The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by b_e_2012, 2023-06-09 02:04:13

59-21 guruh Fayziyev Kamron KURS ISHI

59-21 guruh Fayziyev Kamron KURS ISHI

1 O‘ZBEKISTON JURNALISTIKA VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR UNIVERSITETI RAQAMLI MONTAJ FANIDAN KURS ISHI Mavzu: MAXSUS EFFEKTLAR UCHUN KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI. ADOBE AFTER EFFECTS DASTUR 59-21 guruh talabasi Bajardi: Fayziyev Kamron Qabul qildi: Kurbanov S. Toshkent 2023


2 KIRISH............................................................................................................3 I BOB. NAZARIY QISM .............................................................................5 1.1 Maxsus effektlar uchun kompyuter taxnalogiyalari ............................5 1.2 Adobe After Effect dasturi ....................................................................8 II BOB. AMALIY QISM ...........................................................................12 2.1 Maxsus effektlar animatsiyasi ..............................................................12 2.2 Adobe After Effects mantaj ..................................................................15 XULOSA........................................................................................................19 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.....................................................21


3 Kirish XXI asr yangi texnika va texnologiyalarni kompyuterlar asosida ishlab chiqish va tashkil qilish asri hisoblanadi. Televideniye sohasida ko‘rsatuv va filmlar tayyorlash masala esa ko‘p jihatdan maxsus montaj dasturlariga bog‘liq. Bugungi kunda juda ko‘plab montaj dasturlari mavjud bo‘lib, ular televideniyeda ko‘rsatuvlar va filmlar ishlab chiqarishning qaysi bosqichida qo‘llanilishi bilan bir biridan farqlanadi. Har bir soha mutaxassislari o‘z faoliyatlari uchun qulay bo‘lgan montaj dasturni tanlaydilar. Dasturlarning imkoniyat chegaralari ham ma’lum bir sohaga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Masalan, montajga, maxsus effektlar yaratishga, fototasvirlar yoki ovoz bilan ishlashga va hokazo. Demak, montaj dasturni tanlashda avvalambor uning imkoniyatlarini inobatga olish lozim. Aksariyat hollarda montaj dasturni qo‘llashdan oldin boshqa bir dasturlarni yoki qo‘shimcha bilimlarni o‘zlashtirishga ehtiyoj seziladi. Shunisi bilan ham montaj dasturlari murakkablashib boradi. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, bugungi kunda televideniye sohasiga yangidan-yangi texnalogiyalar kirib kelmoqda bu o‘z navbatda yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bunga misol qilib yangi maxsus effektlarni misol qilishimiz mumkin. Bulardan maxsus montaj dasturlari va ulardan foydalanish talabalarni bilim darajalarini oshirishga imkon yaratadi. After Effects mavzusi bo‘yicha ko‘plab turli darsliklar yaratilgan. Lekin ko‘p hollarda bu darsliklar u yoki bu video effektni qanday qilish kerakligini tushuntiradi. Yangi boshlanuvchilar uchun ushbu dastur bilan ishlashning asoslarini tushunish qiyin. Natijada, ushbu effektlardan bir nechtasini yaratishga


4 urinib ko‘rgandan so‘ng, ko‘plab yangi boshlanuvchilar ushbu dasturni o‘rganishdan voz kechishadi. Video tahrirlashni endi boshlayotganlar uchun After Effects oddiy va intuitiv ko‘rinmaydi va xuddi shu kompaniyaning boshqa, kuchli dasturida, xususan Adobe Premiere Pro bilan ishlab ko‘rilgan taqdirdagina bu hol uchun yanada qiyinroq bo‘ladi, chunki After Effects-da ishlashga yondashuv boshqacha. Hozirgi kunda hayotimizni axborot va axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu axborot texnologiyalari bizning ta’lim tizimimizda ham alohida o‘rin egallagan. Jumladan Milliy Teleradiokompaniyamiz, qolaversa boshqa davlat va nodavlat studiyalarda media maxsulotlar yaratishda turli montaj dasturlari va ularning imkoniyatlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot texnologiyalari xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlariga kirib borgan va shu sohaning rivojlanishiga o‘z xissasini qo‘shib kelayotgan bir vaqtda, aynan mazkur yo‘nalishlarga bog‘liq axborot texnologiyalarining tadbiqi alohida fan sifatida vujudga kelmoqda. Bu esa axborot texnologiyalari fani sohasi ko‘lamining kengayishiga olib keladi.


