1994/1995-o‘quv yilida Toshkent davlat universiteti harbiy kafedrasida tahsil oldik. Sherzodxon vzvod komandiri edi. Harbiychasiga aytganda, guruhda haqiqiy lider edi. Bu fazilat harbiylikda qadrlanadi. Shu sababli kursdoshlar hazillashib, “general” derdik. Farishtalar omin deganmi, bugun O‘zbekiston jurnalistikasining generallaridan biri, desam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Jurnalist sifatidagi faoliyatini boshqa hamkasblar batafsil yozadi, degan umiddaman. Lekin bu unvonni berish uchun uning bitta ishi yetarli: “Xalqaro press-klub”. O‘zbekiston, xalq manfaati yo‘lida haq so‘zni aytishga chog‘langan media yetakchi. Aslida, har bir narsaning botiniga nazar solgan haq yo‘lni topadi. UNIVERSITET TUPROG‘IDA UNGAN URUG‘ 2019-yil, bahor. Mudofaa vazirligi mutasaddilari bilan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga keldik. Harbiy jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash borasida memorandum imzolashimiz kerak. Tantanali ravishda hujjatga imzo qo‘yildi. Bu bilan ish bitmadi. Hazil aralash menga ishora qilgancha: “Polkovnikni berasizlar”, dedi Sherzodxon vazirlik rahbariyatiga. To‘g‘risi, biz harbiy jurnalistika ilmining taqdiri haqida o‘ylab ko‘rmagandik. Hujjat imzolasak, qolgani O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining muammosi, degan ichki bir o‘y ham yo‘q emasdi. Sherzodxon rahbar sifatida emas, olim sifatida o‘yladi. Yangi yo‘nalish – harbiy jurnalistikaning ilmi haqida poydevor qo‘yilmasidan qayg‘urdi. Bugun O‘zbekistonda harbiy jurnalistika ilmi rivojlana bormoqda. Dissertatsiyalar himoya qilindi. O‘quv qo‘llanmalari, darsliklar yozildi. Faqat bakalavriat emas, magistratura yo‘nalishi ham ochildi. Alohida kafedra tashkil etildi. Urug‘ qachon unib chiqib, hosil beradi? Muhit yaxshi bo‘lganida. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tuprog‘ida unyapti, hosil beryapti shu urug‘. Bunda, albatta, jurnalistika ilmiga haqiqiy yetakchilik qilayotgan inson, professor, universitet rektori Sherzodxon Qudratxo‘janing hissasi, u yaratgan ilmiy muhitning ahamiyati katta. NURGA YETGAN ILM Sherzodxon do‘stim ko‘pincha menga “o‘rtoq polkovnik”, deya murojaat qiladi. Maqtasa ham, tanbeh bersa ham, odatda bu so‘z ishlatiladi. Unga javoban “hurmatli general”, deyman. Muloqot va suhbatimiz samimiyatiga shu so‘zlar yetarli bo‘ladi. Yarimta gapdan masala anglashiladi. Harbiycha kalomning kuchi shunday. Qadimda qo‘mondonlar buyursa, “Bosh ustiga!” deyilgan. 2019-yilda faoliyatimni O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida davom ettirdim. Universitetda ilk bor ilmiy kengash yig‘ilishida ishtirok etdim. Ilm bilan bog‘liq mashvarat manfaatli-da. Kutilmaganda rektor Sherzodxon Qudratxo‘ja men haqimda ma’lumot bera boshladi: “Haqiqiy polkovnik. Harbiy jurnalistika sohasi rivojida juda katta ishlar qilgan. Bugun biz bilan bir safda. Xudo xohlasa, ilmda general bo‘ladi!” Bu gaplarda samimiyat bor edi. Ruhlanib ketdim. Rahbaring, do‘sting, olim odam shunday deb turgandan keyin “Bosh ustiga!” deysan. O‘sha kundan e’tiboran men o‘zimga vazifa belgilab olganman. Orzularimning eng afzalini ilmga qaratdim. Ustoz degan maqomga munosib bo‘lish, o‘quv adabiyotlari yozish, harbiy jurnalistika sohasida baholi qudrat tadqiqotlar o‘tkazish harakatidaman. Rektor, olim, do‘st Sherzodxon Qudratxo‘janing yonida hech bo‘lmasa ilmning bir askaridek turish uchun bel bog‘laganman. Ovozingni emas, so‘zingni yuksaltir, deydi Rumiy. Momaqaldiroq shovqin ko‘targani bilan maysani undiradigan yomg‘ir bo‘ladi. Bu gap olimlar uchun ham ayni muddao deb o‘yladim. Afsus, bugun jamiyatda hamma ham so‘zini yuksaltirishga o‘zida rag‘bat sezmaydi. Sherzodxon Qudratxo‘janing rektorligi, olimligi, professional jurnalistligi, suyansa bo‘ladigan do‘st ekani borasida, balkim, ko‘p narsa ayta olmagandirman. Bilim va kuch sarfl ab, nurga yetishga intilish – olimning qismati. Nurga yetgan ilmdan yaxshi ham, yomon ham bahramand bo‘ladi. Do‘stim Sherzodxonning siymosida, u rektor bo‘ladimi, olim bo‘ladimi, taniqli jurnalistmi, bir narsani – nurga yetgan ilmni ko‘raman. Ellik yoshingiz muborak bo‘lsin, hurmatli general! Alijon SAFAROV, O‘zJOKU Harbiy va sport jurnalistikasi kafedrasi mudiri, fi lologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent kURSdOSHlAR ENG BUYUK KITOB Mavlono Jaloliddin Rumiy aytgan hikmat o‘yga toldirdi: o‘qiladigan eng buyuk kitob bu insondir. Uni o‘qiy oldikmi? Necha sahifasini o‘qidik? Suratini o‘qidikmi, siyratini? Borlig‘imizni foniy surat bilan ko‘ra olmaymizku? Savollar ko‘p. O‘zimizni topolmay, o‘zimizni anglamay yurgan bir banda bo‘lsak. Bu kitobni o‘qishga yo‘l bo‘lsin. Surati va siyrati boshqaboshqa insonlarga ham yo‘liqamiz. Ularni o‘qish mumkinmi? Bilmadim, buning uchun qanaqa ilm kerak ekan?! Qalbni o‘qishga o‘rgatadigan fan bormi?! Ishonuvchanligim – ojizligim belgisi. Shu sabab surati aldab qo‘ygan kitoblar ko‘p bo‘lgan. Hayot surati va siyrati bir xil odamlarga ham yo‘liqtirdi. Ular bilan muloqot qilganimda qalbim nurga to‘lgandek bo‘ladi. Sherzodxon Qudratxo‘ja siymosiga chizgilar bitish oson emas. Ko‘z oldimda birdaniga uch qiyofa gavdalangandek bo‘ladi: do‘st, olim, rahbar. Talabchan, qattiqqo‘l rahbar siymosini ko‘rganda faol pozitsiya paydo bo‘ladi. Vatan, millat uchun fi doyi bo‘lishga ichki bir kuch unday boshlaydi. Mehribon, ko‘ngilchanligida do‘st qiyofasi gavdalanadi. Ilm haqidagi kuyunchakligini ko‘rib, qalb ravshan tortadi. Ilm yo‘lini izlaganlarning manzilini yoritishga harakat qilayotgan olimni ko‘rasiz. Ko‘zani ilm nuri ila to‘ldirishga shoshaman. Qaysi biriga qarab Sherzodxonning portretini 6 № 21 24-may VATANPARVAR Chizgi GeNeRAlI


24-may VATANPARVAR 2024-yil № 21 7 Millat taraqqiyparvarlari Mahmudxo‘ja Behbudiy XX asr bo‘sag‘asidagi Turkiston ijtimoiy-siyosiy harakatining eng yirik namoyandasi, yangi davr o‘zbek madaniyatining asoschisidir. Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi, mustaqil jumhuriyat g‘oyasining yalovbardori, yangi maktab g‘oyasining nazariyotchisi va amaliyotchisi, o‘zbek dramaturgiyasini boshlab bergan birinchi dramaturg, teatrchi, noshir, jurnalist. U tariximizning g‘oyat og‘ir va murakkab bir davrida yashadi. XVI asrdan boshlangan inqiroz va turg‘unlik, o‘zaro janjal, mahalliy urug‘chilik nizolari millatni holdan toydirgan, imkondan foydalanib, o‘lkani zabt etgan Rusiya zo‘r berib, uni turg‘un va tutqun saqlashga urinardi. Mana shunday bir sharoitda Vatanni butunlay yo‘q bo‘lish xavfidan saqlab qolish, avlodlarni erk va ozodlik, mustaqillik ruhida tarbiyalash, ma’rifat va taraqqiyotga boshlash jadidlar nomi bilan tarixga kirgan Behbudiy boshliq fidoyilar zimmasiga tushdi. Turkistonda “Usuli jadid”, “Usuli savtiya” nomlari bilan shuhrat topgan yangi maktabni shular tashkil qilib, birinchi bo‘lib zamonaviy maktab g‘oyasini ilgari surdilar. Ular o‘z hisoblaridan maktablar ochib, yosh avlodni istiqlolga tayyorladilar, she’r va maqolalar, sahna asarlari orqali milliy ongni shakllantirishga, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini singdirishga urindilar. Rusiya qonunlari imkon bergan darajada Turkiston musulmonlarining sha’n-u shavkatini himoya qildilar, inqilob yillarida esa mustaqillik bayrog‘ini baland ko‘tardilar. Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi, boshlab beruvchisi edi. U 1875-yilning 19-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida, ruhoniy oilasida dunyoga kelgan. 1894-yilda otasi, imom-xatiblik bilan shug‘ullanib kelgan Behbudxo‘ja vafot etadi. Yosh Mahmudxo‘ja tog‘asi qozi Muhammad Siddiq tarbiyasi va qaramog‘ida o‘sib voyaga yetadi. Arab sarf-u nahvini kichik tog‘asi Mulla Odildan o‘rganadi. 18 yoshida qozixonada mirzolik qila boshlaydi. O‘z ustida qunt bilan ishlab, shariatning yuksak maqomlari – qozi, mufti darajasigacha ko‘tariladi. Yosh Mahmudxo‘ja dunyoqarashining shakllanishida Ismoilbek Gasprinskiyning xizmati katta bo‘lgan. U 1892-yilda Turkistondagi maktablarni isloh qilish, “Usuli savtiya”ni joriy etish taklifi bilan general-gubernator N. Rozenbaxga murojaat etadi. Javob olmagach, 1893-yilda o‘zi Toshkentga keldi. Samarqand, Buxoroda bo‘ldi. Mahalliy xalq bilan gaplashib, dastlabki yangi usul maktablarini ochishga muvaffaq bo‘ldi. Behbudiy o‘z xotiralarida ustozi bilan uchrashuvlarini ixlos va muhabbat bilan tilga oladi. 1899–1900-yillarda Behbudiy haj safariga boradi. Dunyo ko‘rish izsiz ketmaydi. Safar yangi maktab haqidagi qarashlarini mustahkamlaydi. Uning tashabbus va g‘ayrati bilan 1903-yilda Samarqand atrofidagi Halvoyi (S. Siddiqiy), Rajabamin (A. Shakuriy) qishloqlarida yangi maktablar tashkil topdi. Adib bu maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishadi. Ketma-ket “Risolayi asbobi savod” (1904), “Risolayi jug‘rofiyayi umroniy” (1905), “Risolayi jug‘rofiyayi Rusiy” (1905), “Kitobatul-atfol” (1908), “Amaliyoti islom” (1908), “Tarixi islom” (1909) kabi kitoblari paydo bo‘ladi. 1903–1904-yillarda Moskva, Peterburgga boradi, 1907-yilda Qozon, Ufa, Nijniy Novgorodda bo‘ladi. Bular sayohat emas, xizmat safari edi. Masalan, Nijniy Novgorodda 1907-yilning 23-avgustida Rusiya musulmonlarining turmush va madaniyati muammolariga bag‘ishlangan qurultoyi chaqiriladi. Behbudiy turkistonliklar guruhini boshqaradi va katta nutq so‘zlaydi. Ma’rifat uchun birgina maktab kifoya qilmaydi. Zamon va dunyo voqealari bilan tanishib bormoq kerak. Millat va Vatanning ahvolidan, kundalik hayotidan ogoh bo‘lmoq lozim. Millat uchun oyna kerak, toki undan o‘z qabohatini ham, malohatini ham ko‘ra olsin. Mana shu ehtiyoj va zarurat Behbudiyni teatr va matbuotga boshladi. “Padarkush” dramasi shu tariqa maydonga keldi. Biroq uning dunyo ko‘rishi oson kechmadi. “Padarkush” dramasi 1913-yildagina bosilib chiqadi. Kitob jildiga “Borodino jangi va Rossiyaning fransuzlar bosqinidan xalos bo‘lishining yubiley sanasiga bag‘ishlanadi” degan yozuv bilan Tiflis senzurasidan ruxsat olinadi. Bosilib chiqqandan keyin ham sahnaga qo‘yish uchun bir yilga yaqin vaqt ketadi. “Padarkush” – o‘zbek dramachiligining hamma yakdil e’tirof etgan birinchi namunasi. Mutaxassislar uni ham janr, ham mazmuniga ko‘ra, yangi o‘zbek adabiyotini boshlab bergan bir asar sifatida baholaydi. Muallif “Milliy fojia” atagan 3 parda, 4 manzarali bu drama hajman ixcham, mazmunan nihoyatda sodda va jo‘n edi. O‘qimagan bolaning buzuq yo‘llarga kirib, o‘z otasini o‘ldirgani, nodonlik va jaholat haqida edi. “Padarkush” dastlab Samarqandda 1914-yilning 15-yanvarida sahnaga qo‘yildi. Spektakl o‘z maishatiga o‘ralib, dunyoni unutgan millatdoshlarga chaqmoqdek ta’sir etdi. U Toshkentda 1914-yilning 27-fevralida qo‘yildi. Avloniyning “Turon” gruppasi Kolizeyda o‘z faoliyatini mana shu “Padarkush” bilan boshlagan edi. Spektakl boshlanishi oldidan Munavvarqori teatrning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida nutq so‘zlaydi. Bosh rolni A. Avloniyning o‘zi ijro etadi. Mahalliy matbuot bu kunni “tarixiy kun” deb yozadi. “Turon” gruppasi 1914–1916-yillarda bu spektakl bilan butun Farg‘ona vodiysini aylanib chiqdi. Turkistonni junbishga keltirgan qirg‘inbarot inqilob yillarida ham sahnadan tushmadi. Bu bir tomondan, millatni ma’rifat va taraqqiyot sari undashda katta ahamiyatga ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan, professional o‘zbek teatri va dramachiligining maydonga kelishi hamda taraqqiyotiga xizmat qildi. 1913-yildan Behbudiy matbuot ishlari bilan shug‘ullandi. Apreldan “Samarqand” gazetasini chiqara boshladi. Gazeta turkiy va forsiy tillarda, haftada ikki marta, dastlab ikki, so‘ng to‘rt sahifada chop etilgan. 45-soni chiqib, moddiy tanqislik tufayli to‘xtagan. So‘ng Behbudiy shu yilning 30-avgustidan “Oyna” jurnalini chiqara boshlaydi. “Haftalik, suratlik bu majalla asosan o‘zbek tilida bo‘lib, unda ixcham forsiy she’r, maqolalar, ruscha e’lonlar ham berib boriladi… Kavkaz, Tatariston, Eron, Afg‘oniston, Hindiston va Turkiyagacha tarqalar edi… Jadidlarning sevikli jurnallari edi…” deb yozgan edi Ziyo Said. 1914-yilning 29-mayida Behbudiy ikkinchi bor arab mamlakatlariga sayohatga otlanadi. Poyezdga o‘tirib, Bayramali orqali Ashxobodga o‘tadi. Krasnovodskdan paraxod bilan Bokuga boradi. 2-iyunda Mineralniye Vodi– Kislovodsk–Pyatigorsk, Jeleznovodsk– Rostov–Odessani kezib, 8-iyunda Istanbulga kirib keladi. Kichik sayohatdan so‘ng Istanbulga qaytib, 21-iyunda suv yo‘li bilan Quddusga yo‘l oladi. Bayrut, Yofa, Xalil ar-Rahmon, Port Said, Shom shaharlarini tamosha qiladi… Sayohat xotiralari har jihatdan g‘oyat muhim bo‘lib, Behbudiy ularni o‘z jurnali – “Oyna”ning 1914-yil sonlarida mazkur nom ostida peshma-pesh berib boradi. Bu “Xotiralar” ham ma’rifiy, ham adabiy-estetik jihatdan nihoyatda muhim. U adabiyotimizdagi an’anaviy tarixiy-memuar janrning XX asr boshidagi o‘ziga xos namunasidir. “Oyna” jurnali ma’rifat va madaniyat tarqatishda juda katta xizmat qildi. Unda millat va uning haq-huquqi, tarixiga, til-adabiyot masalalariga, dunyo ahvoliga doir qiziqarli maqolalar, bahslar berib borilgan. Ayniqsa, til masalasi muharrirning hamisha diqqat markazida turdi. Behbudiy millatning taraqqiysi uchun bir necha til bilishni shart hisoblardi. Jurnalning 1913-yil 13-avgust birinchi-nishona sonidayoq “Ikki emas, to‘rt til lozim” degan maqola chiqqan edi. Behbudiy adabiy tanqidga katta e’tibor berdi. Navoiydan keyingi bir necha asrlik sukunatdan so‘ng bu sohaning xos xususiyatlarini ta’kidlab, adabiyotda tenghuquqlilik masalasini o‘rtaga qo‘ydi. Maqola “Tanqid saralamoqdur” (1914-y. 27-son) deb nomlangan edi. Adibning barcha tarixiy-ilmiy mavzudagi maqolalari o‘tmishga kamoli ehtirom va e’tiqod bilan yozilgan. Behbudiy millat o‘zini anglagandagina ijtimoiysiyosiy masalalarni boshqalar bilan teng muhokama eta oladi, degan fikrda bo‘ldi. Shuning uchun ham tarixga alohida e’tibor berdi. Umuman, Behbudiyning publitsist sifatida faoliyati adib iste’dodining juda yorqin bir qirrasini tashkil etadi. U o‘z umri davomida yuzlab maqolalar yozdi. O‘zining millat va Vatan, jamiyat va axloq haqidagi fikrlarini ko‘proq maqola va chiqishlarida ifoda etdi. Ba’zilar uning maqolalari sonini 200, boshqalar 300 deb belgilaydi. Uning barcha maqolalari aniqlab chiqilmagan. Muhimi shundaki, u XX asr boshida Turkistonning yirik siyosiy arbobi edi. Uning millat va Vatan taqdiri haqidagi barcha qarashlari avval mana shu maqolalarida aks etgan edi. Bu jihatdan uning 1906-yil 10-oktabrda “Xurshid” (6-son) gazetasida bosilgan “Xayrul umuri avsotuho” (“Ishlarning yaxshisi o‘rtachasidur”) maqolasi diqqatga sazovordir. Bu maqola uzoq yillar sovet tarixi fani nuqtayi nazaridan baholanib, Behbudiyni qoralash uchun nishon bo‘lib keldi. Vatan taqdiri kun tartibiga qo‘yilgan 1917-yilning 16–23-aprelida Behbudiy Toshkentda bo‘lib o‘tgan Turkiston musulmonlarining 150 vakili ishtirok etgan qurultoyida hayajonli nutq so‘zladi. Millatni o‘zaro ixtiloflardan voz kechishga, buyuk maqsad yo‘lida birlashishga, ittifoq bo‘lishga chaqirdi. Xuddi shu ixtilofimiz sababli “mustamlakot qoidasi ila bizni idora eturlar”, deb ochiq aytdi. Shu yilning 26-noyabrida Qo‘qonda o‘lka musulmonlarining IV favqulodda qurultoyi ish boshladi. 27-noyabrga o‘tar kechasi Turkiston muxtoriyati e’lon qilindi. Bu mustamlakadan mustaqillik tomon qo‘yilgan jiddiy va jasoratli qadam edi. Uning ma’naviy otasi, shubhasiz, Behbudiy edi. Biroq u sovetlar tomonidan xoinona bostirildi. 19-20-fevral kunlari shahar to‘pga tutildi. 10 ming turkistonlik o‘ldirildi, 180 qishloqqa o‘t qo‘yildi. Behbudiy iztirob bilan Samarqandga qaytadi. U yerda tura olmay, Toshkentga keladi. Turkiston rus sovet hukumati rahbarlari bilan muzokara olib borishga urinadi. Tabiiyki, muzokaralar natija bermaydi. Millatni, milliy taraqqiyotni inkor etgan sho‘rolar yo‘li aldov va zo‘ravonlikka asoslanganini bilardi. Orzulari chil-chil bo‘lgan Behbudiy 1919-yilning 25-martida parishon holda yo‘lga chiqadi va Shahrisabzda qo‘lga olinadi. Taxminan ikki oy o‘tgach, Qarshiga keltirilib, zindonga tashlanadi. Bir necha kundan so‘ng Qarshi begi Tog‘aybekning buyrug‘i bilan zindon yaqinidagi “podsholik chorbog‘i”da o‘ldirilgan. Uning qatli haqidagi xabar o‘sha paytdagi poytaxtimiz Samarqandga bir yildan keyin ma’lum bo‘ldi. 1920-yilning aprelida butun Turkiston motam tutdi. Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, bugun Behbudiy kabilar muqaddas tutgan yurt ozod va mustaqil bo‘ldi. Ular jonfido etgan istiqlol avlodlariga nasib etdi. Millat va Vatan mustaqilligi yo‘lida fido bo‘lganlar esa shu millat va Vatan umri qadar boqiydirlar. Podpolkovnik Akrom SHOXAKIMOV, Qurolli Kuchlar akademiyasi katta o‘qituvchisi, f.f.f (PhD) IJTIMOIY-SIYOSIY HARAKATI


