The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by Shavkat Sharofitdinov, 2023-03-24 05:43:56

калдиргоч 3-сон

калдиргоч 3-сон

2023-yil, 20-mart Qaldirg‘och3 (76)-son Intellektual, ma’rifiy, adabiy-badiiy bolalar jurnali Yurtning maftunkor go‘shalarida Jajji qalblardagi izlanish


2 Ko‘klam o‘yinlari Qalbimizni quvonchu shodliklarga to‘ldirib bahor zavqu shavqqa limmo-lim milliy o‘yinlarni yetaklab keldi. Xalq o‘yinlari har lahza hayotimizga jo‘shqinlik bag‘ishlamoqda. Ular qanchalar qadimiy, tarixi asrlar, ming yillarga borib taqalmasin, taraqqiyotning barcha bosqichlarida yangi davr an’analari bilan o‘zgacha ma’no va mazmun kasb etib, sayqallanib boraveradi. Qadim qadriyatlar va urf-odatlarni o‘zida mujassam etgan an’analar epchillik, chaqqonlik, topqirlik borasida toblashi bilan ahamiyatli. Bahor keldi, o‘lkamizga bahor keldi, Olam aro mayin-mayin sabo yeldi, Kunlar isib, ariqlarda suvlar to‘ldi, Bahor keldi, o‘lkamizga bahor keldi. Oq terakmi – ko‘k terak Bolalar o‘yinlarida shu bilan birga hazil-mutoyiba, shodliklarga oshno qizg‘in bahsu, bellashuvlar, musobaqalar ko‘zga tashlanadi. Bugun yana yurtimiz uzra milliy o‘yinlar, xalq sayllari bahor bayramlarini bezamoqda. Bir yoqda kurash, polvonlar bahsi avj olayotgan bo‘lsa, yam-yashil sayhonliklar chavandozlik o‘yinlari, uloq-ko‘pkari, poyga maydoniga aylangan. “Kim oladi-yo”, “xo‘roz urishtirish”, “oq terakmi – ko‘k terak”, “to‘ptosh”, “chillak”, “arqon tortish” o‘yinlarini aytmaysizmi? Ularda o‘g‘il-qizlar mahoratini ko‘zko‘z etayotgan bo‘lsa, bolalarning o‘zlari yasagan turfa xil varraklar samoni to‘ldirgan.


3 Tilaklar Men koʻp tilak tiladim: avvalo yurtimizda tinchlik boʻlsin, ota-onam sogʼ boʻlsinlar, oʻrtoqlarim koʻp boʻlsin, baholarim “besh” boʻlsin, ustozimiz doim xursand boʻlsinlar.... Shunday qilib, sumalak pishdi va men uni barcha yaxshi koʼrgan insonlarimga ilindim. Avvalo, ustozimga, sinfdosh oʻrtoqlarimga. Sumalak bilan birga tilaklarimni ham ularga ulashdim. Husniyabonu OMONALIYEVA, Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 53-umumta’lim maktabining 2-“D” sinf oʻquvchisi Oq terakmi – ko‘k terak Xullas, yurtimizda bahor kezmoqda. Ko‘klam zavqidan chetda turmang, saylga qo‘shiling. Qani, boshladik, “Kim epchilu kim chaqqon?” Oʻrtoqlarim koʻp boʻlsin, baholarim “besh” boʻlsin Oʻlkamizga Navroʻz bayrami yaqinlashgani sari barcha mahallalarda sumalak pishiriladi. Hadicha holamnikida sumalak boʻlayotgani sababli biz ham Muslima singlim bilan bordik. U yerda katta qozonda sumalak pishirishga tayyorgarlik boshlangan edi. Holam bizga mayda toshlardan terib kelishimizni buyurdilar. Biz singlim bilan anchagina tosh terib keldik. Holam har bir toshni tilak aytib, yuvib- tozalab, qozonga solishimizni aytdilar.


