The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by Jamolbek Salomov, 2026-01-21 07:03:08

"PAXTACHI" 2 son 2026

2 son 2026

2Foto: Jamolbek SALOMOV2026-yil – Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili5Gazeta 1935-yildan chiqa boshlaganhttps://muhim24.uz/ https://t.me/muhim24Uz https://www.youtube.com/@muhim24Uz https://www.facebook.com/muhim24Uz2026-yil 22-yanvar ¹ 2 (7329) HAYOTGA ISHONCHNI TIKLASH YO‘LIDA6Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi “Fay” mahallasida joylashgan sanoat va bog‘dorchilik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida muhim yo‘l ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.2026-yilning 15-yanvaridan 31-yanvariga qadar census.stat.uz sayti orqali O‘zbekiston aholisi va qishloq xo‘jaligini onlayn ro‘yxatga olish jarayonining birinchi bosqichi amalga oshirilmoqda. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi – mamlakatimiz aholisining tarkibi, yashash sharoiti va rivojlanish dinamikasi haqida ishonchli, xolis va to‘liq statistik ma’lumotlarni shakllantirish orqali davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qilishdir.Mazkur ro‘yxatga olish tadbiri O‘zbekistonning 34 yillik mustaqillik tarixida ilk bor keng qamrovda o‘tkazilayotgan muhim jarayon hisoblanadi. Shu bois uning natijalari kelgusida ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.3Aholini ro‘yxatga olishda mas’uliyat, xolislik va ogohlik muhimO‘zbekistonda aholi ro‘yxatga olinmoqdaRo‘yxatga olish ikki bosqichda amalga oshirilmoqda1-bosqich – 15–31-yanvar kunlari davomida OneID tizimi orqali census.stat.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish.2-bosqich – 4–28-fevral kunlari “Mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan uyma-uy yurib, planshetlar yordamida ro‘yxatga olish ishlari olib boriladi.Mazkur jarayonni samarali tashkil etish maqsadida respublika, viloyat, tuman va shahar miqyosida maxsus shtablar faoliyat yuritmoqda. Paxtachi tumanida ham aholini ro‘yxatga olish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.Ro‘yxatga olish jarayonida ayrim muammolar ham kuzatilmoqda. Jumladan, bir xonadondan ikki yoki uch kishi alohida-alohida ro‘yxatdan o‘tayotgani natijasida statistik ko‘rsatkichlar sun’iy ravishda oshib ketmoqda. Statistika bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu holatlar mahallabay bosqichda qayta filtrlanib, bitta xonadon sifatida rasmiylashtiriladi.Yana bir xavotirli holat – ayrim fuqarolarning ro‘yxatdan o‘tish uchun “Mahalla yettiligi” yoki maxsus shtablarga emas, balki pullik xizmat ko‘rsatayotgan shaxslar va savdo nuqtalariga murojaat qilayotganidir. Ba’zi hududlarda bu xizmat uchun 30 mingdan 70 ming so‘mgacha haq olinayotgani aniqlangan.Eng achinarlisi, bunday holatlarda ayrim vositachilar faqat bitta shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazib, xonadonning boshqa a’zolarini ro‘yxatdan chiqarib tashlayotgani ma’lum bo‘lmoqda. Bu esa oiladagi barcha a’zolar statistik hisobga olinmasligiga olib kelmoqda.Kiberxavfsizlik masalasi jiddiyYana bir muhim jihat – fuqarolar OneID login va parollarini, hatto elektron raqamli imzolarini ham begona shaxslarga ishonib topshirib yuborishmoqda. Bu esa kelajakda kredit rasmiylashtirish, ishonchnoma tuzish yoki mol-mulk bilan bog‘liq noqonuniy holatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois kiberxavfsizlik masalasiga jiddiy e’tibor qaratish zarur.Aziz tumandoshlar!Ro‘yxatdan o‘tish uchun faqat “Mahalla yettiligi” a’zolariga hamda Paxtachi tuman hokimligida tashkil etilgan maxsus shtabga murojaat qiling.Hech qanday holatda shaxsiy ma’lumotlaringizni begona shaxslarga bermang va pullik xizmatlarga ishonmang. Aholini ro‘yxatga olish davlat tomonidan bepul va xavfsiz tarzda tashkil etilgan muhim jarayondir.Ro‘yxatga olish bo‘yicha yuzaga kelayotgan ko‘plab savollarga Statistika organlari bilan hamkorlikda tayyorlangan batafsil javoblarni 3-sahifalarimizda taqdim etamiz. aks etgan tuman tibbiyotining aqamlar va Rejalardabuguni va ertasi4Paxtachilik yana 17 nafar pedagog foizlik ustama oladi!2025-yilning avgust-dekabr oylarida kechgan attestatsiya imtihonlarida 86 va undan yuqori ball olib, 70 foizlik sertifikatni qo‘lga kiritgan ustozlar ro‘yxati e’lon qilindi. Ro‘yxatga ko‘ra, tumanimizdan jami 17 nafar pedagogga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 70 foizlik ustama belgilandi.Mazkur o‘qituvchilar ro‘yxati:70 3tabiat himoyachilarimiz munosib rag‘batlantirildiZamon bilan tengdoshTUSHUNCHALAR5Gulbahor Jumanazarova8Qarnobotaga boradigan yo‘l ta’mirlanadi2KEYINGI SONDA:So‘z Mahallalar uyushmasi Paxtachi tuman bo‘limi rahbari Farhod Kenjayevga Rahbarlar javob beradi


2№ 2 (7329)-son Kun mavzusi 2026-yil 22-yanvarJahon xabarlariYurtimiz xabarlariViloyat xabarlariTrampning G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashiga qaysi davlatlar taklif etildi?Samarqand tumani tugatilmoqdaamarqand viloyatining Samarqand tumani tugatilib, Oqdaryo, Pastdarg‘om, Toyloq tumanlari va Samarqand shahri chegaralari o‘zgartirilmoqda. Bu boradagi Qonunchilik palatasi qarori loyihasi fraksiya yig‘ilishlarida ko‘rib chiqildi.Samarqandni “Millionli shahar”ga aylantirish, zamonaviy arxitektura yechimlariga ega turar-joy va noturar binolarni qurish, aholining uy-joylarga bo‘lgan talabini to‘la qondirish, hududlarni infratuzilma bilan ta’minlash orqali aholiga munosib yashash sharoitini yaratish maqsadida Samarqand tumani alohida ma’muriy-hududiy birlik sifatida tugatilmoqda.loomberg Trampning G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashiga a’zolik taklifini olgan davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda 49 ta davlat (jumladan, O‘zbekiston) va Yevropa komissiyasi ko‘rsatib o‘tilgan. Bu ro‘yxatdan joy olmagan Xitoy ham taklifni qabul qilganini tasdiqladi, ammo qanday to‘xtamga kelgani aniq emas.Donald Tramp global mojarolarni hal qilish bilan shug‘ullanadigan yangi xalqaro tashkilot –Tinchlik kengashini yaratmoqda. Unga AQSh prezidentining o‘zi rais bo‘ladi. Mamlakatlar doimiy a’zolik uchun $1 mlrd to‘lashi kerak. Trampning tanqidchilari u BMTga alternativ yaratmoqda, degan xavotirda.Avvalroq Shavkat Mirziyoyev AQSh rahbari Donald Trampdan “uzoq muddatli tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni shakllantirish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor bo‘lgan davlatlarni birlashtirishga qaratilgan yangi xalqaro tuzilma” – Tinchlik kengashini tuzishda ta’sischi davlat sifatida ishtirok etish taklifini olgani va bunga rozilik bergani haqida xabar qilingandi.BMoldova MDHdan chiqish jarayonini boshladioldova MDH nizomi, MDHni tuzish to‘g‘risidagi bitim va tegishli ilovani denonsatsiya qilish tartibini boshladi, dedi bosh vazir o‘rinbosari Mixay Popshoy. Uning aytishicha, bu qadam hamdo‘stlikdan chiqish jarayonini yakunlab beradi. Mamlakat YeI integratsiyasi fonida MDH a’zoligidan voz kechishga qaror qilgandi.***SMO‘zbekiston AQShda uchta yangi konsullik ochadi va aviaqatnovlarni kengaytiradi – elchizbekiston Chikago, San Fransiskoda va Vashington shtatida bosh konsulliklar ochishni rejalashtirmoqda, shuningdek, Florida yoki Kaliforniyaga reyslarni yo‘lga qo‘-yishni ko‘rib chiqmoqda, dedi elchi Furqat Sidiqov. U turoperatorlarni amerikalik sayyohlar uchun moslashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqishga ham chaqirdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, 2026-yildan boshlab AQSh fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etiladi, bu esa turizm sohasi uchun yangi istiqbollarni ochadi.U O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar birinchi marta eng yuqori darajaga ko‘tarilganini va mamlakatning AQShdagi diplomatik vakolatxonasi kengaytirilishini ta’kidladi.O‘dFIFA reytingi: O‘zbekiston 2 pog‘ona pastlab, 52-o‘ringa tushdiutbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida 2 pog‘ona pastlab, 52-o‘ringa tushdi. Bunga Afrika millatlar kubogida qit’a mamlakatlari FIFA ochkolariga ega bo‘lgani ta’sir qildi. Marokash kuchli o‘nlikka kirdi.O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingidagi eng yuqori natijasi 45-o‘rin bo‘lgan. U bu o‘rinda 2006-yil 22-noyabrdan to 2007-yilning 14-fevralgacha bo‘lgan. Eng past natijasi esa 1996-yil noyabr oyida qayd etilgan –119-o‘rin.F***O‘zASamarqandda “Osiyo dunyosi” turizm ko‘chasi tashkil etiladiamarqand shahrining Ibn Xoldun ko‘chasini “Asian World” (Osiyo dunyosi) turizm ko‘chasiga aylantirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.Shahar turistik infratuzilmasini rivojlantirish, sayyohlar uchun yangi va jozibador maskan yaratish hamda Samarqandning xalqaro turizm imijini yanada mustahkamlashga qaratilgan loyiha bo‘yicha ushbu ko‘cha Osiyo davlatlariga xos yagona me’moriy va dizayn konsepsiyasi asosida qayta tashkil etiladi. “Asian World”da Osiyoning turli davlatlari madaniyati, milliy taomlari, hunarmandchiligi va an’analari o‘z aksini topadi. Bu esa nafaqat xorijlik sayyohlar, balki mahalliy aholi uchun ham yangi madaniy va sayyohlik muhitini yaratishga xizmat qiladi.***Szbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan choratadbirlarni yanada jadallashtirish toʻgʻrisida”giqaroriga muvofiq, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish doirasida 2026-yilda hudud rivoji uchun jami 5,2 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Ushbu qarorda transport infratuzilmasini yaxshilash ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan.Mazkur hujjat asosida Paxtachi tumanidagi “Fay” mahallasi atrofida “Qarnabota – 4R-185\"avtomobil yo‘lining muhim qismlari ta’mirlanadi.Xususan, sanoat zonalariga olib boruvchi yo‘lning 20 kilometr qismi mukammal ta’mirlanadi. Ushbu yo‘l orqali kaolin, bazalt, ohaktosh, marmar, gips, kvars qumi, granit, sement xomashyosi va boshqa qurilish materiallari qayta ishlanadigan korxonalarga yuk tashish yanada qulaylashadi. Natijada logistika xarajatlari kamayib, yangi sanoat korxonalari ochilishi va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.Shuningdek, “Guliston” va “Fay” mahallalari hududidan o‘tuvchi yo‘lning 5 kilometr qismi ta’mirlanib, 300 gektar maydonda barpo etilayotgan intensiv mevali bog‘lar infratuzilmasi yaxshilanadi. Bu esa eksportga yo‘naltirilgan meva yetishtirish hajmini oshirish, aholi bandligini ta’minlash va mahalliy iqtisodiyotni mustahkamlashga xizmat qiladi.E’tiborlisi, ushbu ikki loyiha bir yo‘l – “Qarnabota – 4R-185\"avtomobil yo‘lining ta’mirlanishi orqali amalga oshirilmoqda. Bu transport infratuzilmasini samarali rivojlantirish bilan bir qatorda, sanoat va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarini bir vaqtning o‘zida qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi.Loyihalar ijrosi Samarqand viloyati hokimligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan nazorat qilinadi. Ta’mirlash ishlari 2026–2027-yillarda bosqichma-bosqich yakunlanishi rejalashtirilgan.16-yanvar kuni Paxtachi tumani hokimligida Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan bir guruh tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuv davomida xorijiy investorlar Paxtachi tumanida tog‘-kon va yengil sanoat yo‘nalishlarida yangi ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish bo‘yicha o‘z rejalari bilan o‘rtoqlashdilar. Mehmonlar tumanning tabiiy resurslari, ishchi kuchi salohiyati hamda investitsion muhitiga alohida qiziqish bildirdilar.Paxtachi tumani hokimi Q. Xushbaqov hamda hokim o‘rinbosari M. Abdunabiyev xitoylik investorlarni tumanning sanoat, qishloq xo‘jaligi va infratuzilma imkoniyatlari bilan atroflicha tanishtirdi. Shuningdek, investorlarni qiziqtirgan yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar, mavjud qulayliklar hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi.Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelgusidagi muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldilar.Mazkur tashrif Paxtachi tumanining investitsion jozibadorligi ortib borayotganidan yana bir dalolatdir.Xorijiy investorlar PaxtachidaO‘z muxbirimiz.Qarnobotaga boradigan yo‘l ta’mirlanadiO‘Tumanimizda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholi daromadlarini oshirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda tuman hokimi Q. Xushbaqov hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi.Jumladan, hokim “Toma” mahallasida bo‘lib, aholiga issiqxona barpo etish uchun ajratilgan 17 gektar maydonni ko‘zdan kechirdi. Ushbu hududdan unumli foydalanish, tadbirkorlarni jalb etish va ishlarni jadallashtirish yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.Shuningdek, “Yangiobod” mahallasidagi 12 gektar uzumzor hududida ham bo‘lib, bu yerga tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan fuqarolarni jalb etish masalalari joyida o‘rganildi. Mazkur loyiha orqali yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirish ko‘zda tutilmoqda.Tuman hokimi hashar yo‘li bilan qurilayotgan “Hayit Elbegi”, “Amirobod” va “Mojar” mahallalarini bog‘lovchi ko‘prik qurilishi bilan ham tanishib, qishloq aholisi bilan suhbatlashdi. Ushbu ko‘prik aholi uchun qulaylik yaratib, qatnovni yengillashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.Shu bilan birga, suvchilar uchun ta’mirlanayotgan inshootda olib borilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirilib, sifat va muddat masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Mazkur tashriflar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish hamda infratuzilmani yaxshilash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.Tadbirkorlikdan suv inshootigacha ko‘zdan kechirildi


2026-yil 22-yanvar E’tibord3№ 2 (7329)-son15-yanvardan O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning onlayn bosqichi boshlandi. Fuqarolar census.stat.uz orqali so‘rovnomani to‘ldirishni boshladi. Statistika qo‘mitasi so‘rovnomani onlayn to‘ldirish jarayonida fuqarolarda paydo bo‘layotgan savollarga javoblar berib o‘tdi.Quyida mazkur savollar va javoblar aslicha taqdim etiladi:– Login va parol so‘ralyapti. Uni qayerdan olishim mumkin?– Login va parol OneID tizimiga kirish jarayonida talab etiladi. Agar akkauntingiz mavjud bo‘lsa, avval o‘rnatilgan login va parolni kiriting. Agar unutgan bo‘lsangiz, JSHSHIR orqali tiklashingiz mumkin. Ilgari tizimdan foydalanmagan bo‘lsangiz, pasport ma’lumotlari asosida yangi akkaunt ochishingiz lozim. Bu bo‘yicha rasmiy @census_2026 Telegram kanalimizda videoqo‘llanma e’lon qilingan. Qolaversa, Mobile ID yoki elektron raqamli imzo orqali ham ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.– Oilamizdan bir kishi barchamizni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Shu yetarlimi yoki barchamiz alohida qaytadan o‘tishimiz kerakmi?– Bir kishi butun oilasini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Ma’lumotlar to‘liq va to‘g‘ri taqdim etilsa, bu yetarli hisoblanadi.– “Telefon qurilmasi talabga javob bermaydi” degan yozuv chiqyapti. Bu nimani anglatadi?– Bu holatda telefoningizning operativ xotirasi kam yoki brauzeringiz eski bo‘lishi mumkin. Imkoni bo‘lsa, kompyuter yoki boshqa qurilmadan urinib ko‘ring.– Mahalla/ko‘cha nomi chiqmayapti. Nima qilsam bo‘ladi?– Bunday holatda siz mahalla/ko‘cha nomini mustaqil ravishda yozib qo‘yishingiz mumkin.– Qaynota-qaynona, aka-uka, opa-singil va boshqalarni ham ro‘yxatga kiritishim kerakmi?–Agar siz ular bilan birga yashamasangiz, ularni kiritishingiz shart emas. Ular o‘zlari yashab turgan turar joyi bo‘yicha alohida ro‘yxatdan o‘tishadi.– 16 yoshgacha bo‘lgan qizlarda “Nechta farzand dunyoga keltirgansiz?” savolida “yo‘q” javobini belgilab bo‘lmayapti.– Ushbu savol xalqaro tavsiyalarga muvofiq savolnomaga kiritilgan. Agar respondent farzandli bo‘lmagan bo‘lsa, “0” deb belgilashi mumkin.– Ro‘yxatdan o‘tdim, lekin sertifikatimni yuklab ololmayapman.– Agar siz ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, OneID tizimi orqali saytga kirib, o‘ng tomon yuqori qismda joylashgan ism-familiya ustiga bosgan holda sertifikatni yuklab olishingiz mumkin.Shuningdek, sertifikatda aks etmagan oila a’zolarining ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli tashkilotlarning monitoring dashboardlarida inson omilisiz aks etadi va buning o‘zi yetarli hisoblanadi, ulardan alohida sertifikat talab qilinmaydi.– Savolnomada sotixni yoza olmayapman.– 1-shaklning 2-savolida yakka tartibdagi hovli yoki kvartiraning umumiy qurilish maydoni kvadrat metrda butun sonlarda ko‘rsatiladi. 5-shaklda esa umumiy yer maydoni va qishloq xo‘jaligi yer maydoni sotixda ko‘rsatiladi. Umuman olganda, qishloq xo‘jaligi yer maydonlariga oid barcha ko‘rsatkichlar sotixda kiritilishi talab etiladi.– Ishxonadan menga “bugun tezroq ro‘yxatdan o‘tib sertifikatingni ber, muddat tugadi”, deyishmoqda. Men bunga majburmanmi?– Davlat organlari va tashkilotlari tizimida ishlayotgan xodimlar uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish belgilangan muddatlarda – 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvarga qadar – ta’minlanishi Prezident farmoni bilan nazarda tutilgan. Sertifikatni “bugunoq” topshirish talabi ortiqcha shoshilinch hisoblanadi, ammo davlat organi yoki tashkilot xodimi sifatida siz belgilangan davr ichida census.stat.uzportali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak. Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan xodimlar bo‘yicha ma’lumotlar tegishli tashkilotlarning monitoring dashboardlarida ko‘rinib turadi.– Telegram’dan savolnomaga kirib bo‘lmayapti. Men uchun bu eng qulay tarmoq edi. Telegram’dagi link yoki QR-kod orqali census.stat.uz portaliga kirsa bo‘ladimi?– Ha, Telegram orqali berilgan havola (link) yoki QRkoddan foydalanib, census.stat.uz portaliga o‘tish mumkin. Biroq savolnomaning o‘zi Telegram ichida emas, balki rasmiy census.stat.uz veb-portalda to‘ldiriladi.– Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida daromadim qancha ekani haqida ma’lumot kiritishim kerakmi?– Yo‘q. Daromad miqdori to‘g‘risidagi savollar savolnoma tarkibida mavjud emas. Faqatgina daromad manbai belgilanadi.– Bizda qurilishi hali tugallanmagan turar joy mavjud. Ro‘yxatga olishda undagi yashash xonalari va turar joy maydoni ham hisobga olinadimi?– Yo‘q, qurilishi tugallanmagan turar joylar ro‘yxatga olinmaydi.– Nega shaharda ko‘p qavatli uylarda yashaydiganlardan ham qishloq xo‘jaligi bor-yo‘qligi so‘ralmoqda?– Chunki ayrim fuqarolarda shaharda yashashiga qaramay, qo‘shimcha yer yoki qishloq xo‘jaligi faoliyati mavjud bo‘lishi mumkin.– Hovlimizda ekilayotgan mahsulotlar hamda chorva va parrandalar soni bo‘yicha ma’lumot berish soliqqa tortilishiga sabab bo‘ladimi?