The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by b_e_2012, 2024-01-04 06:58:37

Vatanparvar 1-son

Vatanparvar 1-son

t.me/mv_vatanparvar_uz t.me/mudofaavazirligi IJTIMOIY-SIYOSIY, MA’NAVIY-MA’RIFIY, HARBIY-VATANPARVARLIK GAZETASI BIZ HAQIMIZDA youtube.com/c/uzarmiya instagram.com/mudofaavazirligi facebook.com/mudofaavazirligi [email protected] www.mv–vatanparvar.uz MILLIY ARMIYAMIZ YANGI O‘ZBEKISTONNING MUSTAHKAM QALQONIDIR! Gazeta 1992-yilning 24-iyunidan chiqa boshlagan 2024-yil 5-yanvar, №1 (3063) VATANPARVAR 2024-YIL – YOSHLAR VA BIZNESNI QO‘LLAB-QUVVATLASH YILI JANG TANLAMAS JALOLIDDIN QO‘SHINI MARKAZIY OSIYODA BARQARORLIKNI TA’MINLASH 3 6-7 10 GERMANIYAGA “VIZA”NI BIR ULUG‘ ORZU BERGANDI... MARKAZIY OSIYODA BARQARORLIKNI TA’MINLASH 6-7 10 BIR ULUG‘ ORZU BERGANDI...


2 № 1 5-yanvar VATANPARVAR 2024-yil Jarayon Yig‘ilishda qo‘shinlarning jangovar shayligi va jangovar qobiliyatini yanada oshirish, ularni zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlash, mavjud qurol-yarog‘ namunalarini modernizatsiya qilish, shuningdek harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari va Qurolli Kuchlar faxriylarini ijtimoiy himoya qilish masalalari muhokama qilindi. Qo‘shinlarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarligi, boshqaruv organlari, birlashmalar, qo‘shilma va qismlar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha bajarilgan ishlar yuzasidan mudofaa vazirining hisoboti tinglandi. 2016-yildan boshlab milliy armiyamizni isloh qilish, Qurolli Kuchlarning tashkiliy tuzilmasini va dislokatsiya tizimini takomillashtirish, qo‘shinlarni zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika namunalari bilan jihozlash, O‘tgan yil yakuni bilan jami 22 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgani, bu avvalgi yildagiga nisbatan 1,8 barobar ko‘pligi ta’kidlandi. Amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinar ekan, joriy yilda xorijiy investitsiyalar hajmini yanada ko‘paytirish zarurligi qayd etildi. Bunda asosiy e’tiborni elektrotexnika, mashinasozlik, qurilish materiallari, farmatsevtika, to‘qimachilik va charm sanoati tarmoqlariga qaratish topshirildi. Yirik investorlar bilan manzilli ishlash, investitsiyalarni jalb qilishda iqtisodiy diplomatiyani va chet eldagi diplomatik vakolatxonalar ishtirokini kuchaytirish muhimligi alohida qayd etildi. Yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirishda hududlardagi maxsus zonalardan hamda sanoat kooperatsiyasi imkoniyatlaridan keng foydalanish orqali qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Tarmoq va hududlar rahbarlari investitsiya masalalarini hal etishda sanoat tarmoqlari bilan yaqindan ishlashi, asosiy e’tiborni hududlarda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, yangi ish o‘rinlarni ko‘paytirishga harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligi va shayligi, kasbiy mahoratini oshirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. O‘tgan davrda bo‘linmalarning texnik va zaxira ta’minoti tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqildi, autsorsing xizmatlari va harbiy klasterlar tizimi joriy qilindi. Mudofaa sanoati majmuasi korxonalari faol rivojlantirilmoqda, ayrim turdagi qurol-yarog‘ va texnika turlarini ishlab chiqarish va modernizatsiya qilishni mahalliylashtirish boshlandi. Hisobot davrida yoshlarni harbiyvatanparvarlik ruhida tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, mahallalarda 24 mingdan ortiq tadbir o‘tkazildi, “Jasorat maktablari”dagi o‘quv yig‘inlariga 5 ming nafardan ziyod yosh jalb qilindi. Harbiy shaharchalarda “Temir d a f t a r ”g a k i r g a n o i l a l a r n i n g farzandlari uchun fan, sport va qaratishi shartligi qayd etildi. Xalqaro moliya institutlari mablag‘laridan samarali foydalanish va ularni o‘z vaqtida o‘zlashtirish, ushbu mablag‘larni ustuvor ravishda ijtimoiy, infratuzilma hamda suv xo‘jaligi loyihalariga yo‘naltirish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, joriy yilda grant mablag‘larini jalb qilishni faollashtirib, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, sog‘liqni saqlash, oliy ta’lim, fan va innovatsiya sohalarida xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish vazifalari belgilab berildi. Yig‘ilishda “yashil” energetikani rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Bugungi kunda yurtimizda quyosh, shamol va gibrid turdagi elektr stansiyalarni davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etish bo‘yicha umumiy quvvati 6,3 gigavatt bo‘lgan 28 ta loyiha doirasida ish olib borilmoqda. Shundan 2023-yilda xorijiy investorlar bilan birgalikda umumiy quvvati 2,6 gigavattlik 7 ta loyiha doirasida dastlabki quvvatlar ishga tushirildi. Xususan, o‘tgan yil 27-dekabr kuni davlatimiz rahbari ishtirokida o‘tgan marosimda Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Buxoro va Qashqadaryo san’at turlari bo‘yicha to‘garak va seksiyalar tashkil etish, ularni brigada komandirlari va harbiy okrug qo‘mondonlariga biriktirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Jami 580 dan ortiq tezkor-jangovar tayyorgarlik tadbiri o‘tkazildi, ularda Qurolli Kuchlarning 35 mingdan ziyod harbiy xizmatchisi ishtirok etdi. Harbiy xizmatchilar va ular oila a’zolarining ijtimoiy himoyasi kuchaytirildi. A m a l g a o s h i r i l g a n i s h l a r natijasida qo‘shinlarning jangovar tayyorgarlik samaradorligi, harbiy xizmatchilarning professionalligi, jangovar ruhi va psixologik shayligi sezilarli darajada oshdi. Harbiy oliy ta’lim muassasalari faoliyatida harbiy kadrlarni ilg‘or texnologiyalar asosida tayyorlash bo‘yicha yangi tizim joriy qilindi. Bundan tashqari, harbiy sohani raqamlashtirishga alohida e’tibor viloyatlarida beshta quyosh fotoelektr stansiyasi, Navoiy viloyatida shamol elektr stansiyasi quvvatlari tarmoqqa ulandi. Bundan tashqari, ayni paytda Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Fransiya va Shveysariya kabi mamlakatlarning kompaniyalari bilan hamkorlikda “yashil” stansiyalar va energiya saqlash tizimlarini barpo etish bo‘yicha 12 loyiha ustida ish olib borilmoqda. Yig‘ilishda o‘tgan yilda boshlangan loyihalarni 2024-yilda to‘liq yakuniga yetkazish vazifalari, kelgusi yillarda “yashil” energiya ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni yaratish rejalari muhokama qilindi. 2 0 2 4 - y i l d a q u y o s h e l e k t r stansiyalarining umumiy quvvatini 2,6 gigavattga, shamol elektr stansiyalari quvvatini 900 megavattga yetkazish va 400 megavattlik energiya saqlash qurilmalarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Davlatimiz rahbari elektr energetika tizimining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida o‘zgaruvchan ishlab chiqarish quvvatlari qo‘shilishini inobatga olgan holda tarmoqlarni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi. Bunda qaratildi. Qo‘shinlarni boshqarishning zamonaviy avtomatlashtirilgan t i z i m l a r i b o s q i c h m a - b o s q i c h joriy etilmoqda, aloqa tizimlari takomillashtirilmoqda. Yig‘ilishda milliy armiyani zamonaviy qurol-aslaha va harbiytexnik mulk bilan ta’minlash, harbiy sanoat majmuini takomillashtirish ishlarini davom ettirish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi. 14-yanvar kuni nishonlanadigan Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram t a d b i r l a r i n i y u k s a k s a v i y a d a tayyorlash va o‘tkazish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish yakunida davlatimiz rahbari tomonidan Qurolli Kuchlar faoliyatini yanada takomillashtirish v a m a m l a k a t i m i z m u d o f a a qobiliyatini yuksaltirish bo‘yicha qator topshiriqlar berildi. mavjud tarmoqlarni modernizatsiya qilish, yangi podstansiyalar, uzatish tarmoqlarini qurish, zamonaviy avtomatlashtirilgan himoya tizimlarini, r a q a m l a s h t i r i l g a n b o s h q a r u v tizimlarini (SCADA/EMS) joriy etish, zaxira quvvatlari va energiya saqlovchi tizimlarning tarmoqdagi ulushini ko‘paytirish chora-tadbirlarini belgilash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Yig‘ilishda energetika tizimiga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni ko‘paytirish masalasiga to‘xtalib o‘tildi. Energetika tarmog‘iga investitsiya kiritayotgan asosiy xorijiy hamkorlar bilan manzilli ishlash va investitsiyaviy sheriklikni yanada kengaytirish maqsadida Energetika vazirligining bu boradagi faoliyatini takomillashtirish topshirildi. Xalqaro tajriba asosida qishloq x o ‘ j a l i g i y e r l a r i d a m a h s u l o t yetishtiruvchilar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun quyosh panellarini o‘rnatish va elektr energiyasini ishlab chiqarish – agrovoltaika amaliyotini joriy etish imkoniyatini o‘rganish va ushbu yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq takliflar kiritishga ko‘rsatma berildi. O‘zA MUDOFAA QURILISHI VA QUROLLI KUCHLARNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI INVESTITSIYA SIYOSATINI AMALGA OSHIRISH VA “YASHIL” ENERGETIKANI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2-yanvar kuni mudofaa qurilishi va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-yanvar kuni investitsiya siyosatini amalga oshirish hamda energetika tizimida qayta tiklanuvchi energiya quvvatlari ulushini ko‘paytirish bo‘yicha 2023-yilda qilingan ishlar va 2024-yilga mo‘ljallangan rejalar taqdimoti bilan tanishdi.


5-yanvar VATANPARVAR 2024-yil № 1 3 Turkiylarda qadimdan mavjud an’anaga ko‘ra, qo‘shin o‘ng va so‘l qanotlarga ajratilgan. Xorazmshohlar davrida qo‘shinga oid boshqaruv ishlari bilan buyuk devonning bo‘limi – devoni arz shug‘ullangan. Davlat xazinasidan olingan mablag‘lar va ularning sarfi to‘g‘risidagi barcha yozuvlar shu devonda saqlangan. Xorazmshohlar zamonida ham iqto tizimi mavjud bo‘lgan. Qo‘shinda xizmat qilgan harbiylarning hammasi ma’lum qiymatdagi iqtolarga ega bo‘lgan. Xususan, katta, kichik sarkardalar, qo‘mondonlar va harbiy voliylarning boy iqtolari bor edi. Katta iqtolar hukmdorning marhamatiga muvofi q, kamayishi yoki yanada yiriklashishi mumkin bo‘lgan. Kichik iqtolar esa o‘zgarmagan, ular otameros sanalgan. Iqto egalari chaqirilgan zahoti o‘z amirlari qanoti ostiga to‘planar va yurish tugagach, yana o‘z yerlariga qaytib ketgan. Xorazmshohlar yangi bir o‘lkani zabt etgach, u yerdagi yerlar darhol iqtolarga bo‘linib, mansabdorlar o‘rtasida taqsimlangan va devoni arz daſt arida qayd etilgan. Iqto sohiblaridan tashkil topgan ulkan bir suvoriy quvvatlar Xorazmshohlar davlatining turli tomonlariga yerlashgan edi. Ular viloyat askarlarini tashkil qilgan. Bundan tashqari, hukmdorning gvardiyasi ham mavjud bo‘lgan. Sulton Jaloliddin, shubhasiz, armiyaning bosh qo‘mondoni hisoblangan. U tinchlik davrida ham, yurish vaqtida ham o‘z armiyasini tashkil etgan ikki buyuk qismga: gvardiyasi va viloyat askarlariga qo‘mondonlik qilgan. Vazir bo‘lsa, Ozarbayjon va Arronda joylashgan Xorazmshoh qo‘shinlariga qo‘mondonlik qilgan va fath etish bilan shug‘ullangan. Jaloliddin Xorazmshoh, o‘z navbatida, doimo qo‘shin boshida bo‘lgan. U goho u yoki bu amirini bironbir mintaqani fath etish uchun safarbar qilsa-da, ko‘p o‘tmay, orqasidan yetib olib, qo‘mondonlikni o‘z qo‘liga olgan. Sulton Jaloliddin valiahd qilib tayinlanganidan so‘ng Abiskindan Xorazmga yo‘lga chiqqanida u bilan yetmish kishi bo‘lgan xolos. Gurganchda uning navkarlari aksariyat boyagut urug‘i hisobiga yetti mingga yetgan. Biroq Jaloliddin taxt talashib, fi tna yo‘liga kirgan ukalarining xiyonati oqibatida poytaxtni tashlab, Xurosonga ketishga majbur bo‘lgan. Bu vaqtda uning yonida bor-yo‘g‘i uch yuz kishi bo‘lgan. Bu yerdan G‘aznaga yurish qilgan Jaloliddin amakisining o‘g‘li Amin Malikni o‘n ming suvoriysi bilan o‘z yoniga chorlaydi va ular Jaloliddinga qo‘shiladilar. G‘aznada asli qalach urug‘idan bo‘lgan Sayfi ddin Bug‘roq va boshqa amirlar jami 30 ming kishi bo‘lib unga qo‘shiladilar. O‘z navbatida, Jaloliddin va Amin Malik ixtiyorida ham 30 ming navkar bo‘lgan. Shu tariqa qo‘shin soni 60 mingga yetgan. Faqat biroz keyin qalachlar Jaloliddindan ayrilganlar. Manbalarda buning sababi sifatida quyidagi voqea tafsiloti keltiriladi, ya’ni sulton Jaloliddin mo‘g‘ullar ustidan qozongan bir g‘alabadan so‘ng o‘lja taqsimlanadi. Shunda Amin Malik Sayfi ddin Bug‘roqni o‘lja talashib, qamchi bilan uradi. Buning oqibatida qalachlar Jaloliddin qo‘shinini tashlab ketganlar. Chunonchi, Sind daryosi bo‘yida bo‘lgan jangda Jaloliddin 30 ming kishilik qo‘shinga ega bo‘lgan. Sulton Jaloliddin Hindistonga yo‘l olganida esa u bilan atigi 4 300 xorazmlik navkar bo‘lib, ularning bir qanchasi yarador bo‘lgan. Bu qo‘shinga Hindistonda qochoq, sig‘indi hindlar qo‘shilib, navkar soni o‘n mingga yetgan. Eronga qaytishga qaror qilgan Jaloliddin navkarlarining bir qismini Hindistonda qoldirgan. Xorazmshoh Jaloliddin Kirmonga ho‘kiz va xachir mingan to‘rt ming navkar bilan kirib kelgan. Biroz keyinroq sulton Jaloliddin Baroq Hojibni jazolash uchun Kirmonga borganida uning 11 ming navkari bo‘lgani ma’lum. Xullas, Jaloliddin davrida Xorazmshohlar qo‘shinining soni qancha bo‘lgani haqida aniq bir raqam aytish qiyin. Sababi uning qo‘shini soni muarrixlar tomonidan turli manbalarda turlicha qayd etilgan. Manbalardagi ma’lumotlarni umumlashtirgan holda, shuni aytish mumkinki, sulton Jaloliddinning qo‘shini soni 50 ming kishidan oshmagan. Sulton Jaloliddin qo‘shinning jangovar tayyorgarligi masalalariga ham katta e’tibor qaratgan. Xususan, safarbarlikni, shubhasiz, faqat sulton e’lon qilgan. Kengash muassasasi mavjud bo‘lgani hisobga olinsa, safarbarlik kengashdan so‘ng e’lon qilingani haqida xulosa chiqarsa bo‘ladi. Jaloliddin Xorazmshoh safarbarlik qaroriga kelgach, qo‘shinning yuksak martabali sarkardalariga, ya’ni xon, malik, amir va pahlavonlarga, goho chovushlarga qirmizi o‘q yuborgan. Qirmizi o‘qni olgan qism qo‘mondoni darhol qo‘l ostidagi navkarlari bilan sulton yoniga yetib kelgan. Xorazmshohlar qo‘shini tomonidan janglar asosan maydon jangi, qurshovga olish va muqobil to‘qnashuv tarzida amalga oshirilgan. Muqobil to‘qnashuv kichikroq miqyosdagi maydon jangidir. Sulton Jaloliddin maydon va muqobil janglarda o‘z qo‘shinini an’anaviy bir shaklda, ya’ni o‘ng, markaz va so‘l qanotga safl agan. Markazga uning o‘zi qo‘mondonlik qilgan. Markaz, odatda, gvardiya qo‘shinlaridan iborat bo‘lgan. O‘ng va so‘l qanotlarga xon, malik va amirlar qo‘mondonlik qilganlar. O‘ng va so‘l qanotlar har holda viloyat qo‘shinlaridan tashkil topgan. Aksariyat hollarda markazda suvoriylar, o‘ng qanotda kamonchilar, so‘l qanot piyodalardan tashkil topgan. Jang vaqtida sulton atrofi dagi xos g‘ulomon bilan oldingi safda urushgan. Bir-biri bilan suyak dushmani bo‘lgan xorazmliklar va mo‘g‘ullar bir-birining jang tarzini qabul qilmaganlar. Xorazmshoh qo‘shinlari an’anaviy tartib va taktika asosida jang qilgan. Mo‘g‘ullar bo‘lsa, qismlarini o‘zlarining maxsus jang uslubida ikki qator tizgan holda urushganlar. Tarixchi ziyo Buniyodovning “Anushtagin-Xorazmshohlar davlati” kitobida shunday yoziladi: ...Sulton Jaloliddin maydon janglarida ham, muqobil janglarda ham pistirma qo‘ygan. Masalan, Qushtemur qo‘mondonligi ostidagi xalifa qo‘shinlari bilan bo‘lgan jangda Jaloliddin bir qancha hujumdan keyin go‘yo qochgan, dushman esa quvlagan. Natijada dushman pistirmaga tushgan. Ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki, Jaloliddin mo‘g‘ullar bilan bo‘lgan janglarda ham pistirma qo‘ygan. Sulton Jaloliddin jangning bosqin shaklini ko‘proq Hindistonda qo‘llagan. Bunda navkarlarning soni kam bo‘lganligi o‘z rolini o‘ynagan bo‘lsa kerak. Dushman qo‘shini bilan ro‘baro‘ kelgan sulton dushmanning kuch-quvvatini, uning qo‘shini qanday kuchlardan tashkil topganini yaxshi o‘rganar va bu quvvatni diplomatik yo‘llar bilan parchalashga harakat qilgan. Masalan, gurjilar bilan bo‘lgan janglardan birida dushman safi da qipchoqlar borligini bilgach, sulton ularga non-tuz yuborgan. Natijada qipchoqlar jang maydonini tashlab ketganlar. Xorazmshoh Jaloliddin qamal paytlari manjaniq, devorteshar qurollar va neſt moyi ishlatgan. Qamal uzoq davom etgudek bo‘lsa, sulton o‘z qo‘shinlarini qal’a atrofi ga doira shaklida joylashtirgan, shahar atrofi da uylar qurdirgan. Manbalarda sulton Jaloliddinning dushmanlarini aldash uchun hiyla ham ishlatgani keltirilgan. Masalan, u mo‘g‘ullarning bayrog‘iga o‘xshash oq sanjoq bilan Isfahondan Rayga ketgani ma’lum. Xorazmshohlar qo‘shinlari erishgan har bir g‘alabadan so‘ng do‘stlarni quvontirish, dushmanlarni yig‘latish va chekintirish uchun fathnoma yozilgan. Fathnomani munshiylar (kotiblar) yozganlar, unga sulton tug‘rosi muhrlangan. Fathnoma yuksak martabali amaldorlardan berib yuborilgan. Hilot zabt etilgach, sultonning munshiysi Shihobiddin an-Nasaviy tomonidan fathnoma yoziladi. Shihobiddin Muhammad anNasaviyning “Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti” asarida yozilishicha, mumtoz uslubda bitilgan bu fathnoma Allohga hamd-u sano bilan boshlanib, so‘ng quyidagilar bayon etilgan: “dushmanlarimizga kuchimizni yana bir bor ko‘rsatib qo‘ydik. ular xato qilganlarini tushunib yetdilar. Biz yaxshilik tarafdori bo‘lganimiz uchun ularni afv etdik. izziddin Oybek va Malik Ashrafning birodari Mujiriddin va Taqiyuddin, shuningdek ayyubiylarning yuksak martabalari bizga xizmat qilishga so‘z berdilar. Biz ham ularning gunohidan o‘tdik”. Shunday qilib, Xorazmshoh Jaloliddin qo‘shini o‘z davrida Vatan himoyasi, yurt farovonligini ta’minlashda katta jonbozlik ko‘rsatdi. Undan qolgan boy harbiy mahorat sir-sinoatlari va tajriba bugungi kunda mamlakatimizda professional armiyani shakllantirish va mustahkamlash, harbiy xizmatchilarning jangovar shayligini oshirish, ularda vatanparvarlik, fi doyilik, qat’iyatlilik va azm-u shijoat kabi fazilatlarni shakllantirishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Polkovnik Muhiddin uMAROV, dotsent, ildar yAFAROV, dotsent Harbiy strategiya JANG TANLAMAS Xorazmshohlar o‘z davrining qudratli qo‘shiniga va mukammal harbiy ish tizimiga ega bo‘lgan. Xorazmshohlarning qo‘shin saqlash an’anasi haqida gapirganda, avvalo, uni xuddi saljuqiylarning saroy va hukumat tashkilotiga o‘xshashligini alohida ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofi q. Davrlar o‘tishi bilan qo‘shinlarda bir qator islohotlar qilingan. Xususan, Alouddin Muhammad davrida harbiy mansabdorlar tizimida, Jaloliddin Xorazmshoh davrida esa jangovar tayyorgarlik borasida jiddiy, ayni vaqtda samarali ishlar amalga oshirilgan. 5-yanvar VATANPARVAR edi. Ular viloyat askarlarini tashkil qilgan. Bundan tashqari, hukmdorning gvardiyasi ham mavjud bo‘lgan. Sulton Jaloliddin, shubhasiz, armiyaning bosh qo‘mondoni hisoblangan. U tinchlik davrida ham, yurish vaqtida ham o‘z armiyasini tashkil etgan ikki buyuk qismga: gvardiyasi va viloyat askarlariga qo‘mondonlik qilgan. Vazir bo‘lsa, Ozarbayjon va Arronda joylashgan Xorazmshoh qo‘shinlariga qo‘mondonlik qilgan va fath etish bilan shug‘ullangan. Jaloliddin Xorazmshoh, o‘z navbatida, doimo qo‘shin boshida bo‘lgan. U goho u yoki bu amirini birontayyorgarligi masalalariga ham katta e’tibor qaratgan. Xususan, safarbarlikni, shubhasiz, faqat sulton e’lon qilgan. Kengash muassasasi mavjud bo‘lgani hisobga olinsa, safarbarlik kengashdan so‘ng e’lon qilingani haqida xulosa chiqarsa bo‘ladi. qaroriga kelgach, qo‘shinning yuksak martabali sarkardalariga, ya’ni xon, malik, amir va pahlavonlarga, goho Harbiy strategiya JANG TANLAMAS


4 № 1 5-yanvar VATANPARVAR 2024-yil Sarhisob YANGI O‘ZBEKISTON Ortda qolgan 2023-yil O‘zbekiston Qurolli Kuchlari, xususan Mudofaa vazirligi qo‘shinlari uchun ancha samarali kechdi. Boisi yil davomida qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini oshirish, Vatan himoyachilarining proff essional tayyorgarligini yuqori bosqichga ko‘tarish, joylarda yurt posbonlari mahoratini yuksaltirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, xalq va armiya yakdilligini ta’minlash borasida ko‘plab ishlar bajarildi. Quyida ortda qolgan yil davomida olib borilgan keng ko‘lamli jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari va milliy armiyamizning xalqaro maydonlarda qo‘lga kiritgan yutuqlari haqida so‘z yuritamiz. ARMIYASI 2023-yilning 13-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug “Termiz” dala-o‘quv maydonida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining brigada taktik o‘quvini kuzatdi. Ushbu mashg‘ulotlar jahonda kuzatilayotgan harbiy harakatlar xususiyatidan kelib chiqqan holda o‘tkazildi. Prezidentimiz Qurolli Kuchlar salohiyatini yanada mustahkamlash, xalq va armiya birdamligini ta’minlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash harbiy sohadagi islohotlarning o‘zagini tashkil etishi kerakligini ta’kidladi. Markaziy harbiy okrugning “Forish”, “Kattaqo‘rg‘on” va “Sazagan” poligonlarida ham yil davomida jangovar o‘quv mashg‘ulotlari bir zum bo‘lsa-da tingani yo‘q. Xususan, artilleriya qo‘shinlarining o‘z bilim va mahoratlarini oshirishda asosiy mexanizm vazifasini o‘tab kelayotgan “Kattaqo‘rg‘on” dala-o‘quv maydonida artilleriya qo‘shinlari anchayin sermahsul mashg‘ulotlar o‘tkazdi. May oyida Toshkent harbiy okrugining “Angren” tog‘ dala-o‘quv maydonida O‘zbekiston va Qozog‘iston maxsus bo‘linmalarining hamkorlikdagi “Qalqon – 2023” maxsus-taktik o‘quvi bo‘lib o‘tdi. Uni har ikkala mamlakat mudofaa vazirlari bevosita kuzatib bordi. Mazkur maxsus-taktik o‘quv ikki mamlakatning harbiy sohadagi uzoq yillik tarixiy asoslarga ega do‘stona munosabatlarining yana bir timsoli ekanligi bilan ham ahamiyatlidir. 2023-yil sentabr oyida “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishoni uchun navbatdagi sinovlar o‘tkazildi va jami 262 nafar harbiy xizmatchi “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishon sohibi bo‘ldi (2022-yilda bu raqam 240 nafarni tashkil etgan edi). Undan tashqari, qo‘shinlarda bo‘linma va harbiy xizmatchilarning professional tayyorgarlik darajasini tekshirish va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida turli ko‘rik-tanlov, musobaqa va bellashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. Bular: “Eng ilg‘or batalyon (divizion)” ko‘rik-tanlovi, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Men g‘olib!” shiori ostida o‘tkaziladigan Xalqaro armiya o‘yinlari, muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Eng ilg‘or mutaxassis” ko‘rik-tanlovi va Qurolli Kuchlar miqyosidagi “O‘z kasbining ustasi” ko‘rik-tanlovi. Ushbu musobaqalar natijalariga ko‘ra, harbiy okrug, qo‘shilma, harbiy qism va mutaxassislarning tayyorgarlik darajasi ham baholanmoqda. Sayyoramizda sodir bo‘layotgan qurolli to‘qnashuvlar tahlil va xulosalaridan kelib chiqib, ortda qolgan yil davomida asosiy e’tibor taktik bo‘g‘indagi ofi tserlarning yetakchilik sifatlari, kasbiy mahorati, boshqaruvchanlik va uslubiy qobiliyatlarini oshirishga, jangovar tayyorgarlik tadbirlarini tashkillashtirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni, yangi taktik usul va uslublarni o‘rgatishga hamda shaxsiy tarkibni o‘qitishda yagona uslubiy bilimlarni shakllantirishga qaratildi.


