The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.

MOTIVATSION ELEKTRON JURNAL 10-SON NOYABR (2)

Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by sislomov570, 2022-11-08 23:51:06

MOTIVATSION ELEKTRON JURNAL 10-SON NOYABR (2)

MOTIVATSION ELEKTRON JURNAL 10-SON NOYABR (2)

BIR
JAMOADA
BIRLASHAMIZ!

MOTIVATSION ELEKTRON JURNAL 10-SON / NOYABR

18-noyabr – Oʻzbekiston Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun

Yevropadagi eng baland
togʻ choʻqqisi Elburs
(5642 m)da
mamlakatimiz bayrogʻi
hilpiramoqda.

Suratda: hamyurtimiz Said Toʻlaganov, 2017-yil.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY
TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI
QISQARTIRISH VAZIRLIGI

Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot boʻlsa, uning joni va
ruhi maʼnaviyatdir.

Sh.M.MIRZIYOYEV

Sh.

Bir jamoada
birlashamiz!

MOTIVATSION
ELEKTRON
JURNAL

(Maʼnaviy ozuqa) № 10
2022-yil, noyabr

Jurnal Vazirlik xodimlarining
maʼnaviy ruhiyatini oshirish,
jamoada umumjamoaviy
maqsadlar mushtarakligini
taʼminlashga yoʻnaltirilgan

MUNDARIJA BIR JAMOADA BIRLASHAMIZ!

SHARTLI BELGILAR
1.

— KUN HIKMATI
2. — SOʻZ IZOHI
3. — TOʻGʻRI YOZAMIZ
4.

— OʻQING QIZIQ!
5. — MANTIQIY SAVOL!
6. — BILASIZMI?
7.

— HAYOTIY TAJRIBA: BOYISHNING 5 QONUNI
8. — QIZIQARLI MAʼLUMOTLAR

9.
— XODIMLARNING FIKR-MULOHAZALARI

10.
–– KUN TARIXI

BU SONDA: Davlat bayrogʻi — faxrim, gʻururim.
✓ Paxtamiz — boyligimiz.

2

XALQARO FORUM
“Bugungi forum nufuzli xalqaro tashkilotlar, yetakchi xorijiy kompaniyalar va
taniqli ekspertlar ishtirokida bu boradagi ilgʻor tajribalarni muhokama qilish
hamda birgalikda umumiy harakatlar rejasini ishlab chiqish uchun qulay
imkoniyat boʻlib xizmat qiladi, deb ishonaman”.

Shavkat Mirziyoyev

INSON MANFAATLARI — IQTISODIY ISLOHOTLARNING
BOSH MAZMUNI

Samarqand shahrida joriy yilning 3-4-noyabr kunlari xalqaro darajadagi
yetakchi iqtisodchilar, nufuzli investorlar va xalqaro ekspertlarni jamlagan II
Oʻzbekiston iqtisodiy forumi boʻlib oʻtdi. “Inson manfaatlarini iqtisodiy
islohotlarning bosh mazmuniga aylantirish” mavzusiga bagʻishlangan ushbu
anjumanda dunyoda davom etayotgan murakkab pandemiya va global iqtisodiy
inqiroz oqibatlari, turli notinchliklar hamda ziddiyatlar fonida yuzaga kelayotgan
oziq-ovqat va energetika xavfsizligini taʼminlash, iqlim oʻzgarishi muammolarida
inson taqdiriga bagʻishlangan dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Muhokamalarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari — Iqtisodiy
taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri Jamshid Qoʻchqorov, Bosh vazir
oʻrinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xoʻjayev, Jahon
banki vitse-prezidenti Anna Berde, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Osiyo
taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki hamda “TBC
Group” rahbarlari ishtirok etdi. Forumning yalpi yigʻilishida mamlakatimiz
erishgan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va yaqin kelajakda respublikani yuksak
marralar sari olib chiquvchi ulkan rejalar koʻrib chiqildi. Unda xalqaro sheriklar
va biznes vakillari bilan hamkorlikning hayotiy ahamiyatiga alohida eʼtibor
qaratildi.

“Xalq soʻzi” (№238) gazetasining maʼlumotlari asosida tayyorlandi.

3

EʼTIROF

Poytaxtimizdagi BIR JAMOADA BIRLASHAMIZ!
“Turkiston” sanʼat saroyida

21-oktyabr – “Oʻzbek tili
bayrami” kuni munosabati
bilan tantanali marosim boʻlib

oʻtdi. Unda “Qadring baland
boʻlsin, ona tilim!”

Respublika gʻolib va
tanlovining

sovrindorlari taqdirlandi.

Vazirlar Mahkamasining

2022-yil 6-iyundagi 118-sonli
yigʻilish bayoniga asosan

tashkil etilgan “Qadring baland
boʻlsin, ona tilim!” tanlovida

Iqtisodiy taraqqiyot va

kambagʻallikni qisqartirish

vazirligi Davlat tilida ish yuritish
yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim
yoʻnalishida faxrli 1-oʻrinni egalladi. Bu esa vazirligimizda yagona va yaxlit til
siyosatini yuritish, oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirishga
qaratilgan faoliyatning munosib eʼtirofidir.

4

BIR JAMOADA BIRLASHAMIZ! KUN TARIXI
10-noyabr: Tarixdan bugunga

qadar

Butunjahon yoshlar kuni — 1945-yil
tashkil etilgan. “Butunjahon yoshlar kuni”ni

nishonlash sanasi 29-oktyabrdan 10-noyabrgacha
Angliya poytaxti Londonda boʻlib oʻtgan “Butunjahon yoshlar konferensiyasi”
yakunlangan kunga toʻgʻri keladi. Xalqaro Yoshlar anjumanining yakuniy kuni

Butunjahon Demokratik Yoshlar Federatsiyasi (WFDY) tashkil topgan kun
sifatida muhim ahamiyatga egadir.

✓ Xalqaro buxgalteriya kuni. “Buxgalterlar kuni” deb ham
atashadi. Hatto koʻplab mamlakatlarda mazkur sana milliy
bayram hisoblanadi. Xoʻsh, nega aynan 10-noyabr? Tarixiy
manbalarga koʻra, aynan shu kuni, toʻgʻrirogʻi XV asrning
soʻngida – 1494-yil 10-noyabrda Venetsiyada Luki
Pachiolining “Barchasi arifmetika, geometriya va

proporsiyalar haqida” nomli asari chop etiladi. Muallif shu orqali oʻsha paytdagi
matematika qiymatlarini umumlashtirishga harakat qiladi. Kitob boʻlimlaridan
biri “Hisob-kitoblar va qaydlar haqida” deb nomlanib, ushbu qismda
Venetsiyadagi buxgalteriya faoliyatiga batafsil toʻxtalib oʻtilgan va shu asnosida
buxgalteriya metodlariga bagʻishlangan birinchi bosma asarga aylanadi. Unda
buxgalteriya ishini toʻliq yuritish uchun talab etiladigan maxsus atamalar keltirib
oʻtilgan. Keyinchalik asar tijorat buxgalteriyasiga oid bir qator keng tarqalgan
ishlarga asos boʻlib xizmat qildi.

✓ Butunjahon ilm-fan kuni

1999-yilda Vengriya poytaxti Budapeshtda boʻlib
oʻtgan xalqaro ilmiy konferensiya ishtirokchilari Butunjahon

ilm-fan kuni bayramini joriy qilish haqidagi taklifni
YUNESKOga yoʻllagan edi. YUNESKO 2001-yilda ushbu
taklifni maʼqulladi va 10-noyabr sanasini Butunjahon ilm-fan kuni deb rasman

tasdiqladi. Ushbu sana 2002-yildan buyon xalqaro bayram sifatida nishonlanib
kelinmoqda. YUNESKOning rasman 31S/20 raqamli rezolyutsiyasiga koʻra, bu
bayramning toʻliq nomi “Tinchlik va taraqqiyot yoʻlida butunjahon ilm-fan
kuni”, deb qayd etilgan.

5

BILASIZMI?BIR JAMOADA BIRLASHAMIZ!

