The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by Shavkat Sharofitdinov, 2023-09-29 02:30:56

7-son qaldirgoch

7-son qaldirgoch

Qaldirg‘och7 (80)-son Intellektual, ma’rifiy, adabiy-badiiy bolalar jurnali 2023-yil, 24-iyul IBRATBEKNING MENTAL ARIFMETIKADAN IBRATLI NATIJALARI Sifatli mutolaa shartlari


2 Investitsiya dasturiga asosan Pop tumanidagi 2-maktabga 5 mlrd. 316 ming soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan. 360 oʻrinli oʻquv binosi mukammal ta’mirlanib, yana 200 oʻrinli qoʻshimcha bino qad rostlamoqda. Inshoot qurilishi sentyabr oyida yakunlanib, foydalanishga topshiriladi. BUNYODKORLIK ISHLARI QIZGʻIN AMALGA OSHIRILMOQDA Istiqlol inshootlari Mazkur tumanning “Kelachi” MFY hududida 12 mlrd. 800 mln. soʻm davlat investitsiya mablagʻlari hisobiga 3 qavatdan iborat, ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan zamonaviy maktab barpo etilmoqda. Muassasa 14 ta oʻquv xonasi, oshxona, yotoqxona, sport zali va xorijiy tillarni oʻqitishga moʻljallangan maxsus sinf xonalarga ega boʻlib, dargohda 400 nafar oʻquvchiga jahon ta’lim standartlari asosida bilim beriladi. Hozirda qurilish-bunyodkorlik ishlari jadal olib borilmoqda. Chamanoy ISROILOVA


3 Kitob mutolaasi haqida soʻz yuritilganda hech birimiz uni oʻqishdagi oʻziga xos jihatlarga e’tibor qaratmaymiz. Soʻnggi 2 yil davomida koʻp kitob oʻqish meni bu borada maxsus tajriba toʻplashimga sabab boʻldi. Chunki aynan mutolaa paytlarini alohida rejalashtirdim. Bunda vaqtga, uy sharoitiga va atmosferaga ahamiyat berdim. Natijasini esa “Yosh kitobxon” respublika tanlovining shahar bosqichiga qatnashganimda chuqurroq angladim. Ya’ni tanlovda gʻoliblikni qoʻlga kiritdim. Shundan soʻng kitob oʻqish boʻyicha alohida kun tartibi ishlab chiqdim. Unga koʻra: – Har tong soat 5:00 dan – 6:00 gacha kitob oʻqish – Yuqori kayfiyatda boʻlish – Mutolaa paytida doim dars stolida oʻtirish Sifatli mutolaa shartlari – Xona yorugʻligini e’tiborga olish – Mutolaa paytida toʻq va xotirjam holda boʻlish Kitob oʻqish uchun tinch joyni tanlash kabilar juda ham muhim ekanini tushundim. Har qanday muvaffaqiyat uzluksiz davom etgan mehnat samarasi hisoblanadi. Demak, kitob oʻqishni xuddi ovqatlanish, uxlash va boshqa zaruriy ehtiyojlar safiga kiritish ayni muddao. Olima QAMBARALIYEVA, Namangan shahridagi 43-umumta’lim maktabining 8-sinf oʻquvchisi Kitobxon qiz kundaligi


4 Ta’tildagi rejalarim Men hayotimning har bir daqiqasini ezguliklar bilan oʻtkazishga intilaman. Kitoblarda oʻqiganimday hammasi yaxshilik bilan tugashiga, odamlar oʻzlarining xatolarini toʻgʻirlashlariga chin dildan ishonaman. Balki shuning uchun ijod olamining vakilasidirman. Yozgi ta’tilda oʻz oldimga qoʻygan rejalarim talaygina. Barcha ijodiy ishlarimni jamlab, mualliflik kitobimni nashrdan chiqarmoqchiman. Roʻyxatimdagi 100 ta kitobni oʻqib tugatishni esa allaqachon boshlab yuborganman. Shunday qilib, bu yoz kamina uchun esda qolarli kechmoqda. Odina HAMIDOVA, Chust tumanidagi 12-umumta’lim maktabining 9-sinf oʻquvchisi Ishtiyoq Maktabimizdagi sinfdosh-u tengdoshlarim bilan yozgi ta’tilda ham muntazam xabarlashib turibman. Eng muhimi, ta’tilni maroqli oʻtkazishga astoydil harakat qilyapman. Hozirda musiqa maktabidagi mashgʻulotlarim bilan bandman. Yaqinda viloyatimizda tashkil etilgan “Yoshlar oyligi” doirasidagi tadbirlarda faol qatnashdim va taqdirlandim. Bu men uchun oʻzimga boʻlgan ishonchni orttirdi. Endilikda teatr aktyorligi yoʻnalishida ham iqtidorimni sinab koʻrmoqchiman. Bu boʻyicha mustaqil tarzda videodarslarni ham kuzatyapman. Oʻzim esa qisqa videolarda suratga tushyapman. Marjona ABDUXALILOVA, Davlatobod tumanidagi 52-umumta’lim maktabining 9-sinf oʻquvchisi Maqsadim ulkan Zavq


