Qaldirg‘och9 (82)-son 2023-yil, 22-sentyabr Intellektual, ma’rifiy, adabiy-badiiy bolalar jurnali Ajoyib iqtidorlar sinfi Islombek Dubayga boradi Sovringa velosiped! Qiziqarli viktorina
2 Namunali bilim maskanlarida Namangan shahridagi 26-umumta’lim maktabining 4-“B” sinf oʻquvchilari bir-biridan iqtidorli va tashabbuskorligi bilan ajralib turadi. Noilabonu Musaboyeva rahbarligidagi sinfda 38 nafar oʻquvchi bor. Sinfda tashkil etilgan qiziqarli loyihalar, haftalik, oylik tanlovlarda deyarli barcha bolalar faol qatnashishga harakat qilishadi. “A’lochiga bitta doʻst” loyihasida jamiki fanlarni puxta oʻzlashtiradigan bolalarga bittadan oʻquvchi biriktiriladi va bu bilan sinfda bilim potensiali tenglashtiriladi. Oʻquvchilarning haftalik, oylik baholari sarhisob etilib, ragʻbatlantiriladi. “Kim koʻp kitob oʻqiydi?” tanlovi doirasida sinfda 20 tagacha kitob oʻqiganlar saralab olinadi. Yoshlarni ma’rifatga doʻst tutish, yangi ma’lumotlar oʻrgatish, ularda kreativ gʻoyalarni bosqichma-bosqich shakllantirish pedagogning eng ezgu va asosiy maqsadidir. Asmonur REJABBOYEVA Ajoyib iqtidorlar sinfi
3 Ilm – boylik Kishi qancha koʻp kitob oʻqisa va yangi bilim egallashga intilsa, shuncha yuksalib boraveradi. Uning soʻzlarida ma’no, xatti-harakatlarida aniqlik namoyon boʻladi. 5-sinfdan buyon maktabimizning “Geksagon” zakovat klubiga sardorlik qilaman. Oʻtgan yillar meni sardor sifatida ham tinmay Zakovatimni sinagan maydon oʻqishga, yanada tirishqoq, oʻrnak boʻlishga mas’uliyat yukladi. Boshqa maktablar bilan oʻtkaziladigan bellashuvlarda ham muvaffaqiyat qozonish uchun qoʻshimcha ingliz va rus tilidagi kitoblar mutolaasiga shoʻngʻiyman. Avvaliga gʻalabaga sarflagan kuchimni hozirda oʻzim uchun, kelajakda yaxshi sohada faoliyat olib borishim uchun zarur deb hisoblayman. Aslida, haqiqiy gʻalaba oʻz ustingdan erishilgan gʻalabadir. Ya’ni dangasalikni yengish, istiqbolni aniq koʻra olish, til oʻrganish, zamon bilan hamnafas fikrlash, vaqtni toʻgʻri taqsimlash, kitobga oshnolik - bularning barchasi muvaffaqiyatli insonlarning kun tartibida bor. Maqsadlarim yoʻlida erta-yu kech oʻzimni izlanishga undayman. Zakovat bahslari esa kaminani sinagan maydon boʻldi. Sirojiddin UBAYDULLAYEV, Pop tumanidagi 67-umumta’lim maktabining 11-sinf oʻquvchisi
4 Ilk taassurot Kuz faslining birinchi kunlaridan boshlab maktab deb ataladigan moʻjaz, fayzli, har doim quvnoq shovqinlarga toʻla maskanga qatnayapman. Ochigʻi, dadam va onam oʻqituvchiligi uchun maktab juda zerikarli boʻlsa kerak, deb oʻylardim. Chunki ularni ba’zan charchagan holda koʻrardim-da. Aslida esa, bu joy rosa ajoyib ekan. Ayniqsa, oʻzing bilan tengdosh doʻstlaring koʻpligi qanday yaxshi. Menga eng yoqqani jismoniy tarbiya darsi boʻldi. Endi bemalol jamoa tuzgan holda futbol oʻynayveramiz. Mahalladagi boshqa bolalarni chaqirish, kutib turish shart emas. Biroq kun tartibim butunlay oʻzgarib ketdi. Avvalgidaysoat 8 gacha uxlash yoʻq. Barvaqt uygʻonish, chiroyli kiyinib maktabga borish, qaytgandan keyin televizor tomashasi oʻrniga vazifa bajarish zarur. Sinfda, maktabda eng a’lochi boʻlish uchun, albatta, astoydil harakat qilaman. Otabek ABDULLAYEV, Uychi tumanidagi 26-umumta’lim maktabining 1-sinf oʻquvchisi Kun tartibim oʻzgardi