Italiyadagi Buxoriy qishlogʻi haqida eshitganmisiz?
Italiya tarkibidagi eng yirik orol – Sitsiliyada
Buxoriy qishlogʻi bor. Lauro togʻining etagida

joylashgan ushbu hudud necha asrlik tarixi bois sayyohlar
uchun doim qiziq boʻlib kelgan. Orolga sayohat qilgan
odam u yerda yunonlar, rimliklar, vizantiyaliklar, bundan tashqari, arablar
va normanlar madaniyati qoldiqlarini uchratadi. Joy nomlari va koʻplab
tarixiy inshootlarda ham bu yaqqol koʻzga tashlanadi. Bukkeri qishlogʻi
tarixi ham aynan Buxoriy nomi bilan tutashib ketadi. Tarix fanlari doktori,
professor Robert Landa orolga qilgan sayohati chogʻida Bukkeri nomli
qishloq borligiga guvoh boʻldi. Uning tarixi bilan qiziqqach, “Bukkeri” –
“Buxoriy” soʻzining buzib aytilgan shakli ekani va IX–X asrlarda
Buxorodan kelgan bir jamoa orolni maskan tutgani haqida aniqladi.
Buxoriylar olis Italiyadagi bu orolga qanday borib qolgan? Tarixdan maʼlumki,
milodiy VIII asrda musulmonlar Sitsiliyani fath etdi va 1091-
yilgacha hukmronlik qildi. Fotihlar orasida arablar, barbarlar, zanji
afrikaliklar va boshqa Islom mamlakatlarining vakillari boʻlgan.
Italiya sharqshunosi Mikele Amarning hisobiga koʻra, hozir orolda
bir vaqtlar musulmonlar barpo etgan yoki egallagan shahar va mavzelarning
arabcha 328 nomi hamon saqlanib qolgan.

Sitsiliyadagi arab-islom madaniyatining kuchi va uning
taʼsiri yillar oʻtsa-da oʻzgarmadi. Shaharlik musulmonlarning
anchagina qismi orolni tark etib, Misr va Magʻrib oʻlkalariga
koʻchib ketgan, ammo normanlar davlatida arab tili va
madaniyati gullab-yashnayverdi. Sitsiliyadagi arab-islom
madaniyati XII, XIII asrlarda, ayniqsa, bir paytning oʻzida
Olmoniya imperatori va Quddusi sharif qiroli boʻlgan Fridrix II
davrida gullab-yashnadi. Qirol bir qancha musulmon olimlari va faylasuflariga
homiylik qildi, oʻzi muxlisi boʻlgan Ibn Sino va Ibn Rushd asarlarini arabchadan
lotin tiliga oʻgirishga farmon berdi.
XV asrga kelib, Sitsiliyada arab tilining taʼsiri uzoq vaqt yoʻqolmadi.
Uning izlari aholi maskanlari nomlarida, til lahjalarida, ayrim urf-odatlarda,
orolning hozirgi tarixiy manbalarida saqlanib qoldi. Oroldagi Buxoriy qishlogʻi
ana shu olis tarixning bir shuʼlasidir.

Qoʻsh sahifani Gulhayo Boyqobilova tayyorladi.

6

BIR JAMOADA BIRLASHAMIZ! HIKMAT
Buyuk ish qilishni birdan bir yoʻli qilayotgan ishingni
sevishingdir. Agar hali bunday ish topmagan boʻlsang,
izlashda davom et.

Stiv Jobs

SOʻZ IZOHI
IZLANISH. Yangilik topish, yaratish harakatida boʻlish,
shunday maqsadli harakat, faoliyat.

IBRAT UCHUN DARS

Nima yaxshi, nima muhimroq?
– Birinchi oʻrinni olish yaxshi, lekin oʻz oʻrningga
ega boʻlishing muhimroq.
– Muammoni yecha oladigan shaxs boʻlish yaxshi,
lekin yangi imkoniyatlarni yarata oladigan shaxs boʻlish muhimroq.
– Aqlli boʻlish yaxshi, lekin kuchli xarakterga ega boʻlish muhimroq.
– 30 yoshgacha uyning poydevorini qurib olgan yaxshi, lekin
biznesning tag zaminini qurib olish muhimroq.
– Reja tuzish yaxshi, lekin boshlash muhimroq.
– Muhim boʻlish yaxshi, lekin yaxshi boʻlish muhimroq.

7

KUN TARIXI BIR JAMOADA BIRLASHAMIZ!

15-NOYABR – Tadbirkorlar va

ishbilarmonlar harakati, Oʻzbekiston Liberal-

demokratik partiyasi taʼsis etilgan kun. Vatan
Partiyaning asosiy maqsadi

taraqqiyoti va xalq
farovonligi yoʻlida xizmat qilish, ishbilarmonlar

manfaatlarini ifoda etadigan va himoya qiladigan
umummilliy siyosiy tashkilot tuzish yoʻlida

birlashishdir.

HAYOTIY TAJRIBA

BOYISHNING 5 QONUNI

• Ishlab topgan boyligining oʻndan bir qismini, oʻzining va oilasining
kelajagi uchun qaygʻurib, bir chetga olib qoʻyadigan
kishiga tillaning oʻzi intiladi.

• Tilla, uni oqilona rejalarga dastmoya qilgan aqlli

kishilarga naf keltiradi.

• Tilla, himoyaga muhtoj, shu bois ehtiyotkorlikni
va tajribali tadbirkorlarning maslahatini maʼqul koʻradi.
• Ishbilarmon, ammo, oʻzi tushunmaydigan sohalarga ishlashga

majburlashni tilla yoqtirmaydi.
• Oson boyishdek xomxayol rejalar-u yetib boʻlmas havaslarga

boyligini sarflagan kishidan, tilla qochadi.

(Tilla deganda, bu yerda sarmoya, umuman, pul nazarda tutilmoqda)
Jorj Samyuel Kleysonning “Vavilonlik eng boy odam” asaridan

TOʻGʻRI YOZAMIZ
✅ Kimoshdi savdosi ❌ Kimochdi savdosi

Qoʻsh sahifani Elyor Abdumalikov tayyorladi.

8

BIR JAMOADA BIRLASHAMIZ! KUN TARIXI

17-NOYABR — XALQARO TALABALAR KUNI
Har yili Xalqaro talabalar kuni 17-noyabr kuni

nishonlanadi. Ushbu kun 1941-yili Londonda
fashizmga qarshi kurashayotgan talabalarning
uchrashuvi vaqtida joriy qilingan, biroq ushbu bayram
bir necha yildan soʻng, yaʼni 1946-yildan buyon keng nishonlana boshlagan.
Bayram chexiyalik vatanparvar studentlarning xotirasiga bagʻishlanib joriy
qilingan.

1946-yil 17-noyabr kuni Praga shahrida butun dunyo talabalar
kongressida tasdiqlangan. Albatta, bu bayramni yoshlik, xushchaqchaqlik va
romantika deb esga olinadi. Butun dunyo talabalar kongressida xalqaro talabalar
kunini oʻtkazish belgilandi. Hozirgi kunga kelib, dunyoning koʻpgina davlatlari
bu bayramni nishonlaydi. Mamlakatimizda 127 tadan ortiq oliy taʼlim
muassasalarida taʼlim olayotgan yarim milliondan ortiq talaba ushbu kunni
“talabalar kuni” sifatida nishonlashadi.

SOʻZ IZOHI

SHARTNOMA. Har bir ishtirokchining zimmasiga olgan
majburiyati mavjud boʻlgan, ushbu vazifani bajarish predmetini
oʻz ichiga oladigan ikki yoki bir necha shaxslar (iqtisodiy
subyektlar)ning ixtiyoriy kelishuvi.

TOʻRT TALABA HANGOMASI

Toʻrt talaba toʻyga bordi. Ertasiga imtihonlari bor
boʻlishiga qaramay, oʻyin-kulgiga berilib ketishdi. Yarim
kechada uyga qaytib kelishdi va qotib uxlashdi. Tongda turib
rosa bosh qotirishdi va oʻzlaricha bir yoʻl topishdi. Darsga
yuz-qoʻllariga yogʻ surtilgan holda kelishdi. Kecha toʻydan
qaytayotib mashinaning balloni yorilib ketgani, tuzatishga
rosa urinishgani, lekin imkoni boʻlmagani va shu sababli,
imtihonga tayyorgarlik koʻra olmaganlarini aytishdi. Ustoz ularning uzrlarini
qabul qildi. Imtihonga hozirlik koʻrish uchun yana uch kun muhlat berdi.
Uchinchi kuni talabalar puxta tayyorlanib keldi. Ustoz bu juda muhim imtihon
ekani, unda hech qanday aloqa vositasi, kitob yoki qaydlardan foydalanish
mumkin emasligini uqtirdi. Har biriga oq qogʻoz va yelimlangan test konvertini
berib, alohida-alohida xonaga kirgizdi. Talabalar savolga bemalol javob
beramiz, “aʼlo” baho naqd deb oʻylagandi. Biroq konvertni ochib, hayron

9

qolishdi. Unda oʻsha kuni mashinaning qaysi balloni yorilib ketgani BIR JAMOADA BIRLASHAMIZ!
soʻralgan edi.

