MILLIY ARMIYAMIZ YANGI O‘ZBEKISTONNING MUSTAHKAM QALQONIDIR! Gazeta 1992-yilning 24-iyunidan chiqa boshlagan 2024-yil 31-may, №22 (3084) 1-IYUN – XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI t.me/mv_vatanparvar_uz t.me/mudofaavazirligi IJTIMOIY-SIYOSIY, MA’NAVIY-MA’RIFIY, HARBIY-VATANPARVARLIK GAZETASI BIZ HAQIMIZDA youtube.com/c/uzarmiya instagram.com/mudofaavazirligi facebook.com/mudofaavazirligi [email protected] www.mv–vatanparvar.uz VATANPARVAR Bolalik – beg‘uborlik va shodlik fasli!
2 № 22 31-may VATANPARVAR 2024-yil Mudofaa vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, harbiy-vatanparvarlik tadbirlarini o‘tkazish tarmoq-jadvali tasdiqlandi hamda har bir tadbir hududi va kuni belgilandi. Oylik doirasida ma’naviyma’rifiy hamda madaniy tadbirlarni olis va chekka hududlardagi yoshlar bilan yuqori saviyada tashkillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Yoshlarni keng jalb etgan holda “Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivallari (harbiy orkestr sadolari ostida shaxsiy tarkibning qo‘shin turlariga mos saf qo‘shiqlari bilan markaziy ko‘chalarda harakatlanishi, tadbir joyida O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti o‘quv va sport texnikalari hamda zamonaviy harbiy qurol-aslahalar namoyishi, shaxsiy tarkib tomonidan jangovar hayqiriqlarning baralla aytilishi, ko‘rgazmali chiqishlar) tashkil etiladi. Mahalla yoshlarining “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi, Qurolli Kuchlar davlat muzeyi, hududlarda joylashgan “Vatanparvarlar” bog‘i hamda o‘zbek milliy davlatchiligi tarixiga aloqador bo‘lgan muzeylarga ekskursiyalari uyushtiriladi. Milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlarga tushuntirish maqsadida joylarda “Qo‘mondon va yoshlar”, “General va yoshlar” uchrashuvlari (turli targ‘ibot bukletlari va flayerlarni tarqatish, Qurolli Kuchlar faoliyatiga oid targ‘ibot roliklari namoyishi, eng faol yoshlarga qo‘mondonning esdalik sovg‘alarini topshirish) o‘tkaziladi. Barcha harbiy qism va muassasalarda “Er yigitning er yigitga aytgan gapi ta’sirli bo‘ladi!” shiori ostida uyushmagan, Ertamiz egalari 30-yun – Yoshlar kuni munosabati bilan joriy yilning iyun oyi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilindi. Uning doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida festival va forumlar, yosh harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar xizmatchilari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida turli yo‘nalishdagi tadbirlar o‘rin olgan. Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik! tarbiyasi og‘ir, jinoyat va huquqbuzarlikka moyil yoshlar bilan “Harbiy qismda bir kunim!” loyihasi bo‘yicha (harbiy qismlarda yaratilgan sharoitlar, o‘quv, moddiy-texnik baza imkoniyatlari bilan tanishtirish, eng ilg‘or harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar faxriylari bilan uchrashuvlar, psixologlar tomonidan motivatsion trening va o‘yinlar, badiiyhavaskorlik jamoalarining konsert dasturlari) tadbirlari uyushtiriladi. Harbiy qism joylashgan hududdagi mahallalarning uyushmagan yoshlari o‘rtasida harbiy qism komandirining (muassasa boshlig‘ining) sovrini uchun “Mahallamiz o‘g‘lonlari” shiori ostida sport musobaqalari (yoshlar bilan harbiy xizmatchilar o‘rtasida tosh ko‘tarish, arqon tortish, turnikda tortilish, armrestling) tashkil etiladi. Hududlardagi yozgi oromgohlarda hordiq chiqarayotgan yoshlar bilan “Men albatta harbiy bo‘laman!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik tadbirlari (oromgohlarga tashrif buyurgan holda, yoshlar bilan turli musobaqalar, harbiy orkestrning ko‘rgazmali chiqishlari) tashkil etiladi. Viloyat, tuman (shahar) markazlaridagi xiyobonlar, yirik savdo va ko‘ngilochar markazlari, aholi gavjum joylarda Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli va badiiy-havaskorlik jamoalarining konsert dasturlari, harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari uyushtiriladi. Yoshlar, Qurolli Kuchlar faxriylari va harbiy xizmatchilar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi”, “E’zoz va ehtirom” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti va mustaqilligini himoya qilish yo‘lida xizmat majburiyatini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning byusti o‘rnatilgan maktabda “Qahramonlar nomi barhayot!” shiori ostida vatanparvarlik tadbirlari rejalashtirilgan. Hududiy harbiy-ma’muriy sektorlar bilan hamkorlikda uyushmagan, tarbiyasi og‘ir va profilaktik hisobda turuvchi yoshlar bilan “Jasorat maktabi” harbiy-vatanparvarlik o‘quv yig‘inlarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Harbiy qism va muassasalar hududida yosh harbiy xizmatchilar va ularning turmush o‘rtoqlari ishtirokida “Oshpazlar bahsi”, “Shaxmat-shashka turniri”, “Biz sportchi oilamiz”, “Zukko kitobxon” tanlovlarini, harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun “Quvnoq startlar”, “Yosh rassom”, “Asfaltga rasm chizish” kabi turli o‘yinlarni o‘z ichiga olgan “Yoshlar sayillari” tashkil etish belgilangan. Viloyat Yoshlar markazlarida harbiy qism va muassasalarda samarali faoliyat yuritayotgan, turli xalqaro musobaqalar g‘oliblari, davlat mukofoti sovrindorlari bo‘lgan yosh harbiy xizmatchilarning o‘zaro tajriba almashish forumi o‘tkaziladi. Harbiy okrug qo‘mondonlari, oliy harbiy ta’lim muassasalari boshliqlari hamda harbiy qism komandirlariga respublikaning barcha hududlaridagi 1-sektorlar kesimida Mudofaa vazirligi tomonidan otaliqqa olingan yoshlarning muammolarini hal etish bo‘yicha ishlar yanada jadallashtiriladi. Muxtasar qilib aytganda, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, ularni mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning faol ishtirokchisi, jamiyatning chinakam tayanchi va suyanchiga aylantirish mamlakatimizning ustuvor va strategik vazifalaridan biri bo‘lib, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda ushbu oylikning o‘rni muhimdir. Polkovnik Timur NARZULLAYEV, Mudofaa vazirligi bo‘lim boshlig‘i
31-may VATANPARVAR 2024-yil № 22 3 Zero bugungi Yangi O‘zbekistonimizdagi keng qamrovli o‘zgarishlar muhiti mamlakatimizdagi barcha sohalar, texnologiyalar va insonning o‘zini ham yangilanish jarayoni bilan to‘la qamrab olgan, desak, aslo xato bo‘lmaydi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqimizga, Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida tarbiya omiliga katta e’tibor qaratib, zamonning sur’ati har qachongidan ham tezlashgani, jamiyatdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va eng to‘g‘ri yechimlarni topish ijtimoiy rivojlanishda muhim ahamiyatga egaligini ta’kidladi. Tarbiya so‘zi tilimizga arabchadan kirib kelgan bo‘lib, “parvarishlash”, “o‘stirish”, “yaxshilash” va “yaxshilanish” ma’nolarini anglatadi. Inglizchada “bring up”, ya’ni “turg‘izmoq”, “o‘qitmoq”, “yaxshilamoq” ma’nolarini bersa, rus tilida esa “воспитание”, ya’ni “oziqlantirmoq” mazmunini ifodalaydi. Arab tilidan kirib, tarbiya so‘zi ma’nosining tarkibidagi parvarishlash orqali yaxshilash va yaxshilanishda inson omili mavjudligi katta ahamiyatga ega. E’tibor qiling: yaxshilanish istagi tarbiya hodisasining markaziy nuqtasi hisoblanadi. Chunki har qanday tashqi ta’sirga insonning munosabati, yaxshilikni olish va o‘zgarishga rag‘bat tarbiya samaradorligini ta’minlaydi. Har bir insonning o‘zida yaxshilanish rag‘bati va o‘zgarishlarga tayyorlikning o‘rni muqaddas dinimizda muhrlangan. Ra’d surasida “Albatta, Alloh biror bir qavm o‘zlaridagi narsani o‘zgartirmagunlaricha, ulardagi narsani o‘zgartirmas”, deb bejiz aytilmagan. Shunday ekan, odamdagi yaxshilanish, tarbiyaviy ishlar ta’siri ko‘p hollarda insonning o‘ziga bog‘liqdir. Muhtaram Prezidentimiz Yangi O‘zbekistonni barpo etish, o‘zgarishlarni ro‘yobga chiqarish dastavval insonning o‘ziga bog‘liq va undan boshlanadi, deb qayta-qayta ta’kidlashlari negizida chuqur ma’no mujassamdir. Prezidentimiz mamlakatimiz rivojida inson omilini taraqqiyotning bevosita ishtirokchisiga, uning “drayver”lik ulushini oshirishga xalal beruvchi asosiy omillarga to‘xtalgan. Tarbiya omilining bilim bilan birlikda ijtimoiy yuksalishimizda “drayver” bo‘lishi xususida ulug‘ ma’rifatparvar jadidlarning “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Chunki barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi”, degan. Darhaqiqat, bilim va tarbiyaning taraqqiyot sur’atlarini oshirishiga xizmat qilishi uchun uch omil ustuvorligi, ya’ni yoshlarning erkin va kreativ fikrlashi, jamoada ishlay olishi hamda muloqot ko‘nikmalariga ega Bilim, mehnat va aql Mamlakatimizni tubdan takomillashtirish borasida jadal sur’atlarda amalga oshirilayotgan islohotlar tarbiya omilining favqulodda muhim ahamiyatini anglash, har bir insonning hayotda munosib o‘rnini topish va uni ijtimoiy faollashtirish masalasini dolzarb masala sifatida kun tartibiga chiqardi. Tarbiya omili esa insondan jamiyatga avval qanday bo‘lsa shundayligicha emas, balki yangilangan, takomillashgan, ya’ni sifat jihatidan yuksalgan holda uyg‘unlashuvni, ma’naviy, kasbiy va ijtimoiy faollashuvni taqozo etadi. tarbiyaNING uch asosi bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, bugungi yoshlar uchun “bilim, mehnat va aql” birligi va uyg‘unligiga erishish favqulodda zarurdir. Buning uchun esa har bir sohani o‘rganayotgan yoshlar hayotda, eng avvalo, yuksak ma’naviyatli, odob-axloqli bo‘lishlari, o‘zlari egallashga kirishgan kasb, hunar va mutaxassislikni eng yuqori darajada o‘zlashtirib olishlari, bilim olib, teran anglagan narsalarini boshqalarga ham o‘rgata olish darajasiga chiqishlari ularning asosiy hayotiy mezonlariga aylanishi talab etiladi. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, Prezidentimiz tomonidan aytilgan fikr, ya’ni yoshlarimizning kasb va hunarlarni egallashlari uchun zarur bo‘lgan uch talabning ikkitasi, ya’ni aql va mehnat omillari faqat uzluksiz tarbiya orqali amalga oshiriladi. Tarbiyaning “drayver”lik roli nafaqat hayotiy muammolarga to‘g‘ri yechimlar topishga, balki insonning shaxs sifatida shakllanib, bilim va motivatsiyaga ega bo‘lish, yetuk mutaxassis sifatida hayotda o‘zligini namoyon etish jarayonlarida ham bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatib turadi. Tarbiyadan kuzatilgan asosiy maqsad aslida har bir yosh yigitqizning hayotda xoh tadbirkorlik bo‘lsin, xoh vrach yoki pedagog bo‘lsin, eng muhimi o‘zining munosib o‘rnini topishiga ko‘maklashish, maqsad va motivatsiyalarini shakllantirib, uni to‘g‘ri yo‘lga solishdan iboratdir. Bilimlarning tarbiya bilan bevosita bog‘liqligi taraqqiyot bosqichlarida millatimizning ma’naviy yaxlitligi, iqtisodiy, ijtimoiy va intellektual rivojlanish jarayonlarida o‘ziga xoslik hamda milliy o‘zlikni saqlashda ham muhim o‘rin tutadi. Insonning, xususan yoshlarning hayotda o‘z munosib o‘rnini topishida maqsad omilining roli beqiyosdir. Maqsad barcha intilish, xohish, harakatlarning negizida turadi va ularga jon bag‘ishlab turuvchi kuch vazifasini o‘taydi. Antik davrning buyuk allomasi Aristotel o‘zining “Poetika” asarida “Maqsad hamma narsaning boshidir. Maqsadi bor odamninggina barqaror fe’latvori, xarakteri bo‘ladi. Maqsadi bor odamlar bilangina biror bir ishni bitirsa bo‘ladi. Maqsadi yo‘qlar bilan esa hech qanday ishni oxirigacha yetkazib, bajarib bo‘lmaydi”, deb ta’kidlagan. Darhaqiqat, agar insonda o‘z hayotini o‘zgartirish, yaxshilash bo‘yicha biror bir aniq maqsad, reja bo‘lmasa, tabiiyki, unda intilish ham, harakat ham, qiziqish yoki ishtiyoq ham bo‘lmaydi. Maqsadsizlik ishda va hayotda tayinsizlik va qo‘nimsizlikni yuzaga chiqaradi. Qo‘nimsizlik esa ish joyini tanlash va yangi ish joyida mustahkamlanishda ham, topayotgan maoshiga qanoat qilishda ham beqarorlik, noshukurlikni yuzaga keltiradi. Maqsad omilining muhim masala ekanligi ijtimoiy munosabatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda yosh oilalar o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchiliklar va oilaviy ajrimlar negizida aksariyat holatlarda maqsadsizlik muammosi borligi va muhim rol o‘ynashini e’tibordan chiqarmaslik kerak. Hamma narsaning negizida yaxshilanishga intilish, maqsadli yashashning farog‘atini anglash yotishini odamlarning o‘zlariga aniq faoliyat (kasb-hunar egallash, oliy ta’lim olish, tadbirkorlik)ga jalb etish orqali anglatildi. Amalga oshirilgan barcha ishlar esa Prezidentimizning “Motivatsiya, ko‘nikma, moliyaviy ko‘mak berish” modeli orqali aniq namuna, ibratli misollarga tayangan holda tashkil etildi. Ma’lumki, motivatsiya so‘zi mohiyatiga ko‘ra, maqsad, rag‘bat va intilishga shaylikni ifodalaydi. Insonda kuchli motivatsiya bo‘lmasa, biror bir ishning boshini tutish uchun shu sohani mukammal o‘zlashtirish, ko‘nikmalar shakllantirish harakati bo‘lmaydi. Bir so‘z bilan aytganda, hamma narsa maqsadlilikdan kuch oladi. Mahallalarda maqsadlilikni shakllantirishga asoslangan mazkur rivojlanish modelini qo‘llash qisqa vaqt ichida quvonarli natijalar bera boshladi. Har ikki hududda ham ishsizlik, boqimandalik, jamoat tartibini buzish, jinoyat qilish, ayniqsa oilaviy ajrimlar keskin kamaydi. Odamlarda o‘zini o‘zgartirish, o‘z hayoti va faoliyatini yaxshilash istagi kuchaydi. Xususan, yoshlarda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, xorijga ish izlab ketish o‘rniga o‘zini o‘zi band qilish, hudud va mahalladagi hamda o‘zidagi qobiliyatlar, ichki imkoniyatlarini to‘laroq ro‘yobga chiqarish harakati keng tus oldi. Kasb-hunarlar yoshlar tomonidan puxta o‘zlashtirilib, deyarli barchada o‘z hayotini farovonlashtirish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, hayotidan zavq va shukronalik hissi kuchaydi. Insonning baxtli, saodatli bo‘lishi va ma’naviy hamda kasbiy komillikka erishishining ikkinchi muhim jihati ishonch omilidir. Qiziqish holati qanchalar kuchli bo‘lsa, inson mehnatining natijalari, tanlagan ishiga bo‘lgan ishtiyoqi, g‘ayrati ham shuncha yuqori bo‘ladi. Ishonch omili hayotda hali yuz bermagan, ammo yuz berishi mumkin bo‘lgan narsalarni inson tomonidan tasavvur etilishiga, tasavvuri doirasida esa e’tiqodi shakllanishiga ko‘mak beradi. Bu borada ingliz yozuvchisi Uilyam Shekspir tomonidan keltirilgan quyidagi Xudo va Inson o‘rtasidagi muloqot naqli juda ibratlidir: “Men faqat ko‘rsamgina ishonaman”, dedi Inson Xudoga. “Agar ishonsang, ko‘rasan”, deb javob qaytardi Xudo Insonga”. Inson tomonidan ruhiy va moddiy borliqning o‘rnini idrok etishga qaratilgan bu mashhur naql ham ishonch omilining nechog‘li qudratli kuch ekanini ifoda etadi. Tarbiya orqali baxt-saodatga erishishning yana bir muhim jihati mehnatsevarlik fazilati bo‘lib, bu xususiyat oila bag‘rida shakllanib, bog‘cha, maktab va maktabdan keyingi davrdagi maqsadli faoliyat jarayonida mustahkamlanadi. Mehnatsevarlik fazilati nafaqat reja tarzida bajariluvchi faoliyat, balki har bir yigit-qizning ijtimoiy fazilati va ko‘nikmasi darajasida shakllanishiga erishish lozim. Qadimgi e’tiqod yo‘nalishlaridan bo‘lgan buddizm, jaynizm, brahmanizm diniy ta’limotlaridagi eng muqaddas so‘z bo‘lgan “karma” so‘zi “mehnat qilish” degan ma’noni anglatadi, ya’ni hayotda amalga oshiriladigan barcha ishlar ham, Tangriga ibodat ham, yaxshi amallar ham, “karma”, ya’ni mehnat orqali namoyon bo‘ladi. Mehnat katarsisga yo‘l ochadi, ya’ni mehnat orqali olam va odamni yangidan kashf etish, ehtiroslar, hissiyotlar, ruhiy zo‘riqishlardan tozalanish, muammolardan xalos bo‘lib, poklanish imkoniyati kengayadi, deb qayd etiladi. Mehnatning tarbiyalovchi mohiyatini ulug‘lovchi, mehnatni sifatli ado etuvchilarning fazilatlari haqida ulug‘ mutafakkir Abu Rayhon Beruniy ham o‘zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” va “Hindiston” kitoblarida alohida to‘xtalgan. Ayniqsa, u mehnatda natijadorlik, doimiylik va uzluksizlik xususiyatiga alohida e’tibor qaratib, bu borada o‘qituvchi mehnatining tarbiya bilan bevosita bog‘liqligiga ahamiyat bergan. O‘qituvchining mehnati tolib ongiga uzluksiz ta’sir ko‘rsatishi natijasida aniq samara berishini, bilim olish esa faqat takrorlanuvchi mehnat orqaligina amalga oshishini qayd etadi. Murojaatnoma matnini kontent-tahlil usuli orqali hisoblaganimizda “inson qadri”, “mehnat”, “ish”, ”faoliyat”, “amaliyot”, “natijadorlik” so‘zlarini eng ko‘p ishlatilgani Yangi O‘zbekistonni bunyod etishda mehnat va bunyodkorlik omillarining islohotlar taqdiri uchun nechog‘li muhim ekaniga amin bo‘lamiz. Ma’lumki, muayyan mehnat, inson yoki faoliyatga bo‘lgan muhabbat niholi dastavval qiziqishdan kuch oladi va qiziqish zamirida o‘sibunadi. Darhaqiqat, qiziqishga asoslangan mehnatsevarlikni tarbiyalashda insonning vaqt bilan hisoblashmasligi, o‘zi mehr qo‘ygan sohasiga berilib ishlashi e’tiborga olinadi. Ammo o‘zgarayotgan zamon talablari insondan jamiyatga ko‘proq naf keltiradigan takliflar asosida yashash zaruratini kun tartibiga chiqaradi. Shu bois qiziqishlarni shakllantirish, yangi dunyo ehtiyojlariga muvofiq tarzda harakatlanish uchun inson o‘zini o‘zi maqsadli o‘zgartirishi katta ahamiyatga egadir. Bugungi kunda zamonning eng muhim kasbiy yo‘nalishlari qatorida IT, qurilish, issiqxona, dizayn, xizmat ko‘rsatish, bog‘dorchilik, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik, elektrotexnika, turizm va boshqa shunga o‘xshash sohalarda shug‘ullanish tez iqtisodiy naf keltirishi jamoatchilik fikrida mustahkamlangan. Prezidentimiz tomonidan keltirilgan muhim ma’lumot, ya’ni AQShning Garvard universiteti tadqiqotlariga ko‘ra, O‘zbekiston yaqin yillarda 50 dan ortiq sanoat mahsuloti ishlab chiqarishda nisbiy ustunliklarga egadir. Xususan, neft-gaz, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika, qurilish materiallari, to‘qimachilik, charm poyabzal, oziq-ovqat hamda “yashil iqtisodiyot” bilan bog‘liq sanoat tarmoqlari iqtisodiyotimizning “drayver”lariga aylanishi uchun barcha sharoitlar mavjud. Shu bois kasbiy kamolotga erishishda mehnatsevarlik maqsadli shakllantiriladigan qiziqishlar negizida katta ahamiyatga egadir. Mazkur omillarning o‘zaro uyg‘unlashgan holda amalga oshirilishi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan aytilgan har bir ishning natijadorligi “bilim, mehnat va aql” birligida amalga oshirilishidan iborat da’vatiga ayni mos tushadi. Mansur BEKMURODOV, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi professori, sotsiologiya fanlari doktori
