The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by Shavkat Sharofitdinov, 2023-10-05 06:40:29

bolalar dunyosi 19

bolalar dunyosi 19

Bolalar DUNYOSI Gazeta 2000-yil 8-yanvardan chiqa boshlagan. SOG`LOM AVLOD - BUYUK KELAJAK Muassis: Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi Sana 2023-yil 5-oktyabr, №19 (544) 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lganidek, Namanganda ham munosib nishonlandi. Viloyatdagi ustoz-muallimlar, maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari, o‘rta-maxsus va oliy ta’lim dargohlarida faoliyat olib borayotgan bir guruh fidoyi pedagoglar “Shodiyona” tantanalar majmuasiga taklif qilindi. Viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zoUstoz-murabbiylar sharaflandi si Shavkatjon Abdurazzoqov sharafli kasb egalarini, ular timsolida Namangandagi jamiki o‘qituvchi va murabbiylarni umumxalq bayrami bilan qizg‘in va samimiy muborakbod etib, el-yurt rivoji, yosh avlod kamoli yo‘lidagi ezgu ishlarida omad, muvaffaqiyatlar tiladi. Ibratli va mashaqqatli mehnati bilan e’tibor-u e’tirof qozonib kelayotgan bir qator o‘qituvchi va murabbiylarga mukofotlar, faxriy yorliqlar, esdalik sovg‘alari topshirildi. 49 nafar o‘qituvchi “Xalq ta’limi a’lochisi”, 12 nafari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni, 3 nafari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining, 33 nafari viloyat hokimining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlanishdi. Ustozlarni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar, Vatan, istiqlol, obod yurt odimlari tarannumidagi taronalar shodiyonaga yanada ko‘tarinkilik ulashdi. Mardonbek ESONBOYEV Muvaffaqiyat YASMINA OSIYODA IKKINCHI Malayziyadagi SEPANG trassasida tarixda ilk bor “FIA ASIA PACIFIC MOTORSPORT CHAM-PIONSHIP 2023” motorsport bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘ldi. Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlaridan (23 davlat) 5 ta yo‘nalishda 171 nafar sportchi qatnashib, ularning 15 nafarini O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari tashkil etdi. O‘zbekiston Respublikasi Avtosport va karting milliy federatsiyasi (NAFKU) FIA (Xalqaro avtosport federatsiyasi) a’zosidir. Karting va slalom kartingiga oid musobaqalarni, shu jumladan, sportchilarni tanlash va saralash yuzasidan musobaqalarni o‘tkazmoqda. Shiddatli va murosasiz kechgan chempionatda Uychi tumanidagi 6-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Yasmina Egamberdiyeva kuchli uchlikdan joy oldi. Shunday qilib, Yasmina 2023-yilgi O‘zbekiston Respublikasi avtosport milliy terma jamoasiga qo‘shildi. Asmonur REJABBOYEVA