5-yanvar VATANPARVAR 2024-yil № 1 5 Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan “Kembriya patruli” musbaqasida 44 ta davlatning 118 ta jamoasi o‘rtasida 2-o‘rinni va Koreya Respublikasida o‘tkazilgan “Xalqaro ilmiy jangovar tayyorgarlik” musobaqasida 5 ta davlatning 13 ta jamoasi o‘rtasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bir so‘z bilan aytganda, ortda qolayotgan har bir kun shunchaki o‘tib borayotgani yo‘q. U milliy armiyamiz uchun ulkan tajriba orttirish, malakasini shakllantirish va mahorat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda. Mamlakat tayanchi, mustaqillik garovi bo‘lgan Qurolli Kuchlarimizni boshlangan yangi yilda ham ulkan marralar kutib turibdi. Bu mashaqqatli yo‘lda Vatan himoyachilariga yanada ulkan zafar va muvaff aqiyatlar tilab qolamiz! Katta leytenant islomjon QO‘ChQOROV, “Vatanparvar” mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir! 2023-yil may oyida Turkiya davlatining Isparta shahrida o‘tkazilgan “Eng ilg‘or merganlar jamoasi” musobaqasida jamoamiz ikkinchi marta ishtirok etib, Yevropa, Osiyo va Afrikaning 13 davlati 42 ta jamoasi o‘rtasida faxrli 2-o‘rinni egalladi; mart oyida Pokiston Islom Respublikasi Qurolli Kuchlari 22-armiya korpusi bazasida VI Xalqaro “Jamoa ruhi” musobaqasida 11 ta davlatning jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Keng ko‘lamli islohotlar natijasida o‘tgan yil davomida Mudofaa vazirligi qo‘shinlari mutaxassislari xalqaro arenadagi turli harbiy musobaqalarda qatnashib, faxrli o‘rinlarni egalladi. Xususan: 2023-yil mart oyida Amerikaning Missisipi shtadidagi Kemp Shelbi bazasida bo‘lib o‘tgan “Eng ilg‘or jangchi” musobaqasida ishtirok etgan Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchisi yuqori kasbiy mahorati bilan barcha bosqichlardan muvaff aqiyatli o‘tib, faxrli 1-o‘rinni egalladi; Shuningdek, o‘tgan yilning oktabr oyida Mudofaa vazirligi jamoalari: XALQARO MAYDONDA


6 № 1 5-yanvar VATANPARVAR 2024-yil Bu orzuning ildizi qayerda o‘zi? Men o‘tgan asrning yigirmanchi yillarida Germaniyada o‘qigan o‘zbek talabalari haqida birinchi marta eshitganimda o‘zim ham talaba edim. O‘sha kun sira esdan chiqmaydi, shom tongga ulandi. Tun qarmog‘ida saharni tutdim, ko‘zlarimdan zulmat titilib, xayollar tizginsiz o‘sib borar, mijja qoqmay, tor yotoqxona burchagida o‘sha talabalar bilan savol-javob qilardim go‘yo. Uchinchi qavatdagi xonamga oshxonadan qo‘shimcha bir stol kiritib olgandim. Yotoqxona mudirasi meni yaxshi o‘qiydigan talaba bilib (u baholash daftarimni emas, qo‘llarimdagi kitoblarni ko‘rardi xolos), bunga zo‘rg‘a ko‘ngan. O‘sha stolda qoralangan, chaplangan fikrlar, achchiq kechinmalar, asar parchalari va sitilayotgan tun bilan birga qorilib yotardim. Har kun xurrak otib tomga yostiqbosh uradigan kursdoshlarim negadir bugun tinchib qolganday, hech nima eshitilmas, qora derazamizdan shabadalar ham qochib qolgan, chinorning barglari ham tebranmas, ma’yus egilib turardi. O‘sha tundan boshlab 1922-yil ziroatlashgan Turkistondan sanoat gurkirayotgan Germaniyaga otlangan o‘zbek yigit-qizlari – talabalar haqida ko‘proq narsa bilishni, yaqindan tanishishni istadim va shunga shaxt ila kirishdim. Bu izlanishlar mevasi o‘laroq to‘rt yil o‘tib, “Qo‘rqma” romani chop etildi. XIX asrning oxiri XX asrning boshida asriy qoloqlik va mustamlakachilik zulmidan xalos bo‘lish, ma’rifat yo‘li ila mustaqillikka yetish orzusi millatning er yigitlari, fidoyi bolalarini asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da birlashtira boshladi. Erk tayanchi va totini ta’lim va tarbiyada ko‘rgan jadidlar 1917-yilda yuz bergan sovet inqilobidan so‘ng ma’lum vaqt vujudga kelgan egasizlik va boshboshdoqlikdan unumli foydalanib, maqsadlari yo‘lida jidd-u jahd bilan harakat qila boshladi va aniq, chuqur o‘ylangan rejalarni bajarishga o‘tildi. Shu onda talabalarni xorijda o‘qitish va ularni ilmli qilish bo‘yicha ko‘plab tashkilotlar, birlashmalar, fondlar paydo bo‘lganini aytish o‘rinli. Chunki o‘zbek bolalarini xorijda o‘qitish istagi ham birdan paydo bo‘lib qolmay, ko‘p o‘ylangan va xo‘p harakat qilingan maqsadlardan biri edi. “Turon”, “Imdodiya”, “Tarbiyayi atfol”, “Jamiyati xayriya”, “Nashri maorif”, “Yordam” kabi jamoat, tashkilot va tuzilmalar millatning kitob tutib, ko‘zi yongan jur’atli, shijoatli bolalarini chet ellarda o‘qitib, “odam” qilish uchun ochilgan bo‘lib, buning uchun ular boylar eshigida soatlab sarg‘aydi, jurnalistga aylanib, ommalashayotgan ro‘znomalarda maqolalar yozdi, shoirga do‘nib, adabiy kechalar uyushtirdi, arbob bo‘lib, to‘rga chiqdi, aktyor bo‘lib, teatr sahnasidan xalqqa nido qildi, vaziyat tang kelgan o‘rinlar esa gadoylik ham qilib bozorlarga chiqdilar (bu o‘rinlarni shunchaki o‘qib ketmang, iltimos). Yaqiningiz yoki bolangiz uchun emas, g‘irt begona bir qiz yo yigitning o‘qishi uchun siz nima qilgan bo‘lardingiz? Qo‘lingizdan hozir nima keladi? Savolni yanada zamonaga buraman. Bu yil mahallangizdagi shartnoma pulini to‘lay olmagan talabalar sonini bilasizmi? U uchun qanday yordam bergan bo‘lardingiz? Har yili o‘qish pulini to‘lay olmagani uchun ancha-muncha yoshlar o‘qishdan haydalishi yoki “men betobman”, deya akademik ta’til so‘raydi va sir emaski, o‘sha mablag‘ni topish uchun ota-onalar yoki o‘zi xorijga ishga jo‘naydi. Aslida, kasal kim va aniqrog‘i, kimlar? Gazak olgan xastalikni davolash uchun Moskva, Boku, Leningrad kabi shaharlarga jo‘natilayotgan talabalar bilan cheklanib bo‘lmasligini taraqqiyparvarlar yaxshi anglardi. Shuning uchun ular “Ko‘mak” nomli yangi tashkilot ochib, pul yig‘a boshlaydi va asosan Germaniyaga talaba jo‘natishni maqsad qiladi. Xo‘sh, nima sababdan aynan Germaniya? Keling, avvalida bu savolga o‘sha yerda tahsil ko‘rgan Abduvahob Murodiy javob bersa, ishonchli bo‘ladi: “Germaniyada 21 ta dorulfunun va boshqa sonsiz yuqori va o‘rta darajalik maktablar bor. Germaniya dorulfununlari maktab bo‘lishdan boshqa yana bir koshiflar, ixtiro qilg‘uchilar yotog‘idir. Germaniya dorulfununlaridagi o‘qitish usuli hech bir yerda yo‘qdir. Juda qisqa qilib yozaman. Masalan, maktabda o‘qitilmoqda bo‘lgan hikmat (fizika) darsini olaylik. Talaba bu darsni tinglar ekan, mudarris (professor) butun tajriba qilib ko‘rsatish sharti bilan bir soat so‘zlar. Ikki kundan keyin mudarris tomonidan talabalarga bul dars to‘g‘risida vazifa berilur. Vazifa bajarilgandan so‘ng butun tajribani talabalar o‘z qo‘li bilan qilur. Butun nozik yerlarini ta’rif va isbot etar, tatbiqot yasar. Mana shu yo‘llar bilan bir dars ustida to‘rt soat cholishar. Darsni eshitmak bilan qolmas. Balki, darsning ruhiga kirib ketar. Mana shu surat bilan uning miyasida fan tug‘ilar va yashar. Ixtiro fikri uyg‘onar! Dorulfunun mudarrislari esa mamlakatning eng mumtoz siymolaridir” (“Qizil bayroq” g., 1922-yil 4-avgust). Bu yil hozirgina siz o‘qigan olmon ta’limi haqidagi ta’riflar ham yuz yoshga kirdi, bu fikrlarni yozgan “talaba” otilganiga esa 84 yil bo‘ldi (Alloh ul shahidlarimizni rahmatiga olgan bo‘lsin), ammo bugun ham bizning ko‘pgina institutlarga yuqorida Murodiy sanagan sifatlar, afsuski, xos emas, 100 yildan beri “afsuski” deyishdan ham nari o‘tmadik aslida... Hamon xayoliy bir orzu o‘laroq yashar yoki shu ham yashamas... Hozirgi kunda ham dunyoni ilm-fan ila lol qoldirib kelayotgan Germaniya bir asr oldin garchi Birinchi jahon urushidan sillasi qurib, mag‘lublik akti ila chiqqan bo‘lsa-da, butun dunyoga ustozlikka qodir salohiyatga ega edi. Sanoat shitob bilan rivojlanar, ishlab chiqarishga ilm-fan yutuqlari qat’iy qoidalar asosida tatbiq qilinardi. O‘sha payt Germaniyaning turli shaharlarida Rossiyaning o‘zidan 10 ming, Yaponiyadan 4 ming, Turkiyadan 3 ming talaba, Misrdan 300, Hindistondan 500, arablardan 200, eronliklardan 500, afg‘onlardan esa 500 yosh tahsil ko‘rishi dunyo ilm-fanini o‘qitishda nemislar qanchalik ustamon bo‘lganini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, Olmoniya ta’limi mustamlaka davlatning bir mafkuraga qat’iy bo‘ysundirilgan pedagogik texnologiyalaridan keskin farq qilib, erkin fikr va ochiq ilmiy tadqiqotlarga asoslangan, tayangan edi. Shuning uchun ham O‘risiyaning boshqa yirik shaharlarida tahsil olgan o‘zbek yoshlari bilan Olmoniyada o‘qiganlarni aslo solishtirib bo‘lmaydi. Ular “buyuk rus g‘oyasi”dan xoli va barcha narsaga ochiq fikrda va aniq ilmfan natijalaridan kelib chiqib yondasha biladigan kadrlar edi. Ko‘rdikki, bu rus ta’limini olib, tilini, elini, hatto dinini unutgan “ziyoli”lar ham paydo bo‘ldi, yanada ochiq aytganda, urchidi. Ularning aksari rus kishisiga, rus tafakkuri va qoidalariga mahliyolikda katta bo‘ldi, katta qilindi, avlodlar almashdi, hurriyatga erishdik, ammo ko‘pchiligining bolalari hali-hamon o‘z ona tilini bilmaydi va dahshati, bunga fojia sifatida ham qaramaydi. Hamma gap yuz yil oldingi Moskovga qadalgan mo‘rt ildizga borib taqaladi. “Ko‘mak” tashkilotini qo‘llabquvvatlashga butun el birdek, bir yoqadan xuddiki to‘silgan suv yo‘lini olib tashlashga yopirilgan sholichilar misoli birlashdi deya olmaymiz. Ammo Fitrat, Fayzulla Xo‘jayev, Cho‘lpon, Elbek, Salimxon Tillaxonov kabi elning chin o‘g‘lonlari bosh-qosh bo‘lib, millat bolalarini tarbiyalashni asosiy vazifa Tarixiy chorlov BIR ULUG‘ ORZU BERGANDI... Bu qanday orzuki, yosh jonlari ham ko‘zlariga ko‘rinmadi? Bu orzu qanday sehrga ega ediki, shu paytgacha insoniyat yengib chiqolmagan muhabbatdanda ustun keldi, farzanddan-da aziz bo‘ldi? Bu qanday orzu ediki, boshqa orzularni ko‘mib, parchalab tashladi?! 30-yun, Templin shahri. Berlindan 86 km va poyezdda taxminan 2 soatlik yo‘l. Katta ehtimol bilan, talabalar yoz oylarida atrofdagi tabiiy muhitda dam olish uchun bu yerga borishgan. Bu surat Germaniyada qolgan talabalarning oxirgisini aks ettiradi, faqat bir nechtasi 1931-yilda Vatanga qaytib keladi. Bu talabalarning barchasi 1930-yillarning boshida Turkiyaga ko‘chib keladi. 1929-yil Chapdan o‘ngga: Ibrohim Arifxono‘g‘li (Yarkin), Abdulvahap Isaaq (Oqtay), Ahmetjon Ibrohim (Okay), Ahmet Naim Nusratullohbek (Oktem), Sayid Ali Xo‘ja (Anqara), Majidjon Ibrohim (Okay – Ahmetjon Okayning ukasi), Saida Sherahmetova (Oqtay). Men oxirgi odamni aniqlay olmadim. Qavsdagi ismlar Turkiyada o‘z shaxsini o‘zgartirish uchun olgan familiyalari va sovetlar ularni topa olmasliklari uchundir. Manba: prof. Dr. Ahmetjan Okay fotosuratlar to‘plami, Okay oilaviy arxivi.


5-yanvar VATANPARVAR 2024-yil № 1 7 o‘laroq bildi va bunga kurashdi. Eng muhimi, ilmli ziyolilar va ma’rifat uchun kurashgan boylar bu ishning boshida edi. “Ko‘mak” tashkilotining ochilishi haqida Salimxon Tillaxonov shunday ma’lumot bergan: “Ko‘mak uyushmasining maqsadi Turkiston talabalariga oliy tahsil asoslarini yaratmoq, xorijga va ichki Rossiyaga borib, o‘quvchilarning ishlarini yengillashtirishdir”. Keyinchalik ular talabalarni xorijga jo‘natish bilan cheklanmay, doim ularning holi va ilmidan boxabar bo‘lib, turish-turmushiga ko‘mak berishni o‘zlarining ulug‘ bir burchi deb bildi. 1922-yilning may oyidan talabalarni Olmoniyaga jo‘natish uchun saralash ishlari boshlanadi. Bu haqda Germaniyada o‘qigan talabalar haqida qator tadqiqotlar olib borgan tarixchi olim Bahrom Irzayev shunday deydi: “Toshkentda xorijga o‘qish uchun ketadigan talabalarni tanlash va ularni kerakli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv yurtlariga taqsimlash (talabalarni qaysi sohaga o‘qitish ham chuqur o‘ylangandi – J.J.) ishlari boshlandi. “Ko‘mak” uyushmasiga Fitrat, Cho‘lpon g‘oyaviy rahbarlik qilgan bo‘lsa, tashkiliy ishlarni Abdulla Rahimboyev, Akmal Ikromov, Elbek, Qayum Ramazon, Botu, Sayyid Alixo‘ja, Ibrohim Orifxonov, Kamol Dodaxo‘ja o‘g‘li, Abduvohid Jahongir, To‘lagan Mo‘min o‘g‘li, Ochil Xo‘ja kabi millat fi doyi yoshlari amalga oshirdi. Tez kunda jadid maktabining iqtidorli o‘quvchilari xorijda o‘qish uchun Toshkentga oqib kela boshladilar” (B. Irzayev. O‘zbek yoshlari va xorijiy ta’lim, 2018). Albatta, jarayonlar o‘sha davr muhiti va sharoitlaridan kelib chiqib qaraganda juda mushkul va qiyin kechardi. Ammo buni ular epladilar. Yoshlar orasida Germaniyaga ketish havasini uyg‘ota oldilar, homiylar topishdi. Said Ahmad Nazirov 1930-yilda tergov qilinar ekan, Germaniyaga yoshlarning otlanishi haqida shunday degan: “Talabalar o‘rtasida chetda o‘qish uchun kurash paydo bo‘ldi. O‘shanda ikki guruh shakllandi. Birinchi guruh Moskva va Leningradda o‘qishga intiluvchi yoshlar, ikkinchi guruh bo‘lsa, Germaniyada tahsil olmoqni istaganlar”. Talabalarni jo‘natish va ularning yillik sarf-xarajatlarini qoplashda Fayzulla Xo‘jayev boshchiligidagi Buxoro Xalq Respublikasining xizmati ulkan bo‘ldi. U Fitrat tashabbusi bilan buxorolik talabalardan tashqari, toshkentlik yoshlar uchun ham kattagina mablag‘ sarfl aydi. Jumladan, “Qizil bayroq” gazetasining 1922-yil 6-sentabr sonida Buxoro hukumati Said Alixo‘ja va Ahmad Shukuriyning o‘qish pulini to‘lagan va yana ikki talaba – Sattor Jabbor va Vali Qayumxon uchun kafolat bergani aytiladi. Va nihoyat, 1922-yilning kuziga borib talabalar Germaniyaga yo‘l oladi. Ular chiqqan poyezd parovoziga biroz tin bersak-da, o‘zimizning go‘zal va muhtasham Samarqandimizga qaytsak. Fitrat ulug‘ va sharafl i yo‘lga otlangan yoshlarni Amir Temur maqbarasiga boshlab boradi va uning poyida qasamyod qildiradi. Amir Temur qurgan davlatining ulug‘ligini qaytarish, xalq ertasi va shoni uchun o‘qib, o‘rganib va Vatanga xizmat qilishdek sharafl i burch uchun qaytish onti ichiladi va bu ontni talabalar hech qachon unutmaydi. Bu qasam Berlindagi qulay hayot u yoqda tursin, ular ko‘ziga o‘z Vatanlarida kezib yurgan o‘lim soyasini-da ko‘rsatmaydi. Talabalar Germaniyada o‘qishni boshlab yuborgach, ma’lum bo‘ladiki, ming azobda yig‘ilgan pullar xorijda talaba o‘qitish uchun urvoq ham bo‘lmaydi. Shuning uchun butun ziyolilar birlashib, gazeta varaqlarini va omma yig‘iladigan maydonlarni “Ko‘mak” uchun yordam qilishga chaqiriqlar bilan to‘ldiradilar. Bugungi kunda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Nodir nashrlar zalida saqlanadigan gazeta va jurnallarni varaqlar ekansiz, bunga o‘zingiz ham amin bo‘lasiz. Undagi nidolardan, balki, uyalarsiz ham. Jadidlar xalqni o‘z bolalarini o‘qitishdek ulug‘ vazifaga hissa qo‘shishga va buni qarz bilib harakat qilishga undaydi: “Agar ularning ovozi Turkistonda eshitilmas ekan, u vaqt o‘qishlarini davom ettira olmasdan, ilojsiz Turkistonga qaytib kelishga majbur bo‘larlar. Bu xunuk hol. Albatta, Turkiston jamoat, maorif xodimlari va mas’ul ishchilarga uyatdir” (“Turkiston” g., 1923-yil 15-aprel). yoki bu xitobga e’tibor bering: “Chetga o‘quvchi bolalarni yo‘qlab turg‘on boshqa millatlar kabi bizning Turkiston ziyolilari, maorifparvarlari ham o‘zlarining “jiyda xaltalari” bilan chetdagi o‘quvchilari bilan yo‘qlasalar, yordam etsalar, yaxshi bo‘lur edi. Yurti, elidan uzoq turg‘on o‘quvchilar Turkistondan shuni kutarlar” (“Turkiston” g., 1923-yil 1-yanvar). Yuborilgan Turkiston bolalari o‘z Vatanida olgan ma’lumotlariga qarab, Germaniyaning Berlin, Haydelberg, Darmshtad kabi shaharlaridagi nufuzli oliy o‘quv yurtlariga yoki tayyorlov kurslariga joylashadi. Buxorodan yuborilganlar orasida voyaga yetmagan bolalar ham bo‘lgan va ular Olmoniyaning turli shaharlaridagi maktablarga qo‘yilgan. Quvonarlisi, ulardan nemis tilida emas, o‘z tilida imtihon olishadi. Ular ona tili va o‘zbek madaniyatini unutib qo‘ymasligi ham hisobga olinib, maxsus ustozlar yollanadi va fursat bo‘lishi bilan talabalarning o‘zaro yig‘in va tadbirlariga chaqirilib, kelajakdagi ishlar va rejalar borasida muloqot olib borilgan. Va eng muhimi, Olmoniyaga nima maqsadda kelganlari doim ta’kidlanib turilgan. Ular Germaniyada yuqori darajada ta’lim oladi. Ketganlarida o‘z tilidan boshqa xorijiy tilni bilmagan yoshlar ham ko‘p bo‘lib, ular Vatanga qaytayotganida kamida uchdan ortiq tilni bilar (yettita tilda gaplashadiganlari ham bo‘lgan) va nemis tilida ilmiy tadqiqot yuritishga qodir yuqori malakali mutaxassisga aylanadilar. Va eng muhimi, o‘zbek bolalari ham hech kimdan qolishmasligini, hatto ayrim sohalarda nemis talabalaridan ham ko‘ra yaxshiroq salohiyatga ega ekanligini isbot etadilar. Hammasi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan ta’lim va tarbiyaning mahsuli ekanligini anglaydilar, shuning uchun ham Turkiston matbuotiga xat yo‘llab, “Endi bizg‘a 70 talaba emas, 70 ming talaba kerak”, deya hayqiradilar. Bugungi kunda bir yaxshi mutaxassisning ham davlatimiz uchun ahamiyati qanchalik muhim ekanligini ko‘ryapsiz, agar ular tirik qolib, millat taraqqiyoti uchun ishlaganda edi... bilmadim, bugun xalq o‘zga sharoitlarda umrguzaronlik qilarmidi, bu haqda o‘ylash ham odamni hayajonlantiradi. U yerda talabalar boshdan kechirgan turli-tuman voqealar, sevgi-muhabbat, hayrat va taassurotlari, rus ayg‘oqchilari solgan nizolar shunchalik ko‘pki, ularni bu bir maqolaga sig‘dirib bo‘lmaydi (shuning uchun ham ular haqida roman yozganman-da). Ular umrlarining oxirigacha shu ichgan ontlari yo‘lida sodiq qoldilar va har qanday to‘siqni yengib o‘tishga harakat qildilar. 1925-yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti rektori Meyerson ularni qaytarish uchun maxsus topshiriq bilan Berlinga ikkinchi marta boradi, ammo maqsadiga yetolmaydi. U talabalarning jiddiy qarshiligiga uchraydi, hatto qiziqqonligi bilan tanilgan talaba Ahmad Shukriyning quroliga nishon bo‘lishiga oz qoladi, o‘q xato ketadi. Ular ilmning toza buloq suvlaridan tatib ko‘rgach, aslo sovet ta’limining chirik va “qip-qizil” ko‘lmaklaridan totishni – diplomsiz qaytishni istamaydilar. ular ta’minotdan uziladi, “Ko‘mak” yopiladi – yopishadi, ammo o‘qishni – kurashni davom ettiradilar. Germaniyaga talaba jo‘natish davom etishi u yoqda tursin, u yerda o‘qiyotgan har bir talabani yo‘q qilish kerakligi avvaldan puxta ishlangan reja bo‘yicha olib boriladi. Ta’til uchun kelgan ayrim talabalar ortga qaytarilmaydi, bunday to‘sqinlik va adolatsizlik uchun o‘z joniga qasd qilganlar ham bo‘lgan. Talabalar bilardilarki, endi Olmoniyaga ortiq bola jo‘natib bo‘lmaydi. Ko‘p tahlikali gap-so‘zlarga qaramay, shu Vatan va millat taraqqiyoti uchun o‘qigan, olgan ilmi va mehr-muhabbati, ko‘magi uchun shu xalqdan o‘zini qarzdor bilgan talabalar asta-sekinlik bilan ortga qayta boshlaydi. ular mamlakat sanoati va turli sohalarini rivojlantirish uchun ham ishlab chiqarishda, ham oliy o‘quv yurtlarida mehnat qiladi. “germaniyaga talaba jo‘nata olmasak, germaniya ta’limini shu yerda yaratamiz”, degan ulug‘ maqsad ila harakat qildilar. Ammo 1929-yildan boshlab ularning ayrimlari hibs qilinadi, qolganlarining ortidan odamlar yollanadi va oradan to‘qqiz yil o‘tib, barcha ortga qaytgan talabalar otib tashlanadi. Cho‘lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriydan bir-ikki kun o‘tib, 1938-yilning 8-9-oktabr kunlari ular qoni bilan tuproqlarimiz “qiziydi”. Germaniyada o‘qigan talabalar orasida faqat bir qiz, xorazmlik Maryam Sultonmurodova emizikli chaqalog‘i bo‘lgani uchun ham og‘ir tergov va qamoqlardan so‘ng ozod qilinadi va so‘ng yana qayerlargadir surgun qilinadi. U ham ko‘p o‘tmay, qiynoq va yakkalanishlardan so‘ng halok bo‘ladi. Turkistonda avj olgan “qama-qama” butun ziyolilarni larzaga soladi. Berlinda hali tahsilda bo‘lib turganlarga ortga aslo qaytmaslik telegrammalari jo‘natildi. Keyinchalik o‘sha talabalar Turkiya va boshqa mamlakatlarda yashab qoldilar va o‘zi istiqomat qilgan davlatning shonli fuqarosiga, ko‘zga ko‘ringan, kitoblari va ishlanmalari darsliklarda hamon o‘qitiladigan, qurgan shahar va binolari hamon dunyoga ko‘rk bo‘lib turgan olim-u fuzalolariga aylandilar. Ammo butun umr Vatan dog‘ida yashadilar va millat ozodligini eng ulug‘ kun sifatida kutdilar. Elbek shunday hayqirgan edi: “O‘qib, ilm olib, o‘zi hunar bilan yuksalib bormoq lozim. yana, eng muhimi, inson o‘z aqliga ega bo‘lishi kerak. Bizning fojialarimizning asosi iyaruvchanlikdir. yashasin, o‘zboshli va erkin miyali yigitlar! yo‘q bo‘lsin, o‘z miyasini boshqaning miyasi bilan ishlaguvchilar!” Men bugun o‘z fi kriga ega, dunyoning qayerida bo‘lmasin, ilm ko‘rayotgan, kelajak uchun tirishayotgan tengdoshlarimga, ukalarga, akalarga shuni aytmoqchimanki, bu ona Vatan, bu ota tuproqlarning qiymati yo‘qdir. Bilasiz, bu o‘lkalar bizniki, bizning bobolardan qolgan va bizga bir omonat kabidir, qayda bo‘lmaylik, shu Vatan va millat uchun bir ish undurmoqlikni o‘ylamog‘imiz, uning bir koriga yaramog‘imiz ham qarz, ham farzdir. Shu Vatan bugun taraqqiy etsin, bugun bolalar yaxshi o‘qisin, bugun odamlar yaxshi yashasin deb niyat qilamiz, bunday kunlarga esa o‘zboshlilar birlashgandagina, erishmoq mumkin. Vatanda ular uchun o‘lim xavf solayotganini payqab turgan bo‘lsalarda, ortga qaytgan o‘sha talabalar bizga saboqdir, bizga bir maktabdir va o‘zimizga hamda kelajakka boqish uchun oyinadir! yana bir savol, sizga kelajakka “viza” tutadigan shunday bir ulug‘ orzungiz bormi? Javlon JOVliyeV, yozuvchi 5-yanvar VATANPARVAR 2024-yil o‘laroq bildi va bunga kurashdi. Eng muhimi, ilmli ziyolilar va ma’rifat uchun kurashgan boylar bu ishning boshida edi. “Ko‘mak” tashkilotining ochilishi haqida Salimxon Tillaxonov shunday ma’lumot bergan: “Ko‘mak uyushmasining maqsadi Turkiston talabalariga oliy tahsil asoslarini yaratmoq, xorijga va ichki Rossiyaga borib, o‘quvchilarning ishlarini yengillashtirishdir”. Keyinchalik ular Va nihoyat, 1922-yilning kuziga borib talabalar Germaniyaga yo‘l oladi. Ular chiqqan poyezd parovoziga biroz tin bersak-da, o‘zimizning go‘zal va muhtasham Samarqandimizga qaytsak. Fitrat ulug‘ va sharafl i yo‘lga otlangan