4 № 22 31-may VATANPARVAR 2024-yil Harbiy jadidlar – milliy qo‘shin asoschilari UBAYDULLA XO‘JAYEV – ADVOKAT, NOSHIR, MUHARRIR, HARBIY VAZIR Ubaydulla Xo‘jayev 1886-yili Toshkent shahrining Shayxontohur dahasida tug‘ilgan. Jadidchilik harakatining yirik vakili. Turkiston muxtoriyatining harbiy ishlar vaziri. 1908–1912-yillarda Saratov shahridagi Huquqshunoslik institutida o‘qigan. 1913-yil. “Turon” jamiyatining asoschilaridan biri. 1914-yil. “Sadoyi Turkiston” gazetasini tashkil etgan. 1916-yili Oq podshoning mardikorlikka jo‘natish haqidagi farmonini bekor qilish uchun Mirkomilboy Mirmo‘minboyev bilan Peterburgga borgan. 1917-yil. Butun Turkiston musulmonlari birinchi qurultoyida tashkil qilingan Turkiston o‘lka musulmonlari milliy markazi kotibi va a’zosi, Butun Rossiya musulmonlar kengashi MK a’zosi. 1942-yilning 31-oktabrida qamoqxonada halok bo‘lgan. Birinchi o‘zbek advokatining shakllanish yillari Turkiston el-ulusining haq-huquqlarini himoya qilish, milliy qo‘shin tuzish ishlari haqida so‘z ketganda, jadidlarning taniqli vakili Ubaydulla Xo‘jayev nomi birinchilardan tilga olinadi. Chunki u jadidlar orasida yangi zamon qonunlarini mukammal bilgan, huquqshunos-advokat degan shahodatnomaga ega yagona shaxs edi. 1904-yili gimnaziyani tugatgan Ubaydulla Toshkentdagi sudyalardan biri Oranskiyning qo‘lida mirza bo‘lib, sud jarayonlarida tarjimonlik qiladi. 1907-yilda Toshkent temiryo‘l boshqarmasining Orenburg shahriga ko‘chirilishi munosabati bilan temiryo‘lning yuridik bo‘limida xizmat qilayotgan Ubaydulla 1908-yili Saratov shahriga ko‘chadi. 1913-yilga qadar O‘rol temiryo‘li boshqarmasida turli lavozimlarda xizmat qilib, shu yillarda Saratov shahridagi universitetning adliya bo‘limini sirtdan tamomlaydi va xususiy himoyachi shahodatnomasiga ega bo‘ladi. Shu yillarda Rossiyada keng muhokamalarga sabab bo‘lgan ulug‘ yozuvchi Lev Tolstoyning yovuzlikka qarshi yovuzlik bilan javob bermaslik haqidagi nazariyasi haqida o‘z fi krmulohazalarini yozib, adibga jo‘natadi. Uning asosli fi krlari Lev Tolstoyni qiziqtirib, yosh huquqshunos xatiga javob yozadi. Bu voqea yosh o‘zbek advokati Ubaydulla Xo‘jayevning teran aqlzakovat sohibi ekanini anglatadi. Jadidlar safi da Uning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi faol ishtiroki Toshkentga qaytganidan so‘ng boshlanadi. 1913-yildan Toshkent okrug sudida xususiy advokat bo‘lib ishlagan davridan boshlab, jadidchilik harakatiga qo‘shiladi va tez orada yetakchilaridan biriga aylandi. Toshkentda 1914-yilning aprelida “Sadoyi Turkiston” gazetasini chiqarib, unga muharrirlik qildi. O‘z atrofi ga yoshlarni to‘plab, “Umid” yashirin jamiyatini tuzdi. Keyinchalik bu tashkilot “Taraqqiyparvar” deb nomlanib, Turkiston jadidlarining asosiy tashkilotlaridan biriga aylandi. “Sadoyi Turkiston” gazetasi 1915-yilning aprelida Rossiya imperiyasining mahalliy ma’murlari tomonidan yopilgach, u Andijonga boradi va rus tilida “Turkestanskiy golos” gazetasini nashr qildiradi. Viloyat harbiy gubernatori gazeta nashr qilish uchun ruxsatnoma berishdan avval U. Xo‘jayevning qanday shaxs ekanligi haqida ma’lumot to‘playdi. Buni uning 1913-yil 31-dekabr kuni Turkiston general-gubernatori nomiga yo‘llagan bildirishnomasi tasdiqlaydi: “Politsiyachilar tomonidan to‘plangan mening ixtiyorimdagi ma’lumotlar janob Xo‘jayevning siyosiy yoxud axloqiy tomondan inobatli shaxs ekanidan shubhalanishga asos bermaydi. Lekin, shunga qaramay, mahalliy tildagi yagona bu xususiy gazeta butun o‘lka miqyosida juda katta ahamiyat kasb etishi mumkinligini hisobga olib, uning mazmun va yo‘nalishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatish zarurligini ma’lum qilaman”. Advokatlik faoliyatiga chizgilar Turkistondagi huquqsizlik, chor ma’murlariga qarshi o‘z haqlarini talab qilib chiqqan mazlumlarning ayanchli taqdiri Ubaydulla Xo‘jayevni iztirobga soladi va aniq choralar ko‘rishga undaydi. U. Xo‘jayev 1916-yilda Davlat Dumasida Turkistonda ro‘y berayotgan voqealar yuzasidan ma’ruza qiladi, mahalliy aholidan mardikor olish xatarli ekani haqida harbiy vazir nomiga telegramma yuboradi. Dumada hatto mardikorlikka olish haqidagi imperator farmonini bekor qildirish talabini qo‘yadi. “1916-yili Andijon qo‘zg‘olonining shafqatsizlik bilan bostirilganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgani uchun Ubaydulla Xo‘jayev mahalliy chor hokimiyatining vahshiyona xatti-harakatidan g‘azabga keladi, deydi akademik Naim Karimov. Peterburgdagi Davlat Dumasini Andijondagi chor amaldorlari bedodligidan xabardor qilib, F. Kerenskiy rahbarligidagi Davlat Dumasi komissiyasining tekshirish uchun Andijonga kelishiga muvaff aq bo‘ladi. Ularni qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tgan va qo‘zg‘olonchilarning qonlari to‘kilgan joylarga olib borib, jabrdiydalarning hasratli qissalarini ularga tarjima qilib beradi. Duma a’zolari Andijonda bo‘lib o‘tgan vahshiyliklar haqida Peterburgga borib, Davlat Dumasini ogoh qiladilar”. Samarqandlik Mirzo Qo‘qonboy Abduxoliqzodaning “Jizzax qo‘zg‘oloni” deb nomlangan xotiralarida ham Ubaydulla Xo‘jayevning advokatlik faoliyatiga oid chizgilar bor. 1936-yilda Jizzax voqealarining 20 yilligi munosabati bilan yozilgan xotiralardan o‘qiymiz: “Gunohkorlarning qarindosh-urug‘laridan bir necha kishi Toshkentga borib, o‘sha paytlar advokatlik qiladigan jadidlarning yirik namoyandalaridan biri Ubaydulla Xo‘jayevga oldindan xizmat haqini to‘lab, uni gunohkorlarga vakil bo‘lishga ko‘ndirdilar. Ubaydulla Xo‘jayev Petrogradga borib, u yerdan birinchi darajali ikki advokat Beniamin va Ibrohim 2024-yil UBAYDULLA XO‘JAYEV – ADVOKAT, NOSHIR, MUHARRIR, Birinchi o‘zbek advokatining shakllanish Turkiston el-ulusining haq-huquqlarini faol i boshlanadi. xususiy advokat bo‘lib ishlagan davridan boshlab, jadidchilik harakatiga qo‘shiladi va tez orada yetakchilaridan biriga aylandi. Toshkentda 1914-yilning aprelida “Sadoyi Turkiston” gazetasini chiqarib, unga muharrirlik qildi. O‘z atrofi ga yoshlarni to‘plab, “Umid” yashirin jamiyatini tuzdi. Keyinchalik bu tashkilot “Taraqqiyparvar” deb nomlanib, Turkiston jadidlarining asosiy tashkilotlaridan biriga aylandi. “Sadoyi Turkiston” gazetasi 1915-yilning aprelida Rossiya imperiyasining mahalliy ma’murlari tomonidan yopilgach, u Andijonga boradi va rus tilida “Turkestanskiy golos” gazetasini nashr qildiradi. Viloyat harbiy gubernatori gazeta nashr qilish uchun ruxsatnoma berishdan avval U. Xo‘jayevning qanday shaxs ekanligi haqida ma’lumot to‘playdi. Buni uning 1913-yil 31-dekabr kuni Turkiston general-gubernatori nomiga yo‘llagan bildirishnomasi tasdiqlaydi: “Politsiyachilar tomonidan to‘plangan mening ixtiyorimdagi ma’lumotlar janob Xo‘jayevning siyosiy yoxud axloqiy tomondan inobatli shaxs ekanidan shubhalanishga asos bermaydi. Lekin, shunga qaramay, mahalliy tildagi yagona bu xususiy gazeta butun o‘lka miqyosida juda katta ahamiyat kasb etishi mumkinligini hisobga olib, uning mazmun va yo‘nalishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatish zarurligini ma’lum qilaman”
31-may VATANPARVAR 2024-yil № 22 5 Axtamovlarni Samarqandga olib keldi. Bu tatar advokatlar aka-uka edilar”. Oxirgi sudga yetib kelgan advokatlarning so‘zlari jabrlanuvchi va sud ishtirokchilarining hayratini oshiradi: “Navbat prokurorga keldi. Prokuror uzundan uzoq nutqi davomida suvdan halvo yasab, yo‘qni bor, borni yo‘q qilib ko‘rsatishga ko‘p kuch sarfl adi va suddan gunohkorlarga qattiqroq jazo berishni so‘radi. So‘z navbati advokatlarga yetdi. Avval Beniamin Axtamov chiqib, nutq so‘zladi. U nutqida begunohlarga ayb qo‘yilayotganligini, bu borada Turkiston hukumatdorlarining noqonuniy xattiharakatlar qilayotganligini ta’kidlab, bu haqda Davlat Dumasiga axborot beraman, deya joyiga o‘tirdi. Shundan so‘ng navbat oxirgi advokat Ibrohim Axtamovga yetdi va u qariyb ikki soatcha nutq so‘zladi. “Muhtaram sudyalar! Mana necha asrlardan buyon Rusiyada noqonuniylik va soxta idora tizimi davom etib kelmoqda. Ayni zamonda, ya’ni XIX asr oxiri va XX asr boshlarida qonunni oyoqosti qilayotgan, soxtagarchilikni kuchaytirayotgan bizning o‘zimiz, boshqacha ta’bir noo‘rin. Chunonchi, qonunlarga amal qilmaslik oqibatida yuzaga kelgan tartibsizliklar, isyonlarni kim bilmaydi, deysiz. 1892-yili Astraxanda tartibsizliklarning vabodek tarqalishi, o‘t qo‘yishlar, turli shaharlarda yahudiylarni qirg‘in qilishlar, Kavkazda armanilar bilan tatar (turk)lar o‘rtasidagi mojarolarning yuzaga kelishi Rusiyada urchib ketgan qonunsizliklarning oqibati ekanini qay birimiz inkor eta olamiz?” deydi Mirzo Qo‘qonboy Abduxoliqzoda xotiralarida. Natijada sud prokurorning talabini inobatga olmay, qattiqroq jazo o‘rniga “yengilrog‘i”ni qabul qiladi. Qurultoyda so‘zlangan nutq Ubaydulla Xo‘jayev 1917-yilning avgust oyida bo‘lib o‘tgan “Butun Rossiya musulmonlari ikkinchi syezdi”da ishtirok etib, nutq so‘zlaydi: “Muhtaram janoblar! Turkistonda hanuz eski hukumat zamonidagi kabi tazyiq hukm surmoqda. Soldat va ishchi deputatlar (Soldat va ishchi sho‘rolari) Turkiston xalqlarini xohlaganlaricha qisadilar... Ishchi va soldat sho‘rolari ideya jihatidan juda yaxshi muassasalar bo‘lsa ham, ularning Turkistondagilarini bilib bo‘lmaydir. Ular o‘z oralarig‘a musulmonlarni kiritmaydilar, kiritsalar ham 1-2 dan ortiq o‘rin bermaydirlar va o‘zlari Turkistonning siyosiy va madaniy manfaatlari uchun sa’y qilmaydilar... Ularning hozircha qo‘llarida askarlari, pulemyotlari va to‘plari bor, ammo yerli xalqlarning hech nimarsasi yo‘q...” Ubaydulla Xo‘jayev nutqini shunday yakunlaydi: “Umuman demokratlar (ya’ni bolsheviklar) turkistonlilarni kishiga sanamaydilar, o‘z kishilarini qaramoqni o‘zlariga topshirishni ma’qul ko‘rmaydilar. Shul sababdan Turkistonga o‘z taqdirini o‘zi hal qilishga muxtoriyat bermoq, onda musulmondan ixtiyoriy polklar tashkil qilmoq, qirg‘izlar orasindan rus askarlarini olib, alarni o‘rniga musulmon askarlarini yubormoq ham qirg‘izlar ila birga tura olmaydurgan muhojirlarni ko‘chirmoq kerak. Shul vaqtdagina Turkiston xalqini jabr va zulmlardan qutqarmoq mumkin bo‘ladir”. Bu so‘zlar hukmron hukumat va uning o‘z aytganlariga ters ish qilishi, mahalliy xalqning hanuz azob-uqubatda ekanidan darak berishi bilan birga, Ubaydulla Xo‘jayev shaxsini ko‘z o‘ngimizda butunligicha namoyon qiladi. Harbiy ta’lim guruhlari Jadidlarning yorqin siymolaridan biri Munavvarqori Abdurashidxonov Ubaydulla Xo‘jayevning eng yaqin hamfi kr va hamkorlaridan biri edi. Munavvarqorining ijtimoiy faoliyatini doimiy ravishda zimdan kuzatib borgan Rossiya oxrankasining Turkiston bo‘limi o‘lka bosh gubernatori nomiga yo‘llagan bildirishnomalarida Munavvarqorini “Sadoyi Turkiston” gazetasining asosiy ma’naviy ustunlaridan biri deb ko‘rsatgan. “1914-yilda Munavvarqori “Sadoyi Turkiston” gazetasining muharriri, xususiy himoyachi Ubaydulla Xo‘jayevning asosiy yordamchisi bo‘lgan” (1916-yil 19-noyabr. Maxfi y bildirishnoma). Munavvarqori Abdurashidxonov 1919-yilda “Ittihod va taraqqiy”ning Turkiston bo‘yicha o‘tgan qurultoyida tashkil etilgan “Milliy ittihod” tashkilotining Markaziy qo‘mitasiga rais etib saylanadi. Tashkilotning bosh mafkurachisi va rahbari sifatida, avvalo, turli sohalarda milliy kadrlarni tayyorlash masalasini o‘rtaga qo‘yadi. Milliy davlatni qurish va boshqarish hamda muhofaza qilish uchun maktablarda harbiy ta’lim beradigan guruhlar tuzishni rejalashtiradi. 1918-yilda bunday guruhlardan bir nechtasi tuziladi. Matbuotda berilgan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Said Ahroriy rahbarligida “Izchi”, Haydar Shavqiy rahbarligida “Temur”, S. Rojiy rahbarligida “Turk kuchi”, Tangriqul Maqsudiy rahbarligida “Turon kuchi” va ularning “Lochin”, “Botu” kabi qo‘llari, ya’ni fi liallari tashkil qilinadi. “Idora xalqning o‘z qo‘lig‘a ko‘chuvi...” Tadqiqotchi Erkin Rajabovning “Turkiston muxtoriyatida tuzilgan milliy qo‘shin tarixidan” maqolasida muhim ma’lumotlar berilgan. 1917-yilning 26–28-noyabr kunlarida Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan butun Turkiston o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyida Turkiston muxtoriyati hukumati tuziladi. Sakkiz kishidan iborat hukumat tarkibida Ubaydulla Xo‘jayev ham bo‘lib, u bir ovozdan harbiy ishlar vazir lavozimiga tayinlanadi. Turkiston muxtoriyati qo‘shini haqida o‘sha davr matbuotida qator maqolalar e’lon qilinadi. Xususan, Muxtor Bakir “Ulug‘ Turkiston”da “Muxtoriyat hukumatining vazifasi” nomli maqolasida “Mustabid chor hukumati vaqtida Turkistonga chetdan naqadar ko‘p qurolli askar kelturilib turilar erdi. Muxtoriyat e’lon qilinub, idora xalqning o‘z qo‘lig‘a ko‘chuvi ila bu askarlarga ehtiyoj bitdi. Shuni e’tiborga olib bo‘lsa kerak, hozir Turkistonning boshqa shaharlarida bo‘lg‘on askarlar har qaysinisi o‘z Vatanlariga qayta boshladilar”, deb yozadi. “Turkiston muxtoriyati va turkistonlilar” nomli maqolada “Muxtoriyatni e’lon qiluv bilan turkistonliklar oldiga g‘oyat ulug‘ va og‘ir bo‘luvchi ila barobar muqaddas va mas’uliyatli xizmatlar kelub turmaqdadur. Mazkur vazifalar qatorida eng muhim vazifalardan biri sifatida askariy mahkamalar va tashkilotlar tuzish va zobitiya ishlarini tartib etish e’tirof etib o‘tiladi”, deydi. Mustafo Cho‘qayning tashakkuri Muxtoriyatni saqlab qolishning muhim shartlaridan biri bo‘lgan askar masalasi o‘rtaga chiqqanda bu ishga hukumat o‘ziga xayrixoh bo‘lgan va harbiy sohadan xabardor boshqa millat vakillarini ham jalb etadi. Turkiston muxtoriyatining raisi Mustafo Cho‘qay o‘g‘lining xotiralaridan o‘qiymiz: “O‘sha paytda mening yonimda bir polshalik harbiy shtabofi tseri bor edi. Ismini unutib qo‘yganman, bu kishi askariy tashkilotimizning sho‘ba mudiri edi. O‘sha bizning milliy ishlarimizga yurakdan berilgan, bilarmon va qobiliyatli edi”. Mustafo Cho‘qay xotiralarida yana bir polyak ofi tseri Yunisha Gzovskiyga ham o‘z tashakkurini bildirgan. Bog‘da o‘tgan harbiy yig‘in Muxtoriyat e’lon qilingan dastlabki kunlardanoq hukumat milliy armiyasi hamda militsiyasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. 1918-yilning 9-yanvarida Turkiston muxtoriyati askarlari dastlabki harbiy namoyishni o‘tkazdi. Qo‘qonlik Abdurazzoqboyning bog‘ida o‘tgan yig‘inda muxtoriyat askarlarini Ubaydulla Xo‘jayev o‘zi va yangi hukumat nomidan tabriklab, “Sizlar Turkiston muxtoriyatining birinchi qahramonlari bo‘ldilaringiz, bunga faxrlansangiz arziydi, chunki sizlar Vatanga birinchi marta o‘z ixtiyoringiz bilan askar bo‘ldingiz. Men sizlarni muxtoriyatli Turkiston hukumati a’zolari nomidan tabriklab qolaman”, deya Turkiston yoshlarining vatanparvarlik hissini uyg‘otuvchi nutq so‘zlaydi. O‘sha kuni qurollangan qo‘shin soni 500 kishini tashkil etdi, shundan 200 tasi otliq askar edi. Ubaydulla Xo‘jayev va boshqa fi doyilar sa’yharakatlari bilan qisqa vaqtda muxtoriyatning askarlari soni 2 mingga yetadi. Kechikib kelgan ko‘mak Turkiston muxtoriyatining oziqovqat vaziri bo‘lgan Obidjon Mahmudov o‘z vakolati doirasiga kirgan vazifadan tashqari, muxtoriyat askarlarini qurolyarog‘ bilan ta’minlash, unga professional mutaxassislarni jalb etish masalasiga ham katta ahamiyat berdi. 1918-yilning boshlarida u Kavkazda ochilgan “Ittihod va taraqqiy” partiyasi rahbari Hasan Ravshaniy bilan Ozarbayjonda uchrashdi. Uchrashuv vaqtida u Turkiston ittihod va taraqqiyparvar jamiyatining Hasan Ravshaniy nomiga yozilgan maktubini topshirdi. 1918-yilning 9-yanvarida yozilgan bu xatda Turkistonda milliy kuchlar tashkil qilinishi uchun tajribali mutaxassislar so‘ralgan edi. Turkiston ittihod va taraqqiyparvar jamiyatining maktubi va talablarini Hasan Ravshaniy zudlik bilan Istanbuldagi “Ittihod va taraqqiy” partiyasining bosh markaziga yubordi. 1918-yilning 8-mart sanasida Hasan Ravshaniy Obidjon Mahmudovga javob xati yo‘lladi. U maktubida “…Turkistonda zobit yetishtirmoq maqsadida bir harbiy maktab ochish, harbiy tashkilot qurish va milliy oloylar (polklar) tuzish uchun zobitlar ham yuborildi… Zobit afandilar ham qaydsizshartsiz “Ittihod va taraqqiy” partiyasiga itoat qiladir va faqat harbiy ishlar bilan shug‘ullanadir. Ana shu tartibda ish yuritilgan taqdirda katta muvaff aqiyatlarga vosil bo‘lishingizdan umidvorman hamda Turkiyaning har sohada turkistonlik qardoshlarimizga yordam etajagiga va’da beraman, Afandim”, deya javob qaytardi. Muxtoriyatning ag‘darilganidan bexabar Hasan Ravshaniy va’dasiga ko‘ra, Yusuf Ziyo ismli shaxs hamda 20 nafarga yaqin usmonli askarini Obidjon Mahmudov bilan birgalikda Turkistonga yubordi. Ammo bu vaqtga kelib, fursat boy berilgan, muxtoriyat bolsheviklar tarafi dan zo‘ravonlarcha ag‘darilgan edi. Muxtoriyat askarlarining hujumi O‘sha davr matbuotining xabar berishicha, 1918-yil 31-yanvarda (hozirgi hisob bilan 14-fevralda) muxtoriyat milliy qo‘shini bilan qizil askarlar o‘rtasida jang boshlanadi. Muxtoriyat askarlari vaqtdan yutish, dushmanni dog‘da qoldirib, qurolaslahalarini o‘lja olish uchun 12-fevralga o‘tar kechasi Qo‘qondagi harbiy qism joylashgan qo‘rg‘onga hujum qiladi, deydi akademik Naim Karimov. Ammo qo‘riqchini o‘ldirib, darvozani ochib, qo‘rg‘on ichiga kirgan askarlardan biri bexos tepkini bosib yuboradi. Otilgan o‘q ovozidan uyg‘ongan askarlar “trevoga” ko‘tarib, qo‘rg‘on darvozasini yopib oladi... O‘sha kuni kechasi muxtoriyatning bir necha askari telefon stansiyasiga kirib, telefonistlardan Yangi shahardagi aloqa tarmog‘ini uzishni talab qiladi. Boshqa bir guruh esa qo‘riqchini o‘ldirib, Qo‘qon Soveti binosiga bostirib kiradi va Sovet raisi Babushkinni qo‘lga olmoqchi bo‘ladi. Ammo Babushkin qochibgina qolmay, bolsheviklarga xayrixoh kuchlarni zudlik bilan to‘plashga muvaff aq ham bo‘ladi. Babushkinning tashabbusi bilan tuzilgan inqilobiy komitet (revkom) Toshkent bilan aloqa bog‘lab, harbiy yordam so‘raydi. Vaziyatning shunday murakkablashganiga qaramay, muxtoriyatchilar qo‘rg‘onni bosib olish niyatlaridan qaytmaydilar. Qizil askarlar bunga javoban 31-yanvar kunduz soat 3 da zambaraklardan Eski shaharga 10 ta, ertasiga esa 20 ta snaryad otadi. Eski shahar vayron qilinadi. Muxtoriyat vahshiyona bostirilganidan so‘ng VChK – OGPU – NKVD organlari U. Xo‘jayevni bir muddat ham tinch qo‘ymagan. U 1921, 1926, 1929, 1931-yillarda qamoqqa olinib, qisqa muddatli jazo muddatlarini o‘tagan. U ozodlikka erishgan paytlarida turli bahonayi sabablar bilan qatag‘on qilinayotgan vatandoshlarini advokat sifatida mardona himoya qiladi. 1938-yili esa so‘nggi marta olib ketilib, turmada hayotdan ko‘z yumadi. Furqat ERGASHEV
6 № 22 31-may VATANPARVAR 2024-yil Ma’rifat Sharq falsafiy tafakkuri, uning ochilmagan noyob ma’naviy merosini tadqiq etish, ajdodlarimiz qoldirgan qimmatli asarlarni o‘rganish orqali jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissamizni qo‘shishimiz mumkin. Manbalardan ma’lumki, Markaziy Osiyoda ikki mingdan ortiq alloma yashab o‘tgan. Ana shunday allomalardan biri Zayniddin Vosifiydir. Vosifiy XV asr oxiri – XVI asr boshlarida yashab o‘tgan ko‘plab allomalarning falsafiy, badiiy meroslarini o‘rganib, ularga hamrohlik qilib, o‘z dunyoqarashini rivojlantirgan va qarashlarini asarlarida ifodalagan. Uning bizgacha yagona “Badoye ul-vaqoe” asari yetib kelgan. “Badoye ul-vaqoe” asarida Xuroson, Movarounnahr va Erondagi 1532-yilgacha bo‘lgan davrdagi ijtimoiy-siyosiy, tarixiy, adabiy, ilmiy va madaniy hayoti aks ettirilgan. Mazkur asarning qiymati nafaqat badiiyligi bilan, undagi ijtimoiyfalsafiy fikrlarning originalligi bilan muhimdir. Shu jihatdan olganda, Zayniddin Vosifiy ilmiy merosini o‘rganish, tadqiq qilish, keng xalq ommasiga yetkazish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Zayniddin Vosifiy faylasuf shoir va so‘z ustasi, muammo san’ati bilimdoni, Qur’oni Karim hofizi, o‘qituvchi, shahzodalarning hamrohi, munshiy, imom va tarixnavis sifatida ma’lum va mashhur. Nisoriyning yozishicha, zamona hokimlari Vosifiyning izzathurmatini o‘z o‘rniga qo‘yib, unga g‘amxo‘rlik qilgan. Uning quvvayi hofizasi juda baland va dunyoqarashi shu darajada Sharq falsafiy tafakkuri Sharq falsafiy tafakkuri bir necha o‘n asrlik tarixga ega bo‘lishiga qaramay, shaxs va jamiyat uchun o‘z ahamiyatini haligacha yo‘qotmagan. Ularda insonni kamolotga eltuvchi falsafiy, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlar mavjud. Sharq falsafiy tafakkurini o‘rganish asnosida XV–XVI asrlardagi Markaziy Osiyo xalqlarining madaniy, ma’naviy merosini tadqiq qilish, Uyg‘onish davri falsafasi va unda ilgari surilgan qarashlarni tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. keng ekanki, she’riyatda mohirligi, she’riy muammolarni yechishda topqirligi, har qanday qiyin holda ham masalaga osonlik bilan aniqlik kiritishi hammani lol qoldirar ekan. “Muzakkiri ahbob” tazkirasida shunday jumlalar bor: “Hokimlar hamisha unga mushtariy bo‘lib, g‘amxo‘rlig-u rioyatini sira kam qilmasdilar. Aniqlik shior tab’i fazl-u kamol majmuasini o‘zida qamragan hamda toza xayolot va yangi fikrlar yaratuvchisi bo‘lib, nazm dengizida chuqur sho‘ng‘ir va ma’nolarning ajoyib dur-u gavharlarini terib chiqardi. Muammo ilmini yetuk egallagandi va ismi aytilmagan qiyin muammolarni ham osonlik bilan yechardi”. Mavlono Vosifiy Qur’oni Karim hofizi, she’r va muammo san’ati ustasi sifatida Temuriylar sulolasining taniqli shoiri va davlat arbobi Alisher Navoiyning e’tiboriga tushgan. O‘z zamonasining ulug‘lari ham Vosifiyning axloqiy, falsafiy g‘oyalariga tan bergan. “Muhammad Shayboniyxon zamonida Hirot shahrida Shayboniylar xonadonining amir ul-umarosi va malik ush-shuarosi amir Muhammas Solih hovlisida hurmatli shoirlar va aziz fozillar hozir bo‘lgan. Mazkur amir mavlono Binoiyga deganlar: “Biz katta avlod olimlaridan arzirlisini bilmaymiz. Ularni ta’rif-u tavsif qilsangiz, bilib ularning hurmatini joyiga qo‘yib, bordi-keldi qilib tursak, munosib bo‘lardi”. Mavlono Binoiy bu kaminaga ishorat qilib, bu kishi Mavlono Vosifiy bo‘ladilar. “Xamsayi mutahayyira” shu kishinikidurki, uning ta’rifi sizga ham yetmagan. Kotibiyning “Shutr hujra” (“Tuya hujra”) qasidasiga javob yozganlar. Yozganda ham har baytida to‘rt unsurni qo‘shib yozganlar. Bir g‘azallari to‘rt bahrda. Bir lug‘z (topishmoq)lari bor, ham lug‘z, ham muammo. Abdulvose Jabaliyning “Chor dar chor” qasidasigaki, uni hazrati… mahdum Nuriddin Abdurahmon Jomiy “Bahoriston”da shunday ta’rif qilganlar: “Bu qasida vujudga kelgandan beri biror kishi unga o‘xshatib javob yozish uddasidan chiqa olmadi”, shunday javob yozdilarki, ishtiqoq san’ati yo‘lidadir. Undan bir g‘azal chiqarish mumkin. Shu g‘azaldan mazkur san’at yo‘li bilan ruboiy va bir matla