– Yo‘q. Ro‘yxatga olish soliq bilan bog‘liq emas. Ma’lumotlar faqat statistika uchun yig‘iladi.– Uy xo‘jaligi nima?– Uy xo‘jaligi – bir uyda yashab, umumiy ro‘zg‘or yuritadigan shaxslar guruhi.– Savolnomani xatolik bilan to‘ldirsam, qayta kiritishim mumkinmi?– Ha, 31-yanvarga qadar qayta ro‘yxatdan o‘tish mumkin.– Qaysi manzil bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishim kerak?– Fuqaro aynan hozir yashab turgan manzili bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tadi.– Chet eldagi oila a’zolarimizni ham kiritamizmi?– Ha.– Saytda xatolik yuz bermoqda. Nima qilaman?– Saytni Telegram ichki brauzeri emas, balki alohida brauzer orqali ochib ko‘ring.Ro‘yxatga olish bo‘yicha savollarga javoblar1. Soyibova Farangiz To‘lqinovna – 5-umumta’lim maktabi Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi;2. Xo‘jayeva Fazilat Sayidovna– Paxtachi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi;3. Izbosarova Nargiza Norqulovna – 20-umumta’lim maktabi Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi;4. Xushanova Feruza Baxtiyorovna – 43-umumta’lim maktabi Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi;5. Xoliqulova Latofat Farhodovna – 8-umumta’lim maktabi Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi;6. Xudoyberdiyev Vahobjon Shuhratovich – Paxtachi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Fizika fani o‘qituvchisi;7. Fayzullayeva Malika Olim qizi– 43-umumta’lim maktabi Geografiya fani o‘qituvchisi;8. Ochilova Surayyo Dilshodovna – 9-umumta’lim maktabi Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi;9. Nizomov Boburjon Eshmamatovich – 21-umumta’lim maktabi Davlat va huquq asoslari fani o‘qituvchisi;10. Ostonova Iroda G‘ofurovna– 46-umumta’lim maktabi Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi;11. Muhammadiyev Shahriddin To‘ychiyevich – 36-umumta’lim maktabi Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi;12. Rustamov Jonibek Qo‘chqorovich – 43-umumta’lim maktabi Tarix fani o‘qituvchisi;13. Haydarova Gulhayo O‘ktamovna – 31-umumta’lim maktabi Musiqa madaniyati fani o‘qituvchisi;14. Bobonorov Shohijahon Xolboyevich – 30-umumta’lim maktabi Tarix fani o‘qituvchisi;15. Jo‘rayeva Fotima Husanovna – 34-umumta’lim maktabi Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi;16. Muhammadiyev Sardor Husanovich – Paxtachi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Matematika fani o‘qituvchisi;17. To‘xtayeva Muhayyo Shavkatovna – 14-umumta’lim maktabi Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.Ma’lumot o‘rnida, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-qarori bilan tasdiqlangan nizomning 48-bandiga muvofiq, attestatsiya jarayonlarida ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarning oylik ish haqiga qo‘shimcha ravishda 70 foiz ustama to‘lanishi nazarda tutilgan.Shu munosabat bilan yuqori natija qayd etib, ustama olish huquqiga ega bo‘lgan barcha pedagoglarimizni samimiy tabriklaymiz! Ularga kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi zafarlar tilaymiz.Paxtachilik yana 17 nafar pedagog foizlik ustama oladi!70 Mazkur o‘qituvchilar ro‘yxati:muhim24.uz112026-yil 1-fevraldan boshlab O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalar elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarning bir qismini davlat hisobidan qoplash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.Kompensatsiya olish uchun fuqarolar onlayn tarzda murojaat qilishlari mumkin. Arizalar quyidagi manbalar orqali qabul qilinadi:] Davlat xizmatlari markazlari,] ijtimoiy xodimlar,] Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali,] Yagona milliy ijtimoiy himoya axborot tizimi.Arizalar har oy 16-sanasiga qadar qabul qilinadi.Mazkur mexanizm kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning kommunal xarajatlarini yengillashtirishga xizmat qiladi.1-fevraldan kam ta’minlangan oilalarga kommunal to‘lovlar bo‘yicha kompensatsiya beriladiSahifani Malika MAHKAMOVA tayyorladi.


4№ 2 (7329)-son Rahbarlar javob beradi 2026-yil 22-yanvarajdodlar o‘gitiBarcha fanlarning asosiy qonun-qoidalari metafizikaga asoslanadi (metafizika tabiatdan tashqaridagi hodisalar haqidagi fan). Garchi uni eng keyin o‘rgansalar-da, aslida u birinchi o‘rinda turadi.Abu Ali ibn Sinod aks etgan tuman tibbiyotining – Anvar Norbekovich, avvalo, tumanimizning 2026-yil boshidagi aholisi soni va demografik ko‘rsatkichlari haqida qisqacha ma’lumot bersangiz.– Hozirgi kunda tumanimizda 155 ming 500 nafar aholi istiqomat qilmoqda. Shundan 51 foizi erkaklar, 49 foizi ayollar. Aholining 29 foizini bolalar, 5 foizini o‘smirlar, 66 foizini esa katta yoshdagilar tashkil etadi. Ayollarning 51 foizi fertil yoshdagi ayollar hisoblanadi.Aholining asosiy qismi – 84 foizi qishloq joylarda, 16 foizi shaharda yashaydi. Bu esa tibbiy xizmatni joylarga yaqinlashtirishni yanada muhim qiladi.– O‘tgan 2025-yil tuman demografiyasi uchun qanday natijalar bilan yakunlandi?– 2025-yil davomida tumanimizda 3 ming 62 nafar tug‘ilish qayd etildi. Bu tug‘ilishning intensiv ko‘rsatgichi 19,3 ni tashkil etganini anglatadi. Shu bilan birga, 763 nafar umumiy o‘lim holati qayd etilib, uning intensiv ko‘rsatgichi 4,8 ga teng bo‘ldi.E’tiborli jihati shundaki, 0–1 yoshgacha bo‘lgan go‘daklar o‘limi 16 nafarni tashkil etib, bu ko‘rsatgich 5,2 ni qayd etdi. Umuman olganda, aholining tabiiy o‘sish ko‘rsatgichi 14,5 ni tashkil etib, tuman demografik barqaror rivojlanish yo‘lida ekanini ko‘rsatmoqda.Quvonarlisi, o‘tgan yilda ona o‘limi qayd etilmadi.– Tumandagi tibbiyot muassasalari aholiga xizmat ko‘rsatishda qanchalik samarali bo‘ldi?– Tumanimizda 288 o‘rinli markaziy shifoxona, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, 5 ta oilaviy poliklinika, 11 ta oilaviy shifokorlik punktlari va 17 ta mahalla tibbiy punktlari faoliyat ko‘rsatmoqda.Shuningdek, 152 ta kunduzgi statsionar o‘rinlari mavjud. Har 10 ming aholiga to‘g‘ri keladigan statsionar o‘rinlar soni 18,5 tani tashkil etadi.– Statsionar xizmat faoliyati qanday natijalar berdi?– 2025-yilda 17 ming 877 nafar bemor statsionarda davolandi. O‘rtacha yotish kunlari 4,3 kunni tashkil etdi. Statsionar o‘lim ko‘rsatkichi 0,2 ga tushdi. Bu tibbiy xizmat sifati oshganini ko‘rsatadi.Albatta, barchamiz uchun og‘riqli jihat bor. 2024-yilda statsionarda 76 nafar bemorning o‘limi qayd etilgan edi va bu ko‘rsatkich intensivlik darajasi 0,3 ni tashkil etgandi. 2025-yilda esa o‘lim holatlari 47 nafarga tushdi, intensiv ko‘rsatkich esa 0,2 ga pasaydi.Bu ma’lumotlar statsionarda tibbiy xizmat sifati va nazorat choralari yaxshilanib borayotganini ko‘rsatadi. Albatta, har bir o‘lim holati alohida tahlil qilinib, kelgusida bunday holatlarni yanada kamaytirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.– Tumanimiz aholisi orasida qaysi kasalliklar ko‘proq uchramoqda?– 2025-yil davomida statsionar sharoitda davolanib chiqqan 17 ming 877 nafar bemor tahlili shuni ko‘rsatadiki, eng ko‘p uchrayotgan kasalliklar orasida nafas olish a’zolari kasalliklari yetakchi o‘rinni egallab, 3 ming 928 nafar bemorni tashkil etdi.Shuningdek, yurak-qon tomir kasalliklari bilan 1 ming 918 nafar, ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari bilan 1 ming 152 nafar, asab tizimi kasalliklari Bundan tashqari, 524 nafar bemor yuqumli kasalliklar, 447 nafar endokrin kasalliklar, 304 nafar siydik ajratish tizimi kasalliklari, 721 nafar tayanch-harakat tizimi kasalliklari, 162 nafar qon va qon yaratish a’zolari kasalliklari, 91 nafar tug‘ma anomaliyalar hamda 780 nafar jarohatlanish va zaharlanish holatlari bilan statsionar davolangan.Bu ko‘rsatkichlar tuman aholisi o‘rtasida nafas olish, yurak-qon tomir va ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari profilaktikasiga yanada jiddiy e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatmoqda.– Tumanda jarrohlik va yuqori texnologiyali operatsiyalar qanchalik rivojlandi va qanday natijalar bermoqda?– 2025-yilda 816 ta jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Shuningdek, 141 ta yuqori texnologik operatsiya amalga oshirildi. Laparoskopik operatsiyalar, kranioplastika, disk churrasi amaliyotlari bunga misol bo‘la oladi. Bu esa tuman tibbiyotida sifat jihatidan yangi bosqich boshlanganini anglatadi.– Skrining tadbirlari natijalari qanday bo‘ldi va ularning samaradorligi qanday baholanmoqda?– Yil davomida aholi salomatligini muhofaza qilish va kasalliklarni erta aniqlash maqsadida bir qator skrining tekshiruvlari amalga oshirildi.Xususan, 2–10 yoshdagi 29 760 nafar bola, ya’ni 100 foizi gelmintoz kasalliklarini aniqlash bo‘yicha skriningdan o‘tkazilib, 2 667 nafar bolada musbat natija qayd etildi.3–18 yoshdagi 44 ming 128 nafar bolada onkogematologik skrining o‘tkazilib, quvonarlisi, ushbu yo‘nalishda musbat holatlar aniqlanmadi.35–55 yoshdagi 7 609 nafar ayolda bachadon bo‘yni saratoni bo‘yicha skrining tekshiruvi o‘tkazilib, 3 nafar ayolda musbat natija aniqlandi. Shuningdek, 45–65 yoshdagi 7 959 nafar ayolda ko‘krak bezi saratoni skriningi amalga oshirilib, 12 nafarida kasallik belgisi qayd etildi.Endokrin kasalliklarini erta aniqlash maqsadida 46 501 nafar aholi skriningdan o‘tkazilib, 238 nafarda musbat natija aniqlandi. Yurak-qon tomir kasalliklari bo‘yicha esa 41 159 nafar fuqaro tekshiruvdan o‘tkazilib, 220 nafarda kasallik belgilari aniqlandi.Ayni paytda mazkur fuqarolar reja asosida tibbiy nazoratga olinib, ularni sog‘lomlashtirish bo‘yicha tegishli davolash va profilaktik chora-tadbirlar izchil olib borilmoqda.