5 1. “Peshonasiga televizor yopishgan bolaning sarguzashtlari” - Xudoyberdi To‘xtaboyev 2. “Buvamning oshqozonidagi mamlakat” - Qobiljon Shermatov 3. “Dahshatli Meshpolvon” - Anvar Obidjon 4. “Koinot javohiri” - Sa’dulla Quronov 5. “Bolalarga muhim narsa haqida” (“Детям о важном”) - Natalya Remish 6. “Kel, do‘st bo‘lamiz! Bolani do‘st orttirishga qanday o‘rgatish mumkin?” - Xilari Pereyra 7. “Zumrad shahar parisi” (“Фея изумрудного города”) - Sergey Suxinin 8. “Ahamiyatga egasan” - Kortni Makavinta va Andrea Vander Playm 9. “Kumush qashqa” - Artur Konan Doyl 10. “Tom Soyerning boshdan kechirganlari” - Adib Mark Tven Respublika bolalar kutubxonasi mutaxassisi bolalarga yozgi ta’tilda o‘qish uchun 10 ta kitob tavsiya etadi:


NAMANGAN VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI NAMANGAN VILOYATI MNamanganda boDALIL VA RAQAJahon chempionlari – 15 nafar Oʻzbekiston chempionlari – 625 nafar Viloyatdagi ta’lim muassasalarida oʻquvchi-yoshlar ixtiyoridagi sport inshootlari soni – 2300ta Oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli kirish huquqini qoʻlga kiritgan sportchi-oʻquvchilar – 42 nafar 2023-yilda bunyod etilib, yangi o‘quv yilida foydalanishga topshiriladigan sport zali soni – 1ta 6


MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI olalar sporti: AMLARDA 20 turdagi sport seksiyalarida shug‘ullanayotgan jami o‘quvchilar soni – 108702 nafar “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati tomonidan joriy yilning olti oyi davomida 1800 ta sport musobaqasidagi g‘olib va sovrindor o‘quvchilarga berilgan sovg‘alar miqdori - 120.000 000 so‘m “Umid nihollari” sport musobaqalarining saralash bosqichida qatnashgan o‘quvchilar soni – 413858 nafar “Besh tashabbus” doirasidagi sport yo‘nalishlariga qamrab olingan o‘quvchilar soni – 189200 nafar Viloyatdagi maktablarda faoliyat yuritayotgan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari soni – 2277 nafar 7