chiqariladiki, uning har bir misrasi muammodir. G‘azalning misralari Abulg‘ozi Sultonmuhammad nomini o‘z ichiga olgan muashshax yo‘lida tizilgan”. “Badoye ul-vaqoe” asarida muallif hikoya etgan ajoyib qissalari orqali davr falsafiyestetik muhitini bizga yetkazishi bilan birga, turkiy va forsiy adabiyotning hamohangligi, bir-birini boyitishiga oid keng, boy, rang-barang ma’lumotlar bergan. Muallif erkin, davr hukmdorlari zug‘umlaridan xoli ifoda usuli qiyosiy tahlil uchun boy manba bo‘lganidek, o‘rta asr tarixiy voqeligi, jamiyat ahliga munosabatini chuqur anglash va idrok etishga ko‘maklashadi. Zayniddin Vosifiy o‘z yurtini nihoyatda sevuvchi, vatanparvar inson bo‘lgan. U o‘zining vatanparvarlik g‘oyalarini “Badoye ulvaqoe” asariga ham singdirgan. Asarning dastlabki boblaridayoq o‘z Vatani Xurosonni qo‘msaganligini, Vatanidan faxrlanish hissini sezamiz. I-IV boblarda Xuroson xalqi ulug‘lanadi va mahalliy aholining ularni kamsitishga urinishlari tanqid qilinadi. Xuroson shoirlari va samarqandlik shoirlar o‘rtasidagi bahs-munozara haqida hikoya (II bob), xurosonlik olimning buxorolik olim bilan bahsda g‘alaba qozonganligi haqidagi hikoya (III bob), Vosifiy tomonidan xurosonlik shoirning tanbehiga bergan oqilona javobi (I bob) yoki Vosifiyning sovuqda va ochlikdan aziyat chekkan vatandoshlarga yordami haqidagi voqea (IV bob)larda bu jihat ko‘zga yaqqol tashlanadi. Zayniddin Vosifiy o‘z asarida xalq orasida nihoyatda mashhur bo‘lgan pandnomalar, rivoyatlar, hikoyalarni ham keltiradiki, u hikoyalar bugungi avlod uchun ham nihoyatda ahamiyatlidir. Jumladan, “Xamsayi mutahayyira” (“Hayratlantirarli beshlik”) hikoyatida keltirilgan. Allomaning yozishicha, bu hikoyatni u hijriy 933-yilning jumadiloxir oyi, ya’ni milodiy 1547-yilning martida Sulton Muhammad Bahodirxon bilan Toshkent shahridan 1 farsax (8 kilometr) masofa bo‘lgan Parak daryosi bo‘yiga ovga chiqqanida aynan shohning iltimosiga binoan aytib bergan. Demak, bu hikoyat xalq orasida keng yoyilgan. Unda keltirilishicha, “Xamsayi mutahayyira” silsilasining boshlig‘i Abdurahmon Jomiy bo‘lgan. Bu hayratlantirarli beshlikka yana Mavlono Kamoliddin Shayx Husayn, kashf sohibi – Mavlono Shamsiddin, Mavlono Dovud va Mavlono Mu’in Tuniylar kirishgan. Zayniddin Vosifiy bu beshlikni sanar ekan: “Biror aql egasi bularga oltinchi bo‘lib qo‘shila olmadi”, deb yozadi. Bu besh talaba 18 yoshlarida o‘z zamonasining kuchli mudarrislaridan biri Amir Sayyid Sharif qo‘lida tahsil olishar edi. Darslarning birida o‘rtaga murakkab bir masala tashlanadi. Shogirdlar bilimdonlikmi, mahmadonalikmi qilib, shu xususda ma’ruza o‘qiyotgan ustozning so‘zini yetti marta bo‘lishadi. Ali Qushchining “Sharhi tajrid” asari mutolaasida esa ilmi toliblar ustozning fikriga butunlay qarshi chiqishadi. Shogirdlarini ilm jihatdan yengolmagan Amir Sayyid Sharif hiyla yo‘liga o‘tib, o‘zini kasalga soladi va yigitlarga qirq kun ta’til beradi. O‘zi esa kamchiliklarini to‘ldirish uchun muk tushib, kitob o‘qishga kirishadi. Biroq shogirdlar ham anoyi emas edi. Ular vaqtni bekor ketkazmaslik uchun chora izlashardi. Yonatrofda bularga bas keladigan mudarris topilmasdi. Shuning uchun ular har kuni qur’a tashlab, o‘zlarining oralaridan bir mudarris saylashar edi. Birinchi kuni dars berish Abdurahmon Jomiy chekiga tushadi. Shunday qilib, talabalar bir-birlariga dars berib, o‘z bilimlarini yanada charxlab borishadi. Ustoz Amir Sayyid Sharifning ham ko‘ngli xotirjam edi. U: “Shogirdlarim bekorchilikda yuribdi, men esa tinmay o‘qib, ularni yenga oladigan darajada dalillar to‘pladim”, deb o‘ylagandi. Biroq ta’tildan so‘ng shogirdlarini o‘z huzuriga chorlab, ma’ruzani boshlagan ustozni talabalar ilm bilan yana rad eta boshlashadi. Shundan so‘ng Amir Sayyid Sharif: “Boringlar, qayerni ko‘nglingiz tilasa, shu yerga borib, dars beraveringlar”, deb shogirdlariga javob berib yuboradi. Zayniddin Vosifiy hikoya yakunida shunday yozadi: “Mavlaviy (Amir Sayyid Sharif) huzuridan chiqqanlaridan keyin Mavlono Jomiy ishq va tasavvuf vodiysiga sho‘ng‘idilar. Mavlono Shayx Husayn va Mu’in Tuniy tahsil va mutolaaga mashg‘ul bo‘ldilar. Mavlono Dovud esa Sulton Mahmud ibni Sulton Abusa’id Mustand sadrligiga saylandi. Mavlono Shamsiddin sohibi kashf Sulton Abusa’idning sadri bo‘ldi”. Shunday qilib, ilmma’rifatning cho‘qqisiga chiqqan bu beshlik xalq orasida “Xamsayi mutahayyira” nomi bilan mashhur bo‘ladi. Zayniddin Vosifiy asaridagi falsafiy hikoyalar, pandnomalarni yosh avlodga o‘qitish, o‘rgatish bugungi Yangi O‘zbekiston uchun ham nihoyatda dolzarbdir. Xulosa sifatida shuni ta’kidlash lozimki, Zayniddin Vosifiy rivojlangan jamiyat haqidagi qarashlari bilan XVI asr falsafiy tafakkurida juda katta iz qoldirgan. Movarounnahr va Xurosondagi madaniy hayot, olimlar, fozillar va shoirlar tomonidan tashkil etiladigan ilmiy majlislar, unda muallifning ishtiroki va o‘zining ijtimoiy qarashlarining shakllanishiga ta’sirini ishonarli tasvirlaydi. Uning durdona fikrlari hech qachon eskirmaydi, dolzarbligini yo‘qotmaydi. Temur ABDULLAYEV, O‘zbekiston Milliy universiteti tayanch doktoranti
31-may VATANPARVAR 2024-yil № 22 7 obrazi Kinotaqriz “Vatan” (rej. Z. Musoqov, 2006) mustaqillik davrida Ikkinchi jahon urushi mavzusida yaratilgan dastlabki to‘liq metrajli badiiy fi lm bo‘lish bilan birga, Sovet boshqaruvidan xalos bo‘lgan O‘zbekistonning urush mavzusiga nisbatan mustaqil yondashuvini ham ilk bor ekran orqali namoyish etdi. Film ijtimoiymaishiy kontekstga qurilgan bo‘lsa-da, urush davri bilan bog‘liq jiddiy siyosiy masalalarga urg‘u berdi, urush oqibatlarini ulkan insoniy fojialar vositasida tadqiq etib, umuminsoniy g‘oyalarni milliy obrazlar orqali yorita oldi. Filmning g‘oyaviy mazmuni uning nomlanishida aks etgan. Film ijodkorlari “Vatan aslida nima?” degan masalani o‘rtaga tashlab, urush fonida ushbu savolga javob topishga urinishgan. Albatta, bunday yondashuv endigina mustaqillikka erishgan hamda o‘z milliy qadriyatlari va an’analarini qayta tiklashga kirishgan, mustaqil davlat sifatida oyoqqa turib borayotgan O‘zbekiston uchun o‘ta dolzarb va ehtiyojtalab zarurat edi. Chunki jamiyat (millat) ongi va qalbiga, avvalo, chinakam vatanparvarlik hissini singdirmay turib, islohotlardan kutilgan natijaga erishish amrimahol. Shu bois fi lm orqali, birinchi galda, Vatanning mohiyatini obrazli ochib berishga alohida urg‘u berilgan. “Berlin–Oqqo‘rg‘on” (rej. Z. Musoqov, 2018) fi lmida urush mavzusidagi o‘zbek badiiy fi lmlari tarixida ilk marotaba urushdan avvalgi va urush yillaridagi siyosiy-mafkuraviy qarashlar hamda ularning jamiyat hayotiga ta’sirini mustaqil pozitsiyadan turib mushohada qilishga, urush yillaridagi turli toifaga mansub insonlar qismatini ko‘rsatish orqali tarixiy haqiqatlarni yetkazishga urinish amalga oshirilgan. Shuningdek, fi lmda urushdan avvalgi va urush yillaridagi fojialarga, xalq boshiga tushgan musibatlarga So‘nggi 4-5 yillikda tarixiy xotirani tiklash, Ikkinchi jahon urushi yillaridagi tariximizni o‘rganish borasidagi izlanishlarni jadal davom ettirishga alohida e’tibor qaratila boshlagach, Ikkinchi jahon urushi mavzusi milliy kinomizda yana dolzarb mavzulardan biriga aylanmoqda. Agar 1991-2018-yillar orasida faqatgina “Vatan” fi lmi (2006) urush mavzusini yetakchi planga olib chiqqan bo‘lsa, oxirgi yillarning o‘zida to‘rtta fi lm – “Berlin–Oqqo‘rg‘on”, “Ilhaq”, “101”, “O‘zbek qizi” urush manzaralarini turli rakurslardan ochib berishga qaratildi. EKraNDa UrUSh obrazi faqat fashistik g‘oya tarafdorlari aybdor degan biryoqlama munosabatdan chetlashilib, bunda sobiq Ittifoqda yuritilgan siyosatning ham kuchli ta’siri bo‘lgani ochib berilgan. Film tahlili davomida fi lmning shakliy-uslubiy jihatlari va obrazli yechimlariga alohida e’tibor qaratilgan. Jahongir Ahmedov rejissyorligida ishlangan “Ilhaq” fi lmi (2020) esa Ikkinchi jahon urushi mavzusida milliy koloritga qurilgan ommabop talqinni olib kirdi. Bu ommaboplik, avvalo, syujet qurilmasi hamda qahramonlarning umumlashma xarakterga ega tipik obrazlarida namoyon bo‘ldi. Filmda, birinchidan, davr siyosatiga mutlaqo erkin munosabat bildirilib, urush yillaridagi mafkuraning yolg‘on targ‘ibot ustiga qurilganligi ochib berilgan; ikkinchidan, shaxsga sig‘inishning ayanchli oqibatlariga e’tibor qaratilgan; uchinchidan, fi lmda e’tiqod masalasiga alohida urg‘u berilganki, bu mustaqillik davrida Ikkinchi jahon urushi mavzusida yaratilgan fi lmlarning yana bir xususiyatini aks ettiradi; to‘rtinchidan, “Ilhaq” fi lmi to‘lig‘icha milliy koloritga qurilgan. Buni uch xil rakursda ko‘rish mumkin. Birinchisi, dekoratsiya va liboslardan iborat tashqi bezaklarda. Ikkinchisi, urf-odat va turmush tarzida. Uchinchisi, albatta, qahramonlar xarakteri va o‘zaro munosabatlarida ifodalangan. Ikkinchi jahon urushi mavzusida yaratilgan “101” badiiy fi lmida tarixiy xotirani tiklash, maxsus konslagerda tajriba qurboniga aylantirish maqsad qilingan 101 nafar o‘zbek yigitining ma’naviy-ruhiy g‘alabasini ko‘rsatish vazifasi belgilangan edi. Biroq “101” fi lmidan shunday xulosa kelib chiqadiki, tarixiy mavzuda, jumladan Ikkinchi jahon urushi mavzusida fi lm yaratish uchun, birinchi navbatda, davr muhiti va mavzuga oid barcha materiallarni chuqur o‘rganish, tarixchi va harbiy konsultantlar bilan maslahatlashish va eng asosiysi, voqealarni kinematografi k talqinda yetkazishga intilish zarur. Chunki bunday tarixiy fi lmlarni suratga olishdan maqsad faqatgina o‘sha davr haqida yoki o‘sha zamon kishilari to‘g‘risida ma’lumot berib qolishgina emas, balki badiiy obrazlar vositasida tomoshabin ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatish va shu orqali jamiyatni o‘tmishda yuz bergan fojialarni takrorlashdan ogohlantirishdir. “O‘zbek qizi” fi lmidagi o‘zbek jangchi ayoli obrazi milliy kino uchun yangi talqin. Chunki bunga qadar urush mavzusidagi o‘zbek badiiy fi lmlarida ayollar obrazi, asosan mushtipar ona, sadoqatli yor, urush tufayli jabr chekkan zaifa sifatida olib chiqilgan. Biroq jahon kinosi, ayniqsa Rossiya fi lmografi yasida Ikkinchi jahon urushi yillari qahramonlik ko‘rsatgan snayperchi ayollar haqida fi lmlar talaygina. “Diqqat, Moskvadan gapiramiz” (2005), “Snayper 2: Tungus” (2012), “Snayperlar: Nishondagi muhabbat” (2012), “Nishon ko‘rinyapti” (2013), “Sevastopol uchun jang” (2015) va yana boshqa shu singari fi lmlarda urush yillaridagi ayol snayperchilar obrazi turli taqdir yo‘llari orqali ko‘rsatilgan. “O‘zbek qizi”da bu kabi fi lmlarning ijodiy tajribasidan dadil foydalanilgani butun kompozitsion tuzilmada aks etgan. Ayniqsa, Jamilaning snayperchi qizlar maktabidagi tayyorgarlik jarayonlari, qizlar o‘rtasidagi dialoglar va qahramonning ruhiy holatini tasvirlovchi epizodlar hamda qahramonning frontdagi kadrlarida ma’lum klishelar qo‘llanilgani yaqqol seziladi. Garchi fi lmda front voqealarini epik ko‘lamda yoritish, jang epizodlarini maxsus eff ektlar bilan jonlantirish borasida katta mehnat qilingani kuzatilsada, urush mavzusiga original yondashuv nuqtayi nazaridan fi lmga yuqori baho berish amrimahol. Shunga qaramay, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda “O‘zbek qizi” kabi harbiy-qahramonlik yo‘nalishidagi fi lmlarga ehtiyoj kattaligini qayd etish zarur. Ikkinchi jahon urushi mavzusida yaratilgan badiiy fi lmlar kishida vatanparvarlik hissini oshirishi, zulm va shafqatsizlikka qarshi nafrat uyg‘otishi, ajdodlar jasoratini ulug‘lashi va o‘tmish sahifalarini jonlantirishi bilan muhim ijtimoiy-g‘oyaviy vazifani bajarar ekan, bu mazkur yo‘nalishdagi fi lmlarning har bir davr uchun dolzarb ahamiyat kasb etishini tasdiqlaydi. Shu ma’noda bugungi avlodga tarix sahifalaridagi qahramonliklarni original syujet va milliy obrazlar orqali professional darajada namoyish etish muhim vazifalardan bo‘lib qolmoqda. Aziz MATYAKUBOV, san’atshunos
8 № 22 31-may VATANPARVAR 2024-yil Davlat attestatsiyasi Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida bitiruvchi bosqich kursantlari yakuniy davlat attestatsiyasi topshirmoqda. Ofitserlik ostonasida turgan kursantlar otish va artilleriya o‘tini boshqarish, zenit komplekslarining tuzilishi hamda ishlatish, xizmat faoliyatini axloqiy-ruhiy kuzatib borish metodologiyasi, xorijiy til, raketa-artilleriya qurollari, taktika singari fanlardan nazariy va amaliy topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarmoqda. Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari kursantlarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini davlat ta’lim standartlari asosida, xolis va shaffoflik tamoyillari asosida baholab bormoqda. – Bugun o‘tgan davr mobaynida olgan barcha nazariy va amaliy bilimlarimizni namoyish etmoqdamiz, – deydi 5-bosqich kursanti Faxriddin Davronov. – Bu, o‘z navbatida, hayajonli va mas’uliyatlidir. Savollar qiyinchilik tug‘dirmadi. Bunda ustozlarimizdan olgan saboqlarimizning ahamiyati yuqori. Oldimizda turgan boshqa nazariy va amaliy sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tishimizga ishonaman. Ta’lim dargohida olgan bilimlarimizni kelgusida ofitser sifatida qo‘shinlarda tatbiq etamiz. Bo‘lajak ofitserlar uchun jangovar va jismoniy tayyorgarlik muhim sanaladi. Bo‘lib o‘tayotgan davlat attestatsiya imtihonlarini chetdan kuzatib, shunga amin bo‘ldik, tez orada Qurolli Kuchlarimiz saflarida aqlan yetuk, jismonan baquvvat ofitserlarning soni ortadi. Ro‘ziqul OCHILOV, “Vatanparvar” Shu kunlar – oliy harbiy ta’lim muassasalarida bitiruvchi kurs kursantlari uchun muhim bosqich. Boisi o‘tgan yillar davomida egallagan ko‘nikmalarini namoyish etish, nazariy va amaliy bilimlarini sinovdan o‘tkazish pallasi. Qisqa qilib aytganda, “g‘alvir suvdan ko‘tariladi”.
31-may VATANPARVAR 2024-yil № 22 9 Millat ma’rifatparvarlari Turkiston tarixini o‘rganishda XX asrning buyuk mutafakkirlaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Tarix va jug‘rofiya” asari muhim o‘rin egallaydi. Asarda aytilishicha, tarix va jug‘rofiya fanlari o‘sha paytgacha bid’at, gunohdan iborat deb hisoblab kelingan. M. Behbudiy esa bu fanlarni o‘z zamonasi uchun zarurligini isbotlaydi, ayni paytda ularni islomning mo‘tabar fanlari qatoriga qo‘shib, bu fanlar jadid maktablarining ixtirosi emas, balki jamiyat hayotida qadimdan mavjud bo‘lib kelganini ta’kidlaydi. M. Behbudiy tabiiy va ijtimoiy fanlarni “aqlli ilmlar” tushunchasi ostida birlashtiradi. Xalq, mamlakat, islom tarixini bilmay turib, oddiy musulmon, davlat arbobi, ruhoniy, olim ham bo‘lishi mumkin emas, deydi alloma. Behbudiyning fikricha, “tarix hamma narsani – davlatning gullab-yashnashi va inqirozining sabablarini, odamlar e’tiqodining holatini, musulmonchilikning tanazzulini, islom ilohiy poydevorining buzilishini tushuntiradi. Komil va adolatli inson bo‘lish uchun albatta tarixni bilish kerak, birorta bilim tarix ilmisiz komil bo‘lmaydi”. Shuningdek, Behbudiyning “moziy istiqbolning tarozusidir”, degan fikri nafaqat o‘sha davr uchun, balki bugungi kunimiz uchun ham katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Mahmudxo‘ja Behbudiy mamlakat taraqqiyoti, o‘zlikni anglashda, komil inson bo‘lib yetishishda, jamiyatni boshqarishda tarix fanining beqiyos ekanini ta’kidlaydi. Turkiston tarixini So‘nggi yillarda tarix sahifalaridan o‘chirib tashlangan qanchaqancha allomalarning nomlari tiklanmoqda va abadiylashtirilmoqda. Jadidchilik harakatini bunga misol sifatida ko‘rsatish mumkin. Jadidchilik ijtimoiy-siyosiy sohalarda jahon sivilizatsiyasi qo‘lga kiritgan yutuqlardan xalqni bahramand bo‘lishga chaqirdi, feodal va milliy cheklanishlar, ma’naviy tanazzullar sababini ochiqoydin xalqqa tushuntirishga harakat qildi. Shu bois jadidlarning boy merosini har tomonlama xolisona o‘rganish dolzarb masalalardan biridir. o‘rganishda jadid tarixshunosligining ahamiyati Faqat Vatan tarixi emas, Yevropa va jahon mamlakatlari tarixini ham o‘rganish zarur, busiz hech kim ma’rifatli inson bo‘la olmaydi, degan fikrni ilgari suradi. “Tarix ko‘p ahamiyatli va foydali bir narsadur. Tarixning foydalaridan ba’zisi ushbudurki, bir millatning na tariqada, qaysi yo‘l ila taraqqiy etganin o‘qib, ibrat olmoq yoki bir millatning na sabablardan tanazzul etib, oxiri munqariz bo‘lib ketganini qo‘yib, mundan ham etmak mumkindir”, deb yozadi Behbudiy o‘zining “Turkiston tarixi” maqolasida. Uning fikricha, tarixni bilmay turib, hech kim komil va adolatli inson bo‘la olmaydi. Tarix sohasida qalam tebratgan Is’hoqxon Ibrat rus va Sharq sharqshunoslari asarlari bilan tanishib chiqdi, shuningdek tarixiy asarlar yozishda G‘arb sharqshunoslarining tarixiy asar yozish metodikasidan foydalandi. Uning tarixnavislikdagi eng muhim jihati shundaki, u o‘z asarlarida xon, bek va amaldorlarga bag‘ishlab, ularning harbiy yurishlarini ko‘klarga ko‘tarib yozilgan asarlarni tanqid qiladi va shu bilan tarixni yozishda xolislik nuqtayi nazaridan yoritish zarur, degan g‘oyani ilgari suradi. Shuningdek, tarixiy voqealarga o‘z munosabatini bildirib, har qanday qonli urushlarni insonlar boshiga tushgan falokat, deydi. Masalan, “Tarixi Farg‘ona” asarida shunday g‘oyani ko‘rishimiz mumkin, unda Buxoro amiri Nasrulloxonning Qo‘qonda olib borgan qirg‘inbarot urushini qoralaydi va o‘z navbatida, Xudoyorxonning ham qipchoq qirg‘ini bilan shug‘ullanganini uning xatosi deb hisoblaydi. Ibrat “Tarixi taboqat ul-tohiriy”, “Tarixi Tabariy”, “Tarixi shohi Jarir” va boshqa shu kabi tarixiy asarlardan foydalanib, Farg‘ona tarixini yoritishga harakat qiladi, Farg‘onaning Qubo, Axsi kabi qadimgi shaharlari bilan bog‘liq ma’lumotlar berib o‘tadi. Tarix ilmiga ijodiy yondashgan Fitrat tarixni ikki qismga: muqaddas tarix, ya’ni din, payg‘ambarlar va aziz-avliyolar tarixi hamda jamiyat tarixiga ajratib tahlil etadi va u tarixga o‘ziga xos baho berib, “saboq beruvchi va o‘qituvchi fan” deb ataydi. Fitratning fikricha, tarix – millatlarning o‘tmishi, taraqqiyoti hamda tanazzulining sababini o‘rganadurg‘on ilmdir. Chunonchi, buyuk ma’rifatparvar Abdurauf Fitratning “Ozodlik yo‘riqnomasi” asari o‘lka tarixini o‘rganishda muhim manbalardan sanaladi. Ayni shu ma’noda B. Ergashevning “Bu kitob XX asr boshlaridagi Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy-falsafiy ongining yirik yodgorligidir”, degan fikri o‘rinlidir. Turkiston tarixini o‘rganishda muhim sanalgan asarlardan yana biri kommunistik terrordan qochib, din-u diyonatini, jonini saqlash maqsadida chet ellarga hijrat qilishga majbur bo‘lgan andijonlik yurtdoshimiz Muhammad Muso Turkistoniyning “Ulug‘ Turkiston fojiasi” tarixiy asaridir. “Ulug‘ Turkiston fojiasi” asari ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi jildi o‘zbek tilida, eski o‘zbek yozuvida bitilgan. Ushbu asarni varaqlagan kishi undan Vatanimiz tarixi haqida ko‘plab qimmatli ma’lumotlar oladi. Kitobda ruslarning tarixi, urf-odatlari, mo‘g‘ullar davri, Amir Temurning siyosatlari, sovetlarning islom diniga qarshi olib borgan siyosati, kollektivlashtirish, surgun siyosatlaridan parchalar keltirilgan. Jumladan: “Ruslar 5 yillik plan deb mudhish siyosatni yo‘lga qo‘ydi. Besh yilda amalga oshiriladurg‘on rejalarini avvalda kollektivlashtirish usuli bajo keltirildi. Bu usul ko‘p mudhish sur’atda amalga oshirildi. ...Yangi Nizom, yangi planga ko‘ra, bir qishloqning dehqonlari to‘planib, yerlarni birlashtirib, hamma bir bo‘lib ishlaydur, bir bo‘lib ekadur. O‘roqda, xirmonda, boshoqda bir hosil oladur. Buni ismi kolxo‘zdir”, deb yozadi Muso Turkistoniy. Kolxoz tuzilishi va uning asl mohiyatiga baho bergan muallif quyidagilarni bayon qilgan: “Aka-uka, elxalq bir-birini go‘shtini yedilar. Gulistonlar go‘riston bo‘ldi, bozorlar mozor bo‘ldi. Tijorat bari kolxo‘zlar qo‘liga o‘tdi. Erkak-xotun, o‘g‘il-qiz majburiy ishladi, ishlaganlarga non berildi, ishlamaganlarga non yo‘qdur”. Eshelonlashtirish va quloqqa tortilgan aholining surgun voqealarining guvohi bo‘lgan Muso Turkistoniy quyidagilarni ta’riflaydi: “Turkistonliklarni ona yurtidan surib chiqarish uchun avvaldan hozirlangan tadbirlar 1930 va 1932-yillarda amalga oshirildi. Zamonasida maxfiy sur’atda hozirlangan ro‘yxatga ko‘ra, Turkistonning hamma shaharlarida bir kechada ro‘yxatdagi uylar bosildi va bu hol dahshatli davom etdi. Har mahalladan, har uydan ushlangan mushtumzo‘r (quloqlar) oilasi ila, o‘ziga qarashli o‘g‘il-qizi va boshqa tobelari ila uy-ro‘zg‘or ashyolari, qo‘ylari, buzoqlari, tovuqlari, qo‘shlari ila hammasi tutilib, bir yerga to‘plandi. Yig‘izori, oh-u nolalar ko‘kka chiqdi. Shahar ko‘chalaridagi dod-faryod bir mashhardan iborat bo‘ldi. Ko‘chalardagi askarlarning amri bilan qator turgan yuk arobalarining ko‘pligidan o‘tgani yo‘l yo‘q, bosgani yer yo‘q. Bu dahshatli hodisa uch kecha-kunduz davom etdi. So‘ngra ushlanganlar hammasi temiryo‘l arobalarining qizil vagonlariga qo‘y, ot yuklagandek bosh olomon odam yuklanib, kechalari jo‘natildi. Bu tur amaliyoti hamma shaharda siyosiy idora (GPU)ning nazorati ostida amalga oshirildi”. 