Bir yigitga qirq hunar... 5 MENI ILHOMLANTIRGAN UCHRASHUV Kuni kecha ilm maskanimizda shahrimizdagi faol tadbirkor - “Iftixor kiyim sanoat” korxonasi ta’sischisi Adhamjon Iminjanov bilan uchrashdim. Toʻgʻrisi, ayni paytga qadar tadbirkorlikka nisbatan qiziqish sezmasdim. Tadbir davomida zamonamiz qahramonining oddiy oila farzandi boʻla turib, ulkan maqsadlar belgilashdan qoʻrqmagani, oʻz ustida kecha-yu kunduz izlangani, vatanimizni jahonga tanitish sa’y-harakatlari mevasini berayotgani kaminani ilhomlantirdi. Oʻzimda “Men ham uddalay olaman”, degan ishonchni topdim. Tadbirkorlikka qoʻyilgan ilk qadamlaridan to hozirgi yutuqlarigacha bosib oʻtilgan mashaqqatli yillar xulosasi, tajribalari bilan oʻrtoqlashgan Adhamjon aka bugun butun Oʻzbekiston nomidan Germaniya, Belgiya, Daniya, Avstriya kabi nufuzli davlatlar bilan hamkorlik qilayotganini ta’kidladi. Davlatimiz rahbari tomonidan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan yurtdoshimizga havasim, hurmatim ortdi. Biznes rejalarimni u kishi bilan maslahatlashib, qisqa fursatda amalga oshirish haqida tavsiyalar oldim. Endi asosiy niyatim, vazifam shu yoʻlda toʻxtamaslikdir. Hokimbek IBROHIMOV, Davlatobod tumanidagi 92-umumta’lim maktabining 11-sinf oʻquvchisi
6 Islombek 10 yoshli iqtidor sohibi Islombek Eshonxo‘jayev Namangan shahridagi 11-umumta’lim maktabining 4-«E» sinfida o‘qiydi. Yakunlangan yozgi ta’til o‘rtasida, ya’ni iyul oyida «Registon» o‘quv markazi Namangan filialida mental arifmetika kursini muvaffaqiyatli tamomladi. Unga umumiy 97 ball bilan yuqori natija yozilgan sertifikat topshirildi. 1,5 yil davomida avval «Neyron»da, so‘ngra viloyat markazida joylashgan, ochilganiga bir yil to‘lgan va reytingi baland «Registon» o‘quv markazida qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish amallarini tezkor-u oson bajarish sirlarini mukammal o‘rgandi. - Zamonaviy bilim bergan va qo‘llab-quvvatlagan, sho‘xliklarimni ko‘targan barcha fidoyi ustozlarim: birinchi o‘qituvchim Nodiraxon Mo‘minovaga, mental arifmetika bo‘yicha trenerlarim Umida va Xurshida Olimjonovalarga, Mushtariy Po‘latovaga alohida rahmat aytmoqchiman, - deydi Islombek. - Xalqaro olimpiadalarda bir necha marta qatnashib, faxrli o‘rinlarni oldim. Endi menga matematika fanini o‘zlashtirish, turli misol-masalalarni ishlash qiyin emas. Prezident maktabi imtihonlariga allaqachon tayyorgarlikni boshladim. «Ziyokor» o‘quv markazining ingliz tili va matematika kurslariga qatnayapman. Sharoit yaratayotgan g‘amxo‘r ota-onamdan juda minnatdorman. Ishonchlarini oqlayman. Islombek In’omjon o‘g‘li oilada uch nafar farzandning to‘ng‘ichi, yoshligidan ingliz tili, matematikaga qiziqadi. Kelajakdagi maqsadi Namangan shahridagi Prezident maktabiga o‘qishga kirib, chet tillari va IT sohasining kuchli mutaxassisi, davlatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk kadr bo‘lishdir. Mana, yana e’tirofli xushxabar: yaqinda u Chust shahrida «Innovatsion bolalar» shiori ostida kechgan respublika ochiq olimpiadasida oliy o‘rinni egallab, B.A.Aning Dubay shahrida bo‘ladigan olimpiadaga grant yo‘llanmani, diplomni qo‘lga kiritdi. Islombek, xorijga yo‘llanma muborak va faqat omad tilaymiz! Orifjon JO‘RAYEV Dubayga boradi Iqtidor