8 № 1 5-yanvar VATANPARVAR 2024-yil XORiJiy TAJRiBA VA uning XuSuSiyATlARi Qurolli Kuchlar deyarli har qanday davlatning asosi hisoblanadi va shuning uchun harbiy tayyorgarlikning o‘ziga xosligini talab qiladi, ammo mashg‘ulotlar ikkita asosiy komponentdan iborat bo‘lishi kerak. Bular: umumiy va maxsus. Umumiy komponentlar askarlar uchun standart harbiy tayyorgarlikni ifodalaydi, unga quyidagilar kiradi: muayyan davlatning Qurolli Kuchlarida xizmat qilish muddati; umumiy harbiy tayyorgarlik; jismoniy tarbiya; otish (jangovar otish) kurslari; yirik qo‘shinlarning taktik bo‘linmalari (rota, batalyon va boshqalar) o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik hamda hamjihatlikni o‘rgatish. Misol uchun, Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlarida o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganayotganda, mashg‘ulotning o‘ziga xos tarkibiy qismi yo‘qligiga e’tibor qaratish kerak. Ya’ni muddatli harbiy xizmatni o‘tashda chaqiriluvchi askarga minimal asoslar o‘rgatiladi, masalan: aloqa vositalaridan foydalanish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, otish kurslarini o‘tash va haydovchilik guvohnomasiga ega askarlarga transport vositasini boshqarishni o‘rgatish. Ma’lum bir komponentni esa faqat kontrakt bo‘yicha xizmat qilganda yoki harbiy qismning maxsus bo‘limiga tayinlanganda oshkor qilishadi. Belarus, Qozog‘iston, Estoniya, Litva, Latviya kabi sobiq Ittifoq mamlakatlari Qurolli Kuchlarida jangovar tayyorgarlik masalalari bir-biridan unchalik farq qilmaydi. 1,5 yilgacha bo‘lgan majburiy xizmat joriy etilgan Belarusda kichik farqlar bor. Ammo Qirg‘iziston, Tojikiston va Kavkaz mamlakatlari kabi respublikalarda Qurolli Kuchlarni tog‘li hududlarda jangovar harakatlar olib boradigan tog‘-o‘qchi bo‘linmalarni shakllantirishga e’tibor qaratmoqda. Bu harbiy xizmatchilarning barcha toifalari uchun o‘qitishning o‘ziga xos alohida shakllaridan foydalanishni ko‘rsatadi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tajribasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, Germaniya, Shveysariya, Fransiya, Niderlandiya, Belgiya, Luksemburg kabi davlatlarni ko‘rib chiqish o‘rinlidir. Shveysariya neytral davlatdir, shuning uchun ularning Qurolli Kuchlarida asosiy e’tibor barcha turdagi qo‘shinlarga qaratiladi. Ammo XX asrning boshidan boshlab ularni tayyorlash usuli olti oylik umumqo‘shin tayyorgarligi kursidan iborat bo‘lib, o‘zida butun tayyorgarlikni qamrab olmoqda. Ushbu kurslar Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlarida bir yil ichida o‘tkaziladi va shundan keyingina tog‘ tayyorgarligi kurslari boshlanadi. XX asrning boshidan buyon Fransiya mudofaa doktrinasida yetakchi bo‘lib kelgan va hozirgi davrda ham shunday bo‘lib qolmoqda. Fransiyada asosiy e’tibor mudofaa inshootlarini yaratishga qaratilgan. Fransiya Qurolli Kuchlarida xizmat muddati 1 yildan 8 yilgacha qilib belgilangan bo‘lib, xizmatning o‘ziga xos jihatlari shundaki, u yerda 1 yil xizmat qilib, umumiy harbiy ixtisoslikka ega bo‘lish mumkin. Qo‘shimcha mutaxassisliklarga ega bo‘lish uchun esa Fransiya Qurolli Kuchlari safl arida xizmatni davom ettirish zarur, ayrim toifadagi fuqarolar uchun esa xizmat fuqarolikni olish imkonini beradi. Fuqarolikni olish uchun maxsus bo‘linmada xizmat qilish xorijiy legionning imtiyozidir. Bu legionning o‘ziga xosligi shundaki, ular umumiy harbiy tayyorgarlikdan o‘tmaydilar, lekin bir yil davomida cho‘l hududlarida jangovar harakatlar olib borish maxsus kursini o‘taydilar. Keyinchalik esa sobiq mustamlaka bo‘lgan mamlakatlardagi cho‘l va qurg‘oqchil hududlarda xizmatlarini o‘taydilar. Gollandiya, Belgiya va Luksemburg harbiy xizmatchilar uchun qo‘shimcha tayyorgarlikni, ularning (o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib) holatlarida suv toshqini va suv bosishi mumkin bo‘lgan hududlarda jangovar tayyorgarlikni tashkillashtiradi va o‘tkazadi. Ammo rivojlangan dengiz fl oti mavjud bo‘lmagan Benilyuks mamlakatlarida suvdan bo‘ladigan hujumni qaytarish hamda dengiz desantiga qarshi kurash olib borish maxsus tayyorgarligiga e’tibor qaratiladi. Buyuk Britaniyada yuqori martabali ofi tserlarni tayyorlashga alohida e’tibor beriladi. Harbiy xizmatni tugatgandan so‘ng egallab turgan lavozimiga qarab, harbiy xizmatchi 13 haſt adan 49 haſt agacha davom etadigan ofi tserlik kurslarida qatnashish huquqiga ega bo‘ladi. Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, Buyuk Britaniya urush davrida tinch aholini o‘qitish uchun fuqarolik xodimlari shtatiga ega bo‘lgan kam sonli davlatlardan biridir. Amerika Qo‘shma Shtatlarida harbiy kadrlarni tayyorlashda kichik komandirlar instituti, ya’ni unter-ofi tserlar faol rivojlanmoqda. Shuningdek, yosh va tayyorlanmagan kontrakt bo‘yicha askarlarni tayyorlash maqsadida harbiy-taktik o‘yinlar o‘tkaziladi. Janubiy Amerika mamlakatlarida esa umumiy harbiy tayyorgarlikka e’tibor qaratiladi. JAngOVAR TAyyORgARliKni TAShKillAShTiRiSh Qurolli Kuchlarda jangovar tayyorgarlik qo‘shinlarning tinchlik davridagi barcha faoliyatining natijasi bo‘lib, bunda tinchlik davridagi tayyorgarlikning qaysi tarmog‘i (yo‘nalishi) hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatish deyarli mumkin emas. Yakka tayyorgarlik, taktik mashqlar, qorovul xizmati, jangovar otishlar, taktik o‘quvlar, muhandislik va portlatish tayyorgarligi, o‘quv manyovrlari – bularning bari o‘ziga xos tarzda, qo‘shin turlari jihatlarini rivojlantirish, ba’zan bilvosita, ba’zan bevosita ularning jangovar tayyorgarligi va jangovar shayligini oshirish imkonini yaratadi. Jangovar tayyorgarlik samaradorligini oshirish uchun jangovar hamjihatlik mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Ixtisoslashtirilgan qo‘llanmalar nashr etiladi (masalan, o‘q otish va jangovar texnikalar qurollaridan otish bo‘yicha qo‘llanma), maxsus trenajyorlar tayyorlanadi va yaratiladi (masalan, zirhli va zanjirli texnikalarni haydash trenajyorlari), to‘siqlar yo‘lagi, jangovar otish joylari yaratiladi, parad maydonchalari jihozlanadi, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish, bo‘linmalar o‘rtasida harbiy musobaqalar tashkil etish va hokazolar. Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlarida bo‘linmalarning mansubligidan qat’i nazar, jangovar tayyorgarlik 3 turga bo‘linadi: umumiy harbiy, maxsus va operativ tayyorgarlik. Umumiy harbiy tayyorgarlik bu – qo‘shinlar turi va Qurolli Kuchlar turidan qat’i nazar, barcha harbiy xizmatchilar uchun zarur deb hisoblangan fanlarni o‘qitish bo‘yicha mashg‘ulotlar majmuasi. Umumiy harbiy tayyorgarlikning ayrim turlari harbiy xizmatchilarga harbiy ixtisosligiga qarab, faqat tanishtirish shaklidagi yuzaki shaklda o‘qitiladi. Masalan, maxsus kuchlar harbiy xizmatchilari uchun taktik tayyorgarlik yosh askarlar yig‘inida o‘rgatiladi. Yosh askarlar yig‘ini umumiy harbiy tayyorgarlikning umumlashtirilgan boshlang‘ich bosqichidir. Maxsus tayyorgarlik harbiy mutaxassislik bilan bog‘liq fanlarni chuqur o‘rganish kursi hisoblanadi. Mazkur kursda barcha harbiy xizmatchilar ixtisoslik va mutaxassislik bo‘yicha maxsus va alohida yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar, mashqlar va o‘quvlarda tayyorlanadi. Operativ tayyorgarlik generallar va katta ofi tserlarning jangovar tayyorgarligi bo‘yicha o‘quv va o‘quvlarda tashkil etiladigan va komandirlik tayyorgarligi yo‘nalishida olib boriladigan tadbirlar majmui hisoblanadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqorida sanab o‘tilgan barcha davlatlar o‘zlarining Qurolli Kuchlarini o‘ziga xos relyef, aholi soni va shaxsiy tarkibidan kelib chiqqan holda tayyorlashga alohida e’tibor bermoqda. Polkovnik dilshod ChORiyeV, harbiy meros va zamonaviy tadqiqotlar instituti bosh ilmiy xodimi Xorij tajribasi RIVOJLANGAN DAVLATLARDA O‘ZIGA XOSLIGI


5-yanvar VATANPARVAR 2024-yil № 1 9 ShAFQAT Ishdan keldim. Negadir bo‘g‘ilgandek bo‘ldim. – Uyning havosini almashtirmabsanda, – dedim qizimga. – Almashtirdim, – dedi. Kayfi yatsiz ko‘rindi. Ishida biron ko‘ngilsizlik bo‘ldimikan? Birov xafa qilmagan bo‘lsin-da. Savolga tutishdan o‘zimni arang tutdim. O‘zi gapirib qolar. Bezovta kirib-chiqaverib, nihoyat yorildi. – Oyijon... Bu so‘zdan ham ohangi yuragimni yordi. Piyola tutgan qo‘lim qaltirab ketdi. Bildirmaslik uchun xontaxtaga qo‘ydim. Onaman – yonaman, degani shu! Tezroq gapirsa ekan. – Bir gap aytsam, xafa bo‘lmaysizmi? Faqat “xafa bo‘lmayman” deb so‘z bering! – Hmmm, sen avval gapir-chi, – ichim yonib ketay dedi. Aniq bir gap bo‘lgan. Kecha navbatchilikda qolgan edi. Qozoq ovuldan birovi oshiq bo‘lib yurganini aytgan edi. Nega e’tibor bermadimmm... Olib qochgan bo‘lsa, qochib qutuldimikan? Hahhh, ona bo‘lmay o‘lay... – Ishdan qaytayotganimda bolalar... (Ana, aytmadimmi, olib qochmoqchi bo‘lgan o‘sha qozoq bola. Ertagayoq boraman uyiga, yo‘q-yo‘q, hoziroq boraman... yashin tezligida xayolimdan shular kechdi) ariq bo‘yida o‘ynayotgan ekan. Zorlangan yig‘i ovozini eshitib, yugurib bordim. Birortasi suvga tushib ketdi, deb o‘ylabman. Qarasam, mittigina mushukchaning bo‘yniga sim bog‘lab, suvga pishib o‘tirishibdi. Bechora mushukcha bola kabi yig‘laganini ko‘rsangiz yuragingiz og‘riydi... Xayriyat, xayriyat-yeyy, mushuk ekan! Qolganini eshitmasam ham bilaman. Mushukni bu holda ko‘rgan qizimning ko‘zlaridan marjon-marjon yoshlari oqiiib, uni mitti va beaql zolimlar qo‘lidan qutqarib, uyga ko‘tarib kelgan. Demak, mushukcha hozir uyning allaqaysi burchagida, mening ko‘zimdan panada asralyapti. Bezovta kirib-chiqish sababi ham shu ekan. – Oyijooon, mushukcha ko‘chada yasholmaydi-da, juda zaif, – g‘iltillagan yoshli ko‘zlar menga shunday boqdiki... – Roziman, – deganimni bilmay qoldim. KATTA Qiz Tuni bilan tinimsiz yoqqan yomg‘irdan keyin o‘ydim-chuqur qishloq yo‘li rosmana botqoqqa aylandi. Shu holida ham ertalabdan gavjum edi. Yo‘l yoqasidagi pastak uydan o‘n bir yoshlardagi qizaloq bilan yetti-sakkiz yoshlardagi bolakay chiqdi. Ukasining qo‘lidan tutib turgan qiz ko‘chaga bir qarab oldi-da, ukasiga o‘girilib, uni orqasiga opichib oldi. Va shu holida dadillik bilan maktab tomonga yurib ketdi. Maktab darvozasi oldida turgan Sanobar muallim ularni uzoqdan kuzatib turdi. Oxiri kutishga toqati yetmay ularga qarab yurdi. Yana yomg‘ir tomchilay boshlagan edi. – Noila, – dedi opa-uka qarshisiga yetib, – ukangni tushir orqangdan, charchab ketding, qizim, tushir, o‘zi yuradi, sumkasini men ko‘taraman. – Oyoqlari loy bo‘ladi, ustoz, – dedi hansirab qizaloq. – O‘zing-chi, o‘zingning ham kalishchalaring loyga to‘libdi, kasal bo‘lib qolasan. – Menga hech narsa qilmaydi, katta qizman, ukam hali kichkina... Sanobar muallim qo‘lida sumka bilan ter va yomg‘ir tomchilaridan patila sochlari yuziga, bo‘yniga yopishgan, bukchayganicha ukasini yer-u ko‘kka ishonmay ko‘tarib ketayotgan fi dokor qizaloq ortidan hayrat bilan termilib qoldi. SOg‘inCh Yosh oilaning yangi uyga ko‘chib o‘tganlariga ko‘p bo‘lmadi. Ularning ikki bolasi bo‘lib, kattasi to‘rt yashar, kichigi emizikli edi. Kichigiga onasining quchog‘i yetarli edi, ammo kattasi Azimjon... U yangi uyga ko‘nika olmay tez-tez xarxasha qilardi. Bobomni sog‘indim, deb yig‘layvergach, otasi mashinada birikki olib borib keldi. Ammo uning ra’yiga qarashga erkakning vaqti yo‘q, ertadan kechgacha ishda edi. Bugun ertalab ham Azimjon ishga otlangan otasining mashinasi atrofi da o‘z-o‘zidan hiqillab aylandi. “Bobomga boraman, bobomga olib boring”, deb otasiga yalindi. Otaning o‘g‘ilchasiga rahmi keldi. – Ishdan kelib, olib boraman, bobongni uyida yotib kelamiz, – dedi bolasining boshini silab. – Aldaysiz, – dedi bola ko‘zlari to‘la yosh bilan otasiga qarab, – har doim shunday deysiz, olib bormaysiz. Bola arazlab ayvon zinasiga borib o‘tirdi. Ichkaridan ukasining ham yig‘lagan ovozi eshitildi. Otasi uning arazlaganidan foydalanib, tezgina chiqib ketdi. Bola mashinaning ortidan chopdi. Lang ochiq darvoza yonida to‘xtab, inqillab-sinqillab uni yopa boshladi. Erkak mashinadan tushib, darvozani o‘zi yopmoqchi bo‘ldi-yu, ahdidan qaytdi. Kichkintoy shu ishga andarmon bo‘lgani yaxshi, deb o‘yladi. Mashina oynasidan qarab, o‘g‘ilchasining astoydil harakatiga zavqi kelib, jilmaydi. Azimjon darvoza ortida turib, ko‘chani yaxshilab kuzatdi. Dadasi ketgan tomonga qaradi, keyin orqa tomonga qaradi. Ko‘chaning shu tarafi dan bobosining uyiga borgan edi. Mashinada bo‘lsa ham yo‘lni eslab qolgandi. U birpas shu tomonga qarab turdi-da, keyin chopqillab ketdi. Mana shu katta ko‘prikdan keyin yana biroz yursa, ikki tomoni daraxt yo‘l keladi. Azimjon tanish joylarni ko‘rib, yana ildamladi. Keyin ikki tomoni daraxtli ko‘chaga burildi. Suv ichgisi keldi, yana ildamladi. Katta binoning oldiga kelib qoldi. Bobosining uyi yo‘q edi. U yoq bu yoqqa alanglab, arillab yig‘lab yubordi. Har tomondan kattalar kelib, uni o‘rab olishdi. Bundan u battarroq qo‘rqib, yig‘lay boshladi. Keyin formali amaki keldi. Uni ko‘tarib, o‘sha katta binoga olib kirdi. Suv ichirdi, qo‘liga shirinliklar berdi. Biroz o‘ziga kelganida ismini so‘radi. – Azimjon, qayerga ketayotgan eding? – deb so‘radi muloyimlik bilan. – Bobomning oldiga. – Bobongni ismi kim? – Bobom! Erkak bolani yetaklab tashqariga chiqdi. Qariyalar onda-sonda yig‘ilib qoladigan eski choyxona tarafga yurdi. Azimjon endi o‘zini ancha bosib olgan edi. O‘sha atrofdagi yosh-yalangdan bolani tanishtanimasliklarini so‘radi. Hech kim jo‘yali gap aytmadi. Shu payt ko‘chadan bir yigit ot minib o‘tdi. Bolakay qiyqirib yubordi: ot, ot! Yonidagi erkakka qarab dedi: – Bobomning ham otlari bor, qopqora, kaaatta, uyday keladi, mana shuncha otlari bor, – shunday deb besh barmog‘ini yoyib ko‘rsatdi. Bolani kuzatib turgan choyxonachi kulib yubordi. – Bu bola Qurbon chavandozning nabirasi, – dedi kula-kula, – etakdagi Jarqishloqdan. – Qayerdan bilasiz? – ajablanib so‘radi erkak. – Beshta, uyday keladigan qora otlar bu yaqin-o‘rtada faqat Qurbon chavandozda bor, – dedi choyxonachi, – juda dovruqli otlar, ko‘pkari chopadigan. Bu vaqtda Azimjonlarning uyida go‘yo qiyomat qo‘pgandi. Ona bir ahvolda, ota chorasiz. Ota uyiga bolani qidirib borganida hech narsadan xabarsiz qariyaning o‘zi chiqib keldi. Bolasini so‘rashga ham holi kelmay, bo‘shashib ostonaga o‘tirib qoldi. Qariya o‘g‘lining ahvolidan yomon bir voqea yuz berganini sezdi. Savol berishga ulgurmadi. Shu payt “Bobojon!” degan quvonchli qiyqiriq yangradi. Uchastka noziri bilan yetaklashib kelayotgan Azimjon uning qo‘lidan chiqib, yugurganicha o‘zini bobosining quchog‘iga otdi. Qariyaning oppoq soqollariga yuzlarini ishqalab, qiqirlab bo‘ynidan mahkam quchib oldi. Azimjonning otasi esa harchand ko‘zyoshini yashirishga urinmasin, buning uddasidan chiqolmadi. Qariya kelib yelkasidan quchoqlagan o‘g‘liga hayron boqdi. O‘g‘il otasini qo‘yib yubormay bir qo‘li bilan telefon raqamlarini terdi va dedi: “Onasi, Azimjon otamni ko‘rgani kelibdi...” inobat nOdiRShOh Nihoyat maqolani yozib tugatdim. Uch qog‘oz bo‘libdi. Bosh muharrirga olib bordim. Qog‘ozlarni olar ekan, so‘radi: – Sevgi haqidami? Rostini aytsam, bu savolning hazil yoki chinligini anglaganim yo‘q. So‘z latofati degani shu bo‘lsa kerak, o‘z-o‘zimcha o‘ylanib xonamga kirdim, keyingi paytlarda yozganlarimni tahlil qildim. Yomon narsalar emas. Ammo nimadir kam. Bu haqda ko‘proq yozishim kerak. Hayotning asosi sevgi! Borligimiz, borlig‘imiz sevgi. Shunday ekan, sevgi haqida yozmaslik mumkinmi?! “Bo‘lmasa ishq ikki jahon bo‘lmasin, Ikki jahon demaki jon bo‘lmasin”. Alisher Navoiy Umr manzaralari bo‘ldim. ko‘rindi. Ishida biron ko‘ngilsizlik bo‘ldimikan? Birov xafa qilmagan bo‘lsin-da. Savolga tutishdan o‘zimni arang tutdim. O‘zi gapirib qolar. Bezovta kirib-chiqaverib, nihoyat yorildi. yuragimni yordi. Piyola tutgan uchun xontaxtaga qo‘ydim. Onaman – yonaman, degani shu! Tezroq gapirsa