5 I BOB. NAZARIY QISM 1.1 Maxsus effektlar uchun kompyuter taxnalogiyalari Elektronika va kibernetikaning rivojlanishi asosida va tasvirlarni qayta ishlashni komyuter dasturlarida amalga oshirish natijasida yuzaga kelgan yangi vositalar, ularning keng tarqalishi tasviriy san’atda yangi bir yo‘nalish – “kompyuter grafikasi”ning paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu esa sanoat va maishiy dizayn ko‘rinishini o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. “Kompyuter grafikasi” termini endilikda kino sanoatida kompyuter maxsus effektlari deb qo‘llanilmoqda. Kompyuter maxsus effektlarning paydo bo‘lishi kino, musiqali kliplar va teleko‘rsatuvlar uchun muhim o‘zgarishlar davrini boshlab berdi. Kompyuter maxsus effektlarda quyidagi jixatlar kiritilgan: kompyuter animatsiyasi, va kompyuter grafikasi elementlari va kinodagi tasviriy safatiga juda kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Maxsus effektlar (qisqartirilgan SPFX yoki SFX) kino, televidenie va ko‘ngilochar sohalarda kosmik sayohat kabi sahnalarni amalga oshirish uchun ishlatiladi. Ular, shuningdek, effektni oddiy vositalar yordamida yaratish juda qimmatga tushganda ishlatiladi; Masalan, XVI asr qal’asini qurish yoki yigirmanchi asr okean kemasini cho‘ktirish juda qimmatga tushadi, lekin ularni maxsus effektlar yordamida simulyatsiya qilish mumkin. “Kompyuter grafikasi” paydo bo‘lishi bilan, maxsus effektlar sahnadagi narsalarni qo'shish, olib tashlash yoki kuchaytirish orqali ilgari suratga olingan elementlarni yaxshilash uchun ham ishlatiladi. Qachondir maxsus effektlar vizual doiradan tashqariga chiqishi mumkin. Simulyator muhitida maxsus effektlardan foydalanadigan attraksionlar allaqachon mavjud. Bu sayohatlar tajribani yaxshilash uchun harakatlanuvchi stullardan va qo‘shilgan hidlardan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Odamlar ijodiy qobiliyatga ega bo‘lib, turli xil tajribalarni xohlasa, oddiy uyda ko‘p hissiyotlarga ega bo‘lish mumkin. Hozirgi kabi, odamlar sub-woofer yordamida tom ma’noda uyini larzaga


6 keltiradigan uy teatrini sotib olishlari mumkin. Bu portlashlar yoki baland ovozli sahnalar kabi filmlar tajribasini qo‘shadi. maxsus effektlar o‘z-o‘zidan filmning tasviriy tarkibida zamonaviy yondashuv belgilari hisoblanadi. Masalan kompyuter animatsiyasi yordamida yaratilgan ko‘rinmas odam filmi. filmda shu vaqtgacha hech kim ko‘rmagan maxsus effektlardan foydalanilgani va eski effektlarni takrorlamaganliklarini ko‘rish mumkin. An’anaviy teatr effektlaridan tortib, tiklanishning “mashina o‘yinlarida” bo‘lgani kabi, yigirmanchi asrning boshlarida ixtiro qilingan klassik kino texnikasi orqali, masalan, havo tasvirini suratga olish va optik printerlar, zamonaviy kompyutergacha bo'lgan turli xil maxsus effektlar texnikasi mavjud. Yaratilgan tasvirlar (CGI). Istalgan effektga erishish uchun ko'pincha bitta sahnada yoki suratda bir nechta turli xil usullar qo‘llaniladi. Maxsus effektlar an’anaviy ravishda ikki turga bo‘linadi: Birinchi tur – bu optik effektlar (ularni vizual yoki fotografik effektlar deb ham atashadi), ular suratga olingan tasvirni boshqarishga asoslangan. Optik effektlarni fotografik (ya’ni optik printer) yoki vizual (ya'ni CGI) texnologiyasi yordamida ishlab chiqarish mumkin. Optik effektning yaxshi namunasi bu sahna bo’ladi yulduzli sayohat USS Enterprise kosmosda uchayotgani tasvirlangan. Ikkinchi tur – bu mexanik effektlar (ularni amaliy yoki jismoniy effektlar deb ham atashadi), ular jonli otish paytida amalga oshiriladi. Bularga mexanizatsiyalashgan rekvizitlar, manzaralar va pirotexnika kiradi. Masalan, Jeyms Bondning Aston Martin, R2D2 dvigatelining ejektor o‘rindig'ini o‘z ichiga oladi Yulduzlar jangi filmlar yoki ishlatilgan nol-tortishish effektlari 2001 yil: Kosmik Odisseya. Kompyuter elementlari film yaratish jarayonida harajatlarni ancha kamaytiradi. Shuning uchun ham yangi kino shakllanishida Maxsus effektlarning juda ham muhim rol o‘ynadi. Kompyuterda yaratilgan tasvirlar (CGI) – bu maxsus effektlarga kompyuter grafikasi (yoki aniqrog‘i, 3D kompyuter grafikasi) sohasini qo‘llash. CGI