7 Maktabda boshlangʻich sinfda oʻqiyotganimda ustozim kuz manzarasini chizib kelishni vazifa bergandi. Keyingi darsda shu boʻyicha a’lo baho olganman. Bu esa rassomchilik san’atiga chuqur kirishimga turtki edi. Tabiat tasviri men uchun qiziqarli mavzu. Har bir faslning nafosati-yu nazokatini ijod namunalarimda aks ettirishga intilaman. 50 dan ortiq eng yaxshi asarlarim bor va ular bilan tumanda ham koʻplab tanlovlarga qatnashganman. Qolaversa, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning maktab bosqichi ayni muddao boʻldi. Yurtimiz jamolini rang-tasvirda ifodalashga harakat qildim. Olimpiadaning navbatdagi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritganimdan mamnunman. Muhimi, gʻalabaga erishishimga ishonaman. SarvinozABDUSALOMOVA, Uchqoʻrgʻon tumanidagi 43-umumta’lim maktabining 9-sinf oʻquvchisi Ijod fasli Olimpiadaga eltgan san’at
8
9
10 Aziz oʻquvchilar! Ushbu skanvordni birinchi boʻlib toʻgʻri toʻldirib, javob yoʻllagan gʻolib sport ryukzagi bilan taqdirlanadi. Javoblarni +99894 270 10 70 Telegram raqamiga yuborishni, va albatta, ism-familiyangiz, tuman, shahar, maktabingiz raqami, sinfingizni yozishni unutmang. Yutuqli skanvord
11 Sovgʻa Sizni kutmoqda!
12 Men o‘qigan kitob havas qildim Qahramonimga Yaqindagina Sa’dullo Quronovning “Galaktikada bir kun”ini o‘qib tugatdim. Qiziqarli va sarguzashtlarga boy asar voqealari koinotda kechadi. Qissa qahramoni 12 yoshli Ahmad yaratgan juda noyob fazo kemasi yerlik olimlarning emas, o‘zga sayyoraliklar diqqatini tortadi. Endi u o‘zi bilmagan holda galaktikamizdagi yovuz kuchlar va yaxshilarning kurashiga aralashib qoladi... Ishonasizmi, asarni o‘qirkanman, ichidagi qahramonlar bilan birga yashadim. Shuningdek, koinot, galaktikalar, turli osmon jismlari va hodisalariga oid ilmiy ma’lumotlar bilan tanishdim. Ahmadning bilimi va zakiyligi sabab ezgulik g’alaba qozondi. O‘z ixtirosi - kemasining qulayliklari bilan o‘rtoqlasharkan, atrofdagilar ham beixtiyor e’tibor qaratdi. Galaktikadagi uning bir kuni yerdagi bir necha oyga to‘g’ri kelgan bo‘lsa-da, boshidan o‘tkazgan sarguzashtlari tufayli buni payqamadi. Asarni mutolaa qilish jarayonida har doim barcha joyda bilim birinchi qutqaruvchi va najot ekanini angladim. Beg‘ubor NE’MATJONOVA, Chust tumanidagi 70-DIUMning 9-sinf o‘quvchisi
13 Afrikada dunyo boʻyicha eng yirik hayvonlar yashaydi. Rasmni koʻrib, ularni nomma-nom ayting va qaysi jonzot yoʻqligini aniqlang. 8 ta farqni toping. Choyni butun jahonda sevib iste’mol qilinadi. Chiziqlar boʻylab yurib, qaysi mamlakatda choyga nima qoʻshib ichishlarini bilib oling. Angliya Rossiya Fransiya AQSH