Tabiiyki oldindan kelishib olmaganlari uchun har kim har xil javob berdi.
Yolgʻonlarining umri uch kunga ham yetmagan talabalar qoʻlga tushdi va
imtihondan yiqildi.

MUHIM TADBIR: 2022-YIL 25-OKTYABR SHHT YOSHLAR
KENGASHI YAKUNLANDI

Kengashda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan ilgari surilgan madaniyat, sanʼat, sport, axborot
texnologiyalari, kitobxonlik va xotin-qizlarni qoʻllab-
quvvatlash boʻyicha 5 ta muhim tashabbusning mazmun-
mohiyati va ahamiyati, shuningdek, yoshlar bandligini
taʼminlash va boʻsh vaqtni mazmunli oʻtkazish maqsadida
yaratilgan “Yoshlar daftari” va “Yoshlar dasturlari” tizimlari faoliyati natijalari,
shu bilan birga, tomonlarning takliflariga binoan, SHHT Yoshlar kengashining
2022-2023-yillarga moʻljallangan ish rejasi tasdiqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi raisligi doirasida tashabbus bildirilgan “SHHT
mamlakatlari yoshlari oʻrtasida eng yaxshi startap loyihasi” tanlovi (6-10-iyun,
2022-yil) natijalari sarhisob qilindi.

TOʻGʻRI YOZAMIZ

Shartnoma| ✅

Sharitnoma | ❌
HAYOTIY UNDOV

Vaqt emas, balki maqsadning
yoʻqligi haqiqiy muammodir. Chunki
boshqalarga ham siz kabi yigirma toʻrt
soat berilgan.

Qoʻsh sahifani Mohigul Normurodova tayyorladi.

10

BIR JAMOADA BIRLASHAMIZ! 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi qabul
qilingan kun

Davlat bayrogʻi – faxrim, gʻururim

Davlat bayrogʻi xalqning shon-sharafi, gʻururi. Bayroqni
qadrlash, eʼzozlash oʻz mamlakatiga va shaxsan oʻziga boʻlgan
ishonchni mustahkamlash demakdir.

SOʻZ IZOHI

Bayroq – yogʻoch, metall dastaga, sim yoki chilvirga mahkamlangan, bir yoki
bir necha rangli, davlat, tashkilot, uyushma, harbiy qism va sh. k. larga qarashlilikni
ifodalovchi gerb, emblema va boshqa ramziy, belgilar, bezaklar tasviri tushirilgan
muayyan oʻlchamdagi mato; alam, yalov; tugʻ. Masalan: Davlat bayrogʻi. Bayroq
oʻrnatmoq.

BAYROQDAGI RANGLAR

NIMANI ANGLATADI?

BILASIZMI?

Davlat bayrogʻi Oʻzbekiston Respublikasining
1991-yil 18-noyabrdagi 407­XII­son qarori “Oʻzbekiston
Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida” Qonuni bilan
tasdiqlangan.

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi Oʻzbekiston Respublikasi davlat
suverenitetining ramzidir.

1. Bayroqdagi moviy rang – tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va
obihayot ramzi. Timsollar tilida bu yaxshilik, donishmandlikni bildiradi.

2. Bayroqdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi boʻlib, u kun charogʻonligi va
koinot yoritqichlari bilan uygʻunlashib ketadi. Oq – poklik, begʻuborlik.

3. Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U poklik, soflik timsoli.

4. Qizil chiziqlar – vujudimizda joʻshib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini
anglatadi.

5. Yarimoy – Oʻzbekiston xalqining koʻp asrlik anʼanalariga muvofiq keladi.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻidagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy
anʼanalarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador.

QIZIQARLI MAʼLUMOT

Davlat bayrogʻi uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng.
Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40
santimetrga tengdir. Davlat bayrogʻining oʻrtasidagi oq rangli enning
chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar oʻtkazilgan.

11

TOʻGʻRI YOZAMIZ BIR JAMOADA BIRLASHAMIZ!

✅ Qarorgoh

❌ Qarorgox

JUMBOQLI SAVOL
Oʻzbekiston Respublikasida u koʻpi bilan 45 gradus burchak

ostida va yerdan kamida 2,5 metr balandlikda turishi kerak. U
nima?

CHUMOLIDAN IBRAT OLDIM
Bir kuni Amir Temurdan soʻrashibdi:
– Sizning oddiy beklikdan shunday buyuk saltanat
sohibi darajasiga yetishingizga nima yordam berdi?
– Men hech qachon umidsizlikka tushmadim. Bu
borada chumolidan ibrat olganman. Bir kuni
dushmanlarimdan qochib, bir xarobaga berkindim.
Qutulishdan umidimni uzib, tushkunlikka tushib
oʻtirganimda koʻzim bexos bir chumoliga tushdi. U oʻzining
tanasidan deyarli ikki baravar katta bugʻdoy donasini sudrardi. Uning yoʻlida
yogʻoch parchasi bor edi. Chumoli uning ustiga chiqishga harakat qilar, biroq
yuki ogʻirligidan yerga tushib ketardi. Bugʻdoy donasi yumalab, devor tagiga
tushar, chumoli qaytib tushib, rizqini olib ketishga harakat qilardi. Bu holat
50 martadan ham koʻproq takrorlandi. Chumoli nihoyat maqsadiga yetdi. Bu
kichkina jonzotning harakatini koʻrib, yuragimda shijoat, umid paydo boʻldi.
Oʻz-oʻzimga dedim: “Nahotki, chumolichalik gʻayratim boʻlmasa?!
Shundan keyin maqsadimga erishguncha hech qanday toʻsiqdan
choʻchimadim.

Ibrat izlaganga ibratdir dunyo...

HAYOTIY SABOQLAR
“Biz bir marta yashaymiz!”
Mana shu dalilning oʻzi yaxshi inson boʻlishimizga,
faqat yaxshilik qilib yashashimiz zarurligiga yetarli asos
boʻla oladi.

Salim Ayyubiy
Qoʻsh sahifani Nigora Sattorova tayyorladi.

12

BIR JAMOADA BIRLASHAMIZ! PAXTA BAYRAMI
(Har yili noyabr oyining oxirgi yakshanbasida

nishonlanadi)

“Oq oltindan olingan cheklov”
Paxta uzoq yillardan buyon bizning milliy,
madaniy, shu qatorda iqtisodiy-siyosiy oʻzligimizni ham
belgilab keldi. Davlatimiz ramzida, choynagimizda,
piyolamizda, ham iftixor ramzi sifatida aks etgan.
Biz milliy boylik darajasiga koʻtargan paxta
haqida gap ketarkan joriy yil boshlarida “Cotton Campaign” koalitsiyasi
Oʻzbekiston paxtasiga boykotni bekor qildi. Mazkur qaror 2021-yilda
mamlakatimizda paxta yigʻim-terimida bolalar mehnati va majburiy mehnatga
qoʻyilmagani munosabati bilan qabul qilindi.
Mehnat va inson huquqlarini himoya qiluvchi
tashkilotlar, sarmoyadorlar, nufuzli firma va
kompaniyalarni oʻz safiga jamlagan mazkur xalqaro
koalitsiya oʻz qarori bilan oʻzbek paxtasi uchun
yopilgan eshiklarni ochdi.
Dunyo matbuoti yangiligiga koʻra,
Oʻzbekistonning tizimli majburiy mehnatga toʻliq
barham berish boʻyicha erishgan muvaffaqiyatlarini
hisobga olib, AQSH Mehnat vazirligi ham
mamlakatimizda yetishtirilgan paxta hosilini
“Bolalar va majburiy mehnatdan foydalangan holda ishlab chiqariladigan
mahsulotlar roʻyxati”dan chiqarilgani eʼlon qilindi va ushbu qaror
Oʻzbekistonda ishlab chiqilgan paxta va undan tayyorlangan mahsulotlarni
AQSHga olib kirishga qoʻyilgan rasmiy cheklovlarni bekor qiladi va shu orqali
mahalliy toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilish uchun yangi imkoniyatlar
yaratadi.

Paxtaga oid qiziqarli faktlar
Paxta – inson yetishtira boshlagan ilk oʻsimliklardan biridir.
Arxeologlar paxta Hind vodiysida 7000-yil ilgari ekilganini isbotlashgan.