7 filmlarda, teledasturlar va reklamalarda, bosma nashrlarda ishlatiladi. Video o‘yinlar ko‘pincha real vaqtda kompyuter grafikasidan foydalanadi (kamdan-kam hollarda CGI deb ataladi), lekin odatda CGI uchun odatiy bo‘lgan “sahnalar” va kirish filmlarini ham o‘z ichiga olishi mumkin. Ular FMV deb ataladi. CGI vizual effektlar uchun ishlatiladi, chunki sifat odatda yuqori va effektlar boshqa jismoniy jarayonlarga qaraganda ko‘proq nazorat qilinadi, masalan, effektli tortishish uchun miniatyuralar yaratish yoki olomon sahnalari uchun qo‘shimchalarni yollash va bunday bo‘lmagan tasvirlarni yaratishga imkon beradi. har qanday boshqa texnologiyadan foydalanish mumkin. Bu, shuningdek, bitta rassomga aktyorlar, qimmatbaho to‘plamlar yoki rekvizitlarsiz kontent yaratishga ruxsat berishi mumkin. So‘nggi paytlarda CGI dasturiy ta’minotining mavjudligi va kompyuter tezligining oshishi alohida rassomlar va kichik kompaniyalarga o‘z kompyuterlaridan professional darajadagi filmlar, o‘yinlar va tasviriy san’at ishlab chiqarish imkonini berdi. Bu o‘ziga xos global mashhurlar, klişe va texnik lug‘atga ega bo‘lgan Internet subkulturasini keltirib chiqardi. 1995-2005 yillar oralig'ida keng miqyosli badiiy film uchun o‘rtacha effektlar byudjeti 5 milliondan 40 million dollargacha oshdi. Bir studiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, 2005 yil holatiga ko‘ra, badiiy filmlarning yarmidan ko‘pi sezilarli effektlarga ega.