14 Yangi o‘quv yili katta shodiyona, xursandchilik bilan boshlandi. Tumanimizdagi umumtaʼlim maktablarida namunali xulqi, bilimi, iqtidori, jamoat ishlaridagi faol ishtiroki bilan tengdoshlariga ibrat boʻlayotgan 44 nafar oʻquvchi va ota-onalari viloyat hokimligi hamda “Nuroniy” jamgʻarmasi viloyat boʻlimi tomonidan taqdirlandi. Quvonarlisi, ular orasida kamina ham bor. Ustozim xushxabarni aytganlarida, ayniqsa, buvijonim juda sevindilar. Qolaversa, bu maktab jamoamiz uchun ajoyib yangilik boʻldi. Sinfdosh doʻstlarim havas qilishdi. Maktabimiz direktori yigʻinda she’riy toʻplamim bosilgani, ijodni dadil davom ettirishim kerakligini ta’kidladi. Men ham bolalarga bagʻishlangan navbatdagi kitobimni nashrdan chiqarmoqchi boʻlib yurganimni bildirdim. Yana gulduros qarsaklar chalindi. Tuman hokimi bergan tashakkurnomani buvim uyimizning eng baland tokchasiga joylashtirdilar. Tushundimki, yutuqlarim ularga gʻoyat ahamiyatli va qadrli ekan. Ha, yana koʻproq oʻqishim lozimligini angladim. Robiya ABDURAHMONOVA, Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 22-umumta’lim maktabining 8-sinf oʻquvchisi Ishonch Iste’dodim munosib baholandi
Qiziqarli viktorina Aziz oʻquvchilar! Viktorina savollariga birinchi boʻlib, toʻgʻri javob yoʻllagan gʻolib velosiped bilan taqdirlanadi. Javoblarni +99894 270 10 70 Telegram raqamiga yuborishni, va albatta, ism-familiyangiz, tuman,shahar, maktabingiz raqami va sinfingizni yozishni unutmang. Bazelda geotermal GESni qurish ishlari to‘xtatildi, chunki “uch” bahosi e’lon qilindi. Ushbu baholash Stenfordning qaysi bitiruvchisi nomi bilan bog‘liq? 1919-yilda bu shaharga ko‘plab yorqin olimlar, shu jumladan, tarixchilar Mark Blok, Lyusen Fevr va Andre Piganyol ko‘chib o‘tishgan. U qaysi shahar? 1988-yilda u Fransiya akademiyasiga qabul qilinganida unga odatdagidek qilich topshirildi. Qilich havo pufakchalari qotib qolgan kristalldan yasalgan. U kim? 2003-yilda paydo bo‘lgan kompaniyaning asoschilaridan biri samolyotlarda uchishni yoqtirmasdi va bitta xonada katta olomonga toqat qilmasdi. Mazkur kompaniya nomini toping? AQShda bolalar yozuvchisi Doktor Syuzning “Sen boradigan joylar” kitobi sotuvi har yili bahor oyi oxirida ortadi. Gap shundaki, kitob o‘sha tadbir uchun muhim sovg‘a hisoblanadi. Xo‘sh, qanaqa tadbir to‘g‘risida gap ketyapti? Zehningizni sinang. 15
16 Ingliz tilini o‘rganamiz Aziza Feruza Abror’s Dilshod
17
18 Nyutonning olmalari Unga koʻra, harakatning uchta qonuni birinchi boʻlib Isaak Nyuton tomonidan 1687-yilda chop etilgan “Philosophiæ Naturalis Principia Mathematica” (“Tabiiy falsafaning matematik asoslari”) asarida bayon etilgan ekan. Mazkur qonunlar quyidagicha izohlangan boʻlib, ustozimdan yanada tushunarliroq qilib soʻrab oʻrgandim. Agar kuch taʼsir qilmasa, tana tinch holatda yoki toʻgʻri chiziqda doimiy tezligida harakatda qoladi. Jismga kuch taʼsir qilganda, impulsining oʻzgarish tezligi kuchga teng boʻladi. Agar ikkita jism bir-biriga kuch taʼsir qilsa, kuchlar bir xil kattalikka ega, ammo qarama-qarshi yoʻnalishga ega boʻlar ekan. Birinchi qonun Sunʼiy yoʻldoshlar Yerning tortishish