13

TOʻGʻRI YOZAMIZ
✅ Paxta klasteri

❌ Paxta klassteri

SOʻZ IZOHI

Klaster soʻzi oʻzbek tiliga
oʻgirilganda “bogʻlam”, “guruh”,
“toʻplam” degan maʼnolarni
bildiradi.
Ilk paxta-toʻqimachilik klasteri 2017-yili
tajriba tariqasida Navoiy viloyatining Qiziltepa
tumanida tashkil etilgan. U dastlabki paytlardayoq ustunligini amalda namoyon
eta boshladi. Bu esa odamlarning klaster haqidagi notoʻgʻri shubha-gumonlarini
tarqatib, yangi rivojlanish modeliga ishonch uygʻotdi.
Iqtisodiyotda klaster nazariyasi muhim marketing strategiyasi shaklida
davlat va uning hududlarini sanoatlashtirish, korxonalar raqobatdoshligini
taʼminlovchi gʻoya sifatida paydo boʻlgan.

OʻQING, QIZIQ!

➢ Paxta tolasi ajoyib soʻruvchanlik xususiyatiga ega.
➢ Paxta oʻz vazniga nisbatan 27 marta koʻproq suvni oʻziga torta
olishi mumkin. Paxta nam tortgani sayin mustahkamlanib boradi.
➢ Tabiiy paxta uch xil rangda boʻladi: oq, jigarrang, yashil

➢ Markaziy Osiyoda paxta juda tez yetiladi.
Qishloq xoʻjalik davrining davomiyligi Markaziy
Osiyo = 180 kun, Janubiy Amerika = 300 kun
➢ Dunyoda eng koʻp paxta import qiluvchi davlat
– Xitoy

Qoʻsh sahifani Odina Mirzayeva tayyorladi.

14

BIR JAMOADA BIRLASHAMIZ! “BIR JAMOADA BIRLASHAMIZ!” ELEKTRON
OYLIK JURNALI HAQIDA FIKR VA MULOHAZALAR

Vazirligimizda maʼnaviyat va maʼrifat ishlari
boʻyicha vazir maslahatchisi boshchiligida chop etilayotgan
“Bir jamoada birlashamiz!” motivatsion elektron jurnal
bilan yaqindan tanishib chiqdim. Umuman olganda,
jurnalda keltirilgan turli mavzudagi maqola va boshqa
materiallar boʻyicha fikrim ijobiy. Oʻylaymanki, har xil
yoshdagi hamda qiziqishlari turlicha boʻlgan insonlar oʻzi
uchun, albatta, kerakli maʼlumot oladilar. Qoʻshimcha qilib
shunday taklif bermoqchimanki, jurnal sahifalariga bugungi
yoshlarimiz tarbiyasiga oid mavzular, jumladan, oʻzidan kattalarni hurmat qilish
ota-onaga ehtirom, qariyalarga mehr-muruvvat koʻrsatish kabilar koʻproq
yoritilsa, nur ustiga aʼlo nur boʻlar edi. Jurnal ijodiy guruhining kelgusi ishlarida
omad yor boʻlsin!

Nilufar Najimxoʻjayeva,
Birinchi boʻlim bosh mutaxassisi

*** *** *** *** *** *** *** *** *** *** *** *** ***
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va
kambagʻallikni qisqartirish vazirligining “Bir jamoada
birlashamiz!” nomli motivatsion elektron jurnalining har bir
sonini maroq bilan oʻqib boraman. Menga, ayniqsa, hikmatlar
hamda xodimlarning ijodi tomonidan tayyorlangan ruknlar
juda yoqadi.
Shu bilan birga, vazirligimiz tizimida, qolaversa,
respublikamiz ravnaqi yoʻlida koʻp yillar mobaynida faoliyat
yuritgan va yuritib kelayotgan xodimlarimizning sohada erishgan yutuqlari
toʻgʻrisida ham maʼlumotlar tayyorlansa maʼqul boʻlardi.

Dilnoza Ibodova,
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning iqtisodiy-huquqiy

sharoitlarini yaratish boshqarmasi
bosh mutaxassisi

15

Elektron jurnalning 8-9-sonlarini koʻrib BIR JAMOADA BIRLASHAMIZ!
chiqdim. Jurnalda juda kerakli maʼlumotlar,
hikmatli soʻzlar, qiziqarli faktlar keltirilgan.

Keyingi sonlarda jurnalning dizaynini yanada
takomillashtirish, shuningdek, kitob formatida
emas, balki katta jurnal formatida chiqarish taklif
etiladi.

Umidjon Oktyabirov,
Urbanizatsiyani rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi

*** *** *** *** *** *** *** *** *** *** *** *** *** ***

“Bir jamoada birlashamiz!” motivatsion elektron
jurnaldagi kun hikmatlari, soʻz izohi, hayotiy haqiqatlar
va har bir oydagi muhim kunlarni oʻqib chiqdim. Jurnalga
qoʻshimcha qilib shunday taklif bermoqchimanki, jurnal
sahifasida hayotiy hikoyalar qoʻyilsa, davomi keyingi
sonlarda degan misolida, shunda mushtariy uni keyingi
soni chiqishini intizorlik bilan kutadi deb oʻylayman.
Keyin yana jurnalga hadislar qoʻyib borilsa hamda taniqli
insonlarning hayoti va ijodi yoritib borilsa maqsadga
muvofiq boʻlardi.

Jurnal xodimlarining kelgusi ishlarida omad yor boʻlsin!

Farida Kuchkarova,
Xizmatlar boʻlimi mutaxassisi

Tahririyatdan: jurnalning har bir sonini qiziqish bilan
oʻqib, kuzatib borayotgan har bir oʻquvchi-tizim xodimidan juda
xursandmiz va behad minnatdormiz. Bu jurnal aslida aynan sizlar
uchun. Sizga qaysidir maʼnoda ozgina boʻlsa-da maʼnaviy ozuqa
boʻlib xizmat qilayotgan boʻlsa, demak, bizning maqsadimiz
amalga oshmoqda. Shu oʻrinda istardikki, har biringizning jurnal haqidagi
fikrlaringizni kutib qolamiz va u biz uchun muhim, xoh u tanqidiy boʻlsin.
Albatta, biz bilan bogʻlaning, kutamiz.

16

BIR JAMOADA BIRLASHAMIZ! BU SAHIFADA SIZNING FIKRINGIZ,
IJOD NAMUNANGIZ, GʻOYALARINGIZ

BOʻLISHI MUMKIN.
“BIR JAMOADA BIRLASHAMIZ!” shiori ostida mazkur jurnalga
oʻz hissangizni qoʻshing!

17

QAYDLAR UCHUN! BIR JAMOADA BIRLASHAMIZ!

Hurmatli oʻquvchi! Mazkur jurnal yuzasidan fikr-
mulohazalaringiz, takliflaringiz, shuningdek, sizni qiziqtirgan
savollaringizni kutib qolamiz. Bildirilgan har bir taklif “Bir jamoada
birlashamiz!” motivatsion jurnalning keyingi sonida, albatta, inobatga
olinadi.

Nashr uchun masʼul: O. Mahmudov
Nashrga tayyorlovchi: O. Kajanova

TAHRIRIYAT AʼZOLARI:
Sh. Doʻmanov; G. Melibayeva; D. Joʻrayeva; U. Ibatxodjayeva;

D. Ibodova; N. Yuldashev; F. Rahimov; F. Ujimurodova
(Qoraqolpogʻiston Respublikasi); I. Baxranova (Buxoro viloyati);

O. Djabbarova (Jizzax viloyati); G. Niyazova.

Murojaat uchun telefonlar:
71 232-60-02; 232-60-05

18

БИР
ЖАМОАДА
БИРЛАШАМИЗ!

МОТИВАЦИОН ЭЛEКТРОН ЖУРНАЛ 10-СОН / НОЯБРЬ

18 ноябрь – Ўзбекистон Давлат байроғи қабул қилинган кун

Европадаги энг баланд
тоғ чўққиси Элбурс
(5642 м)да
мамлакатимиз байроғи
ҳилпирамоқда.

Суратда: ҳамюртимиз Саид Тўлаганов, 2017 йил.

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ИҚТИСОДИЙ
ТАРАҚҚИЁТ ВА КАМБАҒАЛЛИКНИ
ҚИСҚАРТИРИШ ВАЗИРЛИГИ

Жамият ҳаётининг танаси иқтисодиёт бўлса, унинг
жони ва руҳи маънавиятдир.

Ш.М.МИРЗИЁЕВ

Ш.