8 1.2 Adobe After Effect dasturi Adobe After Effects – Adobe Systems kompaniyasi mahsuloti bo‘lib, dinamik tasvirlarni, videolarni tahrirlash, montaj qilish, kompozitsiya yaratish, muharrirlash, animatsion montajlar qilish, maxsus effektlar yaratish, video roliklarni rangi, yorqinligini mo‘tadillashtirish va shunga o‘xshash Ilyuzion video roliklarni yaratish imkoniyatlariga ega bo‘lgan dastur hisoblanadi. After Effects dasturini ancha keng tarqalgan Photoshop dasturi bilan qiyoslashadi. After Effects – bu dinamik tasvirlar uchun Photoshop. Ammo After Effects dasturi Photoshopga o‘xshash bo‘lsada, unga qaraganda ancha yaxshi va keng imkoniyatlarni taqdim etadi. Photoshop statik tasvirlar ustida ishlaydigan kuchli vositalardan hisoblansa, After Effects dinamik tasvirlar (kino, roliklar, videokliplar) bilan ishlash imkonini beradi. Adobe After Effects dasturi turli media formatlarni qo‘llay olishi foydalanuvchiga ko‘p qulayliklarni taqdim etadi. Misol uchun psd (fotoshop formati), jpeg, bmp, mp3, wav, avi, flv va boshqa 3D dasturlar formatlarini ham qo‘llay olishi natijasida, bu dasturni boshqa dasturlar bilan birgalikda ishlay olishini aytish mumkin. Hozirda bu dastur yordamida kliplar, animatsiyalar, reklama roliklari, televideniyeda teleko‘rsatuvlar, kinolar, prezentasiyalar ishlanmoqda. After Effects dasturi media trekli dastur hisoblanadi. Unda ham Adobe Photoshop kabi bir necha qatlamlar bilan ishlash mumkin. Bu qatlamlar turli rasm, musiqa, video, animatsiya, matn ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Ma’lumki, musiqasiz biror rolikni, videoni, kinoni tasavvur qilish qiyin. Har qanday professional studiya mehnat faoliyatida albatta biror musiqadan foydalaniladi. After Effects musiqiy fayllarni muharrir qilmasada, lekin, video tasvir musiqasini ayni tasvir voqeyligiga moslashtiradi. Misol uchun, videorolikda biror metal jismning urilishi tasvirlangan harakat bo‘lsa, ana shu metal tovushlarini


9 After Effects dasturida lahzama-lahza harakat voqeylikka moslashtirish imkonini beradi. After Effects dasturida poligrafiya, raqamli fotografiya, raqamli video va audio, 3D-animatsiyalar uchun materiallar yaratish mumkin. Dasturda har qanday elementlar uchun effektlar yaratish, tahrirlash, joy-joyiga qo‘yish va animatsiyalash mumkin. Shu sababli After Effects – ko‘p maqsadli dasturiy mahsulot hisoblanadi. Poligrafiya va dizaynni jonlantirish, fotosurat yoki raqamli tasvirni qayta ishlash, video va filmlar ishlab chiqishda vizual effektlardan foydalanish, instrumental vositalar imkoniyatini kengaytirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha keng qamrovli foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan. After Effects keng doiradagi raqamli vositalarni qamrab olgan, shuning uchun Adobe uskunalar to‘plami sifatida Premiere Pro, Audition, Encore DVD, Photoshop va Flash dasturlari bilan birga ushbu dasturdan foydalanishni ko‘zda tutadi. Vaqt o‘tishi bilan faylni bir dasturdan boshqasiga oraliq qadamlarsiz va qayta ishlanadigan tasvir elementlarini yo‘qotishlarsiz olib o‘tish osonlashdi. Dasturlarning ishchi oynasi o‘xshash bo‘lsada, ammo ishlash yo‘llari farq qilishi mumkin. Video materiallarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan boshqa dasturlar singari After Effects dasturi ham kompyuterning apparat va dasturiy ta’minotiga talablar qo‘yadi. After Effects dasturi bilan normal ishlash uchun kompyuter quyidagi minimal talablarga javob berishi kerak: – Intel Pentium 4 prosessori (ko‘p prosessorli tizim tavsiya etiladi). – Microsoft Windows 7 yoki 8 operasion tizimi. – 4 Gbaytdan kam bo‘lmagan tezkor xotira. – Dasturni o‘rnatish uchun qattiq diskdan minimum 20 Gbayt bo‘sh joy va ishchi fayllarni saqlash uchun qo‘shimcha xotira maydoni kerak bo‘ladi, 32 va undan yuqori bitni quvvatlovchi rangli monitor. Quyida keltiriladigan xususiyatlar shartli hisoblanmasada, ular After Effects bilan ishlashni anchagina samarali ko‘rinishga olib keladi.