1929–1930-yillarda respublikadagi yuzlab masjidlar yopilgan. Muqaddas ziyoratgohlar, namozgohlar va qadamjolar vayronaga aylantirilib, ulardagi yog‘och, g‘isht va boshqa qurilish materiallari ombor, kasalxona, choyxona, klub va boshqa inshootlar qurilishiga olib ketilgan. Bu kabi qurilishlarga hatto qabristondagi g‘ishtlar ham olingan. Masjidlar bilan birga vaqf mulklariga qarashli uy-joylar, xonaqohlar, hammom, tegirmon, do‘konlar ham yarim vayrona holatiga keltirilgan, ko‘pchiligi yo‘qotib yuborilgan. Dindorlar va diniy tashkilotlarga tegishli bo‘lgan bog‘ va yer maydonlari tashlandiq joyga aylangan, vaqfkor dehqonlar esa yarim och, qashshoq holda yashagan. Dinga va dindorlarga qarshi kurash faqatgina diniy muassasalarni yopish bilan emas, balki xudosizlikni keng miqyosda tashviq va targ‘ib qilish bilan ham olib borilgan. O‘zbekiston SSR Maorif komissarligi qoshida sirtdan ta’lim beradigan dinga qarshi kurashuvchilar instituti ochilib, 18 yoshdan boshlab ta’lim oladiganlar targ‘ibot ishlariga yo‘naltirilgan. Ushbu holatlarni ta’riflagan Muso Turkistoniy: “Namoz, ro‘za o‘rtadan ko‘tarildi. Qur’on o‘qish mamnu’ (man), qurbonlik yo‘q, qo‘y, mol, so‘qum so‘yulmaydur. Qurbonlik qilganning jazosi mahkamada, 5 yillik surgunga mahkum, haqiqatda esa qaytib kelmaydur, degan hukmnomada ishora bordur. Bir kishi zakot bersa va yo boshqa diniy ibodatlari ila uni dindorlig‘i sobit bo‘lsa, uning jazosi Sibir, ya’ni eng sovuq mintaqalardin o‘rmonlikka qarag‘ay daraxtlarini kesa-kesa o‘lishga mahkumdir. Xalqda diniy bayramlar yo‘q, jum’a ta’tillari yo‘qdur”, deb ta’kidlaydi. Musulmonlarning umrida bir marta amalga oshiradigan haj safarlari ham tushga aylangan. Mazkur asarda o‘sha davrda insonlar hayotining tahqirlanishi va boshqa xalqlarga nisbatan hukumatning noxolis siyosati “nodir bir hikoya”da tasvirlangan: “Tramvay suruvchi bir xotun oy kuni yaqin bo‘lib, idora boshlig‘idan tug‘ub olish uchun ruxsat so‘rabdur. Firqaning planiga sig‘maydur, deb ruxsat bermabdur. Bechora xotun vazifa boshida, ya’ni tramvayni haydab turgan vaqtida to‘lg‘oq tutib qolibdur. Darhol tramvayni to‘xtatib, onda tug‘ib qo‘yg‘onligi, yo‘lovchilar shoshib qolib hayratda qolg‘onlari mashhurdir. Kambag‘al ishchilarning yashash tarzi shundoqdur. Bundoq hodisalar amr voqea bo‘lub, xalq o‘rganib qolgandur. Har kimning maxsus bir daftari bo‘ladur. Bu daftarda hayoti bo‘yincha hukumat ila idoralar bilan bo‘lg‘on aloqalarini, kamoliyot ashyolarini vaqti-vaqtida yozilib turadur. U daftarg‘a yozilmay qolg‘on narsalar davlatning moli bo‘ladur, deb firqaning amriga topshiriladur. Hamma idoralarda siyosiy idoraning bir sho‘basi bordur. Hamma doiraga hukmi balanddur. Katta-kichik masalalarda bu sho‘ba muvaffaqiyatli olinadur, unga ko‘ra ijro qilinadur. Aksar ishlar bu sho‘ba ila telefon ila bo‘ladur”. Xullas, fanlarni, ayniqsa tarixni uslubiy bilish jadidlarga O‘rta Osiyo xalqlari tarixiy tajribasidan kelib chiqib, o‘z zamonasining holatini o‘rganib, jamiyatning kelajakdagi qurilishi loyihasini ishlab chiqishlari uchun imkoniyat yaratdi. Jadidlarning tarix sohasida yozgan asarlaridan Turkistondagi siyosiy, ijtimoiy vaziyatni to‘liq tasavvur etish mumkin. Olim YULDASHEV, Qurolli Kuchlar akademiyasi o‘qituvchisi
10 № 22 31-may VATANPARVAR 2024-yil O‘zlik manzaralari Qadimiy xalqlar haqida gap ketar ekan, bunda ko‘p ming yillik tarixga ega o‘zbek eli va uning urug‘, qabilalari haqida to‘xtalish o‘rinli. Professor Norali Norboyevning yozishicha, 92 bovli o‘zbek eli Oltin O‘rda xonlari – O‘zbekxon, Jonibekxon, Berdibekxon davrida tashkil topgan. Chunki o‘sha davrning tarixiy manbalarida O‘zbekxon hukmronlik qilgan yerlarni “o‘zbeklar mamlakati”, askarlarini esa “o‘zbeklar sipohi” deb yuritganlar. O‘zbeklar deganda qabilalar, urug‘lar ittifoqi ma’nosini tushunish kerak. O‘zbek xalqining qabila va urug‘lari haqida tarixiy kitoblarda, xususan Mahmud “TARQAB KETGAN TO‘QSON IKKI URUG‘IMSAN...” Kishilik jamiyatidagi eng dastlabki etnik birlik bu urug‘dir. Qonqarindoshlik asosida bir necha otaonadan tarqagan avlodlar o‘zaro urug‘lar hisoblanadi. Har bir urug‘ a’zolari bir-birlari bilan xo‘jalik va ijtimoiy jihatdan o‘zaro bog‘langan. kitoblarda, xususan Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni lug‘ati-tturk” asarida qadimiy xalq bo‘lgan turklarning 20 ta qabila ekani haqida ma’lumotlar berib o‘tilgan va quyidagi nomlar qayd etilgan: beyenek, qipchoq, o‘g‘uz, yaman, bashg‘irt, basmil, qay, yoboku, tatar, qirg‘iz, chigil, tuxsi, yag‘mo, ig‘roq, yumup (shamul), uyg‘ur, tangut, tovg‘och. Rashididdinning “Jome at tavorix” kitobida o‘zbek xalqi qabila va urug‘larining kelib chiqishi haqida rivoyatlar, urug‘ boshliqlari, ularning yashagan joylari haqida ma’lumot beriladi. Alisher Navoiyning “Chor devon” asarida Temuriylar davrida qo‘ng‘irot, qiyot, og‘ar, bilgut kabi qabilalarning katta mavqega ega ekani ta’kidlanadi. Abulg‘oziy Bahodirxonning “Shajarayi Turk”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Binoiyning “Shayboniynoma”, Muhammad Solihning “Shayboniynoma”, “Abulxayrnoma” kabi asarlarida ham o‘zbek urug‘ va qabilalari haqida ma’lumotlar mavjud. Ko‘rinadiki, o‘zbek xalqining urug‘ va qabilalari tarixan uzoq va murakkab tarkib asosida vujudga kelgan, shakllangan va rivojlangan. Shunday murakkab genetik tuzilishga va shajaraga ega bo‘lgan urug‘lardan biri qo‘ng‘irot urug‘idir. Qo‘ng‘irot urug‘ining tarkibi, ularning kelib chiqishi va qaysi hududlarda yashagani haqida turlicha qarashlar, ma’lumotlar mavjud. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, etnonimlar haqidagi ma’lumotlar tarixiy manbalar, xalq og‘zaki ijodiga xos afsona va rivoyatlarga tayangan holda beriladi. Bunda keksa avlod vakillarining bilimlari, yodnomalari ham ahamiyatlidir. Shuning uchun tadqiqotchilarning fi krlarida ba’zi bir munozarali o‘rinlar mavjud bo‘lishi mumkin. Qo‘ng‘irot – avlodlari O‘rta Osiyodagi bir qator turkiy xalqlarning etnogenezida ishtirok etgan qadimgi mo‘g‘ul qabilasi. Ba’zi tadqiqotchilar bu etnonimning kelib chiqishi mo‘g‘ullarga borib taqalishiga asoslar yetarli emas deb hisoblaydi. Xususan, M. Mukanovning yozishicha, “Qo‘ng‘irot etnonimining turkiy muhitda mavjudligi bu qabilaning Markaziy Osiyo va Qozog‘iston xalqlari etnogenezisida kelib chiqishi mo‘g‘ul ekanini tasdiqlamaydi. Tilga olingan xalqlarning shakllanishida mo‘g‘ul-qo‘ng‘irot elementlari uchrasa-da, biroq ularning asosiy tarkibini turkiy qavmlar tashkil qilgan. Bu yerda qavmlar, shuningdek qabilaviy guruhlarning Dashti Qipchoqda hukmron bo‘lgan Jo‘ji sulolasi vakillaridan biri – qo‘ng‘irot etnonimi bilan atala boshlagan yangi etnoijtimoiy tashkilotga birlashganini ko‘rish mumkin. Bizning fi krimizcha, qo‘ng‘irot etnonimining Dashti Qipchoq qabilaviy guruhlariga tarqalishi mo‘g‘ul jamiyatida mavjud bo‘lgan “nökör”, “nököd” (nuker) jamoasi bilan bog‘liq. Nuker – bu mo‘g‘ul jamiyatida muhim o‘ringa ega bo‘lgan noyon, baatura, mergen kabi feodal sinf vakillaridan iborat jamoa”. Ammo ko‘plab tarixiy ma’lumotlarda mazkur etnonimning mo‘g‘ullarning mahalliy Klan xalqining Darlekin bo‘limiga kirishi va ilk bor 1129-yilda “Mo‘g‘ullarning maxfi y tarixi” asarining 61-bandida “ongirad” shaklida uchrashi qayd etiladi. Mo‘g‘ul tarixchilarining fi kriga ko‘ra, ularning nomi “xun” – oqqush va “ard” – xalq, qabila (oqqush qabilasi) so‘zlaridan kelib chiqqan. Chunki oqqush mo‘g‘ul xalqlarining, xususan buryatlarning totem (ramz)laridan biri hisoblangan. Tadqiqotchi G. Galdanovaning xulosasi ham yuqoridagi fi kr bilan deyarli bir xil. Uning fi kricha, “xongodor” etnonimi “xungirat” so‘zi bilan bog‘liq, so‘z tarkibidagi “rat”, “dor”ning o‘zgargan variantidir. A. Angarxayev ham mazkur mavzuda ma’lumot berar ekan, xon (xong) va arad kabi qismlardan hosil bo‘lgan “xongarad” (xongirad) so‘zi xongodordan kelib chiqqan, uning o‘zgarishga uchragan shakli deb yozadi. Yuqoridagi olimlarning fi krlaridan kelib chiqib, xongirad (xungirad) etnonimi buryat tilidagi xongodor etnonimi bilan bir xil deb xulosa chiqarishimiz mumkin. Qo‘ng‘irot etnonimining etimologiyasiga oid yana bir qancha fi krlar mavjud bo‘lib, bu tahlillarda ham harxillik ko‘zga tashlanadi. Misol uchun, Sh. Chidenjapov mazkur etnonimni xunlar davridagi xun – oqqush totemidan kelib chiqqan, deb hisoblaydi. S. Baldayev xulosalarida bu etnonim xon – “oliyjanob qush”, goodor – hiyla, nayrang so‘zlaridan hosil bo‘lgan. D. Dugarovning fi kricha, bu etnonim hosil bo‘lishida turkiycha xun/xon (kun) – “quyosh” va xuba – “oqqush” so‘zlari asos bo‘lgan. B. Nanzatov esa mo‘g‘ul tilidagi xongor so‘zini qadimgi qonur (qo‘ng‘ir) so‘zi bilan bog‘laydi. Uning fi kriga ko‘ra, xongirat, xongodor, konirat etnonimlari turkiy mo‘g‘ul tilidagi xongor – kongur atamasidan kelib chiqqan bo‘lib, hayvonning rangi, ya’ni qizg‘ish, jigarrang ma’nolarini bildiradi. A. Ochirning fi kricha esa xongirad, xonxirad, xonxereyed etnonimi kermet (xereyed, xereyd) – qarg‘a totemi nomidan kelib chiqqan. Chunki mo‘g‘ullar qarg‘aning yirik turlaridan birini xon kereye deb ataydi. Shu qarashga bir qator o‘zbek tilshunos va tarixchi olimlari ham qo‘shilgan. Xususan, X. Doniyorov shunday yozadi: “Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, bu so‘z aslida mo‘g‘ulcha bo‘lib, “qora qarg‘a” ma’nosini bildiradi”. Tarixchi olim S. Tursunov ayni mavzu haqida “Qo‘ng‘irot – etnonim. O‘zbek, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq xalqlari tarkibidagi qabila. Mo‘g‘ulcha xongirat. “Qo‘ng‘ir” so‘zining rang bildiruvchi “qo‘ng‘ir” so‘ziga aloqasi yo‘q. Qo‘ng‘ir mo‘g‘ulcha “xun kerey” (“qora qarg‘a”, “qarg‘a kishi”) so‘zlaridan tashkil topgan. So‘z oxiridagi -t affi ksi kishilar jamligini, kollektiv, jamoani bildirgan: xun+kerey+t > xunkerey > xunkirat > qo‘ngirat > qo‘ng‘irat. Kerey/ qarg‘a – qadimgi turkiy va mo‘g‘ul xalqlarida totem, muqaddas jonzot sanalgan”, deydi. Shu tariqa urug‘, qabila nomi yuzaga kelgan, deb munosabat bildirgan. B. Karmishevaning yozishicha, qo‘ng‘irotlar yuzlar (juz), laqaylar, semizlar, kesamirlar, qatag‘onlar, do‘rmonlar kabi urug‘lar XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro sharqida mavjud bo‘lgan va ular Dashti Qipchoqdan kelib chiqqan. Shuningdek, olimaning ma’lumotiga ko‘ra, qo‘ng‘irot urug‘ining bosh bobosi Qo‘ng‘irot ota (Qo‘ng‘ir bey) hisoblanadi. Uning besh o‘g‘li bo‘lib, shulardan tarqagan avlod urug‘ shoxobchalariga bo‘linadi. 1. Vaxtamg‘ali (Jonqulbegjon) 18 ta urug‘ – ochamayli (ochomoyli), boymoqli, taroqli, chan-chiqli, qozoyoqli, cho‘michli, qaychili, ishqili, qiyg‘ochli, jilontamg‘ali, bolg‘ali, qoraqo‘ng‘irot, bug‘ajili, uyuvli, xandaqli, irg‘oqli, aboqli, kesovli. 2. Qo‘shtamg‘ali (Aliqulbekjon) 16 ta urug‘ – kal, barmoq, savribuzar, qoraqalpoq, ko‘chaxo‘r (go‘jaxo‘r), oqpichoq, chalbachcha (cholbachcha, kalbachcha), to‘lang‘it, tilovmat, o‘troqi, chalka, mavlush, bandiguchuk (bandikuchuk), zamburi, qoraqasmoq, ko‘sa. 3. Qonjig‘ali (Haydarqulbegjon) 14 ta urug‘ – ko‘rto‘g‘ay, qo‘ldovli, jelkillak, moltaka, qoraxonjig‘ali, qorabuvra, do‘sna, chola, no‘g‘ay, tunqora, quyun, cho‘llik, ulus, qoravursoq. 4. Oyinli (Mullamurod) 12 ta urug‘ – qovg‘a, qochay, qoraqalpoq, tipor, beshbola, cho‘rak, turmak, hajibachcha, qal, qora, oqtana, oytamg‘ali. 5. Tortuvli (Jiyanbek) 6 ta urug‘ – to‘g‘iz, mo‘nka, moydatovoq, cho‘poq, obodli, o‘ra. O‘rganilgan va tahlil qilingan ma’lumotlarning har biri haqiqatga yaqin. Albatta, ular qaysidir manbaga asoslangan. Lekin fi krlar mazmunining xilmaxilligi bu etnonim etimologiyasida yakdil yakuniy qarorning mavjud emasligini ko‘rsatadi. Bizning xulosamizga ko‘ra, qo‘ng‘irot etnonimi qarg‘a semasi bilan bog‘liq. Chunki qadimgi urug‘ va qabilalar o‘z ramzlariga ega bo‘lgan. Qabilalar o‘z madaniy va ma’naviy qarashlaridan kelib chiqib, asosan qushlar va hayvonlarni qabila yoki urug‘ ramzi sifatida tanlagan. Qadimgi mo‘g‘ul madaniyatida qora qarg‘a bardoshli, nigohi o‘tkir, kuchli qush sifatida baholangan. Shuning uchun mazkur qush totem sifatida tanlangan bo‘lishi haqiqatga yaqin. Mo‘g‘ul tilida qarg‘a khereye (xeree) ekanini inobatga olib, qo‘ng‘irot etnonimiga asos bo‘lgan “kermet”, “kerey”, “xeret” leksemalari “khereye”ning fonetik o‘zgarishga uchragan varianti deb hisoblash mumkin. Nargiz QURBONNAZAROVA, Termiz davlat universiteti katta o‘qituvchisi, fi lologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
31-may VATANPARVAR 2024-yil № 22 11 Noyob eksponatlar MUZEyDaGi Muzey 3 qavatli binoda joylashgan va o‘zida minglab noyob eksponatlarni namoyish qiladi. 3-qavat tarixiy bo‘limlarni yoritib bersa, 2-qavat milliy armiyamiz kuch-qudrati va salohiyatidan so‘zlaydi. XVI–XIX asrning birinchi yarmi O‘zbekiston tarixida Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari hukmronligi davri hisoblanadi. Xonliklarning har biri o‘zining ma’muriy boshqaruv tizimi, soliq va bojxona siyosati, pul muomalasi, tashqi diplomatik va iqtisodiy aloqalariga ega bo‘lgan. Xonliklardagi eng muhim sohalardan biri harbiy ishlar sanalgan. Bu davlatlardagi harbiy tizim Amir Temur davrida asos solingan an’analarni davom ettirib, ayni vaqtda davr nuqtayi nazaridan, shuningdek hududiy, ichki va tashqi omillaridan kelib chiqqan holda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan. XVI–XIX asr o‘rtalarigacha o‘zbek jangchilari avvalgi asrlarda, ayniqsa Amir Temur davrida ishlatilgan hujum va mudofaa vositalaridan foydalanganlar, biroq bu vaqtga kelib ular birmuncha qayta ishlangan va yengillashtirilgan. Jangchilar dubulg‘a sovut kiygan, tirsakband va tizzabandlar ham ishlatganlar. Qurollanishda esa uzun nayza, cho‘qmor, gurzi, shashpar, o‘q-yoy, uzun egri qilich hamda ikkiyoqlama tig‘li shamshir, qalqonlardan foydalanilgan. XVI–XVII asrlar yozma manbalarida qayd etilishicha, bu davrga kelib o‘ziga xos miltiqto‘fangdan ham foydalana boshlaganlar. Yozma manbalar va miniatyura tasvirlarida harbiy buyumlarning tasnifi va tasviri keltirilgan bo‘lib, ular orqali askarlarning kiyim-boshi, qurolaslahasi haqida to‘liq tasavvur hosil qilish mumkin. O‘qotar qurollarning O‘zbekiston muzeylari noyob osori atiqalar va yorqin ekspozitsiyalarga ega bo‘lib bormoqda. 1965-yilda Turkiston harbiy okrugi markaziy muzeyi sifatida tashkil topgan Qurolli Kuchlar davlat muzeyi bugungi kunda noyob moddiy-madaniy merosni o‘zida saqlab kelayotgan muassasa hisoblanadi. 59 yillik faoliyati davomida muzey o‘zida 36 mingga yaqin noyob eksponatni saqlaydi, ilmiy jihatdan o‘rganadi va kelajak avlodga bus-butun holda yetkazish yo‘lida xizmat qiladi. O‘zbekistonning harbiy sohadagi tarixiga oid yodgorliklarni to‘plash, tadqiq etish va saqlash, ulardan harbiy xizmatchilar va aholini, ayniqsa yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda foydalanishni zamon talablari darajasida tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 25-martdagi qaroriga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyi maqomi berildi. Yangilangan muzey ekspozitsiyasi 2010-yil 12-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti tomonidan tantanali ravishda ochib berildi. 2022-yil 5-yanvar sanasida ikkinchi bor rekonstruksiya qilinib, yangi bo‘limlar tashkil etildi va ekspozitsiya yanada yangi eksponatlar bilan boyitildi. kelib o‘ziga xos miltiqto‘fangdan ham foydalana boshlaganlar. Yozma manbalar va miniatyura tasvirlarida harbiy buyumlarning tasnifi va tasviri keltirilgan bo‘lib, ular orqali askarlarning kiyim-boshi, qurolaslahasi haqida to‘liq tasavvur hosil qilish mumkin. O‘qotar qurollarning MUZEyDaGi iKKi QUrOL tariXi paydo bo‘lishi harbiy ish tarixida ulkan ahamiyat kasb etadi. O‘qotar qurollar ixtiro qilinishi jang taktikasini ham o‘zgartira boshlagan. Harbiy tarixga oid ilmiy adabiyotlarda qo‘l to‘pi (bombardasi) arkebuza (fransuzchadan “argeubuse”, nemischadan “hakenbuhse” – to‘p) deb ataladi. Arkebuza stvoldan o‘qlangan bo‘lib, u qo‘lda otiladigan o‘qotar qurollarning birinchi namunalaridan hisoblanadi. Arkebuza tosh yadrolari, keyinchalik esa dumaloq qo‘rg‘oshindan yasalgan o‘qlarni otgan. Ushbu qurol uzun va ixcham bo‘lishiga qaramay, otuvchini jismonan charchatgan, gumburlagan tovush esa otlarni hurkitib yuborgan. XV asrning oxiri va XVI asrning boshlarida metallurgiya sanoatining keyingi rivojlanishi to‘plar quyish sifatining oshirilishiga olib keldi. Bronza va cho‘yanning o‘rniga temir ishlatila boshlandi (avval undan bombardalar yasalar edi). Bu esa to‘plarning og‘irligini kamaytirish va ularning ballistik xususiyatlarini oshirish imkoniyatini yaratdi, to‘plarning tuzilishi o‘zgarib bordi. Zamonlarni bog‘lovchi ko‘prik sifatida muzeylar noyob ashyolarni o‘zida saqlash va ilmiy tadqiq qilish bilan shug‘ullanib keladi. Aynan Qurolli Kuchlar davlat muzeyida tarixiy va noyob qurollar mavjud bo‘lib, bugungi kunda ularning soni 400 dan ortiqni tashkil qiladi. Muzey ekspozitsiyasidan o‘rin olgan ushbu kichik kalibrli qo‘l pulemyoti va siqib turuvchi temir chambaraklarga ega yog‘och zambarak va turli kalibrdagi temirdan ishlangan zambarak to‘plari XVIII– XIX asrga oid bo‘lib, ilk pushkalardan namuna sifatida namoyishga qo‘yilgan. Muzey fondidagi eng qadimiy va noyob qurollardan biri bo‘lmish fi til qulfga ega bo‘lgan, O‘rta Osiyo hududida XVI–XIX asrlarda qo‘llanilgan ushbu qurol 2010-yilda O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi fondi tomonidan taqdim etilgan. Qurolning tuzilishi: stvoli yog‘ochdan, latundan ishlangan 24 dona keng halqalarga ega. Uzunligi 1 529 sm. Stvol uzunligi esa 1 320 sm.ni tashkil qiladi. XVIII–XIX asrlarga kelib O‘rta Osiyo hududida mahalliy ustalar tomonidan hunarmandchilik usulida tayyorlangan tirgakli zambaraklar paydo bo‘la boshlagan. Bundan tashqari, tirgakli pilta miltiq ham keng qo‘llanila boshlagan. Muzey ekspozitsiyasidagi ushbu miltiqlar asl nusxa bo‘lib, noyob eksponatlar qatoridan joy olgan. Gulnoza USMONOVA, Qurolli Kuchlar davlat muzeyi yetakchi ilmiy xodimi
12 № 22 31-may VATANPARVAR 2024-yil Xalqaro olimpiada Unda Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston Respublikalaridan 6 jamoa bellashganining o‘zi bu galgi musobaqaning nechog‘li murosasiz va qizg‘in bahslar asosida kechganini O‘ZbEKiStONLiK KUrSaNtLar tENGSiZ O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi o‘quv jarayonini ta’minlash bazasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida “Harbiy-kasbiy tayyorgarlik” yo‘nalishi bo‘yicha VIII xalqaro olimpiadaning fi nal bosqichi bo‘lib o‘tdi. 6 jamoa bellashganining o‘zi bu galgi musobaqaning nechog‘li murosasiz va qizg‘in bahslar asosida kechganini O‘ZbEKiStONLiK KUrSaNtLar tENGSiZ anglatib turibdi. Dastlab qur’a tashlash yo‘li bilan jamoalarning shartlarni bajarish ketma-ketligi aniqlandi. Olimpiadada asosiy jamoalardan tashqari yana 3 ta mezbon jamoa o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi. Nufuzli musobaqaning tantanali ochilish marosimida so‘z olganlar ushbu bellashuv oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining umumnazariy va umumkasbiy tayyorgarligi asosini tashkil etuvchi o‘quv fanlari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini namoyish etish bilan birgalikda xalqaro harbiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi. Shuningdek, bahslarda jamoalarga ulkan muvaffaqiyatlar tilashdi. Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchilari tomonidan namoyish etilgan qo‘l jangi chiqishlari barchaga birdek manzur bo‘ldi. Mudofaa vazirligi harbiy kadrlar tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ulug‘bek Mamadaliyevning ta’kidlashicha, ushbu xalqaro olimpiada oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni samaradorligini yuksaltirishga qaratilgan tanlov bo‘lib, harbiy kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ularni kasbiy rag‘batlantirish, ilmiy va ijodiy qobiliyatlarini sayqal toptirish, ta’lim muassasalari professoro‘qituvchilari malakasini mustahkamlash va pedagogik metodikalarini yanada rivojlantirish maqsadida o‘tkazib kelinmoqda. Bu yilgi musobaqada yurtimiz sharafi ni Chirchiq oliy tank qo‘mondonlikmuhandislik bilim yurti kursantlari himoya qildi. E’tiborlisi, Xitoy Xalq Respublikasi jamoasi bu yil ilk bor qatnashdi. Bu esa mazkur olimpiadaga bo‘lgan qiziqish yildan yilga ortayotganidan dalolatdir. Olimpiada ishtirokchilari besh kun mobaynida “Tibbiy tayyorgarlik”, “Kimyoviy himoya”, “Oriyentirlash”, “Xalqaro gumanitar huquq”, “Qurolsoz”, “Duel”, “Mergan”, “Armiya biatloni”, “Yo‘lak” kabi musobaqalarda o‘z bilim