8 № 21 24-may VATANPARVAR 2024-yil Havo-desant mashg‘ulotlarida Dunyoda ro‘y berayotgan mojarolarning tahlili havo-desant bo‘linmalari harakatchan kuchlarning asosiy va muhim bo‘g‘inlaridan biri ekanini ko‘rsatib turibdi. Chunki ular quruqlik yo‘llari orqali yetib borish mushkul bo‘lgan, xavf tug‘diradigan nuqtalarga parashyut bilan sakrash orqali yetib borishlari, belgilangan jangovar vazifani bajarishlari bilan ustunlik ko‘rsatadi. Desantchilar haqida so‘z borar ekan, shubhasiz, samodagi muvaff aqiyat yerdagi tayyorgarlikka bog‘liqligi bot-bot ta’kidlanadi. Shu sabab ular har vaqt soha sirlarini o‘rganadi, yangi bilimlarni o‘zlashtiradi, amaliy ko‘nikmalarini oshirib boradi. To samoga ko‘tarilib, parashyut bilan sakrashgacha bo‘lgan barcha jarayonni nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda puxta egallaydilar. Bunday mashg‘ulotlar soha mutaxassislarining professionallashuviga zamin yaratadi. Toshkent harbiy okrugi “Markaz” desantchilar tayyorlash bazasida navbatdagi amaliy sakrash mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Dastavval mashg‘ulot rahbarlari nazoratida yerdagi elementlarni bajarish bo‘yicha sinov o‘tkazildi. Desantchi uchun amaliy sakrash mashg‘ulotlarini muvaff aqiyatli bajarish, tan jarohatlari olmaslik, yer tayyorgarligi juda muhim hisoblanadi. Barcha tayyorgarlik jarayonlaridan so‘ng ruhiy va jismoniy talablarga javob beradigan harbiy xizmatchilar uchish apparatiga chiqishdan oldin “Parashyut kiyish chizig‘i”, “Guruh komandiri tekshiruv chizig‘i”, “Vzvod komandiri tekshiruv chizig‘i” va “Havodesant ofi tseri tekshiruv chizig‘i” kabi bosqichlardan o‘tdi. Guruh komandiridan so‘nggi ko‘rsatmani olgan harbiy xizmatchilar jangovar vazifani bajarishga kirishdi. Samoga ko‘tarilgan o‘g‘lonlar jangovar vazifada ko‘rsatilgan 600 va 1 000 metrgacha bo‘lgan balandlikdan parashyut bilan sakrash mashqlarini muvaff aqiyatli bajardi. Amaliy mashg‘ulotda shaxsiy tarkibning maxsus parashyutlarda turli balandliklar bo‘yicha o‘z vazifasini bajarayotgani va yuklari, qurol-anjomlari bilan to‘g‘ri harakat qilishiga e’tibor qaratildi. Bu kabi amaliy mashg‘ulotlar, o‘z navbatida, yurt o‘g‘lonlarining bilim va ko‘nikmalarini boyitishga, o‘ziga bo‘lgan ishonchning ortishiga xizmat qilish barobarida yigitlarning ham ruhiy, ham jismoniy imkoniyatlarini yanada oshiradi. Ro‘ziqul OCHILOV YeRdAGI tAYYORGARlIk – SAMOdAGI MUVAFFAQIYAt


24-may VATANPARVAR 2024-yil № 21 9 Mulohaza Darhaqiqat, bugungi davrda insonlarning ong-shuurini egallash uchun davom etib kelayotgan, milliy qadriyatlarimizga zid bo‘lgan turli xil ma’naviy-mafkuraviy kurashlar butun dunyo hamjamiyatini birdek xavotirga solib qo‘ymoqda. Qadriyatlarimizga mutlaqo yot g‘oyalar, behayolikni madaniyat deb targ‘ib etish, san’at deya axloq normalariga to‘g‘ri kelmaydigan zo‘ravonlik, fahshni ko‘rsatish kabi mafkuraviy hujum turlari kundan kunga ortib borayotgani hech birimizga sir emas. Bugun ushbu hujumlar girdobiga aksariyat yoshlar tushib qolmoqda. Ma’lumki, bugungi kunda yoshlarning ma’naviy olamini kengaytirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash davrning muhim masalasi bo‘lib qolmoqda. Hozirgi davrda jahon miqyosida kechayotgan globallashuv jarayonlari Yer yuzidagi barcha xalqlar va millatlar, butun insoniyat, ayniqsa yosh avlod uchun misli ko‘rilmagan imkoniyatlar yaratib berganini hech kim rad eta olmaydi. Biroq inson aqlining yorqin misoli bo‘lgan bunday yutuqlar ayni paytda katta kuch-quvvat va moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan ba’zi siyosiy kuchlarning g‘arazli niyatlarini amalga oshirishda mafkuraviy qurol sifatida ishlatilayotganini nazardan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Mustaqillik davrida kechgan tarixiy hayotimiz shuni ko‘rsatadiki, vayronkor, buzg‘unchi g‘oyalar birinchi navbatda, yoshlar ongini zaharlashga qaratiladi. Ommaviy axborot vositalarida, ta’limtarbiya muassasalarida bundan tashqari, mahalla va ota-onalarimiz tomonidan yoshlarimizga “ommaviy madaniyat”ning zararli ko‘rinishlari va oqibatlari to‘g‘risida tushuntirishlar olib borilmoqda. Lekin shunga qaramasdan, ba’zi yoshlarimizda uning zararli ta’siri kuzatilmoqda. Xo‘sh, “ommaviy madaniyat” o‘zi nima? U nimasi bilan xatarli? “Ommaviy madaniyat”ning insoniyatga zararli ko‘rinishi, avvalo ko‘p hajmda sanoatlashgan usulda ishlab chiqariladigan madaniyat elementlarining butunjahon ehtiyojlarini qondiruvchi majmuidir. Bu turmush tarzimizga OAV va boshqa vositalar orqali targ‘ib qilinadi. XXI asr boshlarida axborot texnologiyalari ta’sirining kuchayishi bilan yoshlarning rivojlanishi va ularga ommaviy madaniyatning ta’siri bilan bog‘liq bir qancha tendensiyalar kuzatilmoqda. Ulardan biri globallashuv orqali yuzaga keladigan yosh avlodning ijtimoiy va madaniy xususiyatlarini birlashtirishdir. Boshqacha qilib aytganda, xulq-atvor shakllari va yoshlar rivojlanishining universallashuvi. Ikkinchi tendensiya – axborot va kompyuter texnologiyalari bo‘lib, ular ijtimoiy muloqotda muhim o‘rin tutadi, yoshlar nafaqat bo‘sh vaqtlarini internetda, balki ish vaqtini ham shu global tarmoqda o‘tkazadilar. Natijada jonli muloqot qobiliyatlari yo‘qoladi. “Ommaviy madaniyat” ta’sirida shaxsiyat standartlashtiriladi va individual farqlar o‘chiriladi. Fransuz sotsiologi A. Mol ommaviy axborot vositalarining tarqalishi bilan jamiyat va shaxsning o‘tmishdagi madaniy merosi o‘z mazmunini yo‘qotadi. Televideniye va radioda aytilgan, bosma ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan mediamahsulot shaxs uchun katta rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, shaxsga ta’siri doimiydir. Darhaqiqat, “ommaviy madaniyat”ning o‘sishi jamiyatning ommaviy kommunikatsiya texnologiyalari tizimining rivojlanishi bilan bog‘liq. Ushbu texnologiyalar tizimi madaniy mahsulotlarni tarqatish imkonini bir necha bor oshiradi. Misol uchun, bugungi kunda ko‘pgina yoshlar kiyinish, muomala madaniyatini asosan sanoatlashgan “ommaviy madaniyat”ning tiyiqsiz mahsulotlari orqali olishmoqda. Qolaversa, urf bo‘layotgan yangi yo‘nalishdagi (rep, pop, jaz) qo‘shiqchilik, rang-barang musiqiy shoular, kassabop kinofi lmlar, zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi kompyuter o‘yinlari yoshlar ma’naviyatiga ta’sir qilmoqda va destruktiv moyilliklarni keltirib chiqarmoqda. Demak “ommaviy madaniyat”ning salbiy jihati shundaki, o‘zgartirib yubormoqda. Bugungi kunda millionlab G‘arb davlatlari xotin-qizlari feminist ayollarning qarashini qabul qilib, turmush qurish va bola tug‘ishdan voz kechmoqda. Shu sababli P. Byukenen Amerika xalqiga qarata deydi: “1950-yillarda boshlangan “ommaviy madaniyat” harakati 1990-yillarga kelib millatimizni naslsizlik balosiga duchor qildi”. “Ommaviy madaniyat”ni targ‘ib qilayotgan g‘arazli kuchlarga aslida madaniyat va inson ma’naviyati, axloqiy qadriyatlarning umuman keragi yo‘q. Ularning strategik reja va siyosiy maqsadlariga erishish uchun “ommaviy madaniyat” bir vosita, xolos. Xalqimizni turli g‘oyaviy tahdidlardan asrash, jamiyatimiz a’zolarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish uchun ularni, eng avvalo, milliy g‘oya, istiqlol mafkurasi bilan qurollantirish zarur. Bu borada davlatimiz rahbarining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifi y ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori XXI asr insoniyat oldiga bir qator global muammolarni qo‘ymoqda. Davlatimiz rahbari milliy va xalqaro miqyosdagi maydonlarda so‘zlagan nutqida mamlakatimiz, umuman dunyo hamjamiyati yuzma-yuz kelayotgan ijtimoiy-siyosiy buhronlar to‘g‘risida fi kr yuritib, jumladan terrorizmning hech qanday chegara bilmasligi, muayyan bir mamlakatdagi ma’naviy inqirozlar faqatgina shu davlat doirasida qolib ketmasligi haqida dunyo jamoatchiligini ogohlikka chaqirib keladilar. “OMMAVIY MADANIYAT”NING OMMAVIY NISHONI u insonning erkin fi krlashiga qarshi turadi. U shaxsning ijtimoiylashuviga imkon qoldirmaydi, aksincha tevarakatrofi da ro‘y berayotgan voqeahodisalarga loqayd, Vatan taqdiriga befarq avlodni shakllantiradi, bir so‘z bilan aytganda, jamiyatda beparvolik kayfi yati hukm surishiga xizmat qiladigan har qanday jarayonni rag‘batlantiradi. “Ommaviy madaniyat” bir tomondan ma’rifatparvarlik vazifasini bajarsa, ikkinchi tomondan qadriyatlarni inqirozga olib keladi. Aytish kerakki, madaniyatning ommaviylashuvi va “ommaviy madaniyat” tushunchalari bir xil ma’noni bermaydi. Birinchisi, madaniyatlar almashinuvi, milliy madaniyatlarning rivojlanishi va uning elementlarining ommaviylashuvini bildirsa, ikkinchisi, g‘oyaviy ta’sir vositasi, milliy madaniyatning kushandasi sifatida namoyon bo‘ladi. Globallashuv jarayonlarida turli g‘oyalar kurashi, mafkuraviy tahdidlar, axborot xurujlari tobora avj olayotgani sir emas. “Ommaviy madaniyat” soyasida kirib kelayotgan axloqsizlik, zo‘ravonlik, behayolik kabi illatlar Yer yuzidagi hech bir xalqning milliy madaniyatiga ham, umumbashariy qadriyatlariga ham to‘g‘ri kelmaydi. Zero madaniyat so‘zi biz uchun “sivilizatsiya”, “taraqqiyot” degan ma’nolarni anglatadi. Demak madaniyat bu taraqqiylashish, yuqorilashish demakdir. “Ommaviy madaniyat” G‘arbda o‘tgan asrning ikkinchi yarmida shakllandi. Uni G‘arbda “pop-kultura” deb atashgan. Garchi madaniyat deb atalsa-da, aslida tub mohiyatiga va maqsad-vazifasiga ko‘ra “ommaviy madaniyat” chinakam madaniyatning kushandasidir. Misol uchun, “ommaviy madaniyat” G‘arbda yoshlarning oila va nikohga bo‘lgan munosabatini tubdan negizida ilgari surilgan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-madaniy sohalarda olib borilayotgan yangilanishlar asosi bo‘lib xizmat qiladi. Respublikamizda olib borilayotgan islohotlar orqali biz o‘z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish masalasini qo‘yar ekanmiz, ushbu masalani samarali hal etish, eng avvalo, o‘sib kelayotgan yosh avlodning axloqiy barkamolligiga, g‘oyaviy-siyosiy yetukligiga, milliy o‘zligini chuqur anglab olganligiga bog‘liq. Mustaqil fi krlay oladigan, dunyoqarashi va tafakkuri keng barkamol insonlar yurtimiz taqdirini hal qiluvchi kuchlardir. Xususan, buyuk Turon zaminida tug‘ilib o‘sgan, jahon madaniyati va sivilizatsiyasiga katta hissa qo‘shgan Imom Buxoriy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek kabi bir qancha buyuk ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy-madaniy meros bugun ham o‘z qadr-qimmatini saqlab kelmoqda. Xalqimizning go‘zal ma’naviy qadriyatlariga yo‘g‘rilgan vatanparvarlik, or-nomus, uyat, sharmhayo kabi tushunchalar hayotimizga singib ketgan. Ayniqsa, ota-onaga hurmat, ayolga ehtirom, mardlik va jasurlik singari tuyg‘ularimiz butun dunyo xalqlarini rom etib keladi. Shunday ekan, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy va ma’naviy merosni, mardlik va jasoratni allaqanday “ommaviy madaniyat”ga almashtirmaslikka barchamiz birdek mas’ulmiz. B. QODIROV, tarix fanlari nomzodi, dotsent, RMMM huzuridagi ijtimoiyma’naviy tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i. J. XIDIROV, RMMM huzuridagi ijtimoiyma’naviy tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi


10 № 21 24-may VATANPARVAR 2024-yil Nuqtayi nazar Ma’lumki, dunyoda kechayotgan voqea va hodisalar, jarayonlar haqidagi so‘nggi axborotlarni tezkor tarqatishda internet tarmoqlari peshqadam. Ommaviy axborot vositalarida (OАV) e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, “Facebook” ijtimoiy tarmog‘i, jahonda eng ko‘p abonentlar va foydalanuvchilarga ega. “Twitter”, “Instagram”, “YouTube”, “Telegram” dasturlari ham aholi orasida ommalashmoqda. Ta’kidlash lozim, ushbu ijtimoiy tarmoqlardan turli g‘oyaviy kuchlar mafkurasini targ‘ib qilib, o‘z manfaati yo‘lida vosita sifatida foydalanishga intilishlar ham yo‘q emas. Mamlakatimizda yoshlarimiz qo‘lidagi planshetlarning deyarli barchasi internetga ulangan. Ular ijtimoiy tarmoqlardagi muayyan g‘arazli kuchlar ishlab chiqqan, aniq maqsadli turli axborotlar iste’molchisiga aylanmoqda. Bunday tahdidlar paydo bo‘layotgan sharoitda axborot xavfsizligi masalalari, axborot makonida ong va tafakkur uchun kurash dolzarb ahamiyat kasb etayotgan qaltis sharoitda yosh avlodni asrash, ularda milliy immunitetni shakllantirish juda ham zarur. Bunda respublikamizda faoliyat yuritayotgan OАV milliy mediamakonda xalqimiz milliy manfaatlarini himoya qilish uchun maydonga chiqishi kerak. Аfsuski, bu vazifani bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilyapti. Аyrim xususiy OАV tijorat maqsadida milliy ma’naviyatimizga xos bo‘lmagan, aholi tafakkurini zaharlaydigan axborotlarni tarqatayotgani kishida tashvish uyg‘otadi. Masalaning yana bir jiddiy jihati bor. Mamlakatimiz Prezidenti Sh. Mirziyoyevning quyidagi fi krlariga e’tiboringizni qaratamiz: “Biz bir narsani hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz zarur. Аgar “ommaviy madaniyat” tahdidi faqat chetdan – G‘arbdan kirib keladi, desak, qattiq adashamiz. Bu balo, afsuski, o‘zimizdan, o‘z oramizdan ham chiqishi mumkin. Men bu gaplarni osmondan olib aytayotganim yo‘q. Yurtimizda nashr etilayotgan ayrim gazeta-jurnallar, kitoblarni, suratga olinayotgan ba’zi klip va kinolarni, efi rga berilayotgan qo‘shiq va raqslarni kuzatib, sog‘lom fi krlaydigan har qanday odam shunday xulosaga kelishi tabiiy”. Televideniye orqali ko‘rsatilayotgan xorij seriallarining ko‘pchiligi milliy ma’naviyatimizdan yiroq, qaysidir millat, xalqning madaniyatini targ‘ib etmoqda. Milliy seriallarimiz esa yengil-yelpi, maishiy masalalar atrofi dagina o‘ralashib qolganining guvohi bo‘lyapmiz. Xorij seriallaridagi mafkuraviy g‘oyalar ustamonlik bilan yoshlar ongiga singdirilayotgani sari ma’naviy himoya tizimimiz borgan sari sustlashyapti. Seriallardagi qahramonlarga o‘xshab soch, soqol qo‘ygan, hatto so‘zlashuvlarda ham ularga taqlid qilayotgan yoshlarimiz soni ko‘payib boryapti. Аyrim xotin-qizlarimizda kalta yupka, ochiq kiyinish, oldi ochiq kalta kiyimni tanaga yopishtirib kiyib yurish, o‘ta kalta soch turmaklari va turli xil ranglarga bo‘yash, behayo serial qahramonlariga o‘xshash harakatlarni kuzatish mumkin. Bundan tashqari, seriallardagi “ommaviy madaniyat” illati – farzandlarning xohlagan, ko‘ngli tusagan ishlarni qilib yashash, ortiqcha hashamdor hayot, molparastlikka havasni uyg‘otuvchi targ‘ibotni ko‘ryapmiz. Oilaviy munosabatlarga ham buning salbiy ta’siri sezilmoqda. Barcha oilaviy ishlarni tashlab, televizor ekraniga mixlanib o‘tiradigan uy bekalarimiz xorij seriallari orqali eriga sovuqqon bo‘lishni va mensimaslikni o‘rganmoqda. Аyrim yurtdoshlarimiz dini, tili, mafkurasi yetti yot begona serial qahramonlari ismlarini o‘z farzandlariga qo‘ymoqda. Xullas, aksariyat xorij seriallaridagi milliy ma’naviyatimizga yot, g‘ayriaxloqiy sahnalar aholi ongi va ruhiy dunyosiga negativ ta’sir o‘tkazmoqda. Tashvishlisi, bu seriallar aholi ko‘rishga juda qulay paytda, kechki dasturlarda (ertasiga takroriy hamda yakshanba kuni haft alik qismlarning barchasi) berilmoqda. Telekanallarning bu seriallarni efi rga berish orqali iqtisodiy manfaat topayotgani hech kimga sir emas. Аmmo o‘z xalqining milliy ma’naviyatiga xiyonat qilib, ulg‘ayib kelayotgan avlodning tarbiyasini buzayotganini, o‘zligidan uzoqlashtirayotganini oqlab bo‘larmikan?! “Ommaviy madaniyat”ning tegirmoniga suv quyayotganlar o‘shalar-ku. To‘g‘ri, davlat OАVda “ommaviy madaniyat” illatiga qarshi kurashish yuzasidan axborot siyosati yuritib kelinmoqda. Jumladan, olimlar, ziyolilar, soha mutasaddilari o‘z fi krlarini aytyapti. O‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari yoritilyapti. Аmmo aksariyat xususiy OАVda buning aksini ko‘ryapmiz. Mulohaza qilib ko‘raylik, bu holatda yana qanday natija, samarani ko‘rish mumkin?! Natijada tarbiyasi buzilayotgan yoshlar soni oshsa oshyaptiki, kamaymayapti. Bu muammoning yechimi yuzasidan quyidagi taklifl ar ilgari suriladi: – saviyasiz, yengil-yelpi, real hayotdan yiroq, maishiy masalalardagi milliy tarixiy seriallarni suratga olishni to‘xtatib, xorijiy seriallar bilan raqobatlasha oladigan milliy, tarixiy seriallarni tasvirga olishni moliyaviy rag‘batlantiruvchi choralarini ko‘rish; – OАVda (televideniye, radio, bosma OАV, internet nashrlari va tarmoqlari) tarqatilayotgan har qanday axborot materiallari jamiyatning ijtimoiy barqarorligi, xalqning milliy urf-odatlari, qadriyatlari, axloqiy fazilatlariga zarar yetkazishning oldini oluvchi tegishli huquq normalarini qonun hujjatlarida aks ettirish va uning doimiy monitoringini yo‘lga qo‘yish; – “Ommaviy madaniyat”ni xalqimiz milliy ma’naviyatiga yetkazayotgan zarari qamrovini chuqur o‘rganish va ekspertizasini o‘tkazishni tashkil etish, uni bartaraf qilish hamda himoyalanish bo‘yicha aniq ilmiy asoslangan taklifl arni tayyorlash. Uni ushbu yo‘nalishda davlat siyosatini yurituvchi mutasaddi idoralarga navbatdagi strategik rejalarni ishlab chiqish uchun taqdim etish. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, agar biz diniy, milliy va axloqiy qadriyatlarimiz, shuningdek tarixiy qahramonlarimiz hayoti haqida o‘tkir syujetli serial va fi lmlar yaratmas ekanmiz, ertaga ham kimlardir tomonidan suratga olingan va katta mablag‘ evaziga xarid qilingan xorijiy seriallarning jamiyatimizga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri haqida nolib o‘tiraveramiz. Kezi kelganda, yana bir xatarli holatga e’tiboringizni tortamiz. Bir kunlik vaqtimizning aksariyat qismini kompyuter (noutbuk), smartfon, planshetlarda o‘tkazamiz. Xuddi shunday holat o‘smir-yoshlarning kundalik hayotida ham kuzatilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlarni almashish, kompyuter o‘yinlari informatsion texnologiyalari vositalariga qaramlik holatini keltirib chiqarmoqda. Bu – narkomaniya qaramligidan kam emas. Eng yomoni, o‘smir-yoshlar real hayotdan uzoqlashib, xayoliy virtual makonga bog‘lanib qolmoqda. Bu esa ongning real voqelikni qabul qilish jarayonini izdan chiqarib yuboradi. Аsta-sekin uning ongi bu dunyoni qabul qilishdan uzoqlashadi, hayotiy jarayonlarga nisbatan paradoksal munosabatlar paydo bo‘ladi. Hattoki ongli munosabatlarni qurish va anglash jarayonlari zanjiri uziladi. Shaxsning organizm faoliyati kunlik rejalashtirish jarayonida butunlay buziladi. Buning o‘rniga u virtual olamda (chatlarda, kompyuter o‘yinlarida, virtual munosabatlar) yashay boshlaydi. Kompyuter qaramligiga tushib qolgan o‘smir-yoshlarda ongning dunyoviylikni qabul qilishini, shaxslararo munosabatlarni boshqaruvchi jarayonlarining o‘zgarishini izdan chiqaradi. Bu esa, o‘z navbatida, unda g‘ayriinsoniy dunyoni qabul qilish va munosabatlarni qurish jarayonlari yuz beradi. Shaxsga xos xislatlar tubdan o‘zgaradi. Internet tarmoqlarida asosiy vaqtini o‘tkazayotgan, unga bog‘lanib qolgan yoshlarning ruhiy-ma’naviy ahvoli kishida tashvish uyg‘otishi tabiiy. Internetda turli o‘yinlarni tonggacha o‘ynagan bolalarning ahvolini mana ko‘ryapmiz. O‘qishni qo‘ya turing, hatto ota-onasining gapini eshitishni xohlamayapti. Xorijda ishlangan ba’zi o‘yinlar bolani hatto o‘z joniga qasd qilishga undayapti. Yoshlar orasida suitsid rivojlanyapti. Nega xorijda ishlab chiqarilayotgan bunday o‘yinlarga muqobil, milliy qadriyat va ma’naviyatimizga mos o‘yinlar tayyorlanmayapti? Holbuki, o‘tmishimizdagi buyuk xalq qahramonlarining yurt, Vatan uchun qilgan fi doyi xizmati, ulardagi mardlik, jasorat, matonat, xullas, ibratli fazilatlarini aks ettirgan milliy kompyuter o‘yinlarini yaratish mumkin. Masalaning yechimi yuzasidan taklifl ar: – vahshiylik, odam o‘ldirish, bir so‘z bilan aytganda, qotillikni targ‘ib qiluvchi o‘yinlar o‘rniga tarixchi olimlar va dasturchi mutaxassislar bilan hamkorlikda Shiroq, To‘maris, Spitamen, Temur Malik, Аmir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi milliy qahramonlarimizning milliy ozodlik harakatini tasvirlovchi ssenariylar yaratish va shu asosda milliy o‘yinlarni tezroq yaratish; – qizlarimizda odob-axloq, chevarlik, pazandalik, kashtachilik, mehmon kutish, ro‘zg‘or tutishni o‘rgatuvchi, yoshlarimizning topqirlik, ziyraklik, fahm-farosati, fi krlashini rivojlantiruvchi milliy o‘yinlarni ishlab chiqish; – xorijdan kirib kelayotgan o‘yinlarning xatarli, milliy o‘zligimizga yot jihatlarini yoshlarga yetkazishda “maktab – ota-ona – jamoatchilik” tizimini yo‘lga qo‘yish. Xulosa shuki, bugun har bir yurtdoshimiz, ayniqsa yoshlar mahalliy va dunyo media makonida berilayotgan axborotni ongli ravishda saralashi, oqini oqqa, qorasini qoraga ajrata bilishi zarur. Аxborot makonida milliy manfaatimiz, o‘zligimiz, o‘zbekligimizni munosib himoya qilishi zarur. Eng asosiysi, mamlakatimiz OАV tashqaridan bo‘layotgan mafkuraviy xurujlar, g‘arazli axborotlarga tengmateng bas kelib, milliy mediamakonni ularga berib qo‘yishi kerak emas. Fozil SULTONOV, Turon FA akademigi. Farhod HOJIYEV, O‘zDJTU mustaqil tadqiqotchisi, “O‘zbekiston 24” telekanali bosh muharriri YOSHLАR MА’NАVIY-АXLOQIY QАRАSHLАRIDАGI SАLBIY O‘ZGАRISHLАR 2024-yil Ma’lumki, dunyoda kechayotgan voqea va hodisalar, jarayonlar haqidagi so‘nggi axborotlarni tezkor tarqatishda internet tarmoqlari peshqadam. Ommaviy axborot vositalarida (OАV) e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, “Facebook” ijtimoiy tarmog‘i, jahonda eng ko‘p abonentlar va foydalanuvchilarga ega. “Twitter”, “Instagram”, “YouTube”, “Telegram” dasturlari ham aholi orasida ommalashmoqda. Ta’kidlash lozim, ushbu ijtimoiy tarmoqlardan turli g‘oyaviy kuchlar mafkurasini targ‘ib qilib, o‘z