10 Adobe After Effects dasturi turli media formatlarni qo‘llay olishi foydalanuvchiga ko‘p qulayliklarni taqdim etadi. Misol uchun PSD (fotoshop formati), JPEG, BMP, MP3, WAV, AVI, FLV va boshqa 3D dasturlar formatlarini ham qo‘llay olishi natijasida, bu dasturni boshqa dasturlar bilan birgalikda ishlay olishini aytish mumkin. Hozirda bu dastur yordamida kliplar, animatsiyalar, reklama roliklari, televideniyeda teleko‘rsatuvlar, kinolar, prezentatsiyalar ishlanmoqda. Adobe After Effects dasturida film yaratish jarayonini boshqarish Adobe Premiere dasturi kabi loyiha (project) tushunchasi bilan tashkil etilgan. Microsoft Word analogiyasi bilan After Effects dasturidagi loyiha ma‘no bo‘yicha o‘zaro mos keladi. Adobe After Effects dasturi imkoniyatlaridan eng muhimlari quyidagilar hisoblanadi: Mukammallashtirilgan foydalanuvchi interfeysi – After Effects dasturini Adobe kompaniyasining videofragmentlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan boshqa dasturiy vositalari bilan solishtirganda, interfeys va palitralardan foydalanish ancha qulay. Yangi interfeys ekran bo‘shlig‘idan samarali foydalanishni ta‘minlaydi va foydalanuvchi ishini osonlashtiradi. Dasturda ma’lum sinfdagi vazifalarni bajarish uchun o‘rnatilgan ishchi maydonlar orasida o‘tish mumkin. Animatsiyalarning yaxshilangan paradigmasi – After Effects dasturi qatlamlarni animatsiyalash nuqta-nazaridan bir qancha afzalliklarga ega, jumladan Graph Editor (grafik muharrir) sohasini keltirish mumkin. Graph Editor montaj stolida grafika xossalarini sozlash imkonini beradi. Ushbu soha qatlam xususiyatini ko‘rishning qulay va samarali usulini taqdim etadi va animatsiyalarni sozlashni osonlashtiradi. Kengaytirilgan eksport – Windows operatsion tizimi uchun After Effects dasturi Adobe Media Encoder mexanizmini taqdim etadiki, u AVI, FLV, H. 264, H. 264 Blue-Ray, Mpeg2, Mpeg2 Blue-Ray, Mpeg2-DVD, Mpeg4 formatlaridagi fayllarni eksport qilishni osonlashtiradi.


11 Qatlamlarni vaqtlar bo‘yicha joylashtirish – After Effects dasturi to‘la metrajli filmlarni nochiziqli montaj qilish uchun mo‘ljallanmagan bo‘lsada, u kompozitsiyalarda ancha qisqa ketma-ketliklarni joy-joyiga qo‘yadi va effektlar yaratadi. Dasturda qatlamlarga tezda murojaat qilish va ularni qaytadan ko‘rish mumkin, bitta fayldan nusxa ko‘chirmasdan yoki o‘zgartirmasdan bir necha bor foydalanish mumkin. Animatsion atributlar – After Effects dasturining yana bir muhim tomoni – vaqtlar bo‘yicha qatlamlardagi atributlarni o‘zgartirish imkoniyatidir. Biz qatlamlarning harakatini ko‘rsatishimiz, qatlamni paydo bo‘lishi va yo‘qolishini, shuningdek effektlarni tezlashishi yoki sekinlashishini belgilashimiz mumkin. Graph Editor (grafik muharrir) montaj stoli sohasi faqat hususiyatlarni to‘g‘rilash va ularning aniq sozlanishini bajarish imkonini beradi.