2 2023-yil 5-oktyabr, №19 (544) . Jarayon Bolalar DUNYOSI YOSH DASTURCHILAR MUVAFFAQIYATI Bahs “Zakovat” g‘oliblari aniqlandi Jahon adabiyotining nodir namoyandalaridan biri, atoqli adib Chingiz Aytmatovning asarlari yuksak badiiy salohiyati, mavzularning dolzarbligi, umuminsoniy tuygʻular yoritilganligi bilan kitobxonlar qalbidan chuqur joy egallab, sevib mutolaa qilib kelinmoqda. Ch.Aytmatovning “Sohil boʻylab chopayotgan olapar” qissasini oʻqimaganlar nomiga koʻra, vafodor bir it haqida boʻlsa kerak, deb oʻylashlari mumkin. Lekin, asar hech qanday itga bag’ishlangan emas. Asar yer yuzining hamma tarafini suv qoplab olgan, hali biror parcha quruqlik boʻlmagan zamonlarga oid rivoyatdan boshlanadi. Unda shimolda yashovchi nivxlarning bir necha avlodi to’g’risida soʻz boradi. Nivxlar bir qayiqda cheksiz ummondagi dahshatli tumanlar-u zulmatlarda qolib ketishi va ularning hayot-mamot olishuvi xususida hikoya qilinadi. Dengiz tumanlarining falokatiga uchrab, ochliklarga, qiyinchiliklarga chidab, aynigan suvlarni Olg‘a intilishga undovchi asar Kitobning 2 ming 200 donasi Namanganga ham olib kelindi. Viloyat prokuraturasi, viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi, maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat kengashi hamkorligida Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani” axborot-kutubxona markazida kitob taqdimoti o‘tkazildi. Unda “Qizil kitob” haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi. Mazkur kitob orqali o‘quvchilar o‘zlari uchun kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishi ta’kidlandi. Tadbir Respublika Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qi­ lish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan aholi orasida ekologik madaniyatni oshirish hamda tabiatni asrab-avay- lashga ko‘nikmani yoshlikdan shakllantirish maqsadida maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari uchun “Qi- zil kitob” chop etildi. Ayni kunlarda mazkur nashr mam- lakatimizning barcha hududlariga yetkazilmoqda. tashkilotchilari Davlatobod tumanidagi 52- va 58-sonli umumta’lim maktablariga borib, faol va bilimdon yoshlarga, maktab kutubxonasi uchun kitoblar taqdim etishdi. O‘z muxbirimiz “Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani”da o‘tkazilgan tanlovning viloyat bosqichida 252 nafar o‘quvchidan iborat 42 jamoa kuch sinashdi. Barcha yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan, bir-biridan qiziqarli va murakkab 48 ta savol o‘ynalgan bahslar murosasiz kechdi. Unda o‘quvchilar tezkorlik, tanqidiy va tahliliy fikrlash borasidagi bilim va mahoratlarini namoyish qilishdi. Yakunda Pop tumanidagi 67-umumta’lim maktabining “Geksagon” jamoasi 1-, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 4-DIMIning “Ziyokor” jamoasi 2-, Uchqo‘rg‘on tumanidagi 21-umumta’lim maktabining “Yuksalish” jamoasi 3-o‘rinni egallab, respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Muhammadaziz ERGASHALIYEV, Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 4-DIMIning 11-sinf oʻquvchisi movlar loyiha doirasida “ALIDOORF” kompaniyasi veb-saytining front end – foydalanuvchi qismini ikki oy ichida muvaffaqiyatli bajardi. Hozirda oyiga 500 AQSH dollari miqdorida daromad topayotgan oʻquvchilar Yevropa davlatlaridan tushayotgan takliflar hamda sun’iy intellekt borasida qizg‘in faoliyat yuritishmoqda. Umarxon INOMOV Marketing va dasturlash yoʻnalishida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 8 ming yevrolik loyihasini yutgan “FLUGGI” MCHJ maktab oʻquvchilarini bir jamoada jipslashtirib, IT sohasida bugungi kunda salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda. Korxona rahbari Nodirbek Abdulxayev qoʻl ostida malaka oʻtab, ikki yildan beri veb-dizayn, grafika va dasturlash sirlarini oʻrgangan Namangan shahridagi 6-maktabning 7-sinf oʻquvchisi Abdulahad Inomov, Yangi Namangan tumanidagi 65-maktabning 6-sinf oʻquvchisi Muhammad GʻuloIT va istiqbol Mutolaa mushohadasi ichib, nima boʻlsa-da, yashash va tirik qolish uchun umidlarini soʻndirmay kurashgan qahramonlarning qismati bilan tanishasiz. Bosh qahramon Kirisk dengizda ov chogʻida taqdir mashaqqatlarini boshdan oʻtkazib, birin-ketin yaqinlaridan ajraladi. Avvaliga bobosi, keyin amakisi, otasi aynan tabiiy ofat yo kasallik, dushman bilan jang sababli emas, chorasizlikdan, adoqsiz uqubatlarga giriftor boʻlmaslik uchun, boshqacha aytganda, oʻn gulidan bir guli ochilmagan, hali umr atalmish aziz ne’matni yaxshi anglab yetmagan Kirisk uchun oʻzlarini qurbon qiladi. Ayanchli holatlarni koʻrib-bilib, jajji Kirisk uchun bundan ortiq ga’m-qaygʻu boʻlmaydi. Alal-oqibat u dengiz bagʻrida qayiqdagi barcha qadrdonlaridan ayriladi. Soʻng zaxirasidagi ichimlik suvi va yegulik ham tugaydi. Kirisk shu lahzada endigina ochiq dengizga chiqib koʻrgan, dengizda yuragidan oʻtkazgan qaygʻulari, quvonchlarini yamlab ketadigan, har qancha mushkul boʻlmasin, jamiki chekiladigan azoblardan bira toʻla qutulib qoʻya qolishdan tiyilib, nihoyat, yakunda muzaffar gʻalabaga erishadi… Mazkur asarni oʻqir ekansiz, bosh qahramon Kiriskning qaygʻulariga sherik boʻlib, uning jasurligi, eng ogʻir damlarida tushkunlikka tushmay, yashash uchun, tiriklik uchun intiluvchanligiga havasingiz oshib, hayratingiz yanada joʻsh uradi. Siz ham hayotning turfa sinovlarida yengilmay, harakatdan toʻxtamay, maqsadlar sari olgʻa yurasiz. Jahongir NOMOZOV O‘QUVCHILARGA “QIZIL KITOB” TARQATILMOQDA