10 № 1 5-yanvar VATANPARVAR 2024-yil Jahon hamjamiyatida o‘zini identifi katsiya qilish, milliy va davlatlararo normativ-huquqiy bazani shakllantirish, davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish, milliy xavfsizlikni ta’minlash, o‘z Qurolli Kuchlarini yaratish, iqtisodiyotni qayta yo‘naltirish va uni yangi voqelikka moslashtirish, etnik, suv-energetika, oziq-ovqat, transport va boshqa masalalar shular jumlasiga kiradi. Ayniqsa, XX asrning 90-yillarida Afg‘onistonda davom etayotgan urush fonida Markaziy Osiyo mamlakatlari aholisini xalqaro terrorizm, radikalizm va narkotrafi k orbitasiga jalb qilish xavfi yanada oshdi. Ana shunday murakkab sharoitda sa’y-harakatlarni birlashtirish zarurligini anglagan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq barcha dolzarb muammolarni birgalikda hal etishga kirishdilar. 1991-yil 21-dekabrda MDH davlat rahbarlarining yig‘ilishida Olmaota deklaratsiyasi imzolandi, unda tomonlar bir-birining hududiy yaxlitligi va mavjud chegaralarning daxlsizligini tan olish va hurmat qilishlarini e’lon qildi. 1992-yilda mintaqa davlatlari rahbarlari yig‘ilishida mavjud “O‘rta Osiyo va Qozog‘iston” atamasidan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston hududlarini o‘z ichiga olgan “Markaziy Osiyo” atamasiga o‘tildi. Ushbu tashabbus mintaqaning barcha davlatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va normativ jihatdan mustahkamlandi. Shu orqali Markaziy Osiyo mintaqasining yangi konturi aniq belgilab berildi. Mintaqa davlatlarining umumiy va ko‘pincha bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan rivojlanish muammolarini birgalikda hal etishning ahamiyati 1994-yilda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida mintaqaviy integratsiyalashuv jarayonlarining boshlanishiga sabab bo‘ldi. Bu esa yagona iqtisodiy makon va Markaziy Osiyo ittifoqini yaratishga keng imkon berdi. Yana bir dolzarb muammoni hal qilish – suv-energetika resurslarini boshqarish 1991, 1992 va 1998-yillardagi qator davlatlararo shartnomalarda o‘z aksini topgan bo‘lib, ularda Amudaryo va Sirdaryo havzalarida suv-energetika resurslaridan birgalikda foydalanish e’lon qilindi. Ayniqsa, harbiy xavfsizlik sohasida yadro qurolidan xoli hudud to‘g‘risida, terrorizm, siyosiy va diniy ekstremizm va transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi harakatlar to‘g‘risida, shuningdek giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi va boshqalarga qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risida shartnoma va bitimlarning imzolanishi muhim qarorlar bo‘ldi. Yaqin vaqtgacha yuqoridagi davlatlararo me’yoriy hujjatlarni amaliyotga tatbiq etish ishlari olib borildi. Shunday bo‘lsa-da, turli yo‘nalishlarda qator muvaff aqiyatga erishish bilan birga, ko‘plab mintaqaviy muammolar hal qilinmay qolgan edi. 2016-yildan boshlab tubdan ijobiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarning yangi sifat bosqichiga olib chiqishga alohida e’tibor qaratildi. Bu haqda Prezidentimiz shunday degan edi: “Markaziy Osiyo yagona organizmdir, asrlar davomida umumiy madaniy makonga ega edi. Tarixiy hamjamiyat, til o‘xshashligi, umumiy an’ana va urf-odatlarning mavjudligi bizga birga bo‘lish va umumiy kelajagimizni birgalikda qurish uchun ulkan imkoniyatlar beradi”. Mazkur yo‘nalishdagi O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining ustuvor maqsadi Markaziy Osiyoni tinchlik, barqarorlik va keng imkoniyatlar mintaqasiga aylantirish bo‘ldi. Tashabbus Markaziy Osiyoning barcha davlat rahbarlari tomonidan ijobiy qabul qilinib, to‘liq qo‘llab-quvvatlandi. Bu jihatlar yig‘ilib qolgan turli dolzarb muammolarga yechim topish bilan birga mintaqadagi integratsiya jarayonlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha ko‘p tomonlama muloqotga turtki bo‘ldi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash doirasida BMT, MDH, ShHT, YEXHT va boshqa xalqaro tashkilotlar faoliyatida faol ishtirok etadi. Shuningdek, AQSh, Rossiya, Xitoy, Yevropa Ittifoqi davlatlari, musulmon dunyosi, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va boshqa barcha manfaatdor davlatlar bilan ikki tomonlama asosda yaqin hamkorlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasining 2018–2023-yillardagi pragmatik tashqi siyosiy faoliyati yakunlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, qisqa vaqt ichida Markaziy Osiyoda yangi siyosiy voqelik shakllandi. Buni mamlakatimizning quyidagi yutuqlari tasdiqlaydi: O‘zbekiston Respublikasi tashabbusi bilan BMT Bosh assambleyasi quyidagi maxsus rezolyutsiyalarni qabul qildi: 2018-yil 22-iyun – “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash”; 2018-yil 12-dekabr – “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik”; keng ko‘lamli masalalarni muhokama qiladigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yillik maslahat uchrashuvlari boshlanishi siyosat, iqtisod sohasida, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, energiya, fan, ta’lim, turizm, madaniyat, sport va boshqa yo‘nalishlarda ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga turtki berdi; Markaziy Osiyoning beshta davlati va bir tashqi hamkor davlatni o‘z ichiga olgan “S5+1” formatidagi muloqotni rivojlantirish jarayonida faol ishtirok etish. AQSh, Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindiston allaqachon ushbu muloqotga qo‘shilgan va quyidagi mavzularda xalqaro konferensiyalar o‘tkazildi: “Markaziy Osiyo: yagona o‘tmish va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va o‘zaro farovonlik yo‘lidagi hamkorlik” (2017-yil 10-11-noyabr, Samarqand); “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy aloqalar. Muammolar va imkoniyatlar” (2021-yil 15-16-iyul, Toshkent); “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” (2022-yil 26-iyul, Toshkent) va boshqalar; Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning birgalikda ekstremistik va terroristik tuzilmalarga qarshi kurashish bo‘yicha Kompleks harakatlar rejalari imzolandi; barcha hududiy qaramaqarshiliklarning O‘zbekiston tomonidan hal etilishi Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro kelishuvga erishilishiga sabab bo‘ldi. Eng bahsli chegara hududlar mavjud bo‘lgan Qirg‘iziston bilan ham davlat chegaralarini delimitatsiya qilish masalasi yakuniy bosqichda turibdi. To‘g‘ri, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda Afg‘oniston va uning atrofi dagi vaziyat alohida o‘rin tutadi. Hozirgi vaqtda Afg‘oniston bir qator murakkab muammolarga duch kelmoqda, ular orasida oqibatlari salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan rivojlanayotgan gumanitar inqiroz haqida nafaqat Markaziy Osiyo davlatlari, balki butun xalqaro hamjamiyat jiddiy xavotir olmoqda. O‘zbekiston o‘zining eng yaqin qo‘shnisi sifatida Afg‘onistonga har tomonlama insonparvarlik yordamini ko‘rsatdi. Zero Vatanimiz uchun bu davlat tahdidlar manbayi emas, balki iqtisodiy imkoniyatlar mamlakatidir. Xususan, bu borada O‘zbekiston Respublikasi tashabbusi bilan Afg‘onistonning tranzit salohiyatini oshirishga doir bir necha loyihalar ishlab chiqilib, ularni qurish ishlarini boshlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Unga ko‘ra ikkita – Mozori Sharif – Hirot va Mozori Sharif – Kobul – Peshovar temir yo‘l liniyalari qurilib, ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Loyiha amalga oshsa 60 mingdan ortiq afg‘on ish bilan ta’minlanadi va yuk tranziti hisobidan mamlakatga yillik qariyb 1 milliard dollar miqdorida foyda keladi. Shunindek, Surxon – Puli – Xumri – Doshi – Surabay – Jalolobod – Peshovar elektr uzatish liniyalari qurilishi ham rejalashtirilgan. Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda suv va energiya muammolarini hal qilish muhim rol o‘ynaydi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi quyidagi shartnomalarni imzoladi: Tojikiston bilan Zarafshon daryosida umumiy quvvati 320 mVt bo‘lgan ikkita GES qurish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Jumladan, ushbu kelishuv doirasida 2022- yil 2-iyunda ikki davlat rahbarlari – Yovon gidroelektr stansiyasi qurilishini boshlab berishdi; Qirg‘iziston bilan 750 million kVt/soatgacha miqdorda elektr energiyasini o‘zaro yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Jahon bankining hisob-kitoblariga ko‘ra, gidroenergetika salohiyatidan moslashuvchan foydalanish va quvvat zaxiralarini birgalikda rejalashtirish 2020–2030-yillarda Markaziy Osiyo davlatlariga 6,4 milliard dollargacha iqtisodiy foyda keltiradi. Shunday qilib, Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash doirasidagi hamkorligini tahlil qilish quyidagi asosiy xulosalar chiqarish imkonini beradi: 1. Hozirgi geosiyosiy vaziyatning rivojlanishi shundan dalolat beradiki, xalqaro munosabatlar jarayonida O‘zbekiston mintaqaning asosiy geostrategik ahamiyatga ega davlati sifatida mintaqaviy xavfsizlik kontekstida ahamiyati tobora ortib bormoqda. 2. Mintaqaviy xavfsizlikning yangi konturlarini shakllantirish jarayoni xavf-xatarlar va xavfsizlik tahdidlari davom etayotgani (xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, narkotrafi k, noqonuniy migratsiya) fonida amalga oshirilmoqda. Ushbu tahdidlarning ta’sir darajasini faqat mintaqadagi vaziyatni to‘g‘ri baholabgina kamaytirish mumkin. Bu esa Afg‘onistondagi vaziyatning barqarorlashuvida va tinch taraqqiyot yo‘liga qaytishida ustuvor o‘rinni egallaydi. 3. Keyingi yillarda Markaziy Osiyoda yangi siyosiy voqelik yuzaga keldi. Ya’ni, ishonch, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslanib, dolzarb masalalarni birgalikda muhokama qilish va mintaqa davlatlarining milliy manfaatlarini hisobga olgan holda oqilona murosa yo‘lini topish, shu orqali barqarorlikni ta’minlash, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida sifat jihatidan yangi natijalar qo‘lga kiritilmoqda. Polkovnik Rustam XAlilOV, Qurolli Kuchlar akademiyasi kafedra boshlig‘i, dotsent O‘ZBEKISTONNING O‘RNI Mintaqa Markaziy Osiyo Sharq va G‘arbni bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib, butun Yevroosiyo qit’asi mamlakatlari taraqqiyotida tarixan asosiy rol o‘ynaydi. Sobiq SSSRning parchalanishi Markaziy Osiyo mintaqasining yangi tarixida burilish nuqtasi bo‘ldi. Butun postsovet hududida iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning markazlashtirilgan tizimi tugatilishi, o‘nlab yillar davomida shakllangan tovar va pul muomalasi tizimlarini isloh etish zarurati, energetika infratuzilmasi, suv xo‘jaligini boshqarish va boshqalar yangi tashkil topgan mustaqil davlatlarning barcha faoliyat sohalarida jiddiy muammolarni yuzaga keltirdi. MARKAZIY OSIYODA BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA


5-yanvar VATANPARVAR 2024-yil № 1 11 KO‘NGILLARGA XUSH KAYFIYAT Askar onalarini sharafl aymiz! O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi madaniy-ma’rifi y, ommaviy sport tadbirlari, festivallar-u forumlar o‘tkazilmoqda. Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga qarashli Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida joylashgan harbiy qismlar o‘rtasidagi onlayn videomuloqot ham ayni shu mazmunda tashkil etildi. “Askar onalarini sharaflaymiz!” mavzusida o‘tkazilgan ushbu tadbir davomida mazkur hududlarda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar, ularning ota-onalari, yaqinlari, sinfdosh do‘stlari va ustozlari jam bo‘ldilar. Albatta, yurt himoyasi yo‘lida sobit turgan farzandi bilan diydorlashuv har bir ota-ona qalbiga o‘zgacha quvonch, cheksiz hayajon va faxr-iſt ixor tuyg‘ularini bag‘ishlashi, shubhasiz. Unutilmas lahzalarga boy tarzda kechgan videomuloqot chog‘ida nuroniy otaxonlar-u onaxonlar, askar yigitlarning aka-ukalari-yu, opa-singillari va tengqur do‘stlari tomonidan: “O‘g‘lim, biz sen bilan faxrlanamiz!”, “Xizmatingni yorug‘ yuz bilan tamomlab, sog‘-salomat yonimizga qayt”, “Akajon, men ham albatta, harbiy bo‘laman!”, “Do‘stim, sen mahallamiz g‘ururisan!” degan so‘zlar yangrab, ko‘ngillarga iliqlik va xush kayfiyat baxsh etuvchi samimiy tilaklar aytildi. – O‘g‘lim Sherobod tumanida o‘z yigitlik burchini o‘tamoqda. Farzandim bilan juda faxrlanaman. Hozir videomuloqotda ko‘rdim, kayfi yati ko‘tarinki, xuddi yonimizda turgandek bo‘ldi. Menga harbiy libos kiyish nasib qilmagan, shu Ta’kidlash kerakki, Surxondaryo viloyatidagi videomuloqot Termiz shahrida joylashgan “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyida o‘tkazilgani bois, kunning ikkinchi yarmida tadbir qatnashchilari mazkur ta’lim muassasasining imkoniyatlari va bu yerda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Jizzaxlik ota-onalar esa videomuloqot tashkil etilgan harbiy qism hayoti, ma’naviy-ma’rifi y tayyorgarlik xonasi, sarhadlarimiz posbonlarining kitobxonlik madaniyatini oshirishga mo‘ljallangan kutubxona, yotoqxona va barcha zarur anjomlar bilan jihozlangan sport majmuasi bilan tanishib, muddatli harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga o‘zlari guvoh bo‘ldilar. Shu kabi ko‘ngillarga xush kayfi yat va zavq ulashuvchi ezgu tadbirlar mamlakatimizning boshqa hududlarida ham bayramona ruhda tashkil etilmoqda. Mayor Farida BOBOJOnOVA DXX Chegara qo‘shinlari sababdan bo‘lsa kerak, bugun o‘g‘limni harbiy libosda ko‘rib, boshqacha g‘ururlandim. Vatanimizga xizmat qilayotganidan xursandman. Tez kunlarda xizmatini yakunlab, yorug‘ yuz bilan oilamiz bag‘riga qaytishiga ishonchim komil. Bugungi o‘tkazilayotgan tadbir onasi ikkimizning eng baxtli kunlarimizdan biri bo‘ldi, – deydi videomuloqot qatnashchisi Mahmudjon Haydarov. O‘z navbatida, askar o‘g‘lonlar tomonidan ham harbiylikning sharafi va mas’uliyati, davlat chegaralarini tun-u kun ishonchli qo‘riqlash ortida yaqinlarining tinchligi va osoyishta hayoti turganini his etish ularga kuch-g‘ayrat va katta shijoat bag‘ishlayotgani, haqiqiy hayot maktabi saboqlarini olib, kundan kunga irodalari toblanib borayotgani xususida so‘z yuritildi. Shuningdek, bo‘linmalarda muddatli harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoit va qulayliklar, berilayotgan imtiyozlar ham alohida e’tirof etilib, yaqinlarga yo‘llangan sog‘inchli salomlar, bayram tabriklari va ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar vatanparvarlik, yurtga sadoqat hamda mehr-oqibat tuyg‘ulari ila yo‘g‘rildi. – Men Jizzax viloyatidagi bo‘linmalardan birida o‘z yigitlik burchimni o‘tamoqdaman. Bugun ota-onalarimiz bilan videomuloqot orqali ko‘rishdik. Yaqinlarimiz bilan suhbatlashib, sog‘inchimiz bosilgandek bo‘ldi. Otaonalarimizdan dalda olib, jangovar ruhimiz yanada ortdi, – deydi oddiy askar Javohir Navbatov. Tadbir davomida farzandini yurt himoyasiga yo‘llagan jonkuyar va fi doyi onalar sharafl anib, guldastalar taqdim etildi.


12 № 1 5-yanvar VATANPARVAR 2024-yil Adashmasam, beshinchi sinfga o‘tguncha uni astoydil kutganman. Maktab bayramidagi qorbobo haqiqiy emasligi, balki bo‘ydor va badjahl ustozimiz ekanini bilganimda hamma tasavvurim chilparchin bo‘ldi. Xuddi ustidan sovuq suv quyib yuborilgandek, uyga shumshayib qaytayotganim kechagidek yodimda. Ayniqsa, uni o‘rab olgan bolalarni zar o‘ralgan hassasi bilan turtib o‘ziga yo‘l ochganini ko‘rganimda, bir umr sig‘inib kelgan sanamimni Ibrohim payg‘ambar maydalab tashlagandek chorasiz qoldim. Oradan yillar o‘tdi. Bobur Mirzoning qora qishda Hirotdan Kobulga o‘chishdagi mashaqqatlarini mutolaa qila turib, bolalarimizni qorbobo haqidagi uydirmalar bilan aldagandan ko‘ra, “Boburnoma”da keltirilgan ushbu voqeani aytib bersak, juda jo‘yali bo‘lar ekan, deb o‘yladim. Siz ham o‘qib ko‘ring: (1506–1507- yil voqealaridan) “Menga shu yerda qishlang (ya’ni Hirotda) deb, Muhammad Burunduqbek va Zunnunbek astoydil harakat qilar, lekin qishlov yeri va qishlamoq asbobini yaxshi ta’minlab bermas edilar. Qish bo‘ldi va oradagi tog‘larga qor yog‘di. Kobul tarafi dan hanuz xavotirlik ko‘proq bo‘ldi. Bular na qishlovlik yerni muhayyo qildilar, na bir epaqadagi qishlov yerni Ajdodlar jasorati Bolaligimizda birinchi qor yog‘ishi bilan qorbobo haqidagi uzuq-yuluq ertaklar ko‘payib qolardi. Birimiz uni derazadan keladi, desak, birimiz mo‘ridan tushadi, deb tortishardik. Zangori ekran ham uning borligiga ishontirish uchun to‘qib-bichilgan kino-yu multfi lmlarning orqasini uzmay efi rga uzatardi. ko‘rsata oldilar. Oxiri zarurat bo‘ldi, ochiq ayta olmadik. Qishlov bahonasi bilan Hirotdan sha’bon oyining yettinchisida chiqib, Bodg‘is yerlarida, toki viloyatlarga narsa yig‘ish va ish-kuch to‘plash uchun ketganlar kelib qo‘shilsinlar deb, har yurtda bir kun-ikki kun to‘xtab ko‘char edik. To‘xtash va kutish shu darajada bo‘ldiki, Langari Mirg‘iyosdan ikki-uch ko‘ch o‘tganda ramazon oyi ko‘rindi… Langari Mirgiyosdan o‘tib, G‘arjistonning chekka kentlarini bosib, Chaxcharonga kelindi. Langardan o‘tib, G‘arjiston tuprog‘iga yetganda hammayoq qor edi. Qor borgan sari kattalashardi. Chaxcharonda ham qor otning tizzasidan yuqoriroqqa chiqardi. Chaxcharon yerlari Zunnunbekka tegishli edi. Uning o‘rnida Mirakjon Irdi ismli navkari turardi. Zunnunbekning g‘allalarini pul berib oldik. Chaxcharondan ikki-uch ko‘ch o‘tgach, qor juda ko‘paydi, uzangidan yuqoriroqqa chiqardi. Ko‘p yerda otning oyog‘i yerga tegmasdi. Yana tinimsiz qor yog‘ardi. Charoqdondan o‘tgach ham qor ko‘p katta bo‘ldi. Yo‘limiz ham noma’lum bo‘ldi. Langari Mirg‘iyos yerida Kobulga qaysi yo‘l bilan borishimizni kengashdik. Men va aksar odamlar shunday mulohazada edikki, hozir qish, tog‘ yo‘li ko‘p xavotirli, qiyinchiliklar bo‘ladi. Qandahor yo‘li biroz yiroqroq bo‘lsa-da, lekin betashvish va bexavotir borilardi. Qosimbek u yo‘l yiroq, mana shu yo‘l bilan boramiz, deb turib oldi. Shu yo‘lga tushdik. Pir Sulton peshoyi (urug‘-elat nomi) yo‘l boshlovchi edi, qariligidanmi yo gangiradimi, yo qorning kattaligidanmi, yo‘lni yo‘qotdi, boshlay olmadi. Qosimbekning harakati bilan bu yo‘lga tushgandik. Qosimbek uyalganidan o‘zi va o‘g‘illari qor tepib, yo‘l topib, oldinda yurardilar. Keyingi kun ham qor ko‘paydi. Yo‘l ham noma’lum. Har qancha harakat qildik, yurolmadik. Chora topolmay qaytib, bir o‘tinlik yerga tushib, yetmish-sakson sara yigitlarni kelgan izimiz bilan qaytib, pastroqda qishlagan hazora-mazoradan topib, yo‘l boshlovchi keltirsinlar, deb tayin qildik. U ketganlar kelguncha uch-to‘rt kun bu yurtdan ko‘chilmadi. Borganlar ham yaxshi yo‘l boshlaydigan kishi olib kelmadilar. Tavakkal qilib, Sulton peshoyini ilgari solib, yo‘l topolmay qaytgan yo‘limizga yana tushib jo‘nadik. Bir necha kun ko‘p tashvish va mashaqqatlar tortildi. Umr bo‘yi buncha mashaqqat tortmagan edik. Bu matla’ o‘sha fursatda aytildi: Charxning men ko‘rmagan jabr-u jafosi qoldimu? Xasta ko‘nglim chekmagan dard-u balosi qoldimu? Hikoyaning shu yeriga kelganda, bundan bir yil avval tog‘dan tushib kelgan talaba yigit aytib bergan voqea yodimga tushdi. Ismining qo‘yilish tarixi bilan boshlangan suhbatimiz shunaqa go‘zal yakunlandiki, men buni qachondir yozaman dedim unga. U bo‘lsa kulimsirab, bizda bunaqasi ko‘p bo‘ladi, aka, dedi. Bizda esa yo‘q, dedim xo‘rsinib, odamgarchilik ham deb qo‘shib qo‘ydim, eshitilar-eshitilmas. Xullas voqea bunday bo‘lgan: Qarshimdagi yigitcha hali dunyoga kelmagan paytlar, namozshomda kimdir bobosining eshigini qoqadi. Tashqarida qor ancha o‘ndirib qo‘ygan va yo‘qlovchining ham kiyimboshi oqarib qolgan. Ma’lum bo‘lishicha, tog‘ning narigi tarafi da turadigan ellik yoshni urib qo‘ygan bu kishi qalin qor tufayli bu ovulda tunashga majbur bo‘lgan. U paytlar odamlarning bag‘ri keng bo‘lganmi yo hozir ziqnalashib ketdikmi, xullas, o‘sha kechadan boshlab o‘n kun qor tinmaydi. Mehmon ham mezbondan ruxsat ololmaydi. Ruxsat berganda VATANPARVAR 2024-yil