Yurtimizda turli bayramlar ko‘p. Ayniqsa, oilaviy muhim sanalar kichik farzandlar uchun unutilmas tarzda nishonlanadi. Yosh bolalar, ukalarimiz, jiyanlarimiz xursandligini ko‘rib, ularga borini bergimiz keladi. Fayzli dasturxon atrofida va nurli chehralar qurshovida kichkintoylarga zavq bilan bayramlikka atalgan sovg‘alar ulashamiz. Mahallaning ko‘chalari yanada fayzga to‘ladi. Hammaga hayajon va yaxshi kayfiyat yuqadi. Shu lahzalarda har birimizning bolalik chog‘larimiz yodga tushadi. Qaysidir tantanadan bir kun avval kechasi uyqumiz qochardi. Subhidam qorong‘usida otamiz va katta akalarimiz qadamini poylardik. Biror joyga ketgan mehribonlarimizga intizorlik bilan ko‘zimiz to‘rt bo‘lardi. Mehr bilan uzatilgan pullarni sanab, boshimiz osmonga yetardi. O‘sha chog‘da bizdan baxtli odam yo‘q edi dunyoda. Nonushtadan so‘ng qarindoshlarimiznikiga beg‘ubor umid bilan chopardik, o‘rtoqlarimizga yiqqan pullarimizni ko‘zko‘z qilib maqtanardik. Men ham boshqa tengdoshlarim qatori qadrli ayyomlarni intiqib kutardim. Bolaligim qiyinchilik yillariga to‘g‘ri kelgani uchunmi, har holda to‘plagan pulimga uyimizga non yoki biror yegulik xarid qilardim. Qog‘oz pullar va tangalarni deyarli maktab uchun o‘quv qurollari sotib olishga sarflardim. Qaniydi, tez-tez shodiyonalar bo‘lsa-yu, cho‘ntakka tushgan mablag‘dan daftar-ruchkamizning kamini to‘ldirardim, degan niyatda shirin entikardim. Shaxsiy kutubxonamdagi aksariyat kichik hajmdagi kitoblarni ham shu hadyalar hisobidan olganman. O‘sha kunlardan va tarbiyadan roziman, chunki hozir yomon bo‘lmadik! Yangi davr bolalari-chi, ular har xil munosabat bilan jamg‘argan pullarini nimaga ishlatishyapti?! Mahalladagi do‘konlarni jiyanim bilan erinmay aylanaman. Ertalabdan ularning ishi yurishgan, qo‘li qo‘liga tegmaydi. Tijorat joyi atrofi turli o‘yinchoqlar-u, bir martalik sifatsiz mahsulotlar, ichimliklarga to‘la, hatto ularning ko‘chma yoymasi yo‘l bo‘yigacha chiqqan. Biror do‘kondan daftar, kitob, ruchka sotib olgan bog‘cha tarbiyalanuvchisi va maktab o‘quvchisini ko‘rmadim. Biz esa ularning shuncha pulni bir kunlik narsalarga ajratayotgan xarajatlariga oddiy voqea sifatida qaraymiz. Mayli, yayrab qolishsin, deymiz. Ha, ayb o‘zimizda, tushuntirishga hafsalamiz yo‘q yoki dilbandlarimizni o‘z istagiga moyil qo‘yib beramiz. Axir yoshlikdan tejamkorlik fazilati shakllantirilmaydimi? Umuman, turli ommaviy bayramlarda, sayllarda bolalarimiz, ukalarimiz, jiyanlarimiz qo‘lidagi mahsulotlarga va sifatiga e’tiborli bo‘laylik. Bu ham bir chiroyli ma’naviyat, asl savdo madaniyati, ishonchli salomatlikdir! Yahyobek KAMOLOV, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursanti 8 Mulohaza Farzandlarimiz pullarini nimalarga sarflashmoqda?


Iftixor 9 Iqtidorli o‘quvchi Ibratbek Jamoliddinov hozirda Namangan tumanidagi 8-umumta’lim maktabining 3-«B» sinfini bitirib, 4-sinfga o‘tadi. Yaqinda «Registon» o‘quv markazi Namangan filialida mental arifmetika kursini muvaffaqiyatli tamomladi. Unga umumiy 94 ball bilan yuqori natija yozilgan sertifikat topshirildi. U 2 yil davomida avval shahardagi «Neyron» o‘quv markazida, so‘ngra viloyat markazida joylashgan, ochilganiga bir yil bo‘lgan va reytingi baland «Registon»da qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish amallarini tezkor-u oson bajarish sirlarini mukammal o‘rgandi. IBRATBEKNING MENTAL ARIFMETIKADAN IBRATLI NATIJALARI - Menga zamonaviy bilim bergan va qo‘llab-quvvatlagan, sho‘xliklarimni ko‘targan barcha fidoyi ustozlarimga - birinchi o‘qituvchim Nilufar Mirzayevaga, mental arifmetika bo‘yicha trenerlarim Umida va Xurshida Olimjonovalarga, Mushtariy Po‘latovaga alohida rahmat aytmoqchiman, - deydi Ibratbek. - Xalqaro olimpiadalarga qatnashib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdim. To‘g‘risi, xotiram va mantiqiy, tanqidiy fikrlashim ancha kuchaydi. Endi menga matematika fanini o‘zlashtirish qiyin emas. Prezident maktabiga kirish uchun tayyorgarlikni ham boshlab yubordim. Shu maqsadda ingliz tili kursiga qatnayapman. Sharoit yaratib berayotgan ota-onamdan juda minnatdorman. Ha, «Registon» o‘quv markazida «Mental arifmetika» kursining ilk qaldirg‘ochlari yorqin hayot va yanada ulkan muvaffaqiyatlar sari parvoz qildilar. Ular hisob-kitobda hatto kompyuterlarni ortda qoldirishmoqchi. Agar siz ham farzandingiz aqlli, dono, zehn-idroki zo‘r rivojlanishini istasangiz, mental arifmetika kurslariga bering. Sertifikatlar muborak, aziz o‘g‘il-qizlarimiz, barchangizga omad tilaymiz! Orifjon JO‘RAYEV