24-may VATANPARVAR 2024-yil № 21 11 Tarix Umarxon 1809-yili Qo‘qon xonligi taxtiga o‘tirgach, mamlakat mudofaasiga, harbiy qo‘shinga katta e’tibor qaratgan. Chunki o‘sha davrdagi siyosiy vaziyat shuni taqozo etgan. XIX asr muarrihi Mirzoolim Mushrifning “Ansob us-salotin va tavorix ul xavoqin” asarida bu haqida: “Umarxon davrida ulamo va fuzalo donishlari qadr topdi. Sipoh va askarlari nizom, aroyish topib, davlatidan xalq ko‘nglida ravshanlik paydo bo‘ldi”, – deb qayd etiladi. Umarxon xonlik hududini kengaytirish bilan birga, mamlakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, chegara hududlarga qal’a va qo‘rg‘onlar ham qurdirgan. Xonlikdagi qal‘alarning asosiy qismi aynan Umarxon va Muhammadalixon hukmronlik davrida barpo etilgan. Buning asosiy sabablaridan biri, tashqi xavfning kuchayib borishi edi. Umarxon davridan boshlab Qo‘qon xonligi Markaziy Osiyo mintaqasidagi siyosiy jarayonlarda muhim rol o‘ynay boshladi. Ushbu davrda Qo‘qon xonligidagi davlat tuzumi, harbiy qo‘shinni tartibga keltirish bilan birga, davlat ishlarini yuritish qonun-qoidalari va diniy ishlar ham tartibga keltirilib, mamlakat chegaralari aniqlab olindi. Umarxon davrida ruhoniylarning mavqeyi tiklanib, ular davlat ishlariga aralashadigan bo‘ldi. Xon “amir almuslimin va-l-mo‘minin” unvonini olib, ham dunyoviy, ham diniy hokimiyatga ega bo‘ldi. Tarixnavis Muhammad Hakimxon ma’lumotlariga ko‘ra, Umarxon davrida Amir Temur va Husayn Boyqaro zamoniga taqlidan unvon va lavozimlar joriy etilib, ular hokimiyatga yaqin shaxslardan tayinlangan. Shuningdek, Olimxon zulmidan qochib ketgan ayrim amaldorlar Umarxon xizmatiga qaytib kelib, lavozimlarni egallaydilar. Manbalarda keltirilishicha, Qo‘qon xonligining O‘rta Osiyo mintaqasidagi siyosiy jarayonlar va o‘zaro munosabatlarga faol aralashuvi ham Umarxon davridan boshlangan. O‘z darvida Umarxonning elchilari Xiva, Xitoy va Turkiya davlatlariga jo‘natilganligi ma’lum. U ushbu davlatlar bilan munosabatlarni yaxshilashga uringan. Umarxon davrida xonlikdan Rossiyaga elchilar yuborilganligi (1811–1813), Rossiya elchisi Filipp Nazarovning Qo‘qon xonligiga tashrif buyurishi ikki davlat o‘rtasida aloqalar bo‘lganligidan dalolat beradi. Umarxonning hukmronlik davri akasi Olimxon davriga nisbatan anchagina osoyishtalikda o‘tgan. Umarxon Buxoroga ketgan barcha bek va amirlarni chaqirib kelib, ularni saroyda maxsus vazifalar bilan ta’minladi. Arxiv ma’lumotlariga ko‘ra, Umarxon taxtga o‘tirganidan so‘ng Qo‘qon xonligi o‘zining qisqa muddatli “oltin davri”ni boshdan kechirgan va birinchi marta Turkiya bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan, bundan tashqari, bu yerda yangi musulmon markazi vujudga kelganki, u madrasalarining binolari, mudarrislarining bilimdonligi va tahsil oluvchi mullalarining soni bo‘yicha Buxoro markazi bilan bellasha olardi. 1822-yilda oliy hukmdor Umarxonning buyrug‘i bilan barpo qilingan Sibir’ – O‘rta Osiyo va Xitoy yo‘lida joylashgan Pishpek qal’asi xonlikning “Sharqdagi kaliti” hisoblangan. Shu sababdan qal’a himoyasiga jiddiy e’tibor qaratilgan. Qal’a devorlari 4 metr chuqurlikdagi xandaq bilan o‘ralgan va suv bilan to‘ldirilgan. Qal’a devorlarining balandligi 7 metr, poydevor qalinligi 6 metr, yuqori qismi 3 metrni tashkil qilgan. Qal’aga kirish darvozasi shimolda joylashgan bo‘lib, ichki qo‘rg‘onga esa g‘arbdan kirilgan. Ichki tomondan qal’a devorlari bo‘ylab, O‘rta Osiyoning boshqa yerlarida kuzatilgani kabi savdo shoxobchalari va turarjoy binolari joylashgan. Qo‘rg‘onda qal’a boshlig‘ining uyi, askarlar turarjoylari, jinoyatchilar uchun zindon va qurol-yarog‘ hamda oziqovqat zaxirasi binolari joylashgan edi. Qal’aning shimoliy qismida o‘q quyuvchi ustaxona faoliyat ko‘rsatganligi haqidagi ma’lumot ham diqqatga sazovordir. Zero bu faktik ma’lumot qal’alarda harbiylar bilan bir qatorda turli hunarmandlar, xususan faoliyati harbiy ish bilan bog‘liq ustalar ham yashaganidan dalolat beradi. XIX asrning 70-yillariga oid arxiv ma’lumotlariga ko‘ra, Pishpek qal’asining 250 ta pilta miltiq bilan qurollangan piyoda va 150 ta otliq askardan iborat bo‘lgan himoyachilari 3 tadan 5 tagacha to‘p va 15 ta qo‘lbola mortirga ega bo‘lishgan. Xonlikda qal’alar 150 tadan – 300 tagacha askar tomonidan qo‘riqlangan. Vaziyatga qarab ular soni bir necha ming kishiga ortishi mumkin bo‘lgan. Umarxon hukmronligi davrida Qo‘qon xonligi harbiy jihatdan yanada takomillashgan. XIX asrning birinchi yarmida Qo‘qonning turli hukmdorlari mamlakatda muntazam qo‘shin tuzish, uni mustahkamlash borasida sa’y-harakatlarni amalga oshirdilar. Qo‘qon hukmdorlaridan Olimxon davrida mamlakatda muntazam qo‘shinning tarkib topishiga olib keldi. Bu qo‘shin Umarxon va Muhammadalixon davrida yanada kuchaydi. Ma’lumotlarga qaraganda, Olimxon, Umarxon va Muhammadalixon hukmronlik yillarida 40 mingga yaqin qo‘shin to‘play olganlar. Muntazam qo‘shin Qo‘qon xonligida asosan qal’alarda, harbiy istehkom va yirik iqtisodiy-siyosiy markazlar, shaharlarda muqim turgan. Umarxon davrida Qo‘qon xonligida qo‘shin tarkibiy bo‘linishi O‘rta Osiyoda keng tarqalgan an’analar asosida amalga oshirilgan. Bu davrda xonlikda qadimiy qo‘shin bo‘linishi saqlanib qolgan bo‘lib, ko‘p sonli qo‘shin tumanga (10 000 kishidan iborat), tuman o‘z navbatida xazorga (1 000 kishidan iborat), xazor dastaga (1 000–500 kishi), dasta yuzlikka, yuzlik ellikka, ellik o‘nlikka bo‘lingan. Qo‘qon qo‘shini harbiy safarga chiqqanda har bir bo‘linma qoshida harbiy sohaga aloqador bo‘lmagan 5 kishidan iborat guruh hamrohlik qilgan. Ularning vazifalaridan biri –yaralangan askarlarni jang maydonidan olib chiqib, aravalarga joylashtirish va halok bo‘lgan askarlarni dafn qilishdan iborat bo‘lgan. “Tarixi Shohruxiy” asarida yozilishicha, Qo‘qon xonligining bayrog‘i oq rangda bo‘lgan. U ipakdan to‘qilgan bo‘lib, yuqoridan pastga kokilalar osilib turar edi. Qo‘qon xonligi qo‘shinida har bir besh yuzlik bo‘linma o‘z bayrog‘iga ega bo‘lgan. Har bir yuzlik bo‘linmaning o‘z ramzi (gerbi) ham mavjud edi. Lekin “Tarixi Shohruxiy” asari muallifi ning bayroqlar xususidagi ma’lumotini juda qat’iy va aniq ma’lumot sifatida qabul qilmaslik lozim. Xonlik qo‘shinining turli qism va bo‘linmalarida turli ko‘rinish va xilma-xil ranglardagi bayroqlar bo‘lganligi ayrim manbalarda qayd etilgan. Bu davrda qo‘shinning asosiy qismi, ya’ni yadrosini otliq askarlar tashkil etgan. 1813–1814-yillarda Qo‘qonda bo‘lgan F. Nazarov Qo‘qon xoni otxonasida 20 000 askar uchun ot saqlanishi xususida yozgan edi. Uning quyidagi fi krlari ham diqqatga sazovor: “...otliq askarlar baquvvat otlarda, qimmatbaho to‘n va qizil charmdan tikilgan shalvar kiyganlar. Boshlariga qizil salla o‘raganlar. Boshqa qo‘shin turlari esa oq salla o‘raydilar. Otliqlarning kiyimboshlari va otda o‘zini tutishi, yaxshi taassurot qoldiradi”. Bu fi kr bir tomondan ayrim tadqiqotchilarning Qo‘qon otliq askarlari maxsus kiyimga ega bo‘lmagan degan nuqtayi nazarlari noto‘g‘riligini ko‘rsatadi. Ikkinchi tomondan esa Qo‘qon qo‘shini turli harbiy bo‘linmalari o‘z kiyimiga ega bo‘lganligi, otliq askarlar liboslari qisman bo‘lsa-da, boshqa qo‘shin turlarinikidan farq qilganligini ko‘rsatadi. Qo‘shin ta’minoti markaziy hukumatdan katta sarf-xarajatlarni talab qilardi. Bunday vaziyatda markaziy hukumat soliqlar tizimidan keng foydalangan. Xususan, xonlikda harbiy xarajatlarni qoplash uchun aholidan maxsus soliqlar yig‘ilgan. Bu soliq “miltiq puli” deb nomlangan. Qo‘qon xonligida qo‘shinning jangovar holati va qurol-aslahasini tekshirish maqsadida yilda ikki marotaba harbiy ko‘rik o‘tkazilgan. Hukmdorlar bunday harbiy ko‘riklar vaqtida qo‘shinning harbiy tayyorgarligi va qurolyarog‘i bilan bir qatorda, kiyim-boshlariga ham jiddiy e’tibor qaratgan. Odatda bunday harbiy ko‘riklar vaqtida davlat tomonidan bahorda va kuzda kiyim-bosh tarqatilgan. Xonlikda harbiy harakatlar oldidan ham askarlarga kiyim-bosh va qo‘shimcha haq to‘langan. Yuzboshi 2 tilla, ellikboshi 1,5 tilla, oddiy askar 1 tilla olgan. Jangda jasorat ko‘rsatgan askarlar pul va to‘n bilan taqdirlangan, ayrim hollarda esa yuqori lavozimlarga ham tayinlangan. Qo‘qon hunarmandlari orasida qurolaslaha va jang kiyim-kechaklari ishlab chiqaradigan ustalar va kosiblar katta obro‘ va hurmatga ega edilar. Mahalliy ustalar tomonidan ikki turdagi qilich tayyorlangan bo‘lib, ularning birinchisi egik – oysimon ko‘rinishda, ikkinchisi to‘g‘ri shaklga ega edi. Oysimon ko‘rinishdagi qilich xonlik qo‘shinida keng tarqalgan bo‘lib, bu turdagi qilichlar yengil va o‘tkir bo‘lib, zarba berishda aniqlik bilan harakat qilish imkoniyatini berar edi. U aynan shu sifatlari bilan Yevropa qilichlaridan ustun turardi. Qilichlarning dastasi hayvon shohi, fi l suyagi va daraxtlardan tayyorlangan. Qilich qinlari odatda yog‘ochdan tayyorlanib, uch qismiga metall qoplangan. Harbiy harakatlar vaqtida bunday qurollarni tayyorlash miqdori bir necha marotaba oshgan. Bunday qurollarga bo‘lgan talab, ularning mavjud miqdoriga nisbatan yuqori bo‘lgan. Bu o‘rinda shuni alohida qayd etish kerakki, XVIII asr oxiri – XIX asr boshlariga kelib, Qo‘qon qo‘shinida O‘rta Osiyoning boshqa xonliklarida kuzatilgani kabi, o‘qotar qurollarning keng tarqalishi bilan, sovuq qurollar – xanjar, qilich, nayza hamda askarlarning himoya vositasi bo‘lgan sovut, dubulg‘a, qalqon kabilarning ahamiyati pasaya boshladi. Umarxon qo‘shinni zamon talabiga mos ravishda qayta tashkil etish, uning harbiy taktik tayyorgarligi va mahoratini oshirish maqsadida ingliz, afg‘on va turkiyalik mutaxassislarni taklif etishga harakat qilgan. Shu bilan birga xonlik qo‘shinini Yevropada tayyorlangan qurollar bilan ta’minlashga uringan. Qo‘qon xonligida qo‘shin sonining ortib borishi tabiiy ravishda qurol-yarog‘ turlariga bo‘lgan talab ortishiga olib keldi. Bu talabni doim ham chet el qurollari hisobidan qondirib bo‘lmas edi. Chunki chet eldan keltirilgan qurollar xazinaga qimmatga tushishi bilan bir qatorda, ulardan foydalanishni o‘rgatuvchi va saqlovchi mutaxassislar ham yetishmas edi. Shuning uchun ham Qo‘qon hukmdorlari qo‘shinning qurol-yarog‘ga bo‘lgan ehtiyojini mahalliy ustalar tomonidan tayyorlangan qurollar bilan qondirishga harakat qilgan. Umarxon davrida Qo‘qon xonligining davlat tuzumi, davlat ishlarini yuritish qonun-qoidalari, diniy ishlar deyarli tartibga solingan edi. Umarxon o‘zining 12 yillik hukmronligi davrida mamlakat tinchligi va osoyishtaligi uchun kurashdi. Umarxon 1821-yil 30-dekabr kuni 17 kunlik kasallikdan so‘ng vafot etadi. Umarxon davrida Qo‘qon xonligi o‘zining siyosiy mustaqilligini saqlab qola oldi. Xiva xonligi, Rossiya va Usmoniylar imperiyasi bilan bir necha bor diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Gulshanoy MADRAHIMOVA, Qurolli Kuchlar akademiyasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi HUkMRONlIGI dAVRIdAGI HARBIY QO‘SHIN FAOLIYATI


12 № 21 24-may VATANPARVAR 2024-yil “Yosh chegarachilar” Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari tomonidan yoshlarni yurtga sadoqatli, chin ma’nodagi vatanparvarlar sifatida tarbiyalash, ularni har tomonlama barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash hamda chegara xizmatiga qiziqishlarini oshirish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, chegaraoldi hududlarda joylashgan umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasi ham yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etib, sohaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirib kelayotgani bilan ahamiyatlidir. Uch bosqichda o‘tkaziladigan mazkur musobaqalarning dastlabki tuman (shahar) va viloyat bosqichlari aprel – may oylarida o‘tkazilib, yakuniy respublika bosqichida viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan 13 ta jamoa tarkibida 130 nafar o‘quvchi 3 kun davomida bor kuch-g‘ayratini, bilim va salohiyatlarini namoyon etgan holda g‘alaba tomon intildilar. Musobaqa DXX Chegara qo‘shinlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Sport, Madaniyat va Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hamkorligida yuqori saviyada tashkil etildi. Dastlab, poytaxtimizning diqqatga sazovor maskanlari bilan tanishgan ishtirokchilar Amir Temur va uning avlodlari tarixidan so‘zlovchi “Temuriylar tarixi” davlat muzeyi hamda “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shonsharaf” davlat muzeyi eksponatlari orqali o‘zlarining tarixiy bilimlarini yanada boyitish bilan birga katta kuch va motivatsiya ham oldilar. Musobaqaning tantanali ochilish marosimi akademik M. Mirzayev nomidagi ilmiy tadqiqot instituti dala maydonida bo‘lib o‘tdi. Unda Chegara qo‘shinlari mas’ul ofi tserlari va hamkor tashkilotlarning vakillari ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizning chegaraoldi hududlaridagi umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarni Vatanga muhabbat va harbiy burchga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda chegara xizmatiga qiziqtirgan holda bosqichmabosqich tayyorlab borishda an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasining ahamiyati yuqori ekanini ta’kidlab o‘tdilar. Dastlabki shart jamoalarning safda shaxdam qadamlar bilan yurish va qo‘shiq aytib o‘tish ko‘nikmasining qay darajada shakllanganini sinovdan o‘tkazdi. Navbatdagi shartda jamoalarning musobaqa uchun tayyorlab kelgan maxsus harbiy liboslari, albomlar, vimpel va kalashnikov avtomati maketlari ko‘rikdan o‘tkazildi. O‘g‘il-qizlar ushbu shartda ham o‘zaro jipsliklarini, liboslarni tanlashda ramziy ma’nolarga alohida e’tibor qaratganliklarini hamda o‘z jamoalarini tanishtirish jarayonida yuqori notiqlik mahoratlarini namoyon etdilar. Uzoq va qisqa masofaga yugurish, turnikda tortilish, bilimlar sinovi, AKM avtomatini noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish, fotoelektron o‘q otish tirida o‘q otish, shuningdek 25 metr masofaga granata uloqtirish, zararlangan hududdan o‘tish, azimut bo‘yicha harakatlanish, to‘siqlar yo‘lagi va sim to‘sig‘idan o‘tish, o‘q-dorilarni belgilangan manzilga tez va qisqa fursatlarda yetkazib berish kabi jami 16 ta shartni bajarish davomida o‘quvchilar o‘zlarining yuqori tayyorgarliklarini namoyon etdilar. Musobaqa rejasiga ko‘ra, yosh chegarachilar uchun madaniy tadbirlar ham tashkil etib borildi. Xususan, rejissyor Erkin Bozorov tomonidan Javlon Jovliyevning shu nomli romani asosida tasvirga olingan “Qo‘rqma” hujjatli fi lmining namoyishi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirgan bo‘lsa, “Million” jamoasi vakillari bilan gulxan atrofi da bo‘lib o‘tgan uchrashuv barchaga ko‘tarinki kayfi yat ulashdi. Barcha shartlar muvaff aqiyatli bajarilgach, g‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Hayajonli daqiqalarga boy tarzda o‘tgan tadbirda dastlab 16 ta shartning har birida eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan yoshlar yakka tartibda maxsus diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi. Musobaqa YOSHlARINI BIRLASHTIRGAN MUSOBAQA davomida jamoadosh yigitlar bilan bir safda turib, shartlarni bajargan qizlar ham alohida e’tirof etilib, sovg‘alar taqdim etildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi 25-umumta’lim maktabining “Turon” jamoasi 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani 4-umumta’lim maktabining “Sohibqiron” jamoasi 2-o‘ringa sazovor bo‘ldi. “Yosh chegarachilar” harbiyvatanparvarlik musobaqasining 2024-yilgi respublika bosqichi mutlaq g‘olibligi esa Jizzax viloyati Yangiobod tumani 13-umumta’lim maktabining “Yosh chegarachilar” jamoasiga nasib etdi. G‘oliblar maxsus diplom, kubok, medallar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Mayor Farida BOBOJONOVA DXX Chegara qo‘shinlari