5-yanvar VATANPARVAR 2024-yil № 1 13 ham ba’zi joylari odamni ko‘mib yuboradigan qorda qayerga ham borardi. Dastavval o‘tgan-ketganlardan boshlangan gurung sandalning taſt i bilan uyqashib boradi, deydi suhbatdoshim so‘z boyligin namoyish etib. Qor yog‘ishi tinib, yo‘llar ochila boshlaganda mehmon va mezbon yaqin do‘stga aylanib ulgurgan edi. O‘sha bahorda men tug‘ilganman va o‘sha mehmonning ismi Xudoynazar ekan. Bobomga iyarib tog‘ oshib, otdosh bobomnikiga borganimni eslayman. Ular hizrni kutgandek kutib olishar va ikki nuroniy tong ottirib gurunglashardi… Afsuski, bunday voqealar kamayib bormoqda. Keling, Bobur Mirzoga qaytamiz. Bir haft aga yaqin qor tepib, kunda bir-bir yarim shar’iydan ortiq ko‘chilmas edi. Qor tepar kishi men edim, o‘n-o‘n besh ichki yaqinlar va Qosimbek edi. Ikki o‘g‘li – Tangriberdi va Qanbar Ali bilan yana ikki-uch navkari ham bor edi. Ushbu kishilar yayov yurib, qor tepar edik. Har kishi yetti-sakkiz-o‘n qari ilgari yurib qor tepardi. Har qadam qo‘yganda beligacha, ko‘ksigacha bota-bota qor tepar edi. Bir necha qadam borgandan so‘ng ilgarigi kishi holdan toyib to‘xtar, yana bir kishi oldinga o‘tardi. Bu o‘n, o‘n besh-yigirma kishi yayov borib qorni tepgach, bo‘sh otni tortish imkoni bo‘lardi. Bo‘sh ot tortilar, uzangisigacha, qornigacha bota-bota bu bo‘sh ot ham o‘n-o‘n besh qadamcha yo‘l yurib toliqar edi. Bu otni chetga tortib, boshqa bir bo‘sh ot ilgari tortilardi. Ushbu yo‘sin bilan biz o‘n, o‘n beshyigirma kishining otlarigina ilgari tortildi. Qolgan barcha yigitlar va bek atalganlar otlaridan ham tushmay, tayyor tepilgan va bosilgan yo‘lga kirib, boshlarini quyi solib kelishardilar. Kishiga biror narsa taklif qiladigan yoki zo‘rlik qilish payti emas edi. Har kimning himmat va jur’ati bo‘lsa, bunday ishlarni o‘zi talab qiladi. Shu usul bilan qor tepib, yo‘l qilib Injukon degan yerdan uch-to‘rt kunda Zarrin dovonining tubiga – Havoli Qutiy degan g‘orga keldik. Ana shu kuni qattiq bo‘ron bo‘lib qor yog‘ardi. Barcha o‘lim vahimasiga tushdi. U el tog‘dagi g‘or va kovaklarni havol deydi. Shu g‘orga yetganda, qor quyuni tezlashdi. Ushbu g‘or qoshida to‘xtadik. Qor – ko‘p, yo‘l – so‘qmoq, tepilganbosilgan yo‘l bilan ham ot zo‘rg‘a yuradi. Kunlar g‘oyat qisqaligidan oldindagilar yorug‘ payti g‘or oldiga keldilar, namozshom, xuft on namozigacha boshqalar yetib keldi. Ulardan keyingilar to‘xtagan yeridayoq tushdi. Ko‘plar ot ustida tong ottirdi, g‘or torroq ko‘rindi. Men g‘orning og‘zida kurak olib, qor kuradim, qorni ko‘ksimgacha qazidim, sira yerga yetmasdi. Biroz shamoldan pana bo‘ldi, o‘sha yerda o‘tirdim. Har qancha: „G‘orga kiring“ deyishsa ham kirmadim. Barcha el qorda va bo‘ronda, men issiq uyda va istirohatda o‘tiramanmi deb o‘yladim. Munda barcha el tashvish bilan mashaqqatda, men munda uyqu bilan farog‘atda bo‘laymi?! Bu muruvvat va hamjihatlikdan yiroq ishdir. Men ham har tashvish va mashaqqat bo‘lsa ko‘rayin, har nechuk el toqat qilib tursa, turayin. Bir forsiy maqol bor: “Do‘stlar bilan birga bo‘lgan o‘lim – to‘ydir”. O‘shanday qor quyunida o‘zim qazigan – yasagan chuqurda o‘tirdim. Xuft on namozigacha qor shunday tez yog‘diki, men engashib o‘tirgan kelganini bironta qari yoshi ulug‘ eslayolmaydi. Garchi katta qordan bir necha kun anchagina tashvish ko‘rgan bo‘lsak-da, lekin oxiri ushbu katta qor tufayli o‘zimizni manzilga yetkizdik. Chunki bunday katta qor bo‘lmasa, o‘shanday yo‘lsiz uchma va sekirtmadan kim o‘ta olardi?! Ehtimol, katta qor bo‘lmasa avvalgi uchmadayoq barchaning ot va tuyasi batamom qolib ketgan bo‘lardi. Har bir yaxshi-yomonlikni mulohaza qilib ko‘rsang, hayot uchun xayrli ishlarga sabab bo‘ladi. Xuft on payti, Yakka O‘langga kelib tushdik. Yakka O‘lang eli biz kelib tushgandayoq xabar topdilar. Issiq uylar, semiz qo‘ylar, otga o‘t va pichan benihoya, o‘t yoqmoqqa o‘tin va tezak behad hisobsiz edi. O‘shanday sovuq na qordan qutilib, bunday keng va issiq uylar topmoq, unday mashaqqat va balodan xalos bo‘lib, buncha ko‘p non va semiz qo‘ylar topmoq bir huzurdirkim, buni bunday mashaqqatlarni ko‘rganlar biladi, shunday bir farog‘atdirki, buni o‘shanday balolarni boshdan kechirganlar fahm qiladi. Qish va qorning mashaqqati haqida o‘qiganim ko‘p. Ayniqsa, Chingiz Aytmatovning “Birinchi muallim”ida Duyshenning jo‘jabirdek o‘quvchilarini iyartirib maktab yo‘lidagi qor tepaliklardan yo‘l ochgani katta taassurot qoldirgan. “Boburnoma”dagi ushbu hikoya esa to‘lqinlantirib yubordi. Boshimga tushgan arzimas mashaqqatlarni she’rga solib yurganimdan uyalib ketdim. 5-yanvar edim, orqam, boshim va quloqlarim ustiga to‘rt enlik qor yog‘di. O‘sha kecha qulog‘imga sovuq ta’sir qildi. Xuft on namozi payti g‘or ichini yaxshi kuzatganlar “G‘or juda kengdir. Bunda hammaga yetarli joy bor”, deb qichqirishdi. Buni eshitishim bilan ustimdagi qor-morni silkib g‘orga kirdim. G‘or yaqinidagi yigitlarni ham taklif qildim. Qirq-ellik kishiga yetadigan farog‘atli joy bor ekan. Yeguliklar: quritilgan et, qovurdoq, kimda nima bo‘lsa borini keltirdilar. Shunday sovuq, qor va bo‘ronda ajab issiq bexatar va farog‘atli yerga keldik. Ertasi saharlab qor va bo‘ron turdi. Ertasiga ko‘chib o‘sha yo‘sin bilan qor tepib, yo‘l yasab, dovon ustiga chiqdik. Yo‘l ham qirlab yuqoriga chiqarkan. Ko‘tali Zarrin (Zarrin dovoni) der ekanlar. Biz yuqoriga chiqmay dara ichi bilan pastga yo‘naldik. Dovonning tubiga yetgunimizcha kun kech bo‘ldi. Dara og‘zidayoq qo‘ndik. O‘sha kecha juda qattiq sovuq bo‘ldi. Ko‘p mashaqqat va uqubat bilan u tunni o‘tkazdik. Ko‘p kishining qo‘loyog‘ini sovuq urdi. Kepakning oyog‘ini, Suyunduk turkmanning qo‘lini, yana Axiyning oyog‘ini o‘sha kecha sovuq oldi. Ertasiga dara quyisidan yurdik. Yo‘lning bu emasligini bilib, ko‘rib, tavakkal qilib, dara quyisidan yurildi. Yomon uchma, sekirtma yerlardan tushildi. Namozshom paytida, daraning og‘ziga chiqdik. Bu dovonda buncha katta qor bor payti kishi undan o‘tganini, bu dovondan oshib o‘tmoq kishining ko‘ngliga Begali eShOnQulOV, “Vatanparvar”


14 № 1 5-yanvar VATANPARVAR 2024-yil O‘G‘LONLAR O‘zbek yigiti – mustaqillik posboni Tanishing, sizga hikoya qilmoqchi bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchi, oddiy askarlar yigitlik burchi davomida bir qator muvaff aqiyatlarni qo‘lga kiritgan a’lochi posbonlardan. MAQSAD – VATAN HIMOYACHISI BO‘LISH Milliy armiyamiz safi da muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan posbonlar uchun hayajonli va sinovli onlar ortda qoldi. Negaki, salkam bir yil davomida bu o‘g‘lonlar harbiy xizmat dovonlarida chiniqib, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda xizmat sirlarini egallab, intellektual salohiyatda ustuvor, o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuksak er yigitlar safi dan joy olishdi. kelajak orzulariga to‘xtalar ekan. – Askarlik faoliyatim haqida so‘z yuritadigan bo‘lsam, harbiy xizmatning har lahzasi hayotimda o‘chmas iz qoldirishiga ishonaman. Chunki xizmat jarayonida ko‘p narsaga erishdim. Avvalo, Vatan va ota-ona qadrini chuqur anglab yetdim, yigit sifatida o‘zimni qayta kashf qildim. Negaki, armiya maktabi meni o‘ziga xos tarzda qayta tarbiyaladi. Mas’uliyatni teran anglash, harbiycha muomala madaniyati, harbiy libosga e’tiborli bo‘lish, askariy birodarlik, burchga sadoqatdan saboq berdi. Buning uchun barcha ustoz komandirlarimdan minnatdorman. Xizmat sinovlarida bir-birimizga tayanch bo‘lib kelayotgan bir qator safdosh do‘stlarim Doniyor Vahobov, Dilshod Mamasoliyev, Diyor To‘ychiyev bilan ajralmas do‘st bo‘lishga qaror qildik. Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan safdoshlarimning oldiga qo‘ygan asosiy maqsadlaridan biri oliy o‘quv yurtlarida tahsil olib, o‘zlari istagan kasb sirlarini egallash. Mening maqsadim – Bojxona akademiyasida o‘qib, ofi tserlar safi da Vatan xizmatida bo‘lish. POSBONLIGIM – MENING FAXRIM! mas’uliyatli ekanini teran anglab yetishadi. Harbiy sohaga munosib bo‘lish oson emasligini tushunishadi. Otamurodning kelajakda harbiy xizmatchi bo‘lishga ahd qilgani uning olovqalb va o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuksakligidan dalolat. Bunday yigitlardan munosib Vatan himoyachisi chiqishiga ishonaman. Darhaqiqat, hamma yigit ham harbiy sohani tanlashga jazm etavermaydi. To‘g‘rirog‘i, soha qiyinchiliklarini yengib o‘tishga jur’ati yetmaydi. Otamurodning bu boradagi fi kri qanday, eshitamiz: – Biz, askarlar uchun komandirlarimizning buyruq va o‘gitlari qonun, albatta. Negaki, ularning qat’iy tartib va qattiqqo‘llik bilan bergan sabog‘i kelajagimizni belgilaydi. Men harbiy xizmatda qanday yutuqlarga erishgan bo‘lsam, barchasida ustoz komandirlarning katta hissasi bor. Qolaversa, kelajagimni harbiy soha bilan bog‘lashga ahd qilganim ham ular kabi qat’iyatli, zakovatli va irodali, bir so‘z bilan aytganda, Vatanning munosib himoyachisi bo‘lish. YANA BIR BO‘LAJAK OFITSER Oddiy askar Otamurod DAVRONOV Oddiy askar Odilbek TURsUNOV Oddiy askar Alimardon HAYDARALIYEV O‘g‘lonlarimiz harbiy xizmatda nafaqat jismonan va ruhan chiniqishadi, harbiy bilimga ega bo‘lishadi, balki hayotga va kelajakka bo‘lgan qarashlari tubdan o‘zgaradi. Oddiy askar Otamurod DAVRONOV mardlar safi da mana shunday ezgu maqsadga ega bo‘lib ulgurgan yigitlardan. Otamurod xizmatga qadar Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi kasb-hunar kollejida tahsil olgan. G‘ayratli va qat’iyatli yigit kollejning yetakchi o‘quvchilaridan bo‘lganiga shubha yo‘q. Uning muddatli harbiy xizmatga chaqiruv sinovlaridan muvaff aqiyat ila o‘tib, posbonlar safi da qad rostlagani ham jismonan sog‘lom va fi kri teranligidan dalolat. Albatta, bunday yigitlar xizmat ko‘nikmalarini tez o‘zlashtiradi, shaxsiy tarkib orasida intiluvchanligi bilan o‘z o‘rniga ega bo‘lib ulguradi. – Har bir posbonning muvaff aqiyatga erishishi o‘z qo‘lida, – deydi kapitan Azamjon Sotvoldiyev. – Harakatchan, g‘ayratli, tirishqoq yigitlar Umumharbiy nizom talablarini tez egallash bilan birga, nazariy va amaliy saboqlarni o‘zlashtirishda oldingi safda bo‘ladi. Shuningdek, jamoatchilik ishlarida faolligi bilan ajralib turadi. Oddiy askar Davronov mana shunday tinib-tinchimas, iqtidorli posbonlardan. Uning qat’iyatli va maqsadi sari dadil intilishini har jabhada kuzatish mumkin. Kelajagini harbiy soha bilan bog‘lashga qaror qilgani ham fi krimiz dalilidir. Chunki posbonlar xizmat davomida harbiy xizmat yuki qay darajada zalvarli va Sizlarga tanishtirmoqchi bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchi, oddiy askar Odilbek TURSUNOV zukko, bilimdon, tirishqoq va qat’iyatli ekani bilan har jabhada yetakchilikni qo‘ldan bermay kelayotgan yurt himoyachilaridan. Nazariy va amaliy sinovlarda a’lochilar safi da bo‘lgan qahramonimizning xobbisi futbol va voleybol ekani hamda doimiy ravishda sport bilan shug‘ullangani uning jismonan chiniqqanligidan dalolat. – Muddatli harbiy xizmatga qadar Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanidagi kasb-hunar kollejida o‘qiganman, – deydi Odilbek xizmati va Namangan viloyatidan muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan oddiy askar Alimardon HAYDARALIYEVning vazifasi granatomyotchi. Askar bo‘lishni orzu qilgan yigitlarning ilk orzusi harbiy quroldan foydalanish sirlarini egallash, mo‘ljalga olish mashg‘ulotida ishtirok etish bo‘lsa kerak. Alimardon ham shuni ta’kidlab o‘tdi. Bugun u mohir granatomyotchi sifatida harbiy qurolni puxta o‘zlashtirganidan mamnun. Posbon buni quyidagicha izohlab o‘tdi: – Vazifam o‘zimga juda yoqadi. Shu sabab zimmamdagi bu topshiriqni tez va sidqidildan o‘zlashtirdim. Dala-o‘quv maydonidagi mashg‘ulotlarda faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritdim. Vzvod komandirimdan minnatdorlik oldim. O‘ylaymanki, inson har qanday vazifaga chin dildan yondashsa, albatta muvaff aqiyatga erishadi. Mening erishgan yutuqlarimda vzvod va guruh komandirlarimning katta hissasi bor. Ulardan cheksiz minnatdorman. Maqsadim – ular kabi Vatan himoyachisi bo‘lish! Darhaqiqat, yuksak orzular qanotida maqsadlari tomon dadil intilayotgan qaddi tik, ko‘ksi baland posbonlarning er yigitlar safi ga qo‘shilgani ko‘rinib turibdi. Bu chaqmoq qadamlar kelajakda zalvarli dovonlarni zabt etishiga shubha yo‘q. Zero mardlar maktabida toblangan o‘g‘lonlarning istiqboli o‘zgacha bo‘lishi mumkin emas. Zulfi ya YUNUSOVA, “Vatanparvar”


5-yanvar VATANPARVAR 2024-yil № 1 15 Burch sHARAFLI KAsBNI HIs ETIB Mudofaa vazirligi tasarrufi dagi qo‘shinlarda jangovar mashg‘ulotlar yurt posbonlarining xizmat faoliyatiga mutanosib tarzda olib boriladi. Bundan tashqari, harbiy qismlarda o‘tkaziladigan yoshlar, mahalliy aholi, fuqarolar, jamoatchilik kengashi a’zolari, sportchilar bilan uchrashuvlar “Xalq va armiya – bir tan-u bir jon!” degan iboraning haqiqatga qanchalik yaqinligini amalda ko‘rsatib beradi. Poytaxtimizda joylashgan harbiy qismlardan birida ham harbiy xizmat o‘tashning o‘ziga xos xususiyatlari – shaxsiy tarkib ijtimoiy himoyasining ta’minlangani, zamonaviy shart-sharoitlar yaratilganligi bilan alohida e’tiborga molik. Milliy madaniyatimiz, tariximiz, ma’rifatimiz va bugungi kun yutuqlarini o‘zida aks ettiruvchi O‘zbekiston tarixi, shuningdek Yangi O‘zbekiston muzeyi, “Adiblar xiyoboni”, jangovar tayyorgarlik mashg‘uloti xonalari, suv havzasi, fi tnes, yakkakurashlar sport zalidan iborat sport majmualari. Ularning barchasi yilning har qanday faslida harbiy xizmatchilarning jangovar, jismoniy va ma’naviy ko‘nikmalarini oshirib bormoqda. Yuqorida ta’kidlanganidek, harbiy xizmatchilarning oila a’zolari, mahalliy aholi hamda yoshlar bilan hamkorlikda turli madaniy-ma’rifi y tadbirlar, sport musobaqalari, taniqli ijodkorlar, aktyorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilishi an’anaga aylangan. O‘quv xonalarida esa o‘z kasbining ustalari bo‘lmish ofi tser va serjantlar shaxsiy tarkibga xizmat faoliyatiga aloqador qimmatli nazariy bilimlar berib kelishmoqda. Qo‘li gul harbiy xizmatchilar tomonidan yasalgan maketlar yordamida harbiylik kasbining vazifalari mukammal o‘zlashtirilib, taktik harakatlar nazariyasi mustahkamlab boriladi. Mayor Zayniddin MAMATOV, qism komandirining moddiy-texnik ta’minot bo‘yicha o‘rinbosari: – Harbiy qismda yaratilgan shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda, shaxsiy tarkibning ijtimoiy himoyasini ta’minlash yo‘lga qo‘yilgan. Ya’ni harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularning farzandlari trenajyor zali, suzish havzasi, kutubxona xizmatlaridan bepul foydalanish imkoniyatiga egadir. Bundan tashqari, ta’mirlash ustaxonasida harbiy xizmatchilarning shaxsiy avtomobillariga texnik yordam ko‘rsatiladi. Qisqa qilib aytganda, harbiy qism milliy armiyamiz mudofaa siyosatiga mos tarzda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Qayerda va qanday vaziyatda bo‘lmasin, harbiy xizmat burchini o‘tayotgan harbiy xizmatchi o‘z xizmatlarining bunday qadrlanishidan munosib xulosa chiqara oladi hamda bu holat jangovar shaylikni oshirishning eng samarali usullaridan biridir. Ayni kunlarda boshqa joylarda bo‘lganidek, harbiy orkestr jamoasi bu yerda ham 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi bayramiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Harbiy orkestr boshlig‘i leytenant Sarvar Ahmedovning ta’kidlashicha, orkestr repertuaridan “Amir Temur”, “Jaloliddin Manguberdi”, “Mustaqillik”, “Sharq”, “Qalqon”, “Markaziy Osiyo”, “Yoshlik”, “G‘alaba shukuhi” kabi harbiy-vatanparvarlik ruhidagi marshlar o‘rin olgan. Mustaqillik yillarida yaratilgan bu marshlar nafaqat milliy armiyamizdagi jangovarlikni oshirish yo‘lida, balki yurtimizning diqqatga sazovor maydonlarida keng jamoatchilik uchun ham yangrab kelmoqda. Asror RO‘ZIBOYEV, “Vatanparvar”


16 № 1 5-yanvar VATANPARVAR 2024-yil Askar Harbiylar va Vatanparvarlik Uchrashuvda Andijon garnizoni harbiy qismida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan qoraqalpog‘istonlik yigitlar ota-onalari bilan diydor ko‘rishgan bo‘lsa, Nukus garnizonida yigitlik burchini bajarayotgan andijonlik askarlar yaqinlari bilan onlayn uchrashdi. Tadbir hayajonli va quvonchli lahzalarga boy o‘tdi. To‘qqiz oydan buyon ming chaqirim olisda yurt himoyachisi degan sharafli nomga munosib o‘g‘lonlar safida harbiy xizmatni o‘tayotgan farzandini onlayn bo‘lsada, ko‘rib quvongan onalarning ko‘zlari quvonch yoshlaridan, otalarning qalbi g‘urur va iftixordan to‘lib-toshdi. Andijonlik va qoraqalpog‘istonlik askarlar ota-onalari Onlayn uchrashuv Milliy armiyamizda ko‘plab harbiyvatanparvarlik tadbirlarining o‘tkazilishi va ularda yoshlarning ishtirok etishi, ertamiz egalarining yurt himoyasiga bo‘lgan qiziqishi ortishiga, ona Vatanga muhabbat tuyg‘usi bilan ulg‘ayib, komil inson bo‘lib yetishiga katta hissa qo‘shadi. hamda yaqinlariga harbiy xizmatdagi shartsharoitlardan so‘zlab, dil izhorlarini she’r va qo‘shiqlar bilan ifodalashdi. Tadbirda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy bo‘linmasi a’zolari va faxriylar ishtirok etdi. Qoraqalpog‘istonlik askarlarning onalariga harbiy okrug qo‘mondonligining tashakkurnomalari yetkazildi. Nukus garnizonida yigitlik burchini o‘tayotgan yigitlar hayoti haqida so‘zlovchi videolavha yurtimiz himoyasi ishonchli qo‘llarda ekanini namoyish etdi. Kuni kecha onaning bag‘rida yurgan yigit bugun Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga ont ichgan posbondir. “Askar onalarini sharaflaymiz!” nomli tadbir Vatan himoyachilari bayrami arafasida o‘tkazilishi bejiz emas, albatta. Bu tadbir zamirida onalarga yuksak ehtirom namunasi mujassam. Darhaqiqat, dunyodagi eng buyuk zot Onadir. Ona farzandini dunyoga keltiradi, ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylab ulg‘aytiradi. U har qanday sharafga, yuksak e’tiborga loyiq yagona zotdir. Tadbir yakunida qoraqalpog‘istonlik askarlarning ota-onalari uchun harbiy okrug tarixi muzeyiga sayohat tashkil etildi. Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti boshlig‘i podpolkovnik Baxtiyorjon Rahimov boshchiligida bir guruh harbiy xizmatchilar Zangiota tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda mehmon bo‘lishdi. Maktab o‘quvchilari mehmonlarni bayramona tarzda iliq kutib oldi, tadbir sport zalida kursantlar tomonidan tayyorlangan qo‘l jangi chiqishlari bilan boshlandi, robototexnikalar va zamonaviy aloqa vositalarining ko‘rgazmasi ham o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘ldi. Shundan so‘ng maktabning madaniyat markazida rahbar va o‘quvchi-yoshlar uchun davra suhbati tashkil etildi. Harbiy institut boshlig‘i tomonidan ta’lim muassasasi faoliyati haqida o‘quvchilarga ma’lumot berildi va Qurolli Kuchlarimiz salohiyati haqidagi videorolik namoyish etildi. O‘quvchilar savollariga mehmonlar tomonidan atroflicha javob berildi. Tadbir so‘ngida iqtidorli o‘quvchi-yoshlarga esdalik sovg‘alar topshirildi. “Impuls” harbiy ansambl jamoasining Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlari barchaga xush kayfiyat ulashdi, o‘quvchilar tadbir yakunida harbiy xizmatchilarga o‘zlarining minnatdorligini bildirdi. Mayor Sherqo‘zi XAKIMOV Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti onalarini sharaflaymiz! “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoyishiga asosan, mamlakatimiz bo‘ylab turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Nukus garnizoni ma’naviyat va ma’rifat markazida Nukus hamda Andijon garnizonlarida yigitlik burchini o‘tayotgan askarlar va yaqinlari ishtirokida onlayn videokonferens-aloqa orqali “Askar onalarini sharaflaymiz!” mavzusida bo‘lib o‘tdi.