4 Jajji qalblardagi izlanish Ilm maskanlarida Soʻlim havo, togʻ yonbagʻridagi moʻjazgina ilm maskaniga shu oʻquv yilida qadam qoʻygan boʻlsa-da, ta’lim olishga, oʻrganishga astoydil kirirshib ketgan jajji oʻgil-qizlardagi havas va ishtiyoqni koʻrib, hayratlanasiz. Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 29-umumta’lim maktabining 1-“A” sinf oʻquvchilari ana shunday iqtidor egalari. Shuning uchun ham ular barcha sohada ilgʻor: ham sportda, ham ijodda musiqayu san’at borasidagi izlanishlarini aytmaysizmi? Umsinoy Ortiqova rahbarlik qilayotgan 1-sinf oʻquvchilari jajji qalblariga katta maqsadlarni jo etib, kelajak sari intilmoqdalar. Bunga biz bilan birgalikda Siz ham shohid boʻling. Jumladan, Ifora Madumarova turfa buyumlar yashashga qiziqadi. Rangli qogʻoz deysizmi, munchoqli bezak deysizmi, barchasiga qoʻli keladi. Bayramlarda boshqa dugonalariga ham ana shunday sovgʻalar ulashib turadi. Sevinchoy Rahmatullayevaning esa oʻqib-oʻrganish, bilim olish jonu dili. Rasm chizishga qiziqadigan ajoyib iqtidor egasi Oygul Rahmatullayeva multfilmlarni juda yaxshi koʻradi. Xudoyberdi Sharopov biroz shoʻx boʻlsa-da, barcha fanlarni yaxshi oʻzlashtiradi. Dilnura Gʻulomjonovaga ona tili darsi judayam yoqadi, Hojiakbar Nabijonov sinfning eng faoli boʻlishga intiladi. Dilafruz Yoʻldoshboyeva barcha tadbirlar ishtirokchisi


5 Jajji qalblardagi izlanish boʻlsa, Mubina Moʻminbekova quvnoqligi bilan barchada ijobiy taassurot qoldira oladi. Shodiyona Nuraliyeva hammaga mehribon, Baxtibek Sharifjonov judayam qat’iyatli oʻquvchilardan, Magʻrurbek Abdujabbarov oʻziga xos salohiyat egasi. U she’riyat va matematikaga qiziqadi. Ibodulla Murodullayev jiddiy va kamgap koʻrinsa-da, juda samimiy va iqtidorli oʻquvchilardan biri. Atigi 12 nafar oʻquvchi tahsil oladigan bu sinfga hamma havas qiladi. Ularning inoqligi va bilimi maktabdagi barchaga ibrat, oʻrnak va namuna. Ezgu istaklarni dilga joylab kelajak sari dadil parvozga chogʻlangan jajji iqtidorlar zabt etadigan manzillar oydin boʻlsin. Asmonur REJABBOYEVA


6 Men tanlagan kasb Kimyogar boʻlaman Bir sinfda 30 oʻquvchi oʻqisak, hamma har xil kasbni egallash haqida orzu qiladi. Ya’ni, 30 oʻquvchi - 30 ta kasb egasi. Kimdir muhandis, kimdir uchuvchi, yana kimdir oddiy shifokor boʻlishni xohlaydi. Men hech kimnikiga oʻxshamaydigan kasbni egallash haqida koʻp oʻylayman. Uzoq vaqtdan buyon kasblar haqida ma’lumotlar yigʻib, oʻzimga eng ma’qulini tanlash haqida bosh qotirardim. Endi esa qaysi kasb egasi boʻlishim aniq. Kimyo boʻyicha hali hech kim yaratmagan ixtirolarni yarataman, degan katta maqsadim bor. Bir soʻz bilan aytganda, kimyo boʻyicha olima boʻlmoqchiman. Butun dunyoga daxldor boʻlgan kashfiyotchilar izlanishlar olib boradigan olimlar markazi ochishni ham rejalarimga qoʻshganman. Bu markaz taxminan 3 km. balandlikda togʻlar bagʻrida joylashgan boʻladi. Oʻsha joyda hamma davlatlardan kelgan olimlar bilan kashfiyotlar, ixtorolar izlanishlar ustida ish olib boramiz. Hozirda esa ilm maskanimda ustozimdan kimyo sirlarini puxta oʻzlashtirishda davom etmoqdaman. Farangiz TOHIROVA, Uchqoʻrgʻon tumanidagi 1- umumta’lim maktabining 9-sinf oʻquvchisi


Abdusattorov Nodirbek 2011-yil, 7 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘olib chiqdi. 2012-yilda Sloveniyaning Maribor shahrida shaxmat bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 8 yoshgacha bo‘lganlar toifasida g‘olib bo‘ldi. 2014-yilda 9 yoshida Toshkentda Georgiy Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan 8-turnirda ikki grossmeyster Andrey Jigalko va Rustam Husnutdinovni mag‘lub yetib, klassik vaqt sinovida grossmeysterni mag‘lub etgan yeng yosh o‘yinchilardan biriga aylandi. Iqtidor Vunderkind lar bilan tanishtiramiz 2015-yil aprelda, 11 yoshida FIDE “Top 100 o‘smir” ro‘yxatiga kirdi va ushbu ro‘yxatga kirish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. 2015-yilning noyabrida Portu Karasda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 12 yoshgacha bo‘lganlar toifasida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. 2017-yil oktyabr oyida Chigorin memorialida uchinchi o‘rinni egalladi. Ushbu turnir davomida Nodirbek o‘z reytingini 2500 balldan oshirib, grossmeysterlik normasini bajardi. 2017-yil 29-oktynabrda 13 yoshida shaxmat bo‘yicha grossmeyster bo‘ldi. 2021-yil dekabrda tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. 2022-yil avgust oyida Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-shaxmat olimpiadasida chempion bo‘ldi. Men tanlagan kasb 7 Kimyogar boʻlaman