24-may VATANPARVAR 2024-yil № 21 13 TERMIZDA BELLASHDI Musobaqaning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Surxondaryo viloyati kengashi raisi To‘lqin Botirov, Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi, Mahallalar uyushmasi xodimlari hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. “SHUNQORLAR” Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularning ongida Vatanni sevish hamda ardoqlash, qadrlash tuyg‘usini shakllantirish, harbiy xizmatga, sportning texnik va amaliy turlariga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufi dagi “Termiz” umumqo‘shin dala maydonida “Shunqorlar” harbiy sport o‘yinlarining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Musobaqada Surxondaryo viloyatining 15 ta tuman, shaharidan jami 15 ta jamoa o‘zaro kuch sinashdi. Nizomga muvofi q, musobaqa “Harbiy-vatanparvarlik”, “Harbiy-amaliy ko‘pkurash” hamda “Sport” bosqichlaridan tashkil topgan. Har bir bosqich o‘z navbatida O‘zbekiston tarixi bilimdoni viktorinasi, saf qo‘shig‘i, “Biz bir jamoamiz!” ko‘riktanlovlari, pnevmatik quroldan o‘q otish, o‘quv granatasini uzoqlikka uloqtirish, harbiylashtirilgan estafeta, duatlon, 100 metrga yugurish, turnikda tortilish singari shartlarni o‘z ichiga oladi. 17–22 yosh oralig‘idagi uyushmagan yoshlar, talabalar hamda umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan mazkur musobaqada har bir jamoadan 10 nafar ishtirokchi bahs olib bordi. Musobaqa yakuniga ko‘ra, Denov tumanidagi 24-maktabning “Janub qalqonlari” jamoasi 3-o‘rinni, Muzrabot tumanidagi Chegara mahallasining “Chegarachi” jamoasi 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, faxrli 1-o‘rin Termiz tumanidagi 1-son kasbhunar maktabining “Amur Temur avlodlari” jamoasiga nasib etdi va shu yilning iyun oyida bo‘ladigan musobaqaning fi nal bosqichiga va “Vatanparvar” tashkiloti markaziy kengashi raisi kubogi” uchun o‘tkaziladigan bellashuvga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Musobaqani samarali tashkil etish va o‘tkazishda yaqindan yordam bergan hamkor tashkilotlarga “Vatanparvar” tashkiloti Surxondaryo viloyati kengashi tomonidan tashakkurnomalar taqdim etildi. Yakunda g‘olib va sovrindor jamoalar diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. III darajali serjant Akbar AHMEDOV Musobaqa


14 № 21 24-may VATANPARVAR 2024-yil Ma’rifat targ‘ibotchisi Quvonarlisi, bugun Qurolli Kuchlarimiz safi da kitobga oshno bo‘lgan ziyoli harbiy xizmatchilar juda ko‘p. Kichik serjant G‘olibjon Azimjonov ana shunday ma’rifatparvar Vatan himoyachilari sirasidan. Qahramonimizning Qurolli Kuchlarda xizmat qilayotganiga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Lekin uning kitobxonligini, bu borada shu kungacha erishgan muvaff aqiyatlarini boshqalarga o‘rnak qilib ko‘rsatsa arziydi. Ota-onam va men G‘olibjon Andijon viloyati, Izboskan tumanidagi Do‘stlik mahallasida tug‘ilib voyaga yetdi. Oilada uch farzand ulg‘aydi: ikki qiz, bir o‘g‘il. Dadasi – Maribjon aka qo‘ligul usta sifatida elda e’zoz topgan inson. U mana shu hunarining ortidan ro‘zg‘or tebratdi, halol rizq topdi. Onasi – Halimaxon opa esa ko‘p yillar viloyatdagi to‘qimachilik korxonasida hisobchi bo‘lib ishladi. Shuning barobarida farzand tarbiyasi borasidagi mas’uliyatini ham unutmadi. Kitobxonlikni oiladagi muhitga bevosita bog‘liq jarayon, deyishadi. Haq gap. Zero kitob va ilm qadrlangan go‘shada ulg‘ayayotgan o‘g‘il-qizlarda kitobxonlik madaniyati shakllanishi bor haqiqat. Bu haqda qahramonimiz shunday deydi: – Dadam menga najot ta’limda, bilim olishda ekanini ko‘p uqtirardi. U kishi vazmin, mulohazali inson. Men ulardagi shu sifatlarni qadrlayman. Dadam tarixni yaxshi biladi. Chunki tarixiy kitoblarni ko‘p o‘qigan. Shu bois oila davrasida o‘tirganimizda doim shonli tariximizga oid qiziqarli ma’lumotlarni gapirib berardi. Dadam biz, farzandlarning bilim olishimiz uchun yetarlicha sharoit yaratib bergandi. Shuning barobarida tarbiyamizga ham qattiqqo‘llik bilan qarardi. Onam she’riyat shaydosi edi. Kichkinaligimda menga “xotirangni mustahkamlaydi”, deb ko‘p she’r yodlatardi. Chunki ko‘pincha biz eshitgan narsamizning ellik foizini yarim soatda unutar ekanmiz. Agar insonda xotira mustahkam bo‘lsa, bu muammo unga daxl qilmas ekan. Yillar o‘tib anglab yetdimki, onamning bu sa’y-harakati, otamning o‘gitlari, mehri, e’tibori tufayli ham hayotda o‘z o‘rnimni topdim, tanlagan sohamda kamolga yetdim. Buning uchun ulardan butun umr qarzdorman... G‘OLIBJONNING Hayotda shunday bir do‘st borki, u sohibqiron Amir Temur ta’biri bilan aytganda, “barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmi donishning asosidir”. Necha ming yillardan buyon hikmati-yu qiymatini yo‘qotmagan, inson uchun ulug‘ yo‘lboshchi va sadoqatli hamroh, shubhasiz kitob sanaladi. Kitobxon insonlarning teran fi krlashi, yurish-turishi bilan har joyda hurmat topishi, barchaning mehrini qozonishi ham kitobning buyuk xislatidan darak. NURLI YO‘LI Adabiyotga mehr – O‘shanda, adashmasam, 12 yoki 13 yoshda edim. Opam esa bitiruvchi sinf o‘quvchisi edi. U Farg‘ona davlat universitetining Ona tili va adabiyot fakultetiga o‘qishga kirishga tayyorgarlik ko‘rardi. Ko‘p badiiy kitob o‘qirdi. Abituriyentlarning shunday usuli bor ekan: o‘qigan asarini kimgadir gapirib bersa, o‘sha asar xotirasida yaxshi saqlanib qolarkan. Shu bois opam biron-bir asarni o‘qib tugatsa, menga aytib berardi. Birinchi marta Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” tarixiy romanini gapirib bergan. Mana shu roman meni ma’naviyat olamiga olib kirdi. Unda Zahiriddin Muhammad Boburning 40 yillik hayoti, ijodi hamda sarkarda, shoh, fotih sifatidagi faoliyati shunchalik haqqoniy yoritilgan ediki, men shu asar tufayli adabiyotga mehr qo‘ydim. Kitobning turganbitgani xazina ekanligini anglab yetdim. Opamdan yana “O‘tkan kunlar”, “Avlodlar davoni”, “Ikki eshik orasi”, “Ufq” asarlarini ham eshitdim. Shunday qilib qalbimda, kitob mutolaasiga qiziqish uyg‘ondi. Qarabsizki, har doim maktabga borganimda kutubxonadan ko‘p badiiy kitoblar ko‘tarib keladigan bo‘ldim. Bu asarlar dunyo mo‘jizasi edi. Men mana shu mo‘jizadan bahramand bo‘layotganimdan cheksiz shodlanardim. Uyga kelib muk tushib mutolaa qilardim. Bironbir asarni o‘qib bo‘lgunimcha, o‘sha asar qahramonlari bilan birga yashardim. Ularning g‘am-tashvishi, xursandchiligini ham o‘z qalbimdan o‘tkazardim. Xullas, men adabiyot bilan ulg‘aydim, u tufayli hayotning, yashashning mohiyatini angladim. Zahmatning mevasi “Inson qalb amri bilan qilgan ishlaridagina yuqori cho‘qqilarni zabt etishi mumkin”, degan edi allomalarimizdan biri. Bu hayotiy haqiqatning isbotini qahramonimizning xizmat faoliyati misolida ham ko‘rish mumkin. Zero qalb da’vati insonni ulug‘ ishlar sari yetaklaydi, doim unga dalda va madad bo‘ladi. Bunday paytlarda albatta muvaff aqiyatga bo‘lgan ishonch, iroda va ichki kuchning ham ahamiyati beqiyos. – Izboskan transport kasb-hunar kollejini bitirganimdan so‘ng oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga hujjat topshirdim. Lekin omadim kelmadi. Keyin muddatli harbiy xizmatga yo‘l oldim, – deya xotirlaydi qahramonimiz. – Armiya safl arida o‘tgan bir yil men uchun katta maktab bo‘lgan. Qizg‘in mashg‘ulotlar, sport musobaqalari bilan bir qatorda doimiy ravishda o‘tkaziladigan tanlovlar, intellektual o‘yinlarda ishtiyoq bilan ishtirok etardim. Bu borada maktabda va kollejda o‘qib yurganimda yaxshigina tajriba orttirgandim. Xullas, shu davrgacha o‘qigan kitoblarim, bilimim armiyada ham asqatdi. Eng muhimi, o‘shanda qalbimda harbiy kasbga qiziqish uyg‘ondi va hayotimni harbiy soha bilan bog‘lashga ahd qildim... Kichik serjant G‘olibjon Azimjonov bilimli va g‘ayratli harbiy xizmatchi sifatida jamoada tezda o‘rin topdi. Zimmasiga yuklatilgan vazifa mas’uliyatini chuqur anglab yetgan holda, maqsadlari tomon dadil qadam tashladi, qiyinchiliklardan cho‘chimadi va shuning barobarida kitobxonlik borasida boshqalarga o‘rnak ko‘rsatdi. Kutilganidek, astoydil qilingan mehnat tez orada bo‘y ko‘rsatdi. U 2019-yili Mudofaa vazirligi miqyosida o‘tkazilgan “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik-tanlovida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2021-yili Toshkent viloyatida kuch tuzilmalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Temur tuzuklari bilimdoni” ko‘rik-tanlovida va 2022-yilda Mudofaa vazirligi miqyosida o‘tkazilgan “Eng yaxshi yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovida 1-o‘rinni, 2023-yili vazirlik miqyosida o‘tkazilgan “Eng yaxshi kutubxonachi” ko‘rik-tanlovida esa 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ta’kidlash joizki, kichik serjant G‘olibjon Azimjonov 2021-yildan beri Toshkent viloyatidagi harbiy qism madaniyat markazi boshlig‘i – kutubxonachi vazifasida samarali xizmat qilib kelmoqda. Uning tashabbusi bilan 3 000 kitob fondiga ega bo‘lgan harbiy qism kutubxonasi har yili rang-barang adabiyotlar bilan boyimoqda. Kutubxonada kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida doimiy ravishda turli ma’naviy-ma’rifi y tadbirlar tashkillashtiriladi. Shu sabab harbiy qism harbiy xizmatchilari qo‘mondonlik miqyosida o‘tkaziladigan shu yo‘nalishdagi ko‘rik-tanlovlarda doim faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda. Ha, kichik serjant G‘olibjon Azimjonov namunali kutubxonachi. Shu boisdan ham u mamlakatimizda o‘tkazilgan “Central Asia – 2024”: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” XVII Xalqaro konferensiyasi doirasida axborot kutubxona sohasini rivojlantirishga, kitobxonlikni keng targ‘ib qilib mutolaa madaniyatini oshirishga qo‘shgan hissasi hamda bu yo‘nalishda yuqori natijalarga erishgani uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan “Axborot-kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. – E’tirofdan minnatdorman. Menga bildirgan ishonchni qadrlayman va oqlayman. Bundan buyon ham o‘z vazifamga sidqidildan yondashishga intilaman, – deydi kichik serjant G‘olibjon Azimjonov. – Kitobni bejiz oſt obga qiyoslamaydilar. Negaki oſt ob borliqqa nur sochib olamni charog‘on etsa, kitob ong-shuurimizni ilm nuri bilan yoritadi. Shu ma’noda mazmunli va qiziqarli kitob o‘qish nafaqat maroqli, balki foydali ham. Xalqimiz azaldan kitobni aziz sanagan, oilalarda kechalari kitobxonlik davralari uyushtirib, ma’naviyatni targ‘ib qilgan. Biz ana shunday ma’rifatparvar ajdodlarning avlodimiz. Qalbimiz, ongimiz bilan kitob o‘qishni sevuvchi millatmiz. Bundan g‘ururlanishimiz va hech qachon yodimizdan chiqarmasligimiz lozim. Shu o‘rinda bir narsani ta’kidlab o‘tmoqchimiz, G‘olibjon iqtidorli harbiy xizmatchi sifatida ham mashhurlikka erishgan. U mana uch yildirki 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan muhtasham Xalqlar do‘stligi saroyida o‘tkaziladigan bayram dasturiga boshlovchilik qilib keladi. Shu bilan birga Olmaliq kon-metallurgiya kombinati qoshidagi televideniye bilan hamkorlikda “Bir asar mutolaasi” hamda “She’riyat vaqti” ko‘rsatuvlarini tayyorlaydi. Ayni vaqtda Toshkent amaliy fanlar universitetining sirtqi bo‘lim talabasi bo‘lgan qahramonimizning keyingi xizmati, ijodiy faoliyatiga omad va muvaff aqiyatlar yor bo‘lishini tilaymiz. Podpolkovnik Gulnora HOJIMURODOVA


24-may VATANPARVAR 2024-yil № 21 15 Psixologiya Harbiy jamoalar bilan tashkil etiladigan psixologik ishlarning dolzarb muammolari quyidagilardan iborat: – shaxsiy muammolar harbiy xizmatchilarning kayfi yati, shaxsiyati, sog‘lom axloqiy-ruhiy holati va jangovar salohiyatiga salbiy ta’sir etuvchi muammolar ekanligi; – atrofdagilar bilan vujudga keladigan turli nizolar; – paydo bo‘ladigan turli shakldagi deviant (og‘ishgan) xulq-atvorlar; – guruhiy (jamoaviy) muammolar–harbiy jamoaning axloqiy-ruhiy muhitini buzuvchi muammolar; – jamoa ichidagi munosabatlarga to‘sqinlik qiluvchi nizoli vaziyatlar (shaxsiy, axloqiy, xizmat); – nizoli vaziyatlarda jamoaning kichik guruhlarga bo‘linib ketganligi, harbiy xizmatchilar o‘zaro kelisha olmasligi, jamoada ijobiy qadriyatlarning yo‘qolishi va hokazo. Harbiy xizmatchilarda uchraydigan shaxsiy muammolarning asosiy sabablari sifatida ularning xizmat sharoitlariga, jangovar harakat va qaltis vaziyatlarga ijtimoiy-psixologik moslashish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni kiritish mumkin. Ijtimoiy-psixologik moslashuvchanlik har xil ko‘rinishlarda yuzaga keladi. Masalan, noto‘g‘ri qo‘yilgan maqsad va salbiy yo‘nalishlarni tanlagan yashirin (latent) mikroguruhlar (norasmiy liderlar) g‘oyalari va boshqa holatlarni keltirishimiz mumkin. Shaxsiy muammolar esa harbiy xizmatchining asabi tarangligi (asabiylik holati), stress holati (depressivlik), xavotirlanishi (bezovtalik), boshqaruvni yo‘qotish (bo‘ysundirolmaslik va bo‘ysunmasligi) va boshqa hollarda o‘zini aks ettiradi. Bunday holatlarda, albatta ular to‘g‘risida ma’lum psixologik ma’lumotlarni to‘plash uchun psixodiagnostika tajribalariga murojaat qilish kerak. Psixodiagnostika atamasi “psixologik tashxis qo‘yish” degan ma’noni anglatib, shaxsning ruhiy holati, to‘liq biron-bir alohida xususiyati haqida xulosa chiqarishdir, bunda “tashxis” shaxsning taraqqiyot ko‘rsatkichi va tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holat va xususiyatlari haqidagi xulosalardan iborat. Psixodiagnostika atamasi ilk bor Rorshaxning “Psixodiagnostika” asari chop etilgandan so‘ng psixiatriyada qo‘llanilgan bo‘lib, u tez orada tibbiyotdan tashqarida ham keng miqyosda ommalasha boshladi. “Diagnoz”, ya’ni “tashxis” esa shaxs rivojlanishidagi har qanday og‘ishlarni, hattoki uning holat va xususiyatlarining muayyan taraqqiyot darajasini aniqlash demakdir. Psixodiagnostik tekshiruvlar va tadqiqotlarni harbiy jamoalarda tashkil etish bugungi kunda muhim sanaladi. Harbiy faoliyatda psixologik diagnostika (psixodiagnostika) – harbiy xizmatchilarning psixologik shaxsiyatini va harbiy jamoalarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish va baholashga qaratilgan tadbirlar majmuasidir. Harbiy faoliyatda psixologik diagnostika o‘tkazilishidan maqsad: – tadqiqot obyektining psixologik rivojlanishini prognozlash; – obyekt bilan yanada samarali ishlash usullarini topish; – obyektning xizmat faoliyatiga tegishli tavsiyalar ishlab chiqish; – shaxsiy tarkib bilan psixologik ishning usul va vositalarining mavjud shakllarini optimallashtirish bo‘yicha mansabdor shaxslarga taklifl ar ishlab chiqish. Harbiylar bilan psixodiagnostik tekshiruv va tadqiqotlarni tashkil etishda quyidagilarni inobatga olish lozim bo‘ladi, chunki harbiy psixolog faoliyatining yakuniy natijalari psixologik diagnozga bog‘liq. Psixologik diagnoz quyidagi bosqichlardan iborat: 1. Tayyorgarlik bosqichi: – harbiy psixologning lavozimidan kelib chiqib, uning vazifalarini belgilab olish; – olib boriladigan tadqiqotning maqsadini belgilab olish; – tadqiqot ochiq va samimiy tashkil etilishi bo‘yicha kelishuvga erishish (shartnomasini tuzish); – shart-sharoitlarni standartlashtirish va tashkil etish, tadqiqot o‘tkaziladigan joy-bino, jihozlarni (stol, qalam, javob varaqalarini tayyorlash), vaqtni belgilash, sinaluvchi guruhlarga bir xil muhit yaratish, shovqindan–musiqa kabi tashqi chalg‘ituvchi ta’sirlardan xoli bo‘lish; – tadqiqot maqsadidan kelib chiqib metodikalarni saralab olish, natijalarni zudlik bilan qayta ishlash uchun sharoitlarni yaratish. 2. Tekshirilayotganlar bilan muloqot o‘rnatish va motivatsiya: – do‘stona ish muhiti, tekshiriluvchilarda tadqiqot ishiga nisbatan jiddiy va mas’uliyatli munosabatni shakllantirish; – motivatsiya har xil bo‘lishi mumkin, eng asosiysi, tekshiriluvchining testga nisbatan qiziqishini uyg‘otish. Zarur bo‘lganda konfi densial (maxfi y)likni kafolatlash; – yetarli darajada yo‘riqnomani shakllantirish. Og‘zaki yetkazilganda javob varaqalaridagi yo‘riqnoma bilan bir xil bo‘lishini ta’minlash. Ortiqcha savollarga yo‘l qo‘ymaslik; – tadqiqot o‘tkazuvchi shaxsga qo‘yiladigan kasbiy talablar: shaxsiy tarkib bilan kirishib ketish uquvi, ularda ishonch tuyg‘usini uyg‘otish va savollarga samimiy javob berish tajribasiga ega bo‘lish. O‘zaro ishonchli munosabatlarning uyg‘otilishi, sinaluvchilarning testlashtirish jarayonidan yengil-oson o‘tishlarini ta’minlaydi, aks holda kerakli bo‘lgan ma’lumotlarga to‘liq javoblar olinmasligi mumkin. 3. Tadqiqot vazifasiga mos ma’lumotlarni to‘plash (xususan tekshiruvda ham). 4. Ma’lumotlarni qayta ishlash, tahlil va talqin qilish. 5. Natijalarni taqdim etish. Tadqiqot vazifalariga mos shaklda taqdim etish. Ma’lumotnoma hisobot ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Yakunida esa xulosa, taklif va tavsiyalar bo‘lishi lozim. Harbiy faoliyatda psixodiagnostika – harbiy psixolog faoliyatining boshlang‘ich bosqichi hisoblanib, harbiy xizmatchilarning psixologik shaxsiyatini va harbiy jamoalarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganishga va faol holatini baholash maqsadida shaxsning individualpsixologik xususiyatlari mohiyatini yoritish va bayon etish, rivojlanish yuzasidan tavsiyalar taqdim etish hisoblanadi. Shuningdek, psixologik diagnozning muhim elementi har bir alohida holat uchun eng muhimi tekshiriluvchi xulqidagi kuzatilgan alomatlarni aniqlash va ularning sabab va oqibatlarini baholashdan iborat. L. Vigotskiy birinchilardan bo‘lib o‘ziga xos tarzda psixodiagnostikaning darajalarini belgilab berdi: simptomatik (yoki empirik), etiologik, yuqori tipologik. Birinchi daraja – simptomatik (yoki empirik) deb atalib, ushbu bosqichda ma’lum xususiyatlar, tasdiqlar yoki simptomlarni qayd etish bilan cheklaniladi. Natijada esa sodda amaliy xulosalar chiqariladi. Ushbu daraja doirasida faqat ma’lum bir xususiyatlar yoki shaxslilikning namoyon bo‘lishi to‘g‘risida tavsiyalar berilib, uning asosida amaliy xulosalar bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri) chiqariladi. Bunday holda tekshiruvchi shaxsning muayyan individual psixologik o‘ziga xosliklarini, asosiy sabablarini va shaxs xususiyatlarining yo‘naltirilganligini aniqlay olmaydi. Olimning ta’kidlashicha, bunday tashxis haqiqiy ilmiylik kasb etmay, shunchaki belgi (simptom)larni aniqlash orqali hech qachon haqiqiy xulosalar chiqarib bo‘lmaydi. Ikkinchi daraja – etiologik deb nomlanib, ushbu bosqichda nafaqat shaxsning ma’lum bir xususiyatlarini aniqlash, balki ularning belgilari (simptomlari), alomatlari mavjudligini, ularning paydo bo‘lish sabablarini ham hisobga olib o‘rganadi. Ilmiy psixologik tashxisning eng muhim elementi, o‘ziga xosligi bu har bir alohida holatda subyektning xulq-atvorida nima uchun bu xususiyat namoyon bo‘lganligi, uning sabablari va shaxs rivojlanishi uchun xizmat qiladigan yoki to‘siq bo‘ladigan oqibatlarga aniqlik kiritishdan iboratdir. Shunday ekan faqat ma’lum xususiyatlar (alomatlar) mavjudligini emas, balki ularning paydo bo‘lish sabablarini ham hisobga olib qo‘yiladigan tashxis etiologik deb nomlanadi. Uchinchi daraja – eng yuqori tipologik daraja hisoblanib, bu shaxs xususiyatlarining yaxlit, dinamik ko‘rinishda psixologik hayotida namoyon bo‘lishining o‘ziga xos o‘rni va qiymatini aniqlashdan iborat. Hozirgi vaqtda ko‘p hollarda birinchi darajali diagnostika bilan cheklanib qolinib, psixodiagnostika va uning usullari psixologning shaxsiy xulosa va shaxsiy metodikalari bilan o‘lchash odat tusiga kirdi. O‘zbek olimlaridan professor R. Samarov “Qurolli Kuchlar tizimining feminizatsiyalashuvi: rivojlanishning o‘ziga xosligi va ijtimoiy mexanizmi (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari misolida)” deb nomlangan doktorlik dissertatsiyasi va boshqa ishlarida psixodiagnostikani imkoniyatlari ko‘pfunksional ekanligini ko‘rsatib, mudofaani ta’minlashda harbiy xizmatchilar shaxsini tizimli o‘rganish joiz, deb ko‘rsatgan. Yuqoridagi fi krlarni umumlashtirgan holda yozma (yoki og‘zaki) xulosa chiqarish psixodiagnostikaning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Xulosaning mazmunini harbiy psixolog uchun zarur barcha ma’lumotlar, test materiallari va boshqa (manba)larni qamrab oladi. Diagnostik xulosalarni quyidagicha prinsiplarga (A. Anastazi bo‘yicha) ajratishimiz mumkin: 1) xulosaning mazmuni va uslubi harbiy psixologning asosiy maqsadi va nazariy “ustanovka”lariga bog‘liq. Shu sababli u kimga taqdim etilishiga ko‘ra, uning ehtiyoji, qiziqishlari va tayyorgarlik darajasiga muvofi q bo‘lishi muhim sanaladi. Masalan, komandir (boshliq) aniq buyruq bajarilganda va asosiy ma’lumotlarni tushuntirib beradigan xulosalarni olganda, bo‘ysunuvchi shaxsiy tarkib aniq ko‘rsatmalarni va rag‘batni olganda, psixolog esa bashorati (prognoz) tadqiqotlarda o‘z aksini hamda testlarning ishonchlilik darajasi o‘z isbotini topganda maqsadga yetadi. Xulosada ishning asosiy mazmunini aks ettiruvchi qisqacha annotatsiya, so‘ngra konkret ma’lumotlar aniq va batafsil bayon etilishi zarur; 2) xulosaning asl mazmunida harbiy psixologning psixodiagnostik tadqiqotidan kutiladigan maqsadi aks etgan bo‘lishi zarur (vazifaga tavsiyalar kiritilganmi yoki oddiy maslahat bilan cheklanilganmi); 3) xulosa odatda, keyingi harakat (faoliyat)ga mo‘ljallangan (yo‘naltirilgan) bo‘ladi, ya’ni ma’lum bir dastur (Umumharbiy nizomlar qoidalari)ga nisbatan, boshqaruv tiplarini hamda harbiy faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar beriladi; 4) agar alohida har bir harbiy jamoaning a’zosi (konkret individ)ning xususiyatlarini tafovutlanishi aks ettirilsa, xulosa yanada samarali chiqadi. Xulosa aynan ushbu harbiy xizmatchi shaxsiga qaratilgan bo‘lishi muhimdir; 5) berilayotgan xulosa mazmunida, olingan natijalarni talqin etish va aniq belgilangan (yechimi bo‘yicha tavsiyalarga ega bo‘lgan) xulosalar o‘rin olishi kerak. Metodikalarning izohi, shuningdek boshqa ma’lumotlar alohida ilova shaklida yoki tavsiya va taklif sifatida taqdim etiladi; 6) harbiy xizmatchi shaxsi (individ)ning harakatini belgilovchi-yo‘naltiruvchi izohlar va baholash tizimi aniq bo‘lishi kerak. Baho belgilangan mezonga yoki me’yorga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra harbiy xizmatchilardan olingan tadqiqot natijalari qaysi belgilangan mezonga asoslanganligi yoki me’yorga taqqoslanganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur. Marziya QARSHIYEVA Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifi katsiyalar instituti. Katta leytenant G‘. SATTOROV Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug vzvod komandirining o‘rinbosari