Бир жамоада
бирлашамиз!

МОТИВАЦИОН
ЭЛЕКТРОН
ЖУРНАЛ

(Маънавий озуқа) № 10
2022 йил, ноябрь

Журнал Вазирлик
ходимларининг маънавий
руҳиятини ошириш, жамоада
умумжамоавий мақсадлар
муштараклигини таъминлашга
йўналтирилган

МУНДАРИЖА БИР ЖАМОАДА БИРЛАШАМИЗ!

ШАРТЛИ БЕЛГИЛАР
1.

— КУН ҲИКМАТИ
2. — СЎЗ ИЗОҲИ
3. — ТЎҒРИ ЁЗАМИЗ
4.

— ЎҚИНГ ҚИЗИҚ!
5. — МАНТИҚИЙ САВОЛ!

6. — БИЛАСИЗМИ?
7.

— ҲАЁТИЙ ТАЖРИБА: БОЙИШНИНГ 5 ҚОНУНИ
8. — ҚИЗИҚАРЛИ МАЪЛУМОТЛАР

9. — XОДИМЛАРНИНГ ФИКР-
МУЛОҲАЗАЛАРИ

10. –– КУН ТАРИХИ

БУ СОНДА: Давлат байроғи — фахрим, ғурурим.
✓ Пахтамиз — бойлигимиз.

2

ХАЛҚАРО ФОРУМ

“Бугунги форум нуфузли халқаро ташкилотлар, етакчи хорижий

компаниялар ва таниқли экспертлар иштирокида бу борадаги илғор

тажрибаларни муҳокама қилиш ҳамда биргаликда умумий ҳаракатлар

режасини ишлаб чиқиш учун қулай имконият бўлиб хизмат қилади, деб

ишонаман”. Шавкат Мирзиёев

ИНСОН МАНФААТЛАРИ — ИҚТИСОДИЙ
ИСЛОҲОТЛАРНИНГ БОШ МАЗМУНИ

Самарқанд шаҳрида жорий йилнинг 3-4 ноябрь кунлари халқаро
даражадаги етакчи иқтисодчилар, нуфузли инвесторлар ва халқаро
экспертларни жамлаган II Ўзбекистон иқтисодий форуми бўлиб ўтди.
“Инсон манфаатларини иқтисодий ислоҳотларнинг бош мазмунига
айлантириш” мавзусига бағишланган ушбу анжуманда дунёда давом
этаётган мураккаб пандемия ва глобал иқтисодий инқироз оқибатлари,
турли нотинчликлар ҳамда зиддиятлар фонида юзага келаётган озиқ-овқат
ва энергетика хавфсизлигини таъминлаш, иқлим ўзгариши муаммоларида
инсон тақдирига бағишланган долзарб масалалар муҳокама қилинди.
Муҳокамаларда Ўзбекистон Республикаси Бош вазир ўринбосари —
Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш вазири Жамшид
Қўчқоров, Бош вазир ўринбосари — Инвестициялар ва ташқи савдо вазири
Жамшид Хўжаев, Жаҳон банки вице-президенти Анна Берде, Халқаро
валюта жамғармаси, Осиё тараққиёт банки, Осиё инфратузилмавий
инвестициялар банки ҳамда “TBC Group” раҳбарлари иштирок этди.
Форумнинг ялпи йиғилишида мамлакатимиз эришган ижтимоий-
иқтисодий тараққиёт ва яқин келажакда республикани юксак марралар сари
олиб чиқувчи улкан режалар кўриб чиқилди. Унда халқаро шериклар ва
бизнес вакиллари билан ҳамкорликнинг ҳаётий аҳамиятига алоҳида эътибор
қаратилди.

“Халқ сўзи” (№238) газетасининг маълумотлари асосида тайёрланди.

3

ЭЪТИРОФ

Пойтахтимиздаги БИР ЖАМОАДА БИРЛАШАМИЗ!

“Туркистон” санъат

саройида 21 октябрь –

“Ўзбек тили байрами” куни

муносабати билан

тантанали маросим бўлиб

ўтди. Унда “Қадринг

баланд бўлсин, она тилим!”

Республика

танловининг ғолиб ва

совриндорлари тақдирлан-

ди.

Вазирлар Маҳкамасининг

2022 йил 6 июндаги 118-сонли

йиғилиш баёнига асосан

ташкил этилган “Қадринг

баланд бўлсин, она тилим!”

танловида Иқтисодий

тараққиёт ва камбағалликни

қисқартириш вазирлиги

Давлат тилида иш юритиш йўлга қўйилган энг яхши тизим

йўналишида фахрли 1-ўринни эгаллади. Бу эса вазирлигимизда ягона ва

яхлит тил сиёсатини юритиш, ўзбек тилининг давлат тили сифатидаги

нуфузини оширишга қаратилган фаолиятнинг муносиб эътирофидир.

4

БИР ЖАМОАДА БИРЛАШАМИЗ! КУН ТАРИХИ

10 ноябрь: Тарихдан бугунга қадар
Бутунжаҳон ёшлар куни — 1945 йил
ташкил этилган. “Бутунжаҳон ёшлар куни”ни
нишонлаш санаси 29 октябрдан 10 ноябргача Англия пойтахти Лондонда
бўлиб ўтган “Бутунжаҳон ёшлар конференцияси” якунланган кунга тўғри
келади. Халқаро Ёшлар анжуманининг якуний куни Бутунжаҳон
Демократик Ёшлар Федерацияси (WFDY) ташкил топган кун сифатида
муҳим аҳамиятга эгадир.

✓ Халқаро бухгалтерия куни. “Бухгалтерлар куни” деб ҳам
аташади. Ҳатто кўплаб мамлакатларда мазкур сана
миллий байрам ҳисобланади. Хўш, нега айнан 10 ноябрь?
Тарихий манбаларга кўра, айнан шу куни, тўғрироғи XV
асрнинг сўнгида – 1494 йил 10 ноябрда Венецияда Луки
Пачиолининг “Барчаси арифметика, геометрия ва

пропорциялар ҳақида” номли асари чоп этилади. Муаллиф шу орқали ўша
пайтдаги математика қийматларини умумлаштиришга ҳаракат қилади.
Китоб бўлимларидан бири “Ҳисоб-китоблар ва қайдлар ҳақида” деб
номланиб, ушбу қисмда Венециядаги бухгалтерия фаолиятига батафсил
тўхталиб ўтилган ва шу асносида бухгалтерия методларига бағишланган
биринчи босма асарга айланади. Унда бухгалтерия ишини тўлиқ юритиш
учун талаб этиладиган махсус атамалар келтириб ўтилган. Кейинчалик
асар тижорат бухгалтериясига оид бир қатор кенг тарқалган ишларга асос
бўлиб хизмат қилди.

✓ Бутунжаҳон илм-фан куни

1999 йилда Венгрия пойтахти Будапештда бўлиб
ўтган халқаро илмий конференция иштирокчилари
Бутунжаҳон илм-фан куни байрамини жорий қилиш
ҳақидаги таклифни ЮНEСКОга йўллаган эди. ЮНEСКО
2001 йилда ушбу таклифни маъқуллади ва 10 ноябрь
санасини Бутунжаҳон илм-фан куни деб расман тасдиқлади. Ушбу сана
2002 йилдан буён халқаро байрам сифатида нишонланиб келинмоқда.
ЮНEСКОнинг расман 31С/20 рақамли резолюциясига кўра, бу
байрамнинг тўлиқ номи “Тинчлик ва тараққиёт йўлида бутунжаҳон илм-
фан куни”, деб қайд этилган.