8 Yoshlar turizmi Yurtning maftunkor go‘shalarida Ozod va obod diyorimizning har go‘shasi betakror, tengsiz va maftunkor. Bejizga shoir Hamid Olimjon “O‘zbekiston” she’rida uni: “O‘xshashi yo‘q bu go‘zal bo‘ston, Dostonlarda bitgan guliston”, deya tarannum etmagan. Men Surxondaryoning Boysiniyu, Sangardagi, Jizzaxning Zomin, Bahmalu Sangzori, Farg‘onaning Marg‘ilon, Rishtonu Quvasoyi haqida yaxshi bilaman. Sizlar bilan Rishton, Sangardak va Bahmal haqida bilganlarimni o‘rtoqlashishni lozim topdim. RISHTON Rishton qo‘shni Farg‘ona viloyatining shundoqqina Qirg‘izistonga tutash tumanlaridan sanaladi. Qadimiy hunarmandlar maskani sifatida uning nomi yetti iqlimga ketgan. Ayniqsa, Rishton azal-azaldan kulolchlik san’ati ravnaq topgani bilan dovruq qozongan. Chinni idishlar, sopol buyumlarni mahorat bilan ishlashda rishtonliklarga yetadigani yo‘q.


9 BAXMAL Baxmal so‘lim tabiati bilan betakror Jizzaxning buloqlar oshyon topgan makoni. Shunday so‘lim, shunchalar salqinki, hatto yoz oylarida ham muzbek havodan etingiz junjikishi, tabiiy Baxmalda. Unda ko‘z ochgan buloqlarning shivir-shiviri, shaldirab qo‘shiq kuylashi ajib yoqimli onlarga oshno etadi. Shunday kezlarda sevimli shoirimiz Muhammad Yusuf: “Bahorda Bahmalda tug‘ilgan qo‘zing, Arab ohusiga alishmasman men”, deganida nechog‘li haq ekaniga iqror bo‘lasiz. SANGARDAK Sangardak Surxondaryoning tog‘larga tutash, purviqor qoyalar, samoga yondosh balandlikda joylashgan betakror go‘shalaridan. Sangardakka fasli bahor, ayniqsa, o‘zgacha zeb beradi. Baland qoyalardan tog‘u toshlarga urilib, ajib musaffolik va epkin baxsh etib tushuvchi sharsharani aytmaysizmi? Chuchmoma, lolaqizg‘aldoqlardan qirmizi tus olgan bepoyon kengliklar uzra boychechaklar bahor epkinida mayin tebranib, alyorlar aytayotganini kuzatganmisiz? Shunday zavqqa oshno bo‘lishni istasangiz, albatta, Sangardak tomonlarda bir bo‘ling. Aziz, tengdoshim! Yurtimizning betakror go‘shalari uzra sayohatimiz Sizga yoqdimi? Siz serquyosh diyorimizning qanday diqqatga sazovor joylarini bilasiz? Ularning qay birida bo‘lgansiz? Taassurotlaringizni biz bilan o‘rtoqlashing! Maktublaringizni kutamiz. Shahnoza UMATALIYEVA, Norin tumanidagi 23-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi


Hayvonot bogʻidagi kamtarona tushlik 10 Yuqsiz idishlar Yashirin rasmlar Yana taroq, choʻmich, qalam va paypoqni toping. Muzqaymoq konvert Beysbol toʻpi Toj Oʻram ip Kanoe Kosa Saqichli konfet Chizgʻich Limon boʻlagi


11 Hayvonot bogʻidagi kamtarona tushlik Taomnoma Spagette Olm Sut Past tomonda koʻrsatilgan buyumlarni topib, rasmni boʻyang Golf oʻyini uchun dasta Vafli Bosma mix Elf bosh kiyimi Xokkey klyushkasi Qoʻziqorin Banan Bolgʻa Igna Qoʻngʻiroq Pitsa boʻlagi Bumerang Yo-yo Shirinlik Qisqich Yelkan