Joriy yilning olti oyi davomida byudjetdan tashqari tushgan mablagʻ 117086000 soʻm NAMANGAN VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI VILOYAT “BARKAMOLMAKTABI FAOLIYANamangan viloyatiToʻgaraklar 783 ta Toʻgarak a’zolari 22836 nafar Jami pedagoglar 859 nafar 130 dan ortiq ko‘riktanlov va tadbirlarda 35500 nafar o‘quvchi ishtirok etdi 7 yoʻnalish Hunarmanmehnati – 15860 nafarOliy ta’lim mmaktabga tayy– 154 ta to‘gnafar oʻquvchViloyatdagi maktablar 13 ta Madan96 ta to‘nafa“Barkamol avlod” bolalar maktablarida daromad topayotgan oʻquvchilar 40 nafar mioXayriya loyihalari 25 ta 10


Xalqaro miqyosdagi tanlovlarda erishilgan sovrinli oʻrinlar38 ta L AVLOD” BOLALAR ATI RAQAMLARDA i maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati “Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyati ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishi 4361 marotaba Gazeta va jurnallarda 40 marotaba Televideniye va radio 12 marotaba Texnika, konstruktorlik va modellashtirish - 104 ta to‘garakda 3070 nafar oʻquvchi Jismoniy tarbiya va sport – 63 ta ndchilik va qo‘l to‘garakda 1832 nafar oʻquvchi 90 ta to‘garakda r oʻquvchi Turizm va ekologiya – 132 ta muassasalari va to‘garakda 4174 nafar oʻquvchi yorlov kurslari arakda 4104 i Xorijiy tillar – 44 ta to‘garakda 1066 nafar o‘quvchi niyat va san’at – ‘garakda 2730 ar oʻquvchi Respublika iqyosidagi sovrinli oʻrinlar 41 ta Amalga oshirilgan targʻibot-tashviqot ishlari 404 ta 11


12 Hikoya Maqtov olgan kitoblar turgan ekan, koʻrib sevindi. Asta qoʻliga olib, koʻzlariga surtib, yangidek qilib oʻrabdi. Kitoblaridan uzr soʻrabdi. Kitoblar ham mamnun boʻlib, Izzatga bilim berishda davom etishibdi. Saflari kengayib boraveribdi. Komron BEKTEMIROV, Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 53-umumta’lim maktabining 2-sinf oʻquvchisi Bugun ustozimiz bolalarning kitoblarini tekshirdi. Navbat sinfdoshim Hoshimga keldi. Uning kitoblari oʻralgan, xuddi yangidek edi. Ustozimiz uning kitoblarini hammaga namuna qilib koʻrsatdilar, xullas, Hoshimning kitoblari maqtov oldi. Hoshim doʻsti Izzat bilan uyga qaytishdi. Yoʻlda ketishayotganda Hoshimning kitoblari Izzatning kitoblari tilga kirib, maqtana ketishdi: - Bugun biz maqtov eshitib, juda-juda xursand boʻldik. Sizlar-chi? - Yoʻq, biz maqtov ololmadik, - xafa boʻlishdi Izzatning kitoblari. Unga ilm-u odob bersak ham, bizga yaxshi qaramaydi, oʻzi xohlagan joyga qoʻyib ketaveradi. Ayniqsa, oshxonada koʻp qoʻldiradi. Bizni koʻp ranjitadi, - deb nolishdi. Ular ancha suhbat qurishdi. Gaplari nogahon Izzatning qulogʻiga chalindi. Izzat uyga kelgach, ovqat ham yemay uxlab qoldi. Tushida sumkasida bitta ham kitob qolmagan emish. Hammasi Hoshimlarnikiga ketib qolganmish. U oʻrnidan shoshib turib qarasa, kitoblari


13 Ertak 20 TA FARQNI TOPING Avtomobil ostida nechanchi raqam yashirilgan? Boʻsh kataklarga toʻplarning qanday va nechtaligini topib chizing.