31-may VATANPARVAR 2024-yil № 22 13 va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi. Xalqaro olimpiadaning dastlabki “Taktik to‘siqlardan o‘tish” sharti “Mashqda qiyin – jangda oson” shiori ostida start oldi. Bunda jamoalar bir-birini himoya qilgan holda maxsus yo‘lakni tezkorlik bilan bosib o‘tishi kerak bo‘ldi. Chinakam mard inson hech qachon o‘z safdoshini jang maydonida yaralangan holda tashlab ketmaydi. “Tibbiy tayyorgarlik” shartida ularning mana shunday vaziyatda aniq va tezkor harakat qilish bo‘yicha bilimlari baholandi. “Oriyentirlash” sharti ham anchayin qizg‘in kechdi. Bunda jamoalar uzoq masofaga yugurib borib, maxsus nuqtalarni aniqlashi kerak bo‘ldi. Bellashuvlarning “Qurolsoz” shartida ishtirokchilarning qurolaslahalarni tez ta’mirlash va jangovar shay holga keltirish bo‘yicha ko‘nikmalari tekshirildi. “Duel” hamda “Merganlik” shartlarida ham kursantlar jamoalari uchun kerakli ballarni to‘pladi. “Armiya biatloni” bahsida musobaqa avj pallasiga chiqdi. Birdamlik, chaqqonlik va chidamlilik kabi sifatlarni ko‘rsatganlar eng yuqori ballarni qo‘lga kiritdi. “Yo‘lak” shartida har bir jamoaning maqsadi faqat va faqat g‘oliblikni qo‘lga kiritish, kubokni o‘z yurtiga olib ketish ekani yaqqol sezildi. Boisi ular so‘nggi shartda yuqori ballarni qo‘lga kiritish uchun bor kuchg‘ayrati bilan harakat qildi. Bir-biridan murakkab bahslar. Tillar turfa, maqsadlar aniq. Harbiy-kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha 8 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan mazkur xalqaro olimpiada kutilganidan-da yuqori ruhda, adolatli va shaff of tarzda o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi o‘quv jarayonini ta’minlash bazasi 5 kun davomida kursantlarning bor bilim va mahoratini ishga solish, ustoz-murabbiylardan olgan sabog‘-u ko‘nikmalarini amalda namoyon etish uchun katta maydon vazifasini o‘tadi. Yakunda ushbu musobaqada ishtirok etgan barcha kursantlar qutlanib, g‘olib va sovrindorlar nomi e’lon qilindi. Bahslar yakunlangach, poytaxtimizdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi. Olimpiadaning yopilish marosimi yuqori saviyada o‘tkazildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining Moskva oliy umumqo‘shinqo‘mondonlik harbiy bilim yurti kursantlari 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2-o‘rinni Xitoy Xalq Respublikasining Quruqlikdagi qo‘shinlar maxsus tayinlangan harbiy akademiyasi jamoasi egalladi. O‘zbekiston jamoasi – Chirchiq oliy tank qo‘mondonlikmuhandislik bilim yurti kursantlari bellashuvlar davomida barcha shartlarda eng yuqori ballar bilan birinchilikni qo‘lga kiritdi. Tantanali tadbirda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Markaziy ashula va raqs ansambli ijro etgan kuy-qo‘shiqlar barchaga xush kayfi yat ulashdi. – Olimpiadaning murakkab topshiriqlarini muvaff aqiyatli bajarish uchun ishtirokchilardan ijodiy va intellektual kuchlarini jamlash, Vatan himoyachilari uchun muhim bo‘lgan maqsad sari intiluvchanlik hamda murakkab vaziyatlarda qat’iy va to‘g‘ri qaror qabul qila olish mahorati talab etildi, – deydi olimpiada ishtirokchisi Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursanti Abdurazzoq Hasanov. – Bu kabi musobaqalar mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga, kursantlarning esa o‘zaro tajriba almashishiga xizmat qiladi. Katta leytenant Dilshod RO‘ZIQULOV, “Vatanparvar”Muallif va Sherzod SHARIPOV suratga olgan
14 № 22 31-may VATANPARVAR 2024-yil Tanlov Ayni shu ma’noda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari hamda bir qator davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida tizimda xizmat qilayotgan harbiylar o‘rtasida an’anaviy tarzda “Yangi O‘zbekistonning ibratli harbiy oilasi” shiori ostida ko‘rik-tanlov o‘tkazib kelinmoqda. Mazkur tanlovning hududiy bosqichida yuqori natijani qo‘lga kiritgan olti nafar harbiy oila respublika bosqichida bellashish uchun DXX Chegara qo‘shinlari boshqaruv apparatida jam bo‘ldi. Dastlabki shart “Tanishtiruv” deb nomlanib, unda qatnashchilar o‘z oilasini she’riy tarzda, kuy-qo‘shiq, raqs hamda videolavhalar yordamida batafsil tanishtirishi talab etildi. Ushbu shartni o‘zaro ahillik va hamjihatlikda, mahorat bilan uddalagan ishtirokchilar tanlovning ikkinchi shartida kundalik Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, elimizning go‘zal urf-odat va qadriyatlarini o‘zida asrovchi muqaddas maskandir. Sog‘lom oilada har jihatdan barkamol, yetuk hamda asl vatanparvar avlodlar voyaga yetadi. IBRATLI HARBIY OILA Oila jamiyatning qadriyatlarini o‘zida asrovchi muqaddas maskandir. Sog‘lom oilada har jihatdan uchinchi shart “Bilimdonlar bahsi” deb nomlanib, unda ijtimoiy, siyosiy va hayotiy mavzular bo‘yicha tayyorlangan savollarga javob berildi. Ko‘rik-tanlovning ikkinchi kuni “Toshkent dengizi” dam olish maskanida tashkil etilib, harbiy oilalar dastlab “Sport – salomatlik garovi” shiori ostidagi estafetada o‘zaro bellashdi. “Qisqa masofaga yugurish”, “Arg‘amchida sakrash” va “To‘pni savatga tushirish” shartlari nihoyatda qizg‘in kechdi. Sport musobaqalari yakuniga yetgach, tanlovning so‘nggi – “Oshga marhamat!” shartiga start berildi. Ushbu shartda oilalarning pazandaligi va saranjom-sarishtaligi sinovdan o‘tkazildi. Birin-ketin “Farg‘onacha”, “Xorazmcha parhezli osh”, “Surxondaryocha palov”, “Choyxona palovi” kabi nomlar bilan izohlangan oshlar tayyor bo‘ldi. Uch kun davom etgan ko‘riktanlovning taqdirlash marosimi tantanali tarzda tashkil etilib, unda so‘z olganlar bu kabi madaniy tadbirlar harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari o‘rtasida sog‘lom muhitni ta’minlashda, shuningdek keng dunyoqarash va tafakkurga ega barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarning yakuniy natijalariga ko‘ra, ko‘rik-tanlovda faxrli 3-o‘rinni Jizzax viloyatidan tashrif buyurgan Satipovlar oilasi egallagan bo‘lsa, 2-o‘rin Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidan kelgan Ergashevlar oilasiga nasib etdi. DXX Chegara qo‘shinlari harbiy gospitali nomidan ishtirok etgan Abdulhaqovlar oilasi esa “Eng ibratli harbiy oila” deya e’tirof etildi. – Musobaqaga astoydil tayyorgarlik ko‘rdik. Barcha shartlarni turmush o‘rtog‘im va farzandlarim bilan hamjihatlikda bajarishga harakat qilganimiz, intilishimiz o‘z samarasini berib, yuqori natijaga erishdik. Aslida, tanlovga kelgan barcha oilalar g‘oliblikka munosib. Chunki har bir oila o‘z mahorati va iste’dodini namoyish etish bilan birga respublikamiz hududlarining milliy koloriti, urf-odat va an’analarini juda go‘zal tarzda ifodalab berishga harakat qildi, – deydi tanlov g‘olibi Visola Abdulhaqova. Tadbir davomida taniqli san’atkorlar hamda DXX Chegara qo‘shinlari Ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfi yat ulashdi. Mayor Farida BOBOJONOVA DXX Chegara qo‘shinlari hayotda uchrab turadigan turli illatlar, oilaviy muammolar, “ommaviy madaniyat” xurujlari va spirtli ichimliklarni iste’mol qilishning salbiy oqibatlarini sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etib berdi. Mazkur jarayonda oila a’zolarining iste’dodi, uyushqoqligi, ayniqsa sahna ko‘rinishlarida farzandlarning ishonarli tarzda chiqishi barchaga birdek manzur bo‘ldi. Har bir oilaning tayyorgarlik darajasi, intilish va harakatlari hakamlar hay’ati tomonidan xolisona baholab borildi. Albatta, oilada keng dunyoqarash shakllangani, bilim, salohiyat va tafakkur yuqori darajada bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu ma’noda tanlov ishtirokchilarining zukkoligi va salohiyatini sinovdan o‘tkazuvchi palovi” kabi nomlar bilan izohlangan oshlar tayyor bo‘ldi. tanlovning taqdirlash marosimi tantanali tarzda tashkil etilib, unda so‘z olganlar bu kabi madaniy
31-may VATANPARVAR 2024-yil № 22 15 Дети – наше будущее Проходило это памятное торжество в уютном зале Государственного музея «Шон-шараф» Министерства обороны Республики Узбекистан, возвышающегося на территории мемориального комплекса «Парк победы», вместе с которыми отмечаем пятилетие со дня открытия по Указу Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева этого священного учреждения. На протяжении всего мероприятия надо было видеть реакцию зрителей, среди которых были и почетные гости: председатель Центрального совета по делам ветеранов Министерства обороны полковник в отставке Абубакир Наврузов, председатель Объединенного комитета профессионального союза служащих Министерства обороны полковник резерва Эти бессмертные поэтические строки из знаменитых песен «Пусть всегда будет солнце!» и «Бухенвальдский набат!» прозвучали во время показа театрализованно-концертного спектакля, подготовленного и представленного учащимися и педагогами школы НОУ «Eureka Education», расположенной в Юнусабадском районе города Ташкента. Учредителем данной школы является Фаррух Салиев, директор школы Аида Камилова, заместитель директора по учебно-воспитательной работе Альфия Абдуллаева – именно на ее плечи легла ответственность за подготовку и проведение незабываемого спектакля. Inson qadri uchun Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, Qurolli Kuchlar xizmatchilari hamda harbiy pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va muammolarini ijobiy hal etish maqsadida tashkil etilgan qabulda Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Bandlikka ko‘maklashish markazi, maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimlari va bir qator tashkilotlarning mas’ul mutaxassislari jalb etildi. Ochiq va shaff of tarzda o‘tkazilgan ushbu muloqot jarayonida har bir oilaning uy-joy masalasi, tibbiy Markaziy harbiy okrugning ma’naviyat va ma’rifat markazida okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Farrux Ziyabayev, Samarqand harbiy prokurori adliya polkovnigi Odil O‘sarov hamda Samarqand harbiy sudi raisi Bahriddin Axmedov boshchiligida sayyor qabul o‘tkazildi. xizmat ko‘rsatish, sanatoriylarga yuborish, xizmat joyini ko‘chirish kabi muammolari atrofl icha o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tildi. Shuningdek, harbiy xizmatchilarning turmush o‘rtoqlari bandligini ta’minlash hamda farzandlarini umumta’lim maktabi va maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirishdagi sun’iy to‘siqlar va duch kelinayotgan muammolar atrofl icha o‘rganilib, ijobiy hal etish masalalari ko‘rildi va murojaatchilarga huquqiy maslahatlar berildi. Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati «ПУСТЬ ВСЕГДА БУДЕТ СОЛНЦЕ!» iJtiMOiy hiMOya Алишер Клычев, а также председатель Ташкентского городского совета профсоюза работников государственных учреждений и общественного обслуживания Одилжон Настинов. Среди зрителей были учащиеся данной школы и их родители, которые впервые увидели своих детей в образах того или иного героя. До начала торжества все участники мероприятия осмотрели уникальные памятники, экспонаты, возложили цветы к монументу Зульфии – матери, которая потеряла всех пятерых сыновей в те суровые сороковые годы... «Невероятно нам повезло», говорили позже некоторые посетители музея, которые были в полном восхищении от увиденного и услышанного, не щадя ладоней аплодировали теплым словам гостей, певцам, таланту юных артистов, их наставников, всем организаторам этого торжества. Мероприятие было организовано за месяц до Дня защиты детей, который отмечается во всем мире. День защиты детей напоминает всему миру, что общее будущее всего человечества зависит от подрастающего поколения, соблюдение и уважение прав каждого ребенка влияет на формирование развитого и гуманного общества. Обратимся к истории: после окончания каждой из двух мировых войн в ХХ веке страны сталкивались с тем, что множество детей оставались сиротами, были лишены детства, становились беспризорниками – общество вынуждено было решать эти острейшие социальные проблемы. И неспроста праздник этот в первый день лета. Он учрежден в ноябре 1949 года в Париже решением конгресса Международной демократической федерации женщин. Разумеется, что для большинства детей праздник ассоциируется со счастливым началом летних каникул, возможностью отдохнуть, развлечься, заняться интересными делами. Международный день защиты детей – день, призванный привлечь внимание людей к проблемам, с которыми сталкиваются дети на всей планете. Данное мероприятие, и все, то, что было показано на сцене, вызывает восхищение: профессионально разработанный сценарий, выстроенная речь всех тщательно отобранных образов героев, танцевальные вставки, работа экрана, теплые выступления почетных гостей и солистов Центрального ансамбля песни и танца Вооруженных Сил Республики Узбекистан, продемонстрированные в течение одного часа, останутся в памяти, как самих участников мероприятия, так и педагогов, которые болели за своего ученика, и родителей, впервые увидевших их в образе того или иного героя. Даже зрители полностью были подчинены тому, что оживало на импровизированной сцене, они реагировали на каждое слово, мизансцену, фото на экране, подпевали песням. Именно накануне Международного дня защиты детей вновь вспомнились те памятные минуты общения с темой мира, на этот раз из уст детей – будущего нашей страны и всего человечества планеты Земля. Полковник в отставке Абубакир Наврузов, вспоминая тот день отметил: – Мы стали свидетелями высококлассного представления, которого показали наши прекрасные дети, талантливые, красивые, умные, благородные, те, кому вручаем будущее. Нет слов, чтобы высказать свое восхищение. И слова последней песни, где сказано, «Пусть всегда будет солнце, Пусть всегда будет небо, Пусть всегда будет мама, Пусть всегда буду я!» еще раз заставляют нас думать о мире не только сегодняшнего дня, но и будущих дней, годов, веков. Одилжон Настинов дополнил: – Все, кто был на сцене, готовы к защите Родины, кем бы мы не были, военнослужащий, наставник, ученик, учитель, какую бы должность и профессию не занимали, мы все обязаны выполнять свято, от души то, что дано каждому из нас. Хорошо выполнять свою работу, любить и быть преданным, достойным защитником Родины и народа. Начальник мемориального комплекса «Парк победы» полковник Шухрат Юсупов: «Как отметили все выступивщие и, главное, дети в образах своих героев, одна из ценностей народа Узбекистана не забывать свое прошлое, помнить его, почитать и уважать пожилых людей, ибо невозможно построить благополучное будущее, не зная нашей истории! «Ничто не забыто, никто не забыт!» – да, на сцене продемонстрирована главная цель этого исторического театрализованного, не побоимся так обозначить работу детей и педагогов спектакля, они смогли донести до всех нас несравненное мужество и стойкость народа, предупреждение нынешнему поколению, отмечающий всемирно 1 июня свой праздник – День защиты детей, для защиты которых мы, взрослые, вкладываем все свои знания и силы». Флора ФАХРУТДИНОВА
16 № 22 31-may VATANPARVAR 2024-yil Ma’naviyat avvalo oilada shakllanadi, ildiz otadi. O‘g‘il-qizlarga besh yoshgacha berilgan tarbiya umrining so‘ngiga qadar ta’sir etadi, deyishadi. Ota-ona nazoratida bo‘lgan bir yoshli bolakayga e’tibor bering. Nutqi shakllanmagan bo‘lsa-da, kattalarga salom berish yoki xayrlashish haqida so‘z ketganda, qo‘lchalarini beixtiyor ko‘ksiga qo‘yadi, qo‘lchalarini silkib xayrlashadi. Dasturxon atrofi da o‘tirganingizda, “Tegma!” degan buyrug‘ingiz qayta-qayta takrorlangach, dasturxondagi narsalarga imkon qadar qo‘l cho‘zmaslikka harakat qiladi. Bu bilan bolaning sabr-qanoati, diqqati, issiq-sovuqni, yaxshi-yomon narsalarni ajrata olishi, ota-ona so‘ziga itoat etishi tarkib topadi. Bir so‘z-la aytganda, ota-ona va kattalarga hurmati shakllanadi. Biroq “bola podshoh, qo‘yaver, istaganini qilsin, katta bo‘lsa, yo‘lingga solib olasan”, deguvchilar keragidan ortiq topiladi, desak, yanglishmaymiz. Rivoyatlarda keltirilgan tarbiyaviy ahamiyatga ega o‘git deyarli barchamizga tanish. Ya’ni tug‘ilganiga bir oy bo‘lgan chaqaloqni ota-onasi donishmand huzuriga olib boribdi. “Bolamiz yetuk inson bo‘lishi uchun qanday tarbiya berishimiz kerak, maslahat bersangiz”, deb so‘raganlarida, donishmanddan: “Tarbiya berishga kechikibsizlar, bir oy avval olib kelishingiz kerak edi”, degan javobni olibdi. Bu bejiz emas, albatta. Farzandlar ulg‘ayib borgani sari ularga beriladigan tarbiya ko‘nikmalari ham kengayib boradi. Shubhasizki, o‘z navbatida, o‘g‘il-qizlar talabi ham ortadi. Milliy tarbiyamizga ko‘ra, erta tongdan yuzini yuvib, o‘zidan kattalarga salom berish, dasturxon ne’matlariga kattalardan avval qo‘l uzatmaslik, palapartish ovqatlanmaslik, shoshilib turgan bo‘lsa-da, kattalardan ruxsat olib, o‘rnidan qo‘zg‘alish kabi bir qator qoidalar borki, bu o‘zligimizga xos qadriyatdir. Bu so‘zlar ayni fursatda kimgadir erish tuyulishi mumkin. Biroq bu qonun-qoidalarning barchasida kattalarga hurmat, ovqatlanish madaniyati, o‘zini tutish odobi mujassam. Bu ham ma’naviy tarbiyaning ilk bosqichlaridan biridir. Buyuk sarkarda Amir Temur bobomizning bir odati bor ekan. Ya’ni u qaysi bir xonadonda mehmonda bo‘lsa, imkon topib, o‘sha xonadonning oila a’zolari, farzandlari oldiga yozilajak dasturxonga e’tibor qaratar, farzandlarning o‘zini tutishi, muomalasiga qarab, o‘sha oilaga baho berar ekan. Demakki, oiladagi dasturxon tartibi, bekalarimizning bu boradagi did va pazandaligi, o‘g‘ilqizlarning dasturxon odobiga rioya qilishi oilaning ma’naviyatini belgilaydi. O‘g‘il-qizingiz ilk bora maktabga yo‘l olyapti. Bu quvonch va hayajon xotirangizga muhrlanib qolishi tayin. Shu ondan e’tiboran farzandingizni muallimustozlarga nisbatan hurmatda, sinfdosh Komil inson Ma’NaViyat NEGiZiDa VataNParVarLiK MUJaSSaM Insonning yetuk kamol topishida ma’naviyatning o‘rni beqiyos. Bilim va aql uning oltin kaliti, desak, arziydi. Chunki tafakkur va ma’rifatsiz insondan o‘zlikni anglash – Vatanga sadoqat, millatparvarlik, milliy qadriyat, yuksak axloqiy sifatlar, fi doyilik kabi ezgu tuyg‘ular talab etish qumga suv quygandek izsiz ketishi aniq. do‘stlari bilan ahil-inoqlikda, kitob va o‘quv qurollariga e’tiborli bo‘lishida, maktabiga intilib turishida sizning o‘rningiz beqiyos. Bu bolangizning mehr ila ilm olishi, mas’uliyatni his qilishi, ma’naviy kamolida salmoqli o‘rin tutadi. Bola ilm dargohiga mehr qo‘ydimi, ulg‘aygani sari fanlarni mehr ila o‘zlashtirib boradi. Ustozlari va albatta sizning sa’y-harakatingiz ila ona zamini tarixiga bo‘lgan qiziqishi, ona tiliga bo‘lgan muhabbati, dunyoni anglash uchun xorij tillariga bo‘lgan ishtiyoqi ma’naviyatining kengayishiga zamin yaratadi. Bu borada Turkiston jadidchilik harakatining yana bir ulkan namoyandalaridan alloma bobomiz Abdurauf Fitratning dono fi krini keltirishni istardim: “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolishi, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog‘liq”. Darhaqiqat, bolalikda olingan ma’naviy va ma’rifi y tarbiya: yaxshi xulq, to‘g‘riso‘zlik, or-nomus, vatanparvarlik, sadoqat, intiluvchanlik, kitobga mehr, pokizalik, xushmuomalalik kabi bir qator ezgu tuyg‘u va ezgu amallar toshga bitilgandek gap, ya’ni hayot to‘fonlarida yuvilib, yo‘q bo‘lib ketmaydi. Shubhasizki, bu insoniy fazilatlar farzandlarimizda shakllanishi, mustahkamlanib borishi uchun avvalo biz, kattalar ushbu talablarga rioya qilishimiz, bu borada ularga o‘rnak bo‘lishimiz kerak. Mana shu go‘zal ko‘nikmalarning barchasi kitoblardan joy olganini yaxshi bilamiz. Shu sabab bola telefonga tobe bo‘lib qolmasidan avval kitobga mehr qo‘ydirish lozim. Buning uchun oiladagi kattalar vaqt ajratishi shart. Ular hali harf tanimay turib, qiziqarli she’r va ertaklarni ifodali, ta’sirli qilib o‘qib berish o‘g‘ilqizlarning kitobga erta bog‘lanishiga, kitobsevar bo‘lishiga zamin yaratadi. Bu ezgu amallarda nafaqat ota-onalar, balki bobo-buvilarning ham o‘rni beqiyos. Ammo, afsuski, ko‘p oilalarda buning aksini ko‘rish mumkin. Onalar ishchixizmatchi bo‘ladimi yoki uy bekasimi, bolasi xarxasha qilmasligi uchun uning qo‘liga telefon tutqazib qo‘yadi. O‘z qo‘li bilan bolasining salomatligiga putur