16 № 21 24-may VATANPARVAR 2024-yil Hayot sinovlari O‘rinboyning xotinidan ayrilganiga o‘n kundan oshdi. Ko‘ngil so‘rab keluvchilar soni ancha kamaydi. Endigina voyaga yetayotgan yetti o‘g‘ilqiz “onamlab” qolaverdi. Tiriklar yig‘lab-siqtab bir kunini ko‘radi, o‘lganga qiyin, deganlaridek, Gavharoy opa endigina o‘ttiz olti yoshni qarshilagandi. Kattasi o‘n sakkiz, kichigi uch yosh bo‘lgan bir uy bola, ota qo‘lida qoldi. Onadan ayriliq qayg‘usidan faqat Mirzokarim mustasno. U hamon xonalarni mo‘ralab, azaga kelgan ayollar orasidan onasini izlash bilan ovora. Uch yoshli bolakay ona ayrilig‘ini his qilganicha yo‘q. Gohida otasining oldiga kelib, ko‘zlari mo‘ltiragan ko‘yi onasini so‘raydi, xarxasha qilib yig‘lashga tushadi. Shunday pallada O‘rinboy aka o‘zini qo‘yarga joy topolmay qoladi. – Nega hayot bunchalar beshafqat, – ko‘ziga yosh to‘ladi uning. – Onamning qornidaligida otamdan ayrilib tog‘alar qo‘lida katta bo‘ldim. Yiqildim, surildim, o‘ksindim, ota mehriga intiq bo‘ldim, onam ham uzoq yashamadi. Oila qurib, farzandlar ko‘rib, bag‘rim but bo‘ldi deganda... Yana qanday sinovlaring bor, Allohim... Oradan ikki oy o‘tdi. Gavharoy opaning marakalari oxirlab, ayriliq otashi hamon bolalar ko‘ksini ezib turgan bir pallada, O‘rinboy akaning yaqinlari jam bo‘lishdi. – Kelin mo‘min-qobil, imon-insofl i ayol edi, – uzoqdan so‘z boshladi tog‘asi Matyoqib aka. Davradagilar to‘g‘ri-to‘g‘ri, deya bosh qimirlatib, uning so‘zini tasdiqlashdi. – Bu dunyo hammamizga omonat, navbati bilan Haq huzuriga qaytamiz. – Tomoq qirib, gapini davom ettirdi u. – Endi bolalarning tashvishini qilmasak bo‘lmaydi, ularning issiq-sovug‘idan xabardor bo‘luvchi ona kerak. Qarindoshlari uni uylantirish haqida bu qadar tez so‘z ochadi deb o‘ylamagan O‘rinboy aka bir qalqib tushdi. – Jiyan, o‘zingni qo‘lga ol, bizdan xafa bo‘lma. Erkak kishining xotinsiz yurishi bexosiyat. – Matyoqib akaning gapini ma’qullay ketdi kichik tog‘asi Matmuso. (voqeiy hikoya) O T A Oradan ikki oy o‘tdi. Gavharoy opaning marakalari oxirlab, ayriliq otashi hamon bolalar ko‘ksini ezib turgan bir pallada, O‘rinboy akaning yaqinlari jam bo‘lishdi. – Kelin mo‘min-qobil, imon-insofl i ayol edi, – uzoqdan so‘z boshladi tog‘asi Matyoqib aka. Davradagilar to‘g‘ri-to‘g‘ri, deya bosh qimirlatib, uning so‘zini tasdiqlashdi. – Bu dunyo hammamizga omonat, navbati bilan Haq huzuriga qaytamiz. – Tomoq qirib, gapini davom ettirdi u. – Endi bolalarning tashvishini qilmasak bo‘lmaydi, ularning issiq-sovug‘idan xabardor bo‘luvchi ona kerak. Qarindoshlari uni uylantirish haqida bu qadar tez so‘z ochadi deb o‘ylamagan O‘rinboy aka bir qalqib tushdi. – Jiyan, o‘zingni qo‘lga ol, bizdan xafa bo‘lma. Erkak kishining xotinsiz yurishi bexosiyat. – Matyoqib akaning gapini ma’qullay ketdi kichik tog‘asi Matmuso. (voqeiy hikoya) – Erli ayolning mayiti eshikdan chiqqan zahoti, derazadan erkakka yangi xotin O T A kiradi, deydi ko‘pni ko‘rgan kattalar. Bu bejiz emas, erkak kishi ko‘cha odami, uyga, bolalarga qarashga, albatta bir ayol kerak. – Gapingiz to‘g‘ri aka, – suhbatga qo‘shildi xolasi Qambarniso opa. – Opam tirik bo‘lganida, bu ishni o‘zi hal qilgan bo‘lardi. Na iloj, onang erta o‘tib ketdi. Bu haqda biz o‘ylamasak, ruhi chirqiraydi... – Gavharning hali qabri sovugani yo‘q, – nihoyat tilga kirdi qovoq uyub o‘tirgan O‘rinboy. – U bilan yaxshi yashadik. Oxirgi nafasida ham yuzimga termilgancha jon berdi. Hozir uylanishga tayyor emasman. Bu haqda keyinroq gaplashaylik. – Sizlarni ahil-inoq yashaganlaringni bilamiz, o‘g‘lim. Ayniqsa, kelin seni benihoya yaxshi ko‘rardi. Shuning uchun ikkinchi ayolga nikohlanishingdan avval, mozorga borib qabri atrofi ga muzdek suv quyib, irim-sirimini qilamiz. Qabrida tinch yotadi. Keyin... – Irim-sirimlaringni qo‘ysang-chi, Qambarniso, bo‘ladigan gapdan gapir. – To‘lib-toshib gapirayotgan singlisini to‘xtatdi Matyoqib aka. – Maqsadimiz sening, bolalaringning issiq-sovug‘idan xabardor bo‘lib turadigan bir mo‘minani uyingga olib kelish. Shunda biz kattalar bexavotir bo‘lamiz. – Ha, keyin senga munosib xotin topilguncha shundog‘am uch-to‘rt oy o‘tadi, – og‘zida qolgan gapni davom ettirdi Qambarniso opa. – Yettita bolali erkakka xotin topish oson emas. Ammo sendek ko‘zga yaqin, qirqqa kirmagan yigitga tegadiganlar topiladi... O‘rinboy esa qat’iy xulosaga kelgandi: “Kenjatoyim Mirzokarim ona mehridan mosuvo bo‘ldi. Uylanib mening mehrimdan ham yiroq bo‘lishini istamayman. U hali juda yosh. O‘gay ona urib-turtsa ham menga ayta olmay qo‘rqib, o‘ksib katta bo‘lishini istamayman. Aka-opalari unga yaxshi qarashiga ishonaman. Mirzokarimning ulg‘ayib, ikkinchi onaga rozi bo‘lishini kutaman”. O‘rinboy aka maqsadida qat’iy turdi, nafaqat yaqinlari, balki do‘st-u jo‘ralari qay darajada bosim o‘tkazmasin, fi kridan qaytmadi. Mirzokarim to‘qqiz yoshga to‘lganida va nihoyat uylandi. Oila qurib farzand ko‘rmagan juvonning ismi ham aynan Gavharoy edi. Onaga intiq Mirzokarim uni o‘z onasidek qabul qildi. Bir tomondan, o‘g‘il-qizlarni uylab-chiqaradigan bir pallada yonida ayol bo‘lishi zarur. Tug‘mas deya ta’nalar ostida ezilgan Gavharoy esa O‘rinboy akaga turmushga chiqib, homilador bo‘ldi... * * * Mirzokarim muddatli harbiy xizmatga yo‘l olyapti. Hamma yaqinlari uni kuzatishga chiqqan. Qaddi-basti tik, ko‘zga yaqin o‘g‘liga O‘rinboy aka mehr ila qarab-qarab qo‘yadi. Uning ko‘ngli xavotirda. Negaki, askarlikka olinayotgan yigitlarning ko‘plari Afg‘on urushiga yuborilayotganidan xabari bor. Onadan erta yetim qolib, otaning mehr ardog‘ida ulg‘aygan yigit, dadasining mungli nigohidan dil dardini his qilib turibdi. Xayrlashuv onlarida O‘rinboy aka bolasini mahkam bag‘riga bosib, bir so‘zni qaytaqayta takrorladi: “Oq yo‘l, bolam, o‘zingni ehtiyot qil. Bag‘rimga sog‘-salomat qayt, omon qayt, Allohim Afg‘on balosidan asrasin. Duolarim sen bilan...” Rossiyadagi harbiy qismlardan birida xizmat boshlagan yigit ma’lum harbiy saboqlardan so‘ng Afg‘on urushiga jalb etildi. Vayron bo‘lgan shahar-u qishloqlar, ajal changalida jon berayotgan navqiron yigitlar, begunoh ayol-u bolalar... Mirzokarim otasining xavotiri bejiz emasligini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, teran anglab yetdi. Shu sabab unga urushda ekanligini bildirmaslikka qaror qildi. Mirzokarim xizmat qilayotgan bo‘linma, Hirot shahri yaqinidagi chegara hududiga yuborildi. Harqalay, yon qishloqlik Sayid ismli yigit uning bo‘linmasida. Ba’zida qishlog‘idagi yangiliklardan xabardor bo‘lib turadi. – Sayid, sendan bir narsani qattiq iltimos qilaman, – Mirzokarim Afg‘onistonda xizmat boshlagan chog‘idayoq, uning va’dasini oldi. – Mening urushda ekanimni yaqinlarim bilmasligi kerak. – Nima uchun, bilishsa yaxshi-ku, omon qaytishimizni so‘rab, duo qilishadi. – Yo‘q, bilishlari shart emas, ayniqsa otam. – Mayli, do‘stim, nima desang shu, va’da berganim bo‘lsin. Ammo men otaonamdan yashirmoqchi emasman. Tirik qaytamanmi-yo‘qmi... – Noumid bo‘lmasang-chi, albatta yurtga omon qaytamiz... Chegarada turishning o‘z majburiyatlari bor, tun-u kun hushyorlik zarur. Ba’zi kunlari kutilmagan joydan otilgan o‘qlardan qancha yigitlar nobud bo‘ladi. Tunda chegara postida turgan Mirzokarim ertalab kazarmaga qaytdi. Tiriklikdan ortiq baxt yo‘q, harqalay postda turgan askarlar eson-omon majburiyatini bajardi. Endi oz fursat bo‘lsa-da, dam olishga haqqi bor. Safdoshlari qatori u ham asta joyiga cho‘zildi. Tahlikali holatda uxlash oson emas, ammo uyqu otlig‘ huzurbaxsh ne’matdan inson vujudi qanday holatda bo‘lmasin voz kecha olmaydi. Tun bo‘yi toliqqan Mirzokarim ham uxlashga harakat qildi, bo‘lmadi. Negadir xayolini dadasining bobosi Ashirmat ota haqidagi voqealar band etaverdi. Bu haqda dadasi unga o‘smirlik chog‘larida gapirib bergandi: – Bizning bobolarimiz o‘zini emas, ko‘proq xalqni o‘ylagan. Masalan, ming sakkiz yuz nechanchi yillardayam yashab o‘tgan Ashirmat ismli katta bobom tadbirkor, tinib-tinchimas, polvonkelbat bo‘lib, ocharchilik yillarida qishloq ahlini ochlikdan asrab qolgan. O‘sha paytlar ayni kuchga to‘lgan navqiron yigit bo‘lgan. Bobom qarasaki, xalq bor-budini yeb, qahatchilikka kirib boryapti. Yurishga-da holi yo‘q odamlarning ko‘plari yotib qolgan. Shunda, qishloqdan uch-to‘rt chaqirim uzoqdagi katta ko‘lda baliqlar borligini bilib, ularni tutish uchun to‘r to‘qigan. To‘rlarni ko‘lning turli joylariga o‘rnatib, baliq tuta boshlagan va qishloq ahliga tarqatishga tushgan. Biroz quvvatga kirgan odamlar ko‘lga borib, oilasidagi kishi boshiga bittadan baliq olib qaytgan. Shu tariqa qahatchilikka yengilmay, jon saqlagan. Shunday kunlardan birida, negadir odamlarning oyog‘i ko‘ldan uzilib qolibdi. Ashirmat bobom xavotir olib, baliqlarni ko‘targancha qishloq tomon yo‘lga tushibdi. Bilsaki, ko‘l bilan qishloq o‘rtasida bo‘ri uyasi bo‘lib, u odamlarga tajovuz qilgan ekan. Odamlar qashqirga yem bo‘lgandan ko‘ra, uyda ochlikdan o‘lganimiz afzal, deya uylaridan chiqmay o‘tirgan emish. “Kim men bilan bo‘rini tutishga boradi”, desa hech kimdan sado chiqmabdi. “Sillasi qurigan hamqishloqlarimdan xafa bo‘lishim noo‘rin”, deb bo‘rini tutishga bir o‘zi bel bog‘labdi. Bobom qashqir izidan borib, inini topibdi. Qarasaki, uyada bitta bo‘ri bo‘lib, uch tomondan chiqish tuynugi bor ekan. Ikkitasini mahkam berkitib, bittasiga qopqon qo‘yib, uya yaqinida bekinib o‘tiribdi. Xavfni sezgan bo‘ri uzoq vaqt inidan chiqmabdi. Bobom ham maqsadidan chekinmabdi. Ochlikka chiday olmagan vahshiy hayvon, uyasidan chiqibdi-yu, qopqonga tushibdi. Bobom uni o‘ldirib, qishloqqa olib boribdi. Shundan so‘ng odamlar yana ko‘lga qatnab, bobom tutgan baliqlardan yeb, ocharchilikdan omon chiqibdi. Ko‘rdingmi o‘g‘lim, sen qanday mard bobokalonlarimizning avlodisan. Ularga munosib bo‘lishing shart. – Albatta siz aytgandek, zo‘r yigit bo‘laman, dadajon!... Mirzokarim shularni o‘ylab, negadir ko‘ziga yosh to‘ldi. “Bu yerlarda bobolarimga munosib bo‘lmay turib, o‘lib ketish hech gap emas”. Uning xayolini bo‘linma komandiri bo‘ldi: – Mamaqodirov, senga xat bor. – Xat! – quloqlariga ishonmadi Mirzokarim. – Kimdan, qanday xat... Otasidan kelgan nomani qayta-qayta o‘qir ekan, ko‘z yoshini tiya olmasdi. “O‘g‘lim Afg‘onda ekaningni yon qishloqdagi Sayid ismli askar do‘sting uyidagilariga yuborgan rasmdan bildik... Bolam senga atab uylar quryapman, bag‘rimga faqat tirik qayt, omon qayt, jon bolam”... Mirzokarim xizmatdan qaytganida, uni birinchi bo‘lib otasi qarshi oldi. Ne ajabki, ikki yil avval sochlariga endigina oq oralagan, qaddi tik O‘rinboy akaning sochlari oppoq, gavdasi ancha cho‘kkan edi. Zulfi ya YUNUSOVA, “Vatanparvar”