5-yanvar VATANPARVAR 2024-yil № 1 17 HARAKAT TA’MINLAsH – Suhbat Yuqoridagi kabi qoidalarga amal qilish va ulardan to‘g‘ri foydalanish harakatlarini ta’minlash borasida olib boriladigan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Navoiy viloyati IIB JXX YHXB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Temur Ramazonov bilan suhbatlashdik. – Hammaga ma’lumki, haydovchilar ko‘p hollarda yo‘l-patrul xizmati inspektorlari bor joyda va shaharga kirish hamda chiqish postlaridan o‘tish vaqtidagina xavfsizlik kamaridan foydalanadi. Siz bunga qanday qaraysiz? – Albatta, o‘rinli savol, harakatlanish xavfsizligini ta’minlashning samaradorligini oshirishda, avvalo yo‘l harakati qoidalarining o‘rni beqiyosdir. Xavfsizlik kamari odatda 95 foiz holatda inson hayotini saqlab qoluvchi vosita hisoblanadi. Biroq ko‘pchilik haydovchilar YPX inspektoridan o‘tib olguncha undan foydalanishadi. Go‘yoki mazkur kamarni boshqa birovning salomatligi uchun taqishayotgandek. Ammo insonning bunday dunyoqarashi oxir-oqibat unga qimmatga tushadi. Sodir bo‘lgan yo‘ltransport hodisalari jarayonida voqea joyiga borgan vaqtimizda xavfsizlik kamaridan foydalangan fuqarolarning omon qolganliklari yoki yengil tan jarohati olganliklarini ko‘plab kuzatganmiz. Tahlillar ham shuni ko‘rsatmoqda. Boshqarmamiz tomonidan viloyatimiz hududlarida “Xavfsizlik kamari – hayot garovi” shiori ostida olib borilgan profi laktik suhbatlar va o‘tkazilgan targ‘ibotlarga qaramasdan, haydovchilar tomonidan joriy yil boshidan hozirgi vaqtga qadar 7 738 ta harakat vaqtida xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik holatlari aniqlangan. Bundan ko‘rishimiz mumkinki, aksariyat haydovchilar ushbu qoidalarga amal qilmasdan kelmoqda. – Bugungi kunda haydovchilar tayyorlash maktablarida olib borilayotgan dars mashg‘ulotlarini qoniqarli deb hisoblaysizmi? Shuningdek, haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirishda qator korrupsion holatlar kuzatilmoqda. Korrupsiyaning oldini olish tartibi yuzasidan ham tizimli ishlar olib borilyaptimi va haydovchilikka o‘qitiladigan o‘quv markazlari bilan ushbu mavzu doirasida choratadbirlar ishlab chiqilganmi? – Qoniqarli, sababi bu kabi holatlarni inobatga olgan holda tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 31-maydagi qarorga muvofi q, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi qarori bilan qo‘shimcha kiritilgan bo‘lib, avtomaktablarning barchasi “E-AVTOMAKTAB” tizimiga ulanmoqda. Bunday o‘quv jarayonlarida mashg‘ulotlar ortiqcha jurnal va qog‘ozlarsiz elektron tarzda yuritiladi. O‘quvchilarning davomat, o‘zlashtirish nazorati va shunga o‘xshash jarayonlarda onlayn tizim yo‘lga qo‘yilmoqda. Milliy haydovchilik guvohnomasi berilishida korrupsion holatlarning oldini olish borasida, haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiruvchi barcha ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan fuqarolarga viloyat IIB JXX yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan Yurtimizda yo‘l harakati qoidalariga e’tiborli bo‘lish, shuningdek yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda haydovchilar va piyodalarning yo‘llardagi harakat madaniyatini oshirish hamda haydovchilarni tayyorlash borasida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Yo‘llar bepoyondir – siz va bizning manzilimizga sog‘- omon yetishimizda yo‘l harakati qoidalariga amal qilgan holda harakatlanish o‘zimizga bog‘liq. reja ishlab chiqilgan bo‘lib, viloyat hududidagi barcha avtomaktablarga haft aning juma kunlarida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. – Prezidentimizning joriy yil 23-martdagi “Aholiga ma’muriy jarimalarni to‘lashda qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda sohada korrupsion omillarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimda qanday ishlar olib borilmoqda? – Ushbu qarorga muvofi q, ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha qo‘llanilgan jarimani ixtiyoriy to‘lash tizimi yanada soddalashtirildi. Unga ko‘ra, 2023-yil 1-maydan huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab, 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi. Mazkur tartib endilikda sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi. – O‘rnatilgan radar va kameralar – ularning ayrimlarida tezlik oshirilmasa-da, uni ko‘tarib, yuqori tezlik bilan qayd qilish holatlari kuzatilishi mumkinmi va ular qanday hollarda sodir bo‘ladi? Shu haqda batafsil javob bersangiz. – Fotoradar moslamalari yiliga bir marotaba O‘zbekiston metrologiya markazida tekshiruvdan o‘tkazilib, qiyoslash sertifi kati olinadi va shundan so‘ng o‘rnatilishiga ruxsat beriladi. Fotoradarlarda tezlik oshirilmasa-da, uni ko‘tarib, yuqori tezlik bilan qayd qilish holatlari kuzatilmaydi. – Viloyat kesimida tuman va shaharlarda o‘rnatilgan radar va videokameralar soni qancha, shundan qanchasi qoidabuzarliklarni aniqlashda ishlatilmoqda? – Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, viloyat kesimida o‘rnatilgan radarlar soni 13 tani tashkil etib, shundan 3 tasi tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘rnatilgan. Foydalanishda bo‘lgan 8 ta “AutoCon” mobil ko‘chma radarlar YPX inspektorlari tomonidan foydalanib kelinmoqda. Bundan tashqari, “Atlas International” Germaniya kompaniyasi tomonidan ajratilgan tezlikni nazorat qiluvchi 5 ta “Multaradar” mobil komplekslari xizmat olib bormoqda. Shuningdek, 7 ta chorrahada avtomatik qayd etuvchi kameralar o‘rnatilgan bo‘lib, shundan 4 tasi tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘rnatilgan. Har bir chorrahada 4 tadan kamera o‘rnatilib, jami 28 tani tashkil etadi. Barcha radar qurilmalari va chorrahalardagi kameralar inson omilisiz avtomatik tarzda qoidabuzarliklarni aniqlaydi va bazaga yuklaydi. Boshqarma JXX YHXB ma’muriy binosida ochilgan “Situatsion markaz”ga 32 ta kamera integratsiya qilingan bo‘lib, qoidabuzarliklarni aniqlash maqsadida ishlatiladi. – Aholi yashaydigan ko‘p qavatli uylar yonidagi transport yo‘llarida haydovchilar mashina tezligini oshirib boshqarishi kuzatilmoqda, kamiga musiqa ovozini balandlatib mashina boshqarayotganligiga ko‘p guvoh bo‘lamiz, shu kabi ayrim haydovchilarga belgilangan jarimalar mavjudmi? Tezlik belgilari ko‘p qavatli uylar yaqinidagi yo‘llarga ham o‘rnatilishi kerakmikan aslida? – Ma’lumki, tezlikni cheklovchi qonunchilik normalarining qabul qilinishida ularning amalda ishlashining ta’minlanishi ham muhimdir. Bunda viloyat va tuman markazlarida, shuningdek shaharlar hududida transport vositalarining tezligini soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etilgan. Boshqarmamiz mutaxassislari tomonidan ham bu kabi qoidabuzarliklarni aniqlash va ularning oldini olishda haydovchilarga harakatlanish tezligi me’yorini oshirmaslik, o‘zlari va piyodalarning xavfsizligini ta’minlash qoidalari tushuntirilib, aks holda ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishlari hamda bu borada transport haydovchilariga nisbatan keskin choralar ko‘rilishi yuzasidan ham ogohlantirish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, aholi yashaydigan ko‘p qavatli uylar atrofi da musiqa ovozini balandlatib avtotransport vositalarini boshqarayotgan haydovchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 192-moddasida tungi vaqtda – soat 23:00 dan 06:00 gacha – fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish, shuningdek maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzgan har qanday shaxslarga javobgarlik belgilangan bo‘lib, tungi vaqtda musiqa ovozini balandlatib transport boshqarayotgan haydovchilarga nisbatan keskin choralar ko‘rilmoqda. Tezlik belgilari ko‘p qavatli uylar yaqiniga o‘rnatilishi yuzasidan shuni ma’lum qilamanki, tegishli qarorlarda turarjoy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) tezlikni soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etilgan. Endilikda haydovchilar ushbu tartib qoidalarga rioya etishlari yuzasidan tizimda “Mahallabay” ishlash tartibi ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzgan shaxslarga tegishli choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, viloyatimizda jami 330 ta mahalla mavjud bo‘lib, ular 110 ta kvadratga ajratilib, boshqarmamizning 110 nafar yo‘l-patrul xizmati inspektori biriktirilgan. – Suhbatimiz so‘ngida yo‘l harakati ishtirokchilariga nima degan bo‘lar edingiz? – 2023-yilda viloyatimizda YTHlarining oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek Yangi O‘zbekiston sharoitida avtomobil yo‘llarida inson hayoti va sog‘lig‘ini har qanday hodisalardan kafolatli himoya qilishda harakat xavfsizligini ishonchli ta’minlash, avtomobil yo‘llari infratuzilmasini takomillashtirish va ularning sifatini yaxshilash, yo‘l harakati ishtirokchilari – piyoda, jamoat transporti, velosiped, avtotransportlar asosida xavfsiz harakatlanishni yaratish, sohada axborot texnologiyalarini joriy qilgan holda, yangi boshqaruv va nazorat tizimlarini tatbiq qilishda ko‘plab ijobiy, samarali ishlar keng ko‘lamda tashkil etilmoqda. Biroq shunga qaramasdan, afsuski, avtomobil yo‘llarida ayrim fuqarolarimizning e’tiborsizligi va loqaydligi sababli dilni xira qiluvchi ko‘ngilsizliklar sodir bo‘lmoqda. Yangi yilda fuqarolarimiz xonadonida faqat yaxshi kunlar, xursandchiliklar bardavom bo‘lsin! Hech bir yurtdoshimiz yo‘l-transport hodisalaridan aziyat chekmasin! “Muqaddas burch” gazetasi bosh muharriri Dilafruz XALILOVA suhbatlashdi. Navoiy viloyati UsTUVOR VAZIFA xAVFsIZLIGINI


18 № 1 5-yanvar VATANPARVAR 2024-yil SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT SPORT Rasul JUMAYEV, “Vatanparvar” ARMIYAMIZ SPORTCHILARI Sport O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan 1993-yilda tashkil etilgan va mamlakatimiz armiyasining sport markazi, milliy terma jamoalarimizning tayanch ustuni sifatida ish yuritayotgan Markaziy harbiy sport klubi, endilikda Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi vakillari uchun 32-mavsum tarixga aylandi. Garchand bu boradagi sarhisoblar hamda “eng yaxshi”larni aniqlash va taqdirlash jarayonlari hali davom etayotgan bo‘lsa-da, ortda qolgan mavsum mamlakatimiz sportchilari, jumladan MVSM a’zolari uchun samarali kechdi. 2023-yil yurtimiz sportchilari uchun o‘ziga xos yuksalish davri bo‘lganini ham e’tirof etmoq joiz. Bu fi krimizni yil davomida O‘zbekiston sport jamoalari 5 ta kompleks musobaqada qatnashgani va ularda qo‘lga kiritilgan medalimiz soni 394 taga yetgani ham isbotlaydi. Jumladan, Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasi 38 sport turi bo‘yicha bahslarda qatnashdi va 22 ta oltin, 18 ta kumush, 31 ta bronza, jami 71 ta medalni qo‘lga kiritib, 45 mamlakat orasida faxrli 5-o‘rinni egalladi. Shundan 6 ta oltin, 5 ta kumush va 8 ta bronza, jami 21 ta medalga MVSM vakillari erishdi. Bu O‘zbekiston delegatsiyasining Osiyo o‘yinlari tarixidagi eng yaxshi natijasidir. Ha, natijadorlik borasida yurtimiz sportchilari Osiyo o‘yinlaridagi rekordini yangilashga muvaff aq bo‘ldi. Mingdan ziyod xalqaro turnir, qit’a va jahon chempionatlari, jahon kuboklari, ochiq birinchiliklar, oddiy turnirlar, saralash bellashuvlarida erishilgan o‘ziga xos natijalar sarhisobi, tahlili uchun esa biroz vaqt kerak. Chunki shu kunlari xalqaro maydonda, ya’ni turli xalqaro sport tashkilotlari va federatsiyalari kesimida 2023-yilgi mavsum sarhisoblari ko‘rib chiqilib, eng yaxshi sportchilarni aniqlash jarayonlari avj pallaga ko‘tarildi. Xususan, Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) 2023-yilgi sport mavsumini sarhisob qilish asnosida yilning eng faol 5 000, bronza medali sohiblari 2 500 AQSh dollari, ularning murabbiylari esa ushbu summalarning teng yarmi miqdoridagi bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi. “Xanchjou – 2022”da g‘olib va sovrindor bo‘lgan MVSM vakillari, jumladan: Ulug‘bek Rashitov, Muhsin Hisomiddinov, Artyom Shturbabin, Omad Hasanov, Muhammad Rixsimov, Shaxriyor Mahkamov, Muhammadqodir Toshtemirov, Temur Giyazov, Ruslan Nurudinov, Jasur Jaysunov, Doniyor Ahmedov, Diyora Keldiyorova, Gulnoza Matniyazova, Safi na Sa’dullayeva, Zaynab Dayibekova, Nilufar Zokirova, Svetlana Osipova, Yuliya Borzova hamda ularning murabbiylari ham ushbu mukofotlardan xoli qolmadi. Poytaxtimizdagi “Renessans Xoll” saroyida esa “Milliy sport mukofoti – 2023” marosimi, ya’ni yilning eng faollarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbir doirasida bir qancha nominatsiyalar bo‘yicha sovrinlar o‘z egalariga topshirildi. Jumladan, 2023-yilda badiiy gimnastika bo‘yicha yakkalik va juft lik yo‘nalishlarida Osiyo o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan milliy terma jamoamiz a’zosi Taxmina Ikromova “2023-yilning eng yaxshi ayol sportchisi” deb topildi. U o‘zbekistonlik sportchilar orasida birinchi bo‘lib “Parij – 2024”yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va bir qancha jahon kubogi bosqichlarida sovrindor bo‘ldi. Bokschimiz Abdumalik Xalokov esa “2023-yilning eng yaxshi erkak sportchisi” sifatida e’tirof etildi. Xalokov joriy yilda Osiyo o‘yinlari g‘olibligini qo‘lga kiritdi, jahon chempionatining oltin medaliga va “Parij – 2024”Olimpiadasi yo‘llanmasiga ega chiqdi. Shuningdek, qilichboz Gulistan Perdibayeva “Yilning eng yaxshi yosh sportchisi”, kamondan otish borasida yuksak iqtidor namoyish etgan Ziyodaxon Abdusattorova “Yil kashfi yoti”, velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Gleb Groysman “Yilning eng yaxshi murabbiyi”, taekvondo WT bo‘yicha Dmitriy Kim “Yilning eng yaxshi hakami” deb topilgan bo‘lsa, asosiy negizi MVSM vakillaridan iborat dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi “Yilning eng yaxshi terma jamoasi” sifatida e’tirof etildi. Tadbir davomida bir qator federatsiya va assotsiatsiyalar “Xanchjou – 2022”da, ya’ni XIX yozgi Osiyo o‘yinlaridagi muvaff aqiyatli ishtiroklari uchun taqdirlanishdi. Mukofotlanganlar safi dan Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi ham o‘rin oldi. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining 2023-yil sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda yil davomida erishilgan natijalar qayd etilib, yangi Olimpiya yili uchun rejalar ko‘rib chiqildi. Dzyudochilarimiz tomonidan yil davomida o‘tgan turli yosh toifalaridagi xalqaro musobaqalarda 99 ta oltin, 72 ta kumush va 149 ta bronza, jami 320 ta medal shodasi qo‘lga kiritilgani, dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi “Yilning eng yaxshi terma jamoasi” nominatsiyada g‘olib chiqqani e’tirof etildi. Anjuman davomida 2023-yil o‘zbek dzyudosi uchun muvaff aqiyatli o‘tgani, xususan birinchi bor jahon chempionatida 4 ta medal qo‘lga kiritilgani, Osiyo o‘yinlarida ilk bora 3 ta oltin medal jamg‘arilgani, sportchilarimizning 12 yillik tanaff usdan keyin “Masters” turnirida oltin medalga ega chiqishgani, poytaxtimizda “Katta Dubulg‘a” turniri, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo kubogi va qit’a birinchiligi yuqori saviyada o‘tkazilgani mutasaddilar tomonidan qayd etildi. Yakunda federatsiya kesimida “eng yaxshi”lar taqdirlanishdi. Unga ko‘ra, jahon chempionatining kumush, Osiyo o‘yinlarining oltin va kumush medallariga sazovor bo‘lgan MVSM vakili Diyora Keldiyorova hamda jahon chempionatining bronza, Osiyo o‘yinlarining oltin va kumush medallari sohibi Murodjon Yo‘ldoshev mos ravishda eng yaxshi ayol va erkak sportchilar sifatida e’tirof etildi. Shuningdek, boshqa bir qator yo‘nalishlarda, ya’ni murabbiy va mutaxassislarga ham mukofotlar topshirildi. sportchilari nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, hamyurtimiz Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi vakili Muhsin Hisomiddinov “2023-yilning eng yaxshi sportchisi”, deya e’tirof etildi. U joriy yil Xitoyda o‘tkazilgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgandi, so‘ng ushbu muvaff aqiyatini jahon chempionatida takrorladi. Armiyamiz polvoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tashkil etilgan “World Series Pro“ xalqaro turnirida g‘oliblikka erishdi. “2023-yilning eng yaxshi ayol kurashchisi” nomiga esa Dominikan Respublikasi vakili, kurash bo‘yicha jahon chempioni, “World Series Pro“ xalqaro turniri sovrindori Audrey Arelis sazovor bo‘ldi. MVSM vakili Davlat Bobonov nomzodi esa Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) tomonidan qo‘llagan ajoyib usuli orqali tanlovga qo‘yildi. Binobarin, -90 kg vazn toifasidagi sportchimiz 2023-yil 5-mart kuni Toshkent “Katta Dubulg‘a” turnirining yarim fi nalida vengriyalik Kristian Totga qaramaqarshi kelgan, “Final oldidan, fi nal” deya baho berilgan ushbu bahsda yurtdoshimiz atigi 31 soniya ichida raqibini ajoyib usulda mag‘lubiyatga uchratishga erishgandi. E’tiborlisi, Toshkentda o‘tgan musobaqani bezab bergan ushbu usul Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) tomonidan “Yilning eng yaxshi ipponi” nominatsiyasiga qo‘yildi. G‘olib 2–4-fevral kunlari o‘tadigan Parij “Katta Dubulg‘a” turnirida e’lon qilinadi. Mamlakatimizda ham turli sport turlari bo‘yicha yilning eng faollarini aniqlash va ularni taqdirlash marosimlari qizg‘in davom etmoqda. Dastlab, poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida “qit’a Olimpiada”si, ya’ni XIX yozgi Osiyo hamda IV Para Osiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar hamda ularni tayyorlagan murabbiylarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga binoan oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilar 10 000, kumush medal egalari ARMIYAMIZ SPORTCHILARI Turli xalqaro sport federatsiya va tashkilotlari qatori barcha mamlakatlarda, shu jumladan yurtimizda 2023-yilgi mavsum sarhisoblari ko‘rib chiqilib, eng faollarni aniqlash hamda ularni tegishli ravishda mukofotlash jarayonlari avj pallaga ko‘tarildi. Eng yaxshi sportchilar safi dan Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi (MVSM) vakillari ham o‘rin olmoqda.