12 II BOB. AMALIY QISM 2.1 Maxsus effektlar animatsiyasi Maxsus effektlar animatsiyasi effektlar animatsiyasi deb ham ataladi, bu an’anaviy animatsiya va kompyuter animatsiyasi jarayonlarining ixtisoslashuvi. Animatsion filmda harakatlanadigan va xarakterga ega bo‘lmagan har bir narsa (xarakterli animatorlar tomonidan boshqariladi) maxsus effekt deb hisoblanadi va uni yaratish uchun maxsus effektli animatorlarga qoldiriladi. Effektlar animatsiyasi vazifalariga avtomobillar, poyezdlar, yomg‘ir, qor, olov, sehr, soyalar yoki boshqa xarakterga ega bo‘lmagan narsalar, narsalar va hodisalarni jonlantirish kiradi. Klassik holat, asl nusxadagi lampalar va lazerli boltlar bo‘ladi. “Yulduzlar jangi”, ham rotoskop yordamida yaratilgan. Ba’zida maxsus jarayonlar chizish yoki tasvir berish o‘rniga animatsion effektlarni yaratish uchun ishlatiladi. Yomg‘ir, masalan, 1930-yillarning oxiridan boshlab Uolt Disney metrajli animatsion/Disney filmlarida qora fon oldida suvning sekin harakatli tasvirini suratga olish orqali yaratilgan, natijada olingan film animatsiya ustiga qo‘yilgan. Tarixdagi eng ko‘zga ko‘ringan effektli animatorlar orasida Termit Terrace/Warner Bros kompaniyasidan A.C. Gamer; va Uolt Disney animatsion studiyasidan Joshua Meador, Cy Young, Mark Dindal va Rendi Fullmer. Maxsus effektlar animatsiyasi an’anaviy tarzda suratga olinmaydigan tasvirlarni yaratish uchun jonli filmlarda ham keng tarqalgan. Shu nuqtai nazardan, maxsus effektlar animatsiyasi xarakterli animatsiyaga qaraganda odatiy holdir, chunki filmda bir asr davomida har xil turdagi va navlarning maxsus effektlari ishlatilgan.


13 Optik printer An optik printer – bu bir yoki bir nechta kinoproyektorlardan iborat bo‘lib, ular mexanik ravishda kinokamera bilan bog‘langan. Bu kinoijodkorlarga bir yoki bir nechta film tasmasini qayta suratga olish imkonini beradi. Optik printer kinofilmlar uchun maxsus effektlar yaratish yoki eski kino materiallarini nusxalash va tiklash uchun ishlatiladi. Umumiy optik effektlarga xiralashish va pasayish, erish, sekin harakat, tez harakat va matli ish kiradi. Keyinchalik murakkab ish o‘nlab elementlarni o‘z ichiga olishi mumkin, ularning hammasi bitta sahnaga birlashtirilgan. Ideal holda, teatr tomoshabinlari optik printerlarning ishini sezmasligi kerak, lekin bu har doim ham shunday emas. Iqtisodiy sabablarga ko‘ra, ayniqsa 1950-yillarda, va keyinchalik filmda suratga olingan teleseriallarda, printer ishi faqat effektga muhtoj bo‘lgan sahnaning haqiqiy qismlari bilan cheklangan edi, shuning uchun o‘tish paytida tasvir sifatining aniq o‘zgarishi kuzatiladi. Birinchi, oddiy optik printerlar 1920-yillarning boshlarida qurilgan. 1930- yillarda Linvud G. Dann kontseptsiyani kengaytirdi va rivojlanish 1980-yillargacha davom etdi, bunda printerlar minikompyuterlar bilan boshqarildi. 1980-yillarning oxirida raqamli kompozitsiya optik effektlarni yo‘q qila boshladi. 90-yillarning o‘rtalaridan boshlab raqamli effektlarga deyarli to‘liq o‘ta boshlangan edi. Shunday qilib, bugungi kunda optik bosmadan faqat kino bilan ishlaydigan individual rassomlar foydalanadilar. Texnika sifatida, bu qo‘lda bo‘yalgan yoki jismonan ishlov berilgan plyonka nusxalarini tayyorlashda ayniqsa foydali.