Bolalar DUNYOSI 3 Kuz kelgach yurtimizga, Oʻzgardi osmon rangi. Sharqiroq soylarning ham Tinib qoldi jarangi. Oq bulutlar qorayib, Xazonlar uchar daydib. Qushlar issiq oʻlkaga Uchib ketadi qaytib. Shahzoda ORTIQBOYEVA, Toshkent shahar, Yangihayot tumani, 292-maktabning 8-sinf oʻquvchisi KUZ Har bir kishini toʻgʻri yoʻlga boshlaydigan, oʻxshashga harakat qiladigan ideal insoni bor. Mening esa hayotimda topgan chin doʻstim va ustozim bu oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Chamanoy muallimimdir. Har safar shu fan oʻtilishini intiqlik bilan kutaman. Boisi, ustozimning dars oldidan aytadigan oʻgitlari juda yoqadi. Ibrat NAMUNAGA MUNOSIB MAKTAB Pop tumanidagi Gulnora Qodirova rahbarlik qilayotgan 67-sonli rus tiliga ixtisoslashgan maktab tumandagi ilgʻor, koʻzga koʻringan, zamonaviy muassasalardan hisoblanadi. Maktab ikki navbatga moʻljallangan, jami 1 ming 354 nafar oʻquvchi boʻlib, 71 nafar oliy toifadagi malakali ustozlar ta’lim berishadi. 2022-2023-oʻquv yilida oʻquvchilarning oliy ta’limga kirishi boʻyicha 80 foiz natijaga erishib, tuman reytingida birinchilikni band etishdi. 24 nafar oʻquvchidan 10 nafari davlat granti, qolgani esa toʻlov-shartnoma asosida oliy oʻquv yurtlari talabalariga aylanishdi. Mazkur maskan fikri teran, zakovatli, ilmga chanqoq yoshlarga toʻla. Fan olimpiadalari, «Besh tashabbus olimpiadasi»da faol qatnashib, gʻoliblar safidan joy egallab kelishmoqda. Jumladan, «Besh tashabbus olimpiadasi»ning «Quvnoq startlar» turi boʻyicha maktab oʻquvchilari tuman miqyosida birinchi oʻrinni va viloyat bosqichiga yoʻllanmani olishdi. «Zakovat» bahsida ham «Geksagon» jamoasi tuman va viloyat bosqichida gʻalaba qozonishdi, endi respublika bosqichiga astoydil tayyorlanishmoqda. Bundan tashqari, «Geksagon» jamoasi 2-oktyabr kuni Toshkent shahrida oʻtkazilgan Xalqaro intellektual oʻyinlar chempionatining milliy saralash bosqichida 3-oʻrin bilan chempionatning final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi. Jahongir MIRZO MEHR QOʻYGANIM 2023-yil 5-oktyabr, №19 (544) ZUKKOLIK BAHSI Aziz oʻquvchilar! Bu galgi viktorina savollariga birinchi boʻlib, toʻgʻri javob yoʻllagan gʻolib velosiped bilan taqdirlanadi. Javoblarni +99894 270 10 70 Telegram raqamiga yuborishni, va albatta, ism-familiyangiz, tuman, shahar, maktabingiz raqami va sinfingizni yozishni unutmang. . Diqqat, viktorina! Mashhur firma asoschilaridan biri boʻlgan Charlz kiyimlaridan tez-tez keskin hidlar kelib turgan. Shuning uchun Charlzning doʻstlari uning familiyasiga «Pet» soʻzini qoʻshishgan. Charlzning familiyasini yozing. XVI asrda tayyorlangan Genrix VIII ning germetik sovuti unga juda erkin harakat qilishga imkon bergan. Den Snouning yozishicha, bir necha asrlardan soʻng uning sovutlari bilan buyurtma ustida ishlagan tashkilot mutaxassislari qiziqish bildirishgan... Bu qaysi tashkilot? Ushbu rasmda qaysi mamlakat banknotasi aks etgan? Bu Fukuyama shahrining emblemasi. Yaqinda shahar meri Fukuyama qardosh bo‘lishi uchun bir kompaniyaning vitse-prezidenti bilan kelishib oldi... U qaysi shahar? «Korintians» futbol klubi homiysining logotipi oʻyin davomida tobora yorqinlashib boradi. Bunga nima ta’sir ko‘rsatishini bir so‘z bilan javob bering. Mehringiz misoli quyosh nuridek, Qalbimga quvonchlar baxsh etar doim. Soʻzlaringiz oltin, javohir durdek, Mehribon muallim, aziz muallim. Shogirdlar hurmati, mehri cheksizdir, Izhorim she’r boʻlib, tushar qogʻozga. Qalbi daryo, goʻyo ulkan dengizdir, Qancha ta’rif etsam, kamdir ustozga. Munisabonu SAYFIDDINOVA, Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 36- maktabning 3-”A” sinf oʻquvchisi MUALLIM IZHOR Ilk bora qoʻlimga tutqazib qalam, Yozish-chizishlarni oʻrgatgan sizsiz. Men uchun qiynalib, tortib koʻp alam, Qalb qoʻrini bergan mehribonimsiz. Mehr izhoridir sizga bu she’rim, Madhingiz kuylashga shay erur sozim. Ming rahmat, berdingiz beminnat ta’lim, Yoʻllarim yoritgan aziz ustozim. Odina RUSTAMJONOVA, Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 9-sinf oʻquvchisi Dil soʻzi Aslida, turk millatiga mansubman, lekin shunga qaramay, doʻstlarim va ustozlarim koʻmagi bilan oʻzbek tilini ham soʻzlashuv darajasida oʻrganib oldim. Oʻqituvchim Chamanoy Isroilova mashgʻulotlardan soʻng har kuni kamina bilan alohida shugʻullanadilar. Ular oʻzbek yozuvchi-shoirlarining asarlaridan oʻqib beradilar, milliy urf-odatlarni, madaniyatni oʻrgatadilar. Mana shunday ustozning oʻquvchisi, shogirdi ekanligimdan xursandman. Kelajakda oʻzbek tilini puxta oʻzlashtirib, Oʻzbekiston haqida kitob yozmoqchiman. Gulsum CHETIN, Davlatobod tumanidagi 95-umumta’lim maktabining 8-“A” sinf oʻquvchisi Sovringa velosiped...