yetishiga va fi kran zaif bo‘lishiga yo‘l ochib beradi. Rang-barang va shovqinsuron bu ma’naviyatdan yiroq qo‘shiq va multfi lmlarga o‘rgangan o‘g‘il-qiz borki, kitobga mehr qo‘yish tugul, bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqi pasayadi. O‘g‘il-qizlar tarbiyasi haqida so‘z ketganda, ularni bee’tibor qoldirmaslik, telefon zararidan uzoqlashtirish, foydali mashg‘ulotlar bilan band qilish haqida ko‘p gapiramiz. Ota-onalar bolalar ulg‘ayib borgani sari qiziqishiga qarab, sport va turli to‘garaklarga, til kurslariga berishni afzal biladi. Bu o‘g‘il-qizlarning sog‘lom ulg‘ayishi, tafakkuri kengayishi va bilimli bo‘lishi uchun zarur albatta. Mana shu ezgu amallar qatorida ularni tabiatga mehr qo‘yishlari ham foydali mashg‘ulotlardan biri deb o‘ylayman. Ya’ni o‘g‘il-qizlarimiz ona zamin obodligiga ulush qo‘shish – gullar ekish, ko‘chatlar o‘tqazish qay darajada yoqimli, qiziqarli va savobli amallardan biri ekanini teran anglashlari lozim. Hovli ichiga yoki tashqarisiga, ya’ni ko‘chalar bo‘yiga, ko‘p qavatli uylar oldiga bolaning o‘z qo‘li bilan ekkan turli xil gullar va daraxt ko‘chatlarini o‘zi parvarish qilishini zimmasiga yuklash katta ahamiyat kasb etadi. Bu mas’uliyat ularning bo‘sh vaqti mazmunli o‘tishini ta’minlaydi, tabiatga mehr qo‘yadi, obodlikka ulush qo‘shganidan qalbida g‘urur tuyadi. Bu ham ma’naviy ulg‘ayish, ona yurti oldidagi burchini his qilishning bir ko‘rinishi. Ma’naviy kamolotni axloqiy tarbiyasiz tasavvur etish mushkul. Ayniqsa, Sharq allomalari bunga katta ahamiyat qaratgan. Shuningdek, mutafakkirlarning fi kriga ko‘ra, insonning odobi va xulqi uning ma’rifati, bilimdonligi bilan uzviy bog‘liq. Farzandlarimizni tarbiyalashda ularning o‘gitlariga rioya qilish qaysi bir davrda bo‘lmasin, katta ahamiyatga ega. Insoniylikni madh etgan mutafakkirlardan biri Sa’diy Sheroziy o‘z asarlarida axloqiy tarbiyani birinchi o‘ringa qo‘yadi. Farzandlarga yoshlikdan odob-axloqdan tarbiya berish joizligini ta’kidlaydi. Uning ushbu satrlari fi krimiz dalilidir: Kimgaki yoshlikdan berilmas odob, Ulg‘aygach bo‘ladi baxtsiz, dili g‘ash. Ho‘l novda egilar, qay xilda egsang, Quruqni to‘g‘rilar faqat o‘t-otash. Jadidchilik harakatining ilg‘or vakillaridan bo‘lgan ma’rifatparvar alloma Abdulla Avloniy mamlakat taraqqiyoti, davlatning qudratli bo‘lishi yosh avlod tarbiyasiga har jihatdan bog‘liq deb hisoblagan. “Yurt ravnaqi avvalo uning farzandlariga, ularning ma’naviy va jismoniy kamolotiga bog‘liq. Ilm va ezgu g‘oya ruhida tarbiyalangan kishidagina Vatan tuyg‘usi shakllanadi, ona yurti va ona tiliga muhabbat uyg‘onadi, sadoqat qaror topadi. Bu fazilatlarsiz komil insonni tasavvur etib bo‘lmaydi”, degan fi krni ilgari suradi. Ma’naviy komillikka erishish haqida uzoq so‘z yuritish, allomalarimizning fi krini ko‘plab keltirishimiz mumkin. So‘zimizni muxtasar qilib, yana millatparvar olim Abdurauf Fitratning so‘zlariga yuzlanamiz. Alloma “Rahbari najot” asarida yosh avlodni tarbiyalash to‘g‘risida quyidagi fi krlarni bildirgan: “Dunyo kurashning umumiy maydoniga o‘xshaydi va bu maydonning buzruk pahlavonlari insonlardir. Bu kurashda g‘olib chiqish uchun uch xil qurolga ega bo‘lish kerak. Birinchisi – salomatlik, ikkinchisi – sog‘lom fi kr, uchinchisi – axloqi sano (oliy axloqiylik). Bolalarni barkamol qilib voyaga yetkazish uchun uning tarbiyasiga faqat oilagina javobgar bo‘lmasdan, butun millat ahli javobgardir”. Darhaqiqat, istiqbolimiz egalarining ma’naviy kamol topishiga barchamiz mas’ulmiz. Zero Vatanimiz taqdiri, mamlakatimiz taraqqiyoti, milliy qadriyatlarimiz ustuvorligi yo‘lida fi doyi bo‘lmoqlik sharafdir. Zulfi ya YUNUSOVA, “Vatanparvar”
31-may VATANPARVAR 2024-yil № 22 17 (voqeiy hikoya) Turmush chorrahasi Erta bahor o‘shanda. Daraxtlar asta-sekin gulga kirayotgan mahal. – Seni o‘sha qo‘shni qishloqlik Xudoyor akaning o‘g‘liga non sindirdik, – dedi onasi hovlida kir yuvib o‘tirgan O‘g‘iloyga. O‘g‘iloy indamadi. Faqat kayfiyati tushib, ko‘zlari yoshlandi. Axir boshqa iloji ham yo‘q-da. Uyda otasi nima xohlasa, shu bo‘ladi. – Nega yig‘laysan, tentak qiz? Bu har bir qizning boshida bor savdo. U yigit nari borsa, sendan olti-yetti yosh katta. Haytovur cholga bermayapmiz-ku, juvonmarg. Onasi O‘g‘iloyning boshiga qo‘lini niqtadi: – Otang aytdi, o‘zi ham eshitsin, keyin ko‘zyosh qilib yurmasin dedi. Hojar buvi teskari burilib, uyga kirib ketdi. O‘g‘iloyning endi rostakamiga xo‘rligi keldi. Yuragiga vahima aralash qo‘rquv oraladi va oyoq uchlariga dovur muzlab ketdi. Axir O‘g‘iloy u yigitning ismini ham bilmasa, tanimasa, o‘zini bir marotaba ko‘rmagan bo‘lsa, qanday qilib birga yashaydi?! O‘g‘iloy shularni o‘ylar ekan, yuvayotgan kirlarini ham unutdi va ho‘ngrab yig‘lab yubordi… To‘y ham bo‘lib o‘tdi. Kelin-kuyov bir-birlarini birinchi marotaba chimildiqda ko‘rdi. Egamberdi qaddi-basti kelishgan, ko‘rkam yigit edi. U o‘zining xushmuomalaligi bilan birpasda O‘g‘iloyning mehrini qozondi. Ular birbirlarini juda ardoqlashardi. Balki, to‘ydan keyingi sevgi deganlari shudir. – O‘g‘iloy, men sensiz avval qanday yashagan ekanman-a? – der edi Egamberdi har gal xotiniga mehr bilan termilib. – Men ham… – derdi O‘g‘iloy uyatdan qizarib. Keyin xonani Egamberdining jarangdor kulgisi to‘ldirardi. Ammo dunyo dunyo bo‘libdiki, mehrmuhabbat, vafosadoqat kabi yuksak tuyg‘ular qarshisida hijron va ayriliq ham birga yashaydi. 1941-yilning yozi el-u yurtga qayg‘u-alam keltirdi. Xalq halovatidan ayrildi. Ota-onalarning qaddi bukildi, kelinchaklar dimog‘idagi isiriq hidi achchiq dudga aylanib, ko‘zlaridan shashqator yoshlar oqizdi. Bolalar bir kunda ulg‘ayib, og‘ir tirikchilik xurjunini bo‘yinlariga osdilar. Kunlar keldiki, O‘g‘iloyning eshigini ham taqdirning “qora qo‘li” chertdi. Xonadon sohibi Egamberdiga chaqiruv qog‘ozi keldi, u ham boshqalar qatori urushga otlandi. Ketar kuni O‘g‘iloyning ma’yus ko‘zlariga boqib: “Yig‘lama, o‘g‘limga ehtiyot bo‘lgin, men albatta qaytaman!” deya peshonasidan o‘pdi. O‘g‘iloy chillali Toshpo‘latini bag‘riga bosib qolaverdi. Shundan so‘ng u ham boshqa qishloq ayollari singari dalada ter to‘kib mehnat qildi. Bug‘doy o‘rdi, paxta terdi. Kechalari urchuq yigirib, tirikchiligini o‘tkazdi… Tun. Sukunat. Osmon to‘la yulduzlar, bir chekkada iymanib turgan oy yetti xil pardasini tunga ko‘z-ko‘z qiladi. Hovlidan anqib turgan yoqimli rayhon hidi daydi yellar qanotida derazadan oshib xonaga kiradi. Ichkaridan esa urchuq yigirib o‘tirgan ayolning dardli xonishi eshitiladi. Uning tili emas, yuragi kuylayotgandek go‘yo: Qaynar daryo, qaynab oqqin-o, aylanayin, O‘zaningni kenglab oqqin-o, aylanayin, Ko‘nglimdagi dardlarimni senga so‘ylayin, G‘amlarimni tinglab oqqin-o, aylanayin. O‘g‘iloyning suyangani beshik, kuylagani mungli, sog‘inch to‘la qo‘shiq bo‘ldi. Egamberdi urushga ketganidan so‘ng undan faqat bir martagina xat keldi. Xatida u hali tayyorgarlik ko‘rayotganliklarini yana bir haftadan so‘ng urushga kirishi haqida yozib, o‘zining harbiy kiyimda tushgan rasmini ham yuborgan edi. Shundan so‘ng birovga umidilinj, birovga ayanchli fojia xabarini yetkazadigan xat tashuvchi bola “tiq” etsa eshikka termilgan O‘g‘iloyning ostonasini boshqa bosmadi. O‘g‘iloyning ko‘zlari yo‘lda, qo‘llari duoda, kaftlari yuzida qoldi. Lekin Egamberdidan birorta xabar bo‘lmadi... U har tong uy ishlarini teztez bitiradi-da, dalaga otlanadi. Dalada o‘zi bilan tengdosh, darddoshlarini ko‘rib, ular bilan suhbatlashib ko‘ngli biroz bo‘lsa-da, taskin topadi. Uyga kelgach esa kun sayin voyaga yetayotgan kichkintoy Toshpo‘lat bilan ovunadi. Qaynonasi juda mehribon ayol edi. U nevarasini yer-u ko‘kka ishonmasdi. O‘g‘iloy kuni bilan dalada bo‘lgani bois Toshpo‘latni oq yuviboq taradi. Bolasi to‘rt yoshga to‘lganda, qaynonasi negadir kasallikka chalinib, yotib qoldi. Qishloq joy. Kasalxona uzoq. Shunday vaqtda kelinning joniga qishloq do‘xtiri Solijon aka oro kirdi. U bergan dorilar sabab qaynonasi besh kunda oyoqqa turdi. Lekin baribir umri qisqa ekan, bir kuni kechasi uyquga yotdiyu, ertalab uyg‘onmadi. O‘g‘iloyning bir dardi ikki bo‘lib, yig‘lagancha qolaverdi... Yillar daryo yang‘lig‘ oqib o‘tdi. Toshpo‘lat voyaga yetib, onasi O‘g‘iloyning qanotiga kirdi. Uy-joyli, bola-chaqali bo‘ldi. Lekin O‘g‘iloy Egamberdini bir umr unutmadi, ko‘p yillar yo‘liga ko‘z tikib yashadi. Ba’zan nabiralariga u haqda to‘libtoshib gapirib qolgudek bo‘lsa, o‘yinqaroq bolalar bobolarini ko‘rmagani sabab kulib qo‘ya qolishar, yolg‘iz o‘g‘ligina ko‘zlari mungga to‘lib, otasini yod etardi. Ha, kampirning gul yoshligi kutish bilan o‘tdi. Lekin unga buning sira og‘irligi tushmagan, chunki yuragida ilinj so‘nmagan. Shukr, o‘g‘li o‘zidan ko‘paydi, aziz kishisining o‘rni bo‘sh emas. Ellik yil. Bu yillar ayolning anor yuzlariga ellik ming chiziq tushirdi, qalbiga ellik ming sog‘inch soldi, ko‘zlaridan ellik ming yoshlar oqizdi. Mana, shunday paytda unga dilbandi esh bo‘ldi, suyanchi, yorug‘ yuzi bo‘ldi. Otasining haqqiga duo qilishni kanda qilmaydi, omon bo‘lgur. Kampir yerdan ko‘zini olib yiroqlarga tikildi. Olisdagi tog‘lar yanayam yiroqda ko‘rindi unga. – Katta ena! – ro‘parasida kampirning nevara kelini qo‘lida ikkita chelakni ko‘tarib, unga qarab turardi. – Baxtiyorjonni beshikka belagan edim, qarab turasizmi? Men ariqdan ikki chelak suv olib kelmoqchi edim. “Ha, shunisiga ham shukr! Olloh menga nevarani ham, chevarani ham ko‘rishni nasib etdi”. Kampir biroz yengil tortdi. Kelin katta enasining sukunatidan sarosimalandi. Endi og‘iz juftlab gapirmoqchi bo‘ldi-yu, kampirning qo‘zg‘alganini ko‘rib, nari ketdi. – Xudoyim, ko‘rsatgan kuningga shukr, – kampir ayvondan pastga tushib, hassasini yerga botirdi. Shu dorilamon kunlarga yetkazganiga, ko‘ksidagi ilinj so‘nmaganiga shukrona aytdi. Ko‘zi bilan ko‘rmagunicha ayriliqqa ishonmas ekan odamzod. Axir u ham Yaratganning ojiz bir bandasida… Daraxt shoxlaridagi chumchuqlar yana ayvonga yopirildi. Kampir ortiga bir qaradi-yu, yuziga tabassum yugurdi. Uning yuragidagi umid uchqunlari yana bir karra miltillagandek, ko‘zlari chaqnadi va asta-sekin zinalardan ko‘tarilib, uyga kira boshladi… Gulnora HOJIMURODOVA
18 № 22 31-may VATANPARVAR 2024-yil Dzyudo SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SHOHSUPA (xabarlar) BAAning Abu-Dabi shahri dzyudo bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qildi. Asosiy tarkibi Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi (MVSM) vakillaridan iborat bo‘lgan terma jamoamiz mazkur dunyo birinchiligini ikkita medalga sazovor bo‘lish bilan yakunladi. Yoshlarimiz esa Portugaliyada o‘tkazilgan “European Cup – 2024” turnirida qatnashib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Rasul JUMAYEV Dzyudo bo‘yicha bu yilgi dunyo birinchiligi “Parij – 2024” yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘lida eng yirik reyting ochkolarini taqdim etadigan musobaqa hisoblangani bois unda sayyoramizning 107 mamlakatidan 658 nafar sportchi qatnashdi. Bellashuvlar shunga yarasha murosasiz va shiddatli kechdi. Yangicha formatda o‘tkazilgan musobaqaning ilk kungi saralash bellashuvlarida 3 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Yurtimiz sport sharafi ni -52 kg vazn toifasida Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi vakili Diyora Keldiyorova himoya qildi. “Katta dubulg‘a” turnirlarida g‘oliblikka erishgan birinchi ayol dzyudochi sifatida yurtimiz sporti tarixidan joy olgan Diyora bu yilgi jahon chempionatida ham sovrindor bo‘ldi. U BAAdagi dunyo birinchiligining saralash bellashuvlarida dastlab xorvatiyalik Anna Viktoriya Pulizni, so‘ng argentinalik Sofi ya Fiorani mag‘lub etdi. Chorak fi nalda shveysariyalik Binta Ndiaye, yarim fi nalda dzyudo vatani vakili yaponiyalik Hibiki Shiraishidan ustun keldi. Shu tariqa XIX Osiyo o‘yinlari g‘olibi, Granpri va “Katta dubulg‘a” turkumidagi nufuzli musobaqalarda ko‘plab sovrinlarga egalik qilgan armiyamiz sportchisi Diyora Keldiyorova faoliyati davomida ketma-ket ikkinchi bor jahon chempionatining fi nalida kurashadigan bo‘ldi. Zero Diyora o‘tgan yili Qatarda o‘tgan jahon chempionatida ham fi nalga chiqib, kumush medalni qo‘lga kiritgan edi. Keldiyorova bu yilgi dunyo birinchiligi fi nalida Olimpiya o‘yinlarining ikki karra sovrindori italiyalik Odette Juff ridaga qarshi tatamiga chiqdi. Chempionlik uchun bahs qiziqarli kechdi va u Juff ridaning g‘alabasi bilan yakunlandi, hamyurtimiz esa o‘tgan yilgidek yana 2-o‘rin bilan cheklandi. Ushbu natija Diyoraga jahon va Olimpiada reytingi uchun 1 400 ochko taqdim qildi. Dunyo birinchiligining keyingi kungi bahslarida tatamiga chiqqan aksariyat dzyudochilarimizning biroz omadi yurishmadi. Faqat eng og‘ir vazn toifasida bellashgan terma jamoamiz a’zosi Alisher Yusupov (+100 kg) yakunda sovrindorlar safi dan joy oldi. Hamyurtimiz 3-o‘rin uchun bahsda 2022-yilgi jahon chempioni kubalik Endi Grandani mag‘lubiyatga uchratdi va faoliyati davomida ikkinchi bor dunyo birinchiligining bronza medali bilan taqdirlandi. Jahon chempionatining aralash jamoaviy dasturida qatnashgan dzyudochilarimiz ham yakunda sovrindor bo‘lishga yaqin bordi. Biroq vakillarimiz 3-o‘rin uchun bahsda Italiya terma jamoasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa bu yilgi dunyo birinchiligi dzyudochilarimiz uchun Diyora Keldiyorovaning (-52 kg) kumush va Alisher Yusupovning (+100 kg) bronza medali bilan nihoyasiga yetdi. Jahon chempionatida Yaponiya terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Gruziya terma jamoasi 2 ta oltin, bittadan kumush va bronza medal bilan 2-o‘rinni band etgan bo‘lsa, Janubiy Koreya 2 ta oltin, 3 ta bronza evaziga kuchli uchlikka yakun yasadi. O‘zbekiston terma jamoasi esa bittadan kumush va bronza medal bilan umumjamoa hisobida 11-o‘rindan joy oldi. Portugaliyada o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi “European Cup – 2024” turnirida esa vakillarimiz yanada muvaff aqiyatli qatnashdi – yakunda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi umumjamoa hisobida g‘oliblikka erishdi. Ushbu musobaqada yoshlarimizdan, ayniqsa, Arturbek Ibodullayev, Dilshod Karimov, Muhammadjon Masharipov, Inoyat Telmanov, Inomjon Bahodirov va Muhammadali Sa’dullayev yurtimiz dzyudosining yuksak kelajagini dunyoga namoyish etgan holda o‘z vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Finalga qadar muvaff aqiyatli bellashgan Dinora Hasanova va Zuhra Alimova kumush medalga sazovor bo‘ldi. Musulmonqul Ahrorov hamda Intizor Uzoqboyeva bronza medal bilan cheklandi. Shu tariqa O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 6 ta oltin, 2 tadan kumush va bronza, jami 10 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida 23 davlat o‘rtasida 1-o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikdan Braziliya va Fransiya yoshlar terma jamoalari joy oldi. Shuni alohida ta’kidlash joiz, dzyudochilarimizning jahon chempionati hamda “European Cup – 2024” turnirida erishgan bu muvaffaqiyatlari yurtimiz sporti rivojining yangi bosqichidan, navqiron avlod kamol topayotganidan darak beradi. Bu voqeliklar yosh avlodning qalbi hamda ongi uchun kurash yurtimizda kuchayib borayotgan hozirgi murakkab sharoitda, o‘z navbatida, yoshlar qalbida muqaddas Vatan tuyg‘usini shakllantirishda o‘ta muhim. Barakalla, dzyudochilar! Barakalla, yoshlar! YENGIL ATLETIKA Poytaxtimizda yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan VI “G.Arzumanov Memorial” xalqaro turnirida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 12 ta oltin, 11 ta kumush, 17 ta bronza, jami 40 ta medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu muvaff aqiyatga Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi (MVSM) vakillari ham munosib ulush qo‘shdi. Jumladan, armiyamiz sportchisi Shohrux Davlatov 10 000 metrga yugurish bahslarida g‘olib chiqib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. SUZISH AQShning Indianapolis shahrida suzish bo‘yicha o‘tkazilgan “INDY MAY CUP – 2024” musobaqasida sportchimiz Ilya Sibirsev oltin medalga sazovor bo‘ldi. Ilya musobaqaning 400 metr masofaga erkin usulda suzish bahslarida 3:48.57 natija qayd etib, marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Shuni ta’kidlash lozim, Sibirsev ushbu natijasi orqali mamlakatimiz rekordini ham yangiladi. OG‘IR ATLETIKA Peru poytaxti Lima shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Yoshlarimiz mazkur dunyo birinchiligini 2 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronza medalni qo‘lga kiritish bilan yakunlashdi. Xususan, Ruslan Rahmatjonov 2 ta oltin, bitta kumush medalga sazovor bo‘ldi. Omadillo Olimov (+102 kg) esa dast ko‘tarishda 150 kg, siltab ko‘tarishda 195 kg va ikkikurashda 345 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirgan holda 3 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi. FUTZAL Samarqand shahridagi Registon maydonida yurtimizda ilk bor o‘tadigan futzal bo‘yicha jahon chempionatining guruh bosqichiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, “A” guruhidan joy olgan O‘zbekiston futzal terma jamoasi Paragvay, Kosta-Rika va Niderlandiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Jahon chempionati 14-sentabr kuni O‘zbekiston va Niderlandiya jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan boshlanadi. 6-oktabrga qadar davom etadigan musobaqaga Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlari mezbonlik qiladi. SPORT KURASHLARI Qirg‘izistonda o‘tgan sport kurashlari bo‘yicha Osiyo litsenzion turniri yurtimiz sporti uchun tarixiy natija bilan yodda qoldi. O‘zbekiston delegatsiyasi ilk bor ayollar kurashi dasturida Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan bo‘ldi. Hamyurtimiz Aktenge Keunimjayevaning bu natijasi mamlakatimizda xotin-qizlar sportining rivoji yangi bosqichga chiqayotganidan yana bir dalolat. PARA YENGIL ATLETIKA Yaponiyaning Kobe shahrida bo‘lib o‘tgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida dunyoning 103 ta mamlakatidan mingdan ortiq para atlet ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza, jami 13 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya, Hindiston va Eron kabi yetakchi davlatlarni ortda qoldirgan holda 3-o‘rinni egalladi. Mazkur tarixiy natijani qo‘lga kiritgan para yengil atletikachilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. SHOHSUPA NaVQirON aVLOD yUtUQLari