14 Televideniyeda, ayniqsa kunlik ko‘rsatuvlarni efirga uzatishda hamda HD formatdagi 2K, 4K o‘lchamdagi o‘ta tiniq tasvirli ko‘rsatuvlar bilan ishlashda eng yaxshi va samaraldi dasturiy vosita – Grass Valley EDIUS ekan. Televideniye sohasida ovoz va musiqa bilan ishlash uchun – Sony Sound Forge Pro. Televideniyeda turli maxsus effektli tasvirlar yaratish uchun eng yaxshi deb topilgan dastur – Adobe After Effects dasturidir. Chunki bu dastur Adobe media dasturlari oilasiga kirib bevosita Adobe Premiere, Adobe Photoshop, Adobe Encore va boshqa dasturiy vositalar bilan o‘zaro formatlari mos kelishi va o‘zaro materiallarni ko‘chirib o‘tkazish imkonini beradi va bu holat sifat yo‘qotishlarni oldini olishga sabab bo‘ladi. Televideniyeda turli tuman titrlar bilan ishlash uchun juda keng imkoniyatlar ochib beruvchi, animatsion titrlar yaratishga imkon beruvchi dasturiy vosita – proDaD Heroglyph ekanligi aniqlandi. Suratlar va boshqa turdagi grafik ma‘lumotlar bilan ishlash uchun eng maqbul dasturiy vosita – Adobe Photoshop. Televideniyeda videofayllarni konvertatsiya qilishda va kodlashda – Canopus ProCoder dasturi eng yaxshi deb topish mumkin. Buning sababi bu dastur eng minimal sifat yo‘qotishlarga ega bo‘lib, formatlar diapazoni va bevosita konvertatsiya jarayonida fideomateriallarning sifatini oshirish uchun filtr, plaginlarga ega ekanligi bilan boshqa dasturiy vositalardan ustun turadi.


15 2.2 Adobe After Effects mantaj Bu yerda birinchi ishga tushirilgandan boshlab, asosiy ob'ektlarni yaratishgacha bo‘lgan barcha asoslarni tasvirlab berilgan. After Effects ko‘p jihatdan Photoshop-ga o‘xshaydi. Va bu dasturdagi qatlamlar ham xuddi shunday muhim. Har qanday yaratilgan video bir-birining ustiga o‘ralgan qatlamlar to‘plamidir. 1-rasm Qatlamlar to‘plami Sony Vegas yoki Premiere Pro kabi dasturlarda animatsiya bilan ishlaganda shuni bilish kerakki, animatsiya asosiy kadrlarni o'rnatish va tanlangan xususiyat qiymatini, xoh u videoning koordinatalari, uning o'lchamlari yoki boshqa qo'llabquvvatlanadigan xususiyatlarni o‘zgartirish orqali yaratiladi.


16 2-rasm Animatsiya Maska bu oddiy qilib aytganda, qatlamning ma‘lum bir qismini boshqasidan ajratish usuli. Bu juda ko‘p turli xil effektlarni olish imkonini beradi. Misol uchun, odamni butunlay boshqa joyga ko‘chirsh. 3-rasm Maska


17 Videolardagi sarlavhalar muhim rol o‘ynaydi. Biroq, ular har doim ham juda chiroyli bo‘lishi shart emas. 4-rasm Videolardagi sarlavhalar Bu yerda videoga effektlar kiritish paneli, qanday effektlar qo‘shish va ularni qanday boshqarishni, sozlash qatlami nima ekanligini bilib olish mumkin bo‘ladi. 5-rasm Effekt yaratish


18 After Effects bu shunchaki video tahrirlash dasturi emas. Va u turli effektlarni yaratish uchun ko‘proq imkoniyatlarga ega dasturdir. 5-rasm Effekt yaratish imkoniyatlari Loyihani tugatgandan so‘ng, tayyor mahsulotni (ctrl+m) saqlab qo‘yiladi. After Effects – bu kichik qismlarni yaratish bilan bog‘liq bo‘lib, ularni keyinchalik tahrirlash dasturiga joylashtirish mumkin. Ammo agar Premiere Pro-da umumiy filmni yig‘ish kerak bo‘lsa, dinamik ulanishdan foydalanish mumkin. 6-rasm Formatda saqlash