5

БИЛАСИЗМИ?БИР ЖАМОАДА БИРЛАШАМИЗ!
Италиядаги Бухорий қишлоғи ҳақида

эшитганмисиз?
Италия таркибидаги энг йирик орол – Сицилияда
Бухорий қишлоғи бор. Лауро тоғининг этагида
жойлашган ушбу ҳудуд неча асрлик тарихи боис
сайёҳлар учун доим қизиқ бўлиб келган. Оролга саёҳат қилган одам у
ерда юнонлар, римликлар, византияликлар, бундан ташқари, араблар ва
норманлар маданияти қолдиқларини учратади. Жой номлари ва кўплаб
тарихий иншоотларда ҳам бу яққол кўзга ташланади. Буккери қишлоғи
тарихи ҳам айнан Бухорий номи билан туташиб кетади. Тарих фанлари
доктори, профессор Роберт Ланда оролга қилган саёҳати чоғида
Буккери номли қишлоқ борлигига гувоҳ бўлди. Унинг тарихи билан
қизиққач, “Буккери” – “Бухорий” сўзининг бузиб айтилган шакли
экани ва IХ–Х асрларда Бухородан келган бир жамоа оролни маскан
тутгани ҳақида аниқлади. Бухорийлар олис Италиядаги бу оролга қандай
бориб қолган? Тарихдан маълумки, милодий VIII асрда
мусулмонлар Сицилияни фатҳ этди ва 1091 йилгача
ҳукмронлик қилди. Фотиҳлар орасида араблар, барбарлар,
занжи африкаликлар ва бошқа Ислом мамлакатларининг
вакиллари бўлган. Италия шарқшуноси Микеле Амарнинг ҳисобига кўра,
ҳозир оролда бир вақтлар мусулмонлар барпо этган ёки эгаллаган шаҳар ва
мавзеларнинг арабча 328 номи ҳамон сақланиб қолган.
Сицилиядаги араб-ислом маданиятининг кучи ва
унинг таъсири йиллар ўтса-да ўзгармади. Шаҳарлик
мусулмонларнинг анчагина қисми оролни тарк этиб, Миср
ва Мағриб ўлкаларига кўчиб кетган, аммо норманлар
давлатида араб тили ва маданияти гуллаб-яшнайверди.
Сицилиядаги араб-ислом маданияти XII, XIII асрларда,
айниқса, бир пайтнинг ўзида Олмония императори ва
Қуддуси шариф қироли бўлган Фридрих II даврида гуллаб-яшнади. Қирол
бир қанча мусулмон олимлари ва файласуфларига ҳомийлик қилди, ўзи
мухлиси бўлган Ибн Сино ва Ибн Рушд асарларини арабчадан лотин
тилига ўгиришга фармон берди.
ХV асрга келиб, Сицилияда араб тилининг таъсири узоқ вақт
йўқолмади. Унинг излари аҳоли масканлари номларида, тил лаҳжаларида,
айрим урф-одатларда, оролнинг ҳозирги тарихий манбаларида сақланиб
қолди. Оролдаги Бухорий қишлоғи ана шу олис тарихнинг бир
шуъласидир.

Қўш саҳифани Гулҳаё Бойқобилова тайёрлади.

6

БИР ЖАМОАДА БИРЛАШАМИЗ! ҲИКМАТ
Буюк иш қилишни бирдан бир йўли қилаётган
ишингни севишингдир. Агар ҳали бундай иш топмаган
бўлсанг, излашда давом эт.

Стив Жобс

СЎЗ ИЗОҲИ

ИЗЛАНИШ. Янгилик топиш, яратиш ҳаракатида
бўлиш, шундай мақсадли ҳаракат, фаолият.

ИБРАТ УЧУН ДАРС

Нима яхши, нима муҳимроқ?
– Биринчи ўринни олиш яхши, лекин ўз
ўрнингга эга бўлишинг муҳимроқ.
– Муаммони еча оладиган шахс бўлиш
яхши, лекин янги имкониятларни ярата оладиган шахс бўлиш муҳимроқ.
– Ақлли бўлиш яхши, лекин кучли характерга эга бўлиш
муҳимроқ.
– 30 ёшгача уйнинг пойдеворини қуриб олган яхши, лекин
бизнеснинг таг заминини қуриб олиш муҳимроқ.
– Режа тузиш яхши, лекин бошлаш муҳимроқ.
– Муҳим бўлиш яхши, лекин яхши бўлиш муҳимроқ.

7

КУН ТАРИХИ БИР ЖАМОАДА БИРЛАШАМИЗ!
15 НОЯБРЬ – Тадбиркорлар ва

ишбилармонлар ҳаракати, Ўзбекистон
Либерал-демократик партияси таъсис
этилган кун.
Партиянинг асосий мақсади Ватан
тараққиёти ва халқ фаровонлиги йўлида хизмат
қилиш, ишбилармонлар манфаатларини ифода
этадиган ва ҳимоя қиладиган умуммиллий сиёсий
ташкилот тузиш йўлида бирлашишдир.
ҲАЁТИЙ ТАЖРИБА
БОЙИШНИНГ 5 ҚОНУНИ

• Ишлаб топган бойлигининг ўндан бир
қисмини, ўзининг ва оиласининг келажаги учун
қайғуриб, бир четга олиб қўядиган кишига тилланинг
ўзи интилади.

• Тилла, уни оқилона режаларга дастмоя
қилган ақлли кишиларга наф келтиради.
• Тилла, ҳимояга муҳтож, шу боис эҳтиёткорликни ва тажрибали
тадбиркорларнинг маслаҳатини маъқул кўради.
• Ишбилармон, аммо, ўзи тушунмайдиган соҳаларга ишлашга
мажбурлашни тилла ёқтирмайди.
• Осон бойишдек хомхаёл режалар-у етиб бўлмас ҳавасларга
бойлигини сарфлаган кишидан, тилла қочади.
(Тилла деганда, бу ерда сармоя, умуман, пул назарда тутилмоқда)
Жорж Самюэл Клейсоннинг “Вавилонлик энг бой одам”
асаридан

ТЎҒРИ ЁЗАМИЗ

✅ Кимошди савдоси ❌ Кимочди савдоси

Қўш саҳифани Элёр Абдумаликов тайёрлади.

8

БИР ЖАМОАДА БИРЛАШАМИЗ! КУН ТАРИХИ

17 НОЯБРЬ — ХАЛҚАРО ТАЛАБАЛАР КУНИ
Ҳар йили Халқаро талабалар куни 17 ноябрь

куни нишонланади. Ушбу кун 1941 йили Лондонда
фашизмга қарши курашаётган талабаларнинг
учрашуви вақтида жорий қилинган, бироқ ушбу
байрам бир неча йилдан сўнг, яъни 1946 йилдан буён кенг нишонлана
бошлаган. Байрам чехиялик ватанпарвар студентларнинг хотирасига
бағишланиб жорий қилинган.

1946 йил 17 ноябрь куни Прага шаҳрида бутун дунё талабалар
конгрессида тасдиқланган. Aлбатта, бу байрамни ёшлик, хушчақчақлик ва
романтика деб эсга олинади. Бутун дунё талабалар конгрессида халқаро
талабалар кунини ўтказиш белгиланди. Ҳозирги кунга келиб, дунёнинг
кўпгина давлатлари бу байрамни нишонлайди. Мамлакатимизда 127 тадан
ортиқ олий таълим муассасаларида таълим олаётган ярим миллиондан
ортиқ талаба ушбу кунни “талабалар куни” сифатида нишонлашади.

СЎЗ ИЗОҲИ

ШАРТНОМА. Ҳар бир иштирокчининг зиммасига
олган мажбурияти мавжуд бўлган, ушбу вазифани бажариш
предметини ўз ичига оладиган икки ёки бир неча шахслар
(иқтисодий субъектлар)нинг ихтиёрий келишуви.

ТЎРТ ТАЛАБА ҲАНГОМАСИ

Тўрт талаба тўйга борди. Эртасига имтиҳонлари
бор бўлишига қарамай, ўйин-кулгига берилиб кетишди.
Ярим кечада уйга қайтиб келишди ва қотиб ухлашди.
Тонгда туриб роса бош қотиришди ва ўзларича бир йўл
топишди. Дарсга юз-қўлларига ёғ суртилган ҳолда
келишди. Кеча тўйдан қайтаётиб машинанинг баллони ёрилиб кетгани,
тузатишга роса уринишгани, лекин имкони бўлмагани ва шу сабабли,
имтиҳонга тайёргарлик кўра олмаганларини айтишди. Устоз уларнинг
узрларини қабул қилди. Имтиҳонга ҳозирлик кўриш учун яна уч кун
муҳлат берди. Учинчи куни талабалар пухта тайёрланиб келди. Устоз бу
жуда муҳим имтиҳон экани, унда ҳеч қандай алоқа воситаси, китоб ёки
қайдлардан фойдаланиш мумкин эмаслигини уқтирди. Ҳар бирига оқ қоғоз
ва елимланган тест конвертини бериб, алоҳида-алоҳида хонага киргизди.
Талабалар саволга бемалол жавоб берамиз, “аъло” баҳо нақд деб

9

ўйлаганди. Бироқ конвертни очиб, ҳайрон қолишди. Унда ўша куни БИР ЖАМОАДА БИРЛАШАМИЗ!
машинанинг қайси баллони ёрилиб кетгани сўралган эди. Табиийки
олдиндан келишиб олмаганлари учун ҳар ким ҳар хил жавоб берди.
Ёлғонларининг умри уч кунга ҳам етмаган талабалар қўлга тушди ва
имтиҳондан йиқилди.