5-yanvar VATANPARVAR 2024-yil № 1 19 Ustoz – Maryam! – Labbay! – Baxtiyor xirurgga yordam berib turgan hamshira hushyor tortdi. – Yaqinroq kel, kesilgan oyoq boldirini qanday tikishni ko‘r, o‘rgan! – Men... – Men-sen degan gap yo‘q, aytganimni qil! – Xo‘p bo‘ladi! – jarrohlik stoliga yaqin bordi Maryam. – Ko‘rib turibsan, vrachlar yetishmaydi, o‘rgansang kam bo‘lmaysan, tajribada gap ko‘p. Har xil holat bo‘lishi mumkin, sizlar ham kutilmagan jarrohlik jarayoniga shay turishlaring shart! Qara, e’tibor ber, ignani qanday ishlatish kerak! Baxtiyor xirurg, vazifasini bajarish asnosida hamshiraga tinmay uqtirar, u ignani qizga tutqazib, “qani, tik!” deyayotgandek, Maryamning qo‘llari bilinar-bilinmas qaltirardi. To‘g‘ri, u besh yildan buyon jarrohlik xonasida ishlaydi, shifokorning yaqin yordamchisi. Doim bo‘lmasa-da, jarrohlik bilan bog‘liq holatlar uchrab turadi. Baxtiyor xirurg bemorga qo‘lidan kelgan yordamni ko‘rsatib, zarur chog‘da viloyat shifoxonalariga yuboradi. Ammo Maryam jarrohlikda o‘zini hech sinab ko‘rmagan. Shu kundan e’tiboran u jarrohlik jarayonini sinchkovlik bilan kuzatadigan bo‘ldi. Kezi kelganda, Baxtiyor xirurg nazoratida yengil amaliyotlarni bajara boshladi... Yarim tun. Shifoxonada navbatchilik qilayotgan Maryam, bemorlarni birbir nigohidan o‘tkazdi-da, hamshiralar xonasiga kirib, nimalarnidir qoraladi. Kun bo‘yi tinim bilmagani sabab, uyqu elitdi, stolga boshini qo‘ygancha pinakka ketdi. Ko‘p o‘tmay, shifoxona eshigi taqillay boshladi. – Do‘xtir, do‘xtir, eshikni oching, do‘xtir! – Kim, tinchlikmi... hozir... – Maryam yo‘lak bo‘ylab eshik tomon shoshildi. – Aks bo‘lib, bugun qorovul ham yo‘q, – o‘ziga o‘zi gapirgancha eshikni ochdi u. – Yordam bering, qizim, Novdadan kelyapmiz, – uzoqroq tog‘ qishlog‘ining nomini aytdi, vahm va hayajonda bezovta bo‘lib turgan o‘rta yoshlardagi erkak. – Bizga Baxtiyor xirurg kerak edi. O‘g‘limning ahvoli yaxshi emas. – Ichkariga kiringlar, o‘sha yerda gaplashamiz, – erkakning orqasida bukchaygancha qornini ushlab turgan durkun yigitcha va otasini hamshiralar xonasiga boshladi Maryam. – Endi holatni tushuntiring. – Ertalab qornining o‘ng tomoni og‘riy boshladi, ko‘ngli aynib, bir-ikki o‘qchidi. Shamollab sanchiq kirgan bo‘lsa, o‘tib ketar, deb o‘zimiz bilgan dori-darmonlarni qilib, shomgacha kutdik. O‘zgarish bo‘lmadi, og‘riq battar kuchaydi. Keyin qishloqdagi tabibga ko‘rsatgandik, ko‘richakka o‘xshayapti, dedi. Shunga... – Qani, mana bu yerga yotingchi, men ham bir ko‘ray, – bemorlar muolajasi uchun mo‘ljallangan maxsus joyda yigitchani tekshira boshladi hamshira. Og‘riq nuqtasini qo‘llari bilan paypaslab, ma’lum joyni bosgandi, yigitcha ingrab yubordi. – Aniq ko‘richak! – qat’iy xulosaga keldi u. – Ko‘richak! – ovozi qaltirab chiqdi otaning. – Tabibning gapi rost ekan-da, nima qilamiz endi, qizim? – Zudlik bilan operatsiya qilish kerak. Nega ertaroq olib kelmadilaring? Birorta hamshira bilan shahardagi shifoxonaga yuborardik. Endi kech, baland-past yo‘llarda shaharga to‘rt soatda yetib borguncha... – uh tortdi Maryam. – Bugun yakshanba, keyin ustozning tug‘ilgan kuni edi. (Maryam Baxtiyor xirurgni ustoz deb atay boshlagandi). Mehmonlarni kuzatib, kech yotgan bo‘lsa kerak. Ammo ustoz kelmasa bo‘lmaydi. – Tashqarida mashina bilan haydovchi bor-u, uyini bilmayman-da. – Siz o‘g‘lingizning oldida turing, – og‘riq kuchidan inqillab, bazo‘r nafas olayotgan yigitga qarab tashqariga shoshildi hamshira. – O‘zim boraman! Ishqilib ustoz... Maryam gapining davomini aytmadi. U Baxtiyor xirurgni bayramlar va o‘ziga xos kunlarda spirtli ichimliklardan qaytmasligi, obdan “tanovul” qilishini yaxshi bilardi. O‘ylaganidek bo‘lib chiqdi. Darvozani ochgan shifokorning o‘g‘li Mo‘minbek otasining karaxt holda uxlab yotganini aytdi. – Ustoz shifoxonaga bormasalar bo‘lmaydi, – vaziyatni tushuntirdi Maryam. – Ko‘richagi yorilib ketsa, yosh yigitning umri hazon bo‘ladi. – Sizni tushundim, opa, hozir onamga aytaman, dadam o‘ziga kelishi uchun harakat qilamiz! Hayot tomchilari (voqeiy hikoya) VATANPARVAR 2024-yil № 1 19 Ustoz viloyatning chet hududidagi shifoxona. Chog‘roqqina jarrohlik xonasida Baxtiyor xirurg o‘z vazifasi bilan band. Harqalay, shu yerlik tog‘ qishloqlari aholisi uni shunday atashadi, hurmat qilishadi. To‘g‘ri, bu yerda katta jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish uchun yetarli imkoniyat yo‘q. Bemorlar intilib turuvchi bu go‘shani aslida tibbiyot punkti desa ham bo‘ladi. Negaki shifoxonada ikkita shifokor, beshta hamshira va bitta dori sotuvchi faoliyat yuritadi. O‘nta bemor yotib davolanishi uchun uchta xona ajratilgan. Turdixon do‘xtir ayollar va bolalarga qarasa, qolgan barcha kasallarga Baxtiyor xirurg balogardon. Chunki shahardan yuz ellik kilometr uzoqda, yo‘llari abgor bu tibbiyot go‘shasiga kelib ishlovchi shifokorning o‘zi yo‘q. Kelgani ham bir yilga qolmay, juftakni rostlaydi. Maryam ichkariga shoshilgan yigitning ortidan umid bilan termilib qoldi. Biroq ha deganda, ustozning qorasi ko‘rinmasdi. U ichkariga bedor bosh suqib qo‘yar, Turdixon do‘xtirni shaharga qizinikiga ketganini o‘ylab, xunobi oshardi. “Hech yo‘q, Turdixon opa bo‘lganda ham mayli edi. Katta shifokorning yo‘rig‘i boshqa. Ustoz o‘ziga kelmasa-chi?” Maryamning yuragini vahm bosdi. Ma’lum vaqt o‘tib, Baxtiyor xirurgning qorasi ko‘rindi. O‘g‘liga suyanib olgan shirakayf shifokor, o‘zini harchand tetik tutishga harakat qilmasin, hatto gapini eplay olmasdi. – Mar...Maryam, senmisan, kim... kimni operatsiya qilish kerak? – Ustoz, uzr, sizni bezovta qildim, – o‘ng‘aysizlandi Maryam. – Novda qishlog‘idan yosh yigitni olib kelishdi. Ko‘richak ekani aniq, ahvoli og‘ir, shaharga yetib bora olmaydi. Shoshilinch operatsiya qilish kerak, shunga... – Qani... qani, ketdik, men... men bilan birga borasan, Mo‘minbek. – Albatta, – gandiraklab turgan otasini mashina tomon yetakladi yigit. Uning holatini ko‘rib, Maryamning yuragi uvushib ketdi. “Ustoz bu turishda qanday qilib operatsiya qiladi?!” Baxtiyor do‘xtirni bir amallab jarrohlik xonasiga eltishdi. Maryam zudlik ila vazifasini bajarishga kirishib ketdi. Kerakli tibbiyot asboblarini hozirladi. Bemorni tayyorlab, jarrohlik stoliga yotqizdi. Nigohi ustozida. Biroq o‘g‘li yordam berishiga qaramay, maxsus kiyinib olgan shifokor o‘zini o‘nglolmasdi. U bir amallab qaddini tutib, bemor tepasiga keldi, ahvolini ko‘zdan kechirdi, ammo... – Maryam... senga ishonaman, fursat oz... juda oz, amaliyotni boshla! – Ustoz, qanday qilib, men... – Sen... senga vaqt oz dedim, bolani asrab qol! Gandiraklab, ko‘zi yumilib ketayotgan Baxtiyor do‘xtirni o‘g‘li qo‘ltig‘idan tutib, stolga o‘tqazdi. U o‘tirgan joyidan qaytib qo‘zg‘almadi, toshdek qotdi. Mo‘minbek Maryamga qarab, umid yo‘q degandek boshini qimirlatdi. Otasini jarrohlik xonasidan olib chiqib ketdi. Maryam sarosimada qoldi. Bir dard bilan kurashayotgan yigitchaga, bir jarrohlik asboblariga qarar, bir o‘zi bu og‘ir mas’uliyatni qanday uddalash haqida o‘ylardi. – Opa, men o‘lamanmi? – yigitchaning iltijoli savoli uni o‘ziga keltirdi. – Bu nima deganing, nega o‘larkansan, uzoooq yashaysan hali, – o‘zini qo‘lga oldi Maryam. – Oting nima? – Yusufbek. – Isming juda chiroyli ekan, necha yoshdasan? – O‘n yettiga to‘lib, o‘n sakkizga o‘tdim. Maryam bola bilan suhbatlashish asnosida, operatsiya qilishga tayyorlana boshladi. Bir tomondan ustozining “bolani asrab qol!” – buyrug‘i unga juda katta dalda edi. “Uddalayman, albatta uddalayman. Ko‘richak bo‘lgan bemorning operatsiyasida ustozning oldida turganman, ko‘rganman, o‘rganganman. Ayni damda bu mening burchim!” – Dard bilan birga kurashamiz endi, Yusufbek. Xudo xohlasa, hammasi yaxshi bo‘ladi. Menga ishonasanmi? – Ishonaman, opa! – yuziga siniq tabassum yugurdi yigitchaning. – Unda boshladik! Maryam inson hayotini asrab qolishdek zahmatli vazifaga kirishdi. Amaliyotni o‘ziga ishongan holda boshladi. Jarrohlikning birinchi qoidasi, ikkinchi qoidasi, uchinchi... Bemorga yengil uyqu dori yubordi, oyoq-qo‘llarini bog‘ladi. Tanasining og‘riqli nuqtasiga sezuvchanlikni yo‘qotuvchi ukol qildi. Kesiladigan joy dori vositalari ila obdan tozalandi. Endi asosiy jarayonga qo‘l uriladi... “Ustoz vaqt oz degandi, ishqilib ko‘richak yorilib ketmagan bo‘lsin, tezroq, tezroq uni olib tashlash kerak. Yo‘qsa, butun tanaga zahar yoyiladi, keyin najot yo‘q, yosh yigit uvol ketadi”. Mana shu o‘y va ilkidagi ulug‘ mas’uliyat hamshirani qo‘rqish izmidan asrab turar, qat’iyat ila harakat qilardi u. Maryam operatsiya jarayonini tugatganida yuzi anordek qizarib ketgan, chuqur-chuqur nafas olar, ko‘zlaridan istamagan holda yosh quyilardi. “Epladim, o‘zim epladim, yigitchani asrab qoldim, ustozning ishonchini oqladim!” U shoshilgancha bemorga nazar soldi. Og‘riq zo‘ridan yuzi bujmayib turgan yigitcha dardini unutgan holda tinchgina orom olardi. Maryam uning oyoq-qo‘llarini bo‘shatdi, pulsini o‘lchadi, hammasi joyida. Endi tashqariga chiqib otasini vaziyatdan xabardor etsa bo‘lgani. Jarrohlik xonasi oldida bedor turgan rangi aft oda erkak Maryamni ko‘rib qadam bosa olmay, joyida tek qotdi. Uning lablari titrar, nimadir demoqchi bo‘lardi-yu, gapira olmasdi. – Operatsiya yaxshi o‘tdi. Xudo xohlasa, Yusufbek yashaydi. Hamshiraning ishonch bilan aytgan so‘zlari otaga jon berdi. – O‘ziga shukur, O‘ziga shukur! – yig‘lab yubordi u. – Sizga katta rahmat, qizim! Mening uzoq yilda ko‘rgan yolg‘iz o‘g‘limni asrab qoldingiz... Yusufbekning salomatligi katta shifokorlar tomonidan tekshirildi. Unda o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti yuqori saviyada amalga oshirilgani e’tirof etildi. Bu kutilmagan voqea atrofga duv-duv gap bo‘ldi-yu, fi doyi hamshira Maryam xirurg degan nom oldi. Zulfi ya YUNUSOVA, “Vatanparvar”


20 № 1 5-yanvar VATANPARVAR 2024-yil O‘G‘ILNING QAYTIsHI U bilan tasodifan uchrashib qoldik. Gulistondagi yonilg‘i quyish shoxobchasidan chiqqach, endigina tezlikni oshirmoqchi bo‘lganimda yo‘l chetida sariqdan kelgan bir kishi “to‘xta” ishorasini qildi. Yonida kattagina yo‘lxaltasi bor. To‘xtadim. Yo‘lxaltasini shoshib yukxonaga tashladi-da, o‘tirdi. Menga minnatdorlik bildirishni boshladi: – Eee, rahmat, akajon! Iltimos, olib keting! Iltimos qilishga kechikkandi. Istasam, istamasam u menga endi Toshkentgacha hamroh edi. Birozdan keyin esa cho‘ntagidan sigaret chiqardi. – Cheksam maylimi, aka? – Yo‘q deya olmasdim. Tasdiq ishoramga javoban buruqsatib, gapida davom etdi. Uning e yo‘q, be yo‘q, yaltoqlanishi yoqmadi. Ajablanarli! Tanishi bo‘lmasam! Keling, hamma gapni o‘zidan eshiting! – Ismim G‘ofi r (ismlar o‘zgartirilgan – muallif), yoshim qirqda. Mirzaoboddanman. Toshkentga pul ishlash uchun ketyapman. Sergelidagi bazada hammollik qilaman. Kuni bilan un ortaman. Yotoqjoy ham ishxonaning o‘zida. Yaqindagina qamoqxonadan chiqdim. Ikki yil-u olti oy jazomni o‘tadim. Qamoqdan chiqqan kunim hech ko‘zim oldidan ketmaydi. Uyga kelsam, otam dunyodan o‘tgan ekan. Menga aytishmabdi. Xotinim bujmayib, yarimta bo‘lib qolibdi. Nimagadir o‘g‘illarim ko‘rinmasdi. Hamma bilan so‘rashdim, ko‘rishdim. Keyin o‘g‘illarimni so‘radim. Ikkalasi ham Toshkentda. Biri o‘qiydi, ikkinchi kurs. Kattasi esa ishlaydi. Qaysidir davlat tizimida. Buni bilardim. O‘zimcha xursand bo‘lib Turmush chorrahasi U qiyofasiz edi. To‘g‘rirog‘i, unda insoniylikdan asar ham qolmagan, barcha muqaddas tushunchalar ongida inqirozga uchragan, bamisoli dengiz yaqinidagi qoya tagida yotgan mitti tosh bo‘lagi edi. Holbuki bir paytlar insoniylik qoyasining bir parchasi bo‘lgan, jaholat dengizi kelib urilganida mardona turgan lahzalari ham bo‘lgan. O‘sha lahzalarni boshlang‘ich nuqta deb hisoblamas, pokiza kunlarni qo‘msab yashamasdi. Qalbida hammasi uchun mislsiz o‘ch olish istagi, atrofga nisbatan cheksiz nafrat hukmronlik qilardi. U o‘zini bir og‘iz so‘z bilan ta’rifl adi – “hech kim”. Ana shu hech kimlik unga tinchlik bermas, bamisli jaholat dengizi va ezgulik qirg‘og‘i oralig‘ida yotardi. yurardim. Lekin nega dadasini kutib olishga kelmadi ekan? Ichimni it tirnardi. Otamning qabrini ziyorat qilish uchun qabristonga bordim. Ko‘zim to‘la yosh. Men otamning sha’niga dog‘ tushirganimni bilardim. U bunday tavqi la’natga chidolmay, kasal bo‘lib qolgan, ikki yil ichida ado bo‘lib, dunyodan o‘tgandi. Boshqacha aytganda, otamning qotiliga aylanib qolgandim. Uyga qaytib, yana o‘g‘illarimni so‘radim. Xotinim nihoyat yorildi. Bu gaplarni aytar ekan, ko‘zidan shashqator yosh oqardi. O‘g‘illarim ikkalasi ham “bizning bunday dadamiz yo‘q, dadam o‘lgan!” deyishibdi. Yo, falak! Undan ko‘ra, jonimni olsang yaxshi emasmidi? Hayotning ma’nosi qolmagandi! O‘sha lahzalarda qilgan qilmishlarim bir-bir ko‘z oldimga keldi. Hali yigit ekanman, juda bezori edim. Tekkanga tegib, tegmaganga tosh otardim. Bu men uchun ajoyib o‘yin, ermak! Bundan bahra olardim. O‘sha paytda o‘g‘rilikka aralashib qoldim. Mol o‘g‘riligi. Qo‘shni mahalladagi ko‘z ostiga olib qo‘yganim – bir juft ho‘kizni “urib” ketdim. O‘lja osonlik bilan qo‘lga kiritildi. Egasi izillab izladi. Ustalik bilan ish ko‘rgandim. Mollar bir oy qo‘shni tumandagi fermada turdi. U joyni izlash hech kimning xayoliga ham kelmadi. Ferma egasi bilan oldindan kelishib qo‘yganim ish berdi. U shubhalanmadi. Bir oy o‘tgach, mollarni qassobga yaxshigina pulladim. Darbadar hayotim mana shunday boshlandi. Yengil topilgan pullarni aysh-ishratga sarfl ar ekanman, atrofi mga o‘zim kabi yigitlar yig‘ildi. Pul topish uchun nimalar qilmadik. Qo‘shni viloyatlarga borib, imi-jimida ishni bitirib kelardik. Lekin bir kuni qo‘lga tushdim. Bir yarim yil deganda ozodlikka chiqib olgach, yana aysh-ishratga berilib ketdim. Farzandlarim bilan ishim ham bo‘lmas, bor og‘irlik xotinim va otamga tushardi. O‘sha kunlarda Barno Elmurodova degan shaxs bilan tanishib qoldim. U qo‘shmachi edi. Men uning uyida haft alab yotib qolardim. Kunlardan bir kuni uning fohishaxonasidagi qizlardan biri homilador ekanligi ma’lum bo‘lib qoldi. Homilasi olti oylik bo‘lib qolgan, bildirmay yurgan ekan. Barno tezda reja tuzdi. Rejaga ko‘ra, tug‘ilajak chaqaloqni pullash lozim edi. Uning taklifi ga dastlab e’tibor bermadim. Menga faqat ishrat bo‘lsa bas edi. Vaqt o‘tdi, go‘dak tug‘ildi. Uni pullashga meni ham tortishdi. Barno ikkalamiz chaqaloqni Toshkentga olib bordik. “Novza” metrosi yaqinida bizni avvaldan kutib turgan er-xotin mijozlarga topshirdikda, ortga qaytdik. Savdodan Barnoga besh ming dollar pul tegdi. Shubhasiz, men ham quruq qolmadim. Men osongina ming dollarlik bo‘lib olgandim. O‘shanda ichki ishlar xodimlari bizning izimizga tushishgani, arqon uzun tashlangani xayolimga kelmabdi. Oradan bir haft acha vaqt o‘tdi. Yangiyerda qo‘shmachiligi bilan dong‘i ketgan Barnoning ishtahasi ochildi. U navbatdagi “ish”ga qo‘l urdi. Ish bitsa, uch ming dollar qo‘lga kiritilardi. “Yo‘q” deya olmadim. Uning qistovi bilan o‘zimga tanish ikki nafar qizni avradim. Ularni Dubayda ajoyib ish borligi, oyiga ikki ming dollardan pul topishlarini aytib ko‘ndirdim. Pasportlarini Barno opaga keltirib berdim. U xorijdagi tanishlari bilan kelishib, samolyotga bilet, vizalarni to‘g‘riladi. Uchish kuni. “Neksiya”da Toshkentga yo‘lga chiqdik. Lekin Gulistondan chiqishda ikkiuchta mashina bizni o‘rab olib, chetga siqib chiqardi. Hali nima bo‘layotganini anglab yetmasimdanoq, yettisakkiz yigit bizni qo‘lga oldi. Sud bu safar bizni ayab o‘tirmadi. Olti yilga ozodlikdan mahrum qilindim. Jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lish meni qayta tarbiyaladi. Lekin ruhiy azob doim tinch qo‘ymadi. Insonparvarlik munosabati sababli ikki yil-u olti oydan keyin ozodlikka chiqdim. Men yo‘q odamga aylanganimni, butun mahalla-ko‘yga sharmanda bo‘lganimni anglab yetgandim. Mahallada meni hech kim to‘y-ma’rakaga aytmas, hech bir kimsa hamsuhbat, do‘st-birodar bo‘lishni xohlamasdi. Ayniqsa, dilbandlarim – o‘g‘illarimning mendan voz kechishi katta zarba bo‘ldi. Lekin hayot davom etarkan, insonni umid bir lahza ham tark etmas ekan. Mana, ishlashga ketyapman. Halol pul topmoqchiman. Barchaga maslahatim, to‘g‘ri yuring, pok yashang! Egrining boshiga to‘qmoq bor! Abdurahmon MUSTAFOQULOV, jurnalist ajoyib o‘yin, ermak! Bundan paytda o‘g‘rilikka aralashib ketdim. O‘lja osonlik bilan faqat ishrat bo‘lsa bas edi. Vaqt o‘tdi, go‘dak tug‘ildi. Uni pullashga meni ham tortishdi. Barno ikkalamiz chaqaloqni Toshkentga olib bordik. “Novza” metrosi yaqinida bizni avvaldan kutib turgan er-xotin mijozlarga topshirdikda, ortga qaytdik. Savdodan Barnoga besh ming dollar pul tegdi. Shubhasiz, men ham quruq qolmadim. Men osongina ming dollarlik bo‘lib olgandim. O‘shanda


5-yanvar VATANPARVAR 2024-yil № 1 21 Virtual tovlamachilik Texnika va uning imkoniyatlari hayotimizga kirib kelgandan buyon insonlarning og‘iri yengil bo‘lib, ko‘plab yumushlarni bajarishda qo‘l mehnatidan voz kechildi. Texnika yordamida uzoqning yaqin bo‘lishi, simsiz aloqa tizimi yordamida uydan chiqmagan holda narsalar xarid qilish, taomlarni buyurtma qilish, hatto onlayn ishlash ham mumkin hozir. Qo‘lingizdagi gadjetlar orqali ijtimoiy tarmoqlarda har xil kanallar ochib, onlayn tadbirkorlik bilan shug‘ullanish ham mumkin. Messenjerlar orqali biznes qilish esa kundan kunga rivojlanib bormoqda. Aynan ana shunday qulayliklar va odamlarni o‘ylab qilingan texnika yutuqlari afsuski, bugun kimlarningdir g‘arazli maqsadlarini amalga oshirish uchun ham xizmat qilmoqda. NOODATIY USULLARI Bir kuni telefonimda “Musodara tovarlar” nomli telegram kanali paydo bo‘lib qoldi. Keyin bilsam, tanishlarimdan kimdir shu kanalga qo‘shib qo‘ygan ekan. Boshida e’tibor bermadim. O‘chirib yubormoqchi ham bo‘ldim. Bunday kanal va guruhlarning nechtasini o‘chirib ham tashlaganman. Lekin bu gal qiziqish bilan erinmay, guruhni “titkilab” chiqdim. Ochig‘i, avvaliga taklif etilgan tovarlar va ularning narxlari shubhali bo‘lsa-da, negadir kayfi yatim ko‘tarilib ketdi. Bo‘lar ekan-ku! Mehmonxonabop, ixchamgina, ko‘rinishi ham odamning e’tiborini tortadigan shkaf yana ikkita yonida qo‘shimcha kiyimxonalari bilan bor-yo‘g‘i 400 ming so‘m ekan. Bir necha oydan buyon olishni niyat qilib yurgan 8 kilogramli kir yuvish mashinasi atigi 1 million so‘m. Elektroskuterlarni aytmaysizmi, 100 ming so‘mdan har bir donasi. Hatto changyutkichdan tortib, kompyutergacha, turli rusumdagi telefonlar deysizmi, pichoqlar to‘plamigacha do‘kondagidan ikki-uch baravar arzon narxlarda. Bunisi yetmagandek, uyingizgacha bepul yetkazib berisharkan. Eng muhimi, kartadan pul o‘tkazmas ekansiz. Tovarlarni qo‘lingizga olgandan so‘nggina xohlang karta orqali, xohlasangiz naqd pulda to‘lar ekansiz. Kuyib qoladigan joyingiz yo‘q. Faqat bitta sharti, guruhga 30 nafar odam qo‘shasiz, tamom. Belgilangan miqdordagi odamni guruhga qo‘shib, viloyat va telefon raqamingizni qoldirsangizgina xohlagan tovaringizga buyurtma berishingiz mumkin ekan. Guruhga kirib shubhalanish xayolingizga kelishi bilan guruh adminlarining “Firibgar guruhlarga aldanib qolmang!” degan ogohlantirishi odamni ruhlantiradi. Narxlarning arzonligi guruhni tark etishga qo‘ymaydi. Obunachilarning “Nechta buyum buyurtma qilish mumkin?”, “Necha kunda keladi?” kabi savollari ortidan qator buyurtmalar, manzil va raqamlar chiqib kelaveradi. “5 dona qoldi, ulgurib qoling!” kabi eslatmalar ham uchraydi. Ora-orada xaridorlar tovarini olgani uchun rahmat aytgan yozuv, audio va videoyozuvlarga duch kelasiz... Butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish bepul, deyilgan xabardan biroz sergak tortdim. To‘satdan xayolimni jamlab, o‘zimga o‘zim savollar bera boshladim. Bular shundog‘am mahsulotlarni “suvtekin” sotyapti. Yana nega yetkazib berish xizmati tekin? Hech bir zamonda musodara qilingan tovarlar shunchalik arzon sotiladimi? Shu kabi savollar menga tinchlik bermadi va guruhni kuzata boshladim. Texnikalarni arzon narxlarda sotib olgan xaridorlarning izohlari bilan birma-bir tanishib chiqdim. Buyurtma bergan xaridorlarning telefon raqamlarini saqlab oldim. Barcha ma’lumotlarni yig‘ib bo‘lgach, guruhning haqqoniyligiga ishonch hosil qilish maqsadida buyurtma berganlarga birma-bir qo‘ng‘iroq qilib chiqdim... “BUYURTMA BERDIM, BIROQ...” – Bir-birimizga qiziqib qo‘shnilar bilan hammamiz buyurtma berdik, – deydi andijonlik Soliha ismli ayol. – Men oshxona mebeli to‘plamini zakaz qildim. 430 ming so‘m ekan. Qo‘shnilardan biri idish, boshqasi changyutkichni kutishdi. Ammo telefon ham bo‘lmadi, buyurtma ham kelmadi. Qarasam, “chyorniy”ga tiqib tashlabdi. Aniq ishonch bo‘lmasa ham, odam qandaydir umidvor bo‘lar ekan. O‘zimni aldangandek his qildim. Yolg‘onning katta-kichigi bo‘lmaydi. Sodda odamlarning ko‘nglini sindirganlik gunohi – shu guruhni ochib, yurg‘izayotganlar bo‘ynida. – Men 19-oktabrda guruhga 30 nafar odam qo‘shdim, oshxona mebeli to‘plami juda yoqdi va avvalo shuni yozdim, – deydi ishtixonlik Nigora ismli ayol. – Keyin pichoq jamlanmasi va elektr go‘shtqiymalagichni qo‘shdim. Jami 800 ming so‘mlik buyurtma berdim. Uch kunda ham bog‘lanishmadi. “Nega bunday qilyapsizlar? Yo sizlar ham fi ribgarmi?” deb yozmoqchi bo‘ldim. “Rahmat, oldik!” degan yozuvlar, videolar odamni chalg‘itar ekan. Olmaganimga yarasha, yaqinlarim orasida kulgiga qolganimdan afsusdaman. MUSODARA TOVARLAR YETKAZIB BERILMAYDI, DO‘KONDA SOTILADI Bog‘langan odamlarimdan birontasiga buyurtma qilgan mahsulotlari yetib kelmagan. Sababini bilish uchun guruhga yozmoqchi bo‘lganlarni esa bloklab qo‘yishgan. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: xo‘sh, fi ribgarlar odamlardan pul undirmasa, kartalaridan fi ribgarlik yo‘li bilan pullarini o‘g‘irlamasa, ularning guruhga quruqdan quruq odam qo‘shtirishdan maqsadi nima? – Bugun telegram ijtimoiy tarmog‘ida “Musodara tovarlar” nomli feyk kanallar ko‘paymoqda, – deydi Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati rahbari G‘ayrat Sattorov. – Bu borada bizga ham murojaatlar tushyapti. Haqiqiy, yolg‘onlardan xoli “Bojxona servis – Rasmiy” nomli kanalga kirishsa, u orqali o‘z hududidagi do‘kon manzili, telegram guruhi va mahsulotlar haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan shartnoma tuzgan maxsus do‘konlarda ham musodara tovarlari sotiladi, ammo yetkazib berilmaydi. PULNI TORTIB OLMASA, BUNDAY KANAL OCHISHDAN MAQSAD NIMA? Ko‘rinib turibdiki, yuqoridagi kanallar adminlari odamlardan fi ribgarlik yo‘li bilan pullarini tortib olmagan. Odamlarga hech qanday moddiy zarar yetkazmagan. Ammo guruh bir qarashda to‘g‘ridan to‘g‘ri pul undirolmaydi. Biroq yolg‘on ishlatilgani uchun ular fi ribgar sanaladi. Odamlarning kartalaridan pullarni tortib olmasa, bunday kanal yoki guruh ochishdan maqsad nima? Shu kabi savollarimizga javob olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tezkor-qidiruv departamenti kiberxavfsizlik markazi mutaxassislari bilan bog‘landik. – Birinchi holatda, kanal yoki guruhga odam to‘plab olgandan keyin kanalning nomini darrov o‘zgartirib olib, ko‘p sonli obunachilari bilan kanalni sotish maqsad qilinadi, – deydi Ichki ishlar vazirligi tezkorqidiruv departamenti kiberxavfsizlik markazi mas’ul xodimi Lochinbek Atoyev. – Demak, bunday kanaldan baribir moddiy manfaatdorlik ko‘zlanadi. Obunachi qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha qimmatroqqa sotiladi, degan tushuncha bor. Ikkinchi holat, nishonga aylangan sodda, ishonuvchan odamlarning raqamlari, manzillari fi ribgarlar qo‘liga tushgani bilan bog‘liq. Ma’lum vaqt o‘tgach, boshqa usullar orqali ulardan foydalanish ehtimoli katta. HUSHYOR BO‘LING! Bugun ko‘plab odamlarning messenjerlarida “Musodara tovarlar” nomli kanallar paydo bo‘lib, bunday kanallar tobora “urchib” bormoqda. Odamlarning deyarli 20-30 foizi shunday guruhlarga a’zo bo‘lib, kamiga boshqalarni ham a’zo qilishmoqda. Bu esa fi ribgarlarning fi ribi ish berayotganidan dalolat. Xo‘sh, fi ribgarlik kanallarini oddiy kishi buyurtma bermay turib, qanday bilishi mumkin? Avvalo, ko‘zingizni kattaroq oching! Agarda sizni shunday kanallarga qo‘shib qo‘yishgan bo‘lsa, darhol kanalni tark eting! Bunday tovarlar faqatgina maxsus litsenziya orqali ruxsat berilgan maxsus do‘konlarda sotiladi va hech qachon yetkazib berish xizmati bo‘lmaydi. Tovarlarni o‘zingiz olib ketasiz. Sifatli, yangi, aksariyati xorijning nomdor fi rmalari mahsuloti bo‘lgan tovarlar nega asl narxining yarmida emas, choragidan ham arzonroqqa baholanyapti? Bu iqtisodiyot qoidalariga to‘g‘ri kelmasligini ham o‘ylang. Har birimizga aql-idrok bilan o‘ylash xislati berilgan. Shunday ekan, qilayotgan har bir ishimizni puxta, mulohaza qilib, qanchalar reallikka to‘g‘ri kelishini o‘ylab ko‘ribgina, qaror qabul qilishimiz kerak. Yuqoridagi yurtdoshlarimiz kabi fi ribgarlar tomonidan bloklanib, yetmaganiga kontaktingizdagi odamlarning roziligini olmasdan, ularni noma’lum guruhlarga qo‘shish orqali fi ribgarlarga “o‘lja” qilishdan saqlaning! Axir ota-bobolarimiz “yetti o‘lchab bir kes”, deb bekorga aytishmagan. Zero ilmma’rifatli, mulohazali odam borki, hech qachon noto‘g‘ri ish qilmaydi. Uning xatoligini biladi. Mansurbek JABBOROV, O‘zJOKU 4-bosqich talabasi NOODATIY USULLARI FIRIBGARLIKNING