24-may VATANPARVAR 2024-yil № 21 17 Mushohada Gender tenglik avvalo ayollarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohada erkaklar bilan teng huquq va imtiyozlar asosida faoliyatini olib borishda ko‘rinadi. Quvonarlisi, 2018-yildan boshlab O‘zbekistonda gender tengligi siyosati muvaff aqiyatli amalga oshirila boshlandi. 2020- yili ilk marotaba Feruza Maxmudova Isroil davlatiga elchi qilib tayinlandi. 6 nafar ayol tuman hokimi lavozimida faoliyat boshladi. Chunki 2020-yil 20-yanvar kuni o‘tgan Senatning birinchi yalpi majlisida nutq so‘zlagan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tuman hokimi lavozimiga ayollarni qidirayotgani, munosib nomzodlarni amalda sinab ko‘rishi haqida aytgandi. “Nima uchun? Ayollarimiz muammolarni chuqurroq bilishi, fi doyiligi, kuchli Ming yillar davomida jamiyatimizda ayolning o‘rni o‘choq boshida, vazifasi bola tarbiyasi, oila a’zolari va qarindoshlariga xizmat qilish degan fi kr ustuvor bo‘lib keldi. XXI asrga kelib ham aksariyat yurtdoshlarimiz mazkur fi krni qo‘llab-quvvatlashmoqda. Ayol kishi rahbar bo‘la olmaydimi? Biror sohani boshqarishga qurbi yetmaydimi? O‘zi gender tenglik jamiyatga nima beradi? Ayollarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohada erkaklar bilan teng huquq va imkoniyatlar asosida faoliyat yuritishi mamlakatning rivojlanishiga hissa qo‘shadimi? mas’uliyat tuyg‘usi, mehnatsevarligi bilan barchaga o‘rnak bo‘la oladi, deb takror-takror aytmoqchiman”, deya ta’kidlagandi davlat rahbari. Bugun ayollarimiz bildirilayotgan yuksak ishonchni oqlab, qator nufuzli lavozimlarda mehnat qilyapti. Ayollarning yuqori, boshqaruv lavozimlariga tayinlanishlari jamiyatga, mamlakatga nima beradi? Avvalo, ayol ona. Ona esa doimo o‘z farzandlari, yaqinlarini muhofaza qilish, asrash, ularning farovonligini ta’minlashga intiladi. Davlat boshqaruvida bo‘lgan ayollar, avvalo tinchlik, ijtimoiy zaif qatlamni himoyalash, davlatning iqtisodiy-ijtimoiy barqarorligini ta’minlashga harakat qiladi. Buni jahon tajribasidan ko‘rsa bo‘ladi. Masalan, Yangi Zelandiyaning Bosh vaziri Jasinda Ardern hukumat tepasiga kelgach, ishini kambag‘allikni bartaraf etish, yuz minglab boshpanasiz aholiga davlat tomonidan beriladigan uylar qurish, mamlakat ekologiyasini yaxshilash va ko‘kalamzorlashtirish, is gazlarining atmosferaga chiqarishini kamaytirish, onalarga bola nafaqasining hajmini ko‘paytirish, ta’limni isloh qilishdan boshladi. Bangladesh Bosh vaziri Shayx Hasina Vazed esa kambag‘al oilalarni boshpana bilan ta’minlashdan tashqari, qishloq hududlarini rivojlantirish, ta’lim bilan barcha qatlamdagi aholini qamrab olishga, ayollar va bolalarning huquqlarini himoya qilish va atrof-muhit ifl oslanishiga qarshi kurashga bel bog‘ladi. Uning asosiy yutug‘i mamlakatdagi islom fundamentalizmi va separatizmni bartaraf etish bo‘ldi. Litvani 10 yil davomida boshqargan Dalya Gribauskayte qisqa muddatda mamlakatning iqtisodiy barqarorligini tiklab, davlat xarajatlarini qisqartirishga, eksportni oshirishga, kichik biznes vakillari uchun qator imtiyozlar yaratishga, sud tizimi va saylovlar tizimini shaff of qilishga, mamlakatdagi ekologik muammolarni bartaraf qilishga erishdi. Xorvatiyani 2015–2020-yillarda boshqargan Kolinda Grabar-Kitarovich esa prezidentlik davrida jinslar tengligi milliy-siyosiy beshinchi dasturni ishlab chiqib, unga ko‘ra ayollaring huquqlari himoya qilinib, xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi, ijtimoiy jihatdan zaif qatlamga ish o‘rinlarini yaratdi. Yuqoridagi misollardan ko‘rinib turibdiki, ayol rahbar avvalo o‘z faoliyatini tinchlik va farovonlikka, mamlakat iqtisodiyotini ko‘tarish, ijtimoiy zaif qatlamni qo‘llab-quvvatlashga, aholining sog‘lig‘ini tiklash, ta’lim bilan qamrab olish, tabiatni asrash, yaratuvchanlikka, mamlakatga tahdid solayotgan kuchlarni bartaraf etishga yo‘naltiradi. Nargis QOSIMOVA, jurnalist Fikr E’tibor Chamasi 25 yillar avval bir do‘stim bilan metro bekati tomon piyoda yurib ketayotgan edik. Do‘stim mendan armiyamizning qudrati, harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarlik darajasi va shu kabi masalalar haqida qiziqib so‘radi. Albatta, men ofi tser sifatida, qolaversa, bo‘lajak harbiy mutaxassislarni tayyorlashga ozmi-ko‘pmi o‘z hissasini qo‘shishga harakat qilayotgan pedagog sifatida Qurolli Kuchlarimizda kechayotgan ijobiy o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar, yangiliklar to‘g‘risida faxr bilan so‘zlab berardim. Shu payt qarshimizdan biz tomonga qarab, askar libosidagi bir yigit kelayotganiga ko‘zimiz tushdi. Askarning ko‘rinishi juda achinarli edi. Sochlari o‘sib ketgan, soqoli olinmagan, ustiga kiyib olgan dala harbiy kiyimi kamida to‘rt o‘lcham katta, qo‘nji uzun botinkasining HARBIY XIZMATCHI IMIJI JAMIYATGA NIMA BERADI? Bir necha yil avval sodir bo‘lgan bir voqeaning yodimga tushishi ushbu maqolani yozishimga turtki bo‘ldi. Harbiy prokuratura faxriylari va xodimlari ishtirokida “El-yurt taqdiri – mening taqdirim”, “Qadr – muqaddas, xotira – abadiy”, “Xalq va armiya – bir tan-u bir jon!”, “Faxriylar hamisha e’zozda” kabi turkum shiorlar ostida o‘tkazib kelinayotgan uch avlod uchrashuvlari ham shular jumlasidan. Bu singari tadbirlar joriy yil davomida 30 dan ortiq tashkil etildi. Zotan, tarix va kelajak mushtarakligini ta’minlash bugungi avlod zimmasidagi oliy burch sanaladi. Bundan tashqari, faxriylarimizni ijtimoiy va huquqiy qo‘llab-quvvatlash tadbirlariga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bu borada o‘tgan 4 oy ichida 5 nafar faxriy tibbiyot muassasalarida davolanishiga va ularga 100 million so‘mga yaqin dori-darmon bepul berilishiga amaliy FAXRIYLAR HAMISHA E’ZOZDA Mamlakatimizda keksa avlod vakillariga e’tibor davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur jabhadagi vazifalar ijrosi doirasida harbiy prokuratura organlari tomonidan qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. GENDER TENGLIK yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, marhum faxriylarimizning oila a’zolari va yaqinlarini yo‘qlash, ularning qonunchilikda belgilangan huquq va manfaatlarini amalda ta’minlash ishlari muntazamlilik kasb etgan. Ushbu sohada amalga oshirilgan tadbirlar esa harbiy prokuraturaning internet tarmoqlari orqali, shu jumladan “Telegram” messenjeridagi sahifasida yo‘lga qo‘yilgan “Xotira” va “Ehtirom” heshteglari ostida keng jamoatchilik e’tiboriga havola etib borilmoqda. Shu bilan birga, harbiy prokuraturaning rasmiy veb-saytidagi ma’naviy-ma’rifi y tadbirlar bo‘limida joylab kelinmoqda. Ta’kidlash o‘rinliki, faxriylarimizning hayotiy tajribalari, ayniqsa yoshlardagi Vatanga, kasbga va burchga bo‘lgan muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Zotan, ustoz faxriylarning qalblarida jo‘sh urgan vatanparvarlik tuyg‘usi har qanday vaziyatda ularga kuch va shijoat berganini, Vatanimiz hamda xalqimiz oldidagi farzandlik burchi esa doim o‘z vazifasiga fi doyilik va mas’uliyat bilan yondashishga undaganini barchamiz qadrlaymiz. Adliya polkovnigi Otabek XOLBOYEV, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining birinchi o‘rinbosari poshnasi yedirilib, shimining orqasi poyabzalining moyidan qorayib ketganligi uzoqdan ko‘rinib turardi. Charchoq alomatimi oyog‘ini yerga sudrab kelardi. Askarning ahvolini ko‘rib, do‘stim menga: “Shumi maqtagan armiyang, zo‘rg‘a yuribdi-ku. Shu meni himoya qiladimi, o‘zi himoyaga muhtoj-ku”, deb qoldi kinoya bilan. Ana shu askarning ilmsizligi, madaniyatsizligi, shaxsiy mas’uliyatsizligimi yoki komandirining e’tiborsizligimi, bir insonda armiyamiz haqida salbiy fi kr uyg‘onishiga sabab bo‘lgandi. Har bir kasb vakillari haqida asrlar davomida shakllanib kelgan, ma’lum bir obraz bo‘ladi. Bu obraz imij deb ataladi. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida unga shunday ta’rif berilgan: “Imij (inglizcha “image”, lotincha “imago” – timsol, ko‘rinish) – shaxs, hodisa, narsaning ommalashtirish, reklama qilish va hokazo maqsadlarda odamlarga hissiy-ruhiy ta’sir ko‘rsatishni ko‘zlab shakllantiradigan qiyofasi; targ‘ib qilish vositalaridan biri (masalan, siyosiy arbob imiji)”. Ana shu ta’rifga qo‘shimcha sifatida aytish mumkinki, imij nafaqat ma’lum bir shaxsning obrazi, qiyofasi, balki axloqiy mohiyati va unga muvofi q tashqi ko‘rinishning mutanosibligidir. Shulardan kelib chiqib, insonning mavqeyi, jamiyatdagi o‘rni haqida fi krlar shakllanadi va munosabat bildiriladi. Aytib o‘tilgan fi krlardan kelib chiqib, harbiy xizmatchi imiji haqida so‘z yuritish mumkin. Harbiy xizmatchi xalq tasavvurida baquvvat, zabardast, tetik, ko‘rkam, yuksak axloq va madaniyat sohibi, har qanday vaziyatda boshqalarga yordamga kelishga, himoya qilishga tayyor inson sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, xalq harbiy libosdagi odamlardan ana shu obrazga xos harakatlarni kutadi. Shunday ekan, har bir harbiy xizmatchi xalqning ana shu tasavvuriga, talabiga javob beradigan shaxs, mutaxassis, Vatan himoyachisi sifatida e’tiborga va hurmatga sazovor bo‘lishga intilishi, umuman, mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining obro‘sini, nufuzini oshirishga xizmat qilishi lozim. Iste’fodagi podpolkovnik Azim SATIB-ALDIYEV, Qurolli Kuchlar akademiyasi dotsenti


18 № 21 24-may VATANPARVAR 2024-yil Taekvondo Mazkur qit’a birinchiliklari oldidan Danang shahrida Osiyo taekvondo ittifoqining Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. O‘z navbatida, 2024-yilda Osiyo qit’asida tashkil etiladigan nufuzli musobaqalar ro‘yxati shakllantirildi. Jumladan, tadbirda joriy yilda o‘tkaziladigan VI Armiya o‘yinlarining mezboni aniqlandi. Unga ko‘ra, VI Armiya o‘yinlari 15–20-oktabr kunlari Indoneziyaning Tangerang shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi. O‘ylaymizki, mazkur musobaqada armiyamiz taekvondochilari munosib ishtirok etishadi. Zotan, bugungi kunda taekvondo (WT) bo‘yicha yurtimiz terma jamoasining yetakchi sportchilarini aynan MVSM vakillari tashkil etadi. Xususan, armiyamiz taekvondochilari 2022-yili O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida xalqaro miqyosdagi musobaqalarning 17 ta oltin, 6 ta kumush va 14 ta bronza, jami 37 ta medalini qo‘lga kiritgan edi. 2023-yilgi mavsumda bu ko‘rsatkich son va sifat jihatidan yanada yaxshilandi. Armiyamiz taekvondochilari bu safar xalqaro maydondagi musobaqalarning 19 ta oltin, 8 ta kumush va 16 ta bronza, jami 43 ta medaliga sazovor bo‘lishdi. Eng muhimi, joriy yil Parij shahri mezbonlik qiladigan XXXIII yozgi Olimpiada o‘yinlarida yurtimiz taekvondochilari to‘liq tarkibda ishtirok etadigan bo‘ldi. Jami 4 ta yo‘llanmaning 3 tasiga armiyamiz sportchilari erishdi. Shuni alohida ta’kidlash joiz, 2023-yil oxirida Butunjahon taekvondo federatsiyasi (WT) “Parij – 2024” yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun litsenzion reyting ochkolarini jamg‘arish davri yakunlangani va u orqali yo‘llanmani qo‘lga kiritgan sportchilar nomini e’lon qilgandi. Unga Vyetnamning Danang shahrida taekvondo WT va para taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionatlari bo‘lib o‘tdi. Taekvondo WT bo‘yicha musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi bittadan oltin va kumush, 5 ta bronza, jami 7 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egalladi. Ushbu muvaffaqiyatga Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi (MVSM) vakillari ham munosib ulush qo‘shdi. O‘zbekiston para taekvondo terma jamoasi ham qit’a birinchiligida xuddi shunday natija qayd etdi, lekin umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi. ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar a’zosi, ya’ni MVSM vakillari Ulug‘bek Rashitov (-68 kg) va Svetlana Osipova (+73 kg) “Parij – 2024” yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgandi. Qayd etish joiz, bu yurtimiz taekvondosi uchun o‘ziga xos tarixiy voqelik bo‘lgandi. Chunki taekvondochilarimiz birinchi bor reyting orqali Olimpiadaning ikkita yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. O‘z navbatida, qizlarimiz ham ilk marotaba reyting orqali Olimpiada ishtirokchisiga aylandi. Bu yil Xitoyning Tayan shahrida o‘tkazilgan qit’aviy litsenzion turnirda qatnashgan Ozoda Sobirjonova (-67 kg) va MVSM a’zosi Jasurbek Jaysunov (-80 kg) ham murabbiylar ishonchini oqlab, yo‘llanma sohibiga aylandi va taekvondochilarimiz “Parij – 2024” yozgi Olimpiya o‘yinlariga beriladigan yo‘llanmalarning 100 foizlik natijasiga erishdi. XXXIII yozgi Olimpiada o‘yinlarida yurtimizning sport sharafi ni himoya qiladigan taekvondochilar: -68 kg: Ulug‘bek Rashitov (MVSM) -80 kg: Jasurbek Jaysunov (MVSM) -67 kg: Ozoda Sobirjonova +67 kg: Svetlana Osipova (MVSM) Ushbu muvaff aqiyatlar mustaqil mamlakatimizning xalqaro maydondagi mavqeyini oshirish bilan birga, yoshlarimizning harbiy-vatanparvarlik ruhiyatini yuksaltirishga xizmat qildi. Shu bois o‘tgan haſt a oxirida Vyetnamning Danang shahrida bo‘lib o‘tgan taekvondo WT bo‘yicha navbatdagi Osiyo chempionati ham yurtimiz sport muxlislari va hatto xorijlik mutaxassislarning diqqat e’tiborida bo‘ldi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi to‘liq tarkibda ishtirok etgan bo‘lsa-da, ayrim yetakchi sportchilarimizni negadir dayanda ko‘rmadik. Xususan, “Parij – 2024” yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan yurtimizning dunyoga mashhur taekvondochisi Ulug‘bek Rashitovga terma jamoamiz murabbiylari bu safar dam berishga qaror qilishdi. Qit’a birinchiligida erishilgan natijalar ham shunga yarasha bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz 2022-yili tashkil etilgan avvalgi qit’a birinchiligida 4 ta oltin, bitta kumush va 2 ta bronza, jami 7 ta medalga sazovor bo‘lib, o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etgan edi. Hamyurtlarimiz bu safar ham ushbu umumiy natijani takrorlashdi, lekin ko‘rsatkichlar darajasi biroz pastroq bo‘ldi – bittadan oltin va kumush, 5 ta bronza, jami 7 ta medal. Vyetnamga borgan taekvondochilarimiz orasida, ayniqsa Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi vakili Jasurbek Jaysunov murabbiylar ishonchini qozondi. -80 kg vazn toifasida dayanga chiqqan MVSM taekvondochisi barcha raqiblarini mag‘lub etib, faoliyati davomida ketma-ket ikkinchi bor Osiyo chempionligini rasmiylashtirdi. U fi nal bahsida eronlik Ali Xushraveshdan ustun keldi va terma jamoamiz hisobiga oltin medalni taqdim etdi. Vazni 62 kg.gacha bo‘lgan xotin-qizlar bahsida mamlakatimiz sport sharafi ni himoya qilgan Feruza Sodiqova esa kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu Feruza Sodiqova uchun Osiyo chempionatlari doirasidagi uchinchi medal bo‘ldi. U bungacha kattalar o‘rtasida oltin, yoshlar orasida bronza medalga ega chiqqan edi. Yurtimizning birinchi raqamli taekvondochisi Ulug‘bek Rashitov kabi 2023-yil davomida Butunjahon taekvondo federatsiyasi (WT) reyting ochkolarini jamg‘arish orqali “Parij – 2024” yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan MVSMning yana bir vakili Svetlana Osipova (+73 kg) esa bu galgi qit’a birinchiligida bronza medalga sazovor bo‘ldi. Vyetnamda o‘tkazilgan Osiyo chempionatiga borgan taekvondochilarimizdan, shuningdek xotin-qizlar bahsida Gulsanam Alijonova, erkaklar o‘rtasida Jahongir Xudoyberdiyev, Diyorbek To‘xliboyev va Najmiddin Qosimhojiyev o‘z vazn toifasi bo‘yicha bellashuvning bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Osiyo chempionatining g‘olib va sovrindorlarini eslab o‘tamiz: Oltin medal: -80 kg: Jasurbek Jaysunov (MVSM) Kumush medal: -62 kg: Feruza Sodiqova Bronza medal: -54 kg: Jahongir Xudoyberdiyev -68 kg: Diyorbek To‘xliboyev -74 kg: Najmiddin Qosimhojiyev -73 kg: Gulsanam Alijonova +73 kg: Svetlana Osipova (MVSM) Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida bittadan oltin va kumush, 5 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi va umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egalladi. Shundan so‘ng Danang shahrida para taekvondo bo‘yicha ham Osiyo ochiq chempionati o‘tkazildi. Bu musobaqada ham vakillarimiz jami 7 ta medal jamg‘ardi. Xususan, 65 kg.dan ortiq vazn toifasida dayanga chiqib, mamlakatimiz sport sharafi ni himoya qilgan Guljanoy Naimova barcha raqiblarini yengib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy olgan bo‘lsa, Kamola Jo‘rayeva (-57 kg) delegatsiyamiz hisobiga kumush medalni keltirdi. Shuningdek, musobaqa davomida Ziyoda Isoqova (-47 kg), Zuhriddin Tohirov (-63 kg), Lochin Xoliqov (-70 kg), Qudrat Muhammadiyev (-80 kg) va Asad Toshtemirov (+80 kg) o‘z vazn toifalarida bronza medalga sazovor bo‘ldi. Bu natijalar O‘zbekiston para taekvondo terma jamoasining musobaqada 27 davlat terma jamoasi orasida umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallashini ta’minladi. Yana shuni ta’kidlash joiz, yurtimiz taekvondosi tobora rivojlanib, uning xalqaro maydondagi nufuzi yil sayin oshmoqda va bu xorijlik mutaxassislar tomonidan ham bot-bot e’tirof etilyapti. Xususan, ketma-ket ikki jahon chempionati 4 ta medal bilan yakunlangani ham O‘zbekiston terma jamoasining nafaqat Osiyo, balki dunyo taekvondosida kuchlilar qatorida e’tirof etilishini ifodalaydi. Ushbu muvaff aqiyatlarga erishishga armiyamiz sportchilari katta ulush qo‘shayotgani esa ularning yuksak iqtidor sohibi va harbiy-vatanparvarligidan dalolat beradi. Tobora yaqinlashib kelayotgan “Parij – 2024” yozgi Olimpiya o‘yinlarida ham taekvondochilarimizdan shunday yuqori natijalarni kutib qolamiz va to‘rt yillikning eng yirik musobaqasi oldidan ularga endilikda maydonda yurtimiz sport muxlislari bot-bot aytayotgan harbiy ruhiyatdagi da’vatni takror aytamiz: “Barakalla! Bo‘sh kelmang, olg‘a!” 24-may VATANPARVAR 2024-yil