14 Eng shoʻr suvli okean Geografik sayohat Geografiya darsida butun yer kurrasidagi mavjud suvli hududlarni oʻrganib chiqqanmiz. Shunda mening diqqatimni tortgani suvi eng shoʻr okean boʻlgan. Soʻng esa dunyo ensiklopediyalaridan okean haqidagi qoʻshimcha ma’lumotlarni oʻqiganman. Atlantika okeani butun dunyodagi ikkinchi eng katta okean. Maydoni 106 million kvadrat kilometrdan oshadi, bu sayyora yuzasining 22 foizini tashkil qiladi. Okean S harfiga oʻxshash shaklga ega Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika va Yevropaning Atlantika sohillari bor. Uning hududiga kiritilgan koʻplab dengizlarga tutashgan. Okean boshqa barcha okeanlar bilan birlashadi: shimolda Shimoliy Muz okeani bilan, janubi-sharqda Hind okeani bilan, janubi-gʻarbda Tinch okeani bilan. Uning oʻrtacha chuqurligi 3,9 kilometrdan oshadi. Puerto-Riko yaqinida joylashgan chuqur (koʻk tuynuk) okeanning eng chuqur nuqtasi, chuqurligi 8605 metr. Atlantika okeanining suvlari mavjud okeanlarning eng shoʻr suvi ekani bilan farqlanadi. Manbalarga qaraganda, okeanning shakllanishi 130 million yil oldin yuz bergan Pangea superkontinentining qulashi davrida boshlangan. Ya’ni Atlantika dunyodagi eng katta suv havzalari ichida Janubiy Okeandan keyingi eng yoshidir. Floraning koʻp qismi Atlantika okeanini Tinch okeanidan ajratib turadigan suv yuzasiga yaqin joylashgan. Sababi suvning yuqori harorati va turli xil shoʻrlanishdir. Sohil boʻyida marjon riflari va dengiz oʻtlari yashaydi. Bir-biridan qiziqarli shunday ma’lumotlarni bilgach, oʻsha okeanni oʻz koʻzim bilan koʻrishni niyat qildim. Farida HUSANBOYEVA, Norin tumanidagi 23-umumta’lim maktabining 9-sinf oʻquvchisi


15 krossvord 1. Zahiriddin Muhammad Bobur tugʻilgan yurt? 2. Z. M. Boburning otasi? 3. Z. M. Boburning onasi? 4. Z. M. Boburning qabri joylashgan shahar? 5. Z. M. Bobur 1526-yilda zabt etgan diyor? 6. Z. M. Boburning asari? 7. Mirzo Bobur tarjima qilgan asar? (Hoja Ahror Valiy) 8. Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur, Har kimki ... qilsa, ... topqusidur. Tuzuvchi: Norin tumanidagi 4-umumta’lim maktabining 5- “A” sinf oʻquvchisi Mahfiratxon ABDULHAKIMOVA A N D I J O N 1 2 3 5 7 8 4 6


16 Ingliz tilini o‘rganamiz


17


18 * Bu yil farzandim 1-sinfga chiqadi. Mikrohudud doirasida ariza topshirayotgan vaqtda taʼlim tilini tanlashda xato qilibman. Endi arizamni qanday tahrirlasam bo‘ladi? – Bunday holatda siz hujjat topshirgan maktabingizga borishingiz va ariza maktab tomonidan rad etilishi lozim. Shundan keyin moderatorlar tomonidan ariza tizimdan ham o‘chiriladi. So‘ngra maʼlumotlarni tekshirib, qaytadan mikro-hudud doirasida ariza topshirishingiz mumkin bo‘ladi. * Navoiy viloyatida doimiy ro‘yxatda turaman. Ayni vaqtda Toshkent shahrida istiqomat qilmoqdamiz. Farzandimning hujjatlarini yashash joyimga yaqin maktabga topshirmoqchiman. Ammo tizimda Toshkent shahridagi maktabni belgilashni imkoni bo‘lmayapti. Bunday holatda qanday yo‘l tutish kerak? – my.maktab.uz tizimidagi maʼlumotlar IIV bazasi bilan bog‘langan va talabgorlar doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan joylariga biriktirilgan mikro-hudud doirasida ariza topshira oladilar. Shu bois, siz Toshkent shahrida yashash joyingiz bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatdan o‘tib, so‘ngra ariza topshirishingiz mumkin. Shuningdek, o‘quvchi o‘rni, pedagog kadrlar bilan taʼminlanganligi, sinf xonalarining yetarli o‘quv mebellari bilan jihozlanganligidan kelib chiqib, umumtaʼlim maktablarining bo‘sh o‘rinlariga mikro-hududdan tashqari qo‘shimcha bolalar qabul qilinishi mumkin. Shunga ko‘ra, 1-avgustdan – 15-avgustgacha mikro-hududdan tashqarida joylashgan maktabning 1-sinfiga, agar ularda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lsa, farzandingizni qabul qilish bo‘yicha ariza yuborishingiz mumkin. * Ariza topshirayotgan vaqtda arizamning navbatini noto‘g‘ri tanlabman. Ariza navbatini qanday tahrirlasam bo‘ladi? – Bunday holatda ariza dastlab maktab tomonidan rad etilishi lozim. Shundan so‘ngra Siz qaytadan ariza navbatini tanlashingiz mumkin. ! Shu o‘rinda ota-onalardan ariza topshirayotgan vaqtda e’tiborli bo’lishni va barcha ma’lumotlarning to‘g‘ri to‘ldirilayotganini tekshirishlarini so‘raymiz. Call-markaz Qulaylik