– “103” tez yordam brigadalari ish faoliyati va ko‘rsatilgan xizmatlar haqida ma’lumot bersangiz?– Tez yordam xizmati 11 ta brigada orqali ishlamoqda. Barcha mashinalar GPS tizimi bilan jihozlangan. 2025-yilda 33 mingdan ortiq murojaat qabul qilindi. Yangi tez yordam binosi ham foydalanishga topshirildi.– Kadrlar masalasi tibbiyot sifatini belgilovchi eng muhim omillardan biridir. Xorijda malaka oshirgan shifokorlarimiz bor. Shu boradagi holat va natijalar haqida suhbatlashsak.– Haqiqatan ham, 2025-yilda xodimlarimizning malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Masalan, 1 nafar vrach xirurg Laparoskopiya, 1 nafar vrach travmatolog Artroskopiya yo‘nalishida Rossiya Federatsiyasida o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada mukammallashtirib qaytdi.2026-yilda esa tuman tibbiyotini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida bir nechta rahbar xodimlarimiz boshqaruv yo‘nalishida Turkiya davlatida malaka oshirishlari rejalashtirilgan. Bu safarlar orqali ular zamonaviy texnologiyalar va samarali boshqaruv usullarini o‘rganib, tuman tibbiyot tizimida qo‘llash imkoniga ega bo‘ladi.Tuman tibbiyotida 1 ming 619 nafar xodim faoliyat yuritadi. Ulardan 165 nafari shifokor, 1 ming 30 nafari o‘rta tibbiyot xodimlari.Har 10 ming aholiga 10,6 nafar shifokor va 66,2 nafar o‘rta tibbiyot xodimi to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, kadrlar salohiyatini oshirishga katta e’tibor qaratyapmiz.Hozirgi kunda tuman tibbiyotida faoliyat yuritayotgan 165 nafar shifokorning 51 nafari, ya’ni 31 foizi oliy malaka toifasiga, 17 nafari (10 foiz) birinchi va yana 17 nafari (10 foiz) ikkinchi malaka toifasiga ega. Qolgan shifokorlar ham o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirish kurslaridan muntazam o‘tib bormoqda.Shuningdek, 1 ming 30 nafar o‘rta tibbiyot xodimlaridan 259 nafari (25 foiz) oliy, 134 nafari (13 foiz) birinchi va 235 nafari (23 foiz) ikkinchi malaka toifasiga ega. Bu ko‘rsatkichlar tuman tibbiyotida kadrlar salohiyati yil sayin oshib borayotganini yaqqol ko‘rsatadi.– Infratuzilma sohasida amalga oshirilgan yangilanishlar aholiga qanday qulayliklar yaratdi?– So‘nggi ikki yilda shifoxona va poliklinikalar kapital ta’mirlandi, yangi jihozlar olindi, kompyuterlar va printerlar bilan ta’minlandi. Isitish qozonlari yangilandi. Bu ish sharoiti va xizmat sifatiga katta ta’sir ko‘rsatdi.– Bemorlar bilan suhbatlashar ekanman, ayrim bemorlar shifoxonada tibbiy xizmatda yetarli malakalilik sezilmayotgani, tibbiyot xodimlarining bemor bilan muomala madaniyati pastligi va shifokor qabullarida tartibsizliklar mavjudligi haqida shikoyat qilmoqda. Bu holatlarga rahbar sifatida qanday munosabat bildirasiz?– Albatta, bunday murojaatlar bizni ham befarq qoldirmaydi. To‘g‘risini aytganda, tibbiyot tizimida islohotlar qanchalik keng ko‘lamda olib borilmasin, inson omili bilan bog‘liq masalalar hamon eng nozik jihat bo‘lib qolmoqda.Ayrim holatlarda shifokor yoki o‘rta tibbiyot xodimining kasbiy mahorati yetarli darajada namoyon bo‘lmasligi, bemor bilan muloqot madaniyatiga yetarlicha e’tibor berilmasligi mumkin. Buni inkor etib bo‘lmaydi. Ammo har bir bunday murojaat biz uchun jiddiy signal hisoblanadi.Har bir shikoyat alohida o‘rganiladi, xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi va zarur hollarda intizomiy choralar ko‘riladi. Shu bilan birga, xodimlar bilan doimiy ravishda tibbiy etika, deontologiya va bemor bilan muloqot madaniyati bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilyapti.Shuningdek, shifokor qabullarida navbatchilikni tartibga solish, elektron navbat tizimini joriy etish, ish jarayonlarini shaffoflashtirish bo‘yicha ham aniq chora-tadbirlar rejalashtirilgan.Bizning asosiy maqsadimiz – har bir bemor shifoxonadan norozi bo‘lib emas, ishonch va umid bilan chiqib ketishini ta’minlash. Shu yo‘nalishda kamchiliklar bo‘lsa, ularni ochiq tan olamiz va bartaraf etish uchun izchil ish olib boramiz.– Vaqt juda tez o‘tmoqda. Ushbu yil uchun qandayrejalar belgilab olgansiz va ularni amalga oshirish bo‘yicha ish jarayonlari qanday ketmoqda?– Tumanda sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish maqsadida birlamchi tibbiy xizmatning yangi modeli joriy etiladi.Xususan, tumandagi 19 ta tibbiyot muassasasida amalda bo‘lgan 5 ta oilaviy poliklinika, 11 ta oilaviy shifokorlik punkti hamda 17 ta mahalla tibbiyot punktlari bosqichma-bosqich tugatilib, ular o‘rnida 14 ta 1-tip oilaviy poliklinika, 5 ta 2-tip oilaviy poliklinika va 1 ta 2-tip oilaviy poliklinika filiali tashkil etiladi. Bu o‘zgarishlar tuman tibbiyotini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqib, aholiga xizmat ko‘rsatishni markazlashtirish va sifat jihatdan yaxshilashga xizmat qiladi.Shuningdek, 2026-yil investitsiya dasturi doirasida jami 6 ta tibbiyot muassasasida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Jumladan, tuman tasarrufidagi 2 ta tuman shifoxonasi binosida mukammal ta’mirlash ishlari, 4 ta poliklinikada esa qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.Markaziy shifoxonani ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida yerusti qudug‘ini ta’mirlash, 25 kub metr sig‘imli suv minorasini almashtirish hamda 350 metr uzunlikdagi D-76 mm. suv quvurlarini yangilash uchun 1,2 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida yiliga o‘rtacha 200 million so‘m budjet mablag‘lari tejalishi ta’minlanadi.– Mazmunli suhbat uchun rahmat.Suhbat davomida tibbiyot sohasi bugun izchil islohotlar, raqamlar bilan tasdiqlangan natijalar va aniq rejalarasosida rivojlanayotganiga amin bo‘ldim. Eng muhimi, bu islohotlar ortida inson salomatligi, hayot sifati va kelajakka bo‘lgan ishonch mujassamligini unutmasak bas.MuharrirminbariBugungi kunda jahon tibbiyotida yuksak yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. Robotlashtirilgan jarrohlik, yuqori texnologik diagnostika, genetik tibbiyot, telemeditsina kabi yo‘nalishlar inson salomatligini asrashda yangi bosqichni boshlab berdi. Shu bilan birga, O‘zbekiston tibbiyoti ham so‘nggi yillarda tub islohotlar yo‘lidan bormoqda. Yangi shifoxonalar, zamonaviy uskunalar, kadrlar salohiyatining oshishi va aholiga yaqinlashgan tibbiy xizmat bu sohadagi ijobiy o‘zgarishlarning yaqqol namunasidir.Ana shu umumiy taraqqiyot jarayonida tuman tibbiyoti qanday rivojlanmoqda? Paxtachi tumani tibbiyot birlashmasi bugun qay darajada faoliyat yuritmoqda? Yakuniga yetgan yilda qanday yutuqlarga erishildi vaoldinda qanday istiqbolli rejalar bor?aqamlar va Rejalardabuguni va ertasiShu savollar bilan Paxtachi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Anvar BOBOMURODOV bilan suhbatlashdik.davolangan. Sanjar QURBONOV suhbatlashdi.bilan 998 nafar bemor


d5Yoshlar uchunInsoniyat tarixidaajdodlar o‘gitiInsonning qadr-qimmati o‘z vazifasini a’lo darajada bajarishdan iborat: shuning uchun insonning eng asosiy vazifasi va o‘rni mehnat bilan belgilanadi, inson o‘z xohishiga mehnat tufayli erishadi.d .........................................................dd2026-yil 22-yanvar № 2 (7329)-sonAbu Rayhon Beruniy Maktabimizda 14-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun – jonim fido” mavzusida harbiy vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi.Mazkur tadbir Paxtachi tumani mudofa bo‘limi xodimi, maktabimiz CHQBTrahbari I. Eshonqulov hamda 10-sinf o‘quvchilari bilan tashkil qilindi.Tadbir davomida Vatanimiz Qurolli Kuchlari tarixi, bugungi armiyamiz qudrati va salohiyati to‘g‘risida o‘quvchilarga atroflicha ma’lumot berib o‘tildi.Dastlab o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar bilan boshlangan ushbu tadbirning asosiy qismi yigitlar va mutaxassislar ishtirokidagi harbiysport musobaqalari bilan davom ettirildi. Musobaqalar yakuniga ko‘ra, g‘olib jamoalar esdalik sovg‘a va diplomlar bilan taqdirlandi.Yakunda, shuningdek, maktab direktori U. Samanov so‘zga chiqib, o‘tkazilgan tadbirning ahamiyati va roli to‘grisida yana bir bor o‘quvchilarga tushuntirib o‘tdi.A. QUVANOV,Paxtachi tumanidagi 29-maktabning ma’naviy-marifiyishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari.ozirda jamiyatni barqaror rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoyasi va turmush sifatini oshirishda ijtimoiy xizmatlar tobora muhim o‘rin tutmoqda.Ijtimoiy xizmatlar aholining ehtiyojmand qatlamlariga yordam ko‘rsatish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy moslashuvini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar majmuasidir. Mahalla ijtimoiy xodimlari ushbu jarayonda asosiy ijrochi va vositachi sifatida faoliyat yuritadi.Ijtimoiy xizmatlar – bu jismoniy, ruhiy va ijtimoiy qiyinchiliklarga duch kelgan shaxslar-u oilalarga davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan shakllardir. Binobarin, “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida ham aholiga xizmat va yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda. O‘tgan 2025-yilda nogironligi bo‘lgan va ehtiyojmand oilalarga bir qator xizmat va yordamlar ko‘rsatilib, 3 dona nogironligi bor va og‘ir kasallikka chalingan