22 № 1 5-yanvar VATANPARVAR 2024-yil REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA REKLAMA Akbar ALLAMURODOV Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Samarqand viloyati kengashi tasarrufidagi “Afrosiyob” o‘quv sport-texnika klubi jamoasi tomonidan yoshlarni harbiyvatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishi va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash maqsadida hamkor tashkilotlar bilan kelishilgan reja asosida bir qancha tadbirlar amalga oshirilmoqda. HAMKORLIKDAGI TADBIRLAR NATIJAsi Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” mavzusida o‘tkazilayotgan ma’naviyat va harbiyvatanparvarlik targ‘iboti doirasidagi turli tadbirlar shular jumlasidandir. – “Vatanparvarlik oyligi” doirasida o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar yoshlarning qalbida ona Vatanga muhabbat va sadoqat hissini, vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantiradi, – deydi O‘STK boshlig‘i Alisher Usmanov. – Bu esa, o‘z navbatida, yoshlar kamolotida alohida ahamiyat kasb etadi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Samarqand shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan “Afrosiyob” o‘quv sport-texnika klubida ommaviy kasb mutaxassislarini tayyorlash hamda sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirish borasida ham muayyan natijalarga erishilmoqda. Birgina o‘tgan yil mobaynida “B”, “BC” toifali haydovchilar tayyorlash borasida katta samaradorlikka erishildi. Bundan tashqari, o‘tgan yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan klub jamoasi xayrli ishga qo‘l o‘rdi. Gap shundaki, O‘zbekiston kar-soqovlar jamiyati hududiy bo‘limining 24 nafar a’zosini haydovchilikka o‘qitish boshlandi. Haydovchilikning “B” toifasi bo‘yicha saboq olayotgan ushbu fuqarolarga nazariy va amaliy darslarni o‘zlashtirishda o‘qituvchi va amaliy mashg‘ulotlarni o‘rgatuvchi-ustalardan tashqari surdo-tarjimon yaqindan yordam bermoqda. Ayni paytda klubda yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularni klubda faoliyat ko‘rsatayotgan sport to‘garaklariga jalb etish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Buning uchun tashkilotda qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Yordamchi xo‘jaliklardan Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotlarida Ijtimoiy himoya Jumladan, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugdagi harbiy qism va muassasalarda rejaviy ta’minotiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va topshirish, shaxsiy tarkibning ovqatlanish ratsionini vitaminlarga boy bo‘lgan sifatli ho‘l meva, sabzavot, go‘sht va boshqa mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida yordamchi xo‘jaliklar faoliyatlaridan unumli foydalanilmoqda. Garnizondagi harbiy qismlardan birining moddiy ta’minot bo‘linmasida ilgari bo‘sh turgan unumsiz yerning 30 sotix maydonida 2022-yilda issiqxona qurilishi sabzavot va anvoyi gullarni yetishtirish, ularni sotish orqali bo‘linmaning moddiy daromadini yuksaltirishga erishishga xizmat qilyapti. Ta’kidlash joizki, issiqxona qurilgan yer maydoni oldin unumsiz qumli yerdan tashkil O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va muassasalarga biriktirilgan bo‘sh yerlardan daromad manbayi sifatida unumli foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini keng tatbiq etish maqsadida parrandachilik, dehqonchilik, baliqchilik, asalarichilik, chorvachilik uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. topib, undan umuman foydalanilmagan. Yerning unumdorligini oshirish maqsadida o‘g‘itlar bilan boyitilgan unumli tuproq olib kelinib, undan keyingina ekin ekilishi sinovdan o‘tkazilgan edi. Aytish kerakki, mazkur usul anchagina samara berib, o‘tgan yili ekilgan sakkiz ming tup bodring urug‘idan serhosil daromad olindi. Ekinlarni tomchilatib sug‘orish tizimi esa suvni tejash hamda yetarli miqdorda namlikni saqlashda samarali bo‘lmoqda. Bu yilgi mavsumda esa 7 mingdan ziyod pomidor ko‘chati o‘tqazilib, mavsum boshlanganidan beri pomidorning 4 ta terimidan jami 6 tonnaga yaqin hosil yig‘ishtirildi. Shuningdek, 2023-yilda harbiy shaharcha hududidagi yana 30 sotixdan oshiq bo‘sh turgan yer maydonida bunyod etilgan issiqxona ham o‘z faoliyatini samarali boshlab, ekilgan bodring ko‘chatlari hosilga kirdi. Bu yil hosildan unumli daromad olish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda 2 tonnadan ortiq bodring terib olindi. Issiqxonada ekilgan ekinlarni parvarishlash hamda yetilib pishgan hosilni terish uchun alohida yollanma ishchi kuchidan foydalanilmoqda. Asosiysi, sabzavotlar savdosidan tushayotgan daromadning barchasi harbiy qism va muassasalarni rivojlantirish, harbiy xizmatchilarga subsidiya asosida kredit ajratish, shaxsiy tarkib ovqatlanish ratsionini yaxshilashga yo‘naltirilmoqda. Qolaversa, yetishtirilayotgan meva va sabzavotlar harbiy xizmatchilar oila a’zolariga arzonlashtirilgan narxlarda taqdim etilyapti. Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati


5-yanvar VATANPARVAR 2024-yil № 1 23 Salomatlik SIL KASALLIGI Sil yuqumli kasallik bo‘lib, odatda o‘pkani zararlaydi, lekin tananing boshqa a’zolarida ham rivojlanishi mumkin. Dunyoda sil kasalligi bilan kasallanganlar tahlil qilinganda 89,5 foiz holatlarda o‘pka va qolgan 10,5 foiz holatda boshqa a’zolar zararlangan. Infeksiya zararlangan a’zoda tuberkulalar nomini olgan tugunchalar hosil bo‘lishiga olib keladi, ular sekinasta bo‘shliqlar yoki kavernalar hosil qilgan holda to‘qimani qisman buzadi. Sil sekin, bir necha haft a, oylar, yillar davomida rivojlanadi. To‘g‘ri tanlangan davolash tadbirlari natijasida sil kasalligini davolasa bo‘ladi, lekin davo kech boshlansa, shikastlangan to‘qimalarda chandiqlar va nuqsonlar qolishi mumkin. Bemor davolanmasa, o‘limga olib keladi. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, Yer kurrasi aholisining uchdan bir qismi sil mikobakteriyalari bilan zararlangan. Har yili 8-9 million sil bilan kasallangan bemor qayd qilinib, taxminan 2 million kishi bu kasallikdan ko‘z yumadi. Shu jumladan, 3,6 mln holat ayollar o‘rtasida, 1,4 mln OIV infeksiyasi bilan kasallanganlar orasida, 500 ming yangi holatlarda dorilar ta’siriga chidamli bo‘lgan sil qo‘zg‘atuvchilari bilan kasallanish kuzatilgan. Sil iqtisodiy jihatdan qoloq mamlakatlarda ko‘p uchraydi, shu sababli ijtimoiy kasallik maqomini olgan. Masalan, Yevropa mamlakatlariga qaraganda, Afrika va Osiyo mamlakatlarida 100 barobar ko‘p tarqalgan. Sil kasalligining tarqalishiga noqulay ekologik vaziyat, aholining ijtimoiy ahvoli, davlatlar o‘rtasidagi migratsiya, shu jumladan OIV infeksiyasi va OITS bemorlar sonining ko‘payishi sabab bo‘lmoqda. OITS bemorlarda hujayra immuniteti keskin darajada o‘zgarib ketadi, bu esa organizmning silga qarshi kurashish kuchi namoyon bo‘lishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘pka sili faol turining umumiy klinik belgisi yo‘tal hisoblanadi. Yo‘tal ba’zida balg‘amli va qon aralash bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ko‘krakda og‘riq, umumiy holsizlik, vazn yo‘qotish, isitma, hamda kechasi uxlaganda ko‘p terlash bemorda sil kasalligi rivojlanayotganligidan dalolat beradi. Infeksiyaning asosiy manbayi sil bakteriyalarini ajratuvchi bemorlar hisoblanadi. Bunda sog‘lom kishining sil mikobakteriyalarini ajratuvchi bilan uzoq vaqt davomida muloqotda bo‘lishi ahamiyatga ega. Bu hodisa ko‘pincha oilada yoki mikobakteriyani ajratuvchi bemor bo‘lgan jamoada ro‘y berishi mumkin. Harbiy jamoada silning “ochiq” turi paydo bo‘lsa, bu o‘z navbatida, harbiy xizmatchilarga ommaviy xavf solishi va guruhli kasallanishga olib kelishi mumkinligini esdan chiqarmaslik muhimdir. Sil kasalligining yuqish xavfi ko‘pincha yoshlar va o‘smirlarda yuqori bo‘ladi, lekin kasallik barcha yoshdagi insonlarda uchraydi. Tamaki chekish, sil bilan kasallanish xavfi ni yanada oshiradi. Sil havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi, bunda mikobakteriya o‘pkaga nafas yo‘llari orqali tushadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bemor yo‘talganda va aksirganda 2 mingdan 5 mingtagacha havo yo‘li tomchilari ajralib, 2–9 metrgacha masofaga tarqalishi mumkin. Yemirilgan o‘pka siliga chalingan bemor balg‘ami bilan kuniga 15–100 mln sil qo‘zg‘atuvchilarini ajratishi mumkin. Sil kasalligi paydo bo‘lishi uchun nafas yo‘llari orqali tanaga 1 dan 10 tagacha sil mikobakteriyasi tushishi kifoya. Silga shubha qilinishiga sababchi belgilar (uzoq vaqtli yo‘tal, tana vaznining kamayishi, tungi terlashlar) mavjud insonlar tibbiy ko‘rikdan o‘tishi zarur. Tibbiy ko‘rik ko‘krak qafasi rentgenografi yasini, agar rentgenografi yada o‘zgarishlar aniqlansa, balg‘amni laboratoriyada tekshirishni hamda ft iziatr maslahatini o‘z ichiga oladi. Ba’zi hollarda tashxisni aniqlash uchun qo‘shimcha tekshiruvlar (kompyuter tomografi ya, bronxoskopiya) talab qilinadi. Kasallik qanchalik erta aniqlansa, shunchalik to‘liq sog‘ayishga imkon bor. Sil kasalligini davolashda erta aniqlash va statsionar sharoitda kasallikka qarshi kompleks davo choralarini o‘z vaqtida boshlash muhim ahamiyatga ega. Aniqlangan sil qo‘zg‘atuvchilarining qaysi antibakterial dori vositalariga sezgirligini aniqlamasdan dori preparatlarini tavsiya etish, davolovchi vrachlar tomonidan tavsiya etilgan dori preparatlarini bemorlar tomonidan belgilangan tartibda qabul qilmasligi yoki davo kursini to‘liq olmasligi oqibatida ko‘p sonli doriga chidamli yoki keng doiradagi doriga chidamli sil kasalligi qo‘zg‘atuvchilari paydo bo‘ladi. Ma’lumki, organizmning immuniteti mustahkam bo‘lsa, unga kirgan sil mikobakteriyasi hamma vaqt kasallik keltirib chiqaravermaydi. Chunki uni organizmning ayrim a’zolarida, asosan o‘pkada chegaralab, mayda toshchalar (petrifi kat) shaklidagi tugunchalarda qamal holatida saqlaydi va bu toshchalardan sil mikobakteriyasi uzoq yillargacha chiqa olmaydi va hatto halok bo‘lishi ham mumkin. Lekin kasallikning rivojlanishiga yordam beruvchi manbalar yuzaga kelsa, ya’ni organizmning immun holati susaysa, ular xuruj qilishi mumkin. Sil bilan kasallanganlarni erta aniqlash uchun asosiy tadbirlardan biri fl yuorografi ya tekshiruvidan o‘tkazib turishdir. Shaxsiy tarkibni birlamchi tibbiy tekshirish davomida harbiy qism shifokori tibbiy hujjatlar hamda fl yuorografi k tekshiruv natijalariga ko‘ra, kasallikka gumon qilingan shaxslarni aniqlash hamda tibbiy kuzatuvga olishi lozim bo‘ladi. Nafas a’zolari sil kasalligining faol turi bilan kasallangan bemor bilan yaqindan muloqotda bo‘lgan shaxslar qat’iy tibbiy kuzatuvga olinib, navbatdan tashqari tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari va kimyoviy profi laktika chora-tadbirlari o‘tkazilishi lozim. Ko‘pincha kishilar sil kasalligining klinik belgilari bezovta qilganda silga gumon qilishmaydi, balki shamollaganga yo‘yishadi. Yoki sil kasalligi bilan kasallangan bemorlar o‘z kasalliklarini yashirishadi va o‘zlari bilgancha davolashga harakat qilishadi. Buning oqibatida sil kasalligi avj olib, og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin va atrofdagilarga sil infeksiyasining tarqalishiga sababchi bo‘ladilar. Tibbiy xizmat leytenanti X. ABDULLAYEVA, Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasi internatura tinglovchisi. Qurolli Kuchlar xizmatchisi B. AHMEDOV, Mudofaa vazirligi Sanitariyaepidemiologiya nazorati markazi vrach-mutaxassisi Sil (tuberkulez) termini asosida lotincha “tuberculum” – do‘mboqcha atamasi, ya’ni fransuz olimi Y. Silvius XVI asrda sil do‘mboqchalarini xavfl i o‘smalar, davosi yo‘q kasalliklar qatoriga kiritgan edi. Hozirgi paytga kelib, silga qarshi qo‘llanilayotgan samarali antibakterial dori vositalari va boshqa davolash usullarining qo‘llanishi natijasida xastalik samarali davolanmoqda.


24 № 1 5-yanvar VATANPARVAR 2024-yil Nashr ko‘rsatkichi: 114. Bahosi: kelishilgan narxda. 1 2 3 4 5 6 MUASSIS Tahririyat kengashi: general-mayor Hamdam Qarshiyev polkovnik Otabek Yuldashev polkovnik Alisher Boboxonov Maqsud Abilov Tahririyatga kelgan qo‘l yoz malar taqriz qilinmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi. Mualliflar fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farqlanishi mumkin. Gazeta Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti – “Vatanparvar” birlashgan tahririyatining kompyuter markazida sahifalandi. Gazeta O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligida 2008-yil 6-iyunda 0535 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Telefonlar: kotibiyat: 71 260-36-50 buxgalteriya: 71 260-35-20 yuridik bo‘lim: 71 260-29-41 faks: 71 260-32-29 “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi bosmaxonasida chop etildi. Bosmaxona manzili: Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 30-uy. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI www.mudofaa.uz Manzilimiz: 100164, Toshkent, Universitet ko‘chasi, 1-uy. Gazetaning yetkazib berilishi uchun obunani rasmiylashtirgan tashkilot javobgar. Gazetaning poligrafik jihatdan sifatli chop etilishiga “O‘zbekiston” NMIU mas’ul. Buyurtma: V-5676 Hajmi: 6 bosma taboq Bichimi: A3 Adadi: 34 686 nusxa Bosishga topshirish vaqti: 14:00 Topshirildi: 14:30 t.me/mv_vatanparvar_uz t.me/mudofaavazirligi mudofaavazirligi mudofaavazirligi www.youtube.com/c/UzArmiya www.mv–vatanparvar.uz www.mudofaa.uz Navbatchi: katta leytenant Islomjon Qo‘chqorov Sahifalovchi: Begali Eshonqulov Musahhih: Sayyora Meliqo‘ziyeva Gazeta juma kuni chiqadi. Gazeta 1992-yilning 24-iyunidan chiqa boshlagan. @Vatanparvargazetasi_bot “Vatanparvar” birlashgan tahririyati bilan bog‘lanish uchun telegram bot SHU SONNING ELEKTRON SHAKLI ISSN 2010-5541 Bosh muharrir: podpolkovnik Ahror Ochilov Qahramonlar nomi barhayot Bayram yaqinlashganida qorishiq hislar orasida qolaman. Qurolli Kuchlarimiz mahobatidan, qudratidan g‘urur tuyaman, Vatan himoyachilari safi da ekanimdan sevinaman, yurtning eng oldi farzandlarini taniganimdan, ular hayotidan yozish sharafi ga muyassar bo‘lganim ko‘nglimni faxr tuyg‘ulariga to‘ldiradi. Va shuning barobarida o‘zimni eng kerakli SO‘Zni topib ayta oldimmi, degan savol qarshisida ojizdek his qilaman. Asli bu so‘zni topgan bormikan?! O‘ttiz ikki yil... Balki, qisqa, balki, uzun yo‘ldir. Ammo sharafl i bir yo‘l, sharafl i bir tarix, Qurolli Kuchlar kechmishi. U tashkil etilgan ilk kunlardan beriga ko‘p narsalar o‘zgardi, yangilandi, zamon bilan hamqadam, dunyo bilan bo‘ylashmoqda. Bular haqida deyarli qadam-baqadam yozdik, elga xabarlar berdik. Qurolli Kuchlarimiz bosib o‘tgan yo‘l jiddiy sinovlardan ham xoli bo‘lmadi. Vatan uchun aziz jonini fi do qilganlar bo‘ldi. O‘zga tuproqlarga ko‘z tikmagan edik, maqsad yurt himoyasi, mudofaasi edi! Armiyamiz endigina shakllanayotgan edi, eski sarqitlardan voz kechib, o‘ziga mos va munosib bir yo‘l boshida turgan bir pallada janubiy sarhadlarimizga bir guruh jangarilar suqilib kirdi. Yuksak tog‘lar bag‘rida ona yurti uchun jonini qurbon qilgan o‘g‘lonlar haqida har qancha gapirsak, kitoblar yozsak arziydi. Bugun ular haqida emas, ular uchun qilishimiz lozim bo‘lgan ayrim ishlar haqida aytib o‘tmoqchimiz. Ijtimoiy tarmoqlarni ko‘p kuzataman. Boshqalarning armiyasi, boshqalarning halok bo‘lgan askarlari, ularning yaqinlariga bo‘lgan munosabatga qiziqaman. Ular orasida rus va turkiy tillarida yozilganlari tushunarli bo‘lgani uchun o‘qishga harakat qilaman. O‘tgan yili (qarang, birpasda o‘tgan yili deya boshladik) dekabr oyining oxirlarida Turkiyada yashayotgan vatandoshimiz Sitora Alixonzoda sahifasidan quyidagilarni o‘qidim: “...Iroq shimolida terrorchilarga qarshi olib borilgan operatsiyada 12 nafar turk askari halok bo‘lgani ma’lum qilindi. O‘sha soatlarning o‘zidayoq butun turk mediasi operativ ravishda o‘z fokusini Vatan himoyasi yo‘lida qurbon bo‘lgan o‘g‘lonlar mavzusiga qaratdi... Men bu jarayonlarni kuzatib turib, turklar haqidagi ayrim jihatlar, yana ba’zi haqiqatlarni o‘zim uchun kashf etdim: Turk xalqi Vatan himoyasi yo‘lida qurbon bo‘lganlarga nisbatan aslo “halok bo‘ldi” ta’rifi ni ishlatmaydi. Ularni shahid sifatida tilga olishadi. Farzandlari shahid bo‘lgan oilalar orasida bu qayg‘uni “Vatan sog‘ bo‘lsin!”, “Endi men shahid otasiman (onasiman), deya mardona qabul qiladigan insonlar bor”. Vatanparvarlikda hech qachon boshqalarni bizdan ustunroq, deb bilmayman. Hamma ham Vatanni sevadi aslida. Xuddi ayrim oshiqlar dallidevona bo‘lib sevsalar-da, sevgilarini izhor etolmaganidek, buni izhor etishni, ko‘rsatishni bilmaydilar. Ibrat qilib ko‘rsatsa arzirli otalar bor, onalar bor! Yillar yeldirim. Umr oqar suv. Shahidlarimizning onalari, otalariga ham yillar shafqat qilgani yo‘q. Birin-ketin bu dunyoni tark qilishmoqda. Dam bu damdir! Ular tirikligida e’zozlaylik! Hamma narsa tiriklikka yarashadi! Bizning otalar, onalar ham mardona qarshiladilar. Ammo bu mardonalik ortida go‘rga qadar bitmaydigan “bolammm...” degan achchiq ayriliq, faryodlar, nolalar bor... Yaqinda yurt uchun aziz jonini fi do qilgan qahramonimiz tug‘ilib o‘sgan uyiga, onaizorining ziyoratiga bordik. Uning izlari qolgan ko‘chalar... Biroz u yoqdan bu yoqqa borib keldik. Menga hamrohlik qilayotgan kishilar ilgari ham bir necha marta kelgan ekanlar. Shunday bo‘lsa-da, yanglishib boshqa tomonga o‘tib ketibmiz. “Yangi qurilishlar chalg‘itdi-da”, deyishdi biroz xijolat aralash. Bunday bo‘lmasligi mumkin edi. Agar qahramon tug‘ilib-o‘sgan xonadon darvozasiga “Bu yerda Vatan himoyachisi ... yashagan...” degan yozuv tushirilgan lavh, belgi bo‘lganida. O‘zbek adabiy tilida, xatosiz, mukammal yozilgan bir lavh bo‘lsa. Uning yonidan o‘tganida kichkintoy bolalarimiz ham hijjalab shu yozuvni o‘qisalar, qahramon o‘g‘lonni bolalikdan tanib o‘ssalar... Bu oddiygina lavh, ammo ahamiyati ma’naviyatga bag‘ishlangan bir qator tadbirlardan ko‘ra a’loroq, zalvarliroq bo‘ladi, ishoning. Bu ezgu ishni yoshlarga ishoning, ular maromiga yetkazib uddalaydi. Mana shunday oddiy narsalar bilan bo‘lsa ham ular hamon xotiramizda borliklarini, ehtirom bilan yodga olishimizni ko‘rsataylik. Qahramonlarimiz, shahidlarimiz o‘sgan xonadonlar boshqalaridan ajralib tursin, uzoqlardan ko‘rsak ham taniylik, ko‘zimiz tushganida qalblarimizga qadar yorishsin, faxrg‘ururdan. Chunki ular aziz tuproqlarimiz uchun aziz jonlaridan kechdilar. Inobat IBROHIMOVA, “Vatanparvar” Bayram ham yaqinlashib qoldi. Davlatchilikning eng muhim asoslaridan biri muntazam armiya – Qurolli Kuchlar tashkil etilgan kun eng baland ruhda bayram qilinishi tabiiy. 2024-yil Aziz tuproqlar uchun


Click to View FlipBook Version