31-may VATANPARVAR 2024-yil № 22 19 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni Ulug‘bek bilan suhbatimiz ko‘ngilli kechdi. Gap-so‘zlari yoqimli, yuz-ko‘zlaridan samimiyat va beg‘uborlik ufurib turgan bu bola ayni vaqtda V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabida tahsil oladi. Maktabning a’lochi o‘quvchilaridan. Ustozlari bejiz uni maktab faxri deya boshqalarga o‘rnak qilib ko‘rsatishmaydi. Zero yosh san’atkor Ulug‘bek Raxmanovning shu kungacha erishgan muvaff aqiyatlari e’tirofga sazovor. Yana bir e’tiborga molik jihati, u harbiylar oilasida kamolga yetayotgan iqtidor sohibidir. Uning otasi podpolkovnik Sanjar Raxmanov Qurolli Kuchlar safi da xizmat qiladi. Musiqaning ohanrabosi Kuy yurak tug‘yonlaridan yaraladi. Uni tinglaganda ko‘ngilga taft -u harorat boradi, mehr boradi, muhabbat boradi. Shu bois qaysi cholg‘u asbobida bo‘lmasin, undan taraladigan kuyning jozibasi insonni o‘ziga mahliyo qiladi va beixtiyor siz ham ushbu musiqa sehridan mast bo‘lib, bir dam hayot g‘amtashvishlarini unutasiz, o‘zingizni go‘yoki o‘zga bir olamga kirib qolgandek his qilasiz. Ulug‘bek kuy ijro etganida Sanjar aka bilan Umida opa ham ana shunday holatga tushadi. Ha, Ulug‘bek mahoratli ijrochi. Bu e’tirofni uning ustozlari botbot ta’kidlashadi. Farzand haqida yaxshi gap eshitish yoqimli. Ana shu damlarda ota-onaning ko‘ngli osmon qadar yuksaladi. Ayniqsa, har gal o‘g‘li haqida biror iliq gap eshitgan Umida opaning ko‘z o‘ngida uni o‘tgan yili ilk bor musiqa maktabiga yetaklab borgan kun jonlanadi. O‘shanda maktabda farzandini imtihon qilgan o‘qituvchi “Bu DUNyOGa bO‘yLayOtGaN iStE’DOD “U sahnani sevadi. Ko‘pchilik bolalar sahnaga chiqqanda hayajonlanib qo‘rquvga tushsa, Ulug‘bekda aksincha, u sahnada “ochiladi”, kuyni ham, qo‘shiqni ham maromiga yetkazib ijro etadi. Har gal uning bu holatini kuzatar ekanman, o‘g‘lim san’atkor bo‘lish uchun tug‘ilgan degan fi kr xayolimdan o‘tadi. Siz ham bir uning xalqaro musobaqalardagi ishtirokini kuzatib ko‘ring-a”. Umida opa yuborgan videolarni tomosha qilar ekanman, uning o‘g‘li xususida aytgan fi krlari nechog‘li to‘g‘ri ekaniga amin bo‘ldim. Shunday qilib bu iste’dodli bolakayga mehrim tushdi va u bilan suhbatlashishni dilimga tugib qo‘ydim... osmon qadar yuksaladi. Ayniqsa, har gal o‘g‘li haqida biror iliq gap eshitgan Umida opaning ko‘z o‘ngida uni o‘tgan yili ilk bor musiqa maktabiga yetaklab borgan kun jonlanadi. O‘shanda maktabda farzandini imtihon qilgan o‘qituvchi “Bu suhbatlashishni dilimga tugib qo‘ydim... bolakayda musiqani tez ilg‘ash qobiliyati bor ekan. Bu juda yaxshi. Astoydil shug‘ullansa, undan yaxshi musiqachi chiqishi mumkin”, degandi. Ayolning o‘shandagi quvonchini ta’rifl ashga so‘z ojiz. Musiqa maktabiga kirish imtihonlaridan muvaff aqiyatli o‘tgan Ulug‘bekni 1-sinfga qabul qilishdi. U fortepiano yo‘nalishida tahsil ola boshladi. – Ulug‘bek o‘sha vaqtgacha fortepiano chalgan emasdi. Shu sababli darslar qiyinchilik tug‘dirsa kerak degandik, – deydi Umida opa. – Chunki ustozlari aytishgandi-da cholg‘u asboblarini biror marta qo‘liga olmagan, ularni qanday chalishni bilmagan bolaning mashg‘ulotlarni o‘zlashtirishi biroz qiyin bo‘ladi deb. Lekin bu tabiiy jarayon ekan. Bu gapdan ko‘nglim ancha taskin topgan. Ishonasizmi, Ulug‘bek uch oyga yetmayoq fortepiano chalishni o‘zlashtirib oldi. Bora-bora uning musiqaga qiziqishi yanayam kuchaydi. Endi u maktabdan kelganidan keyin soatlab o‘tirib mustaqil mashq qiladigan bo‘ldi. Internet orqali Bax, Motsart, Kulau, Kovalevskiy kabi dunyoga mashhur bastakorlarning asarlarini topib, ijro etardi. Muhimi, qisqa vaqt ichida musiqani farqlay oladigan bo‘ldi. Ustozi Madina Bichkova uning bu iqtidoriga katta baho berganida dadasi ikkimiz o‘g‘limizni musiqa maktabiga o‘qishga berib xato qilmaganimizni angladik. “Sen hammadan zo‘rsan” O‘tgan yilning noyabr oyi edi. Ulug‘bekka Moskva shahrida 8–10 yoshli yosh ijrochilar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan “Art Moscow” xalqaro festivalida ishtirok etish mas’uliyati yuklandi. Xalqaro ko‘rik-tanlovda ishtirok etib, Vatan sha’nini himoya qilish... bu aytishga oson. Axir o‘ziga xos nufuzga ega bo‘lgan bu festival dunyoning turli burchaklaridan eng iste’dodli, mohir musiqachilarni jamlaydi. Fortepiano yo‘nalishida tahsil olayotganiga uch oygina bo‘lgan bolakayga ular bilan bellashish osonmas. Buni Sanjar aka bilan Umida opa juda yaxshi anglab turishardi. Lekin Ulug‘bek cho‘chimadi. Chunki ustozi Madina opaning: “Sen ham iste’dodlisan. Balki, ulardan ham yaxshiroq ijrochidirsan. Bu xalqaro tanlovda qatnashishni hammamiz istayapmiz. Yodingda bo‘lsin, bu maktabimizning senga bildirayotgan yuksak ishonchi. Sen uni oqlashing kerak. Shuning uchun o‘zingni chalg‘itma. Qiyinchiliklardan cho‘chima. Sen albatta uddalaysan! Men senga ishonaman”, degan daldasi unga kuch bergandi. Shu kundan boshlab, mashg‘ulotlarga ko‘proq e’tibor bera boshladi. Ustozi berayotgan saboqlarni qunt bilan astoydil o‘zlashtirishga kirishdi. Uyda esa mustaqil tayyorgarlikka zo‘r berdi. Muvaff aqiyat sururi …2023-yilning 10-dekabridan 2024-yilning 20-yanvariga qadar davom etgan “Art Moscow” xalqaro tanlov kutilganidek ajoyib bo‘ldi. Unda dunyoning turli burchaklarida istiqomat qiluvchi yuzdan ortiq yosh iste’dod sohiblari ishtirok etishdi. Ular safi da V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining 1-sinf o‘quvchisi Ulug‘bek Raxmanov ham bor edi. Ulug‘bek tanlovda mashhur bastakor K. Chernining etyudini mahorat bilan ijro etdi. Natija esa kutilganidek bo‘ldi: uning ijrosi hakamlar hay’ati tomonidan yuksak baholandi va 2-o‘ringa loyiq topildi! Muvaff aqiyatning sururi boshqacha bo‘ladi. U insonga kuch-quvvat beradi, qanot bo‘ladi, eng asosiysi, insonning o‘ziga ishonchini oshiradi. Ilk g‘alabadan katta taassurot olgan Ulug‘bekning ham musiqaning sir-asrorlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi yanayam ortdi va mana shunday ishtiyoq bilan joriy yilning mart oyida mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan “Образ музыки” (“Musiqa tasviri” – “Musical image”) xalqaro ko‘rik-tanloviga tayyorgarlikni boshlab yubordi... “Образ музыки” (“Musiqa tasviri” – “Musical image”) xalqaro ko‘rik-tanlovida fortepiano yo‘nalishi bo‘yicha bastakor Fridrix Kulauning 1-Sonatasini ijro etgan Ulug‘bekka bu gal ham omad kulib boqib, faxrli 2-o‘rinni egalladi. Yosh musiqachining bu yutug‘i uning ijrochilik mahorati oshayotganidan, san’ati sayqal topib borayotganidan dalolat beradi. Bu jarayon o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi, albatta. Uning zamirida ustozlarning mashaqqatli mehnati, mehri, e’tibori bor. Zotan, qalb qo‘ri, ko‘z nurini ertamiz egalarining ta’lim-tarbiyasiga bag‘ishlagan bu zotlar ma’rifat yo‘lini ezgulik yo‘li deb bilishadi va bu yo‘lda tinimsiz zahmat chekib halovatidan kechadi. Aslida, bu ham buyuk jasorat. Shu bois ustozlarning sha’niga faqat va faqat iliq gaplar aytiladi. – Shunday ko‘rik-tanlovlar sabab musiqiy bilimim mustahkamlanyapti. Men uchun eng muhimi shu, – deydi Ulug‘bek kattalardek salmoqlab. – Men avvalo ustozim Madina Bichkovaga katta rahmat aytaman. Erishayotgan yutuqlarimda ustozimning hissasi katta. Ulardan minnatdorman. Chunki musiqaning sir-asrorlarini mana shu insondan o‘rgandim. Madina opa dunyodagi eng yaxshi ustoz. Ular mashg‘ulotlarni qiziq o‘tadi. Shuning uchun dars qilishdan hech qachon zerikmayman, fortepiano chalishni chin dildan yoqtirib qolganman. Har doim biror-bir yangi kuyni chalishni o‘rgansam, ustozimning yuzida mamnuniyatni ko‘raman. Shuning uchun ustozim bergan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishga, ularni ranjitmaslikka harakat qilaman. Men ularni har doim yutuqlarim, muvaff aqiyatim bilan quvontirsam, deyman. – Kelajakda qaysi kasbni egallamoqchisiz? – so‘rayman suhbatdoshimdan. – Albatta, san’atkor bo‘laman. Musiqa maktabini tamomlab, O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘qishni orzu qilaman. Qo‘shiq aytishga ham qiziqaman. Ayni vaqtda mustaqil ravishda vokal to‘garagiga boryapman. Qo‘shiq kuylash oson emas ekan. Chunki fortepianoda barmoqlar harakati muhim bo‘lsa, vokalda ovozni to‘g‘ri yo‘naltirish muhim. Mashg‘ulotlar murakkab, lekin qiziqarli bo‘lyapti. Bundan ayniqsa dadam xursand. Chunki ular ham qo‘shiq aytishga qiziqadi. Chiroyli ovozi bor. Aytishlaricha, kichkinaligida qo‘shiq kuylagan ekan. Shuning uchun dadam doim: “O‘g‘lim, mening qiziqishim senda bo‘y ko‘rsatdi”, deydi. Bundan xursand bo‘laman. – Mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtlaringizda nima bilan shug‘ullanasiz? – Bo‘sh vaqtlarim bo‘lmaydi. Chunki ko‘p vaqtim dars tayyorlashga ketadi. Beriladigan topshiriqlarni besh-olti soat mashq qilishimiz kerak. Agar bo‘sh vaqtim bo‘lsayam, ko‘pincha internet orqali mashhur bastakorlarning asarlarini topib, tinglab o‘tiraman, keyin ularni ijro etaman. – Bir xil mashg‘ulotning har kuni takrorlanishi zerikarlimasmi? – Yo‘q, umuman zerikmayman. Vaqt qanday o‘tganini sezmayman... Ulug‘bek bilan mazmunli suhbat qurdik. Kattalardek mulohazali, niyatlari, maqsadlari ulug‘ bu bolakay o‘z tengdoshlariga har tomonlama o‘rnak bo‘la oladi. O‘zbek musiqa san’ati kelajagi, rivoji mana shunday iste’dodli avlod zimmasida ekanligi ko‘nglimizni nurafshon qiladi. Zero yurtning yorug‘ va buyuk ertasini shunday o‘g‘il-qizlar yaratadi. Podpolkovnik Gulnora HOJIMURODOVA
20 № 22 31-may VATANPARVAR 2024-yil Salomatlik Salomatlik Ushbu yuqumli kasalliklarning har birini ma’lum bir turdagi mikroorganizmlar, ya’ni bakteriyalar yoki viruslar keltirib chiqaradi. Kasalliklar kelib chiqish sabablarining klinik belgilari bir-biridan farq qilsa-da, ularning umumiy o‘xshashliklari mavjud. Yuqumli oshqozonichak kasalliklarini infeksiya qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar keltirib chiqaradi. Ushbu kasalliklarga ichburug‘ (dizenteriya), koli-infeksiya, salmonellyoz, ich terlama (qorin tifi ) va paratifl ar, oziqovqat toksikoinfeksiyalari (ovqatdan zaharlanishlar), virusli gepatitlarning A va Е turlari, vabo kabi kasalliklar kiradi. qilsa-da, ularning umumiy o‘xshashliklari mavjud. OShQOZON-iChaK KaSaLLiKLariDaN SaQLaNiNG Kasallikni qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar inson tanasiga og‘iz orqali tushadi hamda oshqozon va ayniqsa, ichak yo‘lida ko‘payadi va ularning devorlarini yallig‘lantiradi. Kasallik qo‘zg‘atuvchilari o‘zidan toksin, ya’ni zahar ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lib, butun tananing zaharlanishiga sabab bo‘ladi. Mikroorganizmlar juda mayda mavjudotlar bo‘lib, ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Ular inson tanasidan tashqarida ham yashash qobiliyatini saqlab qoladi. Suv, sut va sut mahsulotlari, go‘sht mahsulotlari, sabzavot, mevalar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, mikroblarning yashashi va ko‘payishi uchun qulay sharoit hisoblanadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar yuqori darajadagi issiqlik, ultrabinafsha nurlari va dezinfeksiyalovchi vositalar ta’sirida o‘ladi. Mikroblar og‘iz orqali odam organizmiga tushishi bilanoq kasallik boshlanmaydi. Ma’lum muddatgacha kasallikning belgilari yuzaga chiqmaydi. Lekin bu vaqt mobaynida mikroblar ichakda ko‘payadi, toksinlarni ishlab chiqara boshlaydi. Bu muddat kasallikning yashirin davri deyiladi va o‘rtacha bir necha soatdan 7–10 kungacha davom etishi mumkin. Ko‘p hollarda yashirin davrining davomiyligi ichakka tushgan mikroblar soniga, ularning biologik xususiyati va odam organizmining kasallikka qarshi kurashuvchanlik qobiliyatiga bog‘liq. Odam organizmi qanchalik kurashuvchan bo‘lsa, kasallik shuncha yengil kechadi. Kasallikning yashirin davri tugagandan so‘ng har bir kasallik o‘ziga xos belgi va alomatlar bilan namoyon bo‘ladi. Barcha oshqozonichak kasalliklari uchun xos bo‘lgan umumiy belgilar quyidagilardan iborat: darmon qurishi, lohas bo‘lish, tana haroratining ko‘tarilishi, bosh og‘rishi, ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketish hollaridir. Surunkasiga ich ketishi va qusish tananing suvsizlanishiga olib kelishi mumkin. Tanadan suv bilan birga mineral tuzlar ham chiqib ketishi oqibatida tana quriy boshlaydi, bemor ozadi. Suvsizlanish yurak va miya faoliyati hamda qon aylanishining keskin buzilishiga olib keladi. Kasallikning noxush oqibatlaridan yana biri bu ichak devorlarida teshilish xavfi ning mavjudligidir. Jumladan, qorin tifi , paratif va ichburug‘ kasalligini keltirib chiqaruvchi mikroblar ichak devorlarini yallig‘lantiribgina qolmay, balki yara hosil qiladi, buning oqibatida ichak devori teshilishi xavfi paydo bo‘ladi. Aksariyat hollarda katta yoshdagi odamlarda kasallik klinik belgilarsiz o‘tadi, lekin ularning najasi, siydigi, so‘lagi va boshqa ajratmalari bilan birga kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar tashqi muhitga ajralib chiqadi. Bunday kishilar tibbiyotda “sog‘lom tashuvchilar” deb ataladi. Yuqumli oshqozon-ichak kasalliklari sog‘lom kishilarga kasallikning yengil, yashirin shaklini boshdan kechirayotgan bemordan yoki kasallikning yaqqol shaklini boshdan kechirayotgan bemorlardan hamda tashqi ko‘rinishidan sog‘lom bakteriya (yoki virus) tashuvchilarning ajratmalari orqali yuqadi. Ular kasallik manbayi sifatida tibbiyotda “xavfl i guruhlar” deb ataladi. Kasallikning yuqishida o‘ta yuqori xavfl i manbalar kasallikning yengil kechishi natijasida uni oyoq ustida o‘tkazayotganlar hamda ko‘rinishidan sog‘lom hisoblangan bakteriya tashuvchilardir. Bunday kishilar kasallanganini o‘zlari bilmagan holda ko‘pchilik bilan muloqotda bo‘ladilar, ehtiyot choralarini ko‘rmaslik oqibatida kasallikning yuqish xavfi yanada ortadi. Shuning uchun harbiy xizmatchilar orasida yuqumli oshqozonichak kasalliklarining belgilari (ko‘ngil aynishi, qusish, ichning suyuq ketishi) kuzatilganda darhol tibbiyot punktiga murojaat qilish lozim. Yuqumli oshqozon-ichak kasalliklari sog‘lom odamga asosan og‘iz orqali, ya’ni alimentar yo‘l bilan yuqadi, bunda kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari va ifl oslangan suvni iste’mol qilish jarayonida sog‘lom odamga yuqadi. Shu bilan birga kasallik maishiy muloqot yo‘li bilan ham yuqishi mumkin. Bunda kasallik xavfl i guruh kishilaridan oshxona, yotoqxona va boshqa sharoitlarda idish-tovoq, ko‘rpa-yostiq, kiyim-kechaklar va boshqa umumiy foydalanish buyumlari orqali yuqadi. Kasallikning tarqalishida hasharotlar, ayniqsa suvarak va pashshalarning ham o‘rni juda katta. Ular asosan hojatxona, axlatxonalarda tuxum qo‘yib yetiladi va ko‘payadi. Kasallikka chalinmaslik uchun avvalambor, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish lozim: – har kuni kechqurun – uyqudan oldin, ertalab – uyqudan so‘ng yuz-qo‘lni sovunlab yuvish va tishlarni tozalash lozim; – tishlarni tozalashda faqat shaxsiy tish cho‘tkalaridan foydalanish kerak; – hojatdan so‘ng va ovqatlanishdan oldin qo‘llarni sovunlab yuvish odat tusiga kirishi lozim; – qaynatilgan suvni yoki maxsus idishlarda sotiladigan suvni ichish kerak; – ochiq suv havzalarida cho‘milganda og‘iz orqali suv yutmaslik lozim; – faqat shaxsiy mochalka va sochiqdan foydalanishga odatlanish lozim; – ovqat qoldiqlarini ochiq joyda qoldirmaslik lozim, ishlatilgan idish-tovoqlarni esa yuvgandan so‘ng qaynoq suvda chayish tavsiya etiladi; – axlat chiqindilarni qopqog‘i zich yopiladigan idishlarga yig‘ish, uni kamida kuniga bir marotaba bo‘shatib, dezinfeksiyalovchi vositalar yordamida zararsizlantirish lozim; – pashshalar kirmasligi uchun uxlash xonalari, oshxona va hojatxona derazalariga maxsus simdan yoki sun’iy matodan ishlangan setka yoki doka tutish lozim; – hojatxonalarning devor va pollari tirqishsiz, eshigi jips yopiladigan bo‘lishi lozim. Ushbu tavsiyalarga rioya qilsak, nafaqat o‘zimizni, balki safdoshlarimiz sog‘lig‘ini ham himoya qilgan bo‘lamiz. Tibbiy xizmat katta leytenanti F. NIYOZOV, B. AXMEDOV, Mudofaa vazirligi Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi mutaxassislari
31-may VATANPARVAR 2024-yil № 22 21 Ogohlik Sayil Toshkent viloyatining Ohangaron tumani Yoshlar markazida vatanparvarlik sayli o‘tkazildi. Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari, harbiy pensionerlar ijtimoiy himoyasini ta’minlash, muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etishda harbiy prokuratura organlari va kuch tuzilmalari hamkorligida respublikamiz bo‘ylab o‘tkazib kelinayotgan sayyor qabullar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Mashg‘ulot davomida harbiy Sayyor qabul obyektlarda yong‘inga qarshi himoyani tashkil etish, yong‘in o‘chirgichlarning turlari va ulardan foydalanish tartibi, qo‘shinlardagi zamonaviy yong‘in o‘chirish avtomobillarining imkoniyatlari, shuningdek inson hayotiga xavf soluvchi turli omillardan aholini muhofaza qilish hamda yoz mavsumini betalafot o‘tkazishda yong‘in xavfsizligi talablari va qoidalari bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi. Farg‘ona garnizoni yong‘in nazorati inspeksiyasi tomonidan viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislarini jalb etgan holda, Sharqiy harbiy okrug tasarrufi dagi harbiy qismda “Harbiy qism va muassasalarda yozgi mavsumda yong‘in xavfsizligini tashkil etish” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot o‘tkazildi. yONG‘iNNiNG OLDiNi OLayLiK Toshkent harbiy prokuraturasi, kuch tuzilmalari, Ohangaron tumani hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mahallalar yoshlari ishtirok etdi. Ularda Vatanga muhabbat va sadoqat, halollik, mehnatsevarlik, shuningdek yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning mohiyati, yurtimizdagi islohotlar, yoshlarga yaratilgan imtiyozlar va imkoniyatlar, harbiy xizmat nufuzi xususida ma’lumotlar berildi. Mudofaa vazirligi, DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamda Ohangaron shahridagi maxsus harbiylashtirilgan maktab o‘quvchilari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar tadbirga bayramona ruh bag‘ishladi. Adliya mayori Nodir ALIMOV, Toshkent harbiy prokurorining katta yordamchisi harbiyvatanparvarlik Bu boradagi tadbirlarning amaliy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya hamkorligida Xorazm viloyatida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. Shovot tumanidagi 17-bolalar musiqa va san’at maktabida o‘tkazilgan qabulda tuman hokimi va prokurori ishtirokida harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari, pensionerlar va yoshlar murojaati tinglandi. Kelib tushgan 60 ta murojaatdan 22 tasi joyida hal etildi, 12 tasi yuzasidan tushuntirish berildi, 26 tasi nazoratga olingan holda tegishli tashkilotlarga yuborildi. Adliya podpolkovnigi Gulchehra TURSUNOVA, Respublika Harbiy prokurorining katta yordamchisi iNSON QaDri UChUN Tadbirdan ko‘zlangan maqsad harbiy xizmatchilarning yozgi mavsumda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari hamda yong‘in o‘chirish komandalarining jangovar shayligini mustahkamlashdir. Yong‘inning oldini olish uni o‘chirishdan osondir. Podpolkovnik Baxtiyor ERGASHEV, Farg‘ona garnizoni yong‘in nazorati inspeksiyasi boshlig‘i Tabiatga munosabat ZaraFShON Samarqand viloyati Paxtachi tumani Ziyodin (Ziyovuddin) shaharchasida so‘lim go‘shalar bisyor. Universitetda darslar tugagach, Toshkentdan ona qishlog‘imga shoshildim. Avtobus va poyezd o‘rniga yo‘lovchi taksida yo‘l oldim. Jizzaxning Do‘stligi-yu Baxmalidan o‘tgach, biror yerda to‘xtab, qorinning “so‘roviga javob” izlamoqqa kelishdik. Somsani yedik, choyni xo‘plab, manzilda davom etdik. Haydovchining menga: “Aka, YPX xodimi burilish yonida turadi, xavfsizlik kamarini taqib oling”, degani shirin uyqumning beliga tepdi. Qarasam, besh yarim soat deganda Samarqandga kelibmiz. Hali ancha yo‘l bor, men aytgan Ziyodin Paxtachi tumanining markazi, Paxtachi esa Navoiy viloyatiga tutash, Xatirchi bilan chegaradosh. Oh, ona shahrim, Samarqand! Ko‘z yumib-ochguncha qishlog‘imga kirib keldik. Yo‘l-yo‘lakay ko‘zim ilingan bo‘lsa ham, haydovchi samimiy suhbati bilan zeriktirmadi. So‘ng “Shaharga kiraverishda to‘xtab, Samarqand nonidan to‘rtta olgandim. Ikkitasi menga, qolgan ikkitasi sizga”, dedi. Unga rahmat aytib, evaziga uni uyimda mehmon bo‘lishga ko‘ndirdim. Xullas, hammasi ko‘ngildagiday bo‘ldi. Mehmonga bir maqtangim kelib qoldi. Qishlog‘imizdan to‘g‘ri Zarafshon daryosiga olib borishni ko‘ngilga tugdim. Dabusqal’a tomondan yo‘l boshladim. “Bu joy tarixda Boburiylar avlodiga qo‘nim bo‘lgan, Buyuk ipak yo‘li shu yerlardan o‘tgan, daryoni ko‘rsangiz hayratda qolasiz. Hatto Nil daryosini changida qoldiradi” kabi ma’lumotlarni aytib, daryoga borgach, o‘zim ham hayron qoldim. Chunki bu mo‘jizakor maskanga bir necha yillardan beri kelmagan edim. Zarafshon daryosi tarixda aholini suv bilan ta’minlagan. Chuqur va besh tomonga tarqoq oqimi bo‘lgani bois jarlikdan qarasangiz, besh barmoq shakli ko‘rinardi. Hozir u suvning yuzdan biri ham chiqmaydi. Bolaligimda odamlar orasida “Yaqin yurma, bu suv quturgan to‘fon kabi ko‘p odamning boshini yegan”, degan afsona ham yurar edi. Ayni paytda daryoda jajji baliqchalar bemalol suzib yuribdi. Biroq atrofning chiqindilarga to‘lgani dilni xira qildi. Zarafshonim botqoqning o‘zi, yon-atrofdagi to‘qay, o‘rmonzorlar qurigan. Birinchi marta mehmonni bu yerga olib kelganimdan afsuslandim! Ona tabiat chiroyiga tushgan dog‘dan uyalgan ko‘yi ortga qaytdik. Doniyor XAYITMURODOV, O‘zJOKU 3-bosqich talabasi taaSSUrOti