fuqarolarga sayr qilish aravachasi, 10 dan ortiq fuqarolarga esa hassa, qo‘ltiqtayoq va tirsak qo‘ltiqtayoqlari berildi. Jumladan, mazkur mahallada yashovchi og‘ir kasallikka chalingan fuqaroga sayr qilish aravachasini yetkazib berilganda, onaxonning bir yildan ortiq vaqtdan buyon xonadan chiqmaganligi, aravacha yetkazib berilgandan keyin ko‘chalarni sayr qilganligi, qarindoshlarinikiga borganligini gapirib, nogironlar va og‘ir kasallikka chalingan fuqarolarga davlatimiz tomonidan ko‘rsatilgan beminnat ijtimoiy xizmat va yordamlardan mamnun ekanligini ta’kidladi. Bu minnatdorchilik so‘zlari bizni vazifamizga bo‘lgan mas’uliyatni yanada orttirganligini his qildim. Bu kabi ko‘rsatilgan xizmat va yordamlarimiz bir talay.Ijtimoiy yordam aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlabgina qolmay, jamiyatda tenglik, hamjihatlik va barqarorlikni mustahkamlaydi. Ko‘rsatilgan samarali yordam esa insonlar hayotiga bo‘lgan ishonchini oshiradi.Munavvar SHERYAYEVA,Paxtachi tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 19-hudud, “Bo‘ston” mahallasida kompleks xizmat ko‘rsatuvchi xodimasi.H ayotga ishonchni tiklash yo‘lidaVatan uchun jonim fido!abiatni asrash, atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘lida fidokorona mehnat Tqilayotgan insonlar har qanday e’tirofga munosib. Ana shunday mehnat egalarini rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq muhim tashabbus amalga oshirilmoqda.tabiat himoyachilarimiz munosib rag‘batlantirildiMazkur Farmonga asosan, sanitar tozalash korxonalarida chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish va saralash ishlari bilan shug‘ullanuvchi ishchilar, shuningdek, obodonlashtirish boshqarmalarida tozalash ishlari bilan band bo‘lgan xodimlar o‘rtasida “Tabiat himoyachisi” tanlovi har yili o‘tkazilishi belgilangan. Ushbu tanlov orqali kamida 10 yil davomida halol va sadoqat bilan xizmat qilgan 100 nafar ilg‘or xodimning davlat oliy ta’lim muassasalariga kontrakt asosida o‘qishga kirgan farzandlari yoki nabiralarining kontrakt to‘lovlari Ekologiya jamg‘armasi hisobidan to‘lab beriladi.Quvonarlisi shundaki, ushbu ezgu tashabbus tumanimizda ham amaliy natija bermoqda. Yaqinda tumanimizdan tanlab olingan 2 nafar fidoyi ishchi xodimlarimiz – Shomurod Yangiboyevhamda Salim Quvondiqovning farzandlari davlat oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgani munosabati bilan ularning qariyb 21 million so‘mlik kontrakt to‘lovlari to‘liq qoplab berildi.Bu nafaqat mehnatkash xodimlarga bo‘lgan e’tibor va ehtiromning yorqin ifodasi, balki yosh avlodning ta’lim olishiga yaratilayotgan keng imkoniyatlarning ham yaqqol namunasidir. Eng muhimi, bunday rag‘batlar orqali atrofmuhitni asrash yo‘lida xizmat qilayotgan insonlarning mehnati munosib qadrlanmoqda, ularning kasbiga bo‘lgan hurmat yanada oshmoqda.Tabiatni asrash – kelajakni asrash demakdir. Ana shunday mas’uliyatli va sharafli yo‘lda xizmat qilayotgan tabiat himoyachilarimizga ehtirom va minnatdorlik bildirib qolamiz.Akmal SHERMATOV, Tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i.DЕMOGRAFIYA135 million yangi inson dunyoga keldi, 62million inson hayotdan ko‘z yumdi. Yer aholisi soni 73 millionga oshdi.SARATONGA QARSHI KURASHIlm-fan saratonni to‘liq yengmagan bo‘lsada, uning ko‘plab turlari 70-80 foizgacha nazorat qilinadigan darajaga yetdi. Bu davolashda katta burilishdir. OIV (HIV)OIV kasalligiga qarshi kurashishda juda katta yutuqlarga erishildi: profilaktika vadavolash ancha samarali bo‘ldi.VAQT VA YER HARAKATIYerdagi kunlar o‘rtacha 1,5 millisekundga qisqardi – bu Yer aylanishining tezlashishibilan bog‘liq noyob hodisa.KOSMOSDAGI “IZ”Yerdan birinchi yuborilgan radiosignallar 100 yorug‘lik yili masofani bosib o‘tdi. Bu sivilizatsiyamiz kosmosda qoldirgan ilk ovozdir.EKZOSAYYORALAR200 dan ortiq yangi ekzosayyora, jumladan Yerga o‘xshash sharoitlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan sayyoralar aniqlandi.GЕNLARNI TAHRIRLASH – TARIXIY QADAMIlk bor bemorga uning o‘ziga xos mutatsiyasini tuzatish uchun maxsus ishlab chiqilganCRISPR-redaktor qo‘llanildi. Chaqaloqqa bir necha oy ichida yaratilgan dori vositasining uchta in’eksiyasi qilindi – genom to‘g‘ridan to‘g‘ri organizm ichida tahrirlandi.SUN’IY INTЕLLЕKT VA FANKatta til modellari (LLM) ilmiy kashfiyotlarni keskin tezlashtira boshladi. Ular ayrim sohalarda doktorlik darajasiga yaqin bilimni namoyon qildi. Masalan, Gemini xalqaro matematika olimpiadasida oltin medal oldi. 2021-yil prognozlariga ko‘ra, bu darajaga faqat 2043-yilda erishilishi kutilgan edi.GLOBAL ISISHYerda global isish davom etmoqda. 2025-yil insoniyat tarixidagi eng issiq yillardan biri bo‘ldi.DЕNISOVLIKLAR SIRIEndi biz denisovliklar qanday ko‘ringanini taxmin qila olamiz. Ilgari faqat bir necha tish va suyak bo‘laklari bor edi. Ammo 2025-yilda Xitoyda topilgan mashhur “Ajdar odam” bosh suyagi aynan denisovlikka tegishli ekani genetik jihatdan isbotlandi.2025 yil“iz”lariOrtda qolgan 2025-yil insoniyat tarixida ko‘plab muhim voqealar bilan muhrlandi. Tarixiy yutuqlar qo‘lga kiritildi. Ularning eng muhim o‘ntasi bilan tanishtirib o‘tamiz:


6d№ 2 (7329)-sonZamon bilan tengdoshAsrlar almashib, zamonlar o‘zgarib, qarashlar yangilanib borayotgan bir paytda shunday tushunchalar borki, vaqt ularni eskita olmaydi. Aksincha, vaqt o‘tgani sari ularning qadr-qimmati yanada teranroq anglashila boshlaydi. Ana shunday tushunchalar bilan, zamon bilan tengma-teng yuradigan mo‘jiza – adabiyotdir. Chunki adabiyot inson qalbining ovozi, tafakkurning ko‘zgusi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Zamon qanchalik o‘zgarmasin, insoniylik, samimiy qalb, mas’uliyat, haqiqatga sadoqat kabi tushunchalar hech qachon o‘z qiymatini yo‘-qotmaydi. Texnologiyalar rivojlanadi, fikrlash shakllari yangilanadi, lekin inson qalbi baribir adolat, rostlik va ma’naviy tayanch izlaydi. Adabiyot esa ana shu ehtiyojni qondiradigan eng ishonchli manba bo‘lib qoladi. Ozod Sharafiddinov ana shu zamon bilan tengdosh tushunchalarni adabiyot orqali jamiyatga yetkazishga intilgan ziyolilardan biridir. U adabiyotni shunchaki san’at emas, balki insonni tarbiyalaydigan, uning ichki dunyosini poklaydigan kuch sifatida ko‘rgan. Uning qarashlarida adabiyot – bezak emas, mas’uliyatdir. So‘z esa mazax emas, vijdondir. Muallif o‘z maqola va tahlillarida doimo bir haqiqatni eslatadi: Agar adabiyot insonni yaxshilikka yetaklamasa, u o‘z vazifasini bajarmagan bo‘ladi. Shu sababli u ijodkorlardan faqat chiroyli yozishni emas, balki halol yozishni talab qiladi. Chunki zamon o‘zgararkan, lekin yolg‘on yozilgan so‘z baribir o‘z qiymatini yo‘qotadi.Ozod Sharafiddinov uchun tafakkur – eng oliy mezon edi. U tayyor fikrlarga ergashishni emas, mustaqil o‘ylashni qadrlagan. Uning tanqidchilik faoliyatida ham ana shu jihat ustuvor bo‘lib kelgan. U asarni kim yozganiga emas, nimani aytganiga va qanday mas’uliyat bilan aytganiga qaraydi. Bu yondashuv esa har qanday davr uchun dolzarb bo‘lib qoladi. Bugungi tezkor zamonda inson ko‘pincha chuqur o‘ylashga vaqt topolmaydi. Ammo aynan shunday pallada Ozod Sharafiddinov qarashlari yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki u bizga shoshilmasdan o‘ylashni, so‘zga ehtiyotkor bo‘lishni, adabiyot orqali o‘zimizni anglashni o‘rgatadi. Bu esa har qanday davrda inson uchun ma’naviy tayanch bo‘lib xizmat qiladi.Bu mavzudan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, zamon bilan tengdosh tushunchalar – bu o‘tkinchi g‘oyalar emas, balki insoniyat bilan birga yashaydigan qadriyatlardir. Ozod Sharafiddinov ana shu qadriyatlarni adabiyot orqali saqlab qolishga, kelajak avlodga yetkazishga harakat qilgan. Shu bois uning qarashlari bugun ham biz bilan baravar yuradi, bugungi o‘quvchini ham o‘ylantiradi va ertangi kun uchun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi.Odamni inson sifatida tan oldirishga undagan fidokorAlloh insonni mukammal shaklda yaratdi, unga aql berdi, qalb berdi, vijdon berdi. Ammo bir haqiqat bor: odam bo‘lib tug‘ilamiz, inson bo‘lib yashash esa tanlov. Chunki insoniylik – berilgan ne’mat emas, balki umr davomida shakllanadigan mas’uliyatdir. Har kim yashay oladi, ammo har kim ham inson bo‘lib yashay olmaydi. Jamiyatda ko‘plab odamlar bor, ular yashaydi, ishlaydi, gapiradi. Lekin inson degan nomga munosib bo‘lish uchun buning o‘zi yetarli emas. Inson – bu samimiy qalb egasi, o‘zidan boshqani ham o‘ylaydigan, jamiyatga foydasi tegadigan, vijdoni oldida halol yashaydigan shaxsdir. Eng muhimi, u umrining har bir lahzasidan mazmun topa oladi. Ana shunday insoniylik tushunchalarini adabiyot orqali ochib berishga, odamni inson darajasiga ko‘tarishga uringan fidokor ziyolilardan biri Ozod Sharafiddinovdir.O. Sharafiddinov adabiyotga shunchaki matnlar majmui sifatida qaragan emas. U uchun adabiyot insonni tarbiyalaydigan, uni uyg‘otadigan, vijdonini harakatga keltiradigan kuch edi. Uning tanqidiy va publitsistik maqolalarida bir fikr doimiy takrorlanadi: so‘z mas’uliyatdir. Agar so‘z insonni yaxshilikka yetaklamasa, u o‘z vazifasini bajarmagan bo‘ladi. U ko‘p bora shuni ta’kidlaydi: adabiyot odamni chalg‘itmasligi, balki unga yo‘l ko‘rsatishi kerak. Ijodkor esa jamiyat oldida mas’ul. Chunki yozilgan har bir satr kimningdir dunyoqarashiga ta’sir qiladi. Shu bois Ozod Sharafiddinov ijodkorni faqat iste’dod bilan emas, insoniy pozitsiya bilan o‘lchaydi. Uning nazarida haqiqiy yozuvchi – avvalo halol inson bo‘lishi lozim.Ozod Sharafiddinovning maqolalarida teztez uchraydigan tushunchalar bor: tafakkur, vijdon, haqiqat, mas’uliyat, samimiyat. Bu so‘zlar uning uchun shunchaki atama emas, balki hayot mezoni edi. U adabiyot orqali odamni o‘ziga savol berishga majbur qilmoqchi bo‘ladi: “Men kimman? Oddiy odammi yoki jamiyatga foydasi tegadigan insonmi?”