МУҲИМ ТАДБИР: 2022 ЙИЛ 25 ОКТЯБРЬ ШҲТ ЁШЛАР
КЕНГАШИ ЯКУНЛАНДИ

Кенгашда, Ўзбекистон Республикаси Президенти
томонидан илгари сурилган маданият, санъат, спорт,
ахборот технологиялари, китобхонлик ва хотин-қизларни
қўллаб-қувватлаш бўйича 5 та муҳим ташаббуснинг
мазмун-моҳияти ва аҳамияти, шунингдек, ёшлар
бандлигини таъминлаш ва бўш вақтни мазмунли ўтказиш
мақсадида яратилган “Ёшлар дафтари” ва “Ёшлар дастурлари” тизимлари
фаолияти натижалари, шу билан бирга, томонларнинг таклифларига
биноан, ШҲТ Ёшлар кенгашининг 2022-2023 йилларга мўлжалланган иш
режаси тасдиқланди.
Ўзбекистон Республикаси раислиги доирасида ташаббус
билдирилган “ШҲТ мамлакатлари ёшлари ўртасида энг яхши стартап
лойиҳаси” танлови (6-10 июнь, 2022 йил) натижалари сарҳисоб қилинди.

ТЎҒРИ ЁЗАМИЗ

Шартнома| ✅

Шаритнома | ❌
ҲАЁТИЙ УНДОВ

Вақт эмас, балки мақсаднинг
йўқлиги ҳақиқий муаммодир. Чунки
бошқаларга ҳам сиз каби йигирма
тўрт соат берилган.

Қўш саҳифани Моҳигул Нормуродова тайёрлади.

10

БИР ЖАМОАДА БИРЛАШАМИЗ! 18 ноябрь – Ўзбекистон Республикаси байроғи қабул
қилинган кун

Давлат байроғи – фахрим, ғурурим

Давлат байроғи халқнинг шон-шарафи, ғурури. Байроқни
қадрлаш, эъзозлаш ўз мамлакатига ва шахсан ўзига бўлган
ишончни мустаҳкамлаш демакдир.

СЎЗ ИЗОҲИ

Байроқ – ёғоч, металл дастага, сим ёки чилвирга маҳкамланган, бир ёки
бир неча рангли, давлат, ташкилот, уюшма, ҳарбий қисм ва ш. к. ларга
қарашлиликни ифодаловчи герб, эмблема ва бошқа рамзий, белгилар, безаклар
тасвири туширилган муайян ўлчамдаги мато; алам, ялов; туғ. Масалан: Давлат
байроғи. Байроқ ўрнатмоқ.

БАЙРОҚДАГИ РАНГЛАР

НИМАНИ АНГЛАТАДИ?

БИЛАСИЗМИ?

Давлат байроғи Ўзбекистон Республикасининг
1991 йил 18 ноябрдаги 407­ХII­сон “Ўзбекистон
Республикасининг Давлат байроғи тўғрисида” Қонуни билан
тасдиқланган.

Ўзбекистон Республикасининг Давлат байроғи Ўзбекистон Республикаси
давлат суверенитетининг рамзидир.

1. Байроқдаги мовий ранг – тириклик мазмуни акс этган мангу осмон ва
обиҳаёт рамзи. Тимсоллар тилида бу яхшилик, донишмандликни билдиради.

2. Байроқдаги оқ ранг – муқаддас тинчлик рамзи бўлиб, у кун чароғонлиги
ва коинот ёритқичлари билан уйғунлашиб кетади. Оқ – поклик, беғуборлик.

3. Яшил ранг – табиатнинг янгиланиш рамзи. У поклик, софлик тимсоли.

4. Қизил чизиқлар – вужудимизда жўшиб оқаётган ҳаётий қудрат
ирмоқларини англатади.

5. Яримой – Ўзбекистон халқининг кўп асрлик анъаналарига мувофиқ
келади. Ўзбекистон Республикаси давлат байроғидаги 12 юлдуз тасвири ҳам
тарихий анъаналаримиз, қадимги йилномамизга бевосита алоқадор.

ҚИЗИҚАРЛИ МАЪЛУМОТ

Давлат байроғи узунлиги 250 сантиметрга, кенглиги 125 сантиметрга тенг.
Мовий ранг, оқ ранг ва яшил рангли энларнинг кенглиги бир хил. Ҳар бир эн 40
сантиметрга тенгдир. Давлат байроғининг ўртасидаги оқ рангли эннинг
четларидан кенглиги 2,5 сантиметрга тенг қизил ҳошиялар ўтказилган.

11

ТЎҒРИ ЁЗАМИЗ БИР ЖАМОАДА БИРЛАШАМИЗ!

✅ Қароргоҳ

❌ Қароргох

ЖУМБОҚЛИ САВОЛ

Ўзбекистон Республикасида у кўпи билан 45 градус
бурчак остида ва ердан камида 2,5 метр баландликда туриши
керак. У нима?

ЧУМОЛИДАН ИБРАТ ОЛДИМ

Бир куни Амир Темурдан сўрашибди:

– Сизнинг оддий бекликдан шундай буюк
салтанат соҳиби даражасига етишингизга нима
ёрдам берди?

– Мен ҳеч қачон умидсизликка тушмадим. Бу
борада чумолидан ибрат олганман. Бир куни
душманларимдан қочиб, бир харобага беркиндим.
Қутулишдан умидимни узиб, тушкунликка тушиб
ўтирганимда кўзим бехос бир чумолига тушди. У ўзининг танасидан
деярли икки баравар катта буғдой донасини судрарди. Унинг йўлида ёғоч
парчаси бор эди. Чумоли унинг устига чиқишга ҳаракат қилар, бироқ юки
оғирлигидан ерга тушиб кетарди. Буғдой донаси юмалаб, девор тагига
тушар, чумоли қайтиб тушиб, ризқини олиб кетишга ҳаракат қиларди. Бу
ҳолат 50 мартадан ҳам кўпроқ такрорланди. Чумоли ниҳоят мақсадига
етди. Бу кичкина жонзотнинг ҳаракатини кўриб, юрагимда шижоат, умид
пайдо бўлди. Ўз-ўзимга дедим: “Наҳотки, чумоличалик ғайратим
бўлмаса?!

Шундан кейин мақсадимга эришгунча ҳеч қандай тўсиқдан
чўчимадим.

Ибрат излаганга ибратдир дунё...

ҲАЁТИЙ САБОҚЛАР

“Биз бир марта яшаймиз!”

Мана шу далилнинг ўзи яхши инсон
бўлишимизга, фақат яхшилик қилиб яшашимиз
зарурлигига етарли асос бўла олади.

Салим Айюбий

Қўш саҳифани Нигора Сатторова тайёрлади.

12

БИР ЖАМОАДА БИРЛАШАМИЗ! ПАХТА БАЙРАМИ
(Ҳар йили ноябрь ойининг охирги якшанбасида

нишонланади)

“Оқ олтиндан олинган чеклов”
Пахта узоқ йиллардан буён бизнинг миллий,
маданий, шу қаторда иқтисодий-сиёсий ўзлигимизни
ҳам белгилаб келди. Давлатимиз рамзида,
чойнагимизда, пиёламизда, ҳам ифтихор рамзи
сифатида акс этган.
Биз миллий бойлик даражасига кўтарган пахта ҳақида гап кетаркан
жорий йил бошларида “Cotton Campaign” коалицияси Ўзбекистон
пахтасига бойкотни бекор қилди. Мазкур қарор 2021 йилда
мамлакатимизда пахта йиғим-теримида болалар меҳнати ва мажбурий
меҳнатга қўйилмагани муносабати билан қабул қилинди.
Меҳнат ва инсон ҳуқуқларини ҳимоя
қилувчи ташкилотлар, cармоядорлар, нуфузли
фирма ва компанияларни ўз сафига жамлаган
мазкур халқаро коалиция ўз қарори билан ўзбек
пахтаси учун ёпилган эшикларни очди.
Дунё матбуоти янгилигига кўра,
Ўзбекистоннинг тизимли мажбурий меҳнатга
тўлиқ барҳам бериш бўйича эришган
муваффақиятларини ҳисобга олиб, АҚШ Меҳнат
вазирлиги ҳам мамлакатимизда етиштирилган
пахта ҳосилини “Болалар ва мажбурий меҳнатдан фойдаланган ҳолда
ишлаб чиқариладиган маҳсулотлар рўйхати”дан чиқарилгани эълон
қилинди ва ушбу қарор Ўзбекистонда ишлаб чиқилган пахта ва ундан
тайёрланган маҳсулотларни АҚШга олиб киришга қўйилган расмий
чекловларни бекор қилади ва шу орқали маҳаллий тўқимачилик
маҳсулотларини экспорт қилиш учун янги имкониятлар яратади.