12 Bilasizmi? Dunyo bo‘yicha birinchi tramplin Norvegiyaning poytaxti Oslo shahridagi Xolmenkollen tramplini hisoblanadi. Birinchi chang‘i sport turi musobaqasi 1892-yilda bo‘lib o‘tgan. O‘sha vaqtda tramplin 60 metr balandlikni tashkil qilardi. Ixtirolar, garoyibotlar „Rubik kubi“ (omma orasidagi varianti Kubik-Rubik; dastavval „Magic Kub“ kabi nom bilan atalgan, ) — mexanik boshqotirma, 1974-yili vengriyalik haykaltarosh, mason, vunderkind, arxitektura o‘qituvchisi Erno Rubik tomonidan o‘ylab topilgan. Yer gazsimon choyshab - havo bilan o‘ralgan. Uni ko‘rib ham, ushlab ham bo‘lmaydi. Biz havo bilan nafas olganimizda uni sezmaymiz ham. Uning tarkibida odam va jonivor hayoti uchun zarur kislorod, shuningdek, azot va karbonat angidrid bor. Yerni o‘rab olgan havo qobig‘i atmosfera deyiladi. Yerdan 700 kilometr balandlikda kosmik fazo boshlanadi. Ob-havo hodisalari stratosfera sathidan pastda sodir bo‘ladi, uning eng quyi qismida ozon qatlami joylashgan. Meteoritlar mezosferadayoq yonib ketadi. Bir yilda Yer sayyorasi Quyosh atrofida deyarli milliard kilometr masofani bosib o‘tadi. Yer o‘qi orbitaga nisbatan biroz qiyaroq joylashgan. Shu tufayli Quyosh yil mobaynida Shimoliy va Janubiy yarimsharlarni turli kuch bilan isitadi. Bizning kengliklarimizda to‘rt fasl (bahor, yoz, kuz, qish) ning mavjudligiga asosiy sabab ana shu.


Yosh rassom Aisher MIRFAYZIYEV, Chust tumanidagi 50-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Ra’no ABDUVOITOVA, Uchqo‘rg‘on tumanidagi 14-umumta’lim maktabining 7-”V” sinf o‘quvchisi Muzaffar UMAROV, Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 51-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Munisa ERGASHEVA, Namangan shahridagi 15-IDUMning 10-sinf o‘quvchisi 13 Ixtirolar, garoyibotlar Mehribon TO‘RABOYEVA, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 56-umumta’lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi Marvarid SHUHRATOVA, Pop tumanidagi 37-umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi


14 Zooklub Sekin, lekin aniq Ba’zi hayvonlar borki, ular hech qachon poygada g‘alaba qozona olmaydi va hech qachon tezlik bo‘yicha chempion bo‘lolmaydi. Shilliqqurtlar quruqlikdagi eng sekin harakatlanuvchi mavjudotlardir: ularning tezligi daqiqasiga 10 sm.ni tashkil etadi. Hayvonlar turli sabablarga ko‘ra sekin harakat qiladilar. Toshbaqalar kabi og‘ir, katta hajmli mavjudotlar o‘zlarining kattaligi va vazni tufayli sekin harakat qiladilar. Salyangozlarning bo‘g‘imlari yo‘q, bu ularning harakatini cheklaydi, yalqovlarning esa energiya darajasi past va tez charchaydi. Har kimning o‘z muammolari bor! Ammo bu mavjudotlarning barchasi o‘zlarining sekin harakatlanishini kamchilik deb bilishmaydi. Salyangozlar bellashuvi Salyangozlar poygasi bo‘yicha jahon chempionati har yili Norfolkda (Buyuk Britaniya) o‘tkaziladi, unda 200 nafar ishtirokchi salyangoz tezligida harakatlanadi. Tashqi qizil doiraga birinchi yetib kelgan salyangoz bir krujka salatni yutib oladi! Banan shilliqqurti galapagos toshbaqasidan 45 marta sekinroq harakatlanadi