24-may VATANPARVAR 2024-yil № 21 19 Boks SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SHOHSUPA (xabarlar) Butunjahon boks ittifoqi (WBC) yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda yurtimizning 8 nafar bokschisi, jumladan Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi vakillarining ham nomi qayd etildi. “Parij – 2024” yozgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashadigan bokschilarimiz safi yana bir nafarga oshdi. Rossiyada esa boks bo‘yicha “Konstantin Korotkov xotira turniri” bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston terma jamoasi 16 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Yoshlarimiz ham Vengriyada o‘tkazilgan musobaqada g‘olib chiqdi. 18-19-sahifalar muallifi Rasul JUMAYEV Rossiyaning Xabarovsk shahrida “Konstantin Korotkov xotira turniri”, Qozog‘istonning Astana shahrida “Elorda kubogi” turniri qizg‘in davom etayotgan bir pallada Butunjahon boks ittifoqi (WBC) o‘zining may oyi uchun yangilangan reytingini e’lon qildi. E’tiborli jihati, unda yurtimizning 8 nafar bokschisining nomi qayd etildi. Xususan, keyingi paytda xalqaro musobaqalarda muvaff aqiyatli qatnashayotgan mahoratli bokschilarimizdan Murodjon Ahmadaliyev (55,3 kg) 4-o‘rinda ko‘rsatilgan bo‘lsa, Hasanboy Do‘smatov (47,6 kg) 6-o‘rindan, Shahram G‘iyosov (66,6 kg) 11-o‘rindan joy olgan. Tokio Olimpiadasi g‘olibi, ikki karra jahon chempioni Bahodir Jalolov eng og‘ir vazn toifasida WBC reytingida 12-o‘rinda ko‘rsatilgan. Keyingi paytda professional boksda ham o‘z mahoratini namoyish qilayotgan MVSM vakili Bektemir Meliqo‘ziyev (76,2 kg) o‘tgan oydagi ko‘rsatkichidan bir pog‘ona yuqorilab, 13-o‘rinni band etgan. Shuningdek, WBC reytingida mahoratli bokschilarimiz Olimjon Nazarov, Jahongir Rasulov va MVSM vakili Mirazizbek Mirzaxalilovning nomlari ham kuchlilar safi da keltirib o‘tilgan. Ma’lumki, yaqinda Italiyaning Busto-Arsitsio shahrida boks bo‘yicha “Parij – 2024” yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanma beruvchi saralash turniri bo‘lib o‘tgan va unda milliy terma jamoamizning 9 nafar bokschisi ham qatnashib, 5 nafari yo‘llanma sohibiga aylangandi. Bunga qadar 4 nafar charm qo‘lqop ustamiz yo‘llanma sohibiga aylanib bo‘lgani bois “Parij – 2024” yozgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashadigan bokschilarimiz safi 9 nafarni (erkaklar terma jamoamiz to‘liq tarkib – 7 ta vaznda, ayollar terma jamoamiz 2 ta vaznda) tashkil etgandi. Ular safi ga yurtimizning yana bir bokschisi qo‘shildi. O‘zbekiston boks federatsiyasi xabariga ko‘ra, “Xanchjou – 2022” Osiyo o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritgan hindistonlik Parveyen Hoo boks bo‘yicha barcha xalqaro turnirlardan, rasmiy musobaqalardan chetlashtirildi. Shu sabab Olimpiya o‘yinlari chiptasi hamyurtimiz Sitora Turdibekovaga nasib etdi. Chunki Turdibekova Osiyo o‘yinlari yarim fi nalida aynan Parveyen Hooga imkoniyatni boy bergandi. Ayol bokschilarimizni oldinda navbatdagi Olimpiya saralash musobaqasi kutmoqda. U 23-may–5-iyun kunlari Tailandda bo‘lib o‘tadi. Rossiyaning Xabarovsk shahrida boks bo‘yicha “Konstantin Korotkov xotira turniri” o‘tkazildi. “Parij – 2024” Olimpiadasiga tayyorgarlikning muhim bosqichi bo‘lgan ushbu turnirga terma jamoamiz murabbiylari asosiy tarkib vakillarini jalb qildi. Xususan, “Parij – 2024” yozgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashadigan yigitlarimiz to‘liq tarkibda mazkur turnirda ishtirok etishdi. Musobaqada Rossiya, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Belarus, Ozarbayjon, Mo‘g‘uliston va Serbiya kabi davlatlarning 150 nafarga yaqin bokschisi qatnashib, g‘oliblik uchun o‘zaro jang qilishdi. Mazkur turnirga terma jamoamiz murabbiylari safi dan MVSM vakillari ham o‘rin olgan 13 nafar erkak va 4 nafar bokschi qizni jalb etgandi. -71 kg vazndagi bokschimiz Iqboljon Xoldorov mashg‘ulot chog‘idagi kichik jarohati tufayli ringga chiqolmadi. Qolgan bokschilarimizning barchasi musobaqada murabbiylar ishonchini qozondi – shohsupaga ko‘tarildi. Yakunda O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta oltin va 9 ta kumush medalni jamg‘arib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati: Oltin medal: -54 kg: Aziza Yoqubova -54 kg: Hasanboy Do‘smatov -57 kg: Abdumalik Xalokov -67 kg: Ruslan Abdullayev -71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev -86 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev +92 kg: Bahodir Jalolov Kumush medal: -50 kg: Robiyaxon Baxtiyorova -66 kg: Dilfuza Bekova -75 kg: Aziza Dayirbekova -48 kg: Avazjon Yo‘ldoshev -54 kg: Shahzod Muzaff arov -60 kg: Dilshod Abdumurodov -80 kg: To‘rabek Habibullayev -92 kg: Madiyar Saidrahimov +92 kg: Lazizbek Mullojonov Vengriyaning Eger shahrida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan boks bo‘yicha xalqaro turnirda ham deyarli shu holat kuzatildi – yoshlarimiz akalarining muvaff aqiyatini takrorladi. Terma jamoamizning 7 nafar a’zosi fi nalga chiqdi. Abdurahmon Mahmudjonov, Samandar Olimov, Abdulaziz Jo‘raqulov, Elbek Baxtiyorov va Ruslan Esanov barcha raqiblarini mag‘lub etib, o‘z vaznida oltin medalga sazovor bo‘ldi. So‘nggi hal qiluvchi jangda raqibiga imkoniyatni boy bergan Akbar Ahmadov va Rahmonjon Qodirov esa kumush medal bilan taqdirlandi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 5 ta oltin va 2 ta kumush, jami 7 ta medalni jamg‘argan holda umumjamoa hisobida musobaqa g‘olibiga aylandi. YENGIL ATLETIKA T o s h k e n t d a y e n g i l a t l e t i k a bo‘yicha Markaziy O s i y o o c h i q chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 18 ta oltin, 28 ta kumush va 23 ta bronza medalni jamg‘argan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Jumladan, yurtdoshimiz Elina Silyamiyeva bosqon uloqtirish sektorida 70.74 natija qayd etib, mamlakat rekordini yangiladi. Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi vakili Safina Sa’dullayeva esa balandlikka sakrash bahslarida kumush medalga sazovor bo‘ldi. * * * Kiprning Limassol shahrida yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan “Cyprus International Athletics Meeting” musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anvar Anvarov uzunlikka sakrash dasturida 7,97 metr natija qayd etib, kumush medal bilan taqdirlandi. Murosasiz bahslar sarhisobiga ko‘ra, Anvarov “Tokio – 2020” yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni, gretsiyalik Miltiadis Tentogludan (8,25 metr) ortda qoldi. 3-o‘rindan joy olgan avstraliyalik Darsi Roper esa 7,72 metr ko‘rsatkichga erishdi. OT SPORTI Qirg‘izistonning Bishkek shahrida konkur va ot yo‘rttirish bo‘yicha Jahon kubogining fi nal bosqichiga saralash vazifasini o‘tab beruvchi Yevrosiyo ligasining navbatdagi bahslari o‘tkazildi. Unda qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi. Bu borada bosh qahramon Bekzod Qurbonov bo‘ldi. Musobaqaning ilk kunida ikki yo‘nalishda g‘oliblikka erishgan hamyurtimiz keyingi kun “Matts” oti bilan 150 sm.li dasturda kumush medalni qo‘lga kiritdi. * * * Janubiy Koreya poytaxti Seulda o‘tkazilgan “Korea Racing Authority” (KRA) kubogi bahslarida mamlakatimizning yosh chavandozi Firdavsbek Davronbekov muvaff aqiyatga erishdi. 12 ta davlatning yosh chavandozlari ishtirokidagi murosasiz bahslarda Firdavsbek “King Class” laqabli otida musobaqaning estafeta yo‘nalishida oltin medalga sazovor bo‘ldi. PARA KANOE Vengriyada bo‘lib o‘tgan para kanoe bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston p a r a l i m p i y a c h i l a r i m u v a f f a q i y a t l i i s h t i r o k e t d i . Musobaqaning so‘nggi kuni erkaklar o‘rtasidagi KL3 klassida startga chiqqan hamyurtimiz Hasan Qo‘ldoshev “Parij – 2024” yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritib, para kanoe bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining jami litsenziyalari sonini 6 taga yetkazdi. Bunga qadar, para kanoechilarimiz Hayitmurod Sherqo‘ziyev (VL3), Azizbek Abdulhabibov (KL2), Shahzoda Mamadaliyeva (VL3), Irodaxon Rustamova (VL2) va Shahnoza Mirzayeva (KL3) ham o‘z dasturlari bo‘yicha bahslar yakunida yo‘llanma sohibiga aylangandi. (xabarlar) yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda yurtimizning 8 nafar bokschisi, jumladan Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi vakillarining ham nomi qayd etildi. “Parij – 2024” yozgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashadigan bokschilarimiz safi yana bir nafarga oshdi. Rossiyada esa boks bo‘yicha “Konstantin Korotkov xotira turniri” bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston terma jamoasi 16 ta medal Yoshlarimiz ham kumush va 23 ta bronza medalni jamg‘argan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Jumladan, yurtdoshimiz Elina Silyamiyeva bosqon uloqtirish sektorida 70.74 natija qayd etib, mamlakat rekordini yangiladi. Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi vakili Safina Sa’dullayeva esa balandlikka sakrash bahslarida kumush medalga sazovor bo‘ldi. atletika bo‘yicha o‘tkazilgan “Cyprus International Athletics Meeting” musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anvar Anvarov uzunlikka sakrash dasturida 7,97 metr natija qayd etib, kumush “Konstantin Korotkov xotira turniri” bo‘lib o‘tdi. y e n g i l a t l e t i k a bo‘yicha Markaziy O s i y o o c h i q chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 18 ta oltin, 28 ta


20 № 21 24-may VATANPARVAR 2024-yil Salomatlik Allergiya tushunchasini fanga 1906-yilda avstraliyalik vrachpediatr Klimens fon Pirke kiritgan. Bu so‘z grek tilidan olingan bo‘lib, “allos” – boshqa, “yergon” – javob berish, degan ma’noni bildiradi. Yer yuzida allergiya kasalligi keng tarqalgan bo‘lib, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, taxminan 30-40 foiz odamlar butun umrining bir qismini allergiya bilan kechiradi, Shimoliy Amerika va G‘arbiy Yevropada taxminan 20 foiz odam pollinoz kasalligi (allergik konyunktivit, allergik rinit)ga duchor bo‘lishgan. Hozirgi vaqtda butun dunyoda 700 dan ortiq allergiya chaqiruvchi o‘simlik bor ekanligi aniqlangan. Markaziy Osiyo va O‘zbekistonda o‘sadigan bir qancha o‘simliklarning allergenlik xossalari o‘rganib chiqilgan: paxta guli, yong‘oq, chinor, kanop, qaylantus (sassiq terak), shuvoq, sho‘ra va boshqalar hamda ularning allergik xastaliklarda tutgan o‘rni alohida. Inson tanasining yuqori sezuvchanligi tufayli, immun tizimi buzilishi natijasida organizm yot moddalarni xavf sifatida qabul qiladi va himoya tizimini faollashtiradi. Buning oqibatida tumov, ko‘z yoshlanishi, qichishish, teri toshmalari paydo bo‘ladi. Allergiyaning kelib chiqishida nasl, asab va endokrin tizimidagi o‘zgarishlar asosiy rol o‘ynaydi. Allergiya barcha yoshdagilarda kuzatilishi mumkin. Ko‘pincha tumov, aksirish, yo‘tal, ko‘z yoshlanishi, teri qichishi yoki toshmalari, nafas qisishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Immun reaksiyalar asosida rivojlanuvchi haqiqiy allergiyaning sababchisi allergenlardir. Allergenlar deb, allergiya holatini chaqira oladigan antigen tabiatli yot moddalar yoki noantigen tabiatli (organik yoki noorganik) moddalarga aytiladi. Allergenlar ekzogen (tashqi muhitdan organizmga kirib, allergik kasalliklarni chaqiruvchi allergenlar) va endoallergenlar yoki autoallergenlar (organizmning o‘zida paydo bo'ladigan allergenlar) bo‘lishi mumkin. Allergenlarning inson tanasiga ta’sir turiga qarab, allergiya turlari farqlanadi. Misol uchun, kimyoviy yoki biologik tarkibga ega changning ta’siri natijasida burun bitishi, rinit, ko‘zlarning qichishi, shishishi, yoshlanishi, yo‘talish kuzatiladi. Teriga allergenlarning ta’siri natijasida esa teri qichishadi, quruqlashadi, qizg‘ish toshmalar toshadi. Eng ko‘p uchraydigan allergiya turlariga bahorgi allergiya kiradi. Bahorgi allergiya – o‘simliklar gullaganda, ularning changi tarqalishi oqibatida tumov, aksirish, burun bitishi, tomoq qichishi, yo‘tal belgilari bilan kechadi. Allergik rinit allergen ta’sirida burun shilliq qavati yallig‘lanishidir. Bu allergen sifatida gul changi, mog‘or changi va hayvon yungining changi bo‘lishi mumkin. Allergik astma – allergen ta’sirida nafas yo‘llari yallig‘lanishi natijasida bronxlarning qisilishi kuzatiladi. Nafas olishning qiyinlashuvi, xirillash va ko‘krak qafasida siqilish kuzatiladi. Hayvonlar orqali allergiya chaqirishi mumkin bo‘lgan ashyolarga, hayvonlarning juni, mo‘ynasi, kepagi, chang burgalari va burgalarning najasi kiradi. Chaqqanida allergiya keltirib chiqaruvchi hasharotlarga pashsha, asalari, chumoli va burgalar kiradi. Oziq-ovqat mahsulotlari orasida jo‘xori, selderey, qovoq, loviya, sitrus mevalarning allergen xususiyatlari mavjud. Tibbiy allergenlarga penitsillin, aspirin dori vositasi tarkibidagi salitsil kislotasining tuzi, sulfanilamidlar kiradi. Oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan allergiyada og‘izda achishish, til, lab, yuz va tomoqning shishishi, qayt qilish, oshqozon spazmi, nafas olishning buzilishi, diareya, ichdan qon ketish kuzatiladi. Hasharotlarning chaqishidan bo‘lgan allergiya quyidagi alomatlarga ega: chaqilgan joyi terisining qichishi, shishishi, yo‘tal, nafas olishning qiyinlashuvi, ovozning xirillashi, bosh aylanishi, tashvishlanish, qon bosimining keskin pasayishi, anafi laksiya, tananing barcha qismlarining qizarishi va qichishi kuzatiladi. Ya’ni bunda zararlangan to‘qimalar shishadi, terida achishish hissiyoti paydo bo‘ladi. Taxminan 20 foiz hollarda til va tomoqning shishishi kuzatiladi. Teri moviy rangga ega bo‘lsa, bu kislorod yetishmasligining belgisi bo‘lishi mumkin. Ba’zi bemorlarda burun bitishi, ko‘z qovoqlarining ichki qismini qoplovchi shilliq qavati yallig‘lanishi mumkin. Dori vositalaridan bo‘lgan allergiyada quyidagi belgilar kuzatilishi mumkin: til, lab va yuzning shishishi, ovozning xirillashi, teri qichishi, toshmasi hamda ko‘pincha hayot uchun xavfl i bo‘lgan anafi laktik shok belgilari kuzatiladi. Anafi laktik shok tezda boshlanadigan jiddiy allergik reaksiya bo‘lib hayot uchun xavfl i bo‘lishi mumkin, shu bois shoshilinch tibbiy yordam talab qilinadi. Allergik kasalliklarda allergen tushgandan keyin tanada bir qator bioximik jarayonlar kechadi – gistamin, serotonin ishlab chiqarilishi natijasida organ va to‘qimalar jarohatlanadi. Inson allergen bilan to‘qnashganda, 2024-yil Hozirgi zamon tibbiyot ilmida allergiya deb, organizmning har qanday yot moddalarga nisbatan sezuvchanligining oshishi tushuniladi. Ushbu allergenlar sezuvchan organizmga tushgandan so‘ng allergik kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. davolashda qo‘llaniladi. Autovaksinaning mohiyati shundaki, bemorning o‘zidan ajralgan mikroorganizmlardan tayyorlanadi. Inson organizmining fl orasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri olinib tayyorlangan autovaksinani qo‘llash boshqa vositalarga qaraganda ko‘proq samaraga ega. Allergiyalar uchun eng samarali davolash allergen ta’siriga yo‘l qo‘ymaslikdir. Biroq ba’zida allergendan to‘la qutulish mumkin emas. Oziqovqat do‘konida muayyan mahsulotni sotib olishda uning yorlig‘dagi tarkibini o‘rganib chiqish lozim, chunki uning tarkibida allergiya chaqiruvchi kimyoviy qo‘shimchalar qo‘shilgan bo‘lishi mumkin. Ushbu mahsulotlar tabiiy mahsulotlardan ko‘ra, kimyoviy jarayonlar natijasida tez tayyorlanadi. Hozirgi vaqtda turli xil energetik ichimliklarga talab ortmoqda – bu esa organizm sezuvchanligini ortishiga va yondosh kasalliklarning kelib chiqishiga olib kelmoqda. Allergiyaning oldini olish uchun uy sharoitida changning ta’sirini kamaytirish lozim. Buning uchun yerdagi gilamlarni qattiq qoplamalar (laminat)ga almashtirish, pardalar o‘rniga jalyuzi o‘rnatish, junli yoki tukli yostiqlardan foydalanmaslik, divan, ko‘rpacha, yumshoq o‘yinchoqlarni muntazam ravishda changdan tozalab turish kerak. Mushuk yoki itni uxlash va ovqatlanish xonalarida boqmaslik kerak. Yuvinish uchun ishlatiladigan sovun, shampun va gellardan foydalanganda ehtiyotkorlik talab etiladi. Tibbiy xizmat podpolkovnigi Alimurod SHONAZAROV, Mudofaa vazirligi bosh pulmonologi – Markaziy harbiy klinik gospital pulmonologiya va endokrinologiya bo‘limi boshlig‘i. Tibbiy xizmat leytenanti Ravshanbek ESHMAMATOV, Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasi internatura tinglovchisi allergik reaksiya darhol yuzaga kelmaydi, balki immun tizimi asta-sekin moddaga nisbatan sezgirligini oshiradi. Vaqt o‘tib, tana o‘ziga xos yuqori sezgirlikka ega bo‘ladi – bu jarayon sensibilizatsiya deb ataladi. Allergiyani tashxislashning bir necha usullari bor. Allergiyani tashxislashda shifokor, avvalambor, bemorga allergiyaning kelib chiqish sabablari, qachon paydo bo‘lganligi, allergiya belgilari haqida savollarga aniqlik kiritadi. Bundan tashqari, oilaning boshqa a’zolarida ham allergiya bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Laboratoriya usulida qondagi immunoglobulin E (IgE) antitanalari darajasi o‘lchanadi. Ushbu sinov ba’zida radioallergorsorbent testi (RAST) deb ataladi. Bundan tashqari, allergiyalar uchun qator testlar mavjud. Patch testi – dermatit bo‘lgan bemorlarda (ekzema) qo‘llaniladi. Shubha qilinayotgan allergen tananing bel sohasiga kerakli miqdorda maxsus metall disklar yordamida qo‘yiladi va 48 soatdan keyin terining reaksiyasi tekshiriladi. Davolanish uchun, birinchi navbatda, mutaxassisga murojaat qilish lozim. O‘zboshimchalik bilan kimlarnidir gapiga quloq solib, dori preparatlarini sotib olib foydalanish orqali odam o‘ziga yondosh kasalliklarni hamroh qilib olishi mumkin. Dorilar allergiya belgilarini bartaraf etishga yordam beradi, ammo uni davolay olmaydi. Antigistaminlar (gistamin antagonistlari) – allergik reaksiyaning bir qismi bo‘lgan, tanada ishlab chiqariladigan gistaminning ta’sirini to‘xtatadi. Burun uchun tomchilar – qisqa muddatli ta’sir ko‘rsatadi. Ularni muntazam qo‘llaganda burun yo‘llarining surunkali kasalliklari kelib chiqishi mumkin. Shu sababli ushbu dori vositalarini shifokor nazorati ostida qo‘llash maqsadga muvofi q. Autovaksinasiya – allergik kasalliklar uchun muqobil davolash usuli hisoblanadi. Autovaksinani qo‘llash inson organizmining turli xil allergenlarga qarshi turishini ta’minlab beradi. Bu usul barcha allergik kasalliklarni


24-may VATANPARVAR 2024-yil № 21 21 Insoniy burch Profi laktika Ma’naviyat soati Sayyor qabul HUQUQIY maslahat Savol: Xotin-qizlarga ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun uzoq muddatli ta’lim kreditlari ajratilishi haqida eshitganman. Shu haqda ma’lumot bersangiz? Javob: Oliy ta’lim muassasalari, texnikum va kollejlarda, shu jumladan sirtqi va kechki ta’lim shaklida o‘qiyotgan xotin-qizlarning ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun 7 yil muddatga foizsiz ta’lim kreditlari moliyalashtiriladi. Shu maqsadda tijorat banklariga davlat byudjetidan har yili 1,8 trillion so‘m resurs mablag‘i yo‘naltiriladi. Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini qaytarish shartisiz qoplash maqsadida, davlat byudjetidan har yili kamida 200 milliard so‘m moliyalashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi axborot xizmati Xususan, Uchtepa va Chilonzor tumanlari Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda ularning tuzilmalari faoliyatini o‘rganib, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, navbatchi va tezkor guruhlar shayligi holatiga e’tibor qaratdi. Shuningdek, ushbu tumanlardagi Qo‘rg‘ontepa va Beshqo‘rg‘on mahallalarida “yettilik“ tizimi faoliyatini o‘rgandi. Jarayonda yoshlar bilan manzilli ishlash, o‘zini o‘zi band qilish borasida amalga oshirayotgan ishlar bilan tanishdi. O‘rganishlar davomida mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berib o‘tdi. Adliya polkovnigi Dilmurod HAMROYEV, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Bosh prokuror o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori B. Kudratxodjayev poytaxtimiz tumanlarida o‘rganishlar olib bordi. O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA Mavzuni huquqshunos olim, Jamoat xavfsizligi universiteti professori Ozod Xusanov atrofl icha yoritdi. U yangilangan Asosiy qonunimizning yaratilishi, bosqichlari, zarurati, mohiyati va ahamiyati haqida to‘xtaldi. Respublika Harbiy prokuraturasida videokonferensaloqa tarzida o‘tgan muloqotda mahkama va hududiy harbiy prokuraturalar xodimlari hamda faxriylar ishtirok etib, mavzu doirasida fi kr almashdi. Shundan so‘ng xizmatga yangi qabul qilinib, lavozimga ilk bor tayinlangan yosh xodim D. Yuldashevning qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh prokuror o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori B. Kudratxodjayev ishtirok etib, yosh mutaxassisning Vatanimizga va xalqimizga xizmat qilishdek o‘ta mas’uliyatli va sharafl i faoliyatida ulkan zafarlar yor bo‘lishini tiladi. Adliya polkovnigi Jahongir ASHUROV, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Bu galgi ma’naviyat soati yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bag‘ishlandi. Hududlarda muammolarni o‘rganish va imkon qadar tezkor hal qilish maqsadida amalga oshirib kelinayotgan ommaviy sayyor qabullar fi krimizning yaqqol namunasidir. Bu borada Harbiy prokuratura organlari tomonidan ham harbiy qism va muassasalarda tizimli ravishda qabullar tashkil etib kelinmoqda. Jumladan, Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan Qurolli Kuchlar akademiyasida ommaviy sayyor QONUNCHILIK TARG‘IBOTI Aholining ertangi kunga ishonchi ortishi va bugundan rozilik hissi bilan yashashini ta’minlashda murojaatlar bilan ishlash hamda joylarda o‘tkazilayotgan yuzma-yuz muloqotlar alohida ahamiyat kasb etadi. So‘ragan edingiz Tuman hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda maktab o‘quvchilari, xususan “Vatan tayanchi” otryadi a’zolari hamda o‘qituvchilar ishtirok etdi. So‘zga chiqqan Qurolli Kuchlar va mehnat faxriylari o‘quvchiyoshlarga o‘z hayotida bo‘lib o‘tgan qiziqarli voqealar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida so‘zlab berib, inson qaysi mavqeni egallamasin, u har doim o‘z Vatanining sodiq farzandi bo‘lib qolishi lozimligini uqtirdi. Tadbir davomida tuman hokimi o‘rinbosari Sardorbek Tursunov va “Vatanparvar” tashkiloti o‘quv sporttexnika klubi boshlig‘i Mamasoli Norxonov tashkilot tomonidan tumanda aholi, ayniqsa yoshlarni “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashi tasarrufi dagi Uchqo‘rg‘on tumani o‘quv sport-texnika klubi tashabbusi bilan tumanning ixtisoslashtirilgan maktabida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifi y tadbiri bo‘lib o‘tdi. qabul o‘tkazildi. Unda harbiy xizmatchilar, tinglovchilar va Qurolli Kuchlar xizmatchilari ishtirok etdi. Kelib tushgan 16 ta murojaatdan bittasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 10 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi, muddat talab etadigan 5 ta murojaat ko‘rib chiqish uchun ish yurituvga qabul qilindi. Adliya podpolkovnigi Alisher QURBONOV, Toshkent harbiy prokurorining yordamchisi harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular orasida sportning texnik va amaliy turlarini ommalashtirish hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Tadbir doirasida “Vatanparvar” tashkilotining “Motokross”, “Karting”, “Pnevmatik quroldan o‘q otish” sporti seksiyalarining ko‘rgazmalari namoyish etildi. Yig‘ilganlarga fotoalbom, kubok va medallar misolida tashkilot sportchilarining nafaqat respublika, balki xalqaro chempionatlarda erishgan yutuqlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Ushbu ko‘rgazmadan ruhlangan ko‘plab o‘quvchilar “Vatanparvar” tashkilotining sport seksiyalarida shug‘ullanish istagini bildirdi. O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti matbuot xizmati