22 № 22 31-may VATANPARVAR 2024-yil Shu bilan bir vaqtda respublikamizning ko‘plab shahar va qishloqlarida ana shunday ayanchli sifatlardan butunlay xoli bo‘lgan non pishirishadi. Ular juda yaxshi pishirilgan, mazali va hatto bir necha kun saqlanganidan keyin ham iste’mol qilinadi. Ularni xushbo‘y obinon bilan ham taqqoslash mumkin. Bunda gap ana shu ajoyib nonlar tayyorlanadigan xamirda ham emas. Xamir qorishmasi istalgan non zavodidagiga o‘xshash. Buning siri kichik novvoyxonalarning qizdiruvchi keramik elementlarida yashiringan. Nega haqiqiy o‘zbek obinonini gaz plitasining duxovkasida ham, non zavodida ham yopib bo‘lmaydi? Ma’lum bo‘lishicha, buning ilmiy isboti ham bor ekan. Hamma gap standart pechkalarni tayyorlash uchun ishlatilgan metalldan tarqaluvchi to‘lqinlarda ekan. Uzunligi 300–320 mikrometrli bu to‘lqinlar past darajadagi zichlikka ega. Obinon yopiladigan tandirlar yasaladigan loy, boshqacha aytganda, keramika esa uzunligi 50–60 barobar kam bo‘lgan to‘lqinlar tarqatadi, ammo yuqori darajadagi zichlikka ega. Aynan ana shu zichlik yopilayotgan nonning har bir mikrometri yaxshi pishishiga yordam beradi. Qisqa to‘lqin uzunligi esa ozuqa moddalarining yo‘q bo‘lib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shu sababli obinon shunday mazali va xushbo‘y bo‘lib, uni tushlik vaqtida asosiy taom sifatida tanovul qilish ham mumkin. Toshkentdagi “PGS” fi rmasi mutaxassislari keramika tarqatadigan to‘lqinlarning ana shu xususiyatidan foydalanishga qaror qildilar. Va o‘ziga xos keramik qizdiruvchi elementlardan foydalangan holda mininovvoyxona yaratdilar. Natijada tandir xususiyatlariga ega bo‘lgan elektr pechi paydo bo‘ldi. Bunday mininovvoyxonada yopilgan non o‘z sifati va xususiyatlariga ko‘ra, bozorlarda sotiladigan nonlardan farq qilmaydi. Obinondan tashqari, “PGS” mininovvoyxonalarida o‘nlab turdagi bulka non mahsulotlarini, birinchi navbatda, buxankalarni pishirish mumkin. Bunday mininovvoyxonalarda ularning sifati qanchalik yaxshilanishini tasavvur qila olasizmi? “PGS” mininovvoyxonalarida keramikaning qo‘llanishi ularga metall qizdiruvchi elementli namunalarga nisbatan ekologik jihatdan ustunlik beradi. Bunday xususiyat boshqa mamlakatlarda ishlab chiqariladigan mininovvoyxonalar oldida energiya samaradorligi, ishonchlilik, qulaylik va tejamkorlik singari afzalliklar beradi. Misol uchun, elektr quvvati iste’moli ikki-uch barobar qisqaradi. Bundan tashqari, “PGS” mininovvoyxonalari mahalliy elektr tarmoqlariga moslashtirilgan. Masalan, bir qator xorij mamlakatlarida ishlab chiqarilgan mininovvoyxonalar 0,2 foizgacha bo‘lgan elektr kuchlanishi o‘zgarishlariga chidaydi, “PGS” mininovvoyxonalari esa –10 foizgacha. “PGS” mininovvoyxonalarining bunday xususiyati ulardan uzoq muddat davomida foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi. Bunga xususan issiqlik manbayi sifatida yevrofexral simidan foydalanish hisobiga erishilgan bo‘lib, uning ish qobiliyati nixrom simiga qaraganda ancha yuqori hisoblanadi. Keramikadan tayyorlangan qizdiruvchi element korroziya ta’siriga tushmasligi va oksidlanmasligi sababli pechkaning chidamliligi va puxtaligini yanada oshiradi. Keramik qizdiruvchi elementlarning qo‘llanishi pechkadan foydalanish xavfsizligi darajasini ancha oshiradi, chunki keramika dielektrik material hisoblanadi. Bundan tashqari, qurilmani montaj REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA Akbar ALLAMURODOV Reklama “PGS” MCHJ QUYIDAGI USKUNALARNI TAVSIYA ETADI Manzil: Toshkent shahri Gavhar ko‘chasi, 125-uy. Murojaat uchun telefonlar: 95 169-78-51 95 169-78-52 95 169-78-53 keramika tarqatadigan to‘lqinlarning ana shu xususiyatidan foydalanishga qaror qildilar. Va o‘ziga xos keramik qizdiruvchi elementlardan foydalangan holda mininovvoyxona yaratdilar. Natijada tandir xususiyatlariga ega bo‘lgan elektr pechi paydo bo‘ldi. Bunday mininovvoyxonada yopilgan non o‘z sifati va xususiyatlariga ko‘ra, bozorlarda sotiladigan nonlardan farq qilmaydi. o‘nlab turdagi bulka non mahsulotlarini, birinchi navbatda, buxankalarni pishirish mumkin. Bunday mininovvoyxonalarda ularning sifati qanchalik yaxshilanishini tasavvur qila olasizmi? qo‘llanishi ularga metall qizdiruvchi elementli namunalarga nisbatan ekologik jihatdan ustunlik beradi. Bunday xususiyat boshqa mamlakatlarda ishlab chiqariladigan mininovvoyxonalar oldida energiya samaradorligi, ishonchlilik, qulaylik va tejamkorlik singari afzalliklar beradi. Misol uchun, elektr quvvati iste’moli ikki-uch barobar qisqaradi. Bundan tashqari, “PGS” mininovvoyxonalari mahalliy elektr tarmoqlariga moslashtirilgan. Masalan, bir qator xorij mamlakatlarida ishlab chiqarilgan mininovvoyxonalar 0,2 foizgacha bo‘lgan elektr kuchlanishi o‘zgarishlariga chidaydi, “PGS” mininovvoyxonalari esa –10 foizgacha. “PGS” REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA Мahsulotlar sertifi katlangan. “PGS” MCHJ QUYIDAGI USKUNALARNI REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA Non – O‘zbekistonda ovqatlanish ratsionining ajralmas qismi. Biz har kuni albatta non xarid qilamiz. Agar ertasiga u qotib yoki aynib qolsa, juda ham xafa bo‘lamiz. qilishda xavfsizlik maqsadida faqat issiqlikka chidamli simlardan foydalanilgan bo‘lib, ular Selsiy bo‘yicha +750 darajagacha bo‘lgan haroratga chidamli hisoblanadi (PTL, BIF). Shunga o‘xshash xorijiy namunalar bilan taqqoslaganda, “PGS” mininovvoyxonalarini ishga ancha tez tayyorlash mumkin. Masalan, Rossiyada ishlab chiqarilgan ba’zi mininovvoyxonalarning qizib olish vaqti 60 daqiqagachani tashkil etishi mumkin, “PGS” mininovvoyxonalariga esa buning uchun 5–7 daqiqa kifoya qiladi. Zudlik bilan bulka non mahsulotlarini tayyorlash zarurati yuzaga kelganida, bu juda qulay. Narxlarni taqqoslash ham xorij texnikasi foydasiga emas. Xorijda ishlab chiqarilgan mininovvoyxonalar bir necha barobar qimmat turadi. Bu hali ularni ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish ham ancha qimmatligi, buning ustiga fi rma servis markazlari mavjud emasligini hisobga olmaganda. “PGS” mininovvoyxonalarini xarid qilishda ishlab chiqaruvchi 12 oy mobaynida to‘xtovsiz ishlash va besh yil mobaynida bepul servis xizmati ko‘rsatilishini kafolatlaydi. Kafolat muddati tugaganidan keyin ham servis markazi mutaxassislari har qanday nosozlikni hech bir muammosiz bartaraf etishda yordam ko‘rsatadi. “PGS” mininovvoyxonalarini 10–15 yil oldin xarid qilgan mijozlarning ularni ta’mirlash maqsadida korxonaga tashrif buyurishi hamda bu mahsulotdan mamnun ekanini izhor qilishi ham bunday mininovvoyxonalarning ishonchliligi va uzoq muddat xizmat qilishini yaqqol isbotlaydi. Bugungi kunga kelib “PGS” XIK mininovvoyxonalarning beshinchi avlodi ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘ygan. Bu “PGS-020” bo‘lib, u nondan pirojniygacha bo‘lgan 50 turdagi mahsulotlarni tayyorlash imkonini beradi. “PGS-020” ikki kamerali bo‘lib, unda bir vaqtning o‘zida ikkita mahsulot – masalan, non va somsa pishirish mumkin. Mininovvoyxonaning o‘zi esa kichkinagina – og‘irligi atigi 140 kilogramm, bino ichida bir kvadrat metrdan kamroq joyni egallaydi. “PGS-020” yarim soat mobaynida 32 ta buxanka, yetti daqiqa ichida 36 ta yopgan non, 10 daqiqada 100 dona somsa pishirib berishi mumkin. Bunday texnika ko‘plab ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun juda kerakli hisoblanadi. Endigina ish boshlayotgan tadbirkorlarning aksariyati bugungi kunda non yopish ishiga qo‘l urishlari mumkin. Bunda mahalliy “PGS” mininovvoyxonalari yordam beradi. Ular xorijiy namunalarga nisbatan ancha arzon va tejamkor, ularda tayyorlanadigan mahsulotlar esa ancha sifatliligi bilan ajralib turadi. Shu sababli ham xususiy tadbirkor bo‘lishga qaror qilgan insonlar mazali non yopuvchi mininovvoyxonalarni xarid qilsalar, eng to‘g‘ri yo‘lni tanlagan bo‘ladilar. Zero shahar kvartali yoki mahalla ichiga o‘rnatilgan bunday mininovvoyxona doimo ko‘p sonli xaridorlarni o‘ziga jalb qiladi. Chunki bunday holatda uzoqqa borishning hojati qolmaydi, yangi yopilgan bulka non mahsulotlarini xarid qilish ham doimo yoqimli bo‘ladi.
31-may VATANPARVAR 2024-yil № 22 23 Bolajon Sahifani Zebo SARIYEVA tayyorladi. Bir gal amakisi oila a’zolari bilan kelganida, qizlari yana o‘sha tomonlarni ta’rifl ay ketdi. Orzusi Londonni ko‘rish bo‘lgan Nazokat amakisiga iltimos qildi: – Amakijon, bu safar meni ham olib keting. Maktab ta’tilimni o‘sha yerda o‘tkazishni istayman. – Mayli, roziman qizim. Faqat ota-onang nima der ekan? Nazokatga ruxsat berasanmi, uka? – dadasiga qaradi u. – Nima ham derdim, mayli bora qolsin. O‘zi keliningiz Mahoratga sizlarnikiga olib boraman, deb va’da bergandim. Ishdan ortib hech yo‘limiz ochilmaydi. Ona-bola bir aylanib kelsin... Ammo Mahorat opaning zarur ishi chiqib, Nazokatning bir o‘zi amakisi bilan ketishiga to‘g‘ri keldi... Mana, mashhur London shahri. Nargiza va Nasiba ta’rifl aganidek, qanchalar chiroyli. Qizlar Nazokatni rosa aylantirishdi, bolalar o‘yingohlari, betakror xiyobonlar, bog‘lar... VATANGA MUHABBAT Baxtiyormiz, quvnoqmiz, shodmiz, Hur Vatanda qaddi shamshodmiz. Ilm olib charchamaymiz hech, Ona elim kutgan avlodmiz. Biznikidir nurli kelajak, Maqsadimiz beqiyos, yuksak. Har kunimiz bayramlarga xos, Har kunimiz sehrli ertak. Bizning bayram – 1-iyun, Aziz ayyom o‘g‘il-qiz uchun. Dunyo bo‘ylab qoqadi qanot, Bolajonlar shodligi bugun. Qani do‘stim, mahkam bog‘la bel, Do‘stlik uchun qo‘lni qo‘lga ber, Olam aro qanotin yozib, Davralarni quchsin qo‘shiq, she’r. Zulfi ya YUNUSOVA XALQARO BIZNING BAYRAM – Bu yerlar chindan ham go‘zal ekan, – dedi Nazokat sayrdan qaytgach amakisiga. – Senga yoqdimi, qizim? – Albatta, maza qildim, – deya borgan joylari haqida sevinib gapira ketdi. – Ertaga mening o‘zim sizlarni bundan ham zo‘r joylarga olib boraman, – dedi amakisi kulib... Nazokat ikki haft a davomida deyarli har kuni Nargiza va Nasiba bilan shahar aylandi, sayr qildi. Amakisining xotini Muxlisa opa ajoyib taomlar pishirib berdi. Biroq vaqti qay darajada maroqli o‘tmasin, u oilasini, jonajon shahri Toshkentni sog‘ina boshladi. “Toshkentimiz ham Londondan kam emas”, xayolidan o‘tkazdi Nazokat. – Baland-baland chiroyli imoratlar, chiroyli keng ko‘chalar, bolalar uchun ertaknamo o‘yingohlar, gullarga burkangan sayilgohlar... hammasi chiroyli, hammasi betakror. Eng asosiysi, atrofi ngda barcha ona tilingda gapiradi, tilini tushunmay qimtinib turmaysan, o‘zingni begonadek his qilmaysan...” – Amaki, O‘zbekistonga ketgim kelyapti, – ishdan qaytgan amakisiga yalingannamo ohangda niyatini bildirdi Nazokat. – Nega? – hayratini yashirmadi amakisi. – Maktab ta’tilingni shu yerda o‘tkazmoqchi eding-ku? Yana ozroq turgin. – To‘g‘ri, faqat ota-onamni, ukamni sog‘indim. Ayniqsa, Toshkentni. Meni tezroq kuzatib qo‘ying, – beixtiyor ko‘zlari yoshlandi Nazokatning. – Seni tushundim, qizim, buni yaqinlar sog‘inchi, Vatanga bo‘lgan mehr deyishadi. Men ham bu yerlarda ko‘p yillardan buyon turganimga qaramay, doim Vatanimizni qo‘msab yashayman. Nazokat ko‘p o‘tmay, ona yurtiga qaytdi. Samolyotdan tushiboq, atrofga mehr bilan boqdi, to‘yib-to‘yib nafas oldi. Uni kutib olgani chiqqan otaonasi bag‘riga intilar ekan, quvonch yoshlarini tiya olmasdi. Bu yaqinlari va albatta, Vatan sog‘inchi edi. Zuhra XO‘JAYEVA, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 241-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Bolalar bizning kelajagimiz, hayotimizning mazmuni va baxtimizdir. Ular sabab o‘tayotgan kunlarimiz quvonchga to‘la, umrimiz mazmunli. Shuning uchun butun dunyoda bu beg‘ubor qalb sohiblari e’zozlanadi. 1-iyun sanasining jahonda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bayrami sifatida nishonlanishi bolalarga bo‘lgan ehtiromning yuksak namunasidir. MUHABBAT Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun SaNaNiNG KELib ChiQiShi Aziza bolajonlar! 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bayramining tarixini bilasizmi? Bilmasangiz, siz uchun quyidagi ma’lumotlarni taqdim etamiz. Bu sana tarixi 1925-yilga borib taqaladi. O‘sha yilda turli davlatlar ishtirokida Jenevada ilk marta bolalar farovonligiga bag‘ishlangan, xalqaro konferensiya o‘tkaziladi. Shu yerda ishtirokchi davlatlar bolalar kuni sifatida alohida sanani tanlashga kelishib oladi. Shunday qilib, 1949-yilda sovet mamlakatlarida 1950-yildan boshlab 1-iyunni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va bu sana bayram qilinib nishonlanadi. Bundan tashqari, BMT tomonidan belgilangan 20-noyabr sanasi ham Xalqaro bolalar kuni hisoblanadi. Ayrim davlatlarda bu bayram bolalar kuni emas, bolalar haft aligi tarzida nishonlanadi. Kunlar har xil bo‘lsa-da, bu sanalarning hammasi zamirida irqi, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, terisining rangidan qat’i nazar, bolalarni himoya qilish, ularni yetarli oziqovqat bilan ta’minlashdek ezgu maqsad mujassam. Tilagimiz dunyodagi har bir bola mehribon, sog‘lom va baxtli bo‘lsin, qayg‘u bo‘lmasin! Bolalarning orzulari ro‘yobga chiqsin va ularning tabassumlari dunyomizni bezab tursin! Bayramingiz muborak, aziz bolajonlar! MUHABBAT Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun SaNaNiNG KELib ChiQiShi marta bolalar farovonligiga bag‘ishlangan, Sahifani Zebo SARIYEVA tayyorladi. bilan kelganida, qizlari yana o‘sha tomonlarni ta’rifl ay ketdi. Orzusi Londonni ko‘rish bo‘lgan Nazokat amakisiga iltimos qildi: olib keting. Maktab ta’tilimni o‘sha yerda o‘tkazishni istayman. Faqat ota-onang nima der ekan? Nazokatga ruxsat berasanmi, uka? – dadasiga qaradi u. qolsin. O‘zi keliningiz Mahoratga sizlarnikiga olib boraman, deb va’da bergandim. Ishdan ortib hech yo‘limiz ochilmaydi. Ona-bola bir aylanib kelsin... ishi chiqib, Nazokatning bir o‘zi amakisi bilan ketishiga to‘g‘ri keldi... Nargiza va Nasiba ta’rifl aganidek, qanchalar chiroyli. Qizlar Nazokatni rosa aylantirishdi, bolalar o‘yingohlari, betakror xiyobonlar, bog‘lar... Baxtiyormiz, quvnoqmiz, shodmiz, Hur Vatanda qaddi shamshodmiz. Ilm olib charchamaymiz hech, Maqsadimiz beqiyos, yuksak. Har kunimiz bayramlarga xos, Qani do‘stim, mahkam bog‘la bel, Do‘stlik uchun qo‘lni qo‘lga ber, Davralarni quchsin qo‘shiq, she’r. Zulfi ya YUNUSOVA
24 № 22 31-may VATANPARVAR 2024-yil Nashr ko‘rsatkichi: 114. Bahosi: kelishilgan narxda. 1 2 3 4 5 6 MUASSIS Tahririyat kengashi: general-mayor Hamdam Qarshiyev polkovnik Otabek Yuldashev polkovnik Alisher Boboxonov Maqsud Abilov Tahririyatga kelgan qo‘l yoz malar taqriz qilinmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi. Mualliflar fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farqlanishi mumkin. Gazeta Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti – “Vatanparvar” birlashgan tahririyatining kompyuter markazida sahifalandi. Gazeta O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligida 2008-yil 6-iyunda 0535 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Telefonlar: kotibiyat: 71 260-36-50 buxgalteriya: 71 260-35-20 yuridik bo‘lim: 71 260-29-41 faks: 71 260-32-29 “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi bosmaxonasida chop etildi. Bosmaxona manzili: Toshkent shahri Alisher Navoiy ko‘chasi, 30-uy. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI www.mudofaa.uz Manzilimiz: 100164, Toshkent, Universitet ko‘chasi, 1-uy. Gazetaning yetkazib berilishi uchun obunani rasmiylashtirgan tashkilot javobgar. Gazetaning poligrafik jihatdan sifatli chop etilishiga “O‘zbekiston” NMIU mas’ul. Buyurtma: V-5757 Hajmi: 6 bosma taboq Bichimi: A3 Adadi: 34 209 nusxa Bosishga topshirish vaqti: 14:00 Topshirildi: 14:30 t.me/mv_vatanparvar_uz t.me/mudofaavazirligi mudofaavazirligi mudofaavazirligi www.youtube.com/c/UzArmiya www.mv–vatanparvar.uz www.mudofaa.uz Navbatchi: katta leytenant Dilshod Ro‘ziqulov Sahifalovchi: Dilnoza Meliqo‘ziyeva Musahhih: Mastura Qurbonova Gazeta juma kuni chiqadi. Gazeta 1992-yilning 24-iyunidan chiqa boshlagan. @Vatanparvargazetasi_bot “Vatanparvar” birlashgan tahririyati bilan bog‘lanish uchun telegram bot SHU SONNING ELEKTRON SHAKLI ISSN 2010-5541 Bosh muharrir: podpolkovnik Ahror Ochilov Bu qiziq! 1949-yilda Parijda ayollarning Xalqaro demokratik federatsiyasi kongressi bo‘lib o‘tadi. Bu kongressda bolalarning birdamligi va baxt-saodatining kafolati bo‘lgan mustahkam tinchlikni ta’minlash uchun doimiy kurash haqidagi shior yangradi. Chunki urushdan keyingi davrda sayyoramizda yashovchi barcha mitti bolajonlarning sog‘liq va xotirjamligini saqlash dolzarb muammoga aylanib qolgan edi. Shu bois 1950-yildan e’tiboran 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlana boshladi. Bu bayramning maqsadi keng jamoatchilik diqqatini muammoli bolalarga, ularning huquqlarini himoya qilishga, himoyalangan dunyoda yashash imkoniyatlariga, baxtli bolalikka ega bo‘lishlariga va o‘z mamlakatining to‘lato‘kis va xotirjam fuqarosi bo‘lib o‘sishiga qaratish sanaladi. U qaysi mamlakatda qanday nishonlanadi? Dunyo mamlakatlarida bu bayram turlicha nishonlanadi. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, hamma bolalar ham aynan shu sanada o‘z bayramlarini nishonlamaydilar. Har bir mamlakatda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni turli vaqtga to‘g‘ri keladi va bir-biriga o‘xshamagan holda nishonlanadi. Masalan, Kolumbiyada har yili 4-iyulda bolalar kuni nishonlanadi. Ushbu bayram kuni mamlakatning barcha maktablarida turli tadbirlar o‘tkaziladi. Bolalar odatda har xil niqoblar kiyishadi, masxarabozlar kabi kiyinadilar va ko‘chalarda yurishadi. Mamlakatning har burchagida quvnoq muhit hukm suradi. 1950-yildan e’tiboran butun dunyo ahli 1-iyun sanasini Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida bayram qilib keladi. Dunyoning ko‘pchilik mamlakat va shaharlarida bu bayram bolalar huquqlari va ularni himoya qilish haqida munozara va ma’ruzalar o‘tkazish bilan nishonlanadi. Shuningdek, bolalar kunida turli-tuman quvnoq va madaniy ommaviy tadbirlar, sport musobaqalari, konsertlar o‘tkaziladi. Shu kuni og‘ir bemor, davolanishga muhtoj va nogiron bolalar uchun xayriya aksiyalari va tadbirlar tashkil qilinadi. Xo‘sh, bu bayramning joriy qilinishi va keng nishonlanishiga nima sabab bo‘lgan edi? Keling, shu o‘rinda ushbu sana tarixiga nazar tashlaylik. Braziliyada bolalar kuni 15-avgust kuni nishonlanadi. Bu kun, shuningdek epidemiyaga qarshi kurash milliy kuni hamdir. Shuning uchun har yili ushbu bayramda mamlakat shifokorlari bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadilar, bundan tashqari, 5 yoshgacha bo‘lgan bolakaylar poliomiyelitga qarshi emlanadi. Bunday tadbirlar Braziliya hukumati bolalar salomatligi haqida jiddiy qayg‘urishidan dalolat beradi. Rossiyada bolalar bayrami 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida nishonlanadi. Shu kuni mamlakatning turli burchaklarida rus bolalari xalq qo‘shiqlari va raqslarini ijro etadilar, maktablarda bayram tadbirlari o‘tkaziladi. Yaponiyada bolalar kuni yiliga uch marta nishonlanadi. Unga ko‘ra 3-mart – Qizlar kuni deb belgilangan. Har yili shu kuni kichkina yoshli qizi bor ota-onalar o‘z uyida kimono kiygan bolalar qo‘g‘irchoqlari ko‘rgazmasini tashkil qiladi. Bu ota-onalarning malikalariga o‘ziga xos sovg‘asi hisoblanadi. 5-may – O‘g‘il bolalar kuni sifatida bayram qilinadi. Bayram kuni o‘g‘il farzandi bor oilalar uyining kirish eshigi oldiga sazan balig‘i tasviri tushirilgan bayroq osib qo‘yishadi. Agar oilada bir nechta o‘g‘il bo‘lsa, uyning old eshiklariga yashil-ko‘k bayroqlar osiladi. Bunday bayroqlarning ko‘pligi oilada ko‘p o‘g‘il bolalar borligini anglatadi. Yaponiyada sazan tasviri kuch va jasorat ma’nolarini bildiradi. Yana 15-noyabr – Yetti-besh-uch bolalar kuni sifatida nishonlanadi. Yapon urf-odatlariga ko‘ra, uch, besh va yetti yashar bolalarning eng baxtli yoshi hisoblanadi, shuning uchun har yili 15-noyabrda bu yoshdagi bolalar o‘z bayramlarini nishonlaydilar. Koreyada bolalarni himoya qilish kuni 1923-yildan nishonlana boshlangan. Bu bayram dastlab o‘g‘il bolalar bayrami bo‘lgan. Koreya Respublikasida bolalar kuni davlat bayrami hisoblanadi va har yili 5-may sanasida o‘tkaziladi. Shu kuni bolalardan baxtli odam bo‘lmaydi, ota-onalar ularga o‘zlari xohlagan sovg‘alarni tuhfa qiladi. Ko‘plab bolalar koreys milliy libosini kiyib, mamlakatning an’anaviy madaniyatini namoyish etadi. Shvetsiyada ham O‘g‘il bolalar kuni va Qizlar kuni alohida o‘tkaziladi. O‘g‘il bolalar kuni Langust bayrami deb ham ataladi va 7-avgustda nishonlanadi. Bayramning bunday nomlanishining asosiy sababi o‘g‘il bolalar 10 oyoqli qisqichbaqa kabi jasur bo‘lishidir. Shu kuni bolalar qisqichbaqa kabi kiyinib, kulgili namoyishlarni ijro etishadi. Qizlar kuni 13-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu bayram Lusiya ma’budasi bayrami deb ham ataladi. Shved afsonasiga ko‘ra, Lusiya – qizlarni himoya qiladigan ma’buda hisoblanadi. Ispaniyada bolalar kuni 5-yanvarga to‘g‘ri keladi. Bu bayram Sehrli qirol bayrami deb ham nomlanadi. Shu kuni tundan to erta tonggacha Ispaniyaning hamma joyida parad avtomobillarini ko‘rish mumkin, ularda “uch qirol” doimiy ravishda bolalarga turli shirinliklar tarqatadi. Qirolning tizzasiga o‘tirgan har qanday bola maxsus sovg‘a olishi mumkin. Bunday sovg‘alarni olgan bolalar qirolga yaxshi o‘qishga va’da berishlari kerak bo‘ladi. G‘arbiy Afrika mamlakatlarida butun bir oy davom etadigan maxsus bolalar karnavali mavjud. Bolalar karnavalida mamlakatdagi fuqarolarning yashash sharoitlaridan qat’i nazar, barcha bolalar baxtli va quvnoq holda bayramni nishonlaydilar. Internet materiallari asosida tayyorlandi. Bir bayram tarixi