15 Sekin, lekin aniq Yalqov sutemizuvchilarning eng sekini bo‘lib, u yerda bir daqiqada atigi 3,5 metrni bosib o‘tadi. Buning sababi shundaki, yalqovlarning ratsioni barglardan iborat bo‘lib, bu ularga juda kam energiya beradi. 0.21 km/s. Galapagos toshbaqasi eng sekin sudralib yuruvchilardan biri bo’lib, bir daqiqada atigi 4,5 metr tezlikda harakatlanadi. Tez harakat qilish uchun katta “kiyimi” unga to‘sqinlik qiladi. 0.27 km/s. Banan shilliqqurti kabi shilliqqurtlar eng sekin quruqlikdagi hayvonlardan biri bo‘lib, bir daqiqada 10 sm. tezlikda harakatlanadi. Ammo ba’zi mikroskopik mavjudotlar, masalan, shilimshiqlar bundan ham sekinroq yurishi mumkin! 0.006 km/s. Bog‘ salyangozi daqiqasiga 83 sm. tezlikda harakat qiladi, chunki uning faqat bitta shilimshiq oyog‘i bor xolos. AYTGANCHA... Yer yuzida juda ko‘p sekin harakatlanuvchi hayvonlar mavjud, ammo okeanda juda sekin harakatlanadigan ko‘plab mavjudotlar ham bor. Dengiz shimgichlari kuniga 1 mm. harakatlanadigan eng sekin hayvonlardir. Mitti dengiz otlari eng sekin baliq, ular soatiga 1,5 metr tezlikda suzadi. Dengiz yulduzlari minutiga 30 sm. tezlikda harakatlanadi Grenlandiya akulalari atigi soatiga 1,2 km.ni bosib o‘ta oladi.


16 Ingliz tilini o‘rganamiz


17 Ingliz tilini o‘rganamiz


“Hayot Qurbaqalar gulim” orasida Qurbaqalar orasidan toshbaqani va 12 ta pashshani toping 18


7 Mening birinchi kitobim “Hayot gulim” Maftunkor satrlar bitish ilhomga oshnolik zavqu shavqining betakror mahsulidir. Unda barcha ezgu tuygʻular turfa gullar singari yashnaydi, faqat munavvar oʻylargina qanot yozadi. Katta maqsadlar ushaladi. Adabiyotning, ijod olamining shaydosi ekanimdan oʻzimni baxtiyor sezaman. Bolalik kezlarimdanoq hayotim buyuk adiblarning kitoblarini mutolaa qilishu ulardan ilhomlanib, she’rlar yozish bilan zavqli oʻtmoqda. Yuqori sinfga oʻtgach olamni yanada kengroq anglab serqirra mavzular boʻyicha izlanyapman. Dunyoqarashim yuksalib, tafakkurim kengayib borayotganini payqagan yaqinlarim meni hamisha ruhlantiradilar. Shuning maxsuli sifatida yaqindagina oʻzim yozgan she’riy mashqlarim jamlangan “Hayot guli” nomli ilk toʻplamimni oʻquvcilarga tuhfa etdim. Unda samimiy tuygʻularni jo etgan she’rlarim jamlangan. Ilm maskanimizda oʻtkazilgan taqdimotda barcha oʻquvchilarning ijodimga xayrixohligi menga yanada ishtiyoq va ishonch bagʻishladi. Bundan zavqlanib, betakror olam boʻlgan ijod boʻstonida yanada astoydil izlanyapman. Barnoxon HOSHIMJONOVA, Uychi tumanidagi 27-umumta’lim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Muharrir: Murodbek ESONBOYEV Muassis: «Kamalak magazine press» MCHJ Jurnal Namangan viloyat matbuot va axborot boshqarmasida 08-0077 raqami bilan 2017-yil, 1-iyunda ro‘yxatdan o‘tgan. Mualliflar fikri tahririyat nuqtai nazaridan farqlanishi mumkin Jurnal «Kamalak magazine press» MCHJ tahririyati kompyuter markazida sahifalandi. Sahifalovchi: Sh. SHAROFITDINOV. MANZILIMIZ: Namangan shahri, B. Mashrab ko‘chasi, 6-uy.Tel: 69 227-19-04, Elektron pochta: [email protected] Bahosi kelishilgan narxda. QALDIRG OCH , Intellektual, ma`rifiy, adabiy-badiiy bolalar jurnali 2018-yil, 15-yanvar 1-son «Zarhal bosmaxonasi» MCHJda chop etildi. Korxona manzili: Namangan shahri, Davlatobod tumani «Porloq» MFY. Jurnal har oyda bir marta ofset usulida chop etiladi. Qog‘oz bichimi: 60x841/8 Shartli bosma tabog`i: 1,87. Nashriyot bosma tabog`i: 2. Nashr ko‘rsatkichi - 5077. Adadi: 11572 Buyurtma: 0032 Bosishga topshirish vaqti: 17.00. Topshirildi: 16.50. Nashr uchun mas’ul: Asmonur REJABBOYEVA Materiallarni tayyorlashda Internet ma`lumotlaridan foydalanildi. TAHRIR HAY`ATI: Iqbol MIRZO, Umida ABDUAZIMOVA, Dilshod RAJAB 19


20Mayda hasharotlar o‘yini Start Marra


Click to View FlipBook Version