fjsti.uz @farjsti @ferghana_medical_institute 18- mart 2024-yil dushanba №2(30) Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining ijtimoiy-tibbiy gazetasi 2023 JAMOAT SALOMATLIGI Endigina 23 bahorni qarshilayotgan Shohboz yurtimizda yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanib kelmoqda. Qirg‘iziston respublikasida bo‘lib o‘tgan lotin tili bo‘yicha xalqaro olimpiadada 2-o‘rinni egallagani uning ilk erishgan yutuqlaridan biri bo‘ldi. O‘sha vaqtlarda u oliygohning 1-bosqich talabasi edi. -Institutdagi jonkuyar ustozlarimiz bergan ilmlar mening keyingi natijalarim uchun asos bo‘ldi. Oliygohimizning ilmiy laboratoriyasi hamda simulyatsion markazida ko‘p vaqtimni amaliy mashg‘ulotlar bilan o‘tkazishni istayman. Darslardan so‘ng klinik o‘quv bazamizga borib, professor-o‘qituvchilarimizdan qo‘shimcha bilimlar olishga intilaman, - deydi iqtidorli talaba Shohboz Urayimjonov. Shohboz bugun oliygohning 4-bosqich talabasi. Uning boshqa tengdoshlariga o‘rnak bo‘ladigan jihatlari yetarlicha. U kelajak kasblarini mukammal o‘rgatishga ixtisoslashgan “Uzbekcoders” maxsus platformasidan ro‘yxatdan o‘tib dasturlash sohasini mukammal o‘rganmoqda va kelgusida tabobatga oid alohida IT loyiha yaratish ilinjida. Muhim jihati shundaki, bu yil Shahboz Urayimjonov hammuallifligida yaratilgan “Bolalarda bitishmali ichak tutilishini konservativ davolash samaradorligini baholash” kompyuter dasturi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Quvonarlisi, yaqinda bo‘lib o‘tgan “Avitsenna izdoshlari” nomli xalqaro fan olimpiadasida ishtirok etib, maxsus sertifikat bilan taqdirlandi. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti dunyo reytinglaridan joy olayotgan oliy ta’lim dargohlaridan biri. Bugun institutning diplomi xalqaro miqyosda tan olinadi. Ushbu dargohga munosib talaba bo‘lish baxtidan masrur bo‘lgan Shohboz Urayimjonov oliygohda o‘tkazilgan “Xirurgik operatsiyalardan keyingi asoratlar. Ularni oldini olish va davolashda kompleks yondashuv” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi va sertifikatga ega bo‘ldi. Qolaversa, yaqinda “Best publication” tomonidan MDH davlatlari o‘rtasida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyadagi faol ishtiroki uchun “Eng yaxshi xizmatlari uchun” esdalik nishoni topshirildi. Jurnalist Sh.NORMUHAMMADOV. SHOHBOZ URAYIMJONOV: «QO‘SHIMCHA BILIMLAR OLISHGA INTILAMAN» Yoshligimda otam yaxshi o‘qi, sen barchaga kerakli odam bo‘lishing kerak, deb ko‘p uqtirar edi. Barcha otalarimiz aslida shunday. Farzandining yurt koriga yaraydigan, komil inson bo‘lib, kamol topishini istamagan ota-ona bo‘lmasa kerak. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining yuqori ko‘rsatgichlarga erishib kelayotgan talabasi Shohboz Urayimjonov bilan suhbatlashar ekanman, oilasidagi yuksak tarbiya, oliygohdagi beqiyos ta’lim tufayli ijobiy natijalar tomon dadil parvoz qilayotganini sezdim. Hayrli tadbir Ma’lumki, e’tiborga muhtoj kishilardan xabar olish, ularning sog‘ligini tiklash, beg‘araz yordam qo‘lini cho‘zish xalqimizga xos azaliy qadriyatlardan biridir. Institutimiz o‘qituvchi va talabalari ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar, bir so‘z bilan aytganda ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarga doimiy e’tibor ko‘rsatilib, zaruriy ko‘maklar berib kelinmoqda. Yaqinda tibbiy profilaktika va jamoat fakulteti tyutorlari, talabalari dekan o‘rinbosari Oltinoy To‘ychiboyeva boshchiligida Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi 99 yoshli nuroniy otaxon Umarjon Ahmedovning holidan xabar olib, unga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari topshirishdi. Salomatligini ta’minlash borasida tavsiyalar berildi. Bu kabi hayrli tadbirlar davom etmoqda. Yangiliklar Salom, ko‘klam, assalom, bahor! МUHIM HUJJATBatafsil 4-betdа