Bolalar DUNYOSI Muharrir: Mardonbek ESONBOYEV Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining bolalar va o‘smirlar gazetasi Gazeta Namangan viloyat matbuot va axborot boshqarmasida 08-0011 raqami bilan 2006-yil 29-dekabrda ro‘yxatdan o‘tgan. ISSN 2181-0125 Mualliflar fikri tahririyat nuqtai nazaridan farqlanishi mumkin. Gazeta «Zarhal bosmaxonasi» MCHJ kompyuter markazida sahifalandi. «BUSINESS PRINT DESIGN» MCHJda chop etildi. Korxona manzili: Toshkent shahri, So‘galli ota ko‘chasi, 5-a uy. Dizayner: Shavkat SHAROFITDINOV Nashr uchun mas’ul: Asmonur REJABBOYEVA Gazeta har oyda ikki marta chop etiladi. Qog‘oz bichimi A-3. Nashr ko‘rsatkichi - 5036 Adadi: 5477 Buyurtma: 0063 Bosishga topshirish vaqti: 17.00. Topshirildi: 16.50. MANZILIMIZ: Namangan shahri, B. Mashrab ko‘chasi, 6-uy. Tel.: 227-19-04, Elektron pochta: [email protected] Veb-sayt: bolalardunyosi.uz Bahosi kelishilgan narxda. Jamoatchilik va tahririyat kengashi: Oybek ZOKIROV, Muzaffar ISAYEV, Xayrullo ABDURAHMONOV, Orifjon JO‘RAYEV Bolalar 4 DUNYOSI 2023-yil 5-oktyabr, №19 (544) Shu sanada… . Yosh rassomlar talqini Labirint Oʻqituvchimga ta’zim Kuni kecha oʻqituvchi va murabbiylar bayrami munosabati bilan maktabimizda katta tadbir tashkil etdik. Unda barcha sinfdoshlarim ustozlarga atalgan she’r, qoʻshiqlarni ijro etishdi. Raqs tushib, onadek mehribonlarimiz koʻnglini koʻtardik. Ayniqsa, “Ustozga ta’zim” nomli sahna koʻrinishimiz yigʻilganlarga manzur boʻldi. Shundan soʻng oʻz qoʻlimiz bilan yozgan tabriknomalarni berdik. Ilk muallimimiz esa xursandligini yashirmay, hammamizni bagʻriga bosdi. Mubina HABIBULLAYEVA, Davlatobod tumanidagi 58-umumta’lim maktabining . 2-sinf oʻquvchisi Maskanimizda 1864-yil – Fransuz kinematografiya ixtirochisi Lyumyer Lui Jan tavallud topgan kun. 1915-yil – Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir tugʻilgan kun. 1925-yil – Ernest Xemingueyning «Bizning zamonda» nomli ilk kitobi dunyo yuzini koʻrdi. 1972-yil – Germaniyada hosil bayrami. 1994-yil – Butunjahon ustozlar va murabiylar kuni. Muhammadjon NURIDDINOV, Chust tumanidagi 10-umumta’lim maktabining, 4-sinf oʻquvchisi Hojaroyim ZOHIDULLAYEVA, Uchqoʻrgʻon tumanidagi 27-umumta’lim maktabining 4-sinf oʻquvchisi


Click to View FlipBook Version