22 № 21 24-may VATANPARVAR 2024-yil Bilasizmi? Bunday prognozlash nisbatan kichikroq hudud va bir sutkadan oshmagan muddat uchun amalga oshiriladi. Prognoz haqiqatga yaqinroq bo‘lishi uchun uni ikki-uch alomat emas, balki ko‘plab tabiat hodisalari, ularning birgalikdagi kompleksi asosida amalga oshirish lozim bo‘ladi. Yaxshi havoda ● Oy chiqish vaqtida qizil, tez yo‘qolib ketadigan aylana bilan hoshiyalanadi; ● yulduzlar nimyashil tusda kuchsiz chaqnaydi; ● oy o‘rog‘ining uchi o‘tkir bo‘ladi; ● qaldirg‘ochlar baland, go‘ng qo‘ng‘izlar yer bag‘irlab past uchadi; ● chumolilar juda faol harakatlanadi; ● chivinlar g‘uj-g‘uj bo‘lib, ustunsifat shaklda uchadi; ● kunduzi qaldirg‘och va chumchuqlar, kechga tomon maynalar qattiq hamda tez-tez sayraydi; Ob-havoni xalq tilida gapiriladigan, uy hayvonlari va hasharotlar xattiharakatidan yoki o‘simliklarning bargi hamda gullarning holatidan bilinadigan alomatlari asosida aniqlash xalqona alomatlarga ko‘ra, prognozlash deyiladi. ● baqalar suvdan (balchiqdan) chiqib, xirillagan tovushda sayraydi; ● asalarilar kechgacha uchadi, kechki payt juda faollashadi; ● chumolilar inlariga berkinib, inning og‘zini berkitadi; ● yer ustida hasharotlar ko‘rinmaydi, chuvalchanglar esa yer ustiga chiqadi; ● itlar kam ovqat yeydi, ko‘proq uxlaydi, yerga ag‘anay boshlaydi; ● mushuklar “yuzini yuvadi” – panjasi bilan yuzi va quloqlarini silaydi; ● qoramollar ochko‘zlik bilan o‘t-o‘lanni yeydi; ● otlar ko‘proq pishqira boshlaydi; ● ovozning eshitish imkoniyati hamda hid tarqalishi kuchayadi; ● tutun burqsib chiqadi va yer bag‘irlab tarqaladi; ● gulxandagi ko‘mir yorqin olovlanadi. Ob-havoni mahalliy belgilar yordamida prognozlash Ob-havoning mahalliy belgilari deganda ob-havodagi o‘zgarishlar alomati yoki obhavoning o‘zgarmasdan qolishi to‘g‘risida darak beruvchi meteorologik element va hodisalarning o‘zgarishlari tushuniladi. Mahalliy belgilar 6–12 soat avval, ba’zan bir sutka avvaldan ob-havoning prognozlash imkonini beradi. Ob-havoning bunday belgilaridan foydalanayotganda quyidagi qoidalarga rioya etish zarur ● Hech qachon bitta mahalliy belgi asosida obhavoni prognozlash kerak emas. Har doim bir necha turdagi kuzatuvlarni olib borish va ularni solishtirish zarur; ● agar kuzatilgan barcha belgilar alomati bir-biriga mos kelsa, prognozning haqiqatga yaqinligi (ehtimoliyligi) oshadi; ● agar kuzatilgan turli belgilar bir-biriga mos kelmaydigan alomatlarni bildirsa, unda qaysi alomatning yaqqolroq ifodalanganiga yoki qaysi alomat boshqa belgilarga ko‘proq mos kelishiga asosiy e’tiborni qaratish lozim. Ob-havoning yomonlashish alomatlari ● Patsimon yupqa bulutlarning zanjirsimon joylashib yoki “mushuk dumi” ko‘rinishida osmonning g‘arbiy tarafi dan sharqiy tarafi ga tez suzib o‘ta boshlashi; ● quyosh botishi vaqtida g‘arb tomonda gorizontning bir nuqtasidan tarqalayotgan taram-taram patsimon bulutlar ko‘rinadi; ● kechga tomon shamol to‘xtamaydi, aksincha kuchayadi; ● quyosh keti uzilmaydigan patsimon bulutlar qatlami ortiga botadi; ● osmonda bir vaqtning o‘zida bir necha ko‘rinishdagi: patsimon, to‘lqinsimon, to‘p-to‘p va ko‘pikli to‘lqinga o‘xshash bulutlar paydo bo‘ladi; ● turli ko‘rinishdagi bulutlar bir-biri tomon suzadi. Kunduzi havo ochiq, kechga tomon esa bulutlar qalinlasha boshlaydi. Yirikroq ko‘l yoki dengiz sohilida briz shamollari tinadi; ● tong o‘zining tiniq qizil rangi bilan ajralib turadi. Quyosh yoki oyning atrofi da yirik rangli aylanalar paydo bo‘ladi. Kechqurun va tunda yerga shabnam tushmaydi; ● tutun pastga intiladi yoki yer bag‘irlab tarqaladi; ● tongda osmonda to‘pto‘p bulutlar paydo bo‘lib, ular kattalashib, kunning yarmida yirik minora yoki tog‘ shaklini oladi; ● kunduzi havo dim bo‘ladi. Soxta kashtan barglarida sharbat tomchilari paydo bo‘ladi. Qoraterak barglaridan ham suv tomchilari oqadi. ● agar yirik to‘p-to‘p bulutlar yomg‘irli bulut shakliga kirsa yoki yirik qo‘ziqorin shakliga kirsa, do‘l yog‘ish ehtimoli mavjud; ● yomg‘irli bulutlar yaqinlashayotganda, uning chekkalarida uzuq-yuluq kulrang bulutlar aralashgan oq tasmasimon chiziq (polosa) aniq ko‘rinsa ham do‘l yog‘adi; ● agar osmonda asosi pastga osilib turadigan uzuq-yuluq kichik bulutchalardan iborat yomg‘irli bulutning cho‘qqisi juda balandda bo‘lsa, demak, kuchli dovul yoki shamol bo‘ladi; ● bulutli kunlarda, yomg‘irdan avval hamda tunda qizil gulli yovvoyi yo‘ng‘ichqaning gullari yig‘iladi. Ob-havoning yaxshilanish alomatlari ● Bulutli yoki seryog‘in kundan so‘ng kechqurun quyosh chiqadi, kunbotarda osmonning g‘arbiy tomonida umuman bulutlar bo‘lmaydi; ● kechki paytda osmonda yashil rangli yaqqol ajralib turuvchi kamalak paydo bo‘ladi; ● tunda kuchli shudring tushadi, tutun tepaga qarab harakatlanadi, qaldirg‘ochlar juda balandda uchadi, to‘p-to‘p bulutlar shamol yo‘nalishiga mos holda suzadi; ● tun sokin va salqin bo‘lsa, daraxtzorlar ichkarisida ochiq joyga nisbatan harorat issiqroq bo‘lsa, osmon bulutsiz bo‘lsa, demak, ertasi kuni havo ochiq yoki kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi; ● tongda osmonda to‘p-to‘p bulutlar paydo bo‘ladi va ular kechga tomon yana yo‘qoladi, quyosh botish paytida ufq qizarib, oltinrang tusga kiradi. Shiddatli shamolning yaqinlashayotganini bildiruvchi alomatlar ● Shiddatli shamolbo‘ronlarning bo‘lishini bildiruvchi belgilar kutilmaganda shamol tezligining ortib ketishi va yo‘nalishining o‘zgarishidir. Shiddatli shamollarni hosil qiladigan eng qulay omil – kunning issiq ob-havosi. ● shamol juda qisqa vaqt butunlay tinadi; ● gorizontda past, tez suzuvchi po‘rtanasimon qora bulut yoki sekin suzuvchi konturlari aniq chegaralangan qora bulut paydo bo‘ladi. Bunda shiddatli shamol bilan birgalikda kuchli yomg‘ir yoki do‘l yog‘ishi mumkin; ● gorizontda qalin chang qatlami hosil bo‘ladi; ● yomg‘irdan keyin birdaniga sof shamolning esishi boshlanadi; ● kutilmaganda havoda shovqin va hushtak tovushi paydo bo‘ladi; ● kuchli shamol-bo‘ron oldidan momaqaldiroq bo‘ladi. Bahodir XAYDAROV, Qurolli Kuchlar akademiyasi dotsenti ● asalarilar erta tongda dalaga uchib chiqadi; ● o‘t ustida, buta va daraxt shoxlarida juda ko‘p o‘rgimchak to‘ri hosil bo‘ladi; ● shamol yo‘q vaqtda tutun tikka balandga ko‘tariladi; ● gulxandagi ko‘mir xira yonadi va tez kul bilan qoplanadi. Yomon havoda ● Yulduzlar qizg‘ish yoki yorqin ko‘kimtir rangda kuchli chaqnaydi; ● kunduzi havo tiniq bo‘lgan bo‘lsa-da, kechasi yulduzlar xira ko‘rinadi; ● qaldirg‘ochlar pastlab uchadi; ● tovuqlar va chumchuqlar kulga (changga) cho‘miladi, chumchuqlar kuchli chirqillaydi; ● baliqlar suv yuzasida baland sakrab, mayda chivinlarni tutadi; ● kaltakesaklar o‘z uyalariga berkinadi;


24-may VATANPARVAR 2024-yil № 21 23 Ayollar bekati Sahifani Mastura QURBONOVA tayyorladi. Dangasalikni qanday aniqlash mumkin? Dangasalikka qarshi kurashda har qanday kasallikka qarshi kurashda bo‘lgani kabi bir xil qoida qo‘llaniladi: to‘g‘ri davolanish uchun to‘g‘ri tashxis qo‘yish lozim. “Dangasalikka qarshi retsept”larni berishdan oldin esa uni tanib olishning ikkita qoidasini aytib o‘tamiz: 1. Bolaning yoshini hisobga oling. 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda o‘rganishni istamaslik sabab bo‘lishi mumkin. 12 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda esa beparvolik ko‘proq uchraydi. Psixologik asosga ko‘ra, buning asosiy sababi o‘ziga ishonchsizlik va motivatsiyaning yetishmasligi. 2. Farzandingiz bilan gaplashing, uni tinglay biling. Nima sababdan bu ishni kechiktirayotganini yoki rad etishini so‘rang. Uning mulohazalariga e’tibor bering, hayotiga chin dildan qiziqishingizni ko‘rsating! Dangasalikka qarshi shifobaxsh dori afsuski, mavjud emas. Ayniqsa, o‘smirlarda bu odat bilan kurashishga vaqt talab etiladi. Dangasalikning keng tarqalgan sabablaridan biri charchoqdir. Bugungi kunda ko‘pchilik ota-onalar farzandining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun uning butun kunini daqiqalar bo‘yicha Bugun sahifamizda dangasalik illati haqida yoritmoqchimiz. Ko‘pincha otaonalar farzandining dangasaligidan shikoyat qiladi: o‘qishni xohlamasligi, sport bilan shug‘ullanmasligi, kitob o‘qishga xohishi yo‘qligi, uy ishlarida yordam bermasligi, berilgan vazifalarni ortga surishi. Maktabda olgan yomon bahosi va xonasining tartibsizligidan jig‘ibiyron bo‘lgan ota-ona (ko‘pincha onalar) bunda faqat bolani aybdor hisoblashadi. Xo‘sh, nega endi tinibtinchimas, har ishda faol va izlanuvchan bolada bunday holat ro‘y beradi? Quyidagi ma’lumotlarimiz orqali siz ushbu savolga javob topishingiz mumkin. Bu ajoyib krem-sho‘rvani hech o‘ylanmasdan oila taomnomasiga qo‘shishingiz mumkin. Nega deysizmi? Sho‘rva bolajonlar shu bilan birga kattalar uchun ham nihoyatda foydali bo‘lib, temir, B1 vitamini va aminokislotalarga juda boydir. Bundan tashqari, o‘zida kalsiy, magniy, kaliy, fosfor, omega-3 va omega-6 kabi elementlarni saqlaydi. Kerakli masalliqlar: 300 g qizil marjumak, 120 g piyoz, 75 g kartoshka, 150 g sabzi, 2 osh qoshiq pomidor qaylasi, 2 dona sarimsoq, 100 ml o‘simlik yog‘i, 1,5 litr suv va ta’bga ko‘ra tuz, murch va paprika. Bezatish uchun: 100 g quritilgan non bo‘lakchalari, 150 g smetana, 1 dona limon va petrushka yaproqlari. Tayyorlanishi: Sabzavotlar (kartoshka, sabzi, piyoz)ni kubik shaklida to‘g‘raymiz. Qozonda yog‘ni qizdirib, piyozni 3-4 daqiqa davomida qovuramiz, maydalab to‘g‘ralgan sarimsoqni qo‘shamiz. Sabzavotlarni ketma-ketlikda solib, 3 daqiqa davomida qovuramiz. Pomidor qaylasi va yasmiqni va ziravorlar solib aralashtiramiz. Suv quyib, 35-40 daqiqa davomida past olovda qaynatamiz. Sho‘rva tayyor bo‘lgach, blendr yordamida krem holatiga kelguncha aralashtiramiz. Tayyor bo‘lgan krem-sho‘rvani chuqur likopcha yoki kosalarda, quritilgan non bo‘laklari va smetana bilan tortish mumkin. Yoqimli ishtaha! rejalashtiradi: qo‘shimcha mashg‘ulotlar, onlayn darslar, treninglar, sport to‘garaklari. Ba’zida farzandingiz qo‘shimcha mashg‘ulotlardan bosh tortganda, o‘ylab ko‘ring, balki uning zimmasiga yuklangan vazifa haddan tashqari ko‘pdir. Bolaning kun tartibida uning yoshi nechida bo‘lmasin, dam olish uchun vaqti bo‘lishi kerak. Xo‘sh, vazifasining ko‘pligidan kelib chiqqan dangasalik bilan qanday kurashish mumkin? • Bir necha kun davomida farzandingizning kun tartibini kuzating! Uning dam olishi uchun vaqti yetarlimi? Agar yo‘q bo‘lsa, kun tartibini qayta ko‘rib chiqing! • Uyqu va dam olishini tartibga soling! To‘g‘ri rivojlanishi uchun 8-13 yoshli bola kamida 9 soat, 14-18 yoshli o‘smirlar esa 8 soat uxlashi kerak. Sog‘lom ovqatlanish va toza havoda yurish muhim omil hisoblanadi. Agar bu shartlar bajarilmasa, bolada dangasalik, ishga va o‘qishga layoqatsizlik kuzatiladi. • Farzandingizga kun tartibini to‘g‘ri tashkillashtirishga yordam bering! Unga kundalik yuritishni, mashg‘ulot va ishlar ro‘yxatini tuzishni o‘rgating! Dangasalikning yana bir sabablaridan biri irodaning zaifl igidir. Asosan bolani mehnatga, uy yumushlarini bajarishga o‘rgatmaslik, u uchun hamma ishni kattalar qilishi, uni hamma joyda ayash bu odatning shakllanishiga olib keladi. Stenford universiteti professori Kelli Makgonigal iroda kuchini mushak bilan taqqoslaydi. Uning aytishicha, faqat istak yetarli emas, muntazam mashg‘ulotlargina mushaklar rivojlanishiga yordam beradi. • Farzandingizni haqorat qilmang! Bu bilan uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini so‘ndirasiz. • Bolaga sport bilan shug‘ullanishni taklif qiling! Sport irodani mustahkamlaydi. Natijaga intilish, fi doyilik bilan ishlash odatini shаkllantiradi. Faqat u yoqtirgan va bajara oladigan sport turini tanlash muhimdir. • Odatlarni shakllantiring! Muntazam ravishda biror narsa bilan shug‘ullanish bu “iroda mushaklari”ni mashq qilish va kuchaytirishning yana bir usuli hisoblanadi. Buni kichik, oddiy odatlardan boshlang! Masalan, ertalab besh daqiqa mashq qilish, kontrast dush qabul qilish, haſt aning qaysidir kunlari xonani tozalash. Asosiysi muddat emas, balki dangasalikka qarshi kurashda muntazamlikdir. • Bolaning individual xususiyatlarini hisobga oling. Bolalar, shuningdek kattalar orasida ham boyqushlar, sangviniklar va fl egmatiklar mavjud. Masalan, xolerik inson uchun mashaqqatli ish qilish qiyin bo‘lsa, boyo‘g‘li uchun ertalab yangi materialni idrok etish mushkul. Farzandingizning bioritmlari va temperamentining o‘ziga xosligini hisobga oling va uning manfaati uchun yo‘naltirishga harakat qiling! Ba’zida motivatsiyaning yetishmasligi bolaning dangasaligiga sabab bo‘lishi mumkin. Agar inson o‘zi qilayotgan ishini yoqtirmasa, vaqtni boshqarish ham, eng to‘g‘ri rejim ham unga yordam berolmaydi. Motivatsiya insonning har qanday ishida muvaff aqiyat kalitidir. • Farzandingizning diqqatini uni qiziqtirgan narsaga qaratishga yordam bering! U bilan yurakdan suhbatlashing va diqqat bilan tinglang! Keyin esa bolangizning ta’limini uning manfaatlariga qanday moslashtirish haqida o‘ylang! Agar bolalar o‘ziga yoqqan ish bilan mashg‘ul bo‘lsa, unda “muvaff aqiyat zonalari” shakllanadi. Bu uning ma’lum bir mavzuni yoqtirmasligiga nisbatan muvozanatlashtiradi va o‘smirga dangasalikka qarshi kurashishda yordam beradi. • Bolangiz o‘qishda dangasa bo‘lsa, ta’lim olish har tomonlama muhim ekanini tushuntiring! Ba’zida o‘smirning dangasaligi muvaff aqiyatsizlik qo‘rquvini yashiradi. Bola yo‘qotishdan, bardosh bera olmasligidan qo‘rqadi va hech narsa qilmaslikni afzal ko‘radi. “Boshni qumga ko‘mib olish” odati yillar davomida tobora ko‘proq muammolarni keltirib chiqishi mumkin. Shuning uchun bu odatdan tezroq qutulish lozim. Xulosa qilib aytganda, dangasalik bilan kurashishdan oldin uning sabablarini aniqlashingiz juda muhimdir. Turkcha marjumak sho‘rva


24 № 21 24-may VATANPARVAR 2024-yil Nashr ko‘rsatkichi: 114. Bahosi: kelishilgan narxda. 1 2 3 4 5 6 MUASSIS Tahririyat kengashi: general-mayor Hamdam Qarshiyev polkovnik Otabek Yuldashev polkovnik Alisher Boboxonov Maqsud Abilov Tahririyatga kelgan qo‘l yoz malar taqriz qilinmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi. Mualliflar fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farqlanishi mumkin. Gazeta Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti – “Vatanparvar” birlashgan tahririyatining kompyuter markazida sahifalandi. Gazeta O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligida 2008-yil 6-iyunda 0535 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Telefonlar: kotibiyat: 71 260-36-50 buxgalteriya: 71 260-35-20 yuridik bo‘lim: 71 260-29-41 faks: 71 260-32-29 “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi bosmaxonasida chop etildi. Bosmaxona manzili: Toshkent shahri Alisher Navoiy ko‘chasi, 30-uy. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI www.mudofaa.uz Manzilimiz: 100164, Toshkent, Universitet ko‘chasi, 1-uy. Gazetaning yetkazib berilishi uchun obunani rasmiylashtirgan tashkilot javobgar. Gazetaning poligrafik jihatdan sifatli chop etilishiga “O‘zbekiston” NMIU mas’ul. Buyurtma: V-5753 Hajmi: 6 bosma taboq Bichimi: A3 Adadi: 34 209 nusxa Bosishga topshirish vaqti: 14:00 Topshirildi: 14:30 t.me/mv_vatanparvar_uz t.me/mudofaavazirligi mudofaavazirligi mudofaavazirligi www.youtube.com/c/UzArmiya www.mv–vatanparvar.uz www.mudofaa.uz Navbatchi: podpolkovnik Gulnora Xodjamuratova Sahifalovchi: Dilnoza Meliqo‘ziyeva Musahhih: Zebo Sariyeva Gazeta juma kuni chiqadi. Gazeta 1992-yilning 24-iyunidan chiqa boshlagan. @Vatanparvargazetasi_bot “Vatanparvar” birlashgan tahririyati bilan bog‘lanish uchun telegram bot SHU SONNING ELEKTRON SHAKLI ISSN 2010-5541 Bosh muharrir: podpolkovnik Ahror Ochilov Bu qiziq! Hammerfest va Shpitsbergen, Norvegiya Norvegiya yarim tungi quyosh mamlakatidir. Shimoliy qutb doirasida joylashgan mamlakat o‘zining manzarasi va yorqin quyoshi bilan mashhur. Norvegiyaning eng shimoliy shahri bo‘lgan Hammerfest Struvegeodeziya yoyi ahamiyati tufayli YUNESKOning Butunjahon merosi obyekti, deb e’lon qilingan. Hammerfestda quyosh 00:43 da botadi va 40 daqiqadan keyin yana chiqadi. Quyosh Norvegiyaning yana bir mintaqasi – Shpitsbergen orolida uzluksiz 10-apreldan 23-avgustgacha porlab turadi. DUNYONING QUYOSH BOTMAYDIGAN NUQTALARI Fanda quyoshning sharqdan chiqib, g‘arbga botishi bot-bot takrorlanadi. Ammo bu fi kr dunyoning barcha nuqtalari uchun to‘g‘ri keladimi? Yer sayyorasi kutilmagan hodisalarga boy va unda g‘alati hodisalar tez-tez sodir bo‘ladi. Quyida quyosh deyarli botmaydigan joylar haqida o‘qishingiz mumkin. Islandiya Shimoliy yog‘dulari bilan mashhur bu mamlakat Yevropadagi Buyuk Britaniyadan keyingi eng katta orol va bu yerda chivinlarni umuman uchratmaysiz. Bu chivinsiz tunlardan bahramand bo‘lish uchun hududga tashrif buyurishni istagan ko‘plab odamlar uchun haqiqiy jannatdir. Iyun oyida bu yerda quyosh hech qachon botmagani sababli orolda tun bo‘lmaydi. Qutb doirasidagi Grimsi oroli va Akureyri shahri yarim tun quyoshi ostida yurish uchun eng yaxshi joylar hisoblanadi. Yukon, Kanada Davlatning ikkinchi yirik mintaqasi yilning ko‘p qismida qor bilan qoplangan bo‘ladi. Biroq yozda mamlakat shimoli-g‘arbiy qismidagi Yukonda quyosh ketma-ket 50 kun davomida porlaydi. Yovvoyi gullar va turli xil ko‘chmanchi qush turlari orqali toza muhit yaratilgan shahar o‘zining go‘zal osmoni va cheksiz yoz yorug‘ligi tufayli yarim tungi quyosh makoni sifatida tanilgan. Kaanaak, Grenlandiya Grenlandiyaning eng shimolida joylashgan bu shaharning 650 nafarga yaqin aholisi bor. Shahar Arktika doirasining shimoliy qutbida joylashgan, shuning uchun u yerdagi qish qorong‘i va juda sovuq. Ammo apreldan avgustgacha yarim tunda ko‘tarilgan quyosh ikki yarim oy davomida uzluksiz porlab turadi. Bu aholidan uxlash uchun qora pardalardan foydalanishni talab qiladi. Kechalar shunchalik go‘zalki, uni hech bir inson so‘zlari bilan to‘liq tasvirlab bera olmaydi. Kiruna. Shvetsiya Shvetsiyaning 19 000 kishilik eng shimoliy shahrida quyosh yiliga 100 kundan ortiq botmaydi. Quyoshsiz davr esa yilning may oyidan avgustgacha davom etadi. Jizzax shahridagi 6-maktab o‘qituvchisi Dildora QO‘CHQOROVA tayyorladi.


Click to View FlipBook Version