. Aynan shu jihati bilan u fidokor edi. Chunki insonni o‘zgartirishga urinish eng qiyin, eng mashaqqatli yo‘l. Ammo u bu yo‘ldan chekinmadi. Tanqid qildi, bahslashdi, ayrim paytlar qarshiliklarga uchradi, lekin fikridan qaytmadi. Chunki uning maqsadi mashhurlik emas, insoniylikni saqlab qolish edi.Bugungi tezkor zamonda ham bu qarashlar o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Aksincha, odam bilan inson o‘rtasidagi farq yanada yaqqol sezilayotgan bir paytda Ozod Sharafiddinov fikrlari bizni to‘xtatib o‘ylashga majbur qiladi.Chunki zamon o‘zgaradi, lekin insoniylikka bo‘lgan ehtiyoj o‘zgarmaydi.Ozod Sharafiddinovning qarashlari havoda osilib qolmagan, ular aniq asarlar va izchil fikrlar bilan mustahkamlangan. Masalan, uning “Zamon, qalb va adabiyot” ruhidagi maqolalarida adabiyotning vazifasi bir necha bor ochiq aytiladi: yozilgan so‘z inson qalbiga xizmat qilishi kerak. U adabiyotni jamiyatdan uzib bo‘lmaydigan tirik organizm sifatida ko‘radi. Shuningdek, “Adabiyot – hayot darsligi” mazmunidagi tanqidiy maqolalarida muallif yozuvchining mas’uliyatiga alohida urg‘u beradi. Uning fikricha, ijodkor o‘z iste’dodini faqat o‘zi uchun emas, balki jamiyat uchun sarflashi lozim. Aks holda, iste’dod ham o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Bu qarashlar orqali u odamni shunchaki tomoshabin bo‘lib yashamaslikka, inson sifatida jamiyatda o‘rin egallashga chorlaydi. Ozod Sharafiddinov ko‘p bora tanqidning mohiyatini ham noto‘g‘ri tushunilmasligi kerakligini ta’kidlaydi. Uning maqolalarida tanqid – buzish emas, balki tozalash, oydinlashtirish vositasi sifatida talqin etiladi. Shu sabab u asarni muallif shaxsiga qarshi emas, g‘oyaning jamiyatga ta’siri nuqtayi nazaridan tahlil qiladi. Bu yondashuv esa o‘quvchini ham fikrlashga, baholashga, o‘z nuqtayi nazarini shakllantirishga o‘rgatadi. Ayniqsa, uning publitsistik chiqishlarida tez-tez uchraydigan “vijdon”, “haqiqat”, “so‘z mas’uliyati” kabi tushunchalar bejiz takrorlanmaydi.Bu so‘zlar O. Sharafiddinov uchun nazariy atama emas, balki inson bo‘lib yashash andozasi edi. U adabiyot orqali odamni o‘ziga savol berishga majbur qiladi: “Men faqat yashayapmanmi yoki jamiyatga foydam tegayotgan insonmanmi?”.Xulosa qilib aytganda, O. Sharafiddinov odamni inson sifatida tan oldirishga undagan, so‘z orqali vijdonni uyg‘otishga harakat qilgan fidokor ziyoli edi. U bizga shuni eslatadi: inson bo‘lish – mansab emas, tanlov. Va bu tanlovni har birimiz har kuni, har bir so‘zimiz va har bir amalimiz bilan qilamiz.Bir umrga yetadigan tafakkurBugungi zamon juda tez. Axborotlar ko‘p, imkoniyatlar ko‘p, lekin shunga yarasha adashishlar ham ko‘p. Inson ko‘p narsani bilayotgandek, ammo kam narsani anglayotgandek yashayapti. Asl muammo bilimda emas, tafakkurda. Chunki tafakkur bu insonni faqat yashatibgina qolmay, uni to‘g‘ri yo‘lda olib boradigan ichki kompasdir. Tafakkur bir kunlik emas, bir umrga yetadigan boylik. Uni yo‘qotgan inson yo‘lini ham yo‘qotadi. Bugun yoshlar orasida ko‘p uchrayotgan muammolar o‘z yo‘lidan chalg‘ish, maqsadsizlik, taqlid, tez taslim bo‘lish – bularning barchasi tafakkur yetishmasligidan kelib chiqadi. Chunki tafakkur bo‘lgan joyda inson savol beradi, o‘ylaydi, solishtiradi. Tafakkur yo‘q joyda esa ko‘r-ko‘rona ergashish boshlanadi.Agar tarixga nazar tashlasak, insoniyat taraqqiyoti hech qachon imkoniyatlar ko‘pligi bilan emas, tafakkur kuchi bilan oldinga siljiganini ko‘ramiz. O‘tmishda bugungidek texnologiya yo‘q edi, internet yo‘q edi, kitob topishning o‘zi katta mehnat talab qilardi. Ammo shunga qaramay, o‘sha davrlarda tafakkur egalarining so‘zi asrlar osha yashab keldi. Bir paytlar ilm va adabiyot bilan shug‘ullanish hammaga ham nasib etmagan. Kitob – boylik, bilim – mas’uliyat edi. Kim o‘qisa, u jamiyat oldida javobgar bo‘lardi. Shu sabab tarixda qolgan allomalar, mutafakkirlar va adiblar bilimni shunchaki egallamagan, balki uni hayot mazmuniga aylantirgan. Tafakkur ularga shonshuhrat emas, yo‘l bo‘lgan. Bugungi zamonga kelib esa manzara butunlay boshqacha. Axborot qo‘limizda, kitoblar bir tugma narida, bilim olish uchun sharoitlar mislsiz darajada ko‘p. Ammo savol tug‘iladi: nega shuncha imkoniyat bo‘la turib, tafakkur yetishmayapti? Nega ko‘plab yoshlar o‘z yo‘lini topa olmayapti? Javob oddiy: imkoniyat tafakkurni o‘zi bilan olib kelmaydi. Tafakkur tanlov orqali shakllanadi. Ozod Sharafiddinov ana shu muhim haqiqatni anglagan ziyolilardan edi. U zamonidan oldinda yashagan inson edi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U o‘z maqolalarida ko‘p bora shuni uqtiradi: inson qancha ko‘p bilmasin, agar u bilganini anglamasa, o‘sha bilim uning hayotini o‘zgartirmaydi. Shu sabab u adabiyotdan zavq olishni emas, adabiyot orqali o‘ylashni talab qilgan. Tarix shuni ko‘rsatadiki, haqiqiy muvaffaqiyatga erishgan insonlar tafakkurni boylikdan ustun qo‘ygan. Masalan, dunyoning eng boy tadbirkorlaridan biri Bill Geyts muntazam ravishda kitob o‘qishini yashirmaydi. Uning mashhur fikrlaridan biri shunday: “Agar kelajagingni ko‘rmoqchi bo‘lsang, qanday o‘ylayotganingga qaragin.” Bu gap zamonaviy biznes uchun aytilgandek tuyuladi, ammo uning ildizi tafakkurda yotadi. Yoki Uorren Baffetni olaylik. U boyligini sarmoya bilan emas, avvalo fikrlash bilan boshqargan inson. U bizga shunday deydi: “Eng yaxshi investitsiya – bu o‘z ustingda ishlash.”Bu ham tafakkurga berilgan eng aniq bahodir. Chunki tafakkur rivojlangan joyda inson o‘zini ham, imkoniyatni ham to‘g‘ri boshqara oladi. Tarixda imkoniyat kam bo‘lsa ham, tafakkur bilan yuksalgan insonlar ko‘p bo‘lgan. Bugun esa imkoniyat ko‘p, lekin tafakkur yetishmayotgani achinarli hol. Natijada insonlar tayyor fikrga ergashmoqda, boshqalar hayotini takrorlamoqda, o‘zligini yo‘qotmoqda. Bu esa jamiyatda ma’naviy bo‘shliqni yuzaga keltirmoqda. Adabiyot va tafakkur ana shu bo‘shliqni to‘ldiradigan kuchdir. Shu sabab Cho‘lpon “fikrsiz yashash – ruhiy qullik” ekanini uqtirgan. Abdulla Qodiriy esa o‘z asarlari orqali insonni tarixiy xotira bilan o‘ylashga chaqirgan. Dostoyevskiy esa tafakkurni insonning ichki kurashi sifatida ko‘rsatgan. Bu adiblarning barchasini birlashtiradigan jihat shuki – ular insonni tashqi emas, ichki o‘sishga chorlaydi. Bugun yoshlar uchun o‘qilishi kerak bo‘lgan asarlar ham aynan tafakkurni uyg‘otadigan kitoblardir. Bu asarlar tez javob bermaydi, lekin to‘g‘ri savol beradi. O. Sharafiddinov maqolalari, Qodiriyning romanlari, Cho‘lpon publitsistikasi, Dostoyevskiy va Kamyu asarlari – bularning barchasi insonni bir umrga yetadigan tafakkur bilan qurollantiradi.Abdulla Qodiriy asarlarida tafakkur – millat taqdirini anglash bilan bog‘langan. Uning qahramonlari oddiy yashamaydi, ular tanlov qiladi. Tanlov esa tafakkur mahsuli. Cho‘lpon esa tafakkurni erkinlik bilan bog‘laydi. Unga ko‘ra, o‘ylay olmaydigan inson erkin bo‘la olmaydi. Erkinlik esa faqat tashqi emas, ichki holatdir. Jahon adabiyotiga nazar tashlasak, Fyodor Dostoyevskiy inson tafakkurining eng chuqur qatlamlarini ochib bergan adiblardan biri. Uning asarlarida inson tashqi dushman bilan emas, o‘z ichidagi savollar bilan kurashadi. Bu esa bugungi zamon uchun ham nihoyatda dolzarb. Chunki bugun insonni eng ko‘p adashtirayotgan narsa tashqi bosim emas, ichki bo‘shliqdir. Hozirgi zamonda tafakkurga eng katta tahdid yuzaki yashashdir. Tez mashhurlik, tez boyish, tez tanilish istagi insonni chuqur o‘ylashdan uzoqlashtirmoqda. Natijada yoshlar ko‘pincha o‘ziga savol bermay yashayapti: “Men kimman?”, “Nima uchun yashayapman?”, “Qayerga ketyapman?”... Bu savollar yo‘q joyda esa inson o‘z yo‘lini yo‘qotadi. Tafakkur insonga sabr ham beradi. Chunki o‘ylaydigan inson shoshilmaydi. U biladiki, haqiqiy o‘sish vaqt talab qiladi. Shu sabab tafakkur – bu faqat aql mashqi emas, balki ma’naviy tayanch hamdir. Tafakkur insonni buzilishdan saqlaydi, uni o‘zligiga qaytaradi. Bugun o‘qilishi kerak bo‘lgan kitoblar ham aynan tafakkurni shakllantiradigan asarlardir. Masalan, Ozod Sharafiddinovning adabiytanqidiy maqolalari, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asari, Cho‘lponning publitsistik yozuvlari, Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” romani yoki Albert Kamyuning falsafiy asarlari – bularning barchasi insonni tayyor xulosaga emas, o‘z xulosasiga olib keladi.Xulosani ham tafakkur bilan chiqaradigan bo‘lsak, bu zamon bilan o‘zgarib ketadigan tushuncha emas. U kecha ham kerak edi, bugun ham zarur, ertaga esa undan ham muhim bo‘ladi. Bir umrga yetadigan tafakkur insonni yo‘qotmaydi, aksincha uni topadi. Kim tafakkur bilan yashasa, zamon ichida yo‘qolib ketmaydi. Chunki tafakkur – insonni inson qilib turadigan eng muhim quvvatdir.Mutolaa 2025-yil 22-yanvarShohruh ABDUHAKIMOV,O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti PR va menejment yo‘nalishi talabasi,“Taraqqiyot” mahallasi.