19 Xulosa Montaj – kinoni san‘atning bir turiga aylantiruvchi muhim ifoda vositasi hisoblanadi. Montaj ulkan ijodiy va ta‘sir kuchiga ega. Montaj vositasi ila eng rang-barang mazmunli kadrlarni birlashtirib, o‘z mavzusi, syujetiga ega film ham yaratsa bo‘ladi. Buning ustiga kadrlar turli davrlarda, turli mamlakatlarda har hil planlar-u, rakurslarda suratga olingan bo‘lishi mumkin. Shu bois rejissyorlar va operatorlar montaj san’atini shunchaki emas, balki to‘liq, chuqur bilishlari lozim. Rejissyor kinodagi montaj xususiyatlarini yaxshi bilmog‘i lozim. U plan, rakurslar, tasvirga olish usuli bir hil bo‘lgan ikki kadrni birlashtirib bo‘lmasligini, bunday holatda harakat yo‘qolishini bilishi kerak. Harakatsiz kino esa kino emas. Filmni to‘g‘ri montaj qilish, badiiy kinematografik ifodalilikka erishi uchun tasvirga olish paytidayoq uni montajbop qilib suratga olish kerak. Shuni unutmaslik keraki, filmning eng yaxshi montaji – bu uning montaj qonun qoidalariga asosan tasvirga olinishidir. Natijada u rejissyor va ijodiy guruhga asarning g‘oyasini, mavzusini, obrazlarni chuqur ochib berishga imkon beradi. Yosh rejissyor, operator montajning ahamiyatini amaliyotda tushunib yetadi. U montajdagi muhim jihatlarini o‘zlashtirib olsa bas. Masalan, kinoda montajning qanday tamoyillari, badiiy shakllari va ularning imkoniyatlarini bilishi lozim. Rejissyor tomonidan tanlangan montajning barcha turlari, uning prinsiplari yagona bir maqsadga – asarning kinematografik ta‘sirchan chiqishiga qaratiladi. Rejissyor aql-idroki, mahorati ila qo‘llagan montaji orqali filmda o‘z g‘oya va maqsadini to‘la amalga oshiradi. Demak, montajning barcha nozik jihatlarini bilish rejissyor uchun muhimdir. Montaj haqidagi bilimlar majmui rejissyorlar, operatorlarning tasvirga olish maydonchasidagi kundalik ishlarida, amaliyotida juda zarur. Chunki, haqiqiy professional bilim va ko‘nikmalar olingan nazariy bilimlarni amaliyotda sinovdan o‘tkazgan paytdagina shakllanib boradi. Amaliyotda bir necha bor sinovdan o‘tib mustahkamlanib ulgurgan bilimlar tasvirga olish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ichki shubhalarni bartaraf etishda yordam beradi.


20 Har qanday video montaj professional dasturi aniq va qulay montaj jarayonini ta‘minlab berishi lozim. Tasvir va ovoz bilan ishlashda tasvirga olishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni bartaraf etishga, shu bilan birga tasvirlarga jilo va bezak beruvchi qurollarga xam ega bo‘lishi kerak, masalan effektlar, titrlar yaratuvchi, perexodlar, ovoz va rasmlarni qayta ishlovchi qurollar. Va eng asosiysi videomontaj dasturi yuqori sifatli videomaxsulot yaratishga imkoniyat berishi, aniqrog‘i kodlash va filmni aniq bir formatda yoza olishi lozim. Yuqoridagilardan shuni qisqacha xulosa qilish mumkin: Taxlil qilib ko‘rilgan montaj dasturlarining xech biri 100 % mukammal emas. Bu tabiiy. Dasturlarning xar biri o‘z holicha montajning muayyan bosqichiga mo‘ljallanganligi bilan aloxida e’tiborga sazovor. Masalan, videoni yozib olish uchun bir dastur eng yaxshi bo‘lsa, filmni yig‘ish uchun yana boshqa bir dasturdan yaxshisi yo‘q. Maxsus effektlar uchun yana boshqa bir dastur eng yaxshi hisoblanadi. Yana qaysidir dastur o‘zining ishonchliligi bilan taxsinga sazovor. Adobe Creative Suite Master Collection oilasiga kiruvchi dasturlardan foydalanish ancha samarali ekan. After Effects dasturi bir qarashda murakkab ko‘rinsa-da, dasturning o‘z mantig‘i bor. Ish tamoyillarini o‘rgangandan so‘ng, ushbu dasturni yanada chuqurroq o‘rganish yanada osonroq bo‘ladi.


21 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. I.M.MELIQO‘ ZIYEV SH. T. XUSANOV MAXSUS VA MURAKKAB MONTAJ (darslik) Toshkent-2019 yil 2. https://el-montage.ru/adob-after-effekt-montazh/ 3. https://uz.kineshma.net/Special-effects-1047 Muallif: Peter Berry Yaratilish Sanasi: 11 Iyul 2021


Click to View FlipBook Version