Muharrir: Murodbek ESONBOYEV Muassis: «Kamalak magazine press» MCHJ Jurnal Namangan viloyat matbuot va axborot boshqarmasida 08-0077 raqami bilan 2017-yil, 1-iyunda ro‘yxatdan o‘tgan. Mualliflar fikri tahririyat nuqtai nazaridan farqlanishi mumkin. Jurnal «Kamalak magazine press» MCHJ tahririyati kompyuter markazida sahifalandi. Sahifalovchi: Sh. SHAROFITDINOV. MANZILIMIZ: Namangan shahri, B. Mashrab ko‘chasi, 6-uy. Tel.: 69 227-19-04, Elektron pochta: [email protected] Bahosi kelishilgan narxda. QALDIRG OCH , Intellektual, ma`rifiy, adabiy-badiiy bolalar jurnali 2018-yil, 15-yanvar 1-son «Zarhal bosmaxonasi» MCHJda chop etildi. Korxona manzili: Namangan shahri, Davlatobod tumani, «Porloq» MFY. Jurnal har oyda bir marta ofset usulida chop etiladi. Qog‘oz bichimi: 60x841/8 Shartli bosma tabog`i: 1,87. Nashriyot bosma tabog`i: 2. Nashr ko‘rsatkichi - 5077. Adadi: 3765 Buyurtma: 0054 Bosishga topshirish vaqti: 17.00. Topshirildi: 16.50. Nashr uchun mas’ul: Asmonur REJABBOYEVA Materiallarni tayyorlashda Internet ma`lumotlaridan foydalanildi. TAHRIR HAY`ATI: Iqbol MIRZO, Umida ABDUAZIMOVA, Dilshod RAJAB 19 Assalomu alaykum, men uchun juda ham qadrli boʻlgan “Qaldirgʻoch”im! Seni bir yildan koʻp vaqtdan buyon elektron sahifa orqali kuzatib boraman. Har bir sonda yoritilayotgan bir-biridan qiziqarli hikoya va ertaklar, boshqotirma va krossvordlar, shuningdek, sovgʻali viktorina savollari menga manzur boʻladi. Bu sovgʻali oʻyinda bir necha marta ishtirok etdim. Oʻzim kabi ijodkor tengdoshlarimning ijod namunalarini koʻrib, men ham yozgan she’rimni yuboryapman. Agar ma’qul kelsa, jurnalda koʻrishdan mamnun boʻlaman. Ha, aytgancha, oʻquv yili boshlansa, sen haqingda barcha sinfdosh doʻstlarimga aytib bermoqchiman. “Qaldirgʻoch” pochtasidan Bi limdon doʻstimga... Orzum mening uchqur ot, Hayotimga u qanot. Bir dam koʻzimni yumsam, Dengizga eltgin desam, Eltadi: “- Ey dengiz suv, Gʻamlarim barini yuv. Xayoldamas, hayotda Yashasaydim saroyda. Ota-onam-la birga, Sayohat qilsak qirga. Orzu qilib tolmayman, Qalbda olov yongayman. Yonimda boʻl, uchqur ot, Kelajakka sen qanot. Ikromjon IBROHIMOV, Andijon viloyati, Asaka tumanidagi 52-umumta’lim maktabining 6-sinf oʻquvchisi Orzum


20 Rasmda qancha odam bor? Avtomashinalar soni nechta? Qaysi do‘konlarni ko‘ryapsiz? Rassomning 7 ta xatosini toping. Mushuk - 4, xo‘roz - 8, eshshak - 2, ukki - 4, qurbaqa - 3, it - ? Sut Matbuot Maktab Qidirib ko‘ring! Spartada kuchli, epchil va chidamli jangchilarni ulg‘aytirishgan. Rasmdan 10 nafar spartalikni toping.


Click to View FlipBook Version