7Meros ishi ochildi“Qarnabota” mahallasida yashab, 2023-yilda vafot e tgan Xalikov Alibay Aminovichdan qolgan molmulklarga nisbatan meros ishi ko‘rilayotganligi sababli merosxo‘rlardan Paxtachi tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Xo‘janova Dilobar Maxmudovna idorasiga murojaat qilishlari so‘raladi.E’lonlardMeros ishi ochildi Meros ishi ochildi2026-yil 22-yanvar Xabardor № 2 (7329)-sonSahifani Sardor QURBONOV tayyorladi.Bekor qilinadi“NAVQIRONLIK VAGUZALLIK” oilaviy korxonasiga tegishli bo‘lgan dumaloq muhr va burchak tamg‘asi yo‘qolganligi sababli bekor qilinadi.Bugungi kunda energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanish jamiyatimiz oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Chunki elektr energiyasi va tabiiy gazdan tejamkor foydalanish nafaqat iqtisodiy manfaat, balki ekologik barqarorlikni ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.Shu maqsadda tumanimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali-amaliy seminar tashkil etildi. Tadbirda tuman prokurori katta yordamchisi J. Xoliqulov, tuman hokimligi bosh mutaxassisi M. Ravshanov, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i D. Abdullayev hamda tegishli soha va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.Seminar davomida energiya tejamkorlikning kundalik hayotimizdagi ahamiyati atroflicha tushuntirildi. Mas’ullar tomonidan aholiga foydalanilmayotgan elektr jihozlarini o‘chirib qo‘yish, energiya tejovchi lampalardan foydalanish, maishiy texnikalarni tanlashda ularning samaradorlik darajasiga e’tibor berish kabi oddiy, ammo samarali choralar orqali energiya sarfini sezilarli kamaytirish mumkinligi misollar orqali bayon etildi.Shuningdek , qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, xususan, quyosh panellari va shamol energiyasining istiqbollari haqida ham ma’lumotlar berildi. Bu esa nafaqat tabiiy resurslarni asrash, balki kelajak avlodlar uchun toza muhitni saqlab qolishga xizmat qilishi ta’kidlandi.Energiya tejamkorlik – bu bugun qilinadigan kichik qadam, ammo kelajak uchun ulkan foydadir. Shu bois, har bir fuqaro energiya resurslaridan oqilona foydalanishni o‘zining kundalik odatiga aylantirishi, tejamkorlik madaniyatini oilasidan boshlab jamiyatda keng targ‘ib etishi zarur. Faqat shundagina biz barqaror va farovon kelajakni ta’minlay olamiz.Energiya tejamkorlik – barqaror kelajak garovi“Chorgo‘sha” mahallasida yashab, 2025-yilda vafot etgan Eshmatov XudoyorJurakulovichdan qolgan mol-mulklarga nisbatan meros ishi ko‘rilayotganligi sababli merosxo‘rlardan Paxtachi tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Xo‘janova Dilobar Maxmudovna idorasiga murojaat qilishlari so‘raladi.“Istiqlol” mahallasidayashab, 2025-yilda vafot etgan Sharipov AbdisattarNorbabayevichdan qolgan mol-mulklarga nisbatan meros ishi ko‘rilayotganligi sababli merosxo‘rlardan Paxtachi tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Xo‘janova Dilobar Maxmudovna idorasiga murojaat qilishlari so‘raladi.


82026-yil 22-yanvar Suhbat № 2 (7329)-sonBosh muharrir: Gazeta Samarqand viloyat Matbuot va axborot boshqarmasi tomonidan 2007-yil 17-yanvarda 09-22 raqami bilan ro‘yxatga olingan.Gazeta “Navoiy yoshlari” gazetasi kompyuter markazida terildi va sahifalandi. Manzilimiz: Ziyovuddin shaharchasi, Istiqlol ko‘chasi.Tel: muxbirlar – 99 733-73-08reklama bo‘limi – 97 912-00-27 E-mail: [email protected] etildi:21.01.2026-yilBuyurtma - Adadi - 1870Qog‘oz bichimi A-3,hajmi 2 bosma taboq.Topshirildi: soat 17Chop etish vaqti: 17Yagona obuna indeksi – 140522Bahosi erkin narxda. QURBONOVSanjar Ramilovich0030Tahririyatga kelganqo‘lyozmalar taqriz qilinmaydi va muallifgaqaytarilmaydi.ISSN 2010-6718Gazeta “Sherdor plyus poligraf” MChJbosmaxonasida ofset usulida bosildi. Bosmaxona manzili: Samarqand shahri, Ulug‘ Tursunov ko‘chasi, 82-uy. Gazeta 1935-yildan chiqa boshlaganXalq deputatlari tuman Kengashi va Paxtachi tuman hokimligi MUASSISLAR:Navbatchi muharrir:Sherbek BOBOQULOVSo‘z inson qalbining eng nozik ifodasidir. Shunday ijodkorlar borki, so‘z orqali dardni, sukut orqali esa haqiqatni yetkaza oladi. Ijodi inson ruhiyatining chuqur qatlamiga kirib boradi. Og‘riq va kechinmalarni sodda, ammo ta’sirchan ifodalaydi.Bu galgi qahramonimiz ham shu kabi ijodkorlardan biri Gulbahor Jumanazarovadir.U 1968-yil, tumanimizning hozirgi “Ukrash” mahallasi hududida, o‘qituvchilar oilasida dunyoga kelgan. 3-sinfligidayoq she’rlar yoza boshlagan.Hozirgacha esa “Oppoq tong”, “Ikki dil chashmasi”, “She’riyat gulshanida”, “Umr so‘qmoqlari” kabi kitoblari chop etilgan. Qolganini suhbatimiz davomida o‘qishingiz mumkin.– She’r va hikoyalar yozishga qiziqishingiz qanday paydo bo‘lgan?– Dadam o‘qituvchi bo‘lgan, har doim maktabdan kelib, yozganlarimga baho berar edi. Ba’zida bironta mavzu berar, shuningdek bir minutda yozib ber, deb shart qo‘yardi. Yozishga ishtiyoq ham qobiliyat shunday boshlangan. Turmushga chiqqanimdan keyin esa odamlarning dardlarini eshitib, hikoya va novellalar yoza boshladim. Har bir yozgan ijodim ustida ikki-uch oylab ishlayman.– O‘quvchilar hikoyalaringizni qanday qabul qilishini, ularga bu nima berishini xohlagan bo‘lar edingiz?– Har bir yozgan hikoyam hayotdan olingan va birozgina ijodkor ishlovi berilgan. Men bularni o‘qigan odamga dars, ya’ni hayot darsi bo‘lishini istardim. Ko‘cha-ko‘yda ham eshitgan voqealarimni kimgadir aytsam juda ham ta’sirlanadi va o‘ziga qaysidir ma’noda ibrat oladi… Va bu men uchun katta yutuq!.. Yaqinda paxta dalasida terimchilarga bir mushtipar ona va noshud farzand hikoyasini, o‘zim eshitib yozgan hikoyamni aytib berdim. Ular xulosa qilishdiki, endi farzandlarimizga e’tiborli bo‘lamiz, har nimaga urushib, kamsitmaymiz, deyishdi. Buni eshitib men faxrlandim, negaki bu ularga dars bo‘ldi.– Oilangiz sizning ijodiy faoliyatingizga qanday munosabat bildiradi?– Qizlik oilamda hattoki men kitob o‘qiyotganimda hech kim bezovta qilmagan, onam kelib o‘qiyotganimni ko‘rsa, ish buyurmasdan chiqib ketgan. Oilamiz ziyoli bo‘lgan, uyimizda kichik kutubxona bo‘lar edi. Turmushga chiqqanimdan keyin esa umuman boshqa olamga tushib qolgandek bo‘ldim. Hech kim o‘qimaydi, uqmaydi… Lekin shunday bo‘lsa-da men to‘xtamadim, farzandlarim aqlini tanigach, 35-40 yoshlarimda novellalar yozishni boshladim. Insonning dardini eshitish men uchun boshqacha yoqimli edi, unga yordam bergim, muammosini hal qilgim kelardi.– She’r siz uchun nima, dardni yengish yo‘limi yoki ifodalash?– She’r bu yurakdan chiqqan, yillar davomida to‘planib, vaqti kelganda portlaydigan vulqon. Uni bor vujuding bilan yozmasang, qalbdan qalbga yetib bormaydi. Hozir bu borada tajriba oshirayapman, ustozlarim yozgan ishlarimga baho berishadi, biror xato qilsam, to‘g‘rilash yo‘llarini o‘rgatadi.– Ijodkor borki, har birining qalbidan dardlar yopiriladi, siz uchun u yukmi yoki ne’mat?