kuchi tufayli toʻgʻri chiziqda emas, balki egri orbita boʻylab harakatlanadi. Ikkinchi qonunda aytib oʻtilganidek, jismga kuch ta’sir qilinganda, kuch bilan javob qaytaradi. Uchinchi qonunda esa Fan Fizika faniga chuqurroq kirib borarkanman, Nyutonning harakat qonunlariga qiziqishim ortdi. Agar oʻxshash jismlar oʻxshashlarini tortsa, demak, bu muayyan harakat asosida mavjud boʻlishini bilib oldim. Nyutonning fizik olim boʻlishiga sababchi olmalar voqeasidan ruhlanib, u yaratgan qonunlarni batafsil oʻrganib chiqdim. Raketalar dvigatellar yordamida pastga qarab kuchli reaksiya kuchi ishlab chiqarish orqali ishlaydi. Ayni jarayon yer yoki atmosferadan qatʼi nazar, raketani yuqoriga surar ekan. Buni oddiy uydagi ishlarda, vaziyatlarda ham kuzatsa boʻlarkan. Men endi barcha buyum va voqea-hodisalarning shu qonunlarga mosligini sinab koʻryapman. Diyorbek ABDUGʻANIYEV, Kosonsoy tumanidagi 22-umumta’lim maktabining 7-sinf oʻquvchisi
Muharrir: Murodbek ESONBOYEV Muassis: «Kamalak magazine press» MCHJ Jurnal Namangan viloyat matbuot va axborot boshqarmasida 08-0077 raqami bilan 2017-yil, 1-iyunda ro‘yxatdan o‘tgan. Mualliflar fikri tahririyat nuqtai nazaridan farqlanishi mumkin. Jurnal «Kamalak magazine press» MCHJ tahririyati kompyuter markazida sahifalandi. Sahifalovchi: Sh. SHAROFITDINOV. MANZILIMIZ: Namangan shahri, B. Mashrab ko‘chasi, 6-uy. Tel.: 69 227-19-04, Elektron pochta: [email protected] Bahosi kelishilgan narxda. QALDIRG OCH , Intellektual, ma`rifiy, adabiy-badiiy bolalar jurnali 2018-yil, 15-yanvar 1-son «Zarhal bosmaxonasi» MCHJda chop etildi. Korxona manzili: Namangan shahri, Davlatobod tumani, «Porloq» MFY. Jurnal har oyda bir marta ofset usulida chop etiladi. Qog‘oz bichimi: 60x841/8 Shartli bosma tabog`i: 1,87. Nashriyot bosma tabog`i: 2. Nashr ko‘rsatkichi - 5077. Adadi: 3765 Buyurtma: 0061 Bosishga topshirish vaqti: 17.00. Topshirildi: 16.50. Nashr uchun mas’ul: Asmonur REJABBOYEVA Materiallarni tayyorlashda Internet ma`lumotlaridan foydalanildi. TAHRIR HAY`ATI: Iqbol MIRZO, Umida ABDUAZIMOVA, Dilshod RAJAB, Orifjon JO‘RAYEV Moʻyqalamda olam 19 Bu yil 1-sinfga chiqdim. Har kuni 4 soatdan turli dars mashgʻulotlari oʻtar ekanmiz. Eng yoqqani tasviriy san’at boʻldi. Ranglar xuddiki moʻjizaga oʻxshaydi. Chizaverasan, chizaverasan, butun iqtidoring oppoq qogʻozda namoyondir. Ustozim men chizgan rasmlarni boshqa tengdoshlarimga koʻrsatib maqtaganlarida rosa xursand boʻldim. Endi ularni toʻplab boraman, deb alohida quticha ajratdim. Yuqori sinf oʻquvchisiga aylanganimizda ijodiy ishlarimdagi farqni aniqlab olishim mumkin. Bu esa rivojlanishim uchun kerak, albatta. Siz-chi, sizga qaysi fan manzur boʻldi? Mahliyoxon MADRAHIMOVA, Fargʻona viloyati, Fargʻona shahridagi 6-umumta’lim maktabining 1-sinf oʻquvchisi Ranglardagi moʻjiza
20 Labirint Rasmda nechta bayroq bor? Ritsarlarni ham sanab chiqing! Qaysi ritsar qasrning xo‘jayini ekanligini toping! Rassomning 7 ta xatosini aniqlang. Ikkita bir xil baliqni izlang. Qidirib ko‘ring! Raqamlardagi ranglarga qarab bo‘yab chiqing.