2 №2 (30) JAMOAT SALOMATLIGI 18.03.2024-y. BIZNI IJTIMOIY TARMOQLARDA HAM KUZATIB BORING: fjsti.uz @ferghana_medical_institute @farjsti «BU TASVIRLAB BO‘LMAYDIGAN TUYG‘U» Qalblarni zabt etgan xalqimizning shonli tarixini o‘zida aks ettirgan, yurtimiz iftixori bo‘lmish Davlat madhiyasi bugun butun dunyo uzra yangramoqda. O‘zining g‘alabalari bilan jahon arenalarida madhiyamiz sadolari yuksaklarda yangrashiga erishgan sportchilarimiz hozirda juda ko‘p. Madhiyani eshitgan zamon yuraklarda ajib jo‘shqinlik paydo bo‘ladi. Yurtimizning fusunkor husni barchani lol qoldiradi. Bu iftixor, bu tuyg‘u barcha qalblarni zabt etib bizni uni yanada sevishga, uni ardoqlashga, uni yuksalishi uchun yanada shijoatli bo‘lib ishlashga chorlaydi. O‘zbekiston Respublikasi madhiyasida jo bo‘lgan so‘zlar shunchaki so‘zlar emas. Unda O‘zbekiston xalqining orzulari, kelajagi aks etgan. Oliygohimizda talabalar va institut xodimlari har bir yangi kunning ilk o‘quv mashg‘ulotlarini davlatimiz madhiyasi yangragan holda boshlash allaqachon an’anaga aylangan. Yuksak g‘urur bag‘ishlovchi, iftixorimiz bo‘lgan madhiyamizni barchamiz birga kuylamoqdamiz. Bilasizmi? Amerika Qo‘shma Shtatlarining davlat maktablarida har kuni ertalab bolalar gimnni ijro etishadi, garchi uni majbur qiluvchi federal qonun bo‘lmasa ham. Fransiya shu yildan e’tiboran haftada ikki soat davlat gimni darsini joriy qilgan. Turkiyada esa davlat madhiyasi ta’lim tizimning ajralmas bir qismidir. Jurnalist Sanjar Said shunday yozadi: «Turkiyada juda ham ko‘p guvoh bo‘lganman: madhiya aytilayotgan paytda nazarimda osmonda uchib ketayotgan qush ham to‘xtab qolgandek bo‘ladi. Madhiya aytilayotgan joyga yaqin bo‘lgan nafaqat piyodalar, balki avtomobillar, avtobuslar ham to‘xtab qoladi. Buni turkiyaliklar o‘zining burchi deb biladi. Maktablarda esa haftaning boshida dushanba kuni ertalab va juma kuni maktab tugaganidan keyin madhiya kuylanadi. Va Turkiya madhiyasining davomiyligi qisqa - bir yarim-ikki daqiqa va u bir kupletdan iborat. Shuning uchun madhiyani kuylash va unga munosabat bildirish odamlarga malol kelmaydi». “Qo‘limni ko‘ksimga qo‘yaman, etim jimirlashadi, aksariyat holatlarda ko‘zimga yosh keladi. Chunki O‘zbekiston meniki, men va oilam, ayniqsa ota-onam, ular bergan tarbiya va farzandlarimni o‘ylayman”, deb yozmoqda jurnalist Qobuljon Ahmedov ijtimoiy tarmoq sahifasida. Shuningdek, Vatanimiz sportining afsonasi Oksana Chusovitina “Shohsupada turganingizda va davlat madhiyasi siz uchun yangraganida, bu tasvirlab bo‘lmaydigan tuyg‘u” deydi u intervyulardan birida. I.ABDUJABBOROV. ORAMIZDAGILAR Bugungi kunda qanday ilmiy ish olib boryapsiz? Hozirda institutimiz laboratoriyasida buyrak tosh kasalliklari bo‘yicha ilmiy ish o‘tkazyapman. Bu kasb sizga nima berdi? Menga dunyodagi sharafli kasblardan biri bo‘lgan ustoz degan nomni berdi, desam adashmagan bo‘laman. Oliygohimizning sizga yoqqan eng muhim 3 ta jihati qaysi? Dunyoga tanilib borayotgan oliygohimizda menga manzur kelgan tarafi bu - birinchisi ilmiy laboratoriyamiz. Bu yerda barcha sharoitlar muhayyo. Noyob jihozlarga ega. Fidoyi va ahil jamoamiz va chiroyli, so‘lim tabiatli institutimiz yoqadi. Talabalarimizning qaysi jihatlarini hurmat qilasiz? Talabalarimizning bilimga bo‘lgan chanqoqligi, tirishqoqligi, yangi til, yangi innovatsiyalarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini qadrlayman. Institutimizni bitta gap bilan tariflang? Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti aholimizni sog‘lig‘ini saqlashga xizmat qiluvchi professional mutaxassislarni yetishtirib beruvchi ta’lim maskani hisoblanadi. Jamoadoshlaringiz orasida qaysi biri ideal shaxs? Institutimizda faoliyat olib borayotgan barcha ustozlarni o‘zim uchun qaysidir ma’noda ideal deb hisoblayman. Loyiha mehmonlari bilan tanishing! Bugungi kunda qanday ilmiy yangiliklar ustida ish olib bormoqdasiz? Hozirgi kunda ustozimiz, tabobat akademiyasi raisi Ibrohimjon Asqarov tomonidan yaratilgan xalq tabobati fanlari yo‘nalishida juda keng miqyosida ilmiy tadqiqotlar olib boryapmiz. Bu ishlarimiz zaminida albatta institutimiz olimlari oldiga qo‘yilgan, xalqimizning salomatligini saqlash vazifasi yotadi, ya’ni kimyoviy preparatlar o‘rniga tabiiy vositalar yaratyapmizki, natijada xalqimiz ekologik sof oziq-ovqat bilan ta’minlanadi. Kafedramizda ikkita yo‘nalish ochilganidan va bu yo‘nalishda yoshlarimiz, shogirdlarimiz ish olib borayotganidan judayam mamnunmiz. Bu kasb sizga nimalar berdi va hayotingizda qanday o‘zgarishlarga olib keldi? Yoshligimda shifokor bo‘laman, deb orzu qilganman. Lekin shifokor bo‘laolmadim, ammo, institutimizda ta’lim berayotganimdan xursandman. Sababi, ko‘pchilik menga shifokor sifatida murojaat qilishadi, savollar berishadi. Ularga yordam berayotganimdan minnatdorman. Oliygohimizda sizga manzur bo‘layotgan 3 ta jihatni ayting Institutimiz yosh bo‘lishiga qaramasdan o‘zini jihatlariga ega. 1. Zamon talablari darajasida ta’mirlash ishlari olib borilib, chiroyli o‘quv xonalari va laboratoriyalari yaratilayotganligi. 2. Rahbarlarimiz tomonidan ilmga bo‘lgan talabni kuchaytirishida. 3. O‘qituvchi va talabalarning o‘zini yurish tutishi, kiyinish madaniyatiga e’tibor berilayotgani meni xursand qilmoqda. Bo‘lajak shifokorlarimizni qaysi jihatini hurmat qilasiz? Talabalarimizni ilmga chanqoqligini, tirishqoqligini, o‘z ustilarida ishlashlarini hurmat qilaman. Kelajakda yetuk shifokorlar bo‘lib yetishsin! Oliygohimizni bir so‘z bilan tariflang? Shag‘dam odimlab borayotgan eng yaxshi oliygoh. Sizning idealingizdagi shifokor qanday bo‘lishi kerak? Ideal inson, ideal shifokor bo‘lishi uchun hamma ma’naviy yetuklikka ega bo‘lishi kerak. Uning ichida ahloqiy, kiyinish madaniyati, so‘zlash madaniyati mujassam. Shogirdlaringiz sizni qanday eslashini hoxlar edingiz? Talaba shogirdlarim kelajakda ham talabchan, ham mehribon onamizdek ustozimiz deyishlarini hoxlar edim. XURSHIDJON ODILOV, FIZIOLOGIYA KAFEDRASI ASSISTENTI. MANZURAXON MARUPOVA, TIBBIY VA BIOLOGIK KIMYO KAFEDRASI MUDIRI, DOTSENT.
Beshafqat o‘lim butun ongli hayoti, bilimi, aql-zakovati, xalqimiz salomatligi, farovonligi hamda baxti uchun bag‘ishlagan, viloyatimizning o‘z sohasi bilimdoni, oliyjanob inson, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri, faxriy shifokor Muhammadjon Qoraboyevni oramizdan olib ketdi. M.Qoraboyev 1942 yili Andijon viloyati, Andijon tumanida xizmatchi oilasida tug‘ilgan edi. U 1960 yillari Andijon davlat pedagogika institutida tahsil olgan. Keyinchalik institut assistenti, Moskva pedagogika instituti stajyor-tadqiqotchisi va aspiranti bo‘lgan. 1987 yili O‘zbekiston fanlar akademiyasi issiqlik fizikasi ilmiy tadqiqot instituti direktori, so‘ngra, Farg‘ona politexnika instituti rektori, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari, 1989 yildan 1997 yilgacha Farg‘ona viloyat partiya qo‘mitasi kotibi, Farg‘ona davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bosh vazir o‘rinbosari kabi yuqori lavozimlarida mehnat qilgan. So‘nggi yillarda esa oliygohimizda yosh olim va talabalarga ustozlik qildi. Fizika-matematika fanlari doktori, professor, BMT ning maslahatchisi maqomidagi xalqaro axboratlashtirish akademiyasi akademigi, strategik menejment bo‘yicha Fransiyaning xalqaro SRI jamiyatining oltin medali lauriyati Muhammadjon Qoraboyev 30 dan ortiq ixtirolar muallifi, fan olamida molekulyar akustika va issiqlik fizikasi sohalaridagi yetuk ixtirochi-olim sifatida e’tirof etiladi. Uning 60 yillik mehnat faoliyati munosib baholanib, «Sog‘liqni saqlash a’lochisi» nishoni va ko‘plab faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Mehnatsevar, qalbi pok, butun umrini tibbiyotga baxshida etgan, jonkuyar inson Muhammadjon Qoraboyev o‘z bilimi va kuchini xalqqa xizmat qilishdek ulug‘ hamda mashaqqatli ishga bag‘ishlagani bois, farg‘onalik hamkasblari uni doimo xotirlaydi. U o‘zining noyob iste’dodi ila shogirdlari uchun katta maktab yaratib ketdi. Uning yorqin xotirasi qalblarimizda mangu saqlanadi. USTOZNING YORQIN XOTIRASI QALBLARIMIZDA MANGU SAQLANADI 18.03.2024-y. 30.11.2022 y. JAMOAT SALOMATLIGI JAMOAT SALOMATLIGI №2 (30) 3 Institutimizda nima gaplar? XOTIRA Institutda uzoq yillar samarali mehnat qilgan, fizika-matematika fanlari doktori, professor Muhammadjon Qoraboyev tavalludining 82 yilligiga bag‘ishlangan xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi. Xotira kechasida oliygohimiz xodimlari, professorning yaqin qarindoshlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Dastlab, institutimiz rektori, professor Akmal Sidikov Muhammadjon Qoraboyevga berilgan «Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining faxriy professori» unvonini uning farzandiga topshirdi. Jonkuyar ustoz M. Qoraboyevning ilm yo‘lida qoldirgan boy merosi iliq so‘zlar orqali samimiyat bilan yodga olindi. Tadbir yakunida M.Qoraboyev haqi-da ko‘rsatuv namoyish etildi. MUHAMMADJON QORABOYEV TAVALLUDIGA 82 YIL TO‘LDI Bahor bayramlari arafasida 5 nafar talabaqizlarimiz mukofotlandi. Mamlakatatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida o‘zining kreativ g‘oyalari bilan o‘z sohasida samarali faoliyat yuritayotgan yurtimiz ilmsevarlarini taqdirlash maqsadida turli koʻriktanlovlar tashkillanmoqda. Xususan, Samarqand shahrida «QUALITY PUBLICATION» ilm-ma’rifat markazi hamda «Modern scientific research: topical issues, achievements and innovations» konferensiyasi bilan hamkorlikda «OLTIN QALAM SOHIBASI-2024» xalqaro ilmiy-amaliy tanlovi o‘tkazildi. Xalqaro tanlovda munosib ishtiroki uchun Davolash ishi fakultetining 5 nafar talaba-qizlari Malohatxon Mehmonxo‘jayeva, Ziyodaxon Qodirjonova, Malohatxon Abdumalikova, Mohinur Muhammadsiddiqova va Xushnavoz Yo‘ldoshevalar maxsus statuetka, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi. Mukofotlat muborak bo`lsin! MUKOFOTLAR MUBORAK BO`LSIN! O‘zbek qizlari, ayollari haqida gap ketganda, ularga qo‘li gul chevar, pazanda deya ta’rif beriladi. Talabalarimiz bo‘sh vaqtlarida pazandachilik mahoratini ishga solmoqda. Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti dekan o‘rinbosari O. To‘ychibayeva va tyutori M.Tojiboyevalar tomonidan chuchvara tugish va pishirish bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi. Mahorat darsi davomida qizlar ushbu taomni tayyorlanish jarayoni bilan mukammal tanishdilar. PAZANDA QIZLAR Institutning yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan atoqli o‘zbek shoirasi Zulfiyaxonim Isroilova tavalludining 109-yilligi munosabati bilan «Zakovat» intellektual o‘yinining navbatdagi soni o‘tkazildi. Qiziqarli o‘tgan o‘yin bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. O‘yin yakunida g‘olib jamoalar maxsus diplom va esdalik sovg‘alarga ega bo‘ldi. «ZAKOVAT» INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI MILLIY LIBOS – MILLAT QIYOFASI Milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassam. Milliy liboslarimizda qizlarimizga mos ibo va hayo aks etgan. Suratda: Tibbiy profilaktika va jamoat fakultetining dekan muovini Oltinoy To‘ychiboyeva va oliygoh tyutorlari suhbatlashmoqda.
USHBU SAHIFADA: INSTITUTNING MALAKALI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI, TALABALARI, SHIFOKORLARINING TIBBIYOT BILAN BOG‘LIQ URF-ODAT VA QADRIYATLAR, XALQ TABOBATI, AHOLI SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISH VA TURLI XASTALIKLARNI OLDINI OLISH MAVZULARIDAGI MAQOLALARI YORITIB BORILADI. MUASSIS: 14.10.2020 Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Farg`ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 6-sentabr 2021-yil №12-132 raqam bilan ro‘yxatga olingan. BOSH MUHARRIR: Akmal SIDIKOV NASHR UCHUN MAS`UL I.ABDUJABBOROV Qog`oz bichimi: A-3 Oyda bir marta o`zbek tilida chop etiladi TAHRIRIYAT MANZILI: 150105, Farg‘ona shahar, Yangi Turon ko‘chasi, 2-uy Tel.: (73) 243-06-62 (94) 444-91-76 [email protected] GAZETA BEPUL TARQATILADI Gazeta «ZAKOVAT NASHRIYOT UYI» MCHJ bosmaxonasida ofset usulida chop etildi. BOSMAXONA MANZILI: Kosonsoy shahri, Chorbog` ko`chasi, 17-uy. Bosmaxonaga 15.03.2024 yil, soat 16 00 dа topshirildi. Тopshirish vaqti: 17:00 Buyurtma: Adadi: 500 JAMOAT SALOMATLIGI fjsti.uz 4 №2 (30) JAMOAT SALOMATLIGI 18.03.2024-y. “SOG‘LOM HAYOT” SAHIFASI Mazkur hujjat yurtimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini takomillashtirish va ulkan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 11-sentyabrida imzolangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmon hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga tayanch vosita bo‘lib, xizmat qildi deyish mumkin. Zero, farmon muqaddimasida “yangilangan konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini takomillashtirish va amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish talab etilmoqda”, deb alohida ta’kidlangani bejiz emas. Natijada yurtdoshlarimizning yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohishirodasini ro‘yobga chiqarish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlash ustuvor maqsad sifatida belgilangani qayd etildi. Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 19-sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida so‘zlagan nutqlarini yodga olsak: “Biz Asosiy qonunimizda millati, tili va dinidan qat’i nazar, barcha fuqarolarning tengligi, inson huquqlari, so‘z va vijdon erkinligi prinsiplariga sadoqatimizni yana bir bor tasdiqladik. Mana shunday huquqiy asosda “O‘zbekiston – 2030” taraqqiyot strategiyasini qabul qildik. Bu strategiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ga uyg‘un bo‘lib, biz o‘z zimmamizga olgan barcha majburiyatlarni to‘la va qat’iy bajarmoqdamiz”. Ma’lumki, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 100 ta muhim maqsad o‘z aksini topgan bo‘lib, mazkur hujjat orttirilgan tajriba, xalqaro ekspertiza va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqildi. O‘z navbatida, davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ushbu hujjatning “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan. Strategiyada belgilangan yo‘nalishlarning barchasida aholi, ya’ni xalq va mamlakat manfaatlari birinchi o‘ringa qo‘yildi. Jumladan, Strategiyaning IV-bobi “Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish” yo‘nalishiga bag‘ishlandi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha 16 ta maqsad (74-89-maqsadlar) doirasida 51 ta amaliy chora-tadbir va 21 ta vazifani o‘zida qamraydi. Bunda mahalla, mahalliy davlat organlari, vakillik organlari, davlat xizmati, fuqarolik jamiyati institutlari, sud-huquq, inson huquqlari, advokatura, korrupsiya masalalariga oid 41 ta maqsadli ko‘rsatkichni ishlab chiqish va 25 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash nazarda tutilgan. Xususan, “Xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish va jamoatchilik boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha islohotlar” hamda “Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimidagi islohotlar” kabi bandlarda bir qator vazifalar belgilandi: – Elektron shaklda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ulushini 100 foizgacha yetkazish; – “Elektron hukumat” tizimining yangi bosqichi – “Raqamli hukumat” tizimiga o‘tilib, barcha hujjatlar va munosabatlarning raqamli shaklda bo‘lishini ta’minlash; – Fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanishi uchun murojaat qilishida ariza yozish, turli shakllarni to‘ldirish kabi ortiqcha formal tartiblarni bekor qilish, davlat idoralari zarur hujjatlarni elektron bazadan o‘zi oladigan tizim yaratish. Muxtasar aytganda, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi nafaqat yurtimizning kelgusi yetti yillik taraqqiyotini, balki uning uzoq yillik rivojlanish strategiyasini belgilab beruvchi muhim hujjatdir. Unda belgilangan maqsadlarning ijrosi o‘z vaqtida ta’minlanishi esa davlat va jamiyatning har tomonlama jadal rivojlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz. МUHIM HUJJAT Toza havo – Taraqqiyot inson turmushini beqiyos darajada o‘zgartirib yubordi. Shular qatorida sivilizatsiyaga, insonning turmush tarziga zavod va fabrikalardan, neft mahsulotlaridan havoning ifloslanishi, qolaversa, yoshlar o‘rtasida esa chekish kabi zararli odatlar kirib kela boshladi. Sigareta chekish, yoshlar o‘rtasida moda sifatida, o‘zini katta, mustaqil qilib ko‘rsatish, taqlid qilish va boshqa sabablarga ko‘ra juda tez tarqala boshladi. Bundan foydalangan nopok Umidjon SOBITJONOV, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, vazifa va maqsadlarini ro‘yobga chiqarish jarayoni hamda uning kelgusidagi istiqbollarining tahlili 2023-yil 30-aprelda o‘tkazilgan referendumda umumxalq ovoz berish orqali O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi qabul qilingani Yangi O‘zbekistonni barpo etishning konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlashga xizmat qildi. TOZA HAVO, TO‘G‘RI OVQATLANISH - SOG‘LOM HAYOT GAROVI Jamshidbek USMONOV, davolash ishi fakulteti 4-kurs talabasi. Inson o‘z salomatligini saqlashi uchun asosiy ikki yo‘lni tanlashi lozim: Toza havodan nafas olish va to‘g‘ri ovqatlanish. Demak, shu yo‘llar orqali o‘zimizning organizmni sog‘lom yoki nosog‘lom holatga olib kelishimiz mumkin. “biznesmenlar” keyinchalik katta daromad olish maqsadida sigaretani bolalar va o‘smirlar psixikasiga ta’sir etuvchi turli xil reklama, aksiyalar, konsertlar uyushtirib ommalashtirishga harakat qilishmoqda. Biz avvalo sog‘ligimiz uchun o‘zimiz mas’ulmiz! Shunday ekan organizm uchun yot zararli odatlardan, shuningdek, sigaret tutuni, turli xil zavod fabrika orqali tarqalayotgan zararli tutunlardan asrashimiz zarur. Ovqatlanish – tirik organizmning fiziologik ehtiyoj-laridan hisoblanadi. Ovqat bilan birga odam normal hayot faoliyati uchun zarur moddalarni: oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, mineral tuzlar, suv, vitaminlar, mikroelementlarni oladi. Ovqatlanishni to‘g‘ri tashkil etishda uning fizik, kimyoviy hamda biologik xususiyatlari bilan inson tanasiga og‘irlik qilmasdan, aksincha, tez va oson hazm bo‘lib, organizmni kerakli oziq moddalar bilan ta’minlay olishi, ratsional ovqatlanish esa organizmning sutkalik faoliyati jarayonida sarflangan quvvat qiymatini qabul qilinayotgan ovqat hisobiga qoplanishidir. Hazm qilish orqali esa to‘g‘ri va o‘z vaqtida tartib bilan me’yorda ovqatlanishdir. Kam yeb, kam gapirgan inson ikki dunyo saodatiga erishadi. Toza havo, to‘g‘ri ovqatlanish - sog‘lom hayot garovidir.