– Aynan men ne’mat deb hisoblayman, chunki dard borki, biz chin dildan yozamiz, dard borki ajoyib hosila yaratamiz. Mening she’rlarim ham shulardan yaralgan. Bu qobiliyat Alloh tomonidan berilgan ekan, biz ba’zida quvonchdan, ba’zan qayg‘udan yozamiz. Alloh ham yaxshi ko‘rganlariga dard beradi…– Umidsizlikdan sizni nima qutqaradi?– Boshqalarning hayoti va o‘zimning hayotimni solishtiraman, qaraymanki, shukrlar bo‘lsin, hamma joyim sog‘, tinchman, farzandlarim yonimda. Bularni ko‘rib,yanada ishtiyoqim oshadi.– Shu vaqtgacha sizni nima hayratga solgan?– Onamni hayoti. Bu haqida olti yillab yozganman. Onam o‘gay ona qo‘lida qolib juda ham qiynalgan, hozirgi hayotimizdan ming shukur qilsak arziydi. Onamning hayoti shu darajada murakkab bo‘lganki… Lekin u kuchli bo‘lgan, undagi kuchga hayratlanaman, u yashagan davrdagi odamlarning qiyinchiliklari meni hali hanuz o‘ylantiradi.– Jamiyat ayol yozuvchilarning dardlarini eshitishga tayyormi?– Jamiyat eshitishga tayyor bo‘lishi kerak. Shundagina tenglik va adolat bo‘ladi. Ayollar qadrlanadi, e’zozlanadi. Hayotga ishtiyoqi baland bo‘ladi.– Nima armon bo‘lgan?– Men universitetda o‘qishni juda ham istaganman va bunga yetarli bilimim bo‘lgan. Lekin qishlog‘imizda bir hodisa sodir bo‘lib, dadam meni o‘qishga yubormagan. Akamlar o‘qigan, hozirda ham o‘qituvchi bo‘lib, ish olib boradi. Mening eng katta armonim shu bo‘lgan, hozirda ham ko‘pchilik aytishadi, imtihon topshiring, o‘qing deb… Lekin hayot tashvishlari bilan bu biroz halaqit beradi. O‘qimaganimdan keyin qishloqdagi oshpazlik kursida o‘qib, maktabda oshpazlik qildim.– Hayotdagi eng katta orzuyingiz nima?– Mahallamizda juda katta kutubxona ochish! Har hafta mushoira o‘tkazish,to‘garaklar tashkil qilib, bolalarni boshqa viloyatlar kutubxonasiga sayohatga olib borish, ayollarni o‘qishga undash. Boshqa joylarga borib, har doim havasim keladi, ayollar juda ham ongli, kamida ellikka yaqin she’rlarni biladi, bu borada bellashadi. Bunga havas qilib, men ham kutubxona ochishni orzu qilaman. Yozuvchilarga kitoblarini chiqarishga yordam berardim, agar mablag‘im bo‘lsa. Hozir Navoiyda kitobim turibdi, chiqarish kerak.– Shuncha kitobingiz chiqibdi, ular haqida insonlarning va sizning fikringiz qanday?– Shunday qarindoshlarim borki, yozma, senga nima kerak, hech qanday foyda yo‘q, senga birov bir so‘m bermaydi, yozma, senga zarilmi har kitobga millionlab pul sarflab.., deyishadi. Lekin menga odamlar kitoblarimni qancha o‘qisa, shuncha rohatlanaman. Har yili paxta terim mavsumida dalada paxta terib, puliga kitob chiqaraman va keyin ularni odamlarga bepul tarqataman. Aslida, donasini 90 ming so‘mdan baholasam bo‘lishini aytishadi, lekin bu avlod odamlari shu pulga kitob olishdan ko‘ra, yegulik olay debfikrlaydi. Yaqinda bir voqeani guvohi bo‘ldim: o‘zimizning mahallaga borgan edim. Bir xodim kelgan ayolga, kutib turing, dedi-da zerikmasligi uchun kitob tutqazgan bo‘ldi, ne ko‘z bilan ko‘rayki, ayol o‘zi shuncha muammo yetmayapti, tezroq bo‘ling degandek, kitobni jerkib qo‘yib qo‘ydi. Bu holatdan juda ham ta’sirlandim. Bildimki, jamiyat rivojlanishi kerak. Bizda yetishayotgan kadrlar bunday ilmsiz onaning tarbiyasini olishi kerak emas.– Kitob o‘qiydiganlarga hamma, u kitobni o‘qi, bunisi o‘qi, deb tavsiya beradi, lekin siz o‘qimaydiganlarga nima degan bo‘lardingiz?– Bir kuni bu ish boshingizga yetadi, o‘qinglar, kimki o‘qigan bo‘lsa, faqat topgan, lekin hech narsa yo‘qotmagan!..Mazkur suhbat orqali biz Gulbahor opaning nafaqat ijod yo‘lini, balki uning qalb olamini ham yaqindan his qildik. U hayot sinovlarini sukut bilan yenggan, ammo bu sukutni ijod orqali so‘zga aylantira olgan insondir. Shoiraning har bir she’ri, har bir hikoyasi ortida real hayot, inson dardi, ayollarga xos sabr va ichki kuch mujassam. U boshqalarning muammolarini tinglab, ularni oylar davomida qayta ishlaydi va o‘quvchi uchun hayotiy xulosa, ruhiy saboq holiga keltiradi. Shu jihatdan uning ijodi faqat badiiy asar emas, balki insonni tarbiyalaydigan, o‘ylantiradigan ma’naviy manbadir.Qahramonimiz hayotda ko‘plab to‘siqlarga duch kelgan bo‘lsa-da, ijoddan voz kechmadi. Oilaviy muhitdagi o‘zgarishlar, orzularning chala qolishi, imkoniyatlarning cheklanishi… uning qalbida dard uyg‘otdi. Ammo u bu dardni iztirobga emas, ma’no va nurga aylantira oldi.Uning nazarida dard yuk emas, balki Alloh tomonidan berilgan ne’matdir. Aynan shu qarash uning ijodini samimiy, chin va ta’sirchan qilgan.Shoiraning eng katta orzusi – mahallasida kutubxona ochish, yoshlarni va ayollarni kitobga, fikrlashga, ijodga jalb etishdir. Bu orzu uning jamiyat oldidagi mas’uliyatini, kelajak avlodga befarq emasligini ko‘rsatadi. U o‘zining ijodi bilan ham, hayotiy qarashlari bilan ham ayol qalbining naqadar kuchli va matonatli ekanini isbotlaydi. Jamiyat esa bunday ijodkorlarning ovozini eshitishga, ularni qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lishi kerak.Bu ayol shu holigayam hammaning “qalb siniqlari”ni yig‘ib birlashtiradi va oylar ustida ishlab, uni kichik “dars” holiga keltiradi. Ammo o‘zining “siniq”larini hech kim yig‘maydi va unda sukut hukmronlik qiladi. “Parcha”larni yig‘ishda, kitoblarni chiqarishda ozgina bo‘lsa-da tegishli tashkilotlar o‘z hissasini qo‘shsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. “Ukrash” mahallasining chekka bir qishlog‘ida shunday shijoatli yozuvchi bor, deb kim o‘ylabdi deysiz. Uning she’rlari va novellalari qalbdan qalbga boradi. O‘qigan odamning ko‘nglida bir “jiz-z” paydo bo‘ladi.(tumanimizning yana bir oydini bilan samimiy suhbat)To‘rtliklarAldasa gar ishonganlarim,Qaytalasa magar dardlarim.Xayolimdan chiqarib barin,Senga talpinaman, she’riyat.Ko‘p tashvishdan xalos etgansan,To‘siqlardan birga o‘tgansan.Men ila barobar yetgansan,Senga talpinaman, she’riyat.Yaratganga, deyman, ming shukur,Qalam berdi qo‘limga o‘tkir,Qilich kabi qayrilmas, keskir…Senga talpinaman, she’riyat.Inson tug‘ilib, boshlanar hayot,Tetapoya qilib, chiqarib qanot.To‘rt faslning rang-jilosidaUmr o‘tib ketmoqda, hayhot!Bahor – gullab-yashnab keladi,Yoz – to‘kinlik, borliq kuladi.Kuz o‘zgacha, hazonrezgidir,Qahraton qish qorin elaydi.Oy hamda yillar to‘xtamay o‘tar,Umr oqar daryo, oqar-u ketar.Qisqa umringda baxtli bo‘l, inson,Totuvlik ichra gullasin jahon.Do‘st-u dushmaning kimligin bilib,Ko‘p ham siqilib, og‘rimagin dil.Yiroq yashagin g‘iybatlaridan,Rostgo‘ylik birla shodon o‘ynab, kul.Sharqirab oqmoqda yonimda anhor,Tepamda quyosh, nur sochar takror.O‘taverar kuz, yoz, qish va bahor,Hammaga baxt tilab yashar Gulbahor!..Do‘stingman, deb, ayrim kimsalar,Ichingda borin bilib oladi.Vaqti kelganda, bir kuni ularO‘z so‘zingni yuzga soladi.***O‘z uying qadrini bilmoq istasang,O‘zgalar uyiga bir kungina bor.Birinchi kundanoq holing bo‘lar tang,Ikkinchi kunda-ku dunyo bo‘lar tor.***Hayotda hech qaysi yo‘l bo‘lmas ravon,Bir o‘nqir, bir cho‘nqir davom etadi.Hamma quvonch-u shodlikka bir kunBardoshi bor odamgina yetadi.Gulbahor JUMANAZAROVAning“Oppoq tong” kitobidan.UmrShe’riyatddJasmina NORBOBOYEVA suhbatlashdi.


Click to View FlipBook Version