Qoraqalpoq Davlat Universiteti
Kimyo-texnologiya fakulteti
Kimyoviy-texnologiya yo’nalishi
2-”A” guruh talabasi
Jalgasbaeva Barnoning
O’zbek tilining sohada
qo’llanilishi
fanidan “Men sevgan asar”
mavzusida tayyorlagan
prezentatsiya ishi.
REJA:
1.Men sevgan asar “Mungli ko’zlar” asari
2.Asar qahramonlari
3.Asar qahramonlariga ta’rif
4.Voqealar tavsifi
5.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
MEN SEVGAN ASAR “MUNGLI KO’ZLAR”
ASARI
„Mungli koʻzlar“ -
oʻzbek yozuvchisi Xudoyberdi
Toʻxtaboyev qalamiga mansub roman. Ilk bor
1988-yil Toshkent shahrida „Yosh
gvardiya“ nashriyotida chop etilgan.
1991-yil „Kamalak“ nashriyotida qayta nashr
etilgan.Romanda mol-dunyoga berilgan ota-
ona va ularning farzandlarining fojiali qismati
haqida soʻz yuritiladi.
Romanda oʻziga toʻq oila haqida hikoya
qilinadi. Oila birdan muammolar ichida
qoladi: ota pora bilan qoʻlga tushadi,
noqonuniy savdo bilan shugʻullanuvchi
tillafurush onaning jinoyatlari fosh boʻla
boshlaydi.
Natijada Zafar va uning nogiron akasi Akbar
otadan, onadan, oilaviy doʻstlardan, molu-
dunyolaridan, huzur-halovatlaridan
ayrilishadi. Bu bolalarga qattiq zarba boʻladi.
Natijada Akbar oʻzini yoqib yuboradi.
ASAR QAHRAMONLARI:
Zafar – boy oila farzandi
Akbar – Zafarning nogiron akasi
Nigora – Zafar va Akbarning singlisi
Ataullo Isayevich – Zafarning ustozi
Yoqutxon Karimova - Zafarning , aka-
ukalaring oyisi. Kasbi hojatbarorlik , lekin
Akbar o'g'li o'z oyisini chayqovchi deb
ta'riflaydi
Xudoyberdi To'xtaboyev
bu asari orqali bola
ruhini parvarishlab,
go'zal ishlov berish ham,
uni tanazzulga olib
borish ham ijtimoiy
muhitdan ekanligiga
ishora qiladi.
"Mungli ko'zlar" romanining qahramonlari
ijodkorning bundan avval yaratgan asar
qahramonlariga sira o'xshamaydi. Sababi, bundan
oldingi qahramonlar yumorga boy, maktabda,
ko'cha-ko'yda ishkal chiqarib yuradigan,
o'qituvchilaridan tez-tez dakki yeb yuradigan sodda
bolalar edi. Ammo asardagi bolalar shaharda
ulg'ayib, hech qanday muhtojlik ko'rmagan
arzanda bolalardir. Ota-onalarining aytgan gapi
barcha yerga o'tar, shu sababdan ham bolalar
ruhiyatida kibr yaqqol namoyon bo'ladi. Buni
Zafarning o'zidan yaxshi o'qiydigan sinfdoshlarini
ko'rolmasligida sezish mumkin.
Bolalarning ongi dastlab oq qog'ozdek bo'ladi. Siz unda
nimani chizsangiz bola ruhiyatida shu narsa bo'y
ko'rsatadi. Bolalarning tarbiya ko'rishida ota-oalari Said
va Yoqutxonning ta'siri katta.
Bolalar o'zlariga ota-onalaridan ko'proq vaqt
ajratishlarini xohlashardi, ulardan haqiqiy samimiylik
kutishardi. Ammo ota-ona farzand oldidagi burchlarini
faqat ularni yedirish va kiydirishda deb bilar edilar.
Asarda Zafar ota-onasi bilan faxrlanib yurar, ularga
o'xshashni juda istardi. Oilaning to'ng'ich farzandi
Akbar esa nogiron bo'lsa-da, ularning bu ishlari uzoqqa
bormadligini bilardi. Qaysarlik qilib ovqat yemas, oyisi
olib bergan kiyimlarni ham kiymas edi. Akbar qalbi
butun bola edi.
Mening hayotimni o’zgartiraolgan va
hayotga,ota-onaga muhabbat tuyg’usini
uyg’otaolgan asar bevosita X.To’xtaboyevning
“Mungli ko’zlar” asaridir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Internet saytlari
X.To’xtaboyevning “Mungli ko’zlar” asari