Пахтага оид қизиқарли фактлар
Пахта – инсон етиштира бошлаган илк ўсимликлардан
биридир. Археологлар пахта Ҳинд водийсида 7000 йил илгари экилганини
исботлашган.

13

ТЎҒРИ ЁЗАМИЗ
✅ Пахта кластери

❌ Пахта класстери

СЎЗ ИЗОҲИ

Кластер сўзи ўзбек тилига
ўгирилганда “боғлам”, “гуруҳ”,
“тўплам” деган маъноларни
билдиради.
Илк пахта-тўқимачилик кластери 2017
йили тажриба тариқасида Навоий
вилоятининг Қизилтепа туманида ташкил этилган. У дастлабки
пайтлардаёқ устунлигини амалда намоён эта бошлади. Бу эса одамларнинг
кластер ҳақидаги нотўғри шубҳа-гумонларини тарқатиб, янги ривожланиш
моделига ишонч уйғотди.
Иқтисодиётда кластер назарияси муҳим маркетинг стратегияси
шаклида давлат ва унинг ҳудудларини саноатлаштириш, корхоналар
рақобатдошлигини таъминловчи ғоя сифатида пайдо бўлган.

ЎҚИНГ, ҚИЗИҚ!

➢ Пахта толаси ажойиб сўрувчанлик хусусиятига эга.
➢ Пахта ўз вазнига нисбатан 27 марта кўпроқ сувни ўзига торта
олиши Мумкин. Пахта нам тортгани сайин мустаҳкамланиб боради.
➢ Табиий пахта уч хил рангда бўлади: оқ, жигарранг, яшил

➢ Марказий Осиёда пахта жуда тез етилади.
Қишлоқ хўжалик даврининг давомийлиги
Марказий Осиё = 180 кун, Жанубий Америка = 300 кун
➢ Дунёда энг кўп пахта импорт қилувчи давлат
– Хитой

Қўш саҳифани Одина Мирзаева тайёрлади.

14

БИР ЖАМОАДА БИРЛАШАМИЗ! “БИР ЖАМОАДА БИРЛАШАМИЗ!” ЭЛЕКТРОН
ОЙЛИК ЖУРНАЛИ ҲАҚИДА ФИКР ВА МУЛОҲАЗАЛАР

Вазирлигимизда маънавият ва маърифат ишлари
бўйича вазир маслаҳатчиси бошчилигида чоп
этилаётган “Бир жамоада бирлашамиз!” мотивацион
электрон журнал билан яқиндан танишиб чиқдим.
Умуман олганда, журналда келтирилган турли
мавзудаги мақола ва бошқа материаллар бўйича
фикрим ижобий. Ўйлайманки, ҳар хил ёшдаги ҳамда
қизиқишлари турлича бўлган инсонлар ўзи учун,
албатта, керакли маълумот оладилар. Қўшимча қилиб
шундай таклиф бермоқчиманки, журнал саҳифаларига бугунги ёшларимиз
тарбиясига оид мавзулар, жумладан, ўзидан катталарни ҳурмат қилиш ота-
онага эҳтиром, қарияларга меҳр-мурувват кўрсатиш кабилар кўпроқ
ёритилса, нур устига аъло нур бўлар эди. Журнал ижодий гуруҳининг
келгуси ишларида омад ёр бўлсин!

Нилуфар Нажимхўжаева,
Биринчи бўлим бош мутахассиси

*** *** *** *** *** *** *** *** *** *** *** *** ***

Ўзбекистон Республикаси Иқтисодий тараққиёт ва
камбағалликни қисқартириш вазирлигининг “Бир
жамоада бирлашамиз!” номли мотивацион электрон
журналининг ҳар бир сонини мароқ билан ўқиб бораман.
Менга, айниқса, ҳикматлар ҳамда ходимларнинг ижоди
томонидан тайёрланган рукнлар жуда ёқади.

Шу билан бирга, вазирлигимиз тизимида,
қолаверса, республикамиз равнақи йўлида кўп йиллар
мобайнида фаолият юритган ва юритиб келаётган ходимларимизнинг
соҳада эришган ютуқлари тўғрисида ҳам маълумотлар тайёрланса маъқул
бўларди.

Дилноза Ибодова,
Рақамли иқтисодиётни ривожлантиришнинг иқтисодий-

ҳуқуқий шароитларини яратиш бошқармаси
бош мутахассиси

15

Электрон журналнинг 8-9-сонларини БИР ЖАМОАДА БИРЛАШАМИЗ!
кўриб чиқдим. Журналда жуда керакли
маълумотлар, ҳикматли сўзлар, қизиқарли
фактлар келтирилган.

Кейинги сонларда журналнинг дизайнини
янада такомиллаштириш, шунингдек, китоб
форматида эмас, балки катта журнал форматида
чиқариш таклиф этилади.

Умиджон Октябиров,

Урбанизацияни ривожлантириш бошқармаси бош
мутахассиси

*** *** *** *** *** *** *** *** *** *** *** *** *** ***

“Бир жамоада бирлашамиз!” мотивацион
электрон журналдаги кун ҳикматлари, сўз изоҳи,
ҳаётий ҳақиқатлар ва ҳар бир ойдаги муҳим кунларни
ўқиб чиқдим. Журналга қўшимча қилиб шундай
таклиф бермоқчиманки, журнал саҳифасида ҳаётий
ҳикоялар қўйилса, давоми кейинги сонларда деган
мисолида, шунда муштарий уни кейинги сони
чиқишини интизорлик билан кутади деб ўйлайман.
Кейин яна журналга ҳадислар қўйиб борилса ҳамда
таниқли инсонларнинг ҳаёти ва ижоди ёритиб борилса мақсадга мувофиқ
бўларди.

Журнал ходимларининг келгуси ишларида омад ёр бўлсин!

Фарида Кучкарова,
Хизматлар бўлими мутахассиси

Таҳририятдан: журналнинг ҳар бир сонини қизиқиш
билан ўқиб, кузатиб бораётган ҳар бир ўқувчи-тизим
ходимидан жуда хурсандмиз ва беҳад миннатдормиз. Бу
журнал аслида айнан сизлар учун. Сизга қайсидир маънода
озгина бўлса-да маънавий озуқа бўлиб хизмат қилаётган
бўлса, демак, бизнинг мақсадимиз амалга ошмоқда. Шу ўринда
истардикки, ҳар бирингизнинг журнал ҳақидаги фикрларингизни кутиб
қоламиз ва у биз учун муҳим, хоҳ у танқидий бўлсин. Албатта, биз билан
боғланинг, кутамиз.

16

БИР ЖАМОАДА БИРЛАШАМИЗ! БУ САҲИФАДА СИЗНИНГ ФИКРИНГИЗ,
ИЖОД НАМУНАНГИЗ, ҒОЯЛАРИНГИЗ

БЎЛИШИ МУМКИН.
“БИР ЖАМОАДА БИРЛАШАМИЗ!” шиори остида мазкур
журналга ўз ҳиссангизни қўшинг!

17

ҚАЙДЛАР УЧУН! БИР ЖАМОАДА БИРЛАШАМИЗ!

Ҳурматли ўқувчи! Мазкур журнал юзасидан фикр-
мулоҳазаларингиз, таклифларингиз, шунингдек, сизни қизиқтирган
саволларингизни кутиб қоламиз. Билдирилган ҳар бир таклиф “Бир
жамоада бирлашамиз!” мотивацион журналнинг кейинги сонида,
албатта, инобатга олинади.

Нашр учун масъул: О. Маҳмудов
Нашрга тайёрловчи: О. Кажанова

ТАҲРИРИЯТ АЪЗОЛАРИ:
Ш. Дўманов; Г. Мелибаева; Д. Жўраева; У. Ибатходжаева;

Д. Ибодова; Н. Юлдашев; Ф. Раҳимов; Ф. Ужимуродова
(Қорақолпоғистон Республикаси); И. Бахранова (Бухоро вилояти);

О. Джаббарова (Жиззах вилояти); Г. Ниязова.

Мурожаат учун телефонлар:
71 232-60-02; 232-